Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari va ob`ekti va predmeti
Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari va ob`ekti va predmeti Reja : 1. Platon ning ijtimoiy-siyosiy qarashlari 2. Aristotelningantikdunyofalsafiyfikrtaraqqiyotidatutgano’rni . 3. SHarq mutafakkirlarining ijtimoiy jarayonlar va ijtimoiy jamoalarga bergan bahosi. 4. Sotsiologiyani mustaqil fan sifatida Evropada vujudga kelishi. 5. Zamonaviy sotsiologiyaning predmeti va ob`ekti
1. Antik dunyo olamining «oltin davri». Bu davrdagi sotsiologik qarashlarni ilgari surgan mutafakkirlar qatoriga insoniyatning buyuk daholari Sokrat, Levkipp, Demokrit, Platon, Aristotel’ va boshqalarni kiritish mumkin. Sokratning buyuk shogirdiPlaton ijtimoiy taraqqiyot va inson mavqei xususida bebaho fikrlar bayon etgan. Platon o’zining «Fileb» deb nomlangan asarida insonning ezgulikdan iborat faoliyati quyidagi talablarni bajarish asnosida ro’y berishi aytiladi: 1) ilohiy g’ oya mohiyatini anglash; 2) ilohiy g’ oya talablarini hayotga singdirish; 3) tafakkur va bilimlarga ega bo’lish; 4) ilm va san`atning biror turini egallash, to’ g’ ri fikr qilish masalasiga ega bo’lish; 5) toza, halol hissiyot vositalardan, masalan, musiqa tovushi, tasviriy san`atdan zavq-rohat ola bilish. Platonning uqtirishiga ko’ra, to’ g’ ri fikr qilish malakasiga ega bo’lish deganda biror bir hayotiy voqea tahlili cho g’ ida masalaning avval yaxshilik tomonida ro’y berganligini tushuntirishga intilish, agar bunday tushunishga imkon bo’lmasa, mazkur hodisaning yuz berganligi mohiyatini anglashga intilish, demakdir. Platon ezgulikni anglash - xudoni anglash, ezgulik tabiatiga ega bo’lish esa xudo mohiyatiga tegishli bo’lish, uning uzviy bir qismiga aylanish, deb o’rgatadi. Platon insonning ijtimoiy o’rnini belgilashda har bir kishi dastavval o’z davlatining fuqarosi bo’lishi lozim, deb ta`kidlaydi. Platon murakkab ijtimoiy-siyosiy muhitda yashaganligi sababli ideal davlat qurilishi orzusida yashagan. Uning ezgulik asosiga qurilgan ideal davlat tuzumi quyidagi fazilatlarga ega bo’lishi lozim: 1) donishmandlik; 2) jasorat; 3) har ishda oqilona me`yorni saqlay bilish; 4) adolat. Davlat tizimini uch xil strata - ijtimoiy tabaqa - hukmdorlar, harbiylar va ishlab chiqarishda band bo’lgan mehnatkashlar donishmand boshqaruvchi guruh rahbarligida gormonik tuzumni tashkil etadilar. Platonning davlat haqidagi asarlarida asosiy muammo – bu jamiyat va uning a`zolarini hayotlarini farovonligini oshirish va yaxshilashdir. eng yuksak darajadagi mukammal tuzum va uning xosili bo’lgan farovon davlat to’rta (4) asosiy sifatga ega bo’lishi kerak: 1. Donishmanlik, 2. Jasorat, Z. Sabr-qanoat mezoni, 4. Adolat.
