logo

NUTQNING TOVUSH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH ORQALI BOLALARNING BOG‘LANISHLI NUTQINI O‘STIRISH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.8408203125 KB
MAVZU:  NUTQNING TOVUSH MADANIYATINI
SHAKLLANTIRISH ORQALI BOLALARNING BOG‘LANISHLI
NUTQINI O‘STIRISH
Reja:
1. Kichik yoshdagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. O‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodik  masalalari.
3. Katta yoshdagi bolalarda nutqiy  muloqotni  rivojlantirish.     Nutqning   tovush   madaniyatini   shakllantirish   bolalarning   bog‘lanishli
nutqini   rivojlantirishda   muhim   o‘rin   eallaydi.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalar
ko‘pincha   s-z,   p-f,   t-d,   p-b,   u-o‘,   x-h,   q-g‘   tovushlarini   to‘g‘ri   talaffuz   qila
olmaydilar.   Nutq   jarayonida   ketappan   -   ketayapman,   Hojaxon   –   Shohjahon,
Yustam   –   Rustam,   qalg‘a   -   qarg‘a   kabi   talaffuz   etishda   yo‘l   qo‘yadigan
xatoliklarning oldini olish, ya’ni to‘g‘ri talaffuz etishga yo‘llash, 
ovoz balandligiga, tovush sur’atiga e’tibor berish metodik jihatdan muhim
ahamiyatga ega. Ba’zi bolalar o‘zidan kichiklarni jerkib, ovozini ko‘tarib muomala
qiladilar.   Shunda   ular   talaffuziga   e’tibor   qaratish,   nutq   madaniyatiga,   me’yorda
so‘zlab,   muomala   qilishga   o‘rgatish   zarur.   Chunki   bolalikda   tarkib   topgan
muomala madaniyati inson umrining oxirigacha muhrlanib qoladi. 
Samimiy   muomala   me’yori,   xatto   muomalada   ko‘z   qarashlari,   boshqalar
oldida o‘zini tuta bilish – muomala madaniyatining oddiy talablaridir. 
Yosh   avlodning   barkamol,   yetuk,   salohiyatli   insonlar   bo‘lib   kamolga
yetishi   uchun   ona   tilining   barcha   boyliklaridan,   uning   imkoniyatlaridan
foydalanish   zarur.   Shuning   uchun   ham   maktabgacha   ta’lim   muassasasining   eng
muhim vazifalaridan biri milliy adabiy til asosida bolalarning bog‘lanishli nutqini
shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir. 
Kuzatishlardan   ma’lumki,   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   nutqi   tafakkurni
rivojlantirish   bilan   bog‘liq   ravishda   amalga   oshiriladi.   Tilni   to‘g‘ri   o‘rganish,
uning   grammatik   tuzilishiga   e’tibor   berib   so‘zlashish,   bolalarda   erkin   muhokama
yuritish, savollar berish, javob qaytarish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan
xulosalar   chiqarish,   narsa   va   hodisalar   o‘rtasidagi   bog‘lanishning   turli
ko‘rinishlarini anglab yetishga olib keladi. 
Maktabgacha   ta’lim   muassasasida   sog‘lom,   tabiiy   muhit   yaratish,
bolalarning   to‘g‘ri   muomalaga   kirishtirish,   boshqalar   bilan   gaplashish
ishtiyoqining   ortishiga   turtki   bo‘ladi.   Buning   uchun   bolalar   nutqining   shaklan   va
mazmunan mantiqiy birligiga erishishi muhim talab hisoblanadi.  Birinchi talab, dastlab bola o‘z lug‘at boyligiga ega bo‘lishi zarur. Bu uning
boshqalar   bilan   muomalaga   kirishishida   yordam   beradi.   Bunda   tarbiyachi   asosiy
diqqat - e’tiborini tabiiy holatda bolalarning lug‘at boyligini 
oshirib   borishga   qaratadi.   Bolalarning   so‘z   boyligini   oshirishda   esa
ularning   kundalik   faoliyatida   tevarak-atrof   bilan   tanishib   borishi   muhim   omil
bo‘lib hisoblanadi. 
