logo

Suvli ajratmalar.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

78 KB
               Mavzu:Suvli ajratmalar.
     Alkaloidlar o’simliklarda asos holida bo’ladi.  Tuz holidagi alkaloidlar suvda
yaxshi   eriydi.   Asos   holidagi   alkaloidlarni   eruvchanligini   oshirish   uchun   tuz   holiga
o’tkaziladi   va   bu   maqsadda   0,83%   xlorid   kislotasi   1%   limon   kislotasi   va   vino
kislotasidan foydalaniladi.
Xin o’simligi  po’slog’idan  damlama tayyorlashda  boshqalarga  nisbatan  0,8%   xlorid
kislotasidan   foydalangan   ma’kul.   SHoxkuyadan   damlama   tayyorlanganda   shu
kislotadan   xom   ashyo   tarkibidagi   alkaloid   miqdoriga   4   barobar   ko’p   miqdorda
qo’shiladi.   SHoxkuyadan   (sporыnya)   suvli   ajratma   olish   uchun   A.   L.   Ledneva
ko’rsatmasi   bo’yicha   qaynayotgan   suv   hammomiga   30   min   davomida   qo’yiladi   va
tezlik   bilan   sovutiladi ,   chunki   shoxkuya   alkaloidlari   issiqlikka   chidamli   emas.
Shuning   uchun   ham   shoxkuyadan   damlama   emas,   qaynatma   tayyorlanadi.
SHoxkuyaning yangi maydalangani ishlatilishi kerak, chunki uni tarkibidagi yog’lar
tez   achish   xususiyatiga   ega.   Termopsis   o’simligidan   damlama   tayyorlashda   uning
tarkibidagi   alkaloidni   tuz   holiga   o’tkazish   shart   emas,   chunki   bu   o’simlikda
alkaloidlar asos holdagisi ham, tuz holdagisi ham suvda yaxshi eriydi. Agar o’simlik
XI   DF   da   ko’rsatilgan   miqdordan   ya’ni   1,5%   dan   ko’p   alkaloid   saqlasa,   olingan
o’simlik miqdori quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
 
Masalan: 200 ml termopsis damlamasi tayyorlash kerak bo’lsin.
 
Rp.: Infusi herbae Thermopsidis 200 ml
D.S. bir osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
  O’simlik   o’z   tarkibida   1,6%   alkaloid   saqlaydi.   Buning   uchun   o’simlik   miqdori
topiladi. Termopsis 1:400 nisbatda tayyorlanadi. 200 ml damlama uchun 0,5 g olish
kerak.
Alkaloid   miqdori   ko’p   bo’lgani   uchun   bu   miqdor   qaytadan   hisoblanadi.
 
0,5   —   olinishi kerak bo’lgan o’simlik miqdori.
1,5%   —   DF bo’yicha o’simlik saqlash kerak bo’lgan miqdor.
1,6%   —   o’simlik saqlagan alkaloid miqdori.
0,47   —   qaytadan hisoblangan o’simlik miqdori.
Agar   o’simlik   1,5%   dan   kam   alkaloid   saqlasa,   bunday   xom   ashyodan   damlama   va
qaynatma tayyorlanmaydi.
Alkaloid   saqlagan   o’simliklardan   suvli   ajratma   tayyorlashda   qo’shiladigan   kislota
miqdori xom ashyo tarkibidagi alkaloidlar miqdoriga teng miqdorda olinadi.
 
100,0   —   1,6
0,47   —   x x   =   0,0075 g alkaloid
 
0,83   —   100,0
0,0075   —   x x   =   0,9 ml suyultirilgan xlorid kislota kiritiladi.
