logo

SUV TEJOVCHI SUG‘ORISH USULLARI VA TEXNIKASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

294.7060546875 KB
MAVZU:  SUV TEJOVCHI SUG‘ORISH USULLARI VA TEXNIKASI
Reja:
1.  Sug‘orish usullari va texnikasi.
2. Sug‘orish texnikasi va usullarini qo‘llash maqsadlari va sharoitlari. 
3. Tuproq yuzasidan sug‘orish. 
4. YOmg‘irlatib sug‘orish.
5. Impulsli yomg‘irlatib sug‘orish.
6. Tuproq orasidan sug‘orish tizimi.
7. Subirrigatsiya.
8. Tomchilatib sug‘orish tizimi.
9. Ayerozolь sug‘orish
  1. Sug‘orish usullari va texnikasi
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini   sug‘orish usullari   sug‘orish suvini sug‘oriladigan
uchastkalarga taqsimlash va suvning oqim shaklini tuproq va atmosfyera namligiga
aylantirishda qo‘llaniladigan usul va tadbirlar majmuasi bo‘lib, hozirgi vaqtda   yer
yuzasidan   (tuproq   ustidan),   yomg‘irlatib,   tuproq   orasidan,   tomchilatib   va
ayerozolь   (mayda dispyers yomg‘irlatib)  sug‘orishlar  farqlanadi.
Sug‘orish   texnikasi   sug‘orishni   o‘tkazish   texnologiyasi   va   bunda
qo‘llaniladigan texnik vositalarni  o‘z ichiga oladi.   Sug‘orish texnikasi  zamonaviy
sug‘oriladigan   dehqonchilikda   eng   murakkab   va   ma’sul   agromelio - rativ   tadbir
hisoblanadi.
Sug‘orishning   sifati   va   suvdan   tejamli   foydalanish,   sug‘orishda   ish
unumdorligini   oshirish,   tuproqning   qulay   suv,   havo,   tuz   va   oziq   rejimlarini,
meliorativ   ahvolini   ta’minlash,   tuproq   unumdorligini   oshirish   ko‘p   jihatdan
sug‘orish   usulini   to‘g‘ri   tanlanganligi   hamda   sug‘orish   texnikasini   to‘g‘ri   tashkil
etilganligi   va   amalga   oshirilishiga   bog‘liq   bo‘lib,   bularning   barchasi   ekinlardan
yuqori va barqaror hamda sifatli hosil etishtirish shartlaridir.
2. Sug‘orish texnikasi va usullarini qo‘llash maqsadlari va sharoitlari.
Qabul   qilingan   sug‘orish   usuli   va   texnikasi   sug‘orish   suvini   dalaga   tekis
taqsimlash  va tuproqning hisobiy  qatlamini  bir  xilda namiqtirish,  suvni  filtratsiya
va   oqovaga   behuda   sarfini   eng   kam   darajaga   tushirish,   tuproqqa   va   ekinlarga
ishlov   byerishni   mexanizatsiyalash,   suvchilar   uchun   tegishli   gigiena-sanitariya
sharoitlarini yaratgan holda sug‘orishni kechayu-kunduz o‘tkazish va ularning ish
unumdorligini   oshirish   imkoniyatlarini   byerishi   lozim.   Tanlangan   sug‘orish   usuli
va   texnikasi   sug‘orish   tizimida   suv   taqsimlash   jarayonlarini   hamda   sug‘orishni
mexanizatsiyalash   va   avtomatlashtirishga   yerishishni   ta’minlamog‘i   zarur.
SHuningdek,   sug‘orishga   qilinadigan   mehnat   sarfi   va   xarajatlarining   eng   kam
bo‘lishligi,   sug‘orishning   tuproqni   zichlashuvi   va   strukturasini   buzilishi   hamda
irrigatsiya yeroziyasiga sabab bo‘luvchi salbiy ta’sirini eng kam darajada bo‘lishi,
mazkur   usulni   ma’lum   bir   tabiiy   sharoitda   qo‘llash   mumkinchiligi   e’tiborga
olinadi.   Sug‘orish   usullari   va   texnikasini   xo‘jalikning   joylashgan   o‘rni   va ixtisoslashganlik   sohasi,   dalalarning   o‘lchami   va   shakli,   almashlab   ekish   turi,
sug‘oriladigan   hududning   tashkil   etilishi   kabi   xo‘jalik   sharoitlari,   sug‘orish
tizimining   suv   bilan   ta’minlanganlik   darajasi,   suvdan   va   yerdan   foydalanish
koeffitsientlari,   tizimning   foydali   ish   koeffitsienti,   suv   sifati,   harorati,
sho‘rlanganlik   darajasi,   suv   manbaining   joylashgan   o‘rni   kabi   suv   xo‘jalik
sharoitlari ham hisobga olgan holda tanlash talab etiladi.
