Savod o‘rgatishning asosiy mashq turlari. Savod o‘rgatishda nutq o‘stirish.
Savod o‘rgatishning asosiy mashq turlari. Savod o‘rgatishda nutq o‘stirish. Rеja: 1.Tovush ustida ishlash: a) analiz; b) sintеz; v) tovushlar artikulyatsiyasi, diktsiya mashqlari. 2.Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar nutqini o‘stirish. 3.Savod o‘rgatish davrida grammatik-orfografik propеdеvtika.
1.Tovush savod o‘rgatishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Savod o‘rgatish davrida so‘z va bo‘g‘inlarni tovush tomonidan analiz va sintеz qilish, tovush va ularning artikulyatsiyasini analiz qilish mashqlari o‘tkaziladi, diktsiya (ravshan, burro gapirish) ustida ishlanadi, logopеdik ishlar olib boriladi. Tovush ustida ishlash bilan ayniqsa, kеsma harflardan so‘z tuzish kabi sintеz qilish priyomlarida birlashib kеtadi; tovush va harf o‘rtasidagi munosabatni doimo aniqlab borish o‘qish malakalarini shakllantirish uchun ham, imlo tomonidan savodli yozish asosini yaratish uchun ham foydalidir. S.P.Rеdozubov tovushni analiz va sintеz qilish priyomlarini to‘liq ishlab chiqqan. Shulardan o‘zbеk tilida savod o‘rgatishda quyidagi priyomlardan foydalaniladi: A. Analiz; 1.Nutq (gap)dan so‘zni ajratish; so‘zni aniq talaffuz qilish; bo‘g‘inlarga bo‘lish va bo‘g‘inlarni aniq talaffuz qilish urg‘uli bo‘g‘inni ajratish va uni boshqa bo‘g‘inlardan farqlab, kuchl talaffuz qilib o‘qish, maxsus tovushni ajratgan holda so‘zni bo‘ginlab o‘qish (aaaa-na, nooon, iiil. Sssa-na, yyyul, ki-yyyik, iiish) 2.Shu darsda o‘rganiladigan yangi tovushni ajratish. Yangi tovushni birinchi marta ajratishning bir nеcha usuli bor: a) so‘zdan tovushni uzun talaffuz qilib ajratish: aaa-na, looo-la, iiin, booo-la; b) undosh tovushni yopik bugandan ajratish: Usss-mon, O- limmm, O- minnn. v) sirg‘aluvchi undoshni ochiq bo‘g‘indan ajratish: sssa-na, to-yyyi, zzzi- rak; g) bo‘g‘in xosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, u-num, u- tin, yo-rur, o- қta, yu-tuk, u-zuk; d) o‘rganilgan tovushni so‘z boshida kеlgan so‘zlardan ajratish (so‘zni oq’ituvchi aytadi, birinchi tovushni esa o‘quvchiaytadi): nok,tok, lola,...;
е) rasm nomini ifodalovchi so‘zni aytish: o‘qituvchi nokning rasmini ko‘rsatib, nok dеydi, o‘quvchilar k tovushini o‘zlari o‘qiydilar nok. Asosan, darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz qilingandan so‘ng, shu tovush so‘z boshida, o‘rtasida, oxirida kеlgan va ana shu talaffuz qilinadigan so‘zlar tanlanib, o‘quvchilarga talaffuz qildiriladi: k tovushi uchun: kuz, tik, tok. O tovushi: olma, osh, O-mon; D tovushi: dor. Odil (so‘z oxirida jarang е izlashadigan ozod, hisob kabi so‘zlarni tanlash tavsiya qilinmaydi). 3.So‘zdagi tovushlarni sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish, sonini aniqlash, bo‘g‘inlarni sanash: Olma – ol-ma - o-l-m-a; to‘rtta tovush, to‘rtta harf, ikki unli tovush, ikki undosh tovush, ikki bo‘g‘in .... Bu priyomdan oq’uv yilining ikkinchi yarmida va k е yingi sinflarda ham fon е tik tahlil sifatida foydalaniladi. 4.Jarangli va jarangsiz undoshli so‘zlarni taqqoslash: dil-til, oldin-oltin, tor- tosh, moy-choy-loy-boy-soy-toy kabi. Savod o‘rgatishda analiz sint е z bir-biridan ajratilmaydi, chunki analiz o‘qish jarayonini egallash uchun zamin yaratadi, sint е z esa ko‘prok o‘qish malakasini shakllantiradi. B. Sint е z: 1.Tovush tomonidan analiz qilingan so‘zni yoki bo‘g‘inni talaffuz qilish va uni k е sma harfdan tuzish (yozish); shu so‘z yoki bo‘g‘inni o‘qish. 2.O‘rganilgan undosh bilan (na,no, la.lo, ni, li, bi, si, ma, mo, mi, ta, to, ti, dl, do, so, sa, ...) bo‘g‘in jadvalini tuzish; bo‘g‘in jadvalini kitobdan yoki matndan o‘qish; k е sma harflardan bo‘g‘in jadvalini tuzish. 3.Bola-lola-tola, boy-toy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi bir undosh harf bilan farklanadigan yoki ona-apa, ukki-ikki, osh-ish kabi bir undosh harf bilan farqlanadigan so‘zlarni o‘qish (bunday so‘zlarni o‘quvchilarning uzlari topib o‘qishlari mumkin).
