logo

Shoyim Bo’tayev qissalarida milliylik

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

93.5 KB
Shoyim Bo’tayev qissalarida milliylik
XX   asr   о‘zbek   nasri   о‘z   boshidan   kо‘plab   voqealarni   о‘tkazdi.   U   hamon
shakllanish,   о‘sish   jarayonida   hisoblanadi.Bugungi   nasrimizning   yorqin
vakillaridan biri, ajoyib san’atkor adib Shoyim Bо‘tayev hisoblanadi.Bugungi kun
о‘zbek   nasridagi   uslub   aniqroq   tasavvur   etish   uchun   betakror   uslub   yо‘lidan
borayotgan   yozuvchilar   asarlarini   tahlil-talqin   qilish   adabiyotimiz,
adabiyotshunosligimiz   ufqlarida   yangi-yangi   imkoniyatlar   ochadi.Shoyim
Bо‘tayev о‘zining ajoyib uslubiga, betakror tiliga ega bо‘lgan yozuvchi ekanligini
bugungi   kunda   uning   kitobxonlari,   muxlislari   tan   olishadi,   bugungi   kun   о‘zbek
adabiy   tanqidchilari   esa   adib   asarlari   tо‘g‘risida   kо‘plab   ijobiy   fikrlarni
bildirishmoqda.   Kо‘plab   ijodiy   davralarda   bahs-munozaralarga   sabab   bо‘lmoqda.
Bu   –   bekorga   emas   albatta.О‘ziga   xos   yozuvchi,   hozirgi   о‘zbek   prozasini
yalovbardorlaridan   biri   Shoyim   Bо‘tayev   Tojikiston   respublikasi   Xо‘jand
viloyatining О‘ra-tepa tumanidagi Chorbog‘ qishlog‘ida tavallud topgan.Chorbog‘
qirlari     orasidagi     Kо‘chkina,   Mong‘it,   Bolg‘ali,   Mujun,   Itorchi,   Ovchi   singari
sо‘lim qishloqlarning biri     bо‘lib,   unda   turkiy       va о‘zbek urug‘lariga   mansub
elatlar   yashaydi.   Bu   yerlarining   kishilari     de h qonchilik   va     chorvachilik   bilan
shug‘ullanadilar.   Ushbu     sohalar   esa     albatta     turkiy     xalqlarning     milliy,   о‘ziga
xos yashash   tarziga   sezilarli ta’sir   etmay     qolmaydi. Turkiston     tizma   tog‘lar
etaklariga   sochilib   ketib     yashovchi   xalqlarning   tili     lahjalari-yu     shevasi     rangin
boy,   urf-odatlari,   an’analari     qadimiy     hisoblanadi.   Tog‘   havosi-yu   suvidan
baxramand bо‘lgan   kishilar  tabiatday  totli,  qaysar, chо‘rtkesar,  adolat  tuyg‘usi
kuchli   bо‘ladi. Shoyim   Bо‘tayev   xuddi   shunday   muhitda     о‘sib tarbiyalangan
insondir.   Shoyim   Bо‘tayev     о‘zbek   adabiy     xaritasini     yangi   jо‘g‘rofiy     hudud
betakror,  adabiy  aholi  evaziga  boyitdi. Shoyim  Bо‘tayevning о‘nlab  hikoyalari
«Kun   botardagi   bog‘»   ,   «Shamol   о‘yini»,   «Eski   arava»,   «Muyulishdagi   uy»,
«SHо‘radan   qolgan   odamlar»     kabi     qissalari,   «Kо‘rg‘onlangan   oy»   romani     о‘z
kitobxonlariga yetib   borgan. Adibning   kichik    yoki   katta  hajmli   asarlarining
barchasida     ham     kо‘p   betakror   obrazlar, tabiat   tasvirlari,     xalqning   yashash
tarzi,   urf-odatlari   bilan birgalikda     о‘zbeklarga,   turkiy     xalqlarga     xos   milliy ruh,   milliy   his-tuyg‘ular,   milliy   sо‘zlashuv   shevalarining   yorqin     uchqunlari
yaqqol   о‘z   aksini   topgan    desak  xato   bо‘lmas.Har  bir  ijodkor  adabiyotga
о‘z   mavzusi,   qahramonlari,   betakror «tili» bilan  kirib keladi. Shoyim Bо‘tayev
qahramonlari  betakror   kо‘rinishga,   ruhiy   holatga, о‘z   tiliga, о‘z  milliyligiga
ega.   Yozuvchi     qissalarida     bir-biriga       о‘xshash   kishilar     uchraydi.   “Shamol
о‘yini”     qissasida     Zokir     bulbul       ismli       oshiq       haqida     gapiriladi.
