logo

Ta’lim muasasasasi menejmenti. Korreksion pedagogika asoslari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

51.1943359375 KB
Ta’lim muasasasasi menejmenti . K orreksion pedagogika  asoslari
REJA:
1. Boshqarish haqida umumiy tushuncha.
2. Bosh q arish  q oidalari
3. Maktab  ishini  rejalashtirish
4. Korreksion pedagogika fani va uning dolzarb masalalari
5. Yordamga muhtoj bolalar tavsifi ( Eshitish nuqsonlari bor bolalar, ko‘zi ojiz 
bolalar,Ruhan sust rivojlangan bolalar.)
6. O‘zbekistonda anomal bolalarga differensial va integratsiyalashgan ta’lim Jamiyatimizning   muvaffaqiyat   bilan   rivojlanishi     uchun     u     yuksak
salohiyatga   ega   bo`lishi   kerak.   Shu   sababli   jamiyatimiz   a`zolarining   ongi,
ma`naviy   madaniyati,   qanchalik   yuqori   bo`lsa,   Respublikamizda   qayta   qurish
ishlari Shunchalik muvaffaqiyat bilan  amalga oshiriladi.  Ijtimoiy tarbiyani, ilm va
ma`rifat   berishni,   aholiga   madaniy,   maishiy   xizmat   ko`rsatishni   ilmiy   asosda
boshqarish  zarurati ana Shundan kelib chikadi.
     Jamiyatning ma`naviy hayotini boshqarish oldiga qo`yilgan  maqsad esa ilm-
ma`rifatni, madaniyatni, har tomonlama kamol topgan  yuksak intellektual, yuksak
darajadagi pok  va  axloqli  kishini  tarbiyalab etishtirishdan iboratdir.
          Har   qanday   miqiyosidagi     bevosita     ijtimoiy     yoki   birgalikda   qilinadigan
mehnat-idora     qiluvchiga     ma`lum     darajada   muxtojdir.     Bu   ibora   qiluvchi
indivudual ishlarni bir-biriga  muvofiqlashtiradi va ishlab chiqarish  organizmining
mustaqil     organlari   harakatidan   farq   qilib,   butun   organizm   harakatidan   kelib
chikadigan umumiy vazifalarni bajaradi. Yakka skripkachi o`zini-o`zi idora qiladi.
Lekin, orkestr  esa -  dirijyorga muxtojdir.   Demak,   to`g’ri  boshqaruvning muhim
sharti - boshqaruvchi - rahbarning bo`lishidir.
          Ijtimoiy-siyosiy   hayotni   boshqarish   oldiga   qo`yilgan   maqsad   ijtimoiy
tafovutlarni   bartaraf     etish,     jamiyatning     ijtimoiy     o`z-o`zini   idora   qilishga
aylantirishdir.
     Ijtimoiy  tarbiyani, ilm va ma`rifat berishni, aholida maishiy-madaniy xizmat
ko`rsatishni   ilmiy   asosda   boshqarish   zarurati   ana   shundan     kelib     chiqadi.   Eng
yangi   ilmiy   texnika   inkilobi   asarida     ma`naviy     ishlab     chiqarishning   fan   kabi
sohasini boshqarish g’oyat katta ahamiyat kasb etadi.
          Jamiyatning   va   uning   har   bir   ayrim   a`zosining   ma`naviy   rivojlanishini
boshqarish - umumiy ta`lim maktablari, maktabgacha,  maktabdan tashqari bolalar
muassasalari,   xalq   ta`limi   organlari,   hunar-texnika bilim yurtlari, o`rta maxsus
va   oliy   o`quv   yurtlari,     pedagogik   qadrlar   malakasini   oshirish   institutlarini
boshqarishni,     fan   adabiyot,     san`at,     madaniyat,     sog’likni     saqlash     kabi
sohalarni   boshqarishni   o`z   ichiga     oladi.     Shunga     ko`ra     xalq     ta`limi     tizimini boshqarish,   jumladan,   umumiy     ta`lim     maktabini     boshqarish     ijtimoiy
boshqaruvning ajralmas qismidir.
Boshqaruv   taraqqiyotning   har   qanday   bosqichida   jamiyatga   xos   bo’lgan
ichki   xususiyatdir.   Bu   xususiyat   umumiy   xarakterga   ega.   Boshqaruv   xalq
manfaatini   ko’zlagan   holda   demokratik   uslub   negizida   amalga   oshiriladi.   O’z-
o’zidan   ravshanki,   bunday   boshqaruv   jarayonida   inson   omiliga,   xususan,   millat
manfaati va milliy qadriyatlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Boshqaruv mehnati insonning boshqaruv vazifalari amalga oshirish jarayoni
bajariladigan   harakat   va   jarayonlarda   o’zining   aniq   ifodasini   topadi.   Boshqaruv
vazifalari   yordamida   esa   sistemaning   harakatlari,   rivojlanish   va   takomillashuvi,
uning barqarorligi va hayotchanligi ta’minlanadi. Quyidagi bosh vazifalarni ajratib
ko’rsatish   mumkin:   qarorlarning   bajarilish   jarayoni   pedagogik   tahlil   qilish,
rivojlantirish, tashkil etish, nazorat qilish va tartibga solib turish.
Pedagogik   jarayonning   samaradorligi   maktab   rahbarining   boshqaruv
vazifalarini   sifatli   bajarishlari,   ularning   faol   va   uyg’un   hamkorligi   bilan   bab-
barobar   belgilanadi,   ulardan   bir-birining   ahamiyatlarini   pasaytirib   yuborish
muqarrar ravishda butun sistema birligining buzilishiga olib keladi.
Rejalashtirish   ilmiy   boshqarish   va   rahbarlarning   markaziy   butunligini   va
asosini reja va har qanday jamoa faoliyatining aniq maqsadlari hamda vazifalari va
unga   erishish   vositalarini   belgilab   beradi.   Rejaning   axamiyati   yana   shundan
iboratki,   u   pirovard   natijada   faqat   nimaga   erishish   kerakligini   emas,   balki   buni
qanday   uddalash,   rejani   bajarishning   qanday   rivodlanish   kerakligini   ko’rsatib
bermasligi   kerak.   Rejalashtirishga   faqat   kelajak   emas,   balki   o’tmish,   o’tmishning
tajribasi ham ta’sir qilar ekan. 
Maktab   ichki   rejalashtirish   masalalari   ko’pgina   pedagogik   olimlarning
ishlari   bilan   asoslanib   berilgan.   Rejalashtirishning   mohiyati   maktab   xodimlarini
qo’yilgan   maqsadga   erishish,   qabul   qilingan   qarorlarni   amalga   oshirish   uchun
zarur   bo’lgan   jamoa   tarziga   va   yakka   tartibdagi   mehnatni   vaqt   jihatidan   oqilona
taqsimlashdan iboratdir. Maktab rahbari rejalashtirishning tashkil etishning muntazam yondashuviga
amal   qilmog’i   lozimdir,   bu   yondashuv   rejalashtirishning   maqsad   va   vazifalari,
ularning tuzilishi va mazmuni, rejalashtirish metodlari va uning bajarilishini tashkil
etish   xususiyatlarini   dialektik   birligi   va   uzaro   bog’liqligini   rejalashtirishning
boshka boshqaruv vazifalari bilan uzaro xarakatlarini nazarda tutadi.
Maktab   rejalarining   xilma-xilligini   kupgina   belgilariga   ko’ra   vaqt   bo’yicha
(besh   yil   o’quv   yili,   yarim   yili,   chorak,   oy,   hafta)   shakliga   ko’ra   (yozma,   grafik
detali)   tuzilishi   birligiga   ko’ra   maktabning   ish   rejasi,   o’quvchilar   tashkilotlari,
o’qituvchilar,   sinf   rahbarlari,   metod   birlashmalarining   va   ularning   o’z-o’zini
boshqaruv   organlarining   ish   rejasini   ta’kidlar   ekanmiz,   biz   maktab   ishini   o’quv
yiliga   rejalashtirish   bilan   bog’liq   bo’lgan   masalalarga   qarab   chiqish   bilan
chegaralanamiz   va   mazkur   masala   mohiyatini   ana   shu   nuqtai   nazardan   yoritib
beramiz.
Bosh q arish omillari
          Ishlab   chiqarishni   boshqarish   omillari   deganda   -   boshqaruv     mehnatining
maxsus   turlarini,   boshqariluvchi   ob`ektlarga     ta`sir     ko`rsatishning   u   yoki   bu
yo`nalishlarini   tushunmoq   kerak.   Boshqaruv   omillariga:   rejalashtirish,   tashkil
qilish, sozlash (kordinatsiya qilish),  nazorat qilish, hisob-kitob qilish kiradi.
          Rejalashtirish   -   boshqariluvchi   ob`ektlarni   rivojlantirish   va
modellashtirishni, prognoz qilishni ham o`z ichiga oladi.
          Tashkil   qilish    -     ishlab    chiqarish    ob`ektining    tuzilishini    va  boshqaruv
tuzilishini   tanlab   olish     hamda     shakllantirishdir.     Tizimning   tuzilishi   elementlari
o`rtasidagi munosabatlarini va  ularning o`zaro harakatini belgilashdir.
         Nazorat qilish - ishlab chiqarishning amaldagi  jarayonini  va   taraqqiyotini
rejaga qanchalik muvofiqligini kuzatib va tekshirib  turishdan iboratdir.
     Nihoyat, hisob-kitob qilish esa rejani yoki uni amalga  oshirishdagi muayyan
bosqichlarning   qanday   bajarilayotganligiga     yakun     yasashdir.     Hisobga   olish,
axborotlarni   yakunlashga,   uni     tizimga     solishga   imkon   beradi.   Shuningdek,   u
mazkur tizimning keyingi davrga  mo`ljallangan ish dasturini ishlab chiqish uchun
axborot  bazasidan  to`liq foydalanishga imkon beradi.           Shuni   ta`kidlab   o`tish   lozimki,   yuqorida   sanab   o’tilgan     boshqarish
omillarini    xalq   xo`jaligimizning   hohlagan   sohasiga,   jumladan, maktab-maorif
sohasiga ham to`liq   ma`noda   tadbiq   qilish   mumkin. Lekin, mazkur omillarning
konkret mazmuni turli boshqaruvchi tizimlarga bog’liq bo`ladi.