 
2 Hisoblash:
Termopsis o’ti (1 : 400) – 0,5 g
Xlorid kislota eritmasi (1 : 10) – 0,9 ml (18 tomchi)
alk. DF X buyicha 1,5%
1,5 – 100
x – 0,5 x = 0,0075 g (alkaloid)
0,83 – 100
0,0075   –   x   x   =   0,9   ml   (18tomchi)
Tozalangan suv – 200 ml
Um. hajmi – 204 ml
Termopsis   o’ti   tarkibida   alkaloid   bo’lib,   kuchli   ta’sir   etuvchi   dorivor   o’simliklar
guruhiga   kiradi.   DF   X   ko’rsatmasiga   binoan   1,5%   alkaloid   saqlaydi.   SHifokor
ko’rsatmasi bo’lmaganda
1 : 400 nisbatda damlama tayyorlanadi.
Tayyorlash:   Infundir   stakaniga   0,5   g,   5   mm   gacha   maydalangan   termopsis   o’ti
solinadi. Ustiga 200 ml tozalangan suv va 0,9 ml (18 tomchi) 1 : 10 nisbatdagi xlorid
kislota   eritmasi   qo’shiladi,   so’ngra   qaynab   turgan   infundir   apparatida   15   daqiqa
damlab   quyiladi,   vaqti   -   vaqti   bilan   aralashtirib   turiladi.   Keyin   45   daqiqa   xona
haroratida sovutiladi. Ikki qavatli dokadan o’tkazib, qoldiq siqiladi. Damlama hajmi
200   ml   ga   etkaziladi.   “Ichish   uchun”   yoki   “Mikstura”,   “Salqin   joyda   saqlansin”,
“Ishlatishdan   oldin   chayqatilsin”   yorligi   bilan   jihozlab   bemorga   beriladi.
Yurak glikozidlari saqlovchi o’simliklardan ajratma tayyorlash
  Rp.: Jnfusi rhizoma et radicibus Valerianae ex 6,0   —   100,01 – 400
x - 200
3 D.S.
Ko’rsatilgan   miqdordagi   damlama   yoki   qaynatma   olish   uchun   kerak   bo’lgan   suv
miqdorini   topish   uchun   o’simlik   xom   ashyosi   gramm   miqdorini   suv   shimish
koeffitsientiga   ko’paytirib,   dorixatda   ko’rsatilgan   suv   miqdoriga   qo’shish   kerak.
Masalan:  yuqoridagi  dorixat  uchun:  100   q   (2,9   *   6)   =   100   q   17,4   =   117,4 ml  suv. Bu
erda 2,9 valeriana ildizining suv shimish koeffitsienti.
Tarkibida   yurak   glikozidlari   yoki   alkaloid   saqlagan   xom   ashyodan   damlama
tayyorlanganda   qo’llaniladigan   o’simlik   qismida   belgilangan   miqdorda   alkaloid
bo’lishi va yoki belgilangan biologik ta’sirga ega bo’lishi kerak.
Xom   ashyo   tarkibidagi   alkaloid   miqdori   yoki   biologik   ta’sir   darajasi   belgilangan
miqdordan yuqori bo’lsa, uni miqdori quyidagi hisob bo’yicha olinadi.
X   —   dorivor o’simlikni xom ashyosidan olish kerak bo’lgan miqdori;
A   —   dorivor o’simlik xom ashyosini yozilgan miqdori;
B   —   aniqlangan alkaloid yoki biologik ta’sir darajasi miqdori;
V   —   xom ashyo tarkibidagi glikozid va alkaloidlarni standart miqdori;
Xom ashyo tarkibidagi glikozid yoki alkaloid miqdori belgilangandan kam. VIII DF
damlamalar   —   xom ashyoga sovuq suv solib qaynab turgan suv hammomida 15 min
damlash bilan tayyorlangan bu usul  XI DF da ham qabul qilingan, 15 min qizdirish
umuman kam hisoblanadi, chunki bunda   xom ashyo endigina yumshab , ta’sir etuvchi
moddalar qisman ajragan bo’ladi. Ajratmaning harorati  asta-sekin ko’tarilib borgani
uchun proteinlar, elimli va pektin moddalar ham bo’kmasdan eritmaga o’tad33i.  