Donishmandlik deb Platon oliy bilimlarni e`tirof etadi, ya`ni davlat xaqida maslaxatlar berish – ichki ishlarlarni yo’naltirish va tashqi munosabatlarga rahbarlik qilishlik. Donishmandlik kamchilikka xos xususiyatdir, aniqrogi faqat faylasufllarga xosdir holos. SHuning uchun jamiyatni faqat faylasuflar boshqarishlari kerak va faqat faylasuf-hokimlar davlatidagina jamiyat farovonlikka erishadi va zolimlik nimaligini bilmaldi» «Agarda shaharlarda faylasuflar hokimlik qilmas ekanlar, yoki bo’lmasa xozirgi rahbarlar xaqiqiy va qoniqarli ravishda falsafa bilan shug’ullanmas ekanlar, davlat sayi harakatlari va falsafa uyg’unlashib ketmas ekanlar davlat uchun ham, odamzot uchun ham yomonlikni keti tugamaydi. Lekin farovonchilikka erishish uchun hokimlar soxta emas, balkim haqiqiy va haqiqatni his qilishni yaxshi ko’radigan faylasuflar bo’lishlari kerak. Platonning davlat haqidagi asarining asosiy maummosi – bu jamiyat, uning a`zolarining faorovon va to’kin-sochinlik hayoti masalalaridir. Uning fikricha mukammal, to’la-to’kis shakllangan davlat quyidagi to’rtta (4) asosiy sifatga ega bo’ladi: 1) Donishmandlik, 2) Jasorat, 3) Sabr-kanoat, 4) Adolat. Donishmandlik deb Platon davlat haqidagi yaxlit xayrli maslaxatlar berishni, bu davlat ichki ishlari bo’yicha yo’nalishlar berish va tashqi ishlarda rahbarlik qilish haqidagi oliy bilimlarni tan oladi. Donishmandik bu jamiyatning ma`lum bir toifasiga hos bo’lgan hislatdir, ya`ni bu hislatga faqatgina hokimlar sazovordirlar. SHuning uchun Platon jamiyatni faqat faylasuf-hokimlar boshqarishlari kerak degan fikrni olg’a suradi, chunki uningcha faqat faylasuf-hokimlar hukmronligi tufayli davlat farovonchilikka va hozirda mavjud bo’lgan zulm barham topadi. O’zining bu fikrlarini Platon quyidagicha izohlaydi: «Qachonki shaharlarda Zamonaviy sotsiologiyaning predmeti va ob`ekti. Fan predmeti – fundamental tushunchalarning mantiqiy o’zaro bog’langan va qarama-qarshi bo’lmagan tizimi hisoblanib, mazkur fanning tadqiqot usullariga yo’naltirilgan ob`ektiv reallik qismini ifodalaydi. Fan predmeti deb ataladigan tushunchalar majmui alohida faktlarni muntazam, takrorlanadigan hodisalar bo’yicha tartibga soladi va tashkil etadi. Sotsiologni tanholigi yoki noyobligi emas, qonuniyligi yoki tipikligi qiziqtiradi.
Sotsiologiya – bu ijtimoiy tizimlar, ularning vazifalari, ijtimoiy tizim va jamoalarning (dunyo, jamiyat, institut, guruh, tashkilot, oila, shaxs) harakatlanish va rivojlanish (faoliyati va o’zaro ta`siri) qonuniyatlari (qonuniyatlar, tendentsiyalar), haqidagi fandir. Sotsiologiya tabiiy va texnik fanlar bilan ko’pgina umumiylikka ega. Mazkur o’zaro munosabatlarning sababi shundaki, sotsiologik bilishning ob`ekti jamiyat hisoblanadi. Biroq «jamiyat» tushunchasini sotsiologiyaning predmeti sifatida dastlabki aniqlash uchun belgilash etarli emas. Jamiyat barcha gumanitar fanlar tadqiqotining ob’ekti hisoblanadi. Tadqiq etuvchining faoliyati yo’naltirilgan barcha narsalar bilish ob`ekti hisoblanadi. Bunga muvofiq ravishda sotsiologiya ob`ekti deganda jamiyatning yaxlit sotsial voqeligi tushuniladi, unda ob`ektiv ijtimoiy hodisalarni ajratishimiz mumkin (ya`ni ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy tashkilotlar, ijtimoiy jamoalar, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy institutlar, ijtimoiy sub`ektlar). Sotsiologiya predmetlariga shaxs, ijtimoiy guruhlar, jamoa va butun jamiyat faoliyati va rivojlanishi qonun va qonuniyatlari, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy hayoti (sotsial sub`ektlarning ijtimoiy mavqelar, rollar, ijtimoiylashuv muammolari bo’yicha o’zaro ta`siri) kiradi. Zamonaviy sotsiologiya predmeti – uzoq vaqt davom etgan tarixiy rivojlanish natijasi bo’lib, ko’plab olimlar avlodlarining mehnatlari mahsulidir, ulardan har biri yangi bilim tamoyillarini qo’shib borgan, yuzaga kelgan vaziyatni ko’rib chiqqan, tanqid qilgan, bahs-munozara olib borgan, yangilik kiritgan, tekshirgan va shu yo’l bilan bugun sotsiologiya predmeti sohasiga kiritilganlarni barchasini elakdan o’tkazgan. Sotsiologiya predmetining bosh sababchisi ikkita tushuncha hisoblanadi - «status» va «rol». Birinchisi jamiyatning statistik, ikkinchisi esa dinamik tasvirini ochib beradi. Insonning guruhdagi yoki jamiyatdagi o’rni, holati status (mavqe) deb ataladi. To’ldirilmagan mavqelarning majmui bizga jamiyatning ijtimoiy tuzilmasini beradi. Ijtimoiy mavqelar ijtimoiy munosabatlar bilan, shaxsiy mavqelar esa shaxslararo munosabatlar bilan bog’liq. Sotsiologiya uchun insonlar qanday shaxsiy munosabatlarga kirishishlari emas, balki ular orasidan qandaydir asosiyroq bo’lgan qarashlar, ya`ni sotsial munosabatlar muhimdir.
