logo

Sharq allomalari asarlarida yosh davrlari, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda bilishga qiziqish masalalarining yoritilishi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

27.3896484375 KB
Sharq allomalari asarlarida y osh dav rlari, t a’lim-t arbiy a
jaray oni hamda   bilishga qiziqish masalalarining y orit ilishi
1. REJ A :
1. IX-XII   asrlarda   yosh  davrlari,  ta’lim-tarbiya  jarayoni  hamda  bilishga
qiziqish masalalarining yoritilishi . 
2. XIV-XVI   asrlarda   yosh   davrlari,   ta’lim-tarbiya   jarayoni   hamda
bilishga qiziqish masalalari. 
3. XIX   asrning   birinchi   yarmi   va   XX   asrning   boshlarida   Turkistonda
ma’rifatparvar   asrlarda   yosh   davrlari,   ta’lim-tarbiya   jarayoni   hamda
bilishga qiziqish masalalari Yuksak   tafakkur   namoyondalarining   asarlarida   bilim   olishga   keng
o‘rin
berilgan   bo‘lib,   o‘tmishda   ham,   hozirda   ham,   qaerda   ta’lim   sohasiga
e’tibor   yuqori
bo‘lsa,   o‘sha   yerda   taraqqiyot   doimo   ilgarilab   borganligi   yaqqol
ko‘rinadi.
Sharqning   qomusiy   olimlari   asarlarida   ta’lim-tarbiya,   shaxs   kamoloti
borasidagi fikrlari  bilan   birga   bilim egallash,  ilm  olish  yo‘llari  xususida
qator   ilmiy
ma’lumotlar   keltiriladi.   Jumladan,   Imom   al-Buxoriy,   Abu   Nasr   Forobiy,
Abu   Ali
ibn   Sino,   Abu   Rayhon   Beruniy,   Mahmud   Koshg‘ariy,   Yusuf   Xos   Hojib,
Umar
Xayyom, Abu Hamid Fazzoliy, Alisher Navoiy, Muhammad Rizo Ogahiy,
Abdulla   Avloniy   kabi   olim   va   mutafakkirlarning   asarlarida   yuqoridagi
muammolar
yuzasidan atroflicha ma’lumotlar keltiriladi.
Qomusiy   olim   Imom   al-Buxoriy   ham   ilm   o‘rganishni   yuqori
darajaga
qo‘yib, o‘z asarlarida quyidagi fikrlarni ilgari suradilar: “Kishi ilm bobida
nafaqat
o‘zidan   yuqori   yoki   tengdoshlaridan,   balki   o‘zidan   past   bo‘lganlardan
hadis
olmaguncha, yetuk muhaddis bo‘la olmaydi”. Imom Buxoriy ushbu fikri
bilan o‘quv   faoliyatining   ijobiy   motivlari   ustoz-muallim   tomonidan
shakllantirilishiga
urg‘u beradi. Abu Nasr Forobiy   esa ko‘plab asarlarida bilish masalasiga
katta   e’tibor   beradi.   U   bilishda   ikki   bosqichni   -   hissiy   va   aqliy   bilishni
farqlaydi   hamda   bilishda   inson   aqlining   roliga   ahamiyat   beradi.