Rp.: Infusi herbae Adonis vernalis 90 ml
Natrii bromidi 2,0
Tincturae Valerianae 3ml
4 M.D.S.. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Hisoblash:
Bahor adonisi o’ti (1 : 30) – 3 g
1 – 30
x – 90 x = 3 g
S.SH.K. = 2,8
Natriy brom – 2 g
Valeriana nastoykasi – 3 ml
Tozalangan suv – 98,4 ml
90+(3 x 2,8)=98,4
um. hajmi – 93 ml
Yurak glikozidi saqlovchi dorivor o’simlik xom ashyolaridan damlama tayyorlaganda
shifokor tomonidan mahsulot  miqdori ko’rsatilmagan bo’lsa 1 : 30 nisbatda olinadi.
Tayyorlash:   Infundir   stakaniga   3   g  5   mm   gacha   maydalangan   bahor   adonisi   o’tidan
olinadi va uni ustiga 98,4 ml tozalangan suv quyiladi. So’ngra qaynab turgan infundir
apparatiga 15 daqiqa damlab quyiladi va vaqti - vaqti bilan aralashtirib turiladi. Keyin
45   daqiqa   xona   haroratida   sovutiladi,   2   qavatli   dokadan   o’tkazib,   qoldiq   siqiladi.
Undan keyin damlamada 3 g natriy brom eritib, qayta suziladi va damlama hajmi 90
ml   ga   etkaziladi.   Oxirida   3   ml   valeriana   nastoykasi   qo’shiladi.   So’ngra   jihozlab
bemorga   beriladi.   “Ichish   uchun”,   “Salqin   joyda   saqlansin”,   “Ishlatishdan   oldin
chayqatilsin”   yorliqlar   bilan   jihozlanadi.
Antraglyukozid saqlovchi o’simliklardan   qaynatma tayyorlash
  Antroglyukozid   saqlovchi   o’simliklardan   (ravoch   ildizi,   sano   bargi,   frangula
5 po’slog’i)   qaynatma   tayyorlanadi,   chunki   bu   o’simliklardan   damlama   tayyorlashda
ta’sir   etuvchi   moddalar   damlamalarga   to’liq   o’tmaydi.   Lekin   shu   bilan   birga
qaynatish   vaqtini   30   min.   dan   oshirish   ta’sir   etuvchi   oksimetil-antraxinonlarni
parchalanishiga   olib   keladi.   Ravoch   ildizi   va   frangula   po’slog’idan   tayyorlangan
qaynatmani   tezlik   bilan   doka   orqali   suzish   kerak.   45   minutdan   keyin   suzish
oksimetilantraxinonlarning   kamayishiga   olib   keladi.   Sano   bargidan   qaynatma
tayyorlashda   to’la   sovutish   zarur,   toki   uning   tarkibidagi   mumsimon   moddalar
ajratmaga o’tib cho’kmaga tushadi. Sovigan ajratma albatta doka orqali suzib olinishi
kerak34.
Rp.: Decocti foliorum Cennae 100ml
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 - 4 mahal ichilsin.
Xisoblash:
Sano bargi (1 : 10) – 10 g
S.SH.K. = 1,8
Tozalangan suv – 118 ml
100 + (10 x 1,8) = 118 ml
um. hajmi – 100 ml
Tayyorlash:   Infundir   stakaniga   10   g   0,5   mm   gacha   maydalangan   sano   bargini   olib,
uni ustiga 118 ml tozalangan suv quyib, qaynab turgan infundir apparatida vaqti-vaqti
bilan   aralashtirib   turgan   holda   30   daqiqa   damlab   quyiladi.   Tayyor   qaynatma   vaqt
tugaganidan keyin olib, tulik sovutiladi (chunki sano bargi tarkibida smolalar bo’lib,
ular   odam   organizmiga   salbiy   ta’sir   ko’rsatadi).   So’ngra   2   qavatli   dokada   suziladi,
qoldiq   siqiladi   va   hajmi   100   ml   ga   etkaziladi.   “Ichish   uchun”,   “Salqin   joyda
saqlansin”, “Ishlatishdan oldin chayqatilsin” yorligi bilan jihozlab bemorga beriladi.