          Demak,   biz   fikr   yuritayotgan   funksiyalar   ijtimoiy     boshqaruvning
mazmunini tashkil qiladi. Modomiki, shunday ekan, maktab-maorif sohasidagi har
bir   rahbar   xodim   o`zining   boshqaruv   ish     tuzimini     mazkur   boshqaruv   omillari
asosida   tashkil   qilsa,   bu   borada   so`zsiz     yaxshi   natijalarga   erishishi   mumkin.
Buning   uchun   esa,   mazkur     boshqaruv   omillari   va   ularning   mohiyatiga   to`liq
tushunib olmoq lozim.
          Maktabda   boshqaruv     mehnati     bilan   shug’ullanuvchi   kishilar   (maktab
direktori,   direktorning   o`quv     tarbiya   va   xo`jalik   ishlari   bo`yicha   o`rinbosarlari,
ma`naviyat  bo`yicha o`rinbosari, metod  birlashma  rahbarlari,   kasaba    uyushmasi
tashkilotining raisi)   boshqaruv apparatlarini  tashkil  etadi.   Boshqarishning   barcha
bo`g’in va bosqichlaridagi xodimlar ham shu  apparatga  mansubdirlar. Boshqaruv
apparatining   bir   qismini   kishilarni   boshqaruvchi     shaxslar   (maktabdagi   rahbarlar)
tashkil     etsa,     ikkinchi     qismini     ijrochilar   (o`qituvchi,   tarbiyachi,   yoshlar
tashkilotchisi, sinf rahbarlari,  metod birlashmalarning  a`zolari,  texnik  xodimlar)
tashkil    etadi.
Boshqarish sohasidagi ijrochi xodimlarni ikkita asosiy  guruhlariga:
a)  mutaxasislariga( o`qituvchi va tarbiyachilarga):
b)   texnik   xodimlarga(   laborant,   farrosh,   elektrchi-montyor,   maktab     korovuli
kabilarga) bo`lish mumkin.
          Maktabga   o`qituvchi,   tarbiyachi   va   texnik   xodimlarni   to`g’ri     tanlash   va
ularni  to`g’ri   joyiga  qo`yish,-   maktab  ichki   boshqaruvidagi     muhim   masalalardan
biridir. Maktab xodimlarini tanlash bobida quyidagi qoidaga rioya qilish bu borada
muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab xodimlarini tanlashda ularning: 
a) siyosiy bilimi jihatidan:
b) xalolligi nuqtai nazaridan: 
v) ish  bilishi jihatidan: g) ma`muriy qobiliyati jihatidan yondoshishi o`rinli bo`ladi.   Bizningcha, idora
qilish uchun ishni bilish kerak, hamma narsadan xabardor bo`lmasdan turib,  to’la-
to`kis   bilimga   ega   bo`lmasdan   turib,   idora     qilish     ilmini     bilmasdan     turib
boshqarish  mumkin emas.
          Ishning   ko`zini   bilish,   uyushqoqlikni   boshqaruv   apparati   ishidagi   asosiy
narsa deb  hisoblaymiz.
1.
          Maktab   ma`orifni   boshqarish     shakllari     va     metodlari     Respublikamiz
iqtisodiy     taraqqiyotining   har   bir   bosqichida   jamiyat   xal   qilishi   lozim   bo`lgan
vazifalarga muvofiq o`zgarib va takomillashib boradi.
     Maktab ichki boshqaruvini boshqarish qoidalari asosida tashkil qilish hozirgi
davrining muhim talablaridan biridir. Biz quyida mana shu boshqarish  qoidalariga
alohida to’xtalib o’tishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
     1. Demokratizm qoidasi.
         Bu qoida hozirgi davrda jamiyatimiz yanada     demokratlashtirish, xalqning
o`z-o`zini boshqarishni chuqurlashtirish bobida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
          Demokratizmni   asossiz   ravishda   mustaqillishtirish   oddiy   xodimlar
tashabbusining cheklanishiga, sub`ektivizmga olib borishi mumkin.  Demokratizm
uchun ilmiy  asoslangan  pishiq-puxta tashkiliy tuzilish yaratib qo`yilgan bo`lmasa,
mehnatkashlarni     jamoat     ishlarini   boshqarish   ko`nikmalari   ruhida   tarbiyalash
sohasidagi   ish     zaif     bo`lsa,     demokratizmga     zid   bo`lgan   anarxiya   tomonga
"og’ish" sodir bo`lishi mumkin.   Mana shu sabablarga ko`ra demokratizm bobida
jamiyat erishgan rivojlanish darajasiga mos keluvchi to`g’ri nisbatni   belgilash va
davom   ettirish   hozirgi   bozor   iqtisodiyoti   davridagi   muhim     vazifalaridan     biri
bo`lib hisoblanadi.
            Demokratik   qoida   vazifalarni   xal   etishdagi   andozachilikka   ham,
shuningdek,   ko`pchilikning   xohish-irodasini   mensimaslikka   ham,   mahalliy
organlarni,  mehnat  jamoalarini manfaatlariga qarama-qarshi qo`yishga ham toqat
qila olmaydi.           Demokratik   qoidani   amalga   oshirilishi   tashabbus   va   izlanishning   jamiyat
qonunlari     va   normalariga   bekami-ko’st   rioya   etishga   asoslangan   juda   ham
mustahkam   intizomlilik,   namunali   uyushqoqlik   bilan   uzviy   birligini   taqozo   etadi.
Intizomsiz   demokratiya,   ayrim   xodimlarning   hisobot   bermaydigan   "cheksiz
qollegialchiligi"     muqarrar     ravishda     tartibsizlik   va   boshboshdoqlikni   keltirib
chiqaradi. Shablonlashtirish kam, yuqoridan turib bir xil andoza bichib berish ham,
demokratiyaga butunlay yot narsadir.
          Bizningcha   demokratik   qoidaning   muhimligini   uqtirish   bilan   birga,   uning
harakteri yakka boshchililikni qollegiallik bilan   qo’shib   olib   borishda   namoyon
bo`lishini  alohida ta`kidlash lozim.
         Gap shundaki, maktab amaliyotda pedagogik mehnatni ilmiy tashkil qilish
muammosi   ko`pincha   darsda   vaqtdan   unumli   foydalanishdan,   sinfdan   tashqari
tadbirlardan     va     o`qituvchi-tarbiyachilarning   ijtimoiy   topshiriqlarini   tartibga
solishdan  iborat  deb  qaraladi. Bular, shubxasiz, muhim, albatta. Lekin pedagogik
mehnatni   ilmiy   asosda   tashkil   etish mazmuni ancha keng bo`lib, unga, avvalo,
xodimlarning   malakasi,   qobiliyati   va   qiziqishlarini   hisobga   olgan   holda     ularni
tanlash     va     joy-joyiga     qo`yish,   qayta   tayyorlash   va   ularning     malakasini
oshirishda     qo`llanilayotgan     metodlar   tizimini   uzluksiz     takomillashtirish     va
ta`lim-tarbiya jarayoniga texnika  vositalarini joriy etish masalalari kiradi.
Unda   pedagogik   ish   rejimini,   maktabning   kunlar,   haftalar,   oylar   va   choraklar
bo`yicha   ish   tartibini   takomillashtirish,   pedagoglar   kengashi   majlislari,   ilmiy-
uslubiy   pedagogik   harakterdagi   konferensiyalar,   yig’ilishlar,   kengashlar   kabi
tadbirlarni     o`tkazish     va   bu   ishni   mohirona   rejalashtirish   hamda   boshqarishni
takomillashtirish ko`zda tutilgan.
 Bosh q arishning jamoatchilik va shaxsan mas`ullik  q oidasi
     Jamoa va jamoa maslahati to`g’ri rahbarlikning garovidir. Jamoa yo`li  bilan
xo`jalikni   boshqarish   va   unga   rahbarlik   qilish,   eng   muhim   qarorlarni   birgalikda,
maslahatlashib   ishlab   chiqish   to`g’ri     boshqaruvni     tashkil     qilishning     muhim
shartidir.     Shuni     alohida   ta`kidlash   lozimki,   umumiy   ta`lim   maktablarida   barcha
boshqarish   masalalarini   o`zaro   muhokama  qilish   va   xal   etish,   maktabdagi   har   bir shaxsning   muayyan,   aniq   va   qat`iy     belgilangan   topshiriq   hamda   amaliy   ishlarni
bajarish uchun javobgar  ekanligini  qat`iy  belgilash ishi bilan qo`shib olib borish,
bu   borada   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Binobarin,   bu     qoidani   yakkaboshchilik
bilan qo ` shib olib borish, nihoyatda muhim vazifalarni   jamoa   bo`lib   xal qilishni
ta`minlaydi.
        Yakkaboshchilikni   mustahkamlash   xodimlarni   topshirilgan   ish   uchun
javobgarlik     hissini   oshiradi,   rahbarlik   qilishda   qat`iy   tartib     bo`lishini     va
mustahkam     mehnat     intizomini   ta`minlaydi.   Maktabning   tajribasi   shu   narsani
yaqqol   ko`rsatmoqdaki:   yakka     boshchilik   jamoa   bo`lib   rahbarlik   bilan   birga
qo`shib olib borilgandagina o`quvchilarimizga fan asoslaridan chuqur bilim berish
va   ularni   o`zbek   milliy   hamda     umuminsoniy     qadriyatlar     ruhida   tarbiyalashdek
qiyin hamda sharafli ishda yaxshi natijalarga erisha olamiz.
 Bosh q arishda ijroni tekshirish  q oidasi
          Ijroni   tekshirishdan   ko`zda   tutilgan   asosiy   maqsad   (tekshirishning   asosiy
vazifasi)-   belgilangan   ish   rejasi   va   tadbirlarni   amalga   oshirishni   barbot   etish
extimolining   oldini   olishdan,   kamchiliklarni   aniqlash   va   bartaraf   etishdan,     qabul
qilingan     qarorlarning   bajarilishini   ta`minlashdan,   ishni   amaliy   tashkil     qilishdan
iboratdir.     Ijroni     tekshirish   yuqori   tashkilotlar   ko`rsatmalarining   va   o`z
hujjatlarining qat`iy va so`zsiz bajarilishini ta`minlaydi. Bu esa, u yoki  bu  qarorga
zarur     tuzatishlar     kiritish,     bundan   buyongi   vazifalarni   aniqlash,   maqsadga
erishishning shakli  va  yangi  metodlarini belgilash imkonini beradi.