Forobiy   insonlarni   ilmli   bo‘lishga   chaqirib,   o‘quvchining   ijtimoiy
hayotda tutgan o‘rni va uning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ibratli
g‘oyalarni   ilgari   surgan.   U   o‘quvchiga   ta’lim   berish,   uni   ilmli   qilish
uchun   o‘qituvchi   tinmasdan   mashaqqatli   mehnat   qilsagina   o‘quvchi
o‘qishga,   ta’lim   olishga,   bilimli   bo‘lishga   intilishi   mumkinligini
ta’kidlaydi. O‘qituvchi   o‘quvchiga   bilim   beraman   desa,   o‘quvchi
oldida haqiqatgo‘y bo‘lishi kerak, o‘zi fahm-farosatli bo‘lib, or-nomusini
qadrlashi   lozim,   shogirdlariga
nisbatan   adolatli   bo‘lishi,   ko‘zlagan   maqsadiga   erishishida   qat’iylik
ko‘rsata   bilishi
va   o‘rnak   bo‘lmog‘i   joiz,   deya   ta’kidlaydi   mutafakkir.   Forobiy
tushunishni,
bilimning   mohiyatini   uqib,   anglab   olishni   quruq   yodlashdan   ustun
qo‘yadi,
o‘quvchiga   umumiy   qonun-qoidalarni   o‘zlashtirishni   tavsiya   etadi,
chunki   qonun   -
qoidalarni   anglash,   uning   e’tirofiga   ko‘ra,   juda   katta   ahamiyatga   ega.
Allomaning
mulohazasiga   binoan,   har   qanday   o‘quvchi   o‘z   xatti-harakatidan
xabardor bo‘lmog‘i,   ya’ni   o‘zini   anglagani,   zamonaviy   psixologiya   fani
terminologiyasiga
ko‘ra,   o‘zini   refleksiya   qilish   ko‘nikmalariga   ega   bo‘lishi   va   shu   sa’y-
harakatlari
tufayli baxtga erisha oluvchi insonligini anglamog‘i lozimdir. 
Forobiy   o’quvchining   shaxsiga   xos   qator   fazilatlarga   holisona
sharh   bergan   olimdir.   Qomusiy   olim   Abu   Ali   ibn   Sinoning   fikricha,
inson   tafakkuri,   aql
kuchiining   rivojlanishi   bir   necha   bosqichdan   iborat.   Aqliy   kuchlar
dastlab   mutlaq
tinch, sokin holatda bo‘ladi. Bolalardagi yozishni, o‘qishni o‘rganishdagi
potensial
kuchlar shunga misol bo‘la oladi. Abu Ali ibn Sino bu kuchlarni moddiy
kuchlar
deb   nomlagan,   ya’ni   mazkur   kuchlarni   tashqi   motivlar   deb   tushunsa
bo‘ladi. Sekinastalik bilan bu kuchlar harakatga aylanadi, bular mehnat
quroli   samarasidir,   ya’ni   mehnat   quroli   orqali   harakatga   keladi   va
namoyon   bo’ladi.   Bu   holatni   bola
yozishni   xohlab   turibdi-yu,   ammo   yozish   quroli   bo‘lgan   qalamning
yo‘qligi   bilan
izohlash   mumkin.   Bu   ikki   kuchni   Ibn   Sino   ro‘yobga   chiqishi   mumkin
bo‘lgan   kuch
deb   atagan.   Nihoyat,   uchinchi   kuch   esa   irodaning   yetishmasligi   bilan
tushuntirib
beriladi.   Ya’ni   shunday   holatning   kuchi   bor,   ammo   uni   ishlatishga, ro’yobga
chiqarishga bolada iroda yetishmaydi. 
Alloma   nazarida,   shu   kabi   uch   holat   bilan
aql,   bilim   olish   izohlanadi.   Ibn   Sino   "Xayy  ibn   Yaqzon"   qissasida   inson
fe’l-atvorini,   ruhiyatini   tushunish   uchun   mantiq   ilmini   o’rganishga
chorlaydi.   Bu   fan   inson   tafakkur   doirasining   kengayishiga   katta
yordam   beradi.   Insonlarning   fe’l-atvorini   bilish   uchun   o‘qish,   o‘tkir
bo‘lish   uchun   farosat   ilmidan   xabardor   bo‘lish   kerak.
Darhaqiqat,   ilm   o‘rganishga   Forobiy   musiqiy,   falsafiy   ilm   bilan   da’vat
etgan
bo‘lsa, ibn Sino mantiq ilmi orqali da’vat etgan.