Saponin saqlovchi o’simliklardan (qizilmiya ildizi, istod ildizi, senega ildizi, sinyuxa
ildizi)   hamma   vaqt   qaynatma   tayyorlanadi.   Adabiyotlarda   ko’rsatilishicha   saponin
6 saqlovchi   o’simliklardan   qaynatma   tayyorlashda   ajratma   tarkibi   ishqoriy   sharoitga
keltirilsa ta’sir etuvchi modda ko’p miqdorda ajratmaga o’tadi. SHuning uchun ham
senega   ildizi   va   sinyuxa   ildizidan   qaynatma   tayyorlashda   10   g   o’simlikka   1   g
NaHCO3   qaynashga   ko’yishdan   oldin   qo’shiladi.   qizilmiya   o’simligi   ildizidan
qaynatma   tayyorlashda   30   minutdan   ko’p   qaynatish   glitsirrizin   miqdorining
kamayishiga olib keladi.
Oshlovchi modda saqlovchi o’simliklardan qaynatma tayyorlash
  Oshlovchi   modda   saqlovchi   o’simliklardan   (dub   po’slog’i,   toloknyanka   bargi,
brusnika bargi, chernika bargi, kalina po’stlog’i , ilontovon ildiz poyasi) hamma vaqt
qaynatma   tayyorlanadi.   Ta’sir   etuvchi   moddani   to’liq   ajralib   chiqishiga   o’simlikni
maydalanish darajasi katta ta’sir ko’rsatadi.
G.   S.   Mixaylova   ko’rsatmasi   bo’yicha   dub   po’slog’idan   qaynatma   tayyorlashda   0,2
ml   gacha   kattalikkacha   maydalash   oshlovchi   moddalarni   ko’prok   ajralishiga,   undan
ham   maydarok   qilib   tayyorlanganda   kam   miqdor   moddalar   qaynatmaga   o’tishi
aniqlangan. Ikki tomonlama kutikula bilan qoplangan serin bilan to’yingan qalin etli
barg lardan faqat qaynatma tayyorlanadi. Masalan: toloknyanka bargidan hamma vaqt
qaynatma   tayyorlanadi.   Toloknyanka   ajratmalaridagi   oshlovchi   moddalar   miqdori:
11-jadval
  Ajratma nomi Yozilishi Miqdori
(oshlovchi modda) Arbutin
Damlama
qaynatma 10,0   :   200
10,0 : 200 1,95
3,26 9,07
13,16
Rp.: Decocti foliorum Uvae Ursi 10,0   —   180 ml
D.S. bir osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichilsin.
7 SHuning   uchun   ham   toloknyanka   bargidan   XDF   ko’rsatmasiga   binoan   damlama
emas, qaynatma tayyorlanadi.
  Efir   moyi   saqlovchi   o’simliklardan   damlama   tayyorlash
Ajratmaga   ko’p   miqdor   efir   moyi   ajralishini   ta’minlash   uchun   efir   moyi   saqlovchi
o’simliklardan   damlama   maxsus   infundir   idishlarda   tayyorlanadi.   Damlama
tayyorlashda   aralashtirish   yoki   sovutilmagan   ajratmani   suzish   mumkin   emas.
O’tkazilgan   tajribalar   natijasi   shuni   ko’rsatadiki   XDF   bo’yicha   damlama   tayyorlash
boshqa usullarga nisbatan ancha ustunlikka ega.
Bu guruhga kiruvchi  o’simliklardan tayyorlangan damlama va qaynatmalar o’zining
yopishqoqligi   bilan   ajralib   turadi.   Ular   yuqori   molekulali   moddalar   shilimshiqlar
ajralib   chiqishi   bilan   tushuntiriladi.   Bu   guruhga   kiruvchi   ajratmalar   xuddi   kamedlar
va krax mallardan tayyorlangan ajratmalar kabi shilimshiqlar deb ataladi35.
