logo

Ta’lim muasasasasi menejmenti

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

78.5888671875 KB
Mavzu: Ta’lim muasasasasi menejmenti
REJA:
1. Bosh q arishning mo h iyati va tuzilishi
2. Ta’lim tizimini bosh q arishning ma q sadi
3. Ta’lim tizimini boshqarish vazifalari va turlari
4.  Pеdаgоgik Kеngаsh – tа’lim muаssаsаsining bоshqаruv оrgаni.
5. Dirеktоr vа uning o`rinbоsаrlаri vаzifаlаri.
  Avvalo   ta’lim   tizimiga   to`xtalib   o`tsak.   “Ta’lim   to`g`risida”gi   Qonunning   2
bolimi   “Ta’lim   tizimi   va   turlari”   deb   nomlanadi   va   unga   ko`ra:   O’zbekiston
Respublikasining ta’lim  tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi 1
:
• davlat   ta’lim   standartlariga muvofiq   ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat   va
nodavlat ta’lim muassasalari;
• ta’lim tiziminingfaoliyat ko’rsatishi va   rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan
tadqiqot mshlarini bajaruvchi ilmiy- pedagogik muassasalar;
• ta’lim   soxasidagi   davlat   boshqaruv   organ lari,   shuningdek   ularga   qarashli
korxonalar,
muassasalar va tashkilotlar.
O’zbekiston Respublikasining ta’lim  tizimi yagona va uzluksizdir.
Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo`lgan jarayon emas. Balki  ijtimoiy
sohalar,   shuningdek,   ta’lim   tizimida   ham   boshqarishni   to`g`ri   tashkil   etilishi   juda
muhim.
Hozirgi   paytda   yagona   pedagogik   jarayonni   boshqarishga   ilmiy   yondashish
harakati   kuchaydi.   Bu   esa   intellektual   salohiyati     yuqori   kadrlarni   shakllantirish
uchun o`ta muhim hisoblanadi.
Avvalo,   boshqarishning   ijtimoiy   mohiyatini   anglab   olaylik.   Boshqarish
ma’lum bir ob’ektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko`rsatish demakdir.
Ta’lim   muassasasining   pedagogik   faoliyatini   boshqarish   ta’lim   muassasasining
faoliyat   xususiyatiga   ko`ra   pedagogik   jarayonini   rejalashtirish,   tashkil   etish,
rag`batlantirish,   natijalarni   nazorat   va   tahlil   qilish   maqsadida   amalga   oshiriluvchi
boshqaruv faoliyatidir.
Bugungi   kunda   pedagogika   faniga   ta’lim   muassasalarini   boshqarish   bo`yicha
yangidan-yangi   tushunchalar   kirib   kelyapti,   ularning   mohiyati   avvalgilardan   ham
teranroqdir.   Masalan,   «ta’sir   etish»   tushunchasining   o`rniga   «o`zaro   harakat»,
«hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo`llanilmoqda.
1
  O’zbekiston   Respublikasining   «Ta`lim   to’g’risida»gi   Qonuni.   Barkamol   avlod   –O’zbekiston   taraqqiyotining   poydevori.T.,
«Sharq», 1998y. Ta’lim   muassasalarini   boshqarish   nazariyasi   ta’lim   muassasalarining   menejmenti
nazariyasi   bilan   boyitildi.   Menejment   nazariyasi   xodimlarga   nisbatan   ishonch,
ularning   unumli   mehnat   qilishlari   uchun   sharoit   yaratish   hamda   o`zaro   hurmat
bilan tavsiflanadi.
Xo`sh, menejment va menejer atamalarining asl mohiyati nimani anglatadi?
Biz   ushbu   tushunchalarning   mohiyati,   ta’lim   muassasida   davlat-jamoa
boshqaruvining   pedagogik-psixologik   asoslarini   tushunishimizda   ushbu
yo`nalishda   tadqiqot   olib   borgan   pedagog   R.Ahliddinovning   qarashlari   alohida
diqqatga sazovor.
Menejment  deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning
ishigina   tushuniladi.   Boshqarishga,   shuningdek,   murabbiylik   ishi   ham   taalluqli
hisoblanadi.   Menejment   (yoki   boshqarish)   mavjud   minimal   imkoniyatlardan
maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish,
ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida so`z
yuritilganda,   O`zbekiston   Respublikasining   «Kadrlar   tayyorlash   Milliy
dasturi»ning 4.6-bandida so`z yuritilayotgan jarayonning mohiyati  haqida batafsil
to`xtalib   o`tilganligini   alohida   ta’kidlash   zarur.   Ushbu   hujjatda   qayd   etilicha,
ta’lim muassasasi menejmentida quyidagi holatlar nazarda tutiladi:
- uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim
muassasalarini   tarkibiy   jihatdan   o`zgartirish   va   ularni   izchil   rivojlantirish   davlat
yo`li bilan boshqarib borilishi;
- barcha   darajadagi   ta’lim   boshqaruv   organlarining   vakolat   doiralari
«Ta’lim to`g`risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi;
- ta’limning normativ-huquiy bazasi rivojlantiriladi;
- moliya-xo`jalik   faoliyatini   olib   borish   hamda   ta’lim   jarayonini   tashkil
etishda o`quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi;
- ta’lim   muassasalari   O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi
tomonidan   belgilangan   tartibda   attestatsiyadan   o`tkaziladi   hamda
akkreditatsiyalanadi.   Akkreditatsiya   yakunlariga   ko`ra   ta’lim   sohasida   faoliyat
ko`rsatish huquqi beriladi; - muassis   tashkilotlarning,   mahalliy   hokimiyat   organlarining,   savdo-
sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o`z
ichiga   oluvchi   vasiylik   va   kuzatish   kengashlari   tizimi   orqali   ta’lim
muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.
Bundan tashqari, olimlar ta’lim menejmetining bir qator o`ziga xos xususiyatlarga
ega   ekanligini   ham   ta’kidlab   o`tishadi.   Ular   orasida   quyidagi   xususiyatlar   asosiy
hisoblanadi:
- ta’lim   menejmenti   «maqsadga   muvofiqlik»   so`zi   bilan   aniqlanadigan
ma’naviy o`lchovga ega;
- ta’lim menejmenti – bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o`rtasidagi
o`zaro munosabatlar katta rol o`ynaydi);
- menejment   mazmunida   o`z   aksini   topadigan   shaxs,   davlat   va   jamiyat
manfaatlarining o`zaro dialektik birligi;
- ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.
Yuqoridagilardan   ko`rinib   turibdiki,   endilikda   ta’lim   tizimini   davlat   tomonidan
boshqarishdan   davlat-jamoatchilik   boshqaruviga   o`tiladi.   Davlat-jamoatchilik
boshqaruvining   maqsadi   –ta’lim   muassasalarining   dolzarb   masalalarini   davlat   va
jamoatchilik   hamkorligida   hal   qilish,   o`qituvchilar,   o`quvchilar   hamda   ota-
onalarga   ta’lim   dasturlarini,   turlarini,   ta’lim   muassasalarini   tanlashda   huquq   va
erkinlik berishni kengaytirishdan iborat.
Xalq   ta’limi   Vazirligi,   Oliy   va   o`rta   maxsus   ta’lim   Vazirligi   O`zbekiston
Respublikasida   ta’limni   boshqarishning   davlat   yuqori   organlari   hisoblanadi.
Vazirliklar o`zini vakolatlik doirasida:
- ta’lim   sohasida   yagona   davlat   siyosatini   ro`yobga   chiqaradi;   ta’lim
muassasalari   faoliyatini   muvofiqlashtiradi   va   uslub   masalalarida   ularga   rahbarlik
qiladi; 
- davlat   ta’lim   standartlari,   mutaxassislarining   bilim   saviyasi   va   kasbiy
tayyorgarligiga bo`lgan talablarning bajarilishini ta’minlaydi;  - o`qitishning   ilg`or   shakllari   va   yangi   pedagogik   texnologiyalarni,
ta’limning   texnik   va   axborot   vositalarini   o`quv   jarayoniga   joriy   etadi,   o`quv   va
o`quv-usulbiy adabiyotlarni yaratadi va nashr etishni tashkil qiladi;
- ta’lim   oluvchilarning   yakuniy   davlat   attestatsiyasi   va   davlat   ta’lim
muassasalarida eksternat to`g`risidagi nizomlarini tasdiqlaydi;
- davlat   oliy   ta’lim   muassasasining   rektorini   tayinlash   to`g`risida
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
- pedagog   xodimlarni   tayyorlash,   ularning   malasini   oshirish   va   qayta
tayyorlashni tashkil etadi.