Abu   Ali   ibn   Sino   bolalarning   o‘qish,   ta’lim   olishlariga   mas’uliyat
bilan
qarash   tarafdorlaridan   bo‘lgan.   U   bola   6   yoshga   yetgach   muallimga
bilim   olish
uchun topshirilishini aytib o‘tadi. Hozirda ham bolalarning 6, 7 yoshdan
boshlang‘ich   sinflarga   qabul   qilinishi   Ibn   Sinoning   o‘sha   davrdagi
g‘oyalarining
naqadar   ahamiyatli   ekanligidan   dalolat   beradi,   zotan   ushbu   hol
bolaning   o‘qishga
bo‘lgan   muhabbatini   kuchaytirishi   mumkin.   Uning   fikricha,   bolaga
ta’lim   asta   sekinlik   bilan   berilishi   joiz.   Uni   birdaniga   kitobga   bog‘lab
qo‘ymaslik   lozim,   deydi
alloma.   Ibn   Sino   kishilarning   yashashga   qobil   bo‘lishi   va   bekorga   jabr
ko‘rmasligi uchun   ularga   ehtiyot   bo‘lib   ta’lim   berish   kerakligini   uqtiradi.   Ya’ni
ularning
o‘qishga bo‘lgan ijobiy motivlarini so‘ndirmaslikka undaydi.
O‘quvchilarning   o‘qish   faoliyatiga   oid   fikrlar   qomusiy   olim   Abu
Ray hon
Beruniy   asarlarida   ham   o‘z   aksini   topgan.   Uning   fikriga   ko‘ra,   bilim
olish   uchun
o‘quvchilarda   avvalo   intilish   va   qiziqish   bo‘lishi   kerak.   Darhaqiqat,
nimanidir
o‘rganish,   tadqiq   qilish   uchun   insonda   intilish,   harakat   va   qiziqish
bo‘lmasa,   u
hech   narsaga   erisha   olmaydi.   Ilm   olishning   muhim   yo‘llaridan   biri
inson   hammani
o‘ziga do‘st tutishi va boshqa insonlarga ham yaxshilik qila olishi lozim.
Olimning   mazkur   fikrlarini   fan   tilida   o‘quv   faoliyatiga   nisbatan   ehtiyoj
tug‘ilsagina   o‘quv   motivlari   shakllantirilishi   mumkin,   deya   talqin   qilsa
bo‘ladi.
Beruniy   ilm   olishda   axloqiy   poklikni   yuqori   o‘ringa   qo‘yib,   ta’lim   va
tarbiyani   bir   xil   izchillikda   olib   borganlar   komil   inson   darajasiga
erishadilar,   deydi.
Beruniy o‘qitish uchun muallim o‘z malaka va bilimlarini doimo orttirib,
zamonga
moslashib borishi lozimligini uqtiradi. U kitob o‘qish usullariga alohida
e’tibor
qaratadi.   Kitoblarni   shunchaki   emas,   fikrlab,   kichik-kichik   bo‘limlarga bo‘lib
o‘qish va umumlashtirib borish kerakligi haqida ma’lumotlar beradi. 
Beruniy   o’qitishda   faqat   induktiv   (umumiy   xulosa)   yo‘l   bilangina
emas, balki deduktiv (juz’iy xulosa) yo‘l bilan  ham ish tutish  lozimligini
ta’kidlaydi,   zotan   bunday   o‘qishda   tafakkur   kengayib,   bilimlar   ortib
boradi. Abu   Rayhon   Beruniy   o‘qituvchilar
o‘quvchining   e’tiborini   taqqoslash ,
qiyoslash  kabi operatsiyalarga qaratishlari lozimligiga alohida ahamiyat
beradi.
Zotan,   bugungi   kunda   ham   ongli,   ifodali,   to‘g‘ri   va   tez   o‘qish   hozirgi
zamon
o‘quvchilarining   savodli   bo‘lishlarini   ta’minlovchi   asosiy   tarkibiy
qismlardandir.