          To`g’ri   yo`lga   qo`yilgan   ijroni   tekshirish-xalq   xo`jaligining   barcha
tarmoqlarida,   xususan,   xalq   ta`limi   tizimini   maktab   sohasidagi   barcha   vazifalarni
muvaffaqiyatli   xal     qilishning   zarur   shartidir.   qaror   bilan   ijroning   birligi,   to`g’ri
rahbarlik   uslubining   negizini   tashkil     etadi.   Ishning   ko`zini   bilib   tashkil   etilgan
ijroni     tekshirish     ana     shunday     birlikni     shubxasiz   ta`minlaydi.   U   xodimlarda,
o`qituvchi   va   tarbiyachilarda   o`ziga   hamda   boshqalarga   nisbatan   yuksak
talabchanlik   va   printsipiollikni   tarbiyalaydi,   topshirilgan   ish   uchun   ma`suliyat
hissini   kuchaytiradi,   intizomni   mustahkamlaydi.   Kishilarda   qiyinchiliklarni yengishda,   sabot   matonat,   tashabbuskorlikni,   muvaffaqiyatga   erishish   uchun
uzluksiz  sobit  qadamlik  bilan ishlashga intilish hislarini tarbiyalaydi.
 Bosh q arishning rejalik  q oidasi
     Maktab ichidagi boshqaruv apparati faoliyatida muayyan  tizimning  bo`lishi
muhimdir.   Buning   ma`nosi   avvalo   shundan   iboratki,   bu   ish   tasodifiy     bir-biriga
aloqasi   bo`lmagan tadbirlar yig’indisidan iborat bo`lmay, balki konkret sharoitni,
vaziyatning     hususiyatlarini   hamda   butun   pedagoglar   jamoasi   oldidida,
shuningdek, uning ayrim zvenolari  oldida turgan vazifalarning hususiyatini qat`iy
sur ` atda   tartibga   solingan,   bir-biri   bilan bog’langan va chuqur o ` ylab ko ` rilgan
tadbirlar yig’indisidan iborat bo`lishi kerak.
          Boshqarishning   rejalilik   qoidasi,   xalq   ta`limiga,   jumladan,   maktabga
rahbarlik   qilish   va   uni   boshqarish   sohasidagi   rejalarni   xukumatimizning   maorif
sohasidagi     siyosatini   va   hisobga     olgan     holda     tuzilishi   lozim.   Rivojlantirishda
ishning mohiyatini bilish, maqsadni maxorat   bilan   hal   etishning asosiy bo ` g’ini
bo`lishi   lozim.   Shuningdek,   xalq   ta`limi   organlarining,     jumladan,     maktabning
ham   rejasini   aniq   tadbirlar   mavzusi     asosida     maqsadga     qaratilganlik,     aniq,
muntazam   va   izchil   ish   olib   borish   kabi   hususiyatlarga   ega   bo`lishi,   shuningdek,
unda   u   yoki   bu   tadbirni   bajarish   uchun   javobgar   shaxslarni   aniq   ko`rsatilgan
bo`lishi  maqsadga  muvofiqdir.
Bosh q arishning samaradorlik va tejamkorlik qoidasi.
      Mazkur qoida asosida boshqarish va rahbarlikning  asosiy  maqsadi  hamda
vazifasi   xom-ashyo   materiallari,   mashina   va   stanoklar,   qattiq   va   yumshoq
inventarlar,  o`qituvchilar, texnik xodim va ishchilar, moliya resurslari hamda vaqt
byudjetidan to`g’ri va o`rinli  foydalanishni ta`min etishdan iboratdir.
         Vaqtni tejash qonunining mohiyati jamiyatdagi o`sib   borayotgan   ijtimoiy
talablarni qondirish uchun ketadigan sarfni kamayib borishida va butun jamiyat va
butun  uning  har bir a`zosining har tomonlama taraqqiy etishi uchun zarur bo`lgan
bush vaqtni ortib  borishida ko`rinadi.
          Vaqtni   tejash   va   mehnat   unumdorligini   oshirish   bobidagi   mazkur   qoida
to`liq  ma`noda  maktabning  ichki  boshqaruv  sistemasiga   ham   taalluqlidir. Maktab rahbarlari     o`zlarining   boshqarish   ish   sistemalarida   o`qituvchi,   tarbiyachi   va
o`quvchilarning vaqtini tejash masalasiga alohida e`tibor bilan qarashlari lozim.
       Shuning uchun ham maktab ichki boshqaruvini tashkil qilish va uni amalga
oshirishda   mazkur   masalaga   e`tiborni   kuchaytirishning   pedagogik   ahamiyati   juda
ham kattadir.
2.
Xalq   ta’limi   tizimi   va   maktabni   boshqarishning   eng   muhim   qoidasi-
demokratiyalashtirishdir.   Bu   hakida   xozirgi   mustakillik   davrida   jamiyatni   yanada
demokratiyalashtirish   muxim   axamiyat   kasb   etmokda.   Shuni   aloxida   ta’kidlash
lozimki,   xujalikni   boshqarish   tizimining   eng   asosiy   sharti   bulgan   demokratik
koidaning   goyat   makbul   shakillarini   izlab   topishi   bugungi   muxim   va   dolzarb
muammolardan   biridir.   Maktablarni   boshqarishda,   ayniksa,   demokratik   akida,
konun koidalari nixoyatda muximdir.
Maktabdagi   o’qitish   jarayonida,   maktab   faoliyatini   tartibi   va   konun
koidalariga   juda   kup   uzgarishlar   kiritildi.   Bu   uzgarishlar   xar   bitta   insonlarning
dunyo karashi  va bilim  doiralarini  kengayish  sababidir. Avvalo o’quvchilar  bilim
olishlari   uchun   juda   xam   keng   sharoitlar   yaratilgan.   Chukurlashtirilgan
gimnaziyalar,   muzeylar   o’quvchilarning   bilim   doiralarini   chukurlashtirishga   keng
yul ochib bermokda. Chukurlashtirish - bu avvalo uz ustida ishlash, izlanish degani
demakdir.
Ana   shunday   gimnaziya   va   liseylar   uchun   esa   kobiliyatli,   bilimli
o’quvchilarni   saralab,   ularni   kelajaklariga   poudevor   yasashga   keng   yul   kuyildi.
Albatta,   bu   poydevorni   bilimdon   mutaxassis   ukituvchilar   tayyorlaydi.   Endi   ana
shunday   ukituvchilarni   saralab   ular   ichidan   eng   bilimdonlarini   tanlab   olish   payti
yetib keldi.   Bu esa  ukituvchi  va bulajak pedagoglarni  uz ustida  tinmay ishlashini
talab etadi. Chunki, bunday kobiliyati bilimdon ukituvchilarga talab va extiyoj juda
katta buladi.
Mutsaqil   O’zbekiston   jaxonga   yuz   tutdi.   Shu   sababali   undagi   yashovchilar
insonlarning   bilimlari   jixatidan   kengayib   bormokda.   Xozirgi   zamonamizdagi
o’quvchilar   ana   shundaylardandir.   Xayot   kanchalik   oldinga   borgan   sari   ular   xam shunchalik   kup  narsa   bilib   olmokdalar   va  buni   ustozlaridan   talab  etmokdalar.   Bu
esa o’quvchilarni, ustozlarini dars utish jarayonini analiz kilib boradi, ularning dars
utishi yokmasa, oshkora bilimdon usullarini talab qilishlari mumkin.
Dars   o’tishda   avvalom   bor   bulgan   an’anaviy   reja   buyicha   dars   utish   bekor
kilindi. Chunki, ukituvchi sinfga kiradi, utilgan darslarni takrorlaydi. Yangi mavzu
utadi, ana shunday tartibda xar doimgi darslar takrorlanadi. Noan’anaviy dars utish
usuli xar bir maktabga kirib bormokda. Mavzuni   bolalar   ongiga   yetkazish,
o’quvchini   uzini   maxoratiga   boglik.   Maxoratli   ukituvchilarimizdagi
uslubiyotilarini   o’qitish   ulardani   ilgor   tajribalarni   almashtirish   o’kuv   jarayonini
kengayishiga   va   mustaxkamlashiga   keng   yo’l   ochib   beradi.   Maktablarda   maktab
rahbarlarini   saylash   oshkora   ovozga   kuyish   orkali   fikr   muloxazalar,   takliflar
kiritish orkali amalga oshirilmokda.
O’rta,   oliy   bilim   yurtlariga   qolaversa,   maktbaga   qabul   qilish   va   o’qitish
sharoitlariga   test   sinovlari   kiritildi.Bu   esa   avvalgi   imtixon   va   sinovlardan   ancha
a’lorok   va   mukammalrokdir.   Yukorida   aytib   utganimizdek,   maktab   direktorlarini
saylash   xukuki   ukituvchilarga   beriladi.   Maktabda   usib   o’qitish,   bitirayotgan
o’quvchilarni yutuk va kamchiliklari maktab jamoasiga tegishli va axamiyatlidir.
Avvalo   maktablarda   boshlangich   sinflarda   turli   tipdagi   sinflar   tashkil   etib,
ularni sinflar orkali saralab, iktidorli sinflarga aylantirilmokda. Ota-onalarimiz xam
xozirgi   kunda   farzandlarimiz   istiklol   kelajagini   yanada   mustaxkamlash   uchun
farzandlariga   pullik   kurslarga   talab   extiyojlari   ortmokda.   Ularni   bu   intilishlarini
maktab jamoasi e’tiborga berishga xarakat kilmokdalar.