3. Tuproq yuzasidan sug‘orish.
Sug‘orish usullarining foydali ish koeffitsenti (FIK):
Egatlab sug‘orishda–57 % ni;
YOmg‘irlatib sug‘orishda – 67 % ni;
Tomchilatib sug‘orishda – 80 %ni tashkil qiladi.
Sug‘orish   tarmoqlarida   suv-ning   filtratsiyaga   sarflanishi   ko‘pchilik   mamlak
atlarda  30-40 %  dan iborat bo‘lmoqda. 1
Qator   oralari   ishlanadigan   ekinlar   (g‘o‘za,   boshoqli   don   kanop,   lavlagi,
makkajo‘xori, oq jo‘xori, sabzavot, poliz ekinlari va boshqalar) yer yuzasidan egat
olib   sug‘oriladi.   Bir   yillik   hamda   ko‘p   yillik   o‘tlar   va   sholi   chek   olib   bostirib
sug‘oriladi.
Egatlab sug‘orishda egatlarning uzunligini, bir egatga byerila-digan suv sarfini,
ularga   suv   taqsimlashda   qo‘llaniladigan   matyeriallarni   tug‘ri   tanlash   juda   katta
ahamiyatga egadir.
Egatlarga suvni  chim, qog‘oz salfetka bilan taqsimlashda har bir egatga suvni
bir xilda taqsimlash imkoniyati bo‘lmaydi. Sifon - naylardan, egiluvchan sug‘orish
shlanglaridan,   tuproq   ostidan   suv   taqsimlash   usullaridan   foydalanish   yo‘li   bilan
suvchining   ish   unumini   oshirish   va   barcha   egatlarga   bir   xilda   suv   taqsimlash
mumkin.   Agar   egatga   chim   yoki   qog‘oz   salfetka   yordamida   suv   taqsimlansa   1
suvchi  1 ga yerga 3,5-4 soat  sarflasa,  sifon-naylardan foydalanilganda 1,5-2 soat,
tuproq ostidan suv taqsimlash usulida arzimagan vaqt ketadi.
Egatlarning   uzunligi   va   ularga   byeriladigan   suv   sirfi   joyning   nishabi   va
tuproqning suv o‘tkazuvchanligiga ko‘ra turlicha bo‘ladi.
1
 Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E.  A textbook of  Agronomy 2010. р. 402. Har bir aniq sharoit uchun egat uzunligini quyidagi ifoda yordamida aniqlash
mumkin.
l = 10000 x  q x t /  m x d;
bu   yerda   l-egat   uzunligi,   m   ;   q-suv   sarfi,   l/s;   t-suv   byerish   davomiyligi,   soat;   m-
sug‘orish me’yori, m 3
/ga; d-qator orasi kengligi, m.
Bir egatga byeriladigan suv sarfi esa quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi:
Q  1,28  v  ih 2
.
Bu   yerda   q-suv   sarfi,   l/s;   1,28-doimiy   son;   i-joy   nishabligi   (egat   tubi
nishabligi); h-1 egatga byeriladigan suv qalinligi, sm.
h  0,6 x N - 2   , 
bu   yerda:   0,6-qator   oralig‘i,   m;   h-egat   chuqurligi,   sm;    -dala   tekisligining
aniqligi (loyihadan farqi, + - )
Egatga   suv   byerish   davomiyligi   kam   suv   o‘tkazuvchan   tuproqlarda   24-36
soat,   yaxshi   suv   o‘tkazuvchanli   tuproqlarda   esa   12-16   soat   bo‘ladi.   Egatga   suvni
o‘zgaruvchan   oqim   bilan   byerish   quyidagicha  amalga   oshiriladi:   suv   egat   oxiriga
etguncha 0,5-0,6 l/s, oxiriga etganda suv sarfi 2 barobar kamaytiriladi.