Abu   Rayhon   Beruniy   ilm   olishda   takrorlashga   zo‘r   berib,   yosh
o‘quvchilarni   toliqtirib   va   zeriktirib   qo‘ymasdan,   turli   psixologik
usullarni
qo‘llashni,   shu   orqali   ularning   tafakkurini   boyitib,   bilimlarini
chuqurlashtira
borishni   ilgari   surgan   buyuk   zotdir.   Ya’ni   o‘qishga   nisbatan   bo‘lgan
qiziqishni
so‘ndirmaslik   uchun   bolalarning   yoshiga   xos   psixologik   xususiyatlar
albatta
inobatga olinishi kerakligini e’tirof etadi.
O‘quvchiga   ta’lim   yo‘lida   qo‘llanma”   kitobida:   “O‘qib   o‘rganish
uchun   eng yaxshi   vaqt   yoshlik   davri,   erta   tong   va   qosh   qoraygan   payt.   Bilim
oluvchi   ana   shu
vaqtni   samarali   tashkil   etishga   odatlansin,   bordi-yu,   unga   bir   fan
zerikarli   bo‘lsa,
boshqasi   bilan   mashg‘ul   bo‘lsin”,   -   deya   ta’lim   beradi.   "Ta’limul   –
mutaallim"
nomli kitobida esa ta’limning uzviylik prinsipini e’tirof etadi.
XI   asrda   yashab   ijod   etgan   Mahmud   Qoshg‘ariy   ham   o‘zining
“Devonu
lug‘atit   turk”   asarida   bilim   olishga   da’vat   etgan.   Asardagi:   “Ey   o‘g‘lim,
mendan
o‘git,   nasihat   ol,   odobli   va   tarbiyali   bo‘lishga   tirish,   toki   el   ichida   zo‘r
olim   bo‘lib
tanil   va   ular   orasida   odob   va   ilm   tarqat”   yoki   “Ilm,   hikmat   o‘rgan,
o‘rganishda   havoyilik   va   takabburlik   qilma,   hech   narsa   o‘rganmasdan,
o‘zini   bilimdon
ko‘rsatib   maqtangan   kishi   imtihon   vaqtida   uyaladi,   achinadi”   kabi
fikrlari   buning
yorqin misolidir. O‘rta Osiyoning yana bir buyuk mutafakkiri  Y usuf  X os
Hojib   ham   o‘z   ijodida   bilimni   yuksak   baholaydi.   Alloma   bilimni   boylik,
kiyim,   yemish   kabi
narsa-hodisalarga  qiyoslaydi.  Bilim va  bilimdonlikni  his eta  olmoq,  uni
tushunmoq
darkorligi,   bilimdon   bo‘lishning   tarbiya   bilan   chambarchas   bog‘liqligi,
bola qanchalik   erta   tarbiya   qilinsa,   bilim   olishga   ishtiyoqi   ortishi   haqida
yozadi. O‘quvchining   psixologik   xususiyatlari   va   shaxsiy
fazilatlariga   oid
mulohazalar   qomusiy   olim   Umar   X ay y om   asarlarida   chuqur   yoritib
berilgan.
Umar   Xayyomning   fikricha,   o‘quvchilar   o‘qituvchidan   olgan   bilimlari
bilan
cheklanib qolmasdan, hayotda bo‘layotgan voqea-hodisalarni o‘rganish
va
kuzatish,   amaliyot   davomida   bilim,   ko‘nikma   hamda   malakalarini   har
xil   usullarda
ko‘p   martalab   takrorlab   borish   jarayonida   egallaydilar,   ya’ni   olim
ta’limdagi
predmet   bilan   hayot   uzviy   aloqadorligi   prinsipini   ilgari   suradi.   Uning
fikricha,
bilim   olishni,   ta’limni   amaliyot   bilan   uzviy   ravishda   bog‘lagan   holda
o‘quvchilarda
mustaqil   tafakkurni   shakllantirib   borish   zarur.   Buning   uchun   u   “Sen
osongina
o‘ylayapsan”,   “Ko‘p   o‘ylab,   maqsadga   erishish   mumkin”,   “Bir   oz
o‘ylagandan
keyin,   tushunib   olasan”   kabi   so‘zlarni   ishlatib,   o‘quvchilarni   mulohaza
qilishga
undab,   sekin-astalik   bilan   o‘qishga   bo‘lgan   ishtiyoqlarini   oshirishga
harakat   qiladi. Inson hayotida ilm va amaliyotning birligi haqida   Abu  Hamid Fazzoliy
ham   fikr   bildirgan   edi.   Darhaqiqat,   inson   olgan   nazariy   bilimlarini
amaliyotda
qo‘llay borishi kerak deb o‘ylaymiz, chunki bilim va ilmgina emas, balki
fan   va
tajriba yutuqlarini amalda qo‘llay bilish ham insoniy hislatlardan biridir.