«Kо‘rg‘onlangan oy»   romanida  ham   Zokir   baxshi   obrazi  yaratiladi. «Shamol
о‘yini» qissasidagi   momouloq   tanavvul     qilayotgan     kampirlar   «Kunbotardagi
bog‘»     qissasidagi     Ulg‘ay   momo     tanish-bilishlari   teng   tо‘shlariga     о‘xshab
ketadi.   Bu   obrazlar   tasviri,     ruhiy   xolati,     tili,     harakatlari       tasviri       shunday
beriladiki,     undan   о‘zbeklarga       xos     xususiyat     turkiy     xalqlardagi       milliy
shaxsiyatni      sezmaslikning      iloji   yo’q. Shoyim      Bо‘tayev   qishloq   kishilariga
xos     hususiyatlarni     topib-topib       kо‘rsatadi.     Masalan,     о‘zbek     borki,       laqab
tо‘qishni       yaxshi       kо‘radi.     Laqablar   kasbga,     nasabga,     fe’l-   xо‘yga,     tashqi
kо‘rinishga     kо‘ra     tо‘qiladi.   Aytish     lozim     adib       ayni       shu       о‘rinlarda     ham
millatga     tegishli,   milliy     rux     beradigan     sо‘zlarn       qaxramonlarni     ismlariga
joylashga  urinadi. Zokir baxshi, Tilak mirishkor, Jondachi amaki, Nu’mon  qirtish,
Ergash kalta, Nabi muallim, Raxim indamas, Vali   qassob,   Mutal   jarchi, Sunnat
о‘g‘ri,     Dakan   oqsaqol…   singari     bir     qancha     obrazlar       kitobxon         yodidan
chuqur о‘rin   olad. Yozuvchi
asarlaridagi       yakrov,   gumsiyo,     payxova,   toyinot,   tavonibi,     shoyon     nopisand,
gulzun- donak,  ufunat, nargiyo, koshoy, chalpakpazon,  charxin tovoq,  horiquloda
hodisa,     kalolot,   obdast   olmoq,     xobi     xotir,     qо‘lontayoq,     qamg‘oq     singari
sо‘zlari   uchraydiki,     ular     aynan     turkiy     xalqlar     tilidagi,   shevalaridagi   о‘ziga
xoslikni     ifodalab,     asar     ruhiyatini     ochishda   ahamiyatli   о‘rin     egallaydi     va     bu
kitobxon     diqqatini   о‘ziga     tortadi.   Badiiy     asarni     anglashning     kashtiroviy
mohiyatini   bilishdadir.   «Shamol   о‘yini»     qissasida     roviy     masalasi     jiddiy
qо‘yiladi  ya’ni,  u  voqealarni   tasvirlaydi,  qahramonlar qilmishlarini  faoliyatini
talqini     orqali       о‘zligi,      xalqqa    xos  bо‘lgan     milliy   ruhiyat     silsilalarini    inkor
etish     masaalalarini     berib     boradi.   Lekin   u   na   qa h ramonlar     x atti-   harakati,     na voqealar  mohiyatini  ba h olamaydi. Sinchkov kitobxon  tasvir,  fikrlar  ifodasidagi
asar     g‘oyasini     yozuvchi   konsepsiyasini       bilishi,     anglab       olishi     qiyin
kechmaydi.   Shoyim     Bо‘tayev     asarlaridagi       raviy     kesatiq,     pichinga     usta.   U
shо‘ro    davridagi   rasmiy,   siyoqqa  munosabatlarni    о‘rniga  qо‘yib   tasvirlaydi.
Bir     о‘rinda     “bо‘yniga     bо‘yinbog‘     bog‘langan     xiradmand”   ning       qilmish
qidirmishlari     bо‘yinbog‘ga       nisbatan     tasvir     etiladi.   “Shamol     о‘yini”     qissasi
roviy     rais,   Berkinboy,   Yoshiuzoq       haqida       gapirar     ekan,     bulbulgо‘yo     bо‘lib
ketadi,   labi-labiga       tegmaydi,     tesha     tegmagan       kesatik,     pichinglarga     zо‘r
beradiki,     bundan     kо‘zlangan     maqsad     yolg‘on       munosabatlar,   tо‘ralarcha
munosabat       ajoyibotlari       orqali       shо‘ro     davridagi       chetdan     kirib       kelib
о‘zbeklarni   о‘zligi,   millat  e’tiqodi, shaxsiyatiga   salbiy    ta’sir   kо‘rsatishi  va
yoshlarning  tarbiyasida   milliy   an’analardan   kо‘ra  yosh   xalq   urf-odatlarini
ta’sirini  oshib   borishini   ochib   beradi.   Xalq     milliy       ruhiyatini
avvalo  uning imon- e’tiqodi namoyon bо‘ladi. Shoyim   Bо‘tayev   asarlari  asosiy
g‘oyasi     ham     qayerdaki     imonli, diyonatli     kishilar   yashar   ekan, о‘sha   yerda
qut-baraka,  fayz bо‘ladi.   “Shamol   о‘yini”     qissasi       milliylik
ruhi  о‘zgacha tasvirlarda   berilgani   bilan  ham   axamiyatli. Qissada    keltirilgan
momouloq   urf-odati yoki     о‘zbek   xalqiga xos el hashari     udumi     buning     bir
namunasidir. Momouloqni tashkil qilish, о‘tkazish,  qishloq   kampirlarini sо‘zlari,
qishloqdagi   voqealarga     о‘zlaricha   fikr   bildirishlari     barcha   barchasidagi
tasvirlarda       milliy       ruxiyat   seziladi.   Yoxud   Berkinboyni   qora   tortib   kelgan
Yoshiuzoq uchun xalq  qishloq ahlini  el xashari uyushtirib  uchun  qurib   bergan
uylari, bu   jarayonda   elni  kishilari  tutgan yul,   kо‘rsatgan  mehr -muruvvat,   oliy
ximmatliklari butunlay о‘ziga xos xalk shaxsiyati, millat ruxiyatidagi xususiyatdir.
El   xashari   urf-   odatlar   ichida   о‘zbeklarning     bir-biriga   bо‘lgan   qishloq   kishilari
hamjixatligi, saxovatpeshaligi singari xislatlarni yaqqol namunalardan biri.