Maktabni boshqarish ishiga maktab inspeksiyasi, ya’ni, vazirliklar va xalq ta’limi
bo`limlarining   maktab   inspektorlari   xizmati   yordam   beradi.   Ular   maktab
faoliyatini   o`rganadi,   ta’lim-tarbiya   jarayonining   natijalarini   tahlil   qiladi,   ilg`or
tajribalarini   aniqlaydi   va   ularni   ommalashtirish   chora-tadbirlarini   belgilaydi,
kamchiliklarni anihlab, ularni bartaraf etish yo`llarini izlaydi, maktab direktori va
o`qituvchilarga metodik va moddiy yordam ko`rsatadi.
Ta’lim   tizimini   jamoatchilik   asosida   boshqarish   o`qituvchilar,   o`quvchilar,   ota-
onalar   va   jamoatchilik   vakillaridan   iborat   pedagogik   Kengashning   umumiy   o`rta
ta’lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishga yo`naltirilgan faoliyatidir. 
Bir   yilda   bir   marta   o`tkaziladigan   maktab   konferensiyasi   ham   jamoatchilik
boshqaruviga   kiradi.   Konferensiyada   maktab   Kengashi,   uning   raisi   saylanadi,
maktabning Ustavi qabul qilinadi.
Davlat   ta’lim   muassasalari   bilan   bir   vaqtda   nodavlat   ta’lim   muassasalarining
faoliyat   ko`rsatishi   ham   ta’limni   boshqarishning   jamoatchilik   xarakterini
ifodalaydi.
Хаlq tа’limi Vаzirligining mаhаlliy оrgаnlаri quyidаgilаr sаnаlаdi: 
Xalq ta'limi Vazirligining mahalliy organlari
Xalq ta'limi viloyat 
boshqarmasi Shahar xalq ta'limi 
bo`limi Tuman xalq ta'limi 
bo`limi
2-36 - chizma. Xalq ta'limi Vazirligi tasarrufidagi mahalliy organlar Umumiy   o`rta   ta’lim   maktabi,   akademik   litsey   va   kasb-hunar   kollejlari
haqidagi   Nizom,   ta’lim   muassasasalarining   Ustavi   –   ta’lim   muassasalarini
boshqarish   va   unga   rahbarlik   qilishning   asosiy   hujjati .   O`zbekiston
Respublikasining   «Umumiy   o`rta   ta’lim   to`g`risida»gi   Nizomi   O`zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   1998   yil   13   maydagi   203-sonli   qaroriga
muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizomda quyidagi masalalar yoritilgan:
1. Umumiy qoidalar.
2. Umumiy o`rta ta’limning maqsadi va vazifalari.
3. Umumiy o`rta ta’limni tashkil etish.
4. O`quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.
5. Pedagog   kadrlarni   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va   ularning
malakasini oshirish.
6. Umumiy o`rta ta’limni boshqarish.
7. Mablag` bilan ta’minlash va moddiy-texnika ta’minoti.
8. Xalqaro hamkorlik.
Nizomga   asosan,   umumiy   o`rta   ta’limning   maqsadi   o`quvchilarni   davlat   ta’lim
standartlariga   muvofiq   o`qitish   va   tarbiyalash   hamda   shaxsning   ta’lim   olish
huquqini ro`yobga chiqarish hisoblanadi. 
Umumiy   o`rta   ta’lim   mazmunini   yoritish   Nizomning   asosiy   g`oyalaridan   biri
bo`lib,   majburiy   va  qo`shimcha   komponentlar   umumiy   o`rta  ta’lim   mazmunining
asosini tashkil etadi. 
Majburiy   komponent   davlat   ta’lim   standarti   bilan   belgilanadi   va   o`quvchilarni
tayyorlashning   o`rta   maxsus   va   kasb-hunar   ta’limi   muassasalarida   bilimlar
asoslarini   yanada   puxta   o`rganish   va   kasb   egallash   uchun   yetarli   bo`lgan   zarur
darajasini belgilaydi. qo`shimcha   komponent   o`quvchining   ehtiyojlari   va   qobiliyati,   maktabning
moddiy-texnika   va   kadrlar   bilan   ta’minlanganlik   darajasidan   kelib   chiqib
belgilanadi.   qo`shimcha   o`quv   yuklanmalarining   hajmi   O`zbekiston   Respublikasi
Xalq   ta’limi   Vazirligining   Sog`liqni   saqlash   vazirligi   bilan   kelishilgan
normativlariga   muvofiq   belgilanadi.   O`quvchilar   bilim   sifati   va   ta’lim
natijalarining   davlat   ta’lim   standartiga   muvofiqligini   nazorat   qilishni   ta’minlash
uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat bilan birga bosqichli nazorat o`tkazish ham
nazarda tutiladi.
Bosqichli   nazorat   o`quv   yili   tamom   bo`lgandan   keyin   imtihonlar,   test   sinovlari,
sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlandi va o`quvchini
navbatdagi sinfga o`tkazish to`g`risidagi qaror qabul qilinadi.
Maktabga   bevosita   rahbarlik   boshqarishning   yuqori   organlar   tomonidan
tayinlanadigan   direktor,   davlatga   qarashli   bo`lmagan   ta’lim   muassasalarida   esa
muasssis tomonidan amalga oshiriladi. 
O`zbekiston   Respublikasida   umumiy   o`rta   ta’lim   xalqaro   hamkorlik   asosida   ham
tashkil   etiladi.   «Umumiy   o`rta   ta’lim   to`g`risida»gi   Nizomning   sakkizinchi
bo`limida qayd etilganidek, umumiy o`rta ta’limni boshqarish organlari va ularning
mahalliy   organlari   sanalgan   ta’lim   muassasalari   halqaro   hamkorlikni   pedagogik
axborot   va   tajriba   almashish,   pedagog   xodimlarning   tajriba   o`rganish   va   malaka
oshirish maqsadida progressiv xalqaro jamg`armalar va tashkilotlarning grantlarini
olish   sohasidagi   davlatlararo,   hukumatlararo   va   idoralararo   bitimlar   hamda
shartnomalar asosida amalga oshiradilar. 
Mazkur   Nizom   umumiy   o`rta   ta’lim   (maktab)ni   har   tomonlama   boshqarish
mohiyatini o`zida ifoda etadi.
«Akademik   litsey   va   kasb-hunar   kollejlari   to`g`risida»gi   Nizom   O`zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   1998   yil   13   maydagi   204-sonli   qaroriga
muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizom mazmunida quyidagi maslalar yoritilgan6
1. Umumiy qoidalar.
2. O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsadi, vazifalari va uni tashkil etish. 3. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga o`quvchilarni qabul qilish, ta’lim-
tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.
4. Pedagog   kadrlarni   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va   ularning   malakasini
oshirish.
5. O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish.
6. O`rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limini   mablag`   bilan   ta’minlash   va   moddiy-
texnika ta’minoti.
7. Xalqaro hamkorlik.
Umumiy qoidalarda o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumiy o`rta ta’lim negizida
o`qitish   muddati   3   yil   bo`lgan   uzluksiz   ta’lim   tizimining   majburiy   mustaqil   turi
hisoblanishi   hamda   O`zbekiston   Respublikasining   «Ta’lim   to`g`risida»gi   qonuni
va   «Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi»ga   muvofiq   amalga   oshirilishi,   akademik
litseylar   va   kasb-hunar   kollejlarining   yuridik   shaxs   hisoblanishi,   qonunchilikda
belgilangan tartibda tashkil etilishi bayon etilgan.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining vazifalari sifatida quyidagilar belgilanadi: 
- davlat ta’lim standartlari  doirasida umumta’lim va kasb-hunar dasturini
bajarish;
- o`quvchilarning uzluksiz ta’limning keyingi bosqichida o`qishni davom
ettirish,   tanlagan   mutaxassisliklar   bo`yicha   mehnat   faoliyati   bilan   shug`ullanish
uchun   zarur   va   yetarli   bo`lgan   bilimlar   ham   kasb   tayyorgarligi   darajasini
chuqurlashtirish;
- respublika iqtisodiyotining malakali kichik mutaxassis kadrlarga bo`lgan
ehtiyojini qondirish. 
Nizomda   akademik   litseylarning   oliy   ta’lim   muassasalari   huzurida,   kasb-hunar
kollejlarining   esa   hududlarning   demografik   va   geografik   sharoitlari,   tegishli   soha
mutaxassisliklariga   bo`lgan   mahalliy   ehtiyojlarini   hisobga   olgan   holda   tashkil
etishlari ko`rsatib o`tilgan.
O`rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   muassasalarining   asosiy   vazifalari   sirasiga
o`quvchilarni   qabul   qilish,   umumiy   va   kasb-hunar   dasturlarini   amalga   oshirish, nazorat turlarini tashkil etish, kursdan-kursga, o`rta maxsus kasb-hunar ta’limining
bir turidan boshqasiga o`tkazish hamda diplom berish kabilar kiradi.