Ikkinchi   muhim   talab,   bolalar   nutqining   grammatik   tuzilishini   aniq
shakllantirishga   e’tibor   berish.   Bunda   bolalarni   yo‘naltiruvchi   savollar,   mashqlar
vositasida   nutqdagi   so‘zlarni   to‘g‘ri   ishlatish,   gapni   to‘g‘ri   tuzishga   o‘rgatish   hal
qiluvchi ahamiyat kasb etadi. 
Uchinchi   muhim   talab,   bolalarda   tovush   madaniyatini   tarbiyalashdan
iboratdir.   Zero,   bolalarni   tovushlarni   to‘g‘ri   talaffuz   etishga   o‘rgatish   metodika
ilmidagi murakkab masalalardan hisoblanadi. 
To‘rtinchi   muhim   talab,   dialogik   nutq,   ya’ni   so‘zlashuv   nutqini
rivojlantirishdir. 
Beshinchi   talab,   hikoya   qilib   berishga   (monologik   nutq)   o‘rgatishdir.
Bog‘lanishli   nutqni   rivojlantirishda   monologik   nutq   katta   yordam   berishi
amaliyotda   o‘z   isbotini   topgan.   Tafakkurning   rivojlanlanligi   lug‘at   boyligi,   jumla
tuzish   malakasi,   o‘z   fikrini   erkin   va   ravon   bayon   eta   olish   ko‘nikmasi   bilan
chambarchas bog‘liq. 
Oltinchi   talab,   bolalarni   badiiy   adabiyot   bilan   tanishtirish   bo‘lib,   bolalar
adabiyoti   va   xalq   og‘zaki   ijodining   eng   yorqin   namunalari   kichkintoylarni   yangi
bir   olamga olib  kirishga  xizmat   qiladi. Adabiy  asarlar   bilan  tanishtirish  bolalarda
faqat bog‘lanishli nutqni rivojlantiribgina qolmay, ularda badiiy adabiyotga mehr -
muhabbat tuyg‘ularini ham paydo qiladi. 
Yettinchi talab, bolalarni savod o‘rgatishga tayyorlashdir. 
Bu   talablar   maktabgacha   tarbiyaning   barcha   bosqichlarida   amalga
oshiriladi.   Lekin   ularning   har   birida   bolalarning   yosh   xususiyati,   shaxsiy
tayyorgarlik   darajasi   hisobga   olinadi.   To‘g‘ri,   katta   guruhda   bolalar   nutqi   bir
muncha   shakllanib   qoladi.   Zero,   bog‘cha   yoshidagi   katta   bolalar   faoliyatining mazmunan   va   shaklan   xilma-xilligi   ular   nutqining   takomillashib   borishiga   ham
yordam beradi. 
Bolalarning   tevarak-atrofni   kuzatib   borishi   natijasida   talaffuzi   ham   ijobiy
tomonga o‘zgara boshlaydi: tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila boshlaydilar, jumlalar
mazmuni   kengaya   boradi,   grammatik   tomondan   gapni   to‘g‘ri   tuza   boshlaydilar,
lug‘at   boyligi   ham   ortadi.   Bolalarning   o‘zlari   kichik-kichik   hikoyalar   tuza
boshlaydilar   va   bu   hikoyalarni   erkin   bayon   qila   oladilar.   Ularda   kattalar   bilan
muloqotga   kirishish,   o‘z   fikrini   erkin   bayon   etish   kabi   xislatlar   paydo   bo‘la
boshlaydi.   Shunga   ko‘ra   bolalar   nutqida   tovush   madaniyatini   takomillashtirish,
atrofdagi   narsalar,   predmetlar,   hodisalar   nomini   ifodalovchi   so‘z   boyligini
kengaytirish, faollashtirish, monologik nutqning oddiy shakllariga rioya etish, o‘z
fikrini   grammatik   jihatdan   to‘g‘ri   va   aniq   ifodalay   olish   ko‘nikmalarini   paydo
qilish muhim va zarur hisoblanadi. 