Qissadagi   udumlardan   yana   biri   elni   yillar
davomida   odat   tusiga   aylantirib   о‘z   turmushlarida   qо‘llab   kelayotgan   jarayon
miroblarning   xalk   dehqonchiligi,   ekinlari,   bog‘lariga   tog‘   buloqlaridan   yig‘ilib
keladigan   suvlari   taqsimlab   yetkazib   berishidir.   El   katta   kichgina   mirob   bо‘lgan kishiga  ehtiromi, ishonchi, hurmati kabi munosabatlar barchasi hech qachon milliy
ruhiyat   silsilasidan   holi   bо‘lmaydi.   Yozuvchi   bu   о‘rinlarda   ayni   shu   tasvirlarni
ajoyib   tarzda   bera   olgan.     Shoyib   Bо‘tayev   tepaliklar   hayotini,   urf-odatlarini
tasvirlarkan,   dastlab   ularning   ajdodlari   haqida,   elning   udumlarini   kelib   chiqishi,
bugungi kundagi kishilarni   ajdodlar xotirasiga hurmati va jamiyat hayotidagi yuz
berayotgan     о‘zgarishlarga   qaramay   el   shaxsiyati,   soddaligi,   muruvvatli,
saxovatpeshaligi   inson   degan   zotga   nisbatan     yuksak   hurmati   kabi   о‘ziga   xos
xislatlar betakror chizgilarda beriladi. Adib tasvirlarni о‘ziga xos tarzda yaratadiki,
kitobxon     voqelar   tizgini   orqali   bir   olis   tog‘lik   xalq   yashovchi   qishloq   muhitini
jamiyat   hayotida   yuz   berayotgan   siyosiy,   iqtisodiy,   ijtimoiy     о‘zgarishlardan
ma’lum   darajada   о‘zgarishi,     xalqining   hayot,     tarzidagi     munosabatlarda     yangi
davr   jarayonining   ta’sirini   anglab   boradi.   Bu   yozuvchini   davrga   shu   bilan   birga
tarixga,   ajdodlarning  bosib   о‘tgan  kechagi     kuniga  nazar   tashlab   mantiqiy  xulosa
chiqarishga   undaydi.   «Shamol   о‘yini»   qissasida   tepaliklar   hayotidagi   yuz   bergan
voqealar asli, xalq millatining о‘zligigi, milliyligiga, о‘ziga xos shaxsiyatiga hech
qanday   ijtimoiy,   siyosiy,   ma’naviy   bosim,   tahdid   butunlayin   ta’sir   kо‘rsata
olmaydi, degan xulosaga kelishga sabab  bо‘ladi. Chunki  har qanday tashqi  ta’sir,
о‘zgarishlar   xuddi   shamol   bir   esib   о‘tguvchi   el   kabi   о‘tkinchidir.   Agar   millat
shaxsiyati zamini mustahkam bо‘lmasa hech bir tashqi ta’sir kuchlarisiz ham xalq
hayotida tanazzul yuz berishi aniq. Kechagi о‘tmishidagi xotiralar, ajdodlar merosi
mavjud   ekan   el   milliy   ruhi   о‘lmaydi.   Bu   qat’iy   xulosaga   Shoyim   Bо‘tayev
qissalarini о‘qigan  har bir kitobxon qо‘shila oladi. Negaki, qissalaridagi elga ta’sir
kо‘rsatib   о‘zgarishlarga   ma’lum   darajada   sabab   bо‘luvchi   shaxslar,   obrazlar,
voqealar   asar   yakunida   yana   yо‘qlik   tomon   boradi.   Voqealar   yakunida   о‘sha
asliga, nasliga mos el kishilari о‘zligi, milliyligi zaminida qoladi. “Shamol
о‘yini”dagi   el   turmush   tarziga   ta’sir   о‘tkazmoqchi   bо‘lgan   obrazlar   ham   gо‘yo
о‘tguvchi   bir   shamol   kabi   yana   yо‘qlikka,     mavhumot   alamiga   yuz   tutdi.   Bir
ramziy ma’nodagi «Shamol о‘yini» bо‘lgani  ayondir. Yozuvchilik
iste’dodi   deyilganda   faqat   yozaverish,   hayotni   odamlarni   bilishinigina
tushunilmaydi.   Har   bir   yozuvchi   asar   yaratish   uchun   kо‘p   о‘qiydi,   ustoz san’atkorlar  yaratgan badiiy boyliklarni  uzluksiz о‘zlashtiradi. Badiiyat olamining
о‘ziga   xosliklarini,   yetakchi   yо‘nalishlarini,   mumtoz   maktablarini     anglab   yetgan
о‘lmas  san’atkorlar  ijodini  mukammal    о‘rgangan  odamgina   ijod qilishi,  kishilar
yodida   qoladigan   asarlar   yaratishi   mumkin.   Shoyim   Bо‘tayev     asarlarini   о‘qir
ekanmiz   yozuvchi   rus   mumtoz     adabiyotini   chuqur   bilishni,   jahon   adabiyotidan
yaxshigina xabardor ekanligini his qilish mushkul emas.    “Eski
arava” qissasi unchalik kata bо‘lmagan asar bо‘lib, bu qissada yozuvchi о‘zbeklar
yurtiga kirib kelgan yangi  tuzum  siyosati  va bu orqali  jamiyatdagi  о‘zgarishlarga
yashirin   u   qadar   ochiq     bо‘lmagan   tarzda   munosabatda   bо‘ladi.   Asarda   yaqqol
burtib   chiqqan   tasvirlar   kishilarning   о‘zidan   yuqori   amaldagilarga   yoki   chetdan
kelgan   vakillarga bo’lgan   laganbardorligi   tajallilanadi. Qissada hech bir о‘rinda
о‘zbek   xalqi,   millati   urf-odati,   kishilar   sajiasi   xaqida   bir   sо‘z   ham   aytilmaydi.