Akademik   litseylar   va   kasb-hunar   kollejlarida   pedagogik   faoliyat   bilan
shug`ullanish   huquqiga   ega   bo`lgan   sub’ektlar,   ta’lim   muassasasiga   professor-
o`qituvchilar   va   muhandis   pedagoglarni   ishga   qabul   qilish   tartibi   to`g`risidagi
ma’lumotlar berib o`tiladi.
O`rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limini   boshqarish   tartibi   akademik   litsey   va   kasb-
hunar   kollejlariga   tashkiliy,   o`quv-uslubiy   va   ilmiy   rahbarlik   qilish,   davlat   ta’lim
standartini ishlab chiqish hamda joriy etish, o`quv ta’lim va kasb-hunar dasturlarini
bir   xillashtirish,   pedagog   kadrlar   bilan   ta’minlash,   ularni   tayyorlash   va   qayta
tayyorlash tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda Oliy va o`rta
maxsus   ta’lim   vazirligi   (O`rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   Markazi),   ularning
hududiy boshqarmalari, shuningdek, ta’lim muassasasi direktori tomonidan amalga
oshiriladi.
O`rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limini   mablag`   bilan   ta’minlash   amaldagi
qonunchilikka   muvofiq   ta’minlanadi.   Ta’lim   muassasasining   moliyaviy
mablag`lari uning tasarrufida bo`ladi.
O`rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   muassasalari   belgilangan   tartibda   xorijiy
sheriklar   bilan   bitimlar   tuzish   huquqiga   ega   bo`lib,   xorijiy   mamlakatlar   uchun
mutaxassislar tayyorlashi mumkin.
Ta’lim muassasalarining faoliyati, shuningdek, me’yoriy hujjatlardan biri sanalgan
Ustav yordamida ham amalga oshiriladi. 
Ta’lim muassasining Ustavi   ta’lim muassasasi  faoliyatiga rahbarlik va boshqarish
tizimini aniqlovchi hujjatdir.
Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim jarayonining quyidagi ikki muhim tarkibiy
jihati ajratib ko`rsatiladi:
1) davlat   ta’lim   standartida   belgilangan   bilimlar   zahirasini   egallash
yo`lida amaliy harakatlarni tashkil etish tartibi;
2) bilim,   ko`nikma   va   malakalarni   hosil   qilishni   tashkil   etish
(savodxonlik, mustaqil fikrlash hamda masalalarni yecha olishga o`rgatish).   Shuningdek, ta’lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga qo`yiluvchi
talablar, o`qituvchi, o`quvchilar hamda ta’lim muassasasi rahbarlarining huquq va
burchlari ham aniq bayon etib berilgan.
Mazkur   o`quv   yurtida   o`quvchilar   ta’lim   standartlari   asosida   ta’lim   olish   uchun
intilishlari, ta’lim muassasasining pedagogik xodimlari esa yuqori darajada ta’lim
berishlari,   ta’lim   oluvchilarning   o`quv   dasturlarini   davlat   ta’lim   standartlari
darajasida   o`zlashtirishlarini   ta’minlashlari   zarur.   Ta’lim   muassasasi   rahbari
(direktori)   esa   o`quv-tarbiya   jarayonining   muvaffaqiyatli   kechishini   ta’min   etadi,
o`quv dasturlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, ta’lim-tarbiya ishlarining
sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablariga to`laqonli
rioya   etilishi,   ma’naviyat   ishlarining   samarali   tashkil   qilinishi   uchun   zarur   shart-
sharoitlarni yaratadi.
Ustavda   o`z-o`zini   boshqarish,   jamoada   o`zaro   munosabatning   o`rnini   kabi
masalalar   mohiyati   ham   yoritib   beriladi.   Chunonchi,   ta’lim   muassasasining
direktori   o`qituvchilar   bilan   baland   ovozda,   ularning   nafsoniyatiga   tegadigan
so`zlar bilan muomala qilish huquqiga ega emas. 
O`zbekiston   Respublikasida   amalda   bo`lgan   «Umumiy   o`rta   ta’lim   muassasasi
(maktabi)ning   muvaffaq   namunaviy   Ustavi»   Xalq   ta’limi   Vazirligining   221-sonli
(1998   yil   17   dekabr),   «O`rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   muassasasining   Ustavi»
esa O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5-sonli (1998 yil 5 yanvar)
qarorlari   bilan   tasdiqlangan.   Mazkur   Ustavlar   O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining   «Ta’lim   muassasasi   Ustavini   ishlab   chiqish   tartibi   to`g`risida»gi
qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Ta’limni boshqarishning vakolati mas’ul davlat
organi   tomonidan   tasdiqlanadi   va   mahalliy   davlat   hokimiyati   organlarining
idoralarida ro`yxatdan o`tkaziladi.
Ta’lim   muassasasining   Ustavida   ta’lim   muassasasining   joylashgan   o`rni,   uning
turi,   ta’lim   tili,   guruh   raqbarlari,   o`qituvchilarning   huquq   va   burchlari,   ta’lim
oluvchilar   va   ularning   ota-onalarining   huquq   va   burchlari,   shuningdek,   ta’lim
muassasasining   iqtisodiy   tuzilishi   va   xujalik   faoliyati,   boshqarish   tartibi   aniq
belgilanishi ko`rsatib berilgan. Ta’lim muassasasining Ustavi quyidagi bo`limlardan tashkil topadi:
1. Qisqacha ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlar.
2. Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari.
3. Ta’lim muassasasini boshqarish;
a)   ta’lim   muassasasini   boshqarishning   oshkoralik,   demokratik   va   o`z-o`zini
boshqarish asosida amalga oshirilishi;
b) pedagogik-jamoa Kengashi;
v) direktor, uning huquq va burchlari;
g) direktorning o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha o`rinbosarining huquq va burchlari;
d)   ma’naviyat   va   ma’rifat   ishlari   bo`yicha   direktor   o`rinbosarining   huquq   va
burchlari.
4. O`quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish:
a)   ta’lim   mazmunining  Davlat   ta’lim   standartlari   bo`yicha   ishlab   chiqilgan  o`quv
reja va dasturlari asosida belgilanishi;
b) o`quv jarayonini tashkil etish;
v) iqtidorli yoshlar bilan ishlash;
g) ishlab chiqarish amaliyotini o`tkazish tartibi;
d) qo`shimcha pulli mashg`ulotlarni joriy etish;
j)   kunlik   ish   tartibi   (seminar,   mashg`ulotlarning   davom   etishi,   tanaffuslar,   uy
vazifalarini berish tartibi  va hokazolar).
5. O`qituvchi. Huquq va burchlari.
6. O`quvchi. Huquq va burchlari. 
7. O`quv-ishlab   chiqarish   ta’limi   ustalari,   ma’muriy   va   yordamchi
xodimlarning huquq va burchlari.
8. Ota-onalar   yoki   ularning   o`rnini   bosuvchi   shaxslarning   huquqlari,
majburiyat va mas’uliyatlari.
9. Ta’lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo`jalik ta’minoti.
Ta’lim   muassasasini   boshqarishning   tamoyillari   va   vazifalari .   Har
qanday   faoliyat   singari   boshqarish   faoliyati   ham   o`z   vazifalarini   bir   qator
tamoyillarga   asoslanib   amalga   oshiradi.   Pedagogik   adabiyotlarda   ta’lim   tizimini boshqarishda asos bo`lib xizmat qiluvchi tamoyillarni ular tomonidan bajariladigan
vazifalar   (rejalashtirish,   tashkil   etish   va   nazorat   qilish)ga   tayanilgan   holda
belgilanishiga   alohida   urg`u   berilgan.   Mazkur   o`rinda   ta’lim   muassasasini
boshqarishning  har  bir  tamoyiliga  alohida-alohida  ta’rif  berishga  harakat   qilamiz.
Ta’lim   muassasasi   boshqaruv   nazariyasi   va   tarixida   boshqarishning   asosiy
tamoyillari quyidagilardir: 2-37.chizma
Pedagogik   tizimni   boshqarishni   demokratiyalash   va   insonparvarlashtirish .
Pedagogik   kadrlarni   tanlov   va   shartnoma   asosida   ishga   qabul   qilish,   qabul
qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning barcha uchun ochiq
va   tushunarli   joriy   etish,   ta’lim   muassasasi   jamoatchiligi   oldida   ma’muriyatning
muntazam hisobot berishi, o`qituvchi va o`quvchilarga ta’lim muassasasi hayotiga
oid   o`z   fikrlarini   bildirishga   imkon   berish,   ta’lim   muassasasida   demokratik
g`oyalarning ustuvor o`rin tutishini anglatadi.   
