Samarqand shaharning markaziy qismida va atrofida joylashgan me'moriy yodgorliklari
Samarqand shaharning markaziy qismida va atrofida joylashgan me'moriy yodgorliklari Reja: 1. Oqsaroy me'moriy yodgorligi 2. Ruhobod 3. Chorsu 4. Xoja Abdu Benin 5. Xoja Abdu Damn 6. Ishratxona 7. Nodir Devonbegi madrasasi 8. Nomozgoh 9. Hazrati Xizir 10. Xoja Doniyol mozori 11. Cho'pon ota maqbarasi
Oqsaroy. Go'ri amir maqbarasining sharqiy qismida joylashgan ushbu yodgorlik XV asrlarda Tcmuriy hukmdorlar Abu Said( 1461 -1469) va Sulton Ahmad Mirzo humronligi davrida qurilgan.Yodgorlikning qachon va nima maqsadda qurilganligi borasidagi ma'lumotlar aniq bo'lmasada, ko'plab tadqiqotchilar yodgorlik Temuriylar sulolasiga mansub erkaklai dam etiladigan maqbara bolgan degan fikrni qo'llab quwatlaydilar. 1924-yildan boshlab ushbu yodgorlikni ilmiy jihatdan o'rgangan olim M. E.Masson inshoot Temuriylar davridan maqbara sifatida fodalanib kelinganligini qaydetadi. Oqsaroy maqbarasining sag'anasidagi qabrlarni tekshirish paytida bu ycrga dam qilingan jasad laming birining bosh chanog'i yo'qligi ma'lum bo'lgan. Arxeologlar V. Vyatkin va M. E. Massonlar bu jasad Ulug'bekning o'g'li Abdulatifga tegishli degan xulosani berishadi. Ma'lumki, 1449-yil kuzida Mirzo Ulug'bek o'z o'g'li Abdulatif ko'rsatmasiga ko'ra o'ldirilgan edi. 1450-yilning bahorida Adbulatifhing o'zi ham Mirzo Ulug'bekning sodiq navkari Bobo Husayn Turkistoniy tomonidan o'ldirilib, boshi Regision maydonidagi Ulug'bek madrasaining peshtoqiga osib qo'yiladi. Ushbu ma'lumotiarga tayangao yuqoridagi ikki arxeolog Abdulatif Oqsaroyga boshsiz dam etilgan deb hisoblaydilar. Ushbu maqbara nima uchun Oqsaroy deb atalishi haqida aniq ma'lumotlar mavjud emas.. Axeolog olim M. E. Masson ushbu masalaga to'xtalib, hozirgi Oqsaroy maqbarasi shu nomdagi saroy qurilganligi, keyinchalik ushbu saroy vayron bo'lishi natijasida uning nomi maqbaraga o'tgan bo'lishi mumkin degan fikrni bildiradi. To'rtburchak shaklli, pastki qismida usti yopiq sag'anaga ega, gumbazli ushbu yodgorlik atrofida XIX asrda bir necha hovlilar qurilib, Oqsaroydan nurab tushgan g'ishtlardan yangi imoratlar bunyod etilgan, o'zi esa otxonaga aylaniirilgan. Hallo XIX asr oxirlarida Oqsaroy otxonaga aylantirilganligi ham manbalarda qayd etilgan.