Unda bu asarda millat timsoli berilmaganmi, degan  fikr tug‘iladi. Asli bunday fikr
tо‘g‘ri   bо‘lmaydi.Sababiki,   har   bir   yozuvchi   о‘z   asari   zamiriga   millat,   xalqining
о‘zligini     poydevor qoya etib qо‘ygan bо‘ladi. Faqat buni ba’zan   yashirin tarzda
beradi.   «Eski   arava»dagi     yashirinlik   ham   ana   shunday.   Bu   asarda   voqealar
tushunarsizdek   kо‘rinadi.   Ammo   yaxshiroq   о‘ylab   kо‘rilsa,     qissada   aytilmoqchi
bо‘lgan masala shuki, el  shaxsiyatiga (chet)  boshqa davlatdan kelgan kishilarning
ta’siri   salbiy   oqibatlarga   olib   kelmasligi   uchun   xalqning   ichidagi   о‘z   amalini
suiste’mol  qiluvchi  mansabparast  kishilarni  avvalo,  el-yurt   kishilari    nomidan  ish
kо‘rishini   oldini   olish   zarur.   Shoyim   Bо‘tayev   Chichikov   ma’naviy   olamini
yaxshiroq   о‘rgangan     bu   shaxs   obrazni   yaratishda     namoyon   bо‘lgan.     Bu   obraz
ta’rifini   shunday   keltiradi.   «…   Povel   Ivanovich   san’atga   uncha   muncha   ishtiyoqi
bо‘lsada, she’riyatni kо‘rarga  kо‘zi yо‘q edi. Buni sababi shoirlarni dunyodagi eng
bemaza odamlar deb bilar edi. Shoirlarda tayin bо‘lmaydi. Masalan, Pushkin degan
bir   arab   imperatorlarning   о‘zlari   bilan     olishishdan   ham   toymaydigan   kimsa,
Chichikov   haqida   ham   Gogolmi,   Mogolmi   deganlarga   allaqanday   bо‘lmag‘ur
gaplarni  gapirib yurganmish. Gapirsa  gapiraversin,  Chechikovning   sovuniga   h ali
kir yuvmabdi. Garchi u eski  aravada yursada ,   uzoqqa ketadi. Chechikovning bu
eski aravasining g‘ildiragi qaysi puchmoqqa yetmasin, uni hurmatu e h tirom   bilan qarshi olishaveradi.» Bunday tasvir ushbu obrazni  va u orqali xalq  ichida mavjud
bо‘lgan  xuddi shunday kishilarni  bir timsolini kо‘rsatadi. -“Pavel     Ivanovich
Chechikov     chuqur     о‘y-xayollar     og‘ushida     edi.   U     goh     gubernatorning       dil
tortar   qizini,   goh   bojxonadagi   serdaromat   xizmatini   eslab, entikib   xо‘rsinar,
dam     uf     tortib,     qovog‘ini     uyardi.     Aytmoqchi,     egnida     tutgan     aralash
alangalanib       turuvchi     navarin       movutidan     tikilgan     fraki     bо‘lib,     soch-pochi
ham     ancha     о‘rniga     tushgan,     yuzi     semiribmi-shishibmi     oqargan     chamasi,
me’mordan   kо‘rsatma   kelib,   uning   buzilgan   jism   binosida   quruvchilar   qayta
qurishni     boshlab       yuborishgandi.   Pavel     Ivanovich     anchayin     о‘ziga     kelib
qolgan,   ammo   hammon   uylanmagandi. Vatani   va   vatandoshlarini   о‘ylaganda
esa,  о‘zidan  zurriyot  qolmagani  alam  qilardi.Qissada aytilishicha, Chichikov va
uning   hamrohlari   О‘zbekiston   degan   yurtga   borishi   kerak   bо‘ladi.   Aslida   bu
kimsalar   ushbu   yurt,   xalq   haqida   hech   bir   tasavvurga   ega   emas.   Faqat   u   yerga
chaqirishgani   uchun   borishi   lozim.   U   о‘zini   doimgi   kо‘makdoshi   «eski   arava»da
yо‘lga   chiqadi.   Shu   о‘rinda   yozuvchi   N.V.Gogol   asaridagi     mana   bu   nasrdagi
nazmni kitobxon xukmiga havola qiladi:  «Ey, uzoq, olis yо‘l!» Sen kishini teran
о‘y-xayollarga     toldiruvchi     nimarsalar   bordir;   olis-olis   manzil-   maromlarga
yetaklarkansan,   yо‘lovchi   о‘zining     yuragi   qatlamlariga     ham   bir   kо‘r   nazar
tashlaydi   va   chuqur   -chuqur   xо‘rsinadi.   Buning   sababi   nimada     ekanligini
bilarmikansiz, ey, oli s  y о‘ l!  «Buning sababi shundaki, y о‘ lda  kelayotgan kimarsa
umr   h am   xu d di   shunday     shitobu   shaxd-la   bosib   о‘ tilgach,   h ammasi   abadiyat
qa’riga ch о‘ kib ketishini yaxshi anglaydi»  Xullas,   О‘zbekistonga   Selifonu
Petrushkani   ham,   Sobakevichu   Manilov   ham,Koshkarev,   Plyushkin   ham
Chechikov   ham   kelib   koladi.   Xо‘sh,   bu   kishilar   о‘zbeklarga   qaysi   xislati   bilan
о‘rnak   bо‘ladi.   Aslida   bu   kimsalar   ma’naviy   qashshoq,   fikr-   tuyg‘ulari   о‘ta
mantiqsiz,   hayotdan   yashashdan   maqsadi   nima   ekanligini       bilmaydigan
shaxslardir.   Bu   obrazlarni     kelishi   bir   oddiy   tarzda   bо‘lsa-da,   biroq   bu   tasvirlar
bizga   yaqin   о‘tmishdagi   tarixiy   voqealarni   eslatadi.   Ya’ni   rus   xalqi     vakillari
hukumat   doiralari   о‘zbeklar     yurtiga   kirib   kelishi,   о‘zigi   xos   ma’naviy     tanazzul
yо‘liga   boshlab   elning   hayotiga   о‘tkazgan   tahdid,   bosim   diniy   va   siyosiy   zulm singari   harakatlarni   amalga   oshirgani   jarayonlari   misol   bо‘ladi.   Shoyim   Bо‘tayev
beburd   mehmonlar-u     tо‘pori   mezbonlar   haqidagi   qissasida   yaqin   hayotimizdagi
fojeaviy   hodisalarni   jonlantiradi.   Yozuvchi   tasvir   ta’rifini   о‘qiyotgan   kitobxon
faqatgina   rus   vakillarini   О‘zbekistonga   kelishi     va   bu   yerda   kutib   olgan
mezbonlardan Nishonboy Hurzamonovich obrazlarini kо‘radi. Bu epizodlar   hech
biri   ortiqcha   bо‘rtirish   yoki   kamsitib   tasvirlardan     holi   о‘sha   davr   sharoitidagi
kishilardek harakatga keltiriladi. Buning о‘ziga xos tomoni     bu kishilar   xoli о‘z
insoniy   ma’naviy   olami,   о‘z   shaxsiyati   asosi,   о‘z   meniga   ega   bо‘lmay   turib   el
ustidan ish yuritishni istashadi.