Efir moyi saqlagan dorivor o’simliklardan damlama tayyorlash
Rp.: Infusi foliorum Menthae piperetae 100,0
Natrii bromidi 1,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichilsin.
    Xisoblash:
Yalpiz bargi (1 : 10) – 10g
S.SH.K. = 2,4
Natriy brom 1g
Tozalangan suv –124 ml
100 q (10 x 2,4) = 124 ml
um. hajmi – 100 ml
Tayyorlash:   Infundir  stakaniga  10  g  3  mm  gacha   maydalangan  yalpiz  bargi   olinadi,
uni ustiga 124 ml tozalangan suv quyiladi va infundir stakan qopqog’i jips yopiladi.
So’ngra   qaynab   turgan   infundir   apparatiga   15   daqiqa   damlab   quyiladi   ammo
aralashtirilmaydi,   chunki   ta’sir   qiluvchi   moddasi   –   efir   moyi   uchib   ketadi.   Keyin
xona haroratida 45 daqiqa davomida qopqog’i jips yopilgan holatda sovutiladi. Keyin
yordamchi   idishga   2   qavatli   dokadan   o’tqazib,   qoldiq   siqiladi.   So’ngra   1   g   natriy
8 brom eritib, qayta suziladi va damlama hajmi 60 ml ga etkaziladi. Tayyor mahsulot
jihozlab   bemorga   beriladi.   “Ichish   uchun”,   “Salqin   joyda   saqlansin”,   “Ishlatishdan
oldin   chayqatilsin”.
Damlama va qaynatmalarga dorivor moddalar qo’shish
  Suvli ajratmalar ko’pincha murakkab dori preparatlarning tarkibiy qismi bo’lib, ular
dori   moddalarini   eritish   uchun   erituvchi   sifatida   ham   ishlatiladi.   Buning   natijasida
damlama va qaynatmalardan murakkab dori shakli hosil bo’ladi. Agar bo’lar ichishga
mo’ljallangan bo’lsa miksturalar deb nomlanadi. Miksturalarni tayyorlash uchun dori
moddalari suzilgan va sovutilgan damlama va qaynatmalarda eritiladi va yana bir bor
suziladi. Dori moddalarning konsentrlangan eritmalarini ishlatilishi bu hollarda ruxsat
etilmaydi.   SHarbatlar,   xushbo’y   suvlar,   spirtli   ajratmalar,   suyuq   ekstraktlar   tayyor
damlama   va   qaynatmalarga   hajm   bo’yicha   oxirida   qo’shiladi.   Agarda   ekstrakt-
konsentratlar   ishlatilsa,   dori   moddalarning   konsentrlangan   eritmalari   ishlatilishi
mumkin.
  Rp.: Infusi herbae Thermopsidis 0,1—150,0
Natrii hydrocarbonatis
Natrii benzoatis 1,0
Liquoris Ammonii anisatis 1 ml
Sirupi Althaeae 20,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
  Suzilgan   va   sovutilgan   tayyor   qaynatmada   natriy   gidrokarbonat   va   natriy   benzoat
tuzlari   eritilib,  filtr lanadi. So’ng gulxayri  sharbati  va  oxirida  novshadil   arpabodiyon
tomchisi qo’shiladi.
  Rp.: Infusi herbae Adonidis vernalis 6,0—150,0
Natrii bromidi 2,0
Codeini phosphatis 0,2
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin
  Bu   miksturani   tayyorlashda   adonis   damlamasini   2   qismga   ajratiladi ,   1-sida   natriy
bromid 2-sida kodein fosfat eritiladi.
Tayyorlangan   eritmalar   shundan   keyingina   bir-biriga   qo’shiladi,   aks   holatda
9 erimaydigan kodein bromid hosil bo’lib cho’kmaga tushishi mumkin.