Bu talablar bolalarda borliqni, tevarak-atrofni idrok etish, uni tushunish, his
etish,   hikoyalar   tuzish,   o‘z   fikrini   bayon   qila   olish,   ifodali   o‘qish   faoliyati
jarayonida tarkib toptiriladi. 
Ma’lumki,   bog‘lanishli   nutqda   bolalarning   atrofdagilar   bilan   voqea-
hodisalar   ta’siri   natijasida   o‘zaro   munosabati,   aloqasi   ifodalanadi.   Bu   ifoda   bir
yoki bir necha jumlalarda o‘z aksini topishi mumkin. 
Bog‘lanishli   nutqning   shakllanishida   bolaning   tevarak-atrof   bilan
munosabati,   muomala   shakli   katta   rol   o‘ynaydi.   Maktabgacha   katta   yoshdagi
bolalarning   og‘zaki   nutqqa   doir,   malaka   va   ko‘nikmalari   mavjud   bo‘lganligini
hisobga   olib,   ularda   bog‘lanishli   nutqni   shakllantirishda,   avvalo,   tevarak-atrofni
kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular,
avvalo,   ona-Vatan   haqida   dastlabki   tasavvurlarni   shakllantirishdan   boshlanadi.
Bunda,   birinchi   navbatda,   bolalar   so‘z   boyligini   kengaytirishda   Respublikamiz
tabiati, 
kasb-hunarga   oid,   qurilish   va   qishloq   xo‘jaligida   foydalaniladigan
mashinalar,   narsalarning   o‘ziga   xos   belgilari   va   ranglari,   mehnatga   munosabatni
ifodalovchi   tushunchalar,   nom   va   so‘zlar   bilan   boyitish   zarur.   Shuningdek,   xalq og‘zaki   ijodi   namunalarini   o‘rganish:   ona   tilidagi   antonim,   sinonim,   omonim
so‘zlarni tushunish va to‘g‘ri qo‘llashga doir tushunchalar, so‘zlar bilan boyitishga
erishish lozim. Bolalarni narsalarning nomlarini to‘g‘ri aytishga, ularning o‘xshash
va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va turiga oid
yo‘naltiruvchi   lug‘atini   faollashtirish,   nutqning   grammatik   tuzilishini
shakllantirish,   nutq   madaniyatini   shakllantirish,   dialogik   va   monologik   nutqini
takomillashtirish   va   nihoyat   savod   o‘rgatishga   tayyorlash   muhim   ahamiyat   kasb
etadi. 
So‘zlashish – monologik (bog‘lanishli) nutqning eng muhim metodi. 
So‘zlashuv   (dialogik)   nutqni   shakllantirish,   bog‘lanishli   nutqni   tarkib
toptirishda   eng   muhim   talablardan   sanaladi.   So‘zlashuv   nutqi   bolaning   lug‘at
boyligiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Bunda   bola   o‘ziga   murojaat   qilganlarida   suhbatdoshini
eshita   olish,   tushunish,   savollarga   to‘g‘ri   javob   bera   olish   bilan   birga,   so‘zlashuv
madaniyatini   egallay   borishi   ham   taqozo   etiladi.   Bolalar   bilan   suhbat   jarayonida
ko‘proq yo‘naltiruvchi savollar beriladi. 
Masalan,   tabiatga   sayohat   paytida   tarbiyachi   tomonidan   “Hozir   yilning
qaysi   fasli?”,   “Bahorda   tabiatda   qanday   o‘zgarishlar   yuz   beradi?”,   “Bahorda
qanday   qushlar   uchib   keladi?”   kabi   savollarning   berilishi   bolalarning   dialogik
nutqining rivojlanishiga yordam beradi. 