Nishonboy   Hurzamonovich   boshliq   bir   guruh   mezbonlar   “Eski   arava”
yо‘lovchilarga   shu   qadar   “ehtiromu     iltifotlar”   kо‘rsatadilarki,   buning   mantiqiy
natijasi   nimadaligini о‘zlarida anglamaydi. Nishonboy Hurzomonovich   va uning
yugurdaklari   Chichikovdan   tortib   Selifangacha,   Sobakevichdan     tortib
Koshkarevgacha   xushomadgо‘ylik   qiladilar.   Chetdan   chaqirilgan,   Chichikov
iborasi   bilan   aytganda,   g‘irt   ahmoq   Koshkarev   ilmiiy   maslahatchi   bо‘lib   oladi.
Nishonboy   Hurzomonovich   bilan   Chechikov   yolg‘iz   suhbat   qurar   ekanlar,
mashhur   tovlamachi   о‘lik   jonlar   haqida   sо‘z   ochadi.   Avvaliga   Nishonboy
Hurzomonovich  о‘lik jonlar haqida sо‘z borayotganini tushunmaydi-da, chaqiring
о‘sha   odamlaringizni,   rahbarlikka   joylashtiramiz   deydi.   Gap   о‘liklar   haqida
borayotganini     bilganidan   keyin   ham   bо‘sh   kelmaydi:   Raz,   shunday   ekan,   -   dedi
qat’iy ohangda. – Siz marhum dehqonlaringizning rо‘yxatini beravering. Ularning
nomlarini     abadiylashtirish   bizlarning   zimmamizda...   Kо‘chalarga,   kolxoz-
savxozlarga   о‘sha   rо‘yxat   bо‘yicha     beramiz”.   Demak   yuqorida   keltirilgan
jumlalardan   kо‘rinadiki,   ana   shunday   laganbardor,   g‘urursiz   kishilar   о‘z
shaxsiyatlari     yо‘qligi   orqasidan   xalq   g‘ururini   toptab,   elning   shaxsiyati,   milliy
о‘zligi,   ma’naviy   ruhiyati   olamiga   putur   yetkazishga   tomon   boshlaydi.Bunday
kimsalar bor ekan, u xoh о‘zbek  xalqi  bо‘lsin,  xoh  boshqa  bir  millat  ahli   о‘z
ruhiy   olami,   ma’naviy   mafkurasida     mantiqsizlik,     siyosiy- ijtimoiy     tanazzul
kо‘chalariga     kirib       chorasiz   qolishi    mumkin. Xalq    milliyligi    aksi,     albatta
yurt     vakillari       tafakkuri,     maqsadlari         hayotga     asos     qilib     belgillangan vazifalari     natijalarining         mahsulida     kо‘rinadi.     Milliy     bu     millat     k o’ zgusi,
turmush     tarzi,       xalq     vakillari     shaxsiyati       insonlari     “men”i,     о‘zligi     degan
tushunchadir.   Demak,       asarlarda   millatning   о‘ziga xos       tomonlarini   yoritish
yozuvchi    oldidagi  muhim  vazifa  bо‘lib,  bu  harakatni  har  doim    ham  yorqin
ochiq      tasvirlarda  berilavermaydi. Shoyim Bо‘tayev   “Eski   arava”
qissasida   milliylik  chiroyli,  obrazli  tarzda,   о‘ziga  jalb  qiluvchi    pafosda   aks
etmaydi. Faqat    bir  jihatni  olishimiz   mumkin.  U  ham bо‘lsa   о‘zbeklarni XX
asrda   kechgan     yetmish   yillik   davrni         о‘z   ichiga   olgan   xо‘rlanishi,     millat
g‘ururi,   e’tiqodi,    xalq   “men”i       toptalishi.  Ya’ni    elimizning   boshiga     tushgan
mute     yashash,     о‘tmishni     unutishga     urinish,     ajdodlar     kurashib       asrashga
harakat     qilgan     ozodlikni   qо‘ldan   berib,   “boshsiz”dek     о‘zgalar       buyrug‘iga
bо‘ysinishga     majbur           bо‘lishning     asl     sabablari,       ibtidosi     qayerdan
boshlangani,       qanday     kimsalar     bunga         yо‘l       ochilishiga           sababchi     bо‘lib
qolgani       kо‘rsatilgan.         Shoyim     Bо‘tayev       asaridagi     obraz     Nishonboy
Hurzamonovich    xuddi   shunday  kimsalarning   umumiy  ma’nodagi  vakilidar.