Iktidorli   o’quvchilarni   kelajagini   porlok   qilish   uchun   turli   xil   musobaka,
olimpiadalarga   katnashishlarini   ta’minlab,   ularning   yutuklari   uchun   bor   bilim   va
tajribalarini   ishga   solmokdalar,   Ilgor   ukiutvchilarni   xar   xil   unvonlarga   tavsiya
etish,   oshkoralik   tarzida   maktabga   mexnati   singan,   ilgor,   tajribalari   katta,   keng
ommalashtirilgan ukituvchilar tavsiya etilmokda.
Ukuv   jarayonida   yangi   zamonaviy   fanlar   kiritilmokda.   Fan   va   texnikaning
rivojlanish   tarakkiyotiga   keng   yul   ochib   berish   uchun   maktab   ukuv   jadvalga
kompyuter texnikani urganuvchi fanlar kiritildi. Odobnoma fanlari esa o’quvchilarni milliy urf odatlarimiz. odob axlokimiz,
tarbiyani mustaxkamlash uchun odobnoma fanlari kiritildi.
Avlod-ajdodlarimiz   asarlarini,   ularning   tarixini   o’qitish   uchun   eski   yozuv
fani xam dars katorlaridan urin oldi.
Uzbekistonda   yuksak   cho’qqiga   erishishi,   boshqa   mamlakatlar   bilan
mustaxkam   aloka   urnatishi   uchun,   boshlangich   sinflarga   ingliz   tili   fanlari
utkazilmokda.Xammamizga ma’lumki 2000 yilda jamiyatimiz lotin yozuvi asosida
yangidan   tiklanadi.   Shuning   uchun   bolalarni   lotin   yozuvchiga   asoslangan   alifbo
yordamida o’qitish juda keng ommalashtirildi.
3.
Maktab  ishini  rejalashtirish
          Maktabda   tuzilgan   ish   reja   mazkur   maktab   pedagoglar   jamoasi     har     bir
a`zosining faoliyatini tartibga soluvchi qonun, ko`rsatkichlar tizimida  ifodalangan
davlat     topshirig ` idir.   Shuni   alohida   ta`kidlash   kerakki,   har   qanday   vazifani
muvaffaqiyatli     ravishda   bajarish,   tashkiliy   tadbirlarni,   shu   jumladan,   xalq   ta`lim
va maktab   ishiga   oid   bo`lgan tadbirlarni  amalga oshirish - to`g’ri  rejalashtirish
mahoratiga   bog’liq   bo`ladi.   Xalq     maorifi   bo`limining   ishini,   jumladan,   maktab
ishini   rejalashtirish-avvalo     uning     vazifalarini,   faoliyat   mazmuni   va   metodlarini
aniqlashdan iboratdir.
         To`g’ri tuzilgan ish rejasi - xatoga yo`l qo`ishdan asrash bilan birga, ilgari
yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni tugatishni ham ta`minlaydi.   To`g’ri tuzilgan
reja rahbarlari uchungina emas, ayni vaqtda muallimlar jamoasining har bir a`zosi
uchun   ham   yo`l   ko`rsatuvchidir.   Shuning   uchun   ham   maktab   ishini   rejalashtirish
maktab ichki    boshqaruv   tizimida muhim  o`rinni  egallaydi  va muhim  pedagogik
ahamiyatga molik bo`lgan masaladir.
 Maktab ish rejasining turlari
     Umumtiy ta`lim maktablari uchun shartli ravishda qabul qilingan ish rejalari
mavjud.
Ular quyidagi rejalardir:           1.   Maktabning   ma`lum   istiqboli   davrga   mo`ljallab   (bir   besh   yillik   uchun)
tuzilgan ish rejasi. Bu maktabning  istiqbol ish rejasi  deb ataladi.
          Bu   ish   rejasi   umummaktab   xalq   xo`jalik   reja   (ko`rsatkichlari   asosida
tuziladi.     Bunda   maktabning   ma`lum   davrga   rivoji     o`quv   moddiy   va   texnika
bazasi,maktab   qurilishi,   o`quvchi   va   o`qituvchilar   soni,   sinflar   soni,   o`quv
kabinetlarining soni kabilar)  turli raqamlar asosida ko`rsatiladi.
     2. Maktabning bir o`quv yiliga mo`ljallab tuziladigan ish rejasi.
          Mazkur   reja   maktabning   istiqbol   ish   rejasining   shu   o`quv   yiliga   tegishli
bo`lgan   qismi   hamda   maktab   oldida   turgan   vazifalarni   hisobga   olgan   holda
tuziladi.
          Maktabning   bir   o`quv   yiliga   mo`ljallangan   ish   rejasi   maktab   ish   turlari
asosida     ishlanadi.   Maktabning   mazkur   ish   rejasining   mazmuni   va   mundarijasi
xususida biz  keyinrok to ` xtaymiz.
          3.Maktabning   joriy   ish   rejasi.   Mazkur   reja   maktabning   bir   o`quv     yiliga
mo`ljallab tuzilgan ish rejasi asosida ishlanadi. Bu reja turkumiga:
          -maktab   direktori   va   uning   o`rinbosarining   bir   o`quv   yiliga   mo`ljallab
tuzadigan ish rejalari:
          -maktabda   fanlar   bo`yicha   tashkil   etilgan   metodik   birlashmalarning   ish
rejalari:
     -sinf rahbarining ish rejalari:
     -fan to`garaklari yakuni uzaytirilgan guruppa rahbarlarining ish rejalari:
     -maktab kutubxonasining ish rejalari;
     -maktab ustaxonasining ish rejasi;
     -maktabning ota-onalar komitetining ish rejasi;
     -maktab vrachi va hamshirasining ish rejasi;
      -har bir boshlang’ich va fan o`qituvchisining kalendar’ va  kundalik  darsni
o`tkazish rejasi kabi rejalar maktabning joriy rejalar tizimidan o`rin oladi.
          Shuni   alohida   o`qitish   lozimki,   rejani   to`g’ri   tuzish   bilan   ish   bitmaydi.
Ishning   muvaffaqiyati   shu   rejani   qanday   amalga   oshirishga,   unda   belgilangan tadbirlarni     hayotga   tadbiq   etish   mahoratiga   ko`p   jihatdan   bog’liqdir.   Maktab
rejasini amalga oshirishda  quyidagilar muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi:
     1. Maktabning yuqori tashkilotlar, xalq ta`limi bo`limlari va maktabga yaqin
bo`lgan turli muassasalar bilan mustahkam aloqa o ` rnatilganligiga:
     2. Boshqarish va rahbarlik ishiga bilimdon, o ` ta xalol, ishbilarmon va yaxshi
ma`muriy qobiliyatga ega bo`lgan pedagogik xodimlar jalb etilganligiga:
     3. kadrlar o`rtasida ish taqsimotining to`g’ri tashkil etilganligiga:
          4.   Rahbar   xodimlardan   tortib   eng   quyi   ijrochiga   umumiy     rejadan     kelib
chiqadigan shaxsiy (joriy) ish rejasini tuzib, shu asosda ish yuritishiga:
         5. Rahbarning maktab ish rejalarining bajarilish yuzasidan samarali hamda
uzluksiz nazoratni urnatganligiga.
     Maktab rejasi ustida ishlash jarayonida o`sib kelayotgan  yosh  avlod  taqdiri
haqida,   ularning   ma`naviy   va   jismoniy   kamol   toptirish   haqida   o ` ylash   kerak.
Maktab     ishini     rejalashtirishda   o`qituvchilar   jamoasining   ijodiy   taqdiri   haqida,
ziyokorlarni   ma`naviy   jihatdan   o`stirish   va   ularning   ilmiy,   metodik   va   umum
pedagogik   mahoratini   oshirish     haqida   o ` ylash   lozim,   maktabda   o`quv
dasturlarining  bajarilishi,  o`quvchilar  bilimining  sifati, ularning tarbiyalanganlik
darajasi,   umuman   olganda   o`quv-tarbiya   ishining   hamma     jihatlari   o`qituvchiga
uning xalol mehnatiga bog’liq.
          O`qituvchi   -   maktabdagi   bosh   siymo.   Bundan   keyin   ham   shunday     bo`lib
qoladi.     Shuning   uchun   ham   maktabning   ish   rejasida   o`qituvchilar   jamoasidagi
kuchlarni   shunday   taqsimlash   kerakki,   ularning   har   biri   topshiriqlarni   bajarishga
butun   kuch   va     g’ayratlarini     safarbar   etish   imkoniyatiga   ega   bo`lsin.   Shunday
ekan,   maktabning   o`quv-tarbiya   ishlarini     rejalashtirishda   quyidagi   uchta   shartga
rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
       1. Ishning boshlang’ich ahvolini chuqur pedagogik tahlil qilish yo`li   bilan,
ya`ni  ish rejalashtirilayotgan paytda pedagogik jarayon tavsifini aniq bilish.
       2. Ishning rejalashtirilishi oxirida maktab jamoasi tomonidan o`quvchilarga
berilgan ta`lim va tarbiyaning darajasini aniq tasavvur qilish.          3. Maktab ishini hozirgi kun talablari darajasiga ko`tarmoq uchun, shunga
imkon  beradigan pedagogik vositalarni eng maqbul tarzda tanlash.
 Maktab ish rejasining mazmuni va mundarijasi
      Rejalashtirish o`z shakliga ko`ra matnli, grafik va aralash (matnli va grafik)
bo`lishi  mumkin. Reja qisqa, aniq va tushunarli, pedagogik maqsadlarga muvofiq
tuzilib, yagona yo`nalishlarni, qo`yilgan masalalarni bajarish tadbirlarini o`z ichiga
olgan bo`lishi kerak.
          Rejaning   sifati   rejalashtirish   qanchalik   oqilona   va   to`g’ri   qo`yilishiga
bog’liqdir.   Odatda,   maktab   ishi   rejalashtirilayotganda   uning     tuzilishini     ikki
qismdan iborat tuzish tavsiya etiladi: 1 - qism analitik bo`lib, unda maktab ishining
o`quv yilidagi yakunlari tahlili va yangi o`quv yilidagi vazifalari o`z aksini  topadi;
2-qism   esa   amaliy   harakterda   bo`lib;   unda   bu   vazifalarni   bajarish   tadbirlari
rejalashtiriladi.