Ta’lim   tizimini   boshqarishda   shaxsga   alohida   hurmat   bilan   munosabatda   bo`lish,
unga ishonish,  pedagogik faoliyatda sub’ektning sub’ektga munosabati  darajasiga
erishish,   o`quvchi   va   o`qituvchining   huquq   va   manfaatlarini   himoya   qilish,   o`z
iste’dodlari   va   kasbiy   mahoratlarini   erkin   namoyon   etish   uchun   sharoit   yaratish
insonparvarlik tamoyiliga asoslangan boshqaruv mohiyatini anglatadi.
Boshqarishning   tizimliligi   va   yagonaligi .   Ta’lim   muassasasini   boshqarishga
nisbatan   tizimli   yondashuv   asosida   rahbar   ta’lim   muassasasini   bir   butun   yaxlit
tizim   sifatida   va   uning   belgilari   haqida   aniq   tasavvurga   ega   bo`ladi.   Tizimning
birinchi   belgisi   yagonaligi   hamda   uni   bo`laklar,   tarkibiy   qismlarga   ajratish
mumkinligidadir.   Ikkinchi   belgisi   tizimning   ichki   tuzilishining   mavjudligini
anglatadi.   Uchinchi   belgisi   tizimning   integrsiyalana   olishidir.   Tizimning   har   bir
tarkibiy qismi o`ziga xos sifatga ega bo`lgani bilan, o`zaro harakat orqali tizimning
yangi   integratsiyalana   olish   sifati   hosil   bo`ladi.   To`rtinchi   belgisi   ta’limpеdagogik tizimni boshqarishni dеmokratiyalash va insonparvarlashtirish;
boshqarishning tizimliligi va yagonaligi;
boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining ratsional 
uyg`unligi;
yakka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi;
ta'lim tizimini boshqarishda axborotlarning ob'еktivligi va to`liqligi Ta'lim muassasasini boshqarish tamoyillari muassasalarining   tashqi   muhit   bilan   chambarchas   bog`liqligidir.   Chunki   ta’lim
muassasalari   tashqi   muhitga   moslashib,   ushbu   ta’lim   jarayonini   qayta   quradi
hamda o`zining maqsadlariga erishish uchun tashqi  muhitni o`ziga bo`ysundiradi.
Boshqaruvdagi   tizimlilik   va   yagonalik   rahbar   bilan   pedagogik   jamoa   o`rtasidagi
o`zaro harakat va aloqani ta’minlaydi, bir yoqlama boshqaruvning oldini oladi. 
Boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining ratsional
uyg`unligi .   Boshqaruvni   markazlashtirish   keragidan   ortiq   bo`lganda,   albatta,
ma’muriy   boshqaruv   kuchayadi.   Bu   holat   o`qituvchilar   va   o`quvchilarning
ehtiyojlari,   talab   va   istaklarini   hisobga   olmaslikka,   rahbar   va   o`qituvchilarning
keraksiz mehnat va vaqt sarflashlariga olib keladi.
Shuningdek,   markazlashtirilmaslikka   ham   keragidan   ortiq   e’tibor   berilsa,
pedagogik tizim faoliyatining sustlashishi ko`zga tashlanadi.
Ta’lim   muassasasi   ichidagi   boshqaruvda   markazlashtirish   va
markazlashtirmaslikni   uyg`unlashtirish   ma’muriy   va   jamoatchilik   boshqaruvi
rahbarlarining   faoliyatini   jamoa   manfaatiga   qaratadi   hamda   kasb   malakasi
darajasida qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadi.
Yakka   hokimlik   bilan   jamoatchilik   boshqaruvining   birligi   tamoyili   pedagogik
jarayonni   boshqarishda   yakka   hokimlikka   yo`l   qo`ymaslikka   qaratilgan.
Boshqarish   faoliyatida   o`quvchilarning   tajribasi   va   bilimiga   tayanib,   turli
qarashlarni   taqqoslab,   oqilona   xulosalar   chiqarish   o`ta   muhimdir.   Vazifalarni
kollegial hal qilish har bir jamoa a’zosining javobgarligini yo`qqa chiqarmaydi.
O`z   navbatida   yakkahokimlikning   o`ziga   xos   jihatlari   bor.   Yakkahokimlik
pedagogik   jarayonda   tartib-intizom,   vakolat   doirasi   va   unga   amal   qilishni
ta’minlaydi.
qarorni   qabul   qilishda   kollegial   yondashuv   ma’qul   bo`lsa,   qarorning   ijrosini
ta’minlashda yakkahokimlikka bo`ysunish ma’quldir.
Ta’lim   tizimini   boshqarishning   davlat-jamoatchilik   xarakteri   ushbu   tamoyilni
amalga oshirishga sharoit yaratadi.
Ta’lim   tizimini   boshqarishda   axborotlarning   ob’ektivligi   va   to`liqligi .   Ta’lim
tizimini boshqarishning samaradorligi axborotlarning qanchalik aniq va to`liqligiga ham  bog`liq. Agar   axborotlar  aniq,  to`liq  yig`ilsa  yoki   haddan  ziyod ko`p bo`lsa,
qaror qabul qilishda chalkashlikka olib keladi.
Biz ta’lim-tarbiya jarayonida o`quvchilarning o`zlashtirishi haqidagi ma’lumotlarni
yig`amiz,   lekin   ularning   qiziqishlari,   xulq-atvori,   shaxs   sifatidagi   yo`nalishiga
e’tibor   beramiz.   Ana   shuning   uchun   ham   tarbiya   jarayonida   ko`plab   og`ishlar
kuzatiladi.
Ta’lim   muassasasining   rahbari   o`zining   faoliyatida   menejer   vazifasini   ham
bajaradi.   Shuning   uchun   u   o`z   faoliyatida   kuzatish,   anketa,   test,   instuktiv   va
metodik   materiallardan   keng   foydalana   bilishi   lozim.   Ta’lim   muassasasi
ma’muriyati maktab ichidagi axborotli boshqaruv texnologiyasini ishlab chiqish va
uni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratishi kerak.
Boshqaruv   jarayonida   axborotdan   samarali   foydalanish   ta’lim   muassasasi
faoliyatining   muvaffaqiyatli   amalga   oshirilishiga   yordam   beradi.   Ta’lim
muassasasini boshqarishda foydalaniladigan axborotlar turlichadir (38-chizma).
Axborotlar   jamg`armasini   shakllantirish   va   undan   jadal   foydalanish   boshqaruv
ishini ilmiy tashkil etishni yuksaltiradi.
Maktab ichki boshqaruvining o`ziga xosligi quyidagi vazifalarda aniq ko`rinadi:
1. Ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilish.
2.  Maqsad qo`yish va rejalashtirish.
3. Tashkil qilish.
4. Maktab ichki boshqaruvini nazorat qilish.
5. Tartibga solish.
Ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi va rivojlanishini  tahlil qilmasdan , avval
erishilgan   natijalarni   hozirgilari   bilan   taqqoslamasdan   turib,   uni   boshqarib
bo`lmaydi. 
Ta’lim   muassasasini   boshqarish   samaradorligi   rahbarning   ham,   o`qituvchilarning
ham   pedagogik   tahlil   uslubiyatini   teran   bilishlariga   bog`liq.   Agar   o`z   vaqtida,
professional   darajada   pedagogik   jarayon   to`g`ri   tahlil   qilinmasa,   jamoa   orasida
o`zaro   bir-birini   tushunmaslik,   ishonchsizlik   kelib   chiqadi.   Hozirgi   paytda
pedagogik tahlilning quyidagi uch turi mavjud: 1) kundalik tahlil;
2) tizimli tahlil;
3) yakuniy tahlil.
Kundalik   tahlil   o`quv   jarayonining   borishi   va   natijasi   haqida   har   kuni   ma’lumot
yig`ib,   undagi   kamchiliklarning   sababini   aniqlashga   qaratiladi.   Kundalik   tahlil
natijasida   pedagogik   jarayonga   o`zgartirishlar   va   tuzatishlar   kiritiladi.   Kundalik
tahlilning   predmetiga   o`quvchilarning   har   kungi   o`zlashtirish   va   intizomlari
darajasi,   ta’lim   muassasasi   rahbarining   darsga   hamda   sinfdan   tashqari   darslarga
qatnashishi, maktabning tozalik holati, shuningdek, dars jadvaliga rioya qilish kabi
holatlar kiradi.