Bog‘lanishli nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq, ya’ni bolalar bilan
so‘zlashishdir.   So‘zlashish   og‘zaki   nutqning   eng   oddiy   shakli   bo‘lib,   unda   bola
o‘zini   tutishi,   ko‘z   qarashi,   xatti-harakati,   ovozining   past-balandligi,   tezligi   kabi
turli holatlar hisobga olinadi. So‘zlashish – 
dialogik   nutq,   asosan   kattalar   yordamida   amalga   oshiriladi   va   u   ayniqsa,
tevarak-atrofni   bilish   jarayonida   yaxshi   natijalar   beradi.   Jumladan,   jamoat
joylarida, ko‘pchilik o‘rtasida nutq madaniyatiga rioya etishga e’tibor qaratiladi. 
Bunda   bir-birining   nutqini   to‘ldirib   borish,   tuzatishlar   kiritish,   so‘rash,
so‘rab bilib olish dialogik nutqqa o‘rgatishning usullari sanaladi. 
Ma’lumki,   muloqot   ikki   shaklda   –   erkin   va   maxsus   tayyorlangan
mashg‘ulotlarda   amalga   oshiriladi.   Kundalik   hayot   va   taassurotlar   asosida uyushtiriladigan   muloqot   erkin   muloqot   bo‘lib,   yo‘l-yo‘lakay   o‘tkazilsa-da,   bola
nutqining   ifodali   bo‘lishiga   yordam   beradi,   ularda   jumlalarni   grammatik   jihatdan
to‘g‘ri   tuzish   malakalarining   paydo   bo‘lishiga,   so‘z   zahirasining   boyishiga   olib
keladi.   Maktabgacha   katta   yoshdagi   bolalarda   ham   bog‘lanishli   nutqni
rivojlantirish   texnologiyasi   ishlab   chiqilganda   tavsiya   etilgan   matnni   hikoya
qilishda   voqeani   kattalarning   yordamisiz,   mustaqil   ifodalay   olishga,   lug‘at
boyligiga,   matn   mazmunini   bayon   etishda   izchillikka   rioya   qilishi,   tilning   ifoda
vositalaridan   foydalana   olishi,   nutqning   ravonligi,   tezligi,   jumlalarni   grammatik
jihatdan   to‘g‘ri   tuza   olishi,   tovushlarni   to‘g‘ri   talaffuz   etishi,   nutq   madaniyatiga
rioya etishiga qaratiladi. Misol tariqasida, “Ovchilar va quyonlar”, “Oqsoq bo‘ri va
qo‘ylar”,   “Nimaning   pati?”   kabi   o‘yinlardagi   savol-javoblar   ham   bolalarning
dialogik   nutqini   rivojlantiradi.   Tarbiyachi   bolalarga   “nimaning   pati?”   deb   savol
beradi.   Bolalar   o‘rdakniki,   qarg‘aniki,   burgutniki   deya   javob   qaytaradilar.   O‘yin
shartiga asosan qushning nomini takror aytgan bola biror shartni bajaradi: o‘yinga
tushadi, she’r aytadi yoki qo‘shiq kuylaydi. 
Bolalarning   nutqini   rivojlantirishda   monologik   nutq   (bog‘lanishli,   hikoya
qilib berish) ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Monologik nutqda 
yuqorida sanab o‘tilgan bog‘lanishli nutq talablarining barchasi jamlangan
bo‘ladi. 
Bolalarning   monologik   nutqining   shakllanishi   ularni   maktabga
tayyorlashning   asosiy   shartlaridan   biridir.   Zero,   bog‘lanishli   nutq   bolalarning
mantiqiy   tafakkurini   va   unga   bog‘liq   bo‘lgan   zehnni   o‘tkirlash,   zukkolik   kabi
xislatlarni ham tarkib toptiradi. 
Bolalarda   hikoya   qilish   ko‘nikmasi   uning   lug‘at   boyligi,   jumla   tuzish
malakasi bilan ham ahamiyatlidir. 
Maktabgacha   katta   yoshdagi   bolalarga   muayyan   mavzular   bo‘yicha
ertaklar,  rasmlar  asosida   hikoya tuzish  topshirig‘i  ham   berilishi  mumkin.  Bunday
topshiriq   ustida   ishlash   orqali   ularda   mustaqillik,   ijodiy   faollik   rivojlantiriladi.
Masalan,   “Bizning   oila”,   “Bahor   fasli”,   “O‘z   -   o‘tar   soz”,   “Qaldirg‘ochlar   uchib keldi”   va   hokazo   mavzularda   hikoya   tuzishni   tavsiya   etish   bolalarni   nihoyatda
qiziqtiradi. 
Hikoya   qilish   bolalarning   jumlalarni   grammatik   jihatdan   to‘g‘ri   tuzish,
tovushlarni,   qo‘shimchalarni   to‘g‘ri   talaffuz   etish,   yoshiga   mos   darajada   tasviriy
vositalardan to‘g‘ri foydalana olishiga yordam berib boriladi. 
Kattalarning   mehnat   jarayonini   kuzatish,   tabiatga,   ishlab   chiqarish
korxonalariga, daryo, cho‘l, dalalarga sayohatlar asosida hikoyalar tuzishni tavsiya
etish   ham   bolalarning   bog‘lanishli   nutqini   rivojlantirishda   eng   qulay   usullar
sanaladi. 
Bolalarning   bog‘lanishli   nutqini   rivojlantirishda   badiiy   adabiyotning
imkoniyatlari   kattadir.   Maktabgacha   tarbiya   muassasalari   tarbiyalanuvchilari
badiiy   adabiyotning   eng   yorqin   namunalari   bilan   har   kuni   tanishtirilib   boriladi.
Hikoyatlar, rivoyatlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar va qo‘shiqlar
ular nutqining ifodaliligini 
ta’minlab   qo‘ya   qolmaydi,   balki   so‘z   zahirasini   ham   boyitadi,   adabiy   til
imkoniyatlaridan bahramand qiladi. 
Bolalarda   bog‘lanishli   nutqni   rivojlantirish   ularni   savodxonlikka   o‘rgatish
bilan davom ettiriladi. Bu jarayon eshitganini anglab olishga ko‘nikma hosil qilish,
o‘z fikrini ifodali, aniq, tushunarli, grammatik jihatdan to‘g‘ri ifodalay olish bilan
bog‘liq bo‘ladi. 
Bolalarning   bog‘lanishli   nutqini   rivojlantirishda   eng   muhim   vazifalar
sifatida   ularning   lug‘atini   boyitish   va   faollashtirish,   nutqining   grammatik
tuzilishini,   tovush   madaniyatini,   dialogik   va   monologik   nutqni   shakllantirish,
badiiy adabiyot   namunalaridan foydalanish  hamda  savod  o‘rgatishga  tayyorgarlik
kabilarni kiritish mumkin. 
Tevarak-atrofni o‘rganish jarayoni bola tafakkurini rivojlantirishda boshqa
hech   narsa   bilan   almashtirish   mumkin   bo‘lmagan   hissiy   rag‘batlantirishga   sabab
bo‘ladi.   Bunday   rag‘batlanish   bog‘cha   yoshidagi   katta   bolalar   tarbiyasida   muhim
ahamiyatga   ega.   Chunki,   tevarak-atrofdagi   predmetlar,   voqeliklar   asosida
tug‘iladigan   hissiyot   bola   tafakkurida   rivojlanib,   uning   tiliga,   jonli   ifodaga ko‘chadi.   Shuning   uchun   ham   bolaning   tevarak-atrofdagi   voqelikni   bilib   borishi,
uning   go‘zalligini,   bitmas   -   tuganmas   murakkabliklarini   his   etishi,   ijtimoiy
munosabatlar   va   kattalar   dunyosiga   kirib   borishi,   uning   har   tomonlama   kamol
topishi   bilan   birga,   bog‘lanishli   nutqining   ham   boyib,   shakllanib   borishiga   olib
keladi. Zero, bolalik dunyoni zavqlanib, hissiyotlarga to‘lib idrok etish, uni kashf
etish bilan uyg‘undir. 
Demak,   bog‘lanishli   nutqni   rivojlantirish,   xilma-xil   va   betakror   dunyoni
metodik tomondan qiziqarli, turli shakl  va vositalardan foydalangan holda zamon
talablari asosida bolalarga yetkazishni tashkil etish zaruratini keltirib chiqaradi. Bu
borada   zamonaviy   texnologiyalardan   foydalanish   bolalarning   yoshi,   o‘ziga   xos
xususiyatlari,   lug‘at   boyligi,   nutq   madaniyati,   nutqni   grammatik   jihatdan   to‘g‘ri
tuza olish kabi juda ko‘p talablarni hisobga olish zarurati tug‘iladi.  Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.Mirziyoyev.   “O‘zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish
bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi   tog‘rida”gi   PF-4947-son   Farmoni .
2017 -yil  7 -fevral .
2. Sh.Mirziyoyev.   Erkin   va  farovon,   demokratik   O‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. –Toshkent, 2017.  B.56.
3. Sh.Mirziyoyev.   Milliy   taraqqiyot   yo‘limizni   qat’iyat   bilan   davom
ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. –Toshkent, 2017.  B.592.
4. R.N.Nurmatov,   X.N.Muzaffarova,   G.X.Temurova.   Nutq   o‘stirish
nazariyasi va metodikasi. O‘quv-metodik qo‘llanma.  - Jizzax , 2009 .
5. G.Nasriddonova,   S.Xo‘jaahmedov.   Nutq   o‘stirish   nazariyasi   va
metodikasi . -Toshkent, 2011.-B.320. 
6. M.R.Qodirova,   F.R.Qodirova.   Bolalar   nutqini   rivojlantirish
nazariyasi va metodikasi. -Toshkent, 2006. 
7. M.Asqarxo‘jayeva,   N.Hakimova.   Bog‘chalarda   o‘zbek   tilini
o‘rgatish.               -Toshkent, “O‘qituvchi”, 1994. -B.126.
8. S.G‘oziyeva,   D.Ochilova,   L.Dolimova.   Badiiy   terma   kitob.   -
Toshkent, “O‘qituvchi”, 1994. -B.222.

MAVZU: NUTQNING TOVUSH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH ORQALI BOLALARNING BOG‘LANISHLI NUTQINI O‘STIRISH Reja: 1. Kichik yoshdagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari. 2. O‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodik masalalari. 3. Katta yoshdagi bolalarda nutqiy muloqotni rivojlantirish.

Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda muhim o‘rin eallaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ko‘pincha s-z, p-f, t-d, p-b, u-o‘, x-h, q-g‘ tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila olmaydilar. Nutq jarayonida ketappan - ketayapman, Hojaxon – Shohjahon, Yustam – Rustam, qalg‘a - qarg‘a kabi talaffuz etishda yo‘l qo‘yadigan xatoliklarning oldini olish, ya’ni to‘g‘ri talaffuz etishga yo‘llash, ovoz balandligiga, tovush sur’atiga e’tibor berish metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ba’zi bolalar o‘zidan kichiklarni jerkib, ovozini ko‘tarib muomala qiladilar. Shunda ular talaffuziga e’tibor qaratish, nutq madaniyatiga, me’yorda so‘zlab, muomala qilishga o‘rgatish zarur. Chunki bolalikda tarkib topgan muomala madaniyati inson umrining oxirigacha muhrlanib qoladi. Samimiy muomala me’yori, xatto muomalada ko‘z qarashlari, boshqalar oldida o‘zini tuta bilish – muomala madaniyatining oddiy talablaridir. Yosh avlodning barkamol, yetuk, salohiyatli insonlar bo‘lib kamolga yetishi uchun ona tilining barcha boyliklaridan, uning imkoniyatlaridan foydalanish zarur. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim muassasasining eng muhim vazifalaridan biri milliy adabiy til asosida bolalarning bog‘lanishli nutqini shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir. Kuzatishlardan ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi tafakkurni rivojlantirish bilan bog‘liq ravishda amalga oshiriladi. Tilni to‘g‘ri o‘rganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor berib so‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuritish, savollar berish, javob qaytarish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarish, narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishning turli ko‘rinishlarini anglab yetishga olib keladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida sog‘lom, tabiiy muhit yaratish, bolalarning to‘g‘ri muomalaga kirishtirish, boshqalar bilan gaplashish ishtiyoqining ortishiga turtki bo‘ladi. Buning uchun bolalar nutqining shaklan va mazmunan mantiqiy birligiga erishishi muhim talab hisoblanadi.

Birinchi talab, dastlab bola o‘z lug‘at boyligiga ega bo‘lishi zarur. Bu uning boshqalar bilan muomalaga kirishishida yordam beradi. Bunda tarbiyachi asosiy diqqat - e’tiborini tabiiy holatda bolalarning lug‘at boyligini oshirib borishga qaratadi. Bolalarning so‘z boyligini oshirishda esa ularning kundalik faoliyatida tevarak-atrof bilan tanishib borishi muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Ikkinchi muhim talab, bolalar nutqining grammatik tuzilishini aniq shakllantirishga e’tibor berish. Bunda bolalarni yo‘naltiruvchi savollar, mashqlar vositasida nutqdagi so‘zlarni to‘g‘ri ishlatish, gapni to‘g‘ri tuzishga o‘rgatish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Uchinchi muhim talab, bolalarda tovush madaniyatini tarbiyalashdan iboratdir. Zero, bolalarni tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishga o‘rgatish metodika ilmidagi murakkab masalalardan hisoblanadi. To‘rtinchi muhim talab, dialogik nutq, ya’ni so‘zlashuv nutqini rivojlantirishdir. Beshinchi talab, hikoya qilib berishga (monologik nutq) o‘rgatishdir. Bog‘lanishli nutqni rivojlantirishda monologik nutq katta yordam berishi amaliyotda o‘z isbotini topgan. Tafakkurning rivojlanlanligi lug‘at boyligi, jumla tuzish malakasi, o‘z fikrini erkin va ravon bayon eta olish ko‘nikmasi bilan chambarchas bog‘liq. Oltinchi talab, bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish bo‘lib, bolalar adabiyoti va xalq og‘zaki ijodining eng yorqin namunalari kichkintoylarni yangi bir olamga olib kirishga xizmat qiladi. Adabiy asarlar bilan tanishtirish bolalarda faqat bog‘lanishli nutqni rivojlantiribgina qolmay, ularda badiiy adabiyotga mehr - muhabbat tuyg‘ularini ham paydo qiladi. Yettinchi talab, bolalarni savod o‘rgatishga tayyorlashdir. Bu talablar maktabgacha tarbiyaning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Lekin ularning har birida bolalarning yosh xususiyati, shaxsiy tayyorgarlik darajasi hisobga olinadi. To‘g‘ri, katta guruhda bolalar nutqi bir muncha shakllanib qoladi. Zero, bog‘cha yoshidagi katta bolalar faoliyatining

mazmunan va shaklan xilma-xilligi ular nutqining takomillashib borishiga ham yordam beradi. Bolalarning tevarak-atrofni kuzatib borishi natijasida talaffuzi ham ijobiy tomonga o‘zgara boshlaydi: tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila boshlaydilar, jumlalar mazmuni kengaya boradi, grammatik tomondan gapni to‘g‘ri tuza boshlaydilar, lug‘at boyligi ham ortadi. Bolalarning o‘zlari kichik-kichik hikoyalar tuza boshlaydilar va bu hikoyalarni erkin bayon qila oladilar. Ularda kattalar bilan muloqotga kirishish, o‘z fikrini erkin bayon etish kabi xislatlar paydo bo‘la boshlaydi. Shunga ko‘ra bolalar nutqida tovush madaniyatini takomillashtirish, atrofdagi narsalar, predmetlar, hodisalar nomini ifodalovchi so‘z boyligini kengaytirish, faollashtirish, monologik nutqning oddiy shakllariga rioya etish, o‘z fikrini grammatik jihatdan to‘g‘ri va aniq ifodalay olish ko‘nikmalarini paydo qilish muhim va zarur hisoblanadi. Bu talablar bolalarda borliqni, tevarak-atrofni idrok etish, uni tushunish, his etish, hikoyalar tuzish, o‘z fikrini bayon qila olish, ifodali o‘qish faoliyati jarayonida tarkib toptiriladi. Ma’lumki, bog‘lanishli nutqda bolalarning atrofdagilar bilan voqea- hodisalar ta’siri natijasida o‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir yoki bir necha jumlalarda o‘z aksini topishi mumkin. Bog‘lanishli nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosabati, muomala shakli katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning og‘zaki nutqqa doir, malaka va ko‘nikmalari mavjud bo‘lganligini hisobga olib, ularda bog‘lanishli nutqni shakllantirishda, avvalo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona-Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. Bunda, birinchi navbatda, bolalar so‘z boyligini kengaytirishda Respublikamiz tabiati, kasb-hunarga oid, qurilish va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan mashinalar, narsalarning o‘ziga xos belgilari va ranglari, mehnatga munosabatni ifodalovchi tushunchalar, nom va so‘zlar bilan boyitish zarur. Shuningdek, xalq

og‘zaki ijodi namunalarini o‘rganish: ona tilidagi antonim, sinonim, omonim so‘zlarni tushunish va to‘g‘ri qo‘llashga doir tushunchalar, so‘zlar bilan boyitishga erishish lozim. Bolalarni narsalarning nomlarini to‘g‘ri aytishga, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va turiga oid yo‘naltiruvchi lug‘atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod o‘rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. So‘zlashish – monologik (bog‘lanishli) nutqning eng muhim metodi. So‘zlashuv (dialogik) nutqni shakllantirish, bog‘lanishli nutqni tarkib toptirishda eng muhim talablardan sanaladi. So‘zlashuv nutqi bolaning lug‘at boyligiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda bola o‘ziga murojaat qilganlarida suhbatdoshini eshita olish, tushunish, savollarga to‘g‘ri javob bera olish bilan birga, so‘zlashuv madaniyatini egallay borishi ham taqozo etiladi. Bolalar bilan suhbat jarayonida ko‘proq yo‘naltiruvchi savollar beriladi. Masalan, tabiatga sayohat paytida tarbiyachi tomonidan “Hozir yilning qaysi fasli?”, “Bahorda tabiatda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?”, “Bahorda qanday qushlar uchib keladi?” kabi savollarning berilishi bolalarning dialogik nutqining rivojlanishiga yordam beradi. Bog‘lanishli nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq, ya’ni bolalar bilan so‘zlashishdir. So‘zlashish og‘zaki nutqning eng oddiy shakli bo‘lib, unda bola o‘zini tutishi, ko‘z qarashi, xatti-harakati, ovozining past-balandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi. So‘zlashish – dialogik nutq, asosan kattalar yordamida amalga oshiriladi va u ayniqsa, tevarak-atrofni bilish jarayonida yaxshi natijalar beradi. Jumladan, jamoat joylarida, ko‘pchilik o‘rtasida nutq madaniyatiga rioya etishga e’tibor qaratiladi. Bunda bir-birining nutqini to‘ldirib borish, tuzatishlar kiritish, so‘rash, so‘rab bilib olish dialogik nutqqa o‘rgatishning usullari sanaladi. Ma’lumki, muloqot ikki shaklda – erkin va maxsus tayyorlangan mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Kundalik hayot va taassurotlar asosida