Maktabning metodik ishlari
         Maktab  ish rejasining tashkiliy pedagogik ishlar qismida   umumiy   ta`lim
maktabida   yangi   o`quv   yilini   uyushqoqlik   bilan   boshlash,   hamda   uni   tugallash
imkonini   beruvchi   tadbirlar,   bu     boradagi   maktabning   boshqa   tashkilotlar   bilan
hamkorlikdagi ishlari belgilanadi. Ko`pincha  bu o`rinda ish uchastkalari taqsimoti
ham   aniq   ko`rsatiladi.   Xuddi   shuningdek,     o`qituvchi     qadrlarni   tanlash   va   joy-
joyiga qo`yish, maktab rahbarlari, xodimlari va o`qituvchilar   o`rtasidagi vazifalar
va   topshiriqlarni   taqsimlash   (masalan:   kim   sinf   rahbari     bo`ladi,     mazkur
maktabning   mikrouchastkasiga   kimlar   biriktiriladi,   kim   to`garak   rahbari   bo`ladi,
kim   o`quv-tarbiya   va   sinfdan,   maktabdan   tashqari   ishlarni   boshqaradi   va   h.k.)
sinflarni     butlash   kabi   masalalar   ko`rsatiladi.   Xuddi   shu   o`rinda   maktab
ma`muriyati  bilan  jamoatchilik tashkilotlari orasida bo`ladigan ish taqsimoti ham
ko`rsatiladi.
         Shundan  keyin muayyan  bir  ish  uchun  (uslubiy  birlashmalarning yig’ilish
kunlari,    maktab   kengashi  majlislarini,  kasaba  uyushmasi  tashkiloti  majlislari    va
shu  kabilar  uchun) haftaning kunlarini aniq ko`rsatish ham maqsadga muvofiqdir.           Ish   rejasining   -   "maktabni   o`quv-moddiy   va   texnikaviy   bazasini
mustahkamlash"  deb atalgan qismida:
          a)   maktab   uchun   ajratilgan   byudjet   va   boshqa   mablag’lardan   to`la,   o`z
vaqtida  unumli foydalanish;
         b)  o`quv qurollari  va  boshqa  o`quv-xo`jalik jihozlari  hamda  inventarlarni,
kutubxona   va   uslubiy   xonalari   uchun   mo`ljallangan   adabiyotlarni   sotib   olish;
mebellar,   darsliklar,   o`quv   xo`jalik   ashyolarini   remont   qilish   va   saqlanishini
ta`minlash;     o`qituvchilar,   o`quvchilar,   ota-onalar   kuchi   bilan   ayrim   o`quv
ko`rgazmalarini tayyorlash;
          v)   sanitariya-gigiena   rejimi   texnika   xafsizligi   va   yonginga   qarshi   kurash
tadbirlari, o`quvchilarning bu borada o`z-o`ziga xizmat ko`rsatishi;
          g)   maktabning   o`quv   xonalari,   texnika   vositalari   bilan   ta`min   etish   kabi
masalalar belgilanadi.
         Maktab ish rejasining maktabni pedagogik kadrlar bilan ta`minlash va ular
bilan ishlash   deb atalgan  qismida  maktabni   hozirgi   kunning talablari   darajasidagi
o`qituvchi     va   tarbiyachi   kadrlar   bilan   ta`min   etishga   qaratilgan     tadbirlarni
belgilash  bilan  birga, maktab o`qituvchisining ilmiy metodik, umumiy pedagogik
hamda   umumiy   psixologik     saviyasini   oshirishga   qaratilgan   qator   tadbirlar
belgilanadi.
          Bundan   tashqari   maktab   ish   rejasini   mazkur   qismida   pedagogik   kadrlar
bilan  ishlash va ularning malakasini oshirish hamda qayta tayyorlashga qaratilgan
ishlar ham aniq belgilanadi.
      Bunda ayniqsa: a) maktab o`qituvchilarining malakasini  oshirishning  reja-
grafigini   tuzatish;   b)   o`qituvchilarni   o`z   ustida   mustaqil   ishlab   o`zlarining   ilmiy
metodi   jaroxatlarini   oshirish.   Bunda   o`z   ustida   mustaqil   ishlash   bo`yicha
konsul’tatsiyalarni,   ochik     darslarni   o`tkazish   va   ularga   qatnashish;   v)   malaka
oshirish   va   metodik   ishlar.   Bugungi   kun   talablari   asosida   o`qituvchilarni   yangi
dastur   bo`yicha   qisqa   muddatli   kurslarni     tashkil     etish,   ularni   o`qituvchilar
malakasini   oshirish   shahar,   viloyat,   Respublika   institutlaridagi     kurs
mashg’ulotlariga qatnashtirish;          Kengash   sinf rahbarlarining hamda fanlar bo`yicha metodik birlashmalari
ishlarini   tashkil   etish.   Maktab   kabinetini     jihozlash     va     uni   ilmiy-metodiy
adabiyotlar bilan ta`minlash. O`qituvchilar shug’ullanayotgan pedagogik mavzular
asosida   maktabda   muammoli   seminarlarni,   ilmiy   yo`nalishdagi   anjumanlarni
tashkil etish;
          g)   o`qituvchilar   attestatsiyasi.   Attestatsiya   o`tkazuvchi   guruh   va   uning
tadbirining muddatini belgilash, o`qituvchilar haqida attestatsiyaga doir hujjatlarni
tayyorlash.   Bu   tadbirlarni amalga oshirish bilan bog’liq tajribalarni aks   ettirish.
Attestatsiyani   o`tkazish   davomida,   o`qituvchilarning   darslariga   qatnashish   va
boshqa ishlari bilan tanishish:
          d)   ilg’or   pedagogik   tajribalarni   o`rganish,   umumlashtirish   va
ommalashtirish.   Ilg’or     pedagogik   tajribalarni   o`rganish,   umumlashtirish   va
ommalashtirish   bo`yicha   a`zolarini   belgilash,   muddati   va   mavzusini   aniqlash,
javobgar   kishilarni   ko`rsatish.   Tajribalarni     umumlashtirish   va   ommalashtirishga
doir   ko ` rgazma   va   stendlarni   tashkil   etish.   Shahar,   noxiya   va   maktabdagi   eng
yaxshi   o`qituvchilar   darslariga   qatnashish   hamda   ularning   ibratli   ishlarini
o`rganish.   Ilg’or   tajribalarni   o`rganish,     umumlashtirish     va     yoyish   bo`yicha
seminar-praktikum   o`tkazish;   e)   maktab   doirasida   pedagogik   o`qishlar   o`tkazish
kabi  masalalarga alohida e`tibor beriladi.
         Maktab ish rejasini  o`quv tarbiya ishlarini  yo`lga qo`yish-deb   nomlangan
qismidan o`quv rejasini va dasturlarining o`z vaqtida, yuqori saviyada, sifatli qilib
bajarilishini ta`minlovchi tadbirlar, maktabdagi ta`limning asosini tashkil qiluvchi
darsning   samaradorligini   oshirish,   maktabdagi   ta`limni   kabinet   sistemasida   olib
borish,     ta`lim-tarbiya   jarayonida   texnika   vositalari   va   EXT   dan   foydalanishni
yo`lga   qo` y ish   kabi   masalalar     ko`rsatiladi.   Bundan   tashqari,   rejaning   mazkur
qismida fanlar bo`yicha ta`limiy va tarbiyaviy ishlar:
         a) o`quvchilarni fan asoslaridan chuqur va mustahkam bilim berish;   ularni
mustaqil   ishlashga,   mustaqil   fikrlashga   o`rgatish   yo`li   bilan   ularning   ilmiy
dunyoqarashini     takomillashtirib   borish.   Og’zaki   va   yozma   nutq   madaniyatini
o ` stirib borish.           b)   o`quvchilarda   bilimga,   fanga,   ta`lim   jarayoniga   qiziqishni   oshirish
bo`yicha     tarbiyaviy   ishlar.   Ularni   bilimlar,   mustahkam   ko`nikma   va   malakalar
bilan qurollantirish.  Maktabda va uyda o`quv mehnatini unumli tashkil etish.
     v) kitob bilan ishlash masalasini hozirgi kun talablari darajasida tashkil etish.
          g)   qobiliyatli   va   bo ` sh   o`zlashtiruvchi   o`quvchilar   bilan   yakka   tartibda
ishlash.
          Imtixonlarga   hozirlik   ko ` rish   va   ularni   o`tkazish,   yozda   o`qish   uchun
topshiriqlar     olgan   o`quvchilar   bilan   ishlashni   tashkil   etish,   kuzgi   imtixonlarni
o`tkazib, bilimlarni o`zlashtirgan o`quvchilarni sinfdan-sinfga ko ` chirish.
     Maktabda kitob jamgarmasini yaratish va  tuldirish,  o`quvchilarni  darsliklar
bilan ta`minlash.
          O`qituvchilar   tomonidan   o`quvchilar   bilan   olib   boriladigan   o`quv
ishlarining     tematik   va   har   bir   darsga   planlar   tuzish   va   ularni   o`rganish,   kontrol’
ijodiy,     laboratoriya     va   amaliy   ishlar,   o`quv   ekskursiyalarini   o`tkazish   hamda
mashg’ulotlarda texnika  vositalaridan foydalanishga doir rejalarni ishlab chiqish.
Maxsus (korreksion) pedagogika
Korreksion pedagogika fani bu jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor
bolalarning  psixofiziologik rivojlanishidagi   xususiyatlarini   o‘rganadigan,  ularning
ta’lim-tarbiyasi   bilan   shug‘ullanadigan   fan.   Korreksion   pedagogika   so‘zi   lotin
tilida   korreksiya-tuzatish,     degan   ma’nolarni   anglatadi.   Jismoniy   va   ruhiy
rivojlanishida   nuqsonlari   bor   bolalar   anomal   bolalar   deyiladi   (yunoncha   odatdan
tashqari,   noraso   degan   ma’noni   bildiruvchi   anomal   so‘zidan   olingan).   Hozirgi
kunda   chet   davlatlarda   ushbu   bolalar   maxsus   yordamga   muhtoj   bolalar   deb   ham
yuritiladi.   Korreksion   pedagogika   fanining   mavzui   bahsi   anomal   bolalardir.