Xulosa     tarzda     fikrimizni         umumiylashtirsak,     Shoyim     Bо‘tayevning
ushbu     qissasi     el       milliyligini     tarannum     etmay     aksincha,       toptalgan     milliy
g‘urur,   susaytirilgan   e’tiqod   va   ma’naviy   buzuqlik     illatlarning   fosh   etishga
qaratilgan  desak,  ma’lum  ma’noda  tо‘g‘ri   bо‘ladi.   “Eski  arava”,  birinchidan
Shoyim     Bо‘tayevning       san’ai     asariga     hurmatini     kо‘rsatsa,     ikkinchidan,
yozuvchi  Gogolning   salbiy   qahramonlarning   o’zbeklardan    yetishgan   gо‘l,
laganbardor,  g‘urursiz   kishilarga  yо‘liqtiradi.

Shoyim Bo’tayev qissalarida milliylik XX asr о‘zbek nasri о‘z boshidan kо‘plab voqealarni о‘tkazdi. U hamon shakllanish, о‘sish jarayonida hisoblanadi.Bugungi nasrimizning yorqin vakillaridan biri, ajoyib san’atkor adib Shoyim Bо‘tayev hisoblanadi.Bugungi kun о‘zbek nasridagi uslub aniqroq tasavvur etish uchun betakror uslub yо‘lidan borayotgan yozuvchilar asarlarini tahlil-talqin qilish adabiyotimiz, adabiyotshunosligimiz ufqlarida yangi-yangi imkoniyatlar ochadi.Shoyim Bо‘tayev о‘zining ajoyib uslubiga, betakror tiliga ega bо‘lgan yozuvchi ekanligini bugungi kunda uning kitobxonlari, muxlislari tan olishadi, bugungi kun о‘zbek adabiy tanqidchilari esa adib asarlari tо‘g‘risida kо‘plab ijobiy fikrlarni bildirishmoqda. Kо‘plab ijodiy davralarda bahs-munozaralarga sabab bо‘lmoqda. Bu – bekorga emas albatta.О‘ziga xos yozuvchi, hozirgi о‘zbek prozasini yalovbardorlaridan biri Shoyim Bо‘tayev Tojikiston respublikasi Xо‘jand viloyatining О‘ra-tepa tumanidagi Chorbog‘ qishlog‘ida tavallud topgan.Chorbog‘ qirlari orasidagi Kо‘chkina, Mong‘it, Bolg‘ali, Mujun, Itorchi, Ovchi singari sо‘lim qishloqlarning biri bо‘lib, unda turkiy va о‘zbek urug‘lariga mansub elatlar yashaydi. Bu yerlarining kishilari de h qonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadilar. Ushbu sohalar esa albatta turkiy xalqlarning milliy, о‘ziga xos yashash tarziga sezilarli ta’sir etmay qolmaydi. Turkiston tizma tog‘lar etaklariga sochilib ketib yashovchi xalqlarning tili lahjalari-yu shevasi rangin boy, urf-odatlari, an’analari qadimiy hisoblanadi. Tog‘ havosi-yu suvidan baxramand bо‘lgan kishilar tabiatday totli, qaysar, chо‘rtkesar, adolat tuyg‘usi kuchli bо‘ladi. Shoyim Bо‘tayev xuddi shunday muhitda о‘sib tarbiyalangan insondir. Shoyim Bо‘tayev о‘zbek adabiy xaritasini yangi jо‘g‘rofiy hudud betakror, adabiy aholi evaziga boyitdi. Shoyim Bо‘tayevning о‘nlab hikoyalari «Kun botardagi bog‘» , «Shamol о‘yini», «Eski arava», «Muyulishdagi uy», «SHо‘radan qolgan odamlar» kabi qissalari, «Kо‘rg‘onlangan oy» romani о‘z kitobxonlariga yetib borgan. Adibning kichik yoki katta hajmli asarlarining barchasida ham kо‘p betakror obrazlar, tabiat tasvirlari, xalqning yashash tarzi, urf-odatlari bilan birgalikda о‘zbeklarga, turkiy xalqlarga xos milliy

ruh, milliy his-tuyg‘ular, milliy sо‘zlashuv shevalarining yorqin uchqunlari yaqqol о‘z aksini topgan desak xato bо‘lmas.Har bir ijodkor adabiyotga о‘z mavzusi, qahramonlari, betakror «tili» bilan kirib keladi. Shoyim Bо‘tayev qahramonlari betakror kо‘rinishga, ruhiy holatga, о‘z tiliga, о‘z milliyligiga ega. Yozuvchi qissalarida bir-biriga о‘xshash kishilar uchraydi. “Shamol о‘yini” qissasida Zokir bulbul ismli oshiq haqida gapiriladi. «Kо‘rg‘onlangan oy» romanida ham Zokir baxshi obrazi yaratiladi. «Shamol о‘yini» qissasidagi momouloq tanavvul qilayotgan kampirlar «Kunbotardagi bog‘» qissasidagi Ulg‘ay momo tanish-bilishlari teng tо‘shlariga о‘xshab ketadi. Bu obrazlar tasviri, ruhiy xolati, tili, harakatlari tasviri shunday beriladiki, undan о‘zbeklarga xos xususiyat turkiy xalqlardagi milliy shaxsiyatni sezmaslikning iloji yo’q. Shoyim Bо‘tayev qishloq kishilariga xos hususiyatlarni topib-topib kо‘rsatadi. Masalan, о‘zbek borki, laqab tо‘qishni yaxshi kо‘radi. Laqablar kasbga, nasabga, fe’l- xо‘yga, tashqi kо‘rinishga kо‘ra tо‘qiladi. Aytish lozim adib ayni shu о‘rinlarda ham millatga tegishli, milliy rux beradigan sо‘zlarn qaxramonlarni