logo

Simulink pakеti–dinamik tizimlarni vizual modеllashtirish tizimi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

80.353515625 KB
Simulink pakеti–dinamik tizimlarni vizual modеllashtirish      tizimi
Reja:
1. Simulink paketining umumiy vazifalari;
2. Modellashtirishda Simulink paketining roli;
3. Stateflow dasturi. Misollar. 1.Simulink   paketining   umumiy   vazifalari.   Oxirgi   yillarda   Simulink
paketi fan va sanoatda dinamik sistemalarni modellashtirish va simulyatsiya
qilishda eng keng foydalaniladigan dasturiy paketlardan biridir.
Simulinkni   ishlatib,   namunalardan   osongina   model   yaratish   mumkin
yoki   mavjud   modellarga   komponentalar   qo’shish   mumkin.   Simulyatsiya
qilish jarayoni interaktiv bo’lgani uchun, ish jarayonida parametr qiymatlarini
o’zgartirib,   natijalarni   o’zgarishini   ko’rish   mumkin   bo’ladi.   Bu   paketdan
Matlabning   barcha   analiz   qiluvchi   instrumental   vositalarga   to’g’idan-to’g’ri
kirish imkoniyati bo’lgani uchun, natijlarni analiz qilish va kerakli grafiklarni
qurish va o’rganish mumkin bo’ladi. 
Simulink   yordamida   real   chiziqsiz   bo’lgan   modellarni   o’rganish   va
qurish   mumkin   bo’ladi.   Bunday   modellar,   bizga   ma’lumki,   qarshilik, ishqalanish, havo qarshiligi mexanizmlarni sirpanishi va boshqalarni hisobga
olish imkoniyatini beradi.
Simulink-   bu   dinamik   sistemalarni   modellashtirish,   simulyatsiya   va
analiz   qilishga   mo’ljallangan   dasturlar   paketidir.   Bu   paket   uzluksiz   vaqt
mobaynida   modellashtirilgan   chiziqli   va   chiziqsiz   bo’lgan,   ma’lum   vaqt
oralig’ida   berilgan   tizimlarni   qo’llab   quvvatlaydi.   Sistemalar   tezlikda
bo’lishi, ya’ni sistemani har xil bo’lishi har xil tezliklarda bajariladi.
2.Modellashtirishda   Simulink   paketining   roli.   Modellashtirish   uchun
Simulink   paketi   modelni   blok-sxema   sifatida   shakllantirish   uchun
foydalanuvchining grafik interfeysi bilan ta’minlanaydi. Bunda “sichqoncha”
vositasida   “click-and-drag”   operatsiyasidan   foydalaniladi.   Bu   interfeys
yordamida modellarni qalam va qog’oz ishlatib “chizish” mumkin. Simulink
har   xil   bo’liklardan   (qabul   qiluvchi,   manbalar,   chiziqli   va   chiziqsiz
kompanentalar,   ulagichlar)   iborat   bo’lgan   kutubxonani   belgilab   beradi.
Undan tashqari foydalanuvchi o’z bloklarini yaratish va sozlash mukin.
Barcha   modellar   iyerarxik   tuzilishga   ega.   Shuning   uchun,   modellarni
o’suvchi   yoki   kamayovchi   nuqtai-nazardan   kelib   chiqib   shakllantirish
mumkin.   Sistemani   yuqori-darajada   qarash   mumkin   va   bloklarda   ikkita
“bosish”   natijasida   darajalar   bo’yicha   pasayib,   model   detallarning   o’suvchi
darajalariga kirishni ta’minlash mumkin bo’ladi. Bu nuqtai nazar yordamida
modelning   tuzilishini   va   uning   qismlarini   qanday   birgalikda   ishlashini
tushunishni ta’minlab beradi.
Model   aniqlangandan   keyin   uni   foydalanish   uchun   qo’ysa   bo’ladi.
Bunday ishni integrallash metodidan yoki Simulink menyusidan yoki Matlab
buyruqlar   oynasidan   ma’lum   buyruq   kiritib   amalga   oshirish   mumkin.
Interaktiv   ishlash   jarayonida   menyudan   foydalanish   qulay   bo’lsa,   paketli
modellashtirish   jarayonida   buyruqlar   oynasidan   foydalanish   qulaydir.
Maxsus   demonstratsion   bloklardan   foydalanib,   simulyatsiya   bajarilayotgan bo’lsa   ham,   simulyatsiya   baj а rilmayotgan   bo’lsa   ham,   simulyatsiya
natijalarni ko’rish mumkin. Undan tashqari parametrlarni o’zgarib, birdaniga
u   qanday   natija   berganini   ko’rish   mumkin.   Modellashtirish( симуляция )
natijalari   Matlabning   ishchi   fazosiga   joylashtirib,   keyinchalik   qayta   ishlab
vizulallashtirish mumkin bo’ladi.
Modellarni   analiz   qilish   instrumentlariga   chiiqlashtirish   va   qurish
vositalari   kiradi.   Bu   vositalar   buyruqlar   oynasidan   chaqiriladi.   Undan
tashqari   Matlabning   ko’p   instrumental   vositalari   va   kutubxonalaridan   ham
foydalanish mumkin. Matlab va Simulink tizimlarining hisobiga bu tizimning
ixtiyoriy   nuqtasida   modellashtirish   analiz   qilish   va   modellarni   to’g’rilash
mumkin bo’ladi.
    3.   Stateflow   dasturi.   Misollar.   Stateflow-kuchli   grafik   instrument
bo’lib,   boshqarish   va   nazorat   qilishning   murakkab   masalalarni
loyihalashtirish va rivojlantirish uchun mo’ljallangan.
Stateflowdan foydalanib:
-chekli   avtomatlar   nazariyasiga   asoslangan   kompleks   reaktiv
sistmalarni visual modellashtirish va simulyatsiya qilish;
-markaziy  nazoratning  determinerlangan  tizimlarini  loyihalashtirish   va
rivojlantirish;
-blok-sxemalarda   belgilashlar   sistemasini   ishlatish,   stateflow   paketi
bitta diagrammasidagi holat o’zgarishlari belgilashlar tizimini ishlatish;
-loyihaning   ixtiyoriy   qismida   oson   o’zgartirish   kirita   olish,   natijalarni
baxolash va tizim o’zini tutishini bilish;
-Matlabning Simulink bilan integrallashganlik afzalligidan foydalanish
kabi ishlarni amalga oshirish mumkin.
Stateflow quyidagi komponentlardan iborat:
-stateflowning grafik tahrir; 
-stateflowning boshlovchisi( проводник ); -stateflowning qidiruv vositalari;
-stateflow modellashtirish obyektlashgan kodining generator;
-stateflow sozlagichi.
Stateflow   paketini   qo’llanilishi   quyidagi   yo’nalishlarda   bo’lishi
mumkin:
 Tadbiq etilgan tizimlar
-aviatsiya(samolyotlar);
-avtomobil sanoati;
-berilganlarni uzatish;
-tijorat.
 Inson-mashina interfeysi 
-foydalanuvchining grafik interfeysi;
 Gibrid sistemalar
-xavo harakatini boshqarish sistemasi;
Stateflow   paketi,   chekli   avtomatlar   nazariyasini   ishlatib,   murakkab
tizimlar faoliyatini aniq va qisqa qilib ochib beradi. Undan tashqari bu paket
tizim   va   uning   loyihasiga   quyiladigan   texnik   talablarni   bir-biriga
yaqinlashtiradi.   Bu   juda   sodda   amalga   oshiriladi:   loyiha   yaratiladi   va
stenariyning   har   xil   variantlari   ko’riladi,   iteratsiyalar   esa   stateflow   paketi
diagrammasi modelini kerakli faoliyatini hosil qilmaguncha davom etadi.