  Egatga suv taqsimlashni quyidagicha mexanizatsiyalashtirish mumkin: tuproq
ostidan   suv   taqsimlash,   SHarov   -   Heynkin   sxemasi   bo‘yicha   yopiq   tizimlardan
foydalanish,   eguluvchan   shlanglardan   foydalanish,   diskyert-Impulsli   sug‘orish
tizimini   qo‘llash   va   boshqalar.   SHuningdek,   PPA-165U,   KP-250,   TAP-150
mashina   va   agregatlari   suv   taqsimlashni   mexanizatsiyalashtirishga   hamda   suv
isrofgarchiligini kamaytirishga olib keladi.
SHolini  chek   olib  bostirib  sug‘orishda   pollar  kengligi  25-30  m,  uzunligi   esa
150-200   m   bo‘ladi.   SHolini   sug‘orish   noinjenyerlik,   yarim   injenyerlik   va
injenyerlik   tipidagi   tizimlarda   amalga   oshirilmoqda.   Noinjenyerlik   va   yarim
injenyerlik sholichilik tizimlarida cheklar kattaligi 0,05-0,3 ga, injenyerlik tipidagi
tizimlarda   esa   1-4   ga   va   undan   kattadir.   Injenyerlik   tipidagi   tizimlarda   cheklar
kengligi 200-250 m, uzunligi 1000 m gacha etmoqda. 1.24 - rasm.   Egatlarga suv taqsimlash jihozlari : a – bo‘g‘otchalar; b – nay;
b va g – sifon; 1 – o‘qariq; 2 – egat; 3 – suv olgichning mahkamlagichi;
4 – sifonning tirsagi; 5 – suv olgich. ( O‘ lchovlar sm hisobida).
1.25-rasm  Egatga suv taqsimlash. 4. YOmg‘irlatib sug‘orish.
YOmg‘irlatib   sug‘orish   mashina   va   agregatlaridan   keng   foydalanish   bilan
sug‘orishni yanada to‘laroq mexanizatsiyalashtirish mumkin.
Buning   uchun   uzoqqa   va   yaqinga   otar   yomg‘irlatib   sug‘oruvchi   mashina   va
agregatlardan   foydalanish   mumkin   (KDU-55,   DDN-70,   DDA-100MA,
“Voljanka”, “Fregat”, “Kolomno”, “Kubanь” va boshqalar).
KDU-55 moslamasini ish unumi 0,28 ga/soat, bir mavsumda 40 ga maydonni
sug‘orishi   mumkin,   DDN   -   70   mashinasining   ish   unumi   0,3   ga/soat,   DDA   -
100MA   agregatiniki   esa   0,85   ga/soat,   bir   mavsumda   120-150   ga,   “Voljanka”
mashinasida   1   mavsumda   70-100   ga   maydonni   sug‘orish   mumkin.   “Fregat”
mashinasi bilan ham shuncha maydon sug‘oriladi.
YOmg‘irlatib sug‘orish  engil  qumoq,  murakkab  relьefli,  katta nishabli,  suv
resurslari kam yerlarda yaxshi samara byeradi. Egatlab sug‘orish esa sho‘r va og‘ir
mexanik   tarkibli   tuproqlar,   sayoz   joylashgan   minyerallashgan   sizot   suvlar,
sug‘orish   suvi   minyerallashgan   va   kuchli   shamollar   bo‘lib   turadigan   xududlarda
yaxshi samara byeradi.
5. Impulsli yomg‘irlatib sug‘orish.
Impulsli   yomg‘irlatib   sug‘orish   tizimi   yomg‘irlatib   sug‘orishning   istiqbolli
yo‘nalishi   bo‘lib,   bunda   suv   turli   konstruksiyadagi   maxsus   yomg‘irlatgichlar
yordamida bo‘lib-bo‘lib, kichik miqdorlarda taqsimlanadi. Bu usul bilan nishobligi
0,05   dan   0,3   gacha   bo‘lgan   murakkab   relьefli   yerlarda   rezavor   mevali   bog‘lar,
texnik,   sabzavot   va   em-xashak   ekinlari   sug‘oriladi.   Markaziy   Osiyoning
qurg‘oqchil sharoitida undan yuqori samarada foydalanish imkoniyatlari katta.