Korreksion   pedagogika   fanining   vazifasi   –   anomaliyalarning   kelib   chiqish
sabablari,   turlari,   anomal   bolalarning   psixofiziologik   rivojlanishidagi
xususiyatlarini   o‘rganish,   ularning   ta’lim-tarbiyasi   bilan   shug‘ullanishdir.
Korreksion   pedagogika   fanining   maqsadi   –differensial   va   integratsiyalashgan
ta’limni   tashkil   etish,   anomal   bolalar   uchun   differensial   va   integratsiyalashgan ta’limni   tashkil   etish   uchun   zarur   bo‘lgan   shart-sharoitlarni   o‘rganish,   ulardagi
nuqson   va   kamchiliklarni   bartaraf   etish,   kompensatsiyalash,   iloji   boricha
korreksiyalash,   tuzatish,   ko‘zga   ko‘rinmaydigan   darajagacha   kamaytirish   yo‘llari,
usullarini   belgilash   va   amaliyotga   tatbiq   etish   yo‘l-usullarini   tarbiyachi   va
o‘qituvchilarga   ko‘rsatib   berishdir.   Anomaliyalarning   xarakteriga   qarab,   ba’zilari
to‘liq bartaraf etiladi, ba’zilari korreksiyalanadi, ya’ni qisman tuzatiladi, boshqalari
esa kompensatsiya etiladi, ya’ni almashtiriladi. Agar bola nutqida qo‘pol kamchilik
bo‘lsa,   to‘g‘ri   tashkil   etilgan   logopedik   choralarni   o‘z   vaqtida   ko‘rish   yo‘li   bilan
ularni   to‘liq   bartaraf   etish   mumkin.   Boladagi   nuqson   organik   kamchiliklar
natijasida paydo bo‘lgan bo‘lsa, (masalan, oligofreniya shunday nuqson jumlasiga
kiradi).   Uni   to‘liq   bartaraf   etib   bo‘lmasa   ham,   biroq   qisman   tuzatish   mumkin.
Korreksion pedagogika amaliyotida yana shunday anomaliyalar uchraydiki, ularni
tuzatib   ham   korreksiyalab   ham   bo‘lmaydi.   Masalan,   tug‘ma   ko‘rlik   va   tug‘ma
karlik   shular   jumlasidandir.   Bunda   ko‘rish   analizatorining   vazifasi   sezgi
organlariga,   eshitish   analizatorining   vazifasi   esa   ko‘rish   analizatoriga   yuklash,
ya’ni   kompensatsiyalash   o‘rnini   bosish   mumkin.   Ko‘rish   qobiliyati   zaif   bolalar
sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan brayl shriftidan foydalanadilar.
Bunda   harf   oltita   nuqta   kombinatsiyasi   bilan   belgilanadi.   Eshitish   qobiliyati   zaif
bolalar   esa,   imo-ishora   ya’ni,   daktil   nutqdan,   barmoqlar   harakati   bilan
anglatiladigan nutqdan foydalanishlari mumkin.
          Korreksion   pedagogika   nisbatan   yosh   fan.   Atoqli   psixolog   L.V.Zankov,
L.S.Vigotskiylar 1935 yildan hamkorlikda ishlay boshladilar. Ular anomal bolalar
bilan   rivojlantiruvchi   ta’limni   olib   borish   kerakligini,   korreksiya,   kompensatsiya
usullari   va   bularni   amalga   oshirish   yo‘llarini   ko‘rsatib   berdilar.   L.S.Vigotskiy
«Korreksion pedagogikaning asosiy muammolari» kitobida anomal bolaga nafaqat
«salbiy», balki «ijobiy» tomonlarini o‘rganib, aniqlab shularga tayangan holda va
potensial   imkoniyatlarini   inobatga   olib   turib,   ta’lim-tarbiya   ishlarini   tashkil   etish
zarurligiga diqqatni jalb etdi.
          O‘zbekistonda   Korreksion   pedagogika   fanining   rivojlanishi   1967   yildan
boshlab   tezlashdi.   Chunki   shu   yili   Nizomiy   nomidagi   TDPI   ning   Pedagogika   va psixologiya   fakultetida   Oligofrenopedagogika   bo‘limi   tashkil   etildi.   1972   yilda
oligofrenopedagogika   kafedrasi   o‘z   faoliyatini   boshladi.   1983   yilda
surdopedagogika   bo‘limi   qo‘shildi.   1984   yili   esa   mustaqil   kunduzgi   va   sirtqi
Korreksion   pedagogika   fakultetlarida   oligofrenopedagog,   surdopedagog,
tiflopedagog,   logoped   mutaxassisliklari   bo‘yicha   kadrlarni   tayyorlash   ishlari
boshlab yuborildi. Hozirgi kunda oligofrenopedagogika va logopediya, Korreksion
pedagogika   fanining   klinik   asoslari   va   surdopedagogika   kafedralari   qo‘shilib,
Maxsus   pedagogika   va   metodika   kafedrasiga   aylantirildi,   o‘z   faoliyatini
Pedagogika va Korreksion pedagogika fakultetida amalga oshirmoqda.
          Korreksion   pedagogika   fanining   rivojlanishi   natijasida   undan   quyidagi
tarmoqlar   mustaqil  fan  sifatida ajralib chiqdi:   surdopedagogika   (lotincha,  surdus-
kar,   gung   so‘zidan   olingan),   eshitishda   nuqsoni   bo‘lgan   bolalarning   ta’lim-
tarbiyasi   bilan   shug‘ullanadigan   fan;   tiflopedagogika   (yunoncha   tiflos   –   ko‘r,
so‘qir   so‘zidan   olingan),   ko‘rishida   nuqsoni   bo‘lgan   bolalarning   ta’lim-tarbiyasi
bilan shug‘ullanadigan fan;   oligofrenopedagogika   (yunoncha-oligos kam, fren-aql
so‘zlaridan   olingan)   aqliy   tomondan   zaif   bolalarning   ta’lim-tarbiyasi   bilan
shug‘qullanadigan   fan ;   logopediya   (yunoncha   logos-so‘z,   padeo-tarbiyalash
so‘zlaridan   olingan)   –   og‘ir   nutqiy   nuqsonlarni   o‘rganish,   oldini   olish,   bartaraf
etish yo‘llari, usullarini o‘rganadigan fan.
Yordamga muhtoj bolalar tavsifi
    Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola
har   kuni   ko‘rgan   va   eshitganlari   asosida   borliqqa   va   tevarak-atrofdagi   kishilarga
o‘z   munosabatini   bildiradi.   Kattalarning   xatti-harakatlari,   ishlariga,   sodir
bo‘layotgan voqealarga bolaning beradigan bahosi, kishilarga bo‘lgan munosabati
– bularning hammasi bola ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sir etadi.
        Bolaning   xoh   ona   qornida,   xoh   tug‘ilganidan   keyin   rivojlanib   borishi   uchun
zarur bo‘lgan ma’lum shart-sharoitlarning buzilishi turli xil anomaliyalarga, ya’ni
jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin. 
        Korreksion   pedagogika   fanida   anomal   bolalarning   turli   xil   toifalari   ustida   ish
olib boriladi: 1. Eshitish   kamchiliklariga   ega   bo‘lgan   bolalar   (tug‘ilishidan   kar,   soqov,   zaif
eshituvchi, keyinchalik zaif eshituvchi bo‘lib qolgan bolalar);
2. Ko‘rish qobiliyati zaif (ko‘r, zaif ko‘ruvchi bolalar);
3. Harakat-tayanch a’zolarida kamchiliklari bo‘lgan bolalar;
4. Og‘ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar;
5. Mujassam, aralash nuqsonli (kar-ko‘r-soqov, ko‘r va aqlan zaif bolalar);
6. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar;
7. Oligofren bolalar.
    Anomal bolalar maxsus yordamga muhtoj bolalar. Ular maxsus ta’lim-tarbiya 
muassasalarida tarbiyalanishi yoki o‘qitilishi kerak yoki sog‘lom tengdoshlari 
orasida ular uchun integratsiyalashgan ta’lim-tarbiya tashkil etilishi zarur. 
Bolaning umumiy rivojlanishiga, shaxs sifatida shakllanishiga har tomonlama 
kuchli ta’sir etgan nuqsonlargina uni maxsus yordamga muhtoj, anomal bola deb 
hisoblashga asos bo‘lishi mumkin. Masalan, bolaning faqat chap qulog‘i eshitsa-
yu, bu nuqson uning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etmaydigan, u umumiy 
maktab dasturini sog‘lom tengdoshlari qatori o‘zlashtiradigan bo‘lsa, u anomal 
bola kategoriyasiga kirmaydi. Katta yoshdagi kishilarda ma’lum sabablarga ko‘ra 
paydo bo‘lgan nuqsonlar ham ularning umumiy rivojlanishiga ta’sir etmasa, bu 
kishini anomal deb hisoblash mumkin emas. 
     Anomal bolalarning ruhiy va jismoniy rivojlanishida kuzatiladigan og‘ir, keskin
o‘zgarishlar bola shaxsining tarkib topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun
bunday   bolalarni   tarbiyalash   va   ularga   ta’lim   berish   uchun   maxsus   sharoit
yaratilishi   kerak,   ya’ni   ular   maxsus   bog‘cha   va   maktablarda,   yoki   sog‘lom
tengdoshlari   orasida   maxsus   darsliklar   asosida   tarbiyalanishi   zarur,   ular   maxsus
yordamga muhtoj bolalardir.
          Har   qanday   anomal   rivojlanish   markaziy   yoki   pereferik   nerv   sistemasidagi
organik yoki funksional o‘zgarishlarga aloqador bo‘lishi mumkin.
            Bola   rivojlanishidagi   kamchiliklar,   noqulay   muhit,   noto‘g‘ri   tarbiya,   ta’lim
natijasida   ham   paydo   bo‘lishi   mumkin.   Masalan,   noqulay   oilaviy   sharoit,
pedagogik   qarovsizlik,   o‘qituvchining   bolaga   noto‘g‘ri   munosabati   va   boshqa ko‘pgina   sabablar   bola   rivojlanishiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatib,   uning   dastur
materiallarini yaxshi o‘zlashtira olmasligiga, ulgurmovchi o‘quvchilar orasiga kirib
qolishiga sabab bo‘lishi  mumkin. Shunday bo‘lsada, biz bunday bolalarni anomal
bolalar   kategoriyasiga   kiritmaymiz,   chunki   uning   rivojlanishidagi   kamchiliklar
organizmdagi   qanday   bo‘lmasin,   biror   organik   yoki   funksional   patalogik
o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lmay, balki boshqa sabablardan kelib chiqqan.