ismlariga joylashga urinadi. Zokir baxshi, Tilak mirishkor, Jondachi amaki, Nu’mon qirtish, Ergash kalta, Nabi muallim, Raxim indamas, Vali qassob, Mutal jarchi, Sunnat о‘g‘ri, Dakan oqsaqol… singari bir qancha obrazlar kitobxon yodidan chuqur о‘rin olad. Yozuvchi asarlaridagi yakrov, gumsiyo, payxova, toyinot, tavonibi, shoyon nopisand, gulzun- donak, ufunat, nargiyo, koshoy, chalpakpazon, charxin tovoq, horiquloda hodisa, kalolot, obdast olmoq, xobi xotir, qо‘lontayoq, qamg‘oq singari sо‘zlari uchraydiki, ular aynan turkiy xalqlar tilidagi, shevalaridagi о‘ziga xoslikni ifodalab, asar ruhiyatini ochishda ahamiyatli о‘rin egallaydi va bu kitobxon diqqatini о‘ziga tortadi. Badiiy asarni anglashning kashtiroviy mohiyatini bilishdadir. «Shamol о‘yini» qissasida roviy masalasi jiddiy qо‘yiladi ya’ni, u voqealarni tasvirlaydi, qahramonlar qilmishlarini faoliyatini talqini orqali о‘zligi, xalqqa xos bо‘lgan milliy ruhiyat silsilalarini inkor etish masaalalarini berib boradi. Lekin u na qa h ramonlar x atti- harakati, na

voqealar mohiyatini ba h olamaydi. Sinchkov kitobxon tasvir, fikrlar ifodasidagi asar g‘oyasini yozuvchi konsepsiyasini bilishi, anglab olishi qiyin kechmaydi. Shoyim Bо‘tayev asarlaridagi raviy kesatiq, pichinga usta. U shо‘ro davridagi rasmiy, siyoqqa munosabatlarni о‘rniga qо‘yib tasvirlaydi. Bir о‘rinda “bо‘yniga bо‘yinbog‘ bog‘langan xiradmand” ning qilmish qidirmishlari bо‘yinbog‘ga nisbatan tasvir etiladi. “Shamol о‘yini” qissasi roviy rais, Berkinboy, Yoshiuzoq haqida gapirar ekan, bulbulgо‘yo bо‘lib ketadi, labi-labiga tegmaydi, tesha tegmagan kesatik, pichinglarga zо‘r beradiki, bundan kо‘zlangan maqsad yolg‘on munosabatlar, tо‘ralarcha munosabat ajoyibotlari orqali shо‘ro davridagi chetdan kirib kelib о‘zbeklarni о‘zligi, millat e’tiqodi, shaxsiyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatishi va yoshlarning tarbiyasida milliy an’analardan kо‘ra yosh xalq urf-odatlarini ta’sirini oshib borishini ochib beradi. Xalq milliy ruhiyatini avvalo uning imon- e’tiqodi namoyon bо‘ladi. Shoyim Bо‘tayev asarlari asosiy g‘oyasi ham qayerdaki imonli, diyonatli kishilar yashar ekan, о‘sha yerda qut-baraka, fayz bо‘ladi. “Shamol о‘yini” qissasi milliylik ruhi о‘zgacha tasvirlarda berilgani bilan ham axamiyatli. Qissada keltirilgan momouloq urf-odati yoki о‘zbek xalqiga xos el hashari udumi buning bir namunasidir. Momouloqni tashkil qilish, о‘tkazish, qishloq kampirlarini sо‘zlari, qishloqdagi voqealarga о‘zlaricha fikr bildirishlari barcha barchasidagi tasvirlarda milliy ruxiyat seziladi. Yoxud Berkinboyni qora tortib kelgan Yoshiuzoq uchun xalq qishloq ahlini el xashari uyushtirib uchun qurib bergan uylari, bu jarayonda elni kishilari tutgan yul, kо‘rsatgan mehr -muruvvat, oliy ximmatliklari butunlay о‘ziga xos xalk shaxsiyati, millat ruxiyatidagi xususiyatdir. El xashari urf- odatlar ichida о‘zbeklarning bir-biriga bо‘lgan qishloq kishilari hamjixatligi, saxovatpeshaligi singari xislatlarni yaqqol namunalardan biri. Qissadagi udumlardan yana biri elni yillar davomida odat tusiga aylantirib о‘z turmushlarida qо‘llab kelayotgan jarayon miroblarning xalk dehqonchiligi, ekinlari, bog‘lariga tog‘ buloqlaridan yig‘ilib keladigan suvlari taqsimlab yetkazib berishidir. El katta kichgina mirob bо‘lgan

kishiga ehtiromi, ishonchi, hurmati kabi munosabatlar barchasi hech qachon milliy ruhiyat silsilasidan holi bо‘lmaydi. Yozuvchi bu о‘rinlarda ayni shu tasvirlarni ajoyib tarzda bera olgan. Shoyib Bо‘tayev tepaliklar hayotini, urf-odatlarini tasvirlarkan, dastlab ularning ajdodlari haqida, elning udumlarini kelib chiqishi, bugungi kundagi kishilarni ajdodlar xotirasiga hurmati va jamiyat hayotidagi yuz berayotgan о‘zgarishlarga qaramay el shaxsiyati, soddaligi, muruvvatli, saxovatpeshaligi inson degan zotga nisbatan yuksak hurmati kabi о‘ziga xos xislatlar betakror chizgilarda beriladi. Adib tasvirlarni о‘ziga xos tarzda yaratadiki, kitobxon voqelar tizgini orqali bir olis tog‘lik xalq yashovchi qishloq muhitini jamiyat hayotida yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy о‘zgarishlardan ma’lum darajada о‘zgarishi, xalqining hayot, tarzidagi munosabatlarda yangi davr jarayonining ta’sirini anglab boradi. Bu yozuvchini davrga shu bilan birga tarixga, ajdodlarning bosib о‘tgan kechagi kuniga nazar tashlab mantiqiy xulosa chiqarishga undaydi. «Shamol о‘yini» qissasida tepaliklar hayotidagi yuz bergan voqealar asli, xalq millatining о‘zligigi, milliyligiga, о‘ziga xos shaxsiyatiga hech qanday ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy bosim, tahdid butunlayin ta’sir kо‘rsata olmaydi, degan xulosaga kelishga sabab bо‘ladi. Chunki har qanday tashqi ta’sir, о‘zgarishlar xuddi shamol bir esib о‘tguvchi el kabi о‘tkinchidir. Agar millat shaxsiyati zamini mustahkam bо‘lmasa hech bir tashqi ta’sir kuchlarisiz ham xalq hayotida tanazzul yuz berishi aniq. Kechagi о‘tmishidagi xotiralar, ajdodlar merosi mavjud ekan el milliy ruhi о‘lmaydi. Bu qat’iy xulosaga Shoyim Bо‘tayev qissalarini о‘qigan har bir kitobxon qо‘shila oladi. Negaki, qissalaridagi elga ta’sir kо‘rsatib о‘zgarishlarga ma’lum darajada sabab bо‘luvchi shaxslar, obrazlar, voqealar asar yakunida yana yо‘qlik tomon boradi. Voqealar yakunida о‘sha asliga, nasliga mos el kishilari о‘zligi, milliyligi zaminida qoladi. “Shamol о‘yini”dagi el turmush tarziga ta’sir о‘tkazmoqchi bо‘lgan obrazlar ham gо‘yo о‘tguvchi bir shamol kabi yana yо‘qlikka, mavhumot alamiga yuz tutdi. Bir ramziy ma’nodagi «Shamol о‘yini» bо‘lgani ayondir. Yozuvchilik iste’dodi deyilganda faqat yozaverish, hayotni odamlarni bilishinigina tushunilmaydi. Har bir yozuvchi asar yaratish uchun kо‘p о‘qiydi, ustoz

san’atkorlar yaratgan badiiy boyliklarni uzluksiz о‘zlashtiradi. Badiiyat olamining о‘ziga xosliklarini, yetakchi yо‘nalishlarini, mumtoz maktablarini anglab yetgan о‘lmas san’atkorlar ijodini mukammal о‘rgangan odamgina ijod qilishi, kishilar yodida qoladigan asarlar yaratishi mumkin. Shoyim Bо‘tayev asarlarini о‘qir ekanmiz yozuvchi rus mumtoz adabiyotini chuqur bilishni, jahon adabiyotidan yaxshigina xabardor ekanligini his qilish mushkul emas. “Eski arava” qissasi unchalik kata bо‘lmagan asar bо‘lib, bu qissada yozuvchi о‘zbeklar yurtiga kirib kelgan yangi tuzum siyosati va bu orqali jamiyatdagi о‘zgarishlarga yashirin u qadar ochiq bо‘lmagan tarzda munosabatda bо‘ladi. Asarda yaqqol burtib chiqqan tasvirlar kishilarning о‘zidan yuqori amaldagilarga yoki chetdan kelgan vakillarga bo’lgan laganbardorligi tajallilanadi. Qissada hech bir о‘rinda о‘zbek xalqi, millati urf-odati, kishilar sajiasi xaqida bir sо‘z ham aytilmaydi. Unda bu asarda millat timsoli berilmaganmi, degan fikr tug‘iladi. Asli bunday fikr tо‘g‘ri bо‘lmaydi.Sababiki, har bir yozuvchi о‘z asari zamiriga millat, xalqining о‘zligini poydevor qoya etib qо‘ygan bо‘ladi. Faqat buni ba’zan yashirin tarzda beradi. «Eski arava»dagi yashirinlik ham ana shunday. Bu asarda voqealar tushunarsizdek kо‘rinadi. Ammo yaxshiroq о‘ylab kо‘rilsa, qissada aytilmoqchi bо‘lgan masala shuki, el shaxsiyatiga (chet) boshqa davlatdan kelgan kishilarning ta’siri salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun xalqning ichidagi о‘z amalini suiste’mol qiluvchi mansabparast kishilarni avvalo, el-yurt kishilari nomidan ish kо‘rishini oldini olish zarur. Shoyim Bо‘tayev Chichikov ma’naviy olamini yaxshiroq о‘rgangan bu shaxs obrazni yaratishda namoyon bо‘lgan. Bu obraz ta’rifini shunday keltiradi. «… Povel Ivanovich san’atga uncha muncha ishtiyoqi bо‘lsada, she’riyatni kо‘rarga kо‘zi yо‘q edi. Buni sababi shoirlarni dunyodagi eng bemaza odamlar deb bilar edi. Shoirlarda tayin bо‘lmaydi. Masalan, Pushkin degan bir arab imperatorlarning о‘zlari bilan olishishdan ham toymaydigan kimsa, Chichikov haqida ham Gogolmi, Mogolmi deganlarga allaqanday bо‘lmag‘ur gaplarni gapirib yurganmish. Gapirsa gapiraversin, Chechikovning sovuniga h ali kir yuvmabdi. Garchi u eski aravada yursada , uzoqqa ketadi. Chechikovning bu eski aravasining g‘ildiragi qaysi puchmoqqa yetmasin, uni hurmatu e h tirom bilan