Sinxron Impulsli yomg‘irlatish tizimi suv olish inshooti, nasos stansiyasi, aloqa
liniyalari,   sug‘orish   tarmog‘i,   Impulsli   yomg‘irlatgich   apparatlari,   sug‘orishni
avtomatlashtirilgan   holda   boshqarish   tizimi,   nazorat   o‘lchov   asboblari   bilan
ta’minlangan.   Mazkur   sug‘orish   usulida   quvurlar   diametri   kichiklashtirilganligi
sababli   odatdagi   yomg‘irlatib   sug‘orish   mashinalari   va   agregatlariga   qaraganda
kam   metall   talab   etiladi,   tuproqni   ustki   va   havoni   yerga   yaqin   qatlamlarining
mikroiqlimi doimiy qulay holda ta’-minlanib turiladi. Ushbu   tizim   sirasiga   KSID-10A   sinxron-Impulsli   yomg‘irlatib   sug‘orish
komplekti   kiradi.   Komplekt   10   ga.   li   modulь   uchastkalarga   moslab
loyihalashtiriladi.  Uning  tarkibiga  20,  25,  32,  50,  70,  80  va   100  mm  diametrdagi
po‘lat quvurlar, DI-15 Impulsli yomg‘irlatgich, buyruq signallari genyeratori,ssNS
nasoslari, rostlash armaturalari, nazorat-o‘lchov jihozlari, boshqarish pulьti, GPD-
50 o‘g‘it aralashtirgich, avariyadan himoya qilish tizimi kiradi. 
6. Tuproq ostidan sug‘orish
Ekinlarni   tuproq   orasidan   sug‘orish   usuli   barcha   texnologik   jarayonlarni
mexanizatsiyalashtirishga   imkon   byeradi.   Bunda   qo‘l   mehnati   kamayadi,   suvdan
foydalanish  koeffitsienti  ortadi, xosildorlik ko‘payadi. Bu usulda  sug‘orish  uchun
35-40   sm   chuqurlikda   egat   bo‘ylab   har   80-120   sm   oraliqda   har   20   sm   da
teshikchalari bo‘lgan quvurlar yotqiziladi. Suv bosim ostida byerilganda tuproqqa
shu   teshikchalar   orqali   suv   chiqib,   uni   namlatadi.   Bu   sug‘orish   tizimi   yordamida
dalaga o‘g‘it ham byerish mumkin.
7.   Subirrigatsiya
Subirrigatsiya   sizot   suvlar   sathini   ko‘tarish   orqali   tuproqni   namlash,   ya’ni
sug‘orish bo‘lib, bunda tuproqning faol qatlamiga sizot suvlar tuproq kapillyarlari
orqali ko‘tarilib keladi va o‘simliklarning suv ta’minotini yaxshilaydi. Sizot suvlar
sathini   sun’iy   ravishda   boshqarish   evaziga   ushbu   jarayon   amalga   oshiriladi,
tuproqning havo va oziq rejimlariga ta’sir etiladi. Ushbu sug‘orish usuli Markaziy
Osiyo   regionining   sizot   suvlari   yer   yuzasiga   tabiiy   holda   ko‘tariladigan   yerlarda
qadimdan   qo‘llanilib   kelingan.   Buning   uchun   ikki   tomonlama   ishlaydigan sug‘orish   zax   qochirish   tarmoqli   meliorativ   tizimlar   barpo   etilgan.   Tarmoqqa
to‘siqlar  o‘rnatish, shuningdek,  ularni  sug‘orish suvi  bilan qo‘shimcha  ta’minlash
orqali  ulardagi  suv sathi  ko‘tariladi  va o‘simlikning turi, yerning holati  va tuproq
sharoitlariga   bog‘liq   holda   sizot   suvlar   0,7–1,5   m   chuqurlikda   tutib   turiladi.
Subirri-gatsiyani   sizot   suvlarining   mine-rallashganlik   darajasi   4–5   g/l.   gacha
bo‘lgan yerlarda qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
8. Tomchilatib sug‘orish tizimi
Bog‘   va   tokzorlarni   tomchilatib   sug‘orish   usuli   tog‘   oldi   mintaqalari   va   past
tekisliklarda   katta   ahamiyatga   egadir.   Bu   usulda   sug‘orish   uzum   hosildorligini
deyarli 2 marta oshiradi, suv sarfi 2-3 marta kamayadi. Quvurlarni tuproq ustidan
yoki orasidan o‘tkazish mumkin hamda ularni daraxtga osib qo‘yish ham mumkin.