Simulink pakеti–dinamik tizimlarni vizual modеllashtirish tizimi Reja: 1. Simulink paketining umumiy vazifalari; 2. Modellashtirishda Simulink paketining roli; 3. Stateflow dasturi. Misollar.

1.Simulink paketining umumiy vazifalari. Oxirgi yillarda Simulink paketi fan va sanoatda dinamik sistemalarni modellashtirish va simulyatsiya qilishda eng keng foydalaniladigan dasturiy paketlardan biridir. Simulinkni ishlatib, namunalardan osongina model yaratish mumkin yoki mavjud modellarga komponentalar qo’shish mumkin. Simulyatsiya qilish jarayoni interaktiv bo’lgani uchun, ish jarayonida parametr qiymatlarini o’zgartirib, natijalarni o’zgarishini ko’rish mumkin bo’ladi. Bu paketdan Matlabning barcha analiz qiluvchi instrumental vositalarga to’g’idan-to’g’ri kirish imkoniyati bo’lgani uchun, natijlarni analiz qilish va kerakli grafiklarni qurish va o’rganish mumkin bo’ladi. Simulink yordamida real chiziqsiz bo’lgan modellarni o’rganish va qurish mumkin bo’ladi. Bunday modellar, bizga ma’lumki, qarshilik,