          Tarbiyachi   va   o‘qituvchilar   bunday   bolalarni   anomal   bolalardan   farqlay
oladigan bo‘lishlari kerak.
          Kelib   chiqish   sabablariga   ko‘ra   har   qanday   anomal   rivojlanish   tug‘ma   yoki
orttirilgan bo‘lishi mumkin.
          Tug‘ma   anomaliyalar   ko‘p   jihatdan   homilador   onaning   sog‘ligi   va   yashash
sharoitiga   bog‘liq.   Ona   qornidagi   homilaning   rivojlanishiga   infeksiya,
intoksikatsiya,   shikastlanish   va   boshqa   omillar   ta’sir   etishi   mumkin.   Onaning
homiladorlik davrida turli xil kasalliklar bilan og‘rishi, o‘zboshimchalik bilan turli
dori-darmonlarni   bilar-bilmas   iste’mol   qilishi   bolaning   anomal   bo‘lib   qolishiga
sabab bo‘lishi mumkin.
      Tug‘ma anomaliyalar genetik, ya’ni irsiy omillar ta’siriga ham bog‘liq bo‘lishi
mumkin.   Masalan,   eshitish   va   ko‘rish   analizatorlari   faoliyatining   buzilishi,   aqliy
zaiflikning nasldan bolaga o‘tishi ham kuzatiladi.
          Ota-onalarning   alkogolizmi,   nashavandlik,   taksokomaniyalari   ham   bolaning
anomal bo‘lib tug‘ilishiga olib kelishi mumkin.
          Turmushda   orttirilgan   anomaliyalar   bola   organizmiga   tug‘ilish   vaqtida   va
undan   keyingi   davrlarda   zararli   omillar   ta’sir   etishi   natijasida   vujudga   keladi.
Tug‘ruq   vaqtida   miya   shikastlanishi,   bolaning   tug‘ruq   yo‘llaridan   uzoq   o‘tishi,
vakuum-ekstraktor yoki ombur solinishi, bolaning kindigi o‘ralib, bo‘g‘ilib qolishi
(asfiksiya) va boshqalar ba’zan anomal rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
         Bolaning juda yoshligida 3 yoshigacha turli kasalliklar bilan og‘rishi, masalan
meningit,   meningoensefalit,   otit,   markaziy   nerv   sistemasining   shikastlanishi   va
boshqa shu singari dardlarni boshidan kechirishi ham anomal rivojlanishiga sabab
bo‘lishi mumkin.             Mamlakatimizda   bolalar   anomaliyasini   oldini   olish   yuzasidan   ko‘pgina
choralar   ko‘rilmoqda.   O‘zbekiston   xotin-qizlar   qo‘mitasi,   Sog‘lom   avlod   uchun
jamg‘armasi,   Ma’naviyat-ma’rifat   markazi,   Oila   markazi,   Aholini   davolash
profilaktikasi,   Ekosan   jamg‘armalari   tomonidan   olib   borilayotgan   ishlarning
barchasi shu sohada anchagina yutuqlarga erishishga yordam bermoqdalar.
 
Eshitish nuqsonlari bor bolalar.
  Nutq murakkab ruhiy faoliyatdir. U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va
bolaning   umuman   barkamol   bo‘lib   o‘sishiga   katta   ta’sir   ko‘rsatadi.   Nutq   eshituv
organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo‘lib, atrofdagilarga taqlid etish
yo‘li   bilan   rivojlanib   boradi.   Og‘zaki   nutqning   shakllanishida   eshituv   analizatori,
nutqni   harakatga   keltiruvchi   analizator   eshituv   analizatori   bilan   mahkam
bog‘langan   holda   ishlaydi.   Eshituv   analizatorining   rivojlanishi     esa   ko‘p   jihatdan
talaffuzga   bog‘liq.   Bola   nutqining   o‘sib   borishi   tovushlar   talaffuzi,   fiziologik   va
fonematik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina xarakterlanib qolmay,
balki  eng muhimi  o‘z nutqi  va atrofdagilar  nutqidagi  so‘zlarning tuzilishi, tovush
tarkibini   farqlay   bilish   qobiliyati   bilan   ham   xarakterlanadi.   So‘z   tarkibini   anglab
olishdan iborat bu qobiliyat grammatik va leksik komponentlarning rivojlanishida
ham muhim ahamiyatga ega.
         Ikkala signal sistemasi, shuningdek idrok va so‘zning o‘zaro aloqada bo‘lishi
aqliy rivojlanishning negizini tashkil etadi.
       Defektologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, eshitishida nuqsonlari bor bolalarning
rivojlanish   darajasi   shu   nuqsonning   bola   hayotining   qaysi   davrida   paydo
bo‘lganligi   va   og‘ir-yengilligiga   bog‘liq.   Surdopedagogikada   eshitishida
nuqsonlari   bor   bolalar   soqov,   zaif   eshituvchi,   keyinchalik   zaif   eshituvchi   bolalar
guruhiga bo‘linib o‘rganiladi. Tug‘ma yoki hali tili chiqmagan, go‘daklik davrida
ikkala   quloqning   mutlaqo   eshitmasligi   kar-soqovlikka   olib   keladi.   Eshitish
qobiliyatining   qisman   buzilishi   natijasida   nutqiy   nuqsonga   uchragan   bolalar   zaif
eshituvchi  bolalar  guruhiga  kiritiladi.  Nutqi   rivojlanib,  shakllanib   olgandan  so‘ng
yaxshi eshitmaydigan bo‘lib qolgan bolalar keyinchalik zaif eshituvchilar guruhiga kiradi. Bu nuqson nutq tarkib topgandan so‘ng vujudga kelsa ham, nuqson tufayli
eshitishda xos kamchiliklar bo‘laveradi.
    Turg‘un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko‘ra tug‘ma va orttirilgan
bo‘lishi mumkin.
Kar - soqov bolalarning 25-30 foizida eshitish nuqsonlari tug‘ma bo‘ladi.
Ko‘zi ojiz bolalar.
     Tiflopedagogikada  ko‘zi ojiz bolalar ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar guruhlariga
bo‘linadi. Ko‘r bolalarning ko‘rish qobiliyati keskin kamaygan (total ko‘rlik) yoki
korreksiya qo‘llanilganda (ko‘zoynak tutilganda) ham ko‘rish o‘tkirligi 0,04 gacha
pasaygan,   ya’ni   bunday   bolalar   amalda   ko‘r   bo‘ladi.   Zaif   ko‘ruvchi   bolalarda
ko‘rish o‘tkirligi 0,05 dan to 0,4 gacha bo‘lishi mumkin. Ushbu guruhdagi bolalar
tevarak-atrofni ko‘rish analizatori orqali idrok etadi.
          Ko‘rishga   aloqador   nuqsonlar   kelib   chiqish   sabablariga   ko‘ra   tug‘ma   va
orttirilgan bo‘ladi. Tug‘ma nuqsonlar sabablari orasida irsiy kasalliklar, homilador
ayolning   toksoplazmoz,   qizilcha   va   boshqa   kasalliklar   bilan   kasallanishi   sabab
bo‘lishi mumkin.
        Orttirilgan   ko‘rish   anomaliyalari   traxoma,   chechak,   suzak,   ko‘z   sili,   qizamiq,
skarlatina   va   boshqa   kasalliklar   oqibatida   paydo   bo‘lishi   mumkin.   Aholiga
davolash-profilaktika,     oftalmologiya   yordamining   yaxshilanishi   hamda   tibbiyot
sohasidagi   katta   yutuqlar   qo‘lga   kiritilganligi   munosabati   bilan   zaif   ko‘ruvchi
bolalar ancha kamaydi.
        Ko‘rish   nuqsonlari   zo‘rayib   boradigan   va   turg‘un   (muqim)   bo‘ladi.   Zo‘rayib
boradigan   xili   kun   sayin   og‘irlashib,   bora-bora   ko‘rlikka   olib   keladi.   Muqim   xili
esa   turg‘un   bo‘ladi,   bolaning   ko‘rish   darajasi   bir   xilda   turaveradi.   Ko‘rish
qobiliyatining zo‘rayib boradigan xili kuksuv, ya’ni glaukoma kasalligi (ko‘z ichki
bosimining   ko‘tarilib   turishi)   ko‘ruv   nervi   atrofiyasi,   to‘r   parda   distrofiyasiga
bog‘liq   bo‘lib,   bolaning   har   qanday   rivojlanish   davrida   vujudga   kelishi   mumkin.
Gigiyenik talablarga rioya qilmaslik refraksiya anomaliyalari bilan bog‘liq bo‘lgan
ko‘z kamchiliklari zo‘rayib borishiga ham olib keladi.      Ko‘zi ojiz bolalar ko‘r tug‘ilgan va ko‘r bo‘lib qolgan bolalar deb ikki guruhga
ajratiladi.   Birinchi   guruhga   tug‘ilgandan   va   tug‘ilgandan   so‘ng   to   uch   yoshgacha
bo‘lgan davr ichida ko‘rish qobiliyati zaif bolalar kiritilsa, ikkinchisiga keyinchalik
ko‘zi   ojiz   bo‘lib   qolgan   bolalar   kiritiladi.   Ko‘z   ojizligi   qanchalik   kech   paydo
bo‘lgan   bo‘lsa,   bolaning   tevarak-atrof   haqidagi   tasavvurlari   shunchalik   boy   va
ularni mustahkamlash, takomillashtirish shunchalik oson bo‘ladi.
      Ko‘zi ojiz bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab-internatlar
mavjud.   Bu   joylarda   ishlar   kompensatsiya,   korreksiya   yo‘nalishida   amalga
oshiriladi.
Og‘ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar.
