Tа’lim muаssаsаsini bоshqаrishgа dоir mе’yoriy-huquqiy hujjаtlаr Maktab nizomi, Ustavi, Maktab ish rejasi(istiqbolli, yillik, joriy ish rejalar)si
MAVZU: Tа’lim muаssаsаsini bоshqаrishgа dоir mе’yoriy-huquqiy hujjаtlаr: Maktab nizomi, Ustavi, Maktab ish rejasi(istiqbolli, yillik, joriy ish rejalar)si . MUNDARIJA I.Umumiy qoidalar ....................................................................................................................................... 2 II. Ta’lim-tarbiya jarayonining tuzilishi va uni tashkil qilish ........................................................................... 3 III. O‘quvchilar .............................................................................................................................................. 6 IV. Pedagogik xodimlar ................................................................................................................................. 8 V. Umumta’lim maktabini boshqarish .......................................................................................................... 8 1
O‘zbekiston Respublikasining umumta’lim maktabi to‘g‘risida NIZOM I.Umumiy qoidalar 1. O‘zbekiston umumta’lim maktabi o‘z faoliyatida “Ta’lim to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga , shu qonunga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonunchilik hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi. 2. Umumiy ta’lim maktabi uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga davlat umumta’limi andozalari doirasida bepul umumiy ta’lim olishning kafolatlangan huquqi va imkoniyatini beradi. 3. Umumta’lim maktabi faoliyati demokratiya va insonparvarlik, hammaboplik, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, xalqning ilmiy va madaniy an’analari, o‘qitishning dunyoviy xarakteri, siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlar ta’siridan xolilik, iqtidor va ilmni rag‘batlantirish, o‘quvchi va pedagog shaxsini hurmat qilish tamoyillari asosiga quriladi. 4. Umumta’lim maktabining asosiy maqsadi – o‘quvchilarni har tomonlama rivojlangan, madaniyatli shaxs sifatida shakllantirish, shuningdek, jamiyatda o‘zlarining mustaqil o‘rnini topish, ongli ravishda ta’lim va kasblar bo‘yicha dasturlarni tanlash, ularni o‘zlashtirish uchun asos yaratish, jamiyat, oila va davlat oldida o‘z mas’uliyatlarini his qila oladigan shaxslarni tarbiyalashdan iboratdir. 5. Umumta’lim maktabi ta’lim-tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda amalga oshiradi, o‘quvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan, ularning o‘z ustida mustaqil ishlashlari hamda qo‘shimcha bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratilishini ta’minlaydi. 6. Maktab ta’lim oluvchilarning ilmiy bilimlar, ishbilarmonlik asoslarini, mehnat va boshlang‘ich kasb ko‘nikmalarini egallashlarini, shuningdek, ularning o‘ziga xos qobiliyatlari va axloqiy sifatlarini rivojlantirishni ta’minlaydi. 7. Maktab fuqarolarning milliy-madaniy ehtiyojlarini qondirishda ko‘maklashishga, milliy qadriyatlarning tiklanishiga, barcha millat vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalashga, yoshlarda fuqarolik tuyg‘usini shakllantirishga, ularni mustaqil hayotga tayyorlashga da’vat etilgan. 8. Davlat maktab faoliyati va uni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy asosini kafolatlaydi, uning moddiy-texnik, moliyaviy va boshqa ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlaydi, ilmiy-texnika va ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liq ravishda o‘zgaruvchan ta’lim andozalarini, barcha turdagi umumta’lim maktablarida ta’lim darajali va o‘quv soatlari hajmiga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi. 2