Mustaqilligimiz tufayli ushbu yodgorlikda qayta ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ruxobod. Ruxobod maqbarasi hozirgi Afrosiyob inehinonxonasi ro'parasida joylashgan bo'lib, me'moriy yodgorlik XIV asrning 80-yillariga oid. Ushbu maqbaia to'rtburchak asosga ega bo'lib, uning ustiga sakkiz qirrali yana bit qavat bino qurilgan va ustiga gumbaz barpo qilingan. Ruxobod maqbarasi o'z shakli va qurilish usullari bilan O'rta Osiyoda XI-XII asrlarda bunyod qilingan inshootlarga o'xshab ketsada Amir Temur hukmionligining dastlabki yillarida qurilgan. Amir Temur hukmronligining dastlabki yillarida maqbaralarni moviy koshin va bezaklar bilan qoplash unchalik urf bo'hnagani uchun ushbu yodgorlik Temuriylar davrida qurilgan boshqa me'moriy inshootlarga nisbatan o'zining soddaligi bilan ajralib turadi. 1952-yilda yodgorlikni mustahkamlash uchun uni halqa shaklida bog'lab tomlari ta'mirlangan. Rivoyatlarga ko'ra, maqbara qurilayotgan vaqtda unga payg'ambarimu Muhammad (s.a.v)ning muborak sochlaridan bir necha tolasi mis idishga solinib qo'yilgan. Shu sababli obida xalq orasida "Ruhullo", "Ruhobod" deb atala boshlangan. O'z davrida Ruhobod yodgorligidan Go'ri Amir yodgoi ligiga o'tuvchi yo'lak bo'lib, u yarqiroq toshlar bilan terib chiqilgan Yo'lakning ikki tomoniga daraxtlar ekilgan. Yo'lakning g'arb tomonida zilol suvga to'la hovuz joylashgan. Shuningdek bu yerda yog'och shiftli masjid ham bo'lib, u xalq orasida "Muyi muborak" deb nomlangan. Tarixiy manbalarda yozilishicha, Ruhobod maqbarasiga Samarqandda yasliagan ulug' zotlardan biri, tasavvufhing ko'zga ko'ringan namoyondasi Shayx Burhoniddin Sog'arjiy, u kishining o'g'illari va avlodlari dafn etilgan. Tarixiy qo'lyozmalarning guvohlik'berishicha, Shayx Burhoniddin Sog'arjiy choriyorlardan ikkinchisi xalifa Umaming avlodlaridan bo'lib, Samarqandning shimoli-g'arbiy qismida joylashgan Sog'arj shahrida tavallud topganlar. Sog'arj shahri So'gdiyonaning Kesh, Naxshab va lshtixon shaharlari kabi qadimiy shaharlardan bo'lib, u XVIII asrgacha gullab-yashnagan. Arab tarixchisi Yoqul Hamaviyning yozishicha, S'og'arj bir vaqtlar lshtixon viloyati tarkibiga
kirgan. Bu shaharning xarobalari hozirda Samarqand viloyatining Chelak shahri hududida saqlanib qolgan. Tarixchi Abul Hakim Samarqandiy o'zining "Qandiya" nomli tarxiy asarida yozishicha, VIII asrda arab lashkarlari Movarounnahrga kelganlarida Sog'arj qal'asi Buxoro va Samarqanddan keyingi eng katta qal'alardan bo'lgan. Arablar ushbu qal'ani egallagach, uni Burhoniddin Sog'arjiyning ajdodlari ixtiyoriga berganlar. Ayrim tarixchilar Shayx Burhoniddin Sog'arjiyning yashagan davrini XII asr deb belgilaydilar. Agarda Shayx Burhoniddin Sog'arjiyning katta o'g'li shayxzoda Abu Saidni Amir Temur davrida yashaganligini va lining saroyida yuksak mavqega ega bo'lganligini hisobga olsak yuqorida tilga olingan sanani noto'g'ri ekanligi ayonbo'ladi. Shundan kelib chiqqan holda, Shayx Burhoniddin Sog'arjiy XIV asrda yashab o'tgan bo'lishi kerak. Tarixchi Abul Hakim Samarqandiy Shayx Burhoniddin Sog'arjiy hayoti to'g'risida quyidagi ma'lumotlarni keltiradi: Shayx Burhoniddin Sog'arjiy balog'atga