Har   bir   tup   atrofida   tomchilatgichlar   o‘rnatiladi   va   shular   yordamida   tup   yoniga
suv tomchi holatida tushib turadi.
Keyingi   vaqtlarda   respublikada   g‘o‘zani   sug‘orishda   Isroil   texnologiyasini
qo‘llash   sinovdan   o‘tmoqda.   Neftaxim   firmasining   tomchilatib   sug‘orish   tizimi
1994 va 1995 yillarda Quyi CHirchiq tumanida sinovdan o‘tdi. Sug‘orish maydoni
196   ga.   Sug‘orish   me’yori   300   m 3
/ga.   Egatlab   sug‘orishda   mavsumiy   sug‘orish
me’yori   8225   m 3
/ga.   Tomchilatib   sug‘orishda
3   marta   kam.   Hosildorlik   egatlab   sug‘orishda   28,4ss/ga   bo‘lsa,   tomchilatib
sug‘orishda 40ss/ga ga teng bo‘ldi, ya’ni farq 11,6ss/ga.   Suvni tejash (5510 m 3/
ga)
hisobiga   samara   826   so‘m/ga   ga   teng   bo‘ldi.   Qo‘shimcha   hosil   hisobiga   samara
145951 so‘mga teng bo‘lib, tizim bo‘yicha salbiy samara 1559100 so‘mni tashkil
etdi.   Umumiy   xarajatlar:   tomchilatib   sug‘orishda   19388   so‘m/ga,   egatlab
sug‘orishda   443,74   so‘m/ga.   Joriy   xarajatlar   tegishli   ravishda   200,64   va   406,41
so‘m/ga teng bo‘ladi. Tomchilatib sug‘orish tizimida 1   ga yerga 1 yilda 70430,26
so‘m kapital mablag‘ sarflangan.
Har   g ektar   maydonni   tomchilatib   sug‘orishga   o‘tkazish   5000   AKSH   dollari
hajmida kapital harajat qilishni talab etadi. Orol dengizi regionida sug‘orilayotgan 8   mln.   ga   yer   uchun   40   mlrd.   AKSH   dollari   talab   etiladi.   8   mln.   ga   maydonda
tashkil etilajak tizimni joriy xarajatlari 2,5 mlrd. dollarni talab etadi.
Sug‘orish   texnikasiga   baho   byerishda   reja   bo‘yicha   sug‘orish   me’yori
amaldagi me’yorga bo‘linadi:
  
st  =  m
reja  / m
amal .
Xo‘jalikda   suvdan   foydalanish   darajasini   belgilovchi   kattalik-bu   suvdan
foydalanish koeffitsientidir:
SFK = R
r    x     
a   /  R
b  x     
r .
bu   yerda:   R
r -sug‘orish   rejasini   bajarilishi,   %;   R
b -xo‘jalikga   suv   taqsimlashni
bajarilishi, %;  
a  va  
r -xo‘jalik sug‘orish tizimining amaldagi va rejadagi FIK.