9. Umumta’lim maktabi mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, to‘rtburchakli shtampga va belgilangan namunadagi peshlavhaga ega bo‘ladi. 10. Maktab hokimiyat va boshqaruv organlari, ota-onalar va pedagogik jamoatchiligi oldida shaxsning ta’limga bo‘lgan konstitutsion huquqining amalga oshirilishi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning tanlangan shakllari o‘quvchilar yoshining ruhiy-fiziologik xususiyatlariga, sog‘liqni saqlash talablariga muvofiq kelishi, o‘quvchilar tomonidan o‘quv materiallarining qo‘yilgan talablar asosida sifatli o‘zlashtirilishi uchun mas’uldir. II. Ta’lim-tarbiya jarayonining tuzilishi va uni tashkil qilish 1. Umumiy ta’lim maktabi o‘qitish jarayonini o‘quvchilarni rivojlantirish umumta’lim dasturlarining uch bosqichi darajasiga muvofiq amalga oshiradi: I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (4 yil); II bosqich – tayanch ta’lim (5 yil); III bosqich – o‘rta ta’lim (2-3 yil). 2. Turli bosqichdagi maktablar, shuningdek, kechki maktablar mahalliy sharoitlarni hisobga olgan alohida yoki yagona kompleks tashkil qilinishi va joylashtirilishi mumkin. Kechki maktablarni tashkil qilish uchun o‘quvchilar soni yetarli bo‘lmagan taqdirda yoshlar uchun umumiy ta’lim maktabi negizida kunduzgi sinflar va sirtqi guruhlar ochilishi mumkin. 3. Zarurat bo‘lganda va kerakli shart-sharoitlar yaratilgan maktablar qoshida o‘quvchilar uchun tegishli shtat bilan internat (yotoqxonalar)lar, ixtiyoriylik asosida butlanadigan kuni uzaytirilgan yoki bir kunlik guruhlar tashkil qilinadi. 4. Boshlang‘ich ta’lim (I bosqich) o‘qish, yozish, hisoblash, o‘quv faoliyatining asosiy bilim va ko‘nikmalari, nazariy fikrlash elementlari, nutq va xulq madaniyati asoslarini egallashni hamda shaxsiy gigiyena va sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga da’vat etilgan. Boshlang‘ich ta’lim tayanch ta’lim olish uchun asos hisoblanadi. 5. Birinchi sinfga 6-7 yoshga to‘lgan, ta’lim olish uchun ruhan va jismonan tayyor bo‘lgan, 5 va 6 yoshligida tibbiy-pedagogik komissiya va maktab ruhshunoslik xizmati ko‘rigidan o‘tgan bolalar qabul qilinadi. Bolalarni qabul qilish, odatda, o‘quv yili boshlangunga qadar amalga oshiriladi va maktab bo‘yicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi. 6. Tayanch ta’lim (II bosqich) o‘quvchi shaxsining shakllanishi, uning ijtimoiy o‘zligini anglashga bo‘lgan istagi, qiziqishi va qobiliyatini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi. Tayanch ta’lim o‘quvchilarni o‘rta ta’limning 3
xilma-xil turlarini tanlashga tayyorlaydi va mustaqil hayotga to‘la ma’noda qo‘shilish uchun zarur bo‘lgan umumiy ta’lim poydevorini yaratadi. 9-sinf hajmidagi tayanch ta’lim majburiydir va u o‘quvchilarga o‘rta ta’lim muassasalarida, III bosqichdagi o‘rta ta’limlarda, turli xil hunar hamda o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olishni davom ettirish, xuddi shu kabi mehnat faoliyatini boshlab hamda uni istagi bo‘lgan taqdirda kechki (smenali) o‘rta umumta’lim maktablarida, kattalarga ta’lim berish markazlarida o‘qishni davom ettirish imkoniyati bilan uyg‘unlashtirish huquqini beradi. 7. O‘rta ta’lim (III bosqich) o‘quvchilarga tabaqallashtirilgan va uyg‘unlashtirilgan fanlar asosida umumiy o‘rta ta’lim berish jarayonini yakunlaydi. Asosiy fanlardan tashqari, o‘quvchilar xohish-istaklari va qiziqishlarini hisobga olib, ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha fanlarni o‘qitishni tashkil qiladi. III bosqich maktablariga o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi. (Maktab (pedkengashi) kengashi qaroriga ko‘ra kirish imtihonlari, test sinovlari yoki suhbat o‘tkaziladi). Tegishli imkoniyatlar bo‘lgan taqdirda Maktab (pedkengashi) kengashi o‘quvchilarning talab va istaklarini hisobga olgan holda maktabda bir yoki bir nechta kasbga yo‘naltiruvchi ta’limni joriy etish haqida qaror qabul qilishi mumkin (umumiy, ijtimoiy, fizika-matematika, Kimyo-biologiya, texnika, qishloq xo‘jaligi, badiiy yo‘nalishdagi va boshqalar). Bu holatda mehnat tayyorgarligi ta’lim ixtisosi, milliy va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda tashkil qilinadi. Maktab (pedkengash) kengashi qaroriga ko‘ra u hamma o‘quvchilar uchun shart bo‘lmagan kasb ta’limi shaklida bo‘lishi mumkin. 