Tizimli   tahlil   darslar   va   sinfdan   tashqari   mashg`ulotlar   tizimini   o`rganishga
qaratiladi.   Tizimli   tahlil   mazmuni   ta’lim   metodlarini   to`g`ri   uyg`unlashtirish,
o`quvchilar   tomonidan   bilimlarning   puxta   o`zlashtirilishiga   erishish,
o`qituvchilarning   sifatli   tarbiyaviy   ishlarni   olib   borishlari,   ularning   pedagogik
madaniyatini   ko`tarish   hamda   ta’lim   muassasasida   innovatsion   muhitni   tashkil
qilishda pedagogik jamoaning hissasini ta’minlash kabilardan iborat. 
Yakuniy tahlil  o`quv choragi, yarim yillik va o`quv yili yakunida amalga oshiriladi
hamda   asosiy   natijalarga   erishish   yo`llarini   o`rganishga   qaratiladi.   Yakuniy   tahlil
uchun ma’lumotlar kundalik va tizimli tahlillar, joriy va oraliq nazorat  yakunlari,
o`quvchilarning va sinf rahbarlarining hisobotlaridan olinadi.
Har   qanday   pedagogik   jarayonni   boshqarishning   asosi   maqsad   qo`yish   va
rejalashtirish dan iborat.
Boshqaruv faoliyatining maqsadi – ishning umumiy yo`nalishi, mazmuni, shakli va
metodlarini   aniqlash.   Demak,   maqsad   –   rejaning   asosi.   Boshqaruvda   asosiy
maqsad aniqlanganidan keyin, unga erishish uchun qo`shimcha maqsad qo`yiladi.
Ta’lim   muassasasini   boshqarishni   rejalashtirish   pedagogik   tahlil   asosida
belgilangan   dasturiy   maqsadga   muvofiq   qaror   qabul   qilishdir.   Bunday   qarorlar
ma’lum   bir   muddat   davridagi   ma’lumotlarni   tahlil   qilish   orqali   yoki   yakuniy
ishlarni bajarib bo`lgandan so`ng qabul qilinishi mumkin. Ta’lim   muassasasini   boshqarish   amaliyotida   rejalashtirishning   quyidagi   uchta
asosiy shakli qo`llaniladi:
1) muddatli (perspektiv);
2) yillik; 
3) yakuniy.  
Muddatli   rejalashtirish   qoidaga   muvofiq   so`nggi   yillarda   ta’lim   muassasasida
amalga   oshirilgan   ishlarni   chuqur   tahlil   qilish   asosida   bir   necha   yilga   mo`ljallab
qabul qilinadi.
Ta’lim   muassasasida   qabul   qilinishi   mumkin   bo`lgan   muddatli   reja   quyidagi
ko`rinishda bo`lishi mumkin:
1. Rejalashtirilgan muddatda ta’lim muassasasi oldiga qo`yilgan vazifalar.
2. Guruhlarning   imkoniyatlaridan   kelib   chiqib,   o`quvchilarning   yillik
o`zlashtirish darajasi muddatlari.
3. Ta’lim   jarayoniga   pedagogik   innovatsiya   (yangilik)larni   olib   kirish
muddatlari.
4. Ta’lim muassasasini pedagogik kadrlariga qo`yilgan talablar.
5. Pedagog kadrlar malakasini turli shakllar (kurslar, seminarlar, treninglar)
orqali oshirish.
6. Ta’lim   muassasasini   texnika   hamda   o`quv-metodik   (qurilish   ishlari,
axborotlashtirish,   ko`rgazmali   qurollar,   kutubxona   fondini   boyitish)   ko`lamini
rivojlantirish.
7. O`qituvchi va o`quvchilarni ijtimoiy himoya qilish.  
Y illik rejalashtirish   butun o`quv yili  hamda yozgi  ta’tilni qamrab oladi.
Yillik   rejalashtirish   o`quv   yili   davomida   amalga   oshiriladi   va   ta’lim   jarayonini
tashkil etilishi (chorak, semestr)ga qarab bir necha bosqichlarni o`z ichiga oladi.
Yakuniy   rejalashtirish   o`quv   choraklari   uchun   tuziladi,   u   bir   yillik
rejaning   aniqlashgan   ko`rinishi   hisoblanadi.   Shu   tarzda   rejalashtirishning   bunday
aniqlashgan   ko`rinishlari   o`qituvchilar,   o`quvchilar   va   ota-onalar   qo`mitasining
faoliyatini   boshqarishga   yordam   beradi.   Bu   rejalar   o`qituvchilar   va   sinf
rahbarlarining   ish   rejalari   bilan   aloqadorlikda   aniqlashtirilib   boriladi.   Umuman olganda,   boshqarish   faoliyatida   rejalashtirish   vazifasining   to`la   amalga   oshirilishi
ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligini oshiradi.
Qabul qilingan rejalarni to`liq amalga oshirish uchun tizimli harakatning
boshqaruvchilari  uning tarkibiy qismlarini  bir-biri  bilan aloqada  bo`lishini   tashkil
etish lari kerak. «Tashkil etish» tushunchasi bir qancha ma’nolarda qo`llaniladi. 
Birinchidan, baho sifatida aliy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan hamda darsdan
tashqari   tadbirlarning   uyushtirilishini   ta’minlaydigan   o`quv-tarbiya   jarayonining
maqsadida namoyon bo`ladi.  
  Ikkinchidan,   tashkil   etish   deganda   belgilangan   rejalarni   amalga   oshiruvchi,
oldinga   qo`yilgan   maqsadga   erishish   uchun   butun   pedagogik   jarayonni
boshqaruvchi   ta’lim   muassasasi   rahbarlari,   o`qituvchilar,   o`quvchilarning   o`z-
o`zini boshqarish organlari faoliyati tushuniladi.
Boshqarishni   tashkil   etuvchi   asosiy   boshqarmalar   sifatida   ta’lim   muassasasining
kengashi,   pedagogik   Kengash,   direktor   boshqaradigan   majlis,   direktor
o`rinbosarlarining   majlisi,   tezkor   yig`ilishlar,   metodik   seminarlarni   qayd   etish
mumkin.
Pedagogik Kengash faoliyati demokratik va oshkoralik tamoyillariga asoslanib olib
boriladi.   Pedagogik  Kengashlarda   anketalar,  savol-javoblar,   nazorat   ishlar,   tanlov
ishlari   ko`riladi.   Bundan   tashqari   pedagogik   Kengash   yig`ilishlarida   ta’lim
muassasasi hayoti va faoliyatiga doir dolzarb masallar hal qilinadi. Shuning uchun
pedagogik   Kengashni   turli   muhokamali,   muammoli   masalalardan   ozod   qilish
uchun   ta’lim   muassasalardan   direktor   yig`inlari   tashkil   etiladi.   Direktor
yig`ilishlarida   rahbariyat   va   o`qituvchilar   ishtirok   etib   qolmay,   boshqa   ishchi
xodimlar ham qatnashishlari mumkin.
Ta’lim muassasasi o`rinbosarlarining yig`ilishlarida kundalik savollar va ma’muriy
boshqarishga   oid   masalalar   muhokama   qilinadi.   Bunday   majlislar   ta’lim
muassasasi rejasi bo`yicha o`quv yilining choragi (semestri)da yoki har oyda bo`lib
o`tadi.
Tezkor   axboriy   majlislar   ta’lim   muassasasida   ta’lim   jarayonini   tashkil   etishning
zarur   shaklidir.  Tezkor   axboriy  majlislarning   mavzusi   mavjud  sharoitlardan   kelib chiqadi.   Bu   kabi   majlislar   pedagogik   xodimlar,   o`uvchilarning   barchasi   uchun
tashkil qilinadi.
Ichki nazorat  ham ta’lim muassasasini boshqarishda alohida o`rin tutadi. Nazoratni
tashkil   etishda   yetishmovchiliklarni   bartaraf   etish   uchun   bir   qancha   talablarni
bilish   zarur.   Bunday   talablarga   tizimlilik,   ob’ektivlik,   harakatlilik,   to`ldiruvchilik
kabilarni ko`rsatish mumkin. 
Ta’lim   muassasasi   ichki   nazoratining   turlari,   shakllari   va   metodlarini
turkumlashtirish   hozirgi   vaqtda   muammoli   masala   bo`lib   qolmoqda.   Shunga
qaramasdan, ichki nazoratning quyidagi turlari ajratilib ko`rsatiladi:
Mavzuli   nazorat   qandaydir   aniq   masalani   o`rganishda   ta’lim   muassasasi   jamoasi,
o`quvchilar   guruhi   yoki   alohida   o`qituvchining   pedagogik   faoliyati   tizimi,   ta’lim
muassasasidagi   ta’lim   darajasi,   shuningdek,   o`quvchilarning   ekologik   va   estetik
tarbiyasi tizimiga e’tibor qaratiladi.
Frontal nazorat butun pedagogik jamoa, metodik kengash yoki alohida o`qituvchi
faoliyatini o`rganishga qaratiladi.