Rp.: Decocti rad. Polygalae tenuifoliae ex 10,0—200,0
Elexiris pectoralis 5,0
Natrii hydrocarbonatis 3,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
  Saponinlarning ko’p miqdor ajralib chiqishini ta’minlash uchun qaynatma tayyorlash
jarayonida 1 gr natriy gidrokarbonat qo’shiladi, qolgan miqdor esa tayyor bo’lgandan
keyingina eritiladi. Oxirida ko’krak eliksiri qo’shiladi.
  Rp.: Decocti rad. Rhei 5,0—180,0
Magnesii sulfatis 5,0
Ol. Menthae piperitae qtt. III
Sirupi Simplicis 15,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
 
Tayyor   bo’lgan   qaynatmada   magniy   sulfat   eritiladi   va   unga   sharbat,   yalpiz   moyi
aralashmasi qo’shiladi.
Rp.: Decocti corticis quercus 10,0—15,0
Aluminis 2,0.
Glycerini 15,0.
M.D.S. ogizni chayish uchun.
  Suzilgan   va   sovitilgan   qaynatmaga   glitserin   eritmasi   aralashtiriladi   hamda   suvda
eritilgan   achchiqtosh   tol koni   qo’shiladi.   Achchiqtoshni   oldin   qo’shish   oshlovchi
moddalarning cho’kmaga tushishiga sabab bo’ladi.
Asosiy adabiyotlar:
Maxmudjonova   K.S.,   Shodmonova   SH.N.,   Shoraximova   M.M.,   Rizaeva   N.M.
10 Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.
Miralimov   M.M.,   Mamatmusaeva   Z.YA.,   Abdullaeva   X.K.,   Azimova   N.
“Farmatsevtik   texnologiya   asoslari”   fanidan   amaliy   mashg‘ulot   uchun   uslubiy
qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.
Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.-  1 (287 b.), 2
(334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
Jones   David.   Pharmaceutics   Dosage   Form   and   Design.-   Pharmaceutical   Press.-
London.-2008.-286 p.
Ллойд   В.   Аллен,   Гаврилов   А.С.   Фармацевтическая   технология   изготовления
лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.
Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xаlков.-  2002.-704  с .
Mirziyoev   SH.M.   Erkin   va   farovon   demokratik   O'zbekiston   davlatini   birgalikda
barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.
Mirziyoev   SH.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta'minlash   yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.
Mirziyoev   SH.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan   birga
quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.
O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   7   fevraldagi   “O'zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-
4947-sonli  Farmoni. O'zbekiston  Respublikasi  qonun hujjatlari  to'plami, 2017 y., 6-
son, 70-modda
Краснюк   И.И.,   Михайлова   Г.И.,   Мурадова   М.И.   Фармацевтическая
технология.- Москва.-2011.- 559 с.
Синев   Д.Н.,   Марченко   Л.Г..   Синева   Д.Т.   Справочное   пособие   по   аптечной
технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.
Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079
11 с.
Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333
с.), 1989 (397 с.).