8. Yangi turdagi o‘quv muassasalari (gimnaziya, litsey, iqtidorli bolalar maktablari va boshqalarga) ga o‘quvchilar ularning ustavlari talablariga muvofiq qabul qilinadi. 9. O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar umumiy ta’lim maktablariga umumiy asoslarda shartnomalar va bitimlar bilan belgilangan tartibda qabul qilinadilar. Hukumatlararo tuzilgan madaniy, ilmiy hamkorlik bitimlari va rejalari asosida umumiy ta’lim maktablariga qabul qilingan xorijiy fuqarolar, agar bitim bilan boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, respublika qonunlarida va mazkur Nizomda belgilangan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlar oladilar. 10. Maktabdagi ta’lim-tarbiya ishlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi. O‘quv-tarbiya jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan tegishli davlat ta’limi andozalari darajasiga muvofiq o‘quvchilarga 4
ta’lim beradigan, pedagogik jihatdan asoslangan o‘quv rejalari, dasturlari, vositalari va uslublari o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan tanlab olingan asosga quriladi. 11. Umumiy o‘rta ta’limning ochiqligi va ko‘p variantliligi, milliy va mintaqaviy an’analar hamda o‘ziga xosligiga yo‘naltirilganligi ta’lim mazmunini quyidagi tizimda shakllantirish orqali ta’minlanadi: davlat tayanch komponenti (Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi); maktab komponenti (xalq ta’limini boshqarish mahalliy organlari bilan kelishgan holda Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan belgilanadi). 12. Davlat majburiy talablari doirasida o‘quv dasturini o‘zlashtira olmagan o‘quvchilarga yordam ko‘rsatish uchun Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan I va II bosqich sinflarida qo‘shimcha o‘qitish, pedagogik qo‘llab-quvvatlashning turli shakllari (umumiy soni 15 o‘quvchidan ko‘p bo‘lmagan korreksiya sinflari, tenglashtiruvchi sinflar va hokazo) tashkil etilishi mumkin, rivojlanishida jismoniy va ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan I-II bosqichdagi maktablarning maxsus sinflari va maxsus umumta’lim muassasalari tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi. Bolalar salomatligini tiklash sanatoriya turidagi muassasalarda amalga oshiriladi. 13. O‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish shtatli yoki maktabga maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimi tomonidan bajariladi. U ma’muriyat bilan bir qatorda bolalarning sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi uchun mas’uldir. U tor doirasidagi mutaxassislar yordamida bolalar salomatligini yillik tekshiruvdan o‘tkazadi, davolash-profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi, sanitariya-gigiyena normalariga, maktab o‘quvchilari ovqatlanishining tartibi va sifatiga, jismoniy va aqliy nagruzkalar o‘lchovlariga rioya qiladi. Maktablarda ta’lim jarayonini ruhiy ta’minlashni ruhshunoslar amalga oshiradilar. 14. Ta’limning II va III bosqichlarida o‘qishlar imtihonlar bilan yakunlanadi. Maktabda sinfdan-sinfga ko‘chirish imtihonlari Xalq ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i bilan belgilanadi. 15. O‘quvchilarni imtihonlarga kiritish, sinfdan-sinfga ko‘chirish va maktabni bitirish Xalq ta’limi vazirligining Yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. 16. O‘quvchilar tibbiy komissiya xulosasiga asosan kasalligi tufayli sinfdan-sinfga ko‘chirish va bitirish imtihonlaridan ozod qilinishi mumkin. Imtihonlardan ozod etishga huquq beradigan kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston 5