logo

Xiva me'morchilgi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

6876.8193359375 KB
Xiva me'morchilgi Xiva :
•
Xorazmning o‘ziga xos iqlimi (sahroga yaqinligi), aholining joylashishi shaharlarning rivojlanishiga va uy-joylarning 
shakliga yaxshigina ta’sir qilgan. Qadimda aholi sug‘orish tarmoqlariga yaqin joyda yashagan. Daryo o‘zanining 
o‘zgarishi natijasida shaharlarning ko‘chish voqeasi Xorazm tarixida ko‘p uchraydi.
•
Uy-joylarning eng qadimgi va eng keng tarqalgan turi alohida-alohida joylashgan qo‘rg‘on hovlilardir. Qo‘rg‘on qishloq 
va ovuldan tamoman farq qiladi. Xorazm hududidagi to‘xtovsiz bo‘lib turgan o‘zaro urushlar qo‘rg‘on-hovlining 
devorlari mustahkam va xonalarining keng bo‘lishini talab qilardi. Qo‘rg‘onda oilaning butun ro‘zg‘ori, mollari, oziq-
ovqat va suv saqlanadigan joylari bo‘lgan. Qo‘rg‘on teshik-tuynuksiz paxsa devor bilan o‘ralgan bo‘lib, devorning 
burchaklari g‘o‘la shaklidagi burjlar bilan mahkamlangan. Qo‘rg‘on sharhi (plani) to‘g‘ri to‘rt burchak shaklida bo‘lib, 
asosan ko‘pincha tashqi (dishan) va ichki (ichan) hovlilarga bo‘linadi. Barcha xonalar yassi tom bilan yopilgan. Uzun 
yo‘lak tepasidagi tuynuklar orqali yondosh xonalar ham yoritilgan, bunday qo‘rg‘on qamal vaqtida 100-150 kishilik 
jamoani muhofaza qilardi.
•
Mustahkam qo‘rg‘onlar ko‘plab qurilishi bilan bir qatorda ular atrofida VI-IX asrlarda qishloqlar vujudga kela boshladi, 
bu qishloqlarga katta mulk egalarini ko‘shk qo‘rg‘onlari o‘zgacha fayz bag‘ishlagan. Qo‘rg‘onlar atrofidagi uylar 
asosan cho‘bkori uslubida qurilgan oddiy binolar edi. Shu davrlarda bunday imoratlarni tiklash va buzish oson bo‘lgan. 
Shaharlarda joy tansiqligi uchun ixcham cho‘pkori imoratlar qurish qulay bo‘lgan. Cho‘pkori imoratlar keyinroq 
shaharga xos asosiy bino bo‘lib qoldi. Afsuski, cho‘pkori imoratlar paxsa devorli imoratlar kabi uzoq saqlanmagan.
•
Xiva uylarining o‘ziga xos tuzilishi diqqatga sazovordir, binoning konstruktiv asosini bir qavatli cho‘pkori devor tashkil 
etib, sinchlar orasiga xom g‘isht bilan loy urilgan. Bu erdagi yozgi va qishki xonalarning joylashuvi katta-kichikligi, 
bezaklari Buxoro, Samarqand va Farg‘ona uy-joylaridan tamoman farq qiladi. Markaziy Osiyo me’morchiligida asrlar 
davomida imorat tarhini tuzish zaruriy unsur bo‘lib kelgan. Uning yuzaga kelishiga mintaqadagi iqlim sharoitining 
ta’siri katta bo‘lgan. Bu erda yoz juda issiq, qish esa sovuq bo‘ladi. Xiva uy-joylarini tashqi ko‘rinishi juda ajoyibdir: har 
bir uyda shimol tomonga qaratib ayvon quriladi, ayvonda asosan yozda “saraton oyida” kishilar issiqdan jon 
saqlashgan. Me'morchilk
ME'MORCHILIK
XVIII asr oxirida Muhammad Amin hukmronligi davridan 
boshlab birmuncha siyosiy barqarorlik o’rnatildi. Bu omil 
Xiva shahrining holatiga ijobiy ta'sir ko’rsatdi. Chunonchi,
1782- yilga kelib Xiva shahrida qayta tiklash ishlari 
tugallandi.
Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi me'moriy obidalar 
ham qurildi. Masalan,
1765- yilda Sherg’ozixon va Muhammad Amin madrasalari 
bunyod etildi.
XIX asr boshlarida Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish 
maydoniga aylandi. Xon farmoyishi bilan karvonsaroy, usti 
yopiq bozor va ular oralig’ida 1834- yilda Olloqulixon 
madrasasi qurilishi tugallandi.
1842- yilda Muhammad Yoqub mehtar rahbarligida Xiva 
atrofida 6 km uzunlikdagi mustahkam shahar-qal'a devori va 
uning darvozasi qurib tugallandi. Natijada, xonning shahar 
tashqarisidagi 2 saroyi ham shahar ichiga kirdi.O’sha 
paytdan boshlab shahar hududining bu qismi Dishan qal'a 
— Tashqi shahar (qal'a) deb nomlana bosbiangan.
Xivaning kichik halqali qal'a-devori bilan o’ralgan qismi 
Ichan qal’a — Ichki shahar (qal'a) deb atalgan.
Xivada XIX asr birinchi yarmiga kelganda jami 2 xon saroyi, 
17 masjid, 22 madrasa mavjud bo’lgan.
Ichan qal'a bobolarimizdan qolgan o’rta Osiyodagi yirik va 
noyob me'moriy yodgorlikdir. U ming gumbaz shahri nomi 
bilan mashhur. Ichan qal'a Xiva shahrining ichki qal'a 
(Shahriston) qismidir.        E'tiboringiz uchun 
rahmat!!!
Bajardi:Abdurasulov X
Tekshiruvchi: professor G.Normurodova