9. Ayerozolь sug‘orish.
Ayerozolь   sug‘orish   (ayrim   adabiyotlarda   mayda   dispyers   yomg‘irlatish   yoki
tuman holida sug‘orish deb yuritiladi) sug‘orishning eng yangi usuli bo‘lib, qishloq
xo‘jaligi   ekinlari   uchun   qulay   mikroiqlimni   vujudga   keltiradi.   Ayerozolь
sug‘orishda havoni yerga yaqin qatlamining nisbiy namligi oshiriladi, o‘simlik yer
ustki organlarining harorati 6 12 gradusga pasay-tiriladi. Bunday sug‘orish kunning
eng   issiq   vaqtida   har   bir-ikki   soatda   qayta-qayta   o‘tkazilib   turiladi.   Bir   marta
sug‘orishda gektar hisobiga 0,8–1 m 3
 suv sarflanadi. Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

MAVZU: SUV TEJOVCHI SUG‘ORISH USULLARI VA TEXNIKASI Reja: 1. Sug‘orish usullari va texnikasi. 2. Sug‘orish texnikasi va usullarini qo‘llash maqsadlari va sharoitlari. 3. Tuproq yuzasidan sug‘orish. 4. YOmg‘irlatib sug‘orish. 5. Impulsli yomg‘irlatib sug‘orish. 6. Tuproq orasidan sug‘orish tizimi. 7. Subirrigatsiya. 8. Tomchilatib sug‘orish tizimi. 9. Ayerozolь sug‘orish

1. Sug‘orish usullari va texnikasi Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish usullari sug‘orish suvini sug‘oriladigan uchastkalarga taqsimlash va suvning oqim shaklini tuproq va atmosfyera namligiga aylantirishda qo‘llaniladigan usul va tadbirlar majmuasi bo‘lib, hozirgi vaqtda yer yuzasidan (tuproq ustidan), yomg‘irlatib, tuproq orasidan, tomchilatib va ayerozolь (mayda dispyers yomg‘irlatib) sug‘orishlar farqlanadi. Sug‘orish texnikasi sug‘orishni o‘tkazish texnologiyasi va bunda qo‘llaniladigan texnik vositalarni o‘z ichiga oladi. Sug‘orish texnikasi zamonaviy sug‘oriladigan dehqonchilikda eng murakkab va ma’sul agromelio - rativ tadbir hisoblanadi. Sug‘orishning sifati va suvdan tejamli foydalanish, sug‘orishda ish unumdorligini oshirish, tuproqning qulay suv, havo, tuz va oziq rejimlarini, meliorativ ahvolini ta’minlash, tuproq unumdorligini oshirish ko‘p jihatdan sug‘orish usulini to‘g‘ri tanlanganligi hamda sug‘orish texnikasini to‘g‘ri tashkil etilganligi va amalga oshirilishiga bog‘liq bo‘lib, bularning barchasi ekinlardan yuqori va barqaror hamda sifatli hosil etishtirish shartlaridir. 2. Sug‘orish texnikasi va usullarini qo‘llash maqsadlari va sharoitlari. Qabul qilingan sug‘orish usuli va texnikasi sug‘orish suvini dalaga tekis taqsimlash va tuproqning hisobiy qatlamini bir xilda namiqtirish, suvni filtratsiya va oqovaga behuda sarfini eng kam darajaga tushirish, tuproqqa va ekinlarga ishlov byerishni mexanizatsiyalash, suvchilar uchun tegishli gigiena-sanitariya sharoitlarini yaratgan holda sug‘orishni kechayu-kunduz o‘tkazish va ularning ish unumdorligini oshirish imkoniyatlarini byerishi lozim. Tanlangan sug‘orish usuli va texnikasi sug‘orish tizimida suv taqsimlash jarayonlarini hamda sug‘orishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga yerishishni ta’minlamog‘i zarur. SHuningdek, sug‘orishga qilinadigan mehnat sarfi va xarajatlarining eng kam bo‘lishligi, sug‘orishning tuproqni zichlashuvi va strukturasini buzilishi hamda irrigatsiya yeroziyasiga sabab bo‘luvchi salbiy ta’sirini eng kam darajada bo‘lishi, mazkur usulni ma’lum bir tabiiy sharoitda qo‘llash mumkinchiligi e’tiborga olinadi. Sug‘orish usullari va texnikasini xo‘jalikning joylashgan o‘rni va