Buyuk   mutafakkir   va   alloma   Alisher   Nav oiy   inson   tafakkuri,   aqli-
farosati
hamda ilmini yuksak qadrlagan. U: “Bilim va donishmandlik insonning
bezagidir”,-   deb   yozadi.   Alisher   Navoiy   bolalarga   kichik   yoshligidanoq
bilim,
ma’lumot   va   tarbiya   berish   kerakligini   aytib,   ibn   Sino   kabi,   6   yoshdan
muallim
qo‘liga topshirish kerakligini ta’kidlaydi.
Iste’dodli   shoir   va   tarjimon,   tarixchi   Muhammad   Rizo   Ogahiy
asarlarida
inson   bekamu   ko‘st   kamolga   yetishishi   uchun   yoshlikdan   ilm   va   kasb-
hunar
egallashi   shart   ekanligini   aytib   o‘tadi.   Uning   fikricha,   ilm-ma’rifat
insonning
ma’naviy   kamolotida   va   jamiyat   taraqqiyotida   kuchli   vositadir.   Ilm
inson   aqlini
boyitadi.   Ogahiy   ilmni   ko‘proq   xalq   o‘yinlari   orqali   yetkazib   berish
uchun   harakat
qiladi,   chunki   bu   narsa   ijobiy   o‘quv   motivini   shakllantirishga   xizmat qiladi.   Xalq
o‘yinlari,   aslida   psixologik   o‘yinlar   hisoblanadi.   Bu   vaqtda   bola   ham
ta’lim   oladi,
ham shakllanadi. 
XX   asr   boshlarida   O‘zbekistonning   ijtimoiy-siyosiy   hayotida
pedagogik
fikrlar   rivojida   yetakchi   rol   o‘ynagan   olimlardan   biri   Abdulla
Av loniy dir .   Abdulla
Avloniyning   fikriga   ko‘ra,   ilm   insonlarning   madori,   hayoti,   rahbari,
ne’matidir.
Ilm   o‘rganmoq,   olim   bo‘lmoq   uchun   maktabga   kirmoq,   muallimdan
ta’lim   olmoq
lozimligini u qayta-qayta ta’kidlaydi.
Ma’rifatparvar alloma Avloniy inson ma’naviy kamolotining yo‘llari
ustida
to‘xtalib o‘tadi.  Ilm  dunyoning izzati,   oxiratning sharofatidir.   Ilm  inson
uchung‘oyat   muqaddas  bir   fazilatdir.   Zeroki,   ilm  bizga   o‘z  ahvolimizni,
harakatimizni
oyna kabi ko‘rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur, ilmsiz
odam
mevasiz daraxt kabidir, deb ta’kidlab o‘tadi. U   ilmning   nazariy
ahamiyatini   ko‘rsatibgina   qolmasdan,   balki   uning   amaliy
faoliyat   uchun   hayotiy   zaruriyat   ekanligini   ham   ta’kidlab   o‘tadi.   Ilm
bizni   jaholat
qorong‘usidan   qutqarishi,   madaniyat,   ma’rifat   dunyosiga   chiqarishi, yomon
fe’llardan, buzuq ishlardan qaytarishi, yaxshi xulq, odob sohibi qilishini
ta’kidlaydi
Shu   bilan   birga,   u   bugun   hayotimiz,   salomatligimiz,   saodatimiz,
rohatimiz,
g‘ayratimiz,   dunyo   va   oxiratimiz   ilmga   bog‘liqligini   qayta-qayta
takrorlaydi.