Alohida   nazorat   biror   bir   o`qituvchining   faoliyati,   sinf   (guruh)   rahbarlarining
tarbiyaviy ishlarini mavzuli, frontal tkshirishga asoslanadi.
Sinf-muloqot nazorat shaklida sinf jamoasining dars va darsdan tashqari jarayonida
shakllanishiga ta’sir etuvchi o`ziga xos omillar e’tiborga olinadi.
Predmetli   nazorat   shakli   bitta   yoki   bir   necha   sinf   (guruh)larda,   butun   ta’lim
muassasasida ta’lim olinganlik darajasini aniqlashda qo`llaniladi.
Mavzuli   nazorat   shaklining   bosh   maqsadi   turli   fan   o`qituvchilari   va   sinflarning
alohida o`quv-tarbiya jarayonini boshqarishdagi ishlarini o`rganishdan iborat.
Majmuaviy   (kompleks)   nazorat   shakli   bir   necha   o`quv   fanlari   bir   yoki   bir   nacha
sinf (guruh)larda turli o`quvchilarning ishlarini o`rganishni tashkil etish maqsadida
amalga oshiriladi.
Tartibga   solish ning   asosiy   maqsadi   ta’lim-tarbiya   jarayonini   pedagogik   tahlil
qilishda   ta’lim   muassasasining   oldiga   qo`yilgan   maqsad   va   rejalarini   amalga
oshirish,   boshqaruv   ishini   tashkil   etish   hamda   nazorat   qilishda   yo`l   qo`yilgan
holatlarni tuzatishdan iborat. Pedagogik   Kengash   –   ta’lim   muassasasining   jamoatchilik   boshqaruv   organi .
Ta’lim   muassasalarida   o`quv-tarbiya   jarayonini   rivojlantirish,   takomillashtirish,
muassasa   faoliyati   bilan   bog`liq   barcha   tashkiliy   masalalarni   muvofiqlashtirish,
o`qituvchi   va   tarbiyachilarning   kasbiy   mahorati   va   ijodkorliklarini   o`stirish
maqsadida   pedagogik   xodimlarni   birlashtiruvchi   pedagogik   Kengash   faoliyat
ko`rsatadi.   Pedagogik   Kengash   ta’lim   muassasasi   jamoasining   yuqori   boshqaruv
organi hisoblanadi.
Pedagogik Kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- ta’lim muassasasi (umumiy o`rta ta’lim maktabi, akademik litsey, kasb-
hunar   kolleji)ning   tayyorlangan   muhim   hujjatlarini   muhokamadan   o`tkaziladi,
tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi;
- ta’lim  muassasasining maqsad  va vazifalaridan kelib chiqqan holda uni
rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlarini belgilaydi;
- ta’lim   muassasasida   o`quv,   tarbiya   jarayonini   tashkil   etish   va   ta’lim
samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlarni
qabul qiladi;
- ta’lim   muassasasi   boshqaruv   tizimini   takomillashtirish   bo`yicha   yo`l-
yo`riqlarni ishlab chiqadi;
- pedagogik jamoaning ma’lum yo`nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va
yakuniy xulosa chiqaradi;
- ta’lim   muassasasi   pedagogik   jamoasi   uchun   o`z   vakolati   doirasida
me’yoriy talablarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi. 
Pedagogik Kengash quyidagi huquqlarga ega:
- ta’lim   muassasasini   rivojlantirish   yo`nalishlarini   istiqbol   rejasini
belgilash;
- ta’lim   muassasasi   jamoasi   oldiga   qo`yilgan   maqsad   va   vazifalarining
bajarilishini amalga oshirish;
- o`quv   rejada   maktab   ixtiyoriga   berilgan   soatlarni   taqsimlash,   yillik   va
taqvimiy ish rejasi mazmuni hamda dars jadvalini muhokama qilish; - o`quv jarayonini tashkil qilishning turli shakl va metodlarini muhokama
qilish, amaliyotga tatbiq etish;
- ta’lim  muassasasi  ta’lim jarayoniga oid barcha masalalarni  o`z vakolati
doirasida muhokama etish va tegishli qaror qabul qilish;
- pedagoglar   malakasini   oshirish   tizimi,   ularning   ijodiy
tashabbuskorliklarini rivojlantirish bo`yicha o`z takliflarini berish;
-   o`quvchilarning   bilim   darajasini   aniqlashda   oraliq   nazorat   bo`yicha
qaror qabul qilishda qatnashish, uni o`tkazish shakli va vaqtini belgilash;
- ta’lim   oluvchilarni   sinfdan-sinfga,   kursdan-kursga   ko`chirish   va
bituvchilarni yakuniy attestatsiyaga qo`yish bo`yicha qaror qabul qilish;
- ta’lim   darayonini   tashkil   qilish   hamda   ta’lim   muassasasini
rivojlantirishga   doir   masalalar   bo`yicha   maktab   rahbariyatining   hisobotlarini
tinglash;
- ta’lim   maqsadiga   muvofiq   holda   o`quvchilarni   rag`batlantirish   va
jazolash bo`yicha masalalarni hal etish;
- chorak, yarim yillik «semestr», yil yakuniga doir xulosalar chiqarish;
- pedagogik Kengash a’zolaridan pedagogik faoliyatni bir xil tamoyillarga
asosan amalga oshirishni talab qilish;
- ta’lim-tarbiya   jarayonida   alohida   xizmat   ko`rsatgan   ta’lim   muassasasi
xodimlarini rag`batlantirishga tavsiya qilish;
- yakuniy attestatsiyadan  muvaffaqiyatli  o`tgan o`quvchilarga o`rnatilgan
tartibda hujjatlar berish to`g`risida qaror qabul qilish.
Pedagogik   Kengash   yig`ilishlari   qarorlashtirilib,   qabul   qilingan   hujjatlar   ta’lim
muassasasi   ish   yuritish   hujjatlari   bilan   birga   saqlanadi.   Pedagogik   Kengash
faoliyati bir qator hujjatlarda o`z akini topadi:
Pеdagogik Kеngash
Ish 
rеjasi Kеngash bayonnomasi yoziladigan 
muhrlangan daftar Kеngash 
matеriallari Hisobot
2-38. chizma. Pеdagogik Kеngash hujjatlari Ta’lim muassasasi hujjatlari besh yil davomida ta’lim muassasasida saqlanadi.
Direktor   va   uning   o`rinbosarlari   vazifalari .   Ta’lim   muassasasining   o`quv-
tarbiya   jarayoni   va   kundalik   faoliyatiga   bevosita   rahbarlikni   ta’lim   muassasasi
direktori olib boradi.
Ta’lim muassasasi direktorining vazifasi quyidagilardan iborat:
- davlat va jamoat tashkilotlari oldida ta’lim muassasasining manfaatlarini
ifodalash;
- o`quv-tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta’min etish;
- o`quv dasturlarining bajarilishini nazorat qilish, ta’lim-tarbiya ishlarining
sifati   va   samaradorligi,   bolalik   va   mehnatni   muhofaza   qilish   talablarining   rioya
qilinishi, shuningdek, ta’lim muassasasidan tashqarida ma’naviyat ishlarini tashkil
qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
- pedagogik   va   rahbar   kadrlarni   tanlab   joy-joyiga   qo`yish,   ularning
vazifalarini   belgilash,   pedagogik   kadrlar,   kabinet   va   ustoxona   mudirlarini
belgilash,   sinf   va   guruh   rahbarlarini   tanlash,   pedagog   va   xizmat   ko`rsatuvchi
xodimlarni ishga qabul qilish hamda bo`shatish;
- ta’lim   muassasasi   pedagogik   xodimlarini   attestatsiyadan   o`tkazuvchi
komissiyaga rahbarlik qilish;
- ta’lim   muassasasi   pedagogik   xodimlarining   ijodiy   ishlari,   ta’lim-
tarbiyaning ilg`or shakl va usullarini qo`llashlari uchun shart-sharoitlarni yaratish;
- ta’lim   muassasasiga   ajratilgan   moliyaviy   mablag`lar,   sarf-xarajat
hisobini yuritish;
- ta’lim muassasasi me’yoriy hujjatlarining to`g`ri yuritilishini ta’minlash;
- ta’lim   muassasasi   pedagogik   Kengashi,   mahalliy   hokimlik   organlari
oldida o`z faoliyati to`g`risida hisob berib turish.