ishqalanish, havo qarshiligi mexanizmlarni sirpanishi va boshqalarni hisobga olish imkoniyatini beradi. Simulink- bu dinamik sistemalarni modellashtirish, simulyatsiya va analiz qilishga mo’ljallangan dasturlar paketidir. Bu paket uzluksiz vaqt mobaynida modellashtirilgan chiziqli va chiziqsiz bo’lgan, ma’lum vaqt oralig’ida berilgan tizimlarni qo’llab quvvatlaydi. Sistemalar tezlikda bo’lishi, ya’ni sistemani har xil bo’lishi har xil tezliklarda bajariladi. 2.Modellashtirishda Simulink paketining roli. Modellashtirish uchun Simulink paketi modelni blok-sxema sifatida shakllantirish uchun foydalanuvchining grafik interfeysi bilan ta’minlanaydi. Bunda “sichqoncha” vositasida “click-and-drag” operatsiyasidan foydalaniladi. Bu interfeys yordamida modellarni qalam va qog’oz ishlatib “chizish” mumkin. Simulink har xil bo’liklardan (qabul qiluvchi, manbalar, chiziqli va chiziqsiz kompanentalar, ulagichlar) iborat bo’lgan kutubxonani belgilab beradi. Undan tashqari foydalanuvchi o’z bloklarini yaratish va sozlash mukin. Barcha modellar iyerarxik tuzilishga ega. Shuning uchun, modellarni o’suvchi yoki kamayovchi nuqtai-nazardan kelib chiqib shakllantirish mumkin. Sistemani yuqori-darajada qarash mumkin va bloklarda ikkita “bosish” natijasida darajalar bo’yicha pasayib, model detallarning o’suvchi darajalariga kirishni ta’minlash mumkin bo’ladi. Bu nuqtai nazar yordamida modelning tuzilishini va uning qismlarini qanday birgalikda ishlashini tushunishni ta’minlab beradi. Model aniqlangandan keyin uni foydalanish uchun qo’ysa bo’ladi. Bunday ishni integrallash metodidan yoki Simulink menyusidan yoki Matlab buyruqlar oynasidan ma’lum buyruq kiritib amalga oshirish mumkin. Interaktiv ishlash jarayonida menyudan foydalanish qulay bo’lsa, paketli modellashtirish jarayonida buyruqlar oynasidan foydalanish qulaydir. Maxsus demonstratsion bloklardan foydalanib, simulyatsiya bajarilayotgan

bo’lsa ham, simulyatsiya baj а rilmayotgan bo’lsa ham, simulyatsiya natijalarni ko’rish mumkin. Undan tashqari parametrlarni o’zgarib, birdaniga u qanday natija berganini ko’rish mumkin. Modellashtirish( симуляция ) natijalari Matlabning ishchi fazosiga joylashtirib, keyinchalik qayta ishlab vizulallashtirish mumkin bo’ladi. Modellarni analiz qilish instrumentlariga chiiqlashtirish va qurish vositalari kiradi. Bu vositalar buyruqlar oynasidan chaqiriladi. Undan tashqari Matlabning ko’p instrumental vositalari va kutubxonalaridan ham foydalanish mumkin. Matlab va Simulink tizimlarining hisobiga bu tizimning ixtiyoriy nuqtasida modellashtirish analiz qilish va modellarni to’g’rilash mumkin bo’ladi. 3. Stateflow dasturi. Misollar. Stateflow-kuchli grafik instrument bo’lib, boshqarish va nazorat qilishning murakkab masalalarni loyihalashtirish va rivojlantirish uchun mo’ljallangan. Stateflowdan foydalanib: -chekli avtomatlar nazariyasiga asoslangan kompleks reaktiv sistmalarni visual modellashtirish va simulyatsiya qilish; -markaziy nazoratning determinerlangan tizimlarini loyihalashtirish va rivojlantirish; -blok-sxemalarda belgilashlar sistemasini ishlatish, stateflow paketi bitta diagrammasidagi holat o’zgarishlari belgilashlar tizimini ishlatish; -loyihaning ixtiyoriy qismida oson o’zgartirish kirita olish, natijalarni baxolash va tizim o’zini tutishini bilish; -Matlabning Simulink bilan integrallashganlik afzalligidan foydalanish kabi ishlarni amalga oshirish mumkin. Stateflow quyidagi komponentlardan iborat: -stateflowning grafik tahrir; -stateflowning boshlovchisi( проводник );

-stateflowning qidiruv vositalari; -stateflow modellashtirish obyektlashgan kodining generator; -stateflow sozlagichi. Stateflow paketini qo’llanilishi quyidagi yo’nalishlarda bo’lishi mumkin:  Tadbiq etilgan tizimlar -aviatsiya(samolyotlar); -avtomobil sanoati; -berilganlarni uzatish; -tijorat.  Inson-mashina interfeysi -foydalanuvchining grafik interfeysi;  Gibrid sistemalar -xavo harakatini boshqarish sistemasi; Stateflow paketi, chekli avtomatlar nazariyasini ishlatib, murakkab tizimlar faoliyatini aniq va qisqa qilib ochib beradi. Undan tashqari bu paket tizim va uning loyihasiga quyiladigan texnik talablarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Bu juda sodda amalga oshiriladi: loyiha yaratiladi va stenariyning har xil variantlari ko’riladi, iteratsiyalar esa stateflow paketi diagrammasi modelini kerakli faoliyatini hosil qilmaguncha davom etadi.