ixtisoslashganlik sohasi, dalalarning o‘lchami va shakli, almashlab ekish turi, sug‘oriladigan hududning tashkil etilishi kabi xo‘jalik sharoitlari, sug‘orish tizimining suv bilan ta’minlanganlik darajasi, suvdan va yerdan foydalanish koeffitsientlari, tizimning foydali ish koeffitsienti, suv sifati, harorati, sho‘rlanganlik darajasi, suv manbaining joylashgan o‘rni kabi suv xo‘jalik sharoitlari ham hisobga olgan holda tanlash talab etiladi. 3. Tuproq yuzasidan sug‘orish. Sug‘orish usullarining foydali ish koeffitsenti (FIK): Egatlab sug‘orishda–57 % ni; YOmg‘irlatib sug‘orishda – 67 % ni; Tomchilatib sug‘orishda – 80 %ni tashkil qiladi. Sug‘orish tarmoqlarida suv-ning filtratsiyaga sarflanishi ko‘pchilik mamlak atlarda 30-40 % dan iborat bo‘lmoqda. 1 Qator oralari ishlanadigan ekinlar (g‘o‘za, boshoqli don kanop, lavlagi, makkajo‘xori, oq jo‘xori, sabzavot, poliz ekinlari va boshqalar) yer yuzasidan egat olib sug‘oriladi. Bir yillik hamda ko‘p yillik o‘tlar va sholi chek olib bostirib sug‘oriladi. Egatlab sug‘orishda egatlarning uzunligini, bir egatga byerila-digan suv sarfini, ularga suv taqsimlashda qo‘llaniladigan matyeriallarni tug‘ri tanlash juda katta ahamiyatga egadir. Egatlarga suvni chim, qog‘oz salfetka bilan taqsimlashda har bir egatga suvni bir xilda taqsimlash imkoniyati bo‘lmaydi. Sifon - naylardan, egiluvchan sug‘orish shlanglaridan, tuproq ostidan suv taqsimlash usullaridan foydalanish yo‘li bilan suvchining ish unumini oshirish va barcha egatlarga bir xilda suv taqsimlash mumkin. Agar egatga chim yoki qog‘oz salfetka yordamida suv taqsimlansa 1 suvchi 1 ga yerga 3,5-4 soat sarflasa, sifon-naylardan foydalanilganda 1,5-2 soat, tuproq ostidan suv taqsimlash usulida arzimagan vaqt ketadi. Egatlarning uzunligi va ularga byeriladigan suv sirfi joyning nishabi va tuproqning suv o‘tkazuvchanligiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. 1 Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E. A textbook of Agronomy 2010. р. 402.

Har bir aniq sharoit uchun egat uzunligini quyidagi ifoda yordamida aniqlash mumkin. l = 10000 x q x t / m x d; bu yerda l-egat uzunligi, m ; q-suv sarfi, l/s; t-suv byerish davomiyligi, soat; m- sug‘orish me’yori, m 3 /ga; d-qator orasi kengligi, m. Bir egatga byeriladigan suv sarfi esa quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: Q  1,28 v ih 2 . Bu yerda q-suv sarfi, l/s; 1,28-doimiy son; i-joy nishabligi (egat tubi nishabligi); h-1 egatga byeriladigan suv qalinligi, sm. h  0,6 x N - 2  ,  bu yerda: 0,6-qator oralig‘i, m; h-egat chuqurligi, sm;  -dala tekisligining aniqligi (loyihadan farqi, + - ) Egatga suv byerish davomiyligi kam suv o‘tkazuvchan tuproqlarda 24-36 soat, yaxshi suv o‘tkazuvchanli tuproqlarda esa 12-16 soat bo‘ladi. Egatga suvni o‘zgaruvchan oqim bilan byerish quyidagicha amalga oshiriladi: suv egat oxiriga etguncha 0,5-0,6 l/s, oxiriga etganda suv sarfi 2 barobar kamaytiriladi. Egatga suv taqsimlashni quyidagicha mexanizatsiyalashtirish mumkin: tuproq ostidan suv taqsimlash, SHarov - Heynkin sxemasi bo‘yicha yopiq tizimlardan foydalanish, eguluvchan shlanglardan foydalanish, diskyert-Impulsli sug‘orish tizimini qo‘llash va boshqalar. SHuningdek, PPA-165U, KP-250, TAP-150 mashina va agregatlari suv taqsimlashni mexanizatsiyalashtirishga hamda suv isrofgarchiligini kamaytirishga olib keladi. SHolini chek olib bostirib sug‘orishda pollar kengligi 25-30 m, uzunligi esa 150-200 m bo‘ladi. SHolini sug‘orish noinjenyerlik, yarim injenyerlik va injenyerlik tipidagi tizimlarda amalga oshirilmoqda. Noinjenyerlik va yarim injenyerlik sholichilik tizimlarida cheklar kattaligi 0,05-0,3 ga, injenyerlik tipidagi tizimlarda esa 1-4 ga va undan kattadir. Injenyerlik tipidagi tizimlarda cheklar kengligi 200-250 m, uzunligi 1000 m gacha etmoqda.

1.24 - rasm. Egatlarga suv taqsimlash jihozlari : a – bo‘g‘otchalar; b – nay; b va g – sifon; 1 – o‘qariq; 2 – egat; 3 – suv olgichning mahkamlagichi; 4 – sifonning tirsagi; 5 – suv olgich. ( O‘ lchovlar sm hisobida). 1.25-rasm Egatga suv taqsimlash.