Ilm   kishi   zehnini,   fikrini   qilich   kabi   o‘tkir   qiladi.   Ilmsiz   inson   mevasiz
daraxtga   o‘xshaydi.   Ilm   daraxt   mevalaridek   har   shaxsga   ozuqa   berib,
madaniyat,
ma’naviyat,   ma’rifat   dunyosiga   olib   kiradi.   Yomon   odamlardan,   buzuq
ishlardan
qaytaradi.   Yaxshi   xulqli   va   odobli   bo‘lishga   xizmat   qiladi.   Natijada,   ilm
kishilari
har   yerda   aziz   va   hurmatli   bo‘ladilar.   Kishi   hayotini   haqiqiy   va   to‘g‘ri
yo‘lga
soladigan   vosita   -   bu   ilmdir.   Shuning   uchun   ham   ilm   orqali   oliy
fazilatlarga   ega
bo‘lgan,   ulug‘likka   va   orzu-istaklariga   erishgan   buyuk   kishilar   xalq
orasida   yuksak
qadrlanadilar.
  Abdulla  A v loniy ning arbiy a  masalasida  “ Tarbiy a  biz uchun  y o
hay ot -   y o   mamot ,   y o   najot   -y o   halok at ,   y o   saodat -y o   falok at
masalasidir”
degan   ma’noli   fi k rlari   dolzarbligini   yo’qotmaydi.   Alloma fikricha,   ,k ishilarning
bilimi,   ilmi,   amaliy   malakalari   rivojisiz   jamiyat   taraqqiyotini   tasavvur
etib
bo‘lmaydi.   Muayyan   ma’naviy   ehtiyojlarga,   yuksak   axloqiy   fazilatlarga
ega
bo‘lmagan   kishilarda   ilm-fanni   o‘rganishga,   halol   mehnat   qilib,   kasb-
hunar
egallashga,   malaka   oshirishga   ishtiyoq   ham   bo‘lmaydi.   Shu   sababli
jamiyat
taraqqiyotining   barcha   bosqichlarida   avval   yoshlarni   tarbiyalab,   keyin
ularga   ta’lim
berganlar. Haqiqatdan ham, bilimga, ilmga ehtiyoj anglangan motivlar
tizimidir.   Biror   muammoni   hal   etish   imkoniyatlarini   inson   o‘z   aql-
zakovati,   bilimi,   kuchi   va
irodasi   bilan   aniqlaydi.   Bilim   mazmun   jihatidan   kengroq   bo‘lib,
insonning   hayot
tajribasi   orqali   orttirgan   barcha   tushunchalar,   fikrlar,   amaliy
malakalarni   o‘z   ichiga
oladi. Ilm bilimning cho‘qqisidir. Bilimlar tabiat, jamiyat, inson ruhiyati
qonunlarini   chuqur   o‘rganish   natijasidagina   ilmga   aylanadi.
  Tavsiya qilingan asosiy adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.: O’zbekiston 
nashriyoti 2019 y
2. X.I.Ibragimov Pedagogik-psixologiya. O’quv 
qo’llanma .O’zbekiston milliy jamiyatinashriyoti.T:2009y
3. Sh.Do’smuxammedova, X.A..Tillshayxova G.Baykusunova, 
G.Ziyavitdinova Umumiy psixologiya 2-kitob. Darslik. T.:2020 y
4. D.A.Nurkeldiyeva, Ya.Ye.Chicherina. Ilk maktabgacha va 
Kichik maktab yoshidagi bolalarni psixologik, pedagogik va 
logopedik tekshirish.  Uslubiy qo’llanma. T.:Yangi avlod 2007y
5. Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi psixologiyasi. - 
Toshkent,
1998 y.