12 Internet saytlari:
www.ziyonet.uz
www.nuph.edu.ua
www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology
www.rzgmu.ru
www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml
www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php
13

Mavzu:Suvli ajratmalar. Alkaloidlar o’simliklarda asos holida bo’ladi. Tuz holidagi alkaloidlar suvda yaxshi eriydi. Asos holidagi alkaloidlarni eruvchanligini oshirish uchun tuz holiga o’tkaziladi va bu maqsadda 0,83% xlorid kislotasi 1% limon kislotasi va vino kislotasidan foydalaniladi. Xin o’simligi po’slog’idan damlama tayyorlashda boshqalarga nisbatan 0,8% xlorid kislotasidan foydalangan ma’kul. SHoxkuyadan damlama tayyorlanganda shu kislotadan xom ashyo tarkibidagi alkaloid miqdoriga 4 barobar ko’p miqdorda qo’shiladi. SHoxkuyadan (sporыnya) suvli ajratma olish uchun A. L. Ledneva ko’rsatmasi bo’yicha qaynayotgan suv hammomiga 30 min davomida qo’yiladi va tezlik bilan sovutiladi , chunki shoxkuya alkaloidlari issiqlikka chidamli emas. Shuning uchun ham shoxkuyadan damlama emas, qaynatma tayyorlanadi. SHoxkuyaning yangi maydalangani ishlatilishi kerak, chunki uni tarkibidagi yog’lar tez achish xususiyatiga ega. Termopsis o’simligidan damlama tayyorlashda uning tarkibidagi alkaloidni tuz holiga o’tkazish shart emas, chunki bu o’simlikda alkaloidlar asos holdagisi ham, tuz holdagisi ham suvda yaxshi eriydi. Agar o’simlik XI DF da ko’rsatilgan miqdordan ya’ni 1,5% dan ko’p alkaloid saqlasa, olingan o’simlik miqdori quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi: Masalan: 200 ml termopsis damlamasi tayyorlash kerak bo’lsin. Rp.: Infusi herbae Thermopsidis 200 ml D.S. bir osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.

O’simlik o’z tarkibida 1,6% alkaloid saqlaydi. Buning uchun o’simlik miqdori topiladi. Termopsis 1:400 nisbatda tayyorlanadi. 200 ml damlama uchun 0,5 g olish kerak. Alkaloid miqdori ko’p bo’lgani uchun bu miqdor qaytadan hisoblanadi. 0,5 — olinishi kerak bo’lgan o’simlik miqdori. 1,5% — DF bo’yicha o’simlik saqlash kerak bo’lgan miqdor. 1,6% — o’simlik saqlagan alkaloid miqdori. 0,47 — qaytadan hisoblangan o’simlik miqdori. Agar o’simlik 1,5% dan kam alkaloid saqlasa, bunday xom ashyodan damlama va qaynatma tayyorlanmaydi. Alkaloid saqlagan o’simliklardan suvli ajratma tayyorlashda qo’shiladigan kislota miqdori xom ashyo tarkibidagi alkaloidlar miqdoriga teng miqdorda olinadi. 100,0 — 1,6 0,47 — x x = 0,0075 g alkaloid 0,83 — 100,0 0,0075 — x x = 0,9 ml suyultirilgan xlorid kislota kiritiladi. 2

Hisoblash: Termopsis o’ti (1 : 400) – 0,5 g Xlorid kislota eritmasi (1 : 10) – 0,9 ml (18 tomchi) alk. DF X buyicha 1,5% 1,5 – 100 x – 0,5 x = 0,0075 g (alkaloid) 0,83 – 100 0,0075 – x x = 0,9 ml (18tomchi) Tozalangan suv – 200 ml Um. hajmi – 204 ml Termopsis o’ti tarkibida alkaloid bo’lib, kuchli ta’sir etuvchi dorivor o’simliklar guruhiga kiradi. DF X ko’rsatmasiga binoan 1,5% alkaloid saqlaydi. SHifokor ko’rsatmasi bo’lmaganda 1 : 400 nisbatda damlama tayyorlanadi. Tayyorlash: Infundir stakaniga 0,5 g, 5 mm gacha maydalangan termopsis o’ti solinadi. Ustiga 200 ml tozalangan suv va 0,9 ml (18 tomchi) 1 : 10 nisbatdagi xlorid kislota eritmasi qo’shiladi, so’ngra qaynab turgan infundir apparatida 15 daqiqa damlab quyiladi, vaqti - vaqti bilan aralashtirib turiladi. Keyin 45 daqiqa xona haroratida sovutiladi. Ikki qavatli dokadan o’tkazib, qoldiq siqiladi. Damlama hajmi 200 ml ga etkaziladi. “Ichish uchun” yoki “Mikstura”, “Salqin joyda saqlansin”, “Ishlatishdan oldin chayqatilsin” yorligi bilan jihozlab bemorga beriladi. Yurak glikozidlari saqlovchi o’simliklardan ajratma tayyorlash Rp.: Jnfusi rhizoma et radicibus Valerianae ex 6,0 — 100,01 – 400 x - 200 3