Ta’lim   muassasasi   direktorining   o`quv-tarbiya   ishlari   bo`yicha   o`rinbosarining
vazifalari:
- o`quv haftasi va o`quv mashg`ulotlarining davomiyligini ta’minlash; - dars   jadvalini   tuzib   chiqish   va   shu   jadvalga   binoan   darslarning   o`z
vaqtida samarali o`tkazilishini ta’minlash;
- har   bir  chorak  oxirida,   semestr  davomida  direktor   va  ta’lim  muassasasi
pedagogik   Kengashi   a’zolariga   o`quv   jarayonining   borishi   xususidagi   axborot   va
ma’lumotlarni berib borish;
- yosh mutaxassislarga amaliy va uslubiy yordam ko`rsatish;
- sinf va guruh jurnallarini to`g`ri yuritish va saqlanishiga javob berish;
- o`quvchilarning bilim darajasini reja asosida tahlil qilib borish;
- o`quvchilar   tomonidan   davlat   dasturlarining   bajarilishini   ta’minlash   va
nazorat qilish.
Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarining vazifalari:  
- ta’lim   muassasasida   o`quvchilarning   o`z-o`zini   boshqarish,   jamoat
tashkilotlari va mahalla, ota-onalar bilan aloqani ta’minlash;
- ta’lim   muassasasi   va   undan   yuqori   miqyosda   o`tkaziladigan   darsdan
tashqari tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
- ta’lim   muassasasi   o`quvchilarining   sinf,   guruh   yoki   ta’lim
muassasasidan   tashqari   olib   borayotgan   mashg`ulotlarini   kuzatib   borish,   ularga
amaliy va metodik yordam uyushtirish;
- ta’lim muassasasidagi «Yosh yetakchi»ning ishini nazorat qilish va unga
yo`l-yo`riq ko`rsatish.
Ta’lim muassasasida metodik ishlar, pedagog kadrlar malakasini oshirish va
ularni   attestatsiyadan   o`tkazish,   yosh   o`qituvchilar   bilan   ishlash .   Ta’lim
jarayonining   sifati   har   jihatdan   o`qituvchilarning   g`oyaviy-nazariy   jihatdan
tayyorgarligi,   pedagogik   va   metodik   mahorati   darajasiga   bog`liqdir.   Ana   shu
maqsadda ta’lim muassasasida metodik Kengash va fan metodik birlashmalari ish
olib   boradi.   Metodik   Kengash   ta’lim   muassasasida   ta’lim   jarayonining   sifatini
ta’minlash,   o`qituvchilarning   g`oyaviy-nazariy   jihatdan   tayyorgarligi   hamda
pedagogik   va   metodik   mahoratlarini   takomillashtirilib   borishiga   nazariy-metodik
jihatdan rahbarlik qiluvchi organdir.  Metodik Kengashning faoliyati O`zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash
Milliy   dasturi»   talablarini   ro`yobga   chiqarish   maqsadida   ta’lim   muassasasida
ta’lim   jarayonini   metodik   ta’minlash   va   muvofiqlashtirish   hamda   pedagogik
kadrlarning metodik jihatdan bilimlarini oshirib borishga qaratiladi.
Metodik Kengashning faoliyat doirasi keng bo`lib, u tomonidan quyidagi vazifalar
amalga oshiriladi:
- ta’lim   jarayonining   metodik   ta’minot   holatini   o`rganadi,   ta’lim
muassasasi metodik ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;
- ta’lim   muassasasida   olib   borilayotgan   metodik   ishlarning   istiqbolini
aniqlaydi;
-   yo`nalish   va   fanlar   bo`yicha   metodika   birlashmalariga   umumiy
rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- ta’limga   doir   me’yoriy   va   metodik   hujjatlarni   o`rganadi,   ularni   o`quv
jarayoniga tatbiq etish usullari yuzasidan tavsiyalar beradi;
- ta’lim muassasasi o`quv-metodik ishlariga ekspert sifatida baho berishni
amalga oshiradi;
- o`qituvchilarning   g`oyaviy-nazariy   bilim   darajasini   oshiradi,   ularni   fan
yutuqlari,   pedagogik   innovatsiyalar,   ilmiy-ommabop   adabiyotlar   bilan   muntazam
tanishtirib boradi;
- o`qituvchilarga ish rejalarining tuzilishi va bo`limlari mazmuni bo`yicha
tavsiyalar beradi;
- ta’lim   muassasasi   ta’lim   jarayonida   qo`llash   uchun   ilg`or   pedagogik
texnologiyalarni ishlab chiqadi va ularning amaliyotga joriy etilishini nazorat qilib
boradi;  
- o`qituvchilarning   pedagogik   va   metodik   mahoratini   oshirishga   doir
ishlarni amalga oshiradi;
- davlat   ta’lim   standartlari   talablari,   o`quv   rejasi   va   dasturlarining
bajarilish holatini tahlil qiladi va tegishli tadbirlarni belgilaydi; - tashqi   va   ichki   nazorat   natijalariga   Davlat   ta’lim   standarti   talablarining
bajarilishida   aniqlangan   kamchiliklarni   bartaraf   etish   chora-tadbirlarini   belgilaydi
va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
- o`quv   jarayoniga   o`qitish   metodikasining   zamonaviy   va   samarali
usullarini   olib   kirish,   pedagogik   kadrlarni   metodik   jihatdan   bilimlarini   oshirish
maqsadida o`quv seminarlarini tashkil qilish;
- ta’lim   jarayonida   milliy   mafkura   va   yoshlarda   siyosiy   ongni
shakllantirishga doir ko`rsatmalar berib borish;
- o`quvchilar  bilimini nazorat qilish va ularning mustaqil ishlarini tashkil
qilishga doir ko`rsatmalar berish;
- yo`nalish   va   fanlar   bo`yicha   metodika   birlashmalari   hisobotini   eshitish,
muhokama   qilish,   ularning   faoliyatini   takomillashtirish   yuzasidan   tavsiyalar
berish;
- o`qituvchilarning   samarali   mehnatlarini   inobatga   olgan   holda   ma’naviy
va moddiy rag`batlantirishga tavsiya qilish;
- pedagogik xodimlarning attestatsiyadan o`tkazish bo`yicha materiallarni
tayyorlash;
- ta’lim   muassasasi   miqyosida   fan   oyliklari   (haftaliklari),   fanlar   bo`yicha
darsdan tashqari (fakultativ, to`garak) ishlari, fan olimpiadalarining 1-bosqichlari,
ko`rik-tanlovlarning o`tkazilishi va ularning samarasini nazorat qilib borish.
Ta’lim   muassasasida   fanlar   yoki   bir-biriga   yaqin   bo`lgan   fanlar   turkumlari
bo`yicha   Metodika   birlashmalari 1
  faoliyat   ko`rsatadi.   Metodika   birlashmalarining
maqsadi   o`qituvchilarning   metodik   va   kasbiy   mahoratlarini   takomillashtirish,
o`quvchilarga   ta’lim-tarbiya   berishga   qo`yilgan   hozirgi   zamon   talablarining
bajarilishini   ta’minlash   borasida   o`zaro   yordamni   tashkil   etish,   ijodiy
tashabbuslarni   uyg`unlashtirish   va   ta’lim-tarbiya   berishning   zamonaviy   usullarini
ishlab chiqishdan iborat.
Metodika   birlashmalari   o`zida   Metodika   Kengashining   vazifalarini   aks   ettiradi.
Shu bilan birga Metodika birlashmalari quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi:
1
1
«Умумий  ў рта таълим мактаби фан Методик бирлашмалари т ў gрисида»ги Низомдан. - fanlar bo`yicha taqvimiy mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya etish;
- oraliq va yakuniy nazoratlar uchun o`qituvchilar tomonidan tayyorlangan
sinov materiallarini tasdiqlash;
- ilg`or   o`qituvchilarning   ish   tajribalarini   o`rganishni   tashkil   qilish   va
ommalashtirish;
- tegishli   yo`nalish   yoki   fan   bo`yicha   ta’lim   muassasasida   metodik
ta’minotga bo`lgan ehtiyojni aniqlash;
- darslarni   o`zaro   kuzatishlarni   tashkil   qilish,   natijalarni   tahlil   etish   va
mutaxassislarga amaliy yordam berish;
- ta’lim   metodlarini   o`rganish   maqsadida   ochiq   darslarni   tashkil   etish,
ilg`or   pedagogik   tajribalarga   doir   takliflarni   o`rganish,   umumlashtirish   va
ommalashtirish;
- yosh mutaxassislarga metodik yordam berish;
- ko`rgazma   va   ko`rsatmali   vositalardan   foydalanish   bo`yicha   metodik
tavsiyalarni berish;
- fan   xonalarining   me’yoriy   hujjatlar   talablari   asosida   jihozlanishini
tashkil etish. 