6. Sherbakov A.I. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyadan
praktikum. Toshkent, 1991.
7. Xoliqov   A.A.   Pedagogik   mahorat.   Darslik.   –   T.:   IQTISOD-
MOLIYA ” ,  2011.- 425 b.
8. Ibragimov   X.I.,   Abdullayeva   Sh.A.   Pedagogika   nazariyasi.
Darslik.  - T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008 .
9. O‘zbek   pedagogikasi   antologiyasi.   1-jild.   Tuzuvchi-mualliflar:
K.Hoshimov,   S.Ochil.   –Toshkent   “O‘qituvchi”,   1995;   2-jild.
Tuzuvchi-mualliflar   S.Ochil,   K.Hoshimov   –Toshkent
“O‘qituvchi”, 1999 y
10. Po’latova P. M. Maxsus pedagogigka – T.:  2005.

Sharq allomalari asarlarida y osh dav rlari, t a’lim-t arbiy a jaray oni hamda bilishga qiziqish masalalarining y orit ilishi 1. REJ A : 1. IX-XII asrlarda yosh davrlari, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda bilishga qiziqish masalalarining yoritilishi . 2. XIV-XVI asrlarda yosh davrlari, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda bilishga qiziqish masalalari. 3. XIX asrning birinchi yarmi va XX asrning boshlarida Turkistonda ma’rifatparvar asrlarda yosh davrlari, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda bilishga qiziqish masalalari

Yuksak tafakkur namoyondalarining asarlarida bilim olishga keng o‘rin berilgan bo‘lib, o‘tmishda ham, hozirda ham, qaerda ta’lim sohasiga e’tibor yuqori bo‘lsa, o‘sha yerda taraqqiyot doimo ilgarilab borganligi yaqqol ko‘rinadi. Sharqning qomusiy olimlari asarlarida ta’lim-tarbiya, shaxs kamoloti borasidagi fikrlari bilan birga bilim egallash, ilm olish yo‘llari xususida qator ilmiy ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan, Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Umar Xayyom, Abu Hamid Fazzoliy, Alisher Navoiy, Muhammad Rizo Ogahiy, Abdulla Avloniy kabi olim va mutafakkirlarning asarlarida yuqoridagi muammolar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar keltiriladi. Qomusiy olim Imom al-Buxoriy ham ilm o‘rganishni yuqori darajaga qo‘yib, o‘z asarlarida quyidagi fikrlarni ilgari suradilar: “Kishi ilm bobida nafaqat o‘zidan yuqori yoki tengdoshlaridan, balki o‘zidan past bo‘lganlardan hadis olmaguncha, yetuk muhaddis bo‘la olmaydi”. Imom Buxoriy ushbu fikri bilan

o‘quv faoliyatining ijobiy motivlari ustoz-muallim tomonidan shakllantirilishiga urg‘u beradi. Abu Nasr Forobiy esa ko‘plab asarlarida bilish masalasiga katta e’tibor beradi. U bilishda ikki bosqichni - hissiy va aqliy bilishni farqlaydi hamda bilishda inson aqlining roliga ahamiyat beradi. Forobiy insonlarni ilmli bo‘lishga chaqirib, o‘quvchining ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va uning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ibratli g‘oyalarni ilgari surgan. U o‘quvchiga ta’lim berish, uni ilmli qilish uchun o‘qituvchi tinmasdan mashaqqatli mehnat qilsagina o‘quvchi o‘qishga, ta’lim olishga, bilimli bo‘lishga intilishi mumkinligini ta’kidlaydi. O‘qituvchi o‘quvchiga bilim beraman desa, o‘quvchi oldida haqiqatgo‘y