Xiva me'morchilgi

Xiva : • Xorazmning o‘ziga xos iqlimi (sahroga yaqinligi), aholining joylashishi shaharlarning rivojlanishiga va uy-joylarning shakliga yaxshigina ta’sir qilgan. Qadimda aholi sug‘orish tarmoqlariga yaqin joyda yashagan. Daryo o‘zanining o‘zgarishi natijasida shaharlarning ko‘chish voqeasi Xorazm tarixida ko‘p uchraydi. • Uy-joylarning eng qadimgi va eng keng tarqalgan turi alohida-alohida joylashgan qo‘rg‘on hovlilardir. Qo‘rg‘on qishloq va ovuldan tamoman farq qiladi. Xorazm hududidagi to‘xtovsiz bo‘lib turgan o‘zaro urushlar qo‘rg‘on-hovlining devorlari mustahkam va xonalarining keng bo‘lishini talab qilardi. Qo‘rg‘onda oilaning butun ro‘zg‘ori, mollari, oziq- ovqat va suv saqlanadigan joylari bo‘lgan. Qo‘rg‘on teshik-tuynuksiz paxsa devor bilan o‘ralgan bo‘lib, devorning burchaklari g‘o‘la shaklidagi burjlar bilan mahkamlangan. Qo‘rg‘on sharhi (plani) to‘g‘ri to‘rt burchak shaklida bo‘lib, asosan ko‘pincha tashqi (dishan) va ichki (ichan) hovlilarga bo‘linadi. Barcha xonalar yassi tom bilan yopilgan. Uzun yo‘lak tepasidagi tuynuklar orqali yondosh xonalar ham yoritilgan, bunday qo‘rg‘on qamal vaqtida 100-150 kishilik jamoani muhofaza qilardi. • Mustahkam qo‘rg‘onlar ko‘plab qurilishi bilan bir qatorda ular atrofida VI-IX asrlarda qishloqlar vujudga kela boshladi, bu qishloqlarga katta mulk egalarini ko‘shk qo‘rg‘onlari o‘zgacha fayz bag‘ishlagan. Qo‘rg‘onlar atrofidagi uylar asosan cho‘bkori uslubida qurilgan oddiy binolar edi. Shu davrlarda bunday imoratlarni tiklash va buzish oson bo‘lgan. Shaharlarda joy tansiqligi uchun ixcham cho‘pkori imoratlar qurish qulay bo‘lgan. Cho‘pkori imoratlar keyinroq shaharga xos asosiy bino bo‘lib qoldi. Afsuski, cho‘pkori imoratlar paxsa devorli imoratlar kabi uzoq saqlanmagan. • Xiva uylarining o‘ziga xos tuzilishi diqqatga sazovordir, binoning konstruktiv asosini bir qavatli cho‘pkori devor tashkil etib, sinchlar orasiga xom g‘isht bilan loy urilgan. Bu erdagi yozgi va qishki xonalarning joylashuvi katta-kichikligi, bezaklari Buxoro, Samarqand va Farg‘ona uy-joylaridan tamoman farq qiladi. Markaziy Osiyo me’morchiligida asrlar davomida imorat tarhini tuzish zaruriy unsur bo‘lib kelgan. Uning yuzaga kelishiga mintaqadagi iqlim sharoitining ta’siri katta bo‘lgan. Bu erda yoz juda issiq, qish esa sovuq bo‘ladi. Xiva uy-joylarini tashqi ko‘rinishi juda ajoyibdir: har bir uyda shimol tomonga qaratib ayvon quriladi, ayvonda asosan yozda “saraton oyida” kishilar issiqdan jon saqlashgan.

Me'morchilk ME'MORCHILIK XVIII asr oxirida Muhammad Amin hukmronligi davridan boshlab birmuncha siyosiy barqarorlik o’rnatildi. Bu omil Xiva shahrining holatiga ijobiy ta'sir ko’rsatdi. Chunonchi, 1782- yilga kelib Xiva shahrida qayta tiklash ishlari tugallandi. Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi me'moriy obidalar ham qurildi. Masalan, 1765- yilda Sherg’ozixon va Muhammad Amin madrasalari bunyod etildi. XIX asr boshlarida Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish maydoniga aylandi. Xon farmoyishi bilan karvonsaroy, usti yopiq bozor va ular oralig’ida 1834- yilda Olloqulixon madrasasi qurilishi tugallandi. 1842- yilda Muhammad Yoqub mehtar rahbarligida Xiva atrofida 6 km uzunlikdagi mustahkam shahar-qal'a devori va uning darvozasi qurib tugallandi. Natijada, xonning shahar tashqarisidagi 2 saroyi ham shahar ichiga kirdi.O’sha paytdan boshlab shahar hududining bu qismi Dishan qal'a — Tashqi shahar (qal'a) deb nomlana bosbiangan. Xivaning kichik halqali qal'a-devori bilan o’ralgan qismi Ichan qal’a — Ichki shahar (qal'a) deb atalgan. Xivada XIX asr birinchi yarmiga kelganda jami 2 xon saroyi, 17 masjid, 22 madrasa mavjud bo’lgan. Ichan qal'a bobolarimizdan qolgan o’rta Osiyodagi yirik va noyob me'moriy yodgorlikdir. U ming gumbaz shahri nomi bilan mashhur. Ichan qal'a Xiva shahrining ichki qal'a (Shahriston) qismidir.