yetishgach, otasining ijozati bilan Makkai Mukarramaga haj safariga jo'naydi. Ul zot haj safaridan qaytsalar ota-onasi vafot etgan ekanlar. Shayx Burhoniddin Sog'arjiy ota-onasining marosimlarini o'tkazgach, yana safarga otlanadi va Bog'dodga keladi. Bu yerga kelgan shayx Nuriddin Basir 20 bilan uchrashishga va uning iltifotiga sazovor bo'lishga erishadi. Shayx Burhoniddin Sog'arjiy Nuriddin Basiming eng yaqin shogirdiga aylanadi va undan tasavvufning siru-asrorlarini o'rganadi. Tez orada Makka va Bog'dodda Shayx Burhoniddin Sog'arjiyning obro'-etibori ortadi. Shayx Burhoniddin Sog'arjiy o'zining e'tiqodi va bilimi tufayli kutublik darajasiga yetishadi va Xitoy mamlakatiga safarga jo'naydi. Shayx bu yerda uzoq vaqt yashaydi va Xitoy podsholarining hurmatiga sazovor bo'ladi. Shayx Burhoniddin Sog'arjiy Xitoyda vafot etgan va uning jasadi o'g'li Abu Said tomonidan Samarqandga olib kelinadi.Rivoyat qilinishicha Shayx Burhoniddin Samarqandda Nuriddin Basir mozorini ziyorat qilib qaytayotib hozir Ruhobod maqbarasi o'rniga yetganida"Ushbu tuproqdin tanishlik isi keladf'-degan
emish.Shu tufayli shayx Burhoniddin vafot etgach shu yerga dafn etilgan deb qayd qilinadi. Chorsu 1 yodgorligi Samarqand shahridagi eng yosh me'moriy obidalardan biri hisoblananib, so'nggi yuz ellik yil ichida qurilgan yagona fuqaroviy-me'moriy inshoot hisoblanadi.Tarixiy manbalarda Tuman og'a timi ham chorsu o'mida bo'lgan ekan. Ushbu inshoot Buxoro amiri Shoxmurod (Amiri Ma'sum) tomonidan bunyod etilgan bo'lib, manbalarda qayd etilishicha uni bunyod etishda Amir Temur jome' masjidi g'ishtlaridan foydalanilgan. Markazida gumbaz o'matilgan ko'pbmchakli bino savdo binosi sifatida qurilib, hozirga qadar shu maqsadda qo'llanilib kclinmoqda. Xo'ja Abdu Berun yodgorligi Temuriylar davriga oid yodgorlik bo'lib, Samarqand shahrining janubida joylashgan. Xoja Abdu xalifa Usmon avlodiga inansub bo'lib, Qusam ibn Abbos bilan birga kelgan. Maqbara yonidagi xonaqoh va bir necha hujra Nodir Muhammad Devonbegi tomonidan qurilgan. Xo'ja Abdu Darun yodgorligi Samarqand shahrining janubi-sharqiy qismida, hozirgi Sadriddin Ayniy ko'chasida joylashgan. Maqbara o'rta asrlarda Samarqand ihahrini o'rab turgan tashqi mudofaa devorining 22 ichida joylashganligi uchun shu nom bilan atalgan. Ya'ni "damn" so'zi "ichkari" degan ma'noni anglatadi. Xoja Abdu Berun maqbarasi esa "bcrun", ya'ni tashqari degan ma'noni anglatib u shahar inshqi mudofaa devorining ortida joylashgan edi. Maqbara kattagina joyni egallagan bo'lib, u saljuqiy hukmdor Sulton Sanjar (XII air) tomonidan bunyod etilib, Uiug'bek davrida qayta ta'mirlangan. Maqbarada dafn etilgan shaxsning ya'ni, Xoja Abdu Damning asl ismi Abu Muizuddin bo'lib, Xoja Abdu Berunning og'li hisoblanadi. O'z davrida diniy va dunyoviy ilmlarni iiiukammal egallagan Xoja Abdu Darun Samarqand shahrining adolatli qozilaridan biii bo'lgan. Manbalarda qayd etilishicha, Xo'ja Abdu Damn Samarqandda qozi bo'lgan vaqtda shu qadar adolatli va to'g'ri bo'lganki hatto o'zining otasi bir voqea to'g'risida guvohlik bermoqchi bo'lganida "siz bizning kichiklik chog'imizda podshohlik solig'i berilmagan tokdan mchmon uchun uzum