Hisobot
ларMеtodika birlashmasi
Ish 
режаси   Birlashma 
a'zolari 
haqidagi 
ma'lumotlar 
  Birlashma 
faoliyatiga 
aloqador 
bo`lgan 
o`quv-
mеtodik 
hujjatlar 
nusxasi
2-39. chizma. Mеtodika birlashmasining 
hujjatlari Birlashma
yig`ilishi 
bayonnoma
lari Umumiy   o`rta   ta’lim   maktablarida   Metodika   birlashmalari   boshlang`ich   ta’lim
yo`nalishi   bo`yicha   bitta,   V-XI   sinflarda   esa   o`quv   rejasidagi   alohida   fanlar
bo`yicha   tashkil   etiladi.   Agar   u   yoki   bu   fan   bo`yicha   o`qituvchilar   soni   uch
nafardan kam bo`lsa, u holda fan o`qituvchilari shu turkumdagi fan o`qituvchilari
bilan   birgalikda   bitta   Metodika   birlashmasiga   birlashadilar,   Akademik   litseylarda
ham   Metodika   birlashmalari   xuddi   shu   tarzda   tashkil   qilinadi.   Kasb-hunar
kollejlarida   esa   kafedralarda  o`qitiladigan  fanlar   bo`yicha   Metodika   birlashmalari
tuziladi. Metodika birlashmasiga ta’lim muassasasi Pedagogika Kengashi qaroriga
asosan   ijodkor   va   tajribali   o`qituvchilardan   ta’lim   muassasasi   direktorining
buyrug`i   bilan   rahbar   tayinlanadi.   Metodika   birlashmalarining   faoliyati   quyidagi
hujjatlar asosida tartibga solinadi. 
Tа’lim muаssаsаsi hujjаtlаri bеsh yil dаvоmidа tа’lim muаssаsаsidа sаqlаnаdi Adabiyotlar:
1. Pedagogika   (Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi)   O‘qituvchilar   tayyorlash   va
pedagogika   fani   sohasi:   bakalavriat   yo‘nalishi   uchun
darslik//prof.M.X.Toxtaxadjaevaning   umumiy   tahriri   ostida,   O‘zbekiston   Respublikasi
Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi.   –   Toshkent   “O‘zbekiston   faylasuflar   milliy
jamiyati” nashriyoti, 2010.
2. Pedagogika.   O‘quv   qo‘llanma//A.Munavvarovning   umumiy   tahriri   ostida.
Toshkent “O‘qituvchi”, 1996.
3. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Pedagogika nazariyasi. 1-qism / Oliy o’quv yurtlari
uchun   darslik.   M.X.Toxtaxodjayevaning   umumiy   tahriri   ostida.   –   Toshkent:   “ Iqtisod-
moliya”, 2007. 
4. Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat   /   S.A.Madiyarova   va   boshq.   –
Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2009.
5. Azizxo’jayeva   N.N.   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   –   Toshkent:
Nizomiy nomidagi TDPU,  2006.
6. Axmedova   M.E   “Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi”   o’quv   qo’llanma   T:2011
“Tafakkur bo’stoni” nashriyoti 157 b
7. Axmedova   M.E   Niyozov   G.   “Pedagogika   tarixidan   seminar   mashg’ulotlari”   o’quv
qo’llanma T:2011, Noshir nashriyoti 157 b
8. Mavlonova R. va boshqalar. “Pedagogika”, -Toshkent, “O‘qituvchi”, 2001.

Mavzu: Ta’lim muasasasasi menejmenti REJA: 1. Bosh q arishning mo h iyati va tuzilishi 2. Ta’lim tizimini bosh q arishning ma q sadi 3. Ta’lim tizimini boshqarish vazifalari va turlari 4. Pеdаgоgik Kеngаsh – tа’lim muаssаsаsining bоshqаruv оrgаni. 5. Dirеktоr vа uning o`rinbоsаrlаri vаzifаlаri.

Avvalo ta’lim tizimiga to`xtalib o`tsak. “Ta’lim to`g`risida”gi Qonunning 2 bolimi “Ta’lim tizimi va turlari” deb nomlanadi va unga ko`ra: O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi 1 : • davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari; • ta’lim tiziminingfaoliyat ko’rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan tadqiqot mshlarini bajaruvchi ilmiy- pedagogik muassasalar; • ta’lim soxasidagi davlat boshqaruv organ lari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir. Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo`lgan jarayon emas. Balki ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta’lim tizimida ham boshqarishni to`g`ri tashkil etilishi juda muhim. Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o`ta muhim hisoblanadi. Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma’lum bir ob’ektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko`rsatish demakdir. Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish ta’lim muassasasining faoliyat xususiyatiga ko`ra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag`batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyatidir. Bugungi kunda pedagogika faniga ta’lim muassasalarini boshqarish bo`yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir. Masalan, «ta’sir etish» tushunchasining o`rniga «o`zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo`llanilmoqda. 1 O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g’risida»gi Qonuni. Barkamol avlod –O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.T., «Sharq», 1998y.

Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o`zaro hurmat bilan tavsiflanadi. Xo`sh, menejment va menejer atamalarining asl mohiyati nimani anglatadi? Biz ushbu tushunchalarning mohiyati, ta’lim muassasida davlat-jamoa boshqaruvining pedagogik-psixologik asoslarini tushunishimizda ushbu yo`nalishda tadqiqot olib borgan pedagog R.Ahliddinovning qarashlari alohida diqqatga sazovor. Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida so`z yuritilganda, O`zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning 4.6-bandida so`z yuritilayotgan jarayonning mohiyati haqida batafsil to`xtalib o`tilganligini alohida ta’kidlash zarur. Ushbu hujjatda qayd etilicha, ta’lim muassasasi menejmentida quyidagi holatlar nazarda tutiladi: - uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o`zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo`li bilan boshqarib borilishi; - barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari «Ta’lim to`g`risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi; - ta’limning normativ-huquiy bazasi rivojlantiriladi; - moliya-xo`jalik faoliyatini olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda o`quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi; - ta’lim muassasalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o`tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko`ra ta’lim sohasida faoliyat ko`rsatish huquqi beriladi;

- muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo- sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o`z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta’lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi. Bundan tashqari, olimlar ta’lim menejmetining bir qator o`ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o`tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi: - ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so`zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o`lchovga ega; - ta’lim menejmenti – bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar katta rol o`ynaydi); - menejment mazmunida o`z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o`zaro dialektik birligi; - ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi. Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o`tiladi. Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi –ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o`qituvchilar, o`quvchilar hamda ota- onalarga ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat. Xalq ta’limi Vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirligi O`zbekiston Respublikasida ta’limni boshqarishning davlat yuqori organlari hisoblanadi. Vazirliklar o`zini vakolatlik doirasida: - ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro`yobga chiqaradi; ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslub masalalarida ularga rahbarlik qiladi; - davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarining bilim saviyasi va kasbiy tayyorgarligiga bo`lgan talablarning bajarilishini ta’minlaydi;

- o`qitishning ilg`or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o`quv jarayoniga joriy etadi, o`quv va o`quv-usulbiy adabiyotlarni yaratadi va nashr etishni tashkil qiladi; - ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to`g`risidagi nizomlarini tasdiqlaydi; - davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; - pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etadi. Maktabni boshqarish ishiga maktab inspeksiyasi, ya’ni, vazirliklar va xalq ta’limi bo`limlarining maktab inspektorlari xizmati yordam beradi. Ular maktab faoliyatini o`rganadi, ta’lim-tarbiya jarayonining natijalarini tahlil qiladi, ilg`or tajribalarini aniqlaydi va ularni ommalashtirish chora-tadbirlarini belgilaydi, kamchiliklarni anihlab, ularni bartaraf etish yo`llarini izlaydi, maktab direktori va o`qituvchilarga metodik va moddiy yordam ko`rsatadi. Ta’lim tizimini jamoatchilik asosida boshqarish o`qituvchilar, o`quvchilar, ota- onalar va jamoatchilik vakillaridan iborat pedagogik Kengashning umumiy o`rta ta’lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishga yo`naltirilgan faoliyatidir. Bir yilda bir marta o`tkaziladigan maktab konferensiyasi ham jamoatchilik boshqaruviga kiradi. Konferensiyada maktab Kengashi, uning raisi saylanadi, maktabning Ustavi qabul qilinadi. Davlat ta’lim muassasalari bilan bir vaqtda nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyat ko`rsatishi ham ta’limni boshqarishning jamoatchilik xarakterini ifodalaydi. Хаlq tа’limi Vаzirligining mаhаlliy оrgаnlаri quyidаgilаr sаnаlаdi: Xalq ta'limi Vazirligining mahalliy organlari Xalq ta'limi viloyat boshqarmasi Shahar xalq ta'limi bo`limi Tuman xalq ta'limi bo`limi 2-36 - chizma. Xalq ta'limi Vazirligi tasarrufidagi mahalliy organlar