D.S. Ko’rsatilgan miqdordagi damlama yoki qaynatma olish uchun kerak bo’lgan suv miqdorini topish uchun o’simlik xom ashyosi gramm miqdorini suv shimish koeffitsientiga ko’paytirib, dorixatda ko’rsatilgan suv miqdoriga qo’shish kerak. Masalan: yuqoridagi dorixat uchun: 100 q (2,9 * 6) = 100 q 17,4 = 117,4 ml suv. Bu erda 2,9 valeriana ildizining suv shimish koeffitsienti. Tarkibida yurak glikozidlari yoki alkaloid saqlagan xom ashyodan damlama tayyorlanganda qo’llaniladigan o’simlik qismida belgilangan miqdorda alkaloid bo’lishi va yoki belgilangan biologik ta’sirga ega bo’lishi kerak. Xom ashyo tarkibidagi alkaloid miqdori yoki biologik ta’sir darajasi belgilangan miqdordan yuqori bo’lsa, uni miqdori quyidagi hisob bo’yicha olinadi. X — dorivor o’simlikni xom ashyosidan olish kerak bo’lgan miqdori; A — dorivor o’simlik xom ashyosini yozilgan miqdori; B — aniqlangan alkaloid yoki biologik ta’sir darajasi miqdori; V — xom ashyo tarkibidagi glikozid va alkaloidlarni standart miqdori; Xom ashyo tarkibidagi glikozid yoki alkaloid miqdori belgilangandan kam. VIII DF damlamalar — xom ashyoga sovuq suv solib qaynab turgan suv hammomida 15 min damlash bilan tayyorlangan bu usul XI DF da ham qabul qilingan, 15 min qizdirish umuman kam hisoblanadi, chunki bunda xom ashyo endigina yumshab , ta’sir etuvchi moddalar qisman ajragan bo’ladi. Ajratmaning harorati asta-sekin ko’tarilib borgani uchun proteinlar, elimli va pektin moddalar ham bo’kmasdan eritmaga o’tad33i. Rp.: Infusi herbae Adonis vernalis 90 ml Natrii bromidi 2,0 Tincturae Valerianae 3ml 4

M.D.S.. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin. Hisoblash: Bahor adonisi o’ti (1 : 30) – 3 g 1 – 30 x – 90 x = 3 g S.SH.K. = 2,8 Natriy brom – 2 g Valeriana nastoykasi – 3 ml Tozalangan suv – 98,4 ml 90+(3 x 2,8)=98,4 um. hajmi – 93 ml Yurak glikozidi saqlovchi dorivor o’simlik xom ashyolaridan damlama tayyorlaganda shifokor tomonidan mahsulot miqdori ko’rsatilmagan bo’lsa 1 : 30 nisbatda olinadi. Tayyorlash: Infundir stakaniga 3 g 5 mm gacha maydalangan bahor adonisi o’tidan olinadi va uni ustiga 98,4 ml tozalangan suv quyiladi. So’ngra qaynab turgan infundir apparatiga 15 daqiqa damlab quyiladi va vaqti - vaqti bilan aralashtirib turiladi. Keyin 45 daqiqa xona haroratida sovutiladi, 2 qavatli dokadan o’tkazib, qoldiq siqiladi. Undan keyin damlamada 3 g natriy brom eritib, qayta suziladi va damlama hajmi 90 ml ga etkaziladi. Oxirida 3 ml valeriana nastoykasi qo’shiladi. So’ngra jihozlab bemorga beriladi. “Ichish uchun”, “Salqin joyda saqlansin”, “Ishlatishdan oldin chayqatilsin” yorliqlar bilan jihozlanadi. Antraglyukozid saqlovchi o’simliklardan qaynatma tayyorlash Antroglyukozid saqlovchi o’simliklardan (ravoch ildizi, sano bargi, frangula 5