    Maxsus yordamga muhtoj anomal bolalarga og‘ir nutq nuqsonlariga ega bo‘lgan
bolalar   ham   kiritiladi.   Nutq   nuqsoni   logopediya   fanida   muayyan   tilning
me’yoridan   chetga   chiqish   deb   ta’riflanadi.   Nutq   nuqsoni   o‘z-o‘zidan   barham
topmaydi,   balki   vaqt   o‘tgan   sari   yanada   mustahkamlanib,   zo‘rayib   boradi.   Nutq
nuqsoni   gapiruvchining   yoshiga   mos   kelmaydi.   Nutq   nuqsoniga   ega   bo‘lgan
kishilar logopedik yordamga muhtoj bo‘ladi. Og‘ir nutq nuqsoni kishining nafaqat
nutqiga balki umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
        Hozirgi   kunda   nutq   nuqsonlarining   turli   klassifikatsiyalari   mavjud.   Nutq
nuqsonlari   asosan   uchta   katta   guruhga   ajratiladi:   fonetiko-fonematik   xarakterli
nuqsonlar,   sistemali   nutq   buzilishlari   va   yozma   nutq   nuqsonlari.   Fonetiko-
fonematik   xarakterli   nuqsonlarga   tovushlar   talaffuzidagi   nuqsonlar,   ovoz
nuqsonlari,   nutq   sur’ati,   tempi,   ritmi   va   ravonligidagi   kamchiliklar,   nutqni   idrok
etishni buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan nuqsonlar kiritiladi.
       Sistemali nutq buzilishlarida kishining butun nutq sistemasi  shakllanmaganligi
natijasida   u   gapirmaydi.   Bunday   nuqsonli   kishilarda   qulog‘i   yaxshi   eshitadi,
oligofreniya   yo‘q.   Sistemali   nutq   buzilishida   nutqning   umumiy   rivojlanmaganligi
kuzatiladi.
      Yozma nutq nuqsonlari o‘qish va yozish malakalarini katta qiyinchiliklar bilan
yoki   umuman   o‘zlashtira   olmaydigan   kishilarda   kuzatiladi.   Logopediya   fanida ushbu   nutq   sistemasida   nuqsonlar   quyidagi   terminlar   bilan   yuritiladi:   fonetiko-
fonematik   xarakterli   nuqsonda   tovushlar   talaffuzidagi   nuqsonlar   dislaliya,
rinolaliya, dizartriya, anartriya, ovoz nuqsonlaridan afoniya, disfoniya, fanasteniya,
rinofaniya,  laringomirlashgan  ovoz  kiradi.  Nutq sur’ati, tempi   ritmi  ravonligining
buzilishiga   –   taxilaliya,   bradilaliya,   logonevroz,   qoqilib   gapirish   kiradi.   Nutqni
idrok   etish   nuqsonlari   zaif   eshituvchi   aqlan   zaif,   fonematik   eshitishi   buzilgan
kishilarda   kuzatiladi,   natijada   bolaning   talaffuzi,   ovozi,   nutq   sur’atida   ma’lum
o‘zgarishlar   bo‘lishi   mumkin.   Sistemali   nutq   nuqsonlariga   alaliya   va   afaziyalar
kirsa, yozma nutq nuqsonlariga agrafiya, aleksiya, disgrafiya, disleksiyalar kiradi.  
Ruhan sust rivojlangan bolalar.
RRS bolalar uchun tashkil etilgan o‘quv muassasalari.
        Ulgurmovchi   o‘quvchilar   orasida   ruhan   sust   rivojlangan   bolalar   ham   uchrab
turadi.   Ularning   bilish   faoliyati   markaziy   nerv   sistemasidagi   modda   almashinuvi
buzilishidan   kelib   chiqqan   yengil   patalogik   o‘zgarishlar   vaqtinchalik   buzilgan
bo‘ladi.
    Ruhan sust rivojlangan bolalar aqliy darajasi jihatidan 2 guruhga bo‘linadi;
1. Yengil   nuqsoni   bor   bolalar   bular   maxsus   sharoitda   1-3   yil   ta’lim-tarbiya
olganlardan   so‘ng   o‘qishni   umumta’lim   maktabining   tegishli   sinfida   davom
ettirishlari mumkin.
2. Ruhiy  jihatdan  rivojlanishida  sezilarli  darajada  orqada  qolgan  bolalar-   bular  o‘rta
maktabni bitirgunga qadar maxsus sharoitda o‘qitilishi maqsadga muvofiqdir.
        So‘nggi   yillarda   olimlar   ruhiy   sust   rivojlangan   bolalarni   klinik-psixologik
jihatdan qo‘yidagi xillarga bo‘lishni tavsiya etadilar;
1. Konstitutsional;
2. Somatogen;
3. Psixogen;
4. Serebral shakli;
        Konstitutsional   xilini   xarakterlovchi   belgilarga   qo‘yidagilar   kiradi;   bolaning
gavda   tuzilishi   sog‘lom   tengdoshlarnikiga   nisbatan   1-2   yosh   kichik   ko‘rinadi.   7
yashar   bola   o‘zini   5   yashar   bolaga   o‘xshab   tutadi   va   ta’lim   olish   uchun   xali «yetilmagan»   bo‘ladi.   Bunday   bola   o‘quv   faoliyatiga   yaxshi   kirishib   ketmaydi,
unda o‘qishga qiziqish yo‘q, ish qobiliyati past.
        Somatogen   xilida   surunkali   infeksiyalar,   allergik   xolat,   tug‘ma   porok   va   shu
kabi   kasalliklar   ayniqsa   tez   uchrab   turganligi   tufayli   bolada   asteniya   holati
kuzatiladi.   Bola   o‘z   kuchiga   ishonmaydigan,   tez   charchaydigan,   injiq,   qo‘rqoq
bo‘ladi, hech narsaga qiziqmaydi.
      Psixogen  xilida bola noqulay, noto‘g‘ri sharoitda tarbiyalanadi. Natijada u ham
ulgurmovchi   o‘quvchilar   qatoriga   qo‘shilib   qoladi.   Psixogen   xilida   bolalarning
50%   da   nerv   sistemasida   organik   jarohatlanish   kuzatiladi,   shuning   uchun   u
nisbatan turgun bo‘ladi. Bu narsa bolaning bilish faoliyati, xis-tuyg‘ulari, irodaviy
holatlarining rivojlanmasligiga olib keladi, organik infantalizm kuzatiladi. Bola yo
ko‘tarinki   ruhda,   o‘zidan   yosh   bolalarga   o‘xshab,   yoki   aksincha   kayfiyati   past
bo‘lib, mayus tortib yuradigan, ishni mustaqil hal qila olmaslik tashabbus ko‘rsata
olmaslik, qo‘rqish holatlari kuzatiladi.
        Ruhan   sust   rivojlangan   bolalar   maxsus   yordamga   muhtoj,   ular   maxsus
muassasalarda yoki differensial ta’limga jalb etilishi kerak.
                                         Oligofren bolalar va ularning tavsifnomasi
      Markaziy nerv sistemasining organik jarohatlanishi natijasida bilish faoliyatida
turg‘un   buzilgan   bolalar-oligofrenlardir.   Oligrofeniya   yunoncha   «oligos»-« kam,
oz»   ;   «fren »-«aql»   degan   so‘zlardan   olingan   bo‘lib,   esi   past,   aqli   past   demakdir.
Oligofrenopedagogikada   bu   bolalar   aqliy   rivojlanish   darajasiga   ko‘ra   debil,
imbetsil   va   idiotlarga   ajratib   o‘rganiladi.   Debillik-   oligofreniyaning   eng   yengil
darajasi   bo‘lib,   bunday   bolalarni   tashqi   ko‘rinishidan   sog‘lom   tengdoshlaridan
ajratib bo‘lmaydi. Chet  el  olimlari ularni  «ta’lim olishi  qiyinlashgan bolalar» deb
nomlashmoqdalar.   Zehn   va   fahm-farosatga   bog‘liq   ishlarda   debil   bolalar   ancha
qiynaladilar, biroq maxsus maktabda o‘qigach, ular mustaqil yashab, oddiy turdagi
mehnat   bilan   shug‘ullanib,   o‘zini-o‘zi   eplab   ketadi.   Ular   uylanadi,   turmushga
chiqadi, mehnat qiladi . Imbetsil va idiot   bolalar o‘zini o‘zi eplay olmaydilar. Ular
uchun maxsus bog‘cha va maktab dasturi murakkablik qiladi. Imbetsil bola yuradi, gapiradi, o‘rgatsa o‘ziga o‘zi xizmat qiladi. Idiot bola hattoki o‘z ota-onasini ham
tanimaydi, o‘zini-o‘zi uddalay olmaydi. Imbetsil va idiot bolalar ijtimoiy ta’minot
vazirligi qoshidagi muassasalarda tarbiyalanadi, ular nogiron bolalarga kiradilar.
        Kelib   chiqish   sabablariga   ko‘ra   oligofreniya   tug‘ma   yoki   orttirilgan   bo‘lishi
mumkin. Onaning homiladorlik davrida turli kasalliklar bilan kasallanishi, tug‘ilish
vaqtida   va   tug‘ilgandan   to   uch   yoshgacha   bo‘lgan   davr   ichida   shikastlanishi,
kasallanishi   natijasida   oligofreniya   kelib   chiqadi.   Agarda,   turli   sabablarga   ko‘ra,
aqlan   zaiflik   bolaning   uch   yoshidan   keyingi   davrida   paydo   bo‘lsa,   bunday   aqlan
zaiflik demensiya deb yuritiladi. Demensiya progressivlashadigan, ya’ni kuchayib
boradigan xususiyatga ega. Oligofreniya esa-turg‘un bo‘ladi.       
        Oligofreniyaning   faqat   debil   darajasidagi   bolalar   maxsus   bog‘cha   va   maxsus
maktab   dasturini   o‘zlashtirib,   mustaqil   hayot   kechira   oladilar.   Imbetsil   va   idiot
bolalar   ijtimoiy   ta’minot   vazirligi   qoshidagi   bolalar-internatlarida   18   yoshgacha
tarbiyalanib, so‘ngra nogironlar uyida umrining oxirigacha yashaydilar.
Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar
Dunyodagi