Sotsiologiya ijtimoiy guruh va ijtimoiy xulq-atvorni ilmiy o’rganuvchi fan xisoblanadi. SHuningdek ijtimoiy munosabatlarni yoritish ,qanday qilib bu munosabatlar kishilar xulq-atvoriga ta`sir etishi, qanday qilib bu munosabatlar rivojlanadi va o’zgarishi qonuniyatlarini o’rganuvchi fan hisoblanadi. Sotsiologik bilimlarning eng muhim elementi jamiyatdagi shaxsning madaniy normalari va ularga amal qilish o’lchovlarini kabul qilishi va amal qilishi konuniyatlani aniqlaydi. Jamiyatda shaxs ijtimoiy muammolarni boshidan kechiradi va buni tushinib boradi bu sotsiologik tahlil uchun muxim sanaladi. 1 Sotsiologiya empirik fan xisoblanadi. Ijtimoiy xodisalarni tizimli ravishda qayd qilib borishi bilan tadkikod borasida yutuqlarga erishishi mumkin. Sotsiologyada jamiyat borasida axborot to’plashning turlicha usullari majud. Sotsiologiyada tadqiqot olib borish xususiyatlari o’rganilayotgan ob`ekt spesifikasidan kelib chiqib belgilanadi. 2 Jamiyat haqidagi fanlar umumiy tizimida sotsiologiya fani xususiyatiniyatini yuqorida zikr etilgandek tushuntirish, hozirgi zamon sotsiologiyasining predmetini shunday ta`riflashning imkonini beradi: Sotsiologiya jamiyatni murakkab ijtimoiy organizm sifatida o’rganadi. Sotsiologiya jamiyatni mavjud tarkibiy tuzilmalari mohiyati, ularning harakat tendentsiyalari va taraqqiyot qonuniyatlarini sotsial tashkil etilgan tizimda tadqiq etadi. SHuningdek, sotsiologiya asosiy e`tiborni jamiyatni xar xil ijtimoiy va hududiy tuzum bosqichlarida vujudga keladigan keng ma`nodagi insonlararo munosabatlari va jamoatchilik fikrini o’rganishga qaratuvchi fandir. Sotsiologiya fani jamiyatning turli sohalari iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma`naviy-axloqiy va boshqa tarmoqlarida tadqiqotlar o’tkazadi. Mamlakatimizda sotsiologiyaning roli ortib bormoqda, bu fanga umumiy qiziqish kuchaymoqda. Buni tushunish mumkin, chunki O’zbekistonda hozir yangi ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy iqlim shakllandi. Ijtimoiy hayotning barcha jabxalarida o’zgarishlar kuzatilmoqda, sotsial tarkibda o’zgarishlar qayd qilinmoqda, yangi ijtimoiy institutlar va munosabatlar paydo bo’lmoqda. Vatanimizda sotsiologiya hech qanday to’siqsiz rivojlanish va mustaqil ijtimoiy 1 Sociology in modules.what is sociology? page5- 2 Sociology . The Essential chapter 7