bo‘lishi kerak, o‘zi fahm-farosatli bo‘lib, or-nomusini qadrlashi lozim, shogirdlariga nisbatan adolatli bo‘lishi, ko‘zlagan maqsadiga erishishida qat’iylik ko‘rsata bilishi va o‘rnak bo‘lmog‘i joiz, deya ta’kidlaydi mutafakkir. Forobiy tushunishni, bilimning mohiyatini uqib, anglab olishni quruq yodlashdan ustun qo‘yadi, o‘quvchiga umumiy qonun-qoidalarni o‘zlashtirishni tavsiya etadi, chunki qonun - qoidalarni anglash, uning e’tirofiga ko‘ra, juda katta ahamiyatga ega. Allomaning mulohazasiga binoan, har qanday o‘quvchi o‘z xatti-harakatidan xabardor

bo‘lmog‘i, ya’ni o‘zini anglagani, zamonaviy psixologiya fani terminologiyasiga ko‘ra, o‘zini refleksiya qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi va shu sa’y- harakatlari tufayli baxtga erisha oluvchi insonligini anglamog‘i lozimdir. Forobiy o’quvchining shaxsiga xos qator fazilatlarga holisona sharh bergan olimdir. Qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning fikricha, inson tafakkuri, aql kuchiining rivojlanishi bir necha bosqichdan iborat. Aqliy kuchlar dastlab mutlaq tinch, sokin holatda bo‘ladi. Bolalardagi yozishni, o‘qishni o‘rganishdagi potensial kuchlar shunga misol bo‘la oladi. Abu Ali ibn Sino bu kuchlarni moddiy kuchlar deb nomlagan, ya’ni mazkur kuchlarni tashqi motivlar deb tushunsa bo‘ladi. Sekinastalik bilan bu kuchlar harakatga aylanadi, bular mehnat quroli samarasidir, ya’ni mehnat quroli orqali harakatga keladi va namoyon bo’ladi. Bu holatni bola yozishni xohlab turibdi-yu, ammo yozish quroli bo‘lgan qalamning yo‘qligi bilan izohlash mumkin. Bu ikki kuchni Ibn Sino ro‘yobga chiqishi mumkin bo‘lgan kuch deb atagan. Nihoyat, uchinchi kuch esa irodaning yetishmasligi bilan tushuntirib beriladi. Ya’ni shunday holatning kuchi bor, ammo uni ishlatishga,

ro’yobga chiqarishga bolada iroda yetishmaydi. Alloma nazarida, shu kabi uch holat bilan aql, bilim olish izohlanadi. Ibn Sino "Xayy ibn Yaqzon" qissasida inson fe’l-atvorini, ruhiyatini tushunish uchun mantiq ilmini o’rganishga chorlaydi. Bu fan inson tafakkur doirasining kengayishiga katta yordam beradi. Insonlarning fe’l-atvorini bilish uchun o‘qish, o‘tkir bo‘lish uchun farosat ilmidan xabardor bo‘lish kerak. Darhaqiqat, ilm o‘rganishga Forobiy musiqiy, falsafiy ilm bilan da’vat etgan bo‘lsa, ibn Sino mantiq ilmi orqali da’vat etgan. Abu Ali ibn Sino bolalarning o‘qish, ta’lim olishlariga mas’uliyat bilan qarash tarafdorlaridan bo‘lgan. U bola 6 yoshga yetgach muallimga bilim olish uchun topshirilishini aytib o‘tadi. Hozirda ham bolalarning 6, 7 yoshdan boshlang‘ich sinflarga qabul qilinishi Ibn Sinoning o‘sha davrdagi g‘oyalarining naqadar ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi, zotan ushbu hol bolaning o‘qishga bo‘lgan muhabbatini kuchaytirishi mumkin. Uning fikricha, bolaga ta’lim asta sekinlik bilan berilishi joiz. Uni birdaniga kitobga bog‘lab qo‘ymaslik lozim, deydi alloma. Ibn Sino kishilarning yashashga qobil bo‘lishi va bekorga jabr ko‘rmasligi