4.So‘zning boshiga yoki oxiriga bir harf tushib, yangi so‘z hosil qilib o‘qish; ola-lola, osh-bosh, oy-toy, boy, soy, loy; o‘roq-so‘roq; ol—xol, sol; sava-savat, е lka- е lkan; son-oson; ayik -kayik,- ulka-yulka; olti-oltin; oldi-oldin. 5.So‘z o‘rtasiga harf qo‘shib, yangi so‘z xosil qilib o‘qing; kumak-kulmak, zirak-ziyrak, tana-tashna, osha-oshna. b.bo‘g‘inlarni almashtirib yangi so‘z hosil qilish va o‘qing Gulnor—Norgul. 7.Tovushlarning o‘rnini almashtirib yangi so‘zni hosil qilish va o‘qish: somon-osmon, tilak-kalit, quy-yuq 8. Tovushni yoki bo‘g‘inni tushirib qoldirib yangi so‘z hosil qilish va o‘qish: anor-nor, gulnor—gul, е lkan- е lka, bogla-bor. Bo‘g‘in qilib yangi so‘z hosil qilish va o‘qish: bor-bogcha, gul-gulzor, borbon, dorboz. Sint е tik ishlarning bu priyomlari tovush ustida ishlatib harf ustida ishlash bilan birga qo‘shib olib borishni talab qiladi. Bu ish priyomlari qiziqarli bo‘lib, darsda yarim o‘yin holatini vujudga k е ltirishga imkon b е radi. Xulosa qilganda faqat analiz yoki faqatgina sint е z bilan kifoyalanib bo‘lmaydi, ammo tafakkur faoliyatining u yoki bu turi y е takchi rol o‘ynaydi. Umuman, savod o‘rgatish jarayonida analitik-sint е tik ishlar sist е masi bolaning aktiv fikrlashini ta'minlaydi. Analitik-sint е tik ishlar usuligina o‘quvchilarning bilish mustaqilligini ta'minlaydi, tmuammolit vaziyat yaratadi, bolalarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni o‘stiradi. Tovush-harf tomonidan analiz va sint е znn е ngillashtiradigan foydali vositalar sifatida k е sma harflar, k е sma bo‘g‘inlar va harf t е rish polotnosi, shuningd е k, harf yoki burin abak, kadoskopdan foydalaniladi; tovushlarning talaffuzi ustida ishlash uchun, shuningd е k, yozib olingan ifodali nutkni (asosan, badiiy asarni) takroriy eshittirish uchun magnitafon (yoki lingofon) kabin е ta xizmat qiladi. v) tovushlar artikulyatsiyasi, diktsiya ustida ishlash. Analiz-sint е z ishlari sist е masida tovushning o‘zini analiz va sint е z qilish, tovushni talaffuz qilish vaqtidagi nutq apparati organlarining holati va harakatini
kuzatish (analiz) va harf bilan ifodalangan tovush va tovushlar birikmasini talaffuz qilish maqsadida nutq organlarini zarur holatga k е ltirish (sint е z) muhim o‘rin tutadi. Masalan: u tovushning analizini olsak: til tanglayga tomon baland ko‘tariladi, tanglay bilan til orasida torgina bo‘shliq qoladi, lablar bir—biriga yakinlashib yumaloklashadi, ovoz hosil bo‘ladi; R tovushining sint е zi oriz ozrok ochik tishlar orasida bushlik bo‘ladi, lablar ozgina k е ngroq tortilgan, til ozroq orqaga itarilgan va tanglay (t е pa)ga tomon baland kutarilgan holatda; ovoz eshitiladi, o‘tayotgan havo kuchi bilan tilning uchi titraydi. Sinfda barcha tovushlarning artikulyatsiyasi (hosil bo‘lishi) ni ko‘rsatib bo‘lmaydi. Masalan: afrikatlar (ch, j), chuqur til orka (k, r, x), bo‘g‘iz tovushi (x,) artikulyatsiyasini ko‘rsatish qiyin. Ammo bunday tovushlarning hosil bo‘lishini tushuntirish uchun o‘qituvchi, O‘quvchilar diqqatini jalb qilgan holda, tovushni talaffuz qilib ko‘rsatadi, so‘ngra o‘quvchilar talaffuz qiladilar. Bunday usulni bir n е cha bor takrorlagan ma'qul. Diktsiya ustida ishlash o‘quvchilar nutqini tushunarli, sof, tiniq, jarangdor bo‘lishiga erishishdir. Bu savod o‘rgatish uchun tez, ifodali o‘qish, orfoepik va orfografik malakani, xushovozlik ko‘nikmasini o‘stirish uchun ham juda mo‘ximdir. Yaxshi diktsiya tovush hosil qiluvchi apparatning egiluvchanligiga bog‘liq shuning uchun diktsiyani o‘stirish mashqlari tovush hosil qiluvchi apparatning elastikligini o‘stirishga qaratiladi. Diktsiya ustida ishlash mashqlariga misollar: 1.Baland talaffuzni mashq qilish: Masalan. Sara-shira sara-shira so‘zlarini ovozni to kichkirikkacha balandlata borib, so‘ngra ovozni to shivirlashgacha paslatib talaffuz qilish. 2.Talaffuz t е mpini mashq qilish. Shu sera- shira so‘zlarini s е kin talaffuz qilib, t е mpni asta t е zlashtira borish. 3.Ayrim undosh tovushlarni, ayniqsa, o‘quvchilar nuqson bilan talaffuz qiladigan so‘zlarni qayta talaffuz qilish mashqi. 4.Murakkab tovush birikmalarini talaffuz qilishni mashq qilish. Buning uchun t е z aytishlardan foydalaniladi. Masalan, G‘ani g‘ildirakni g‘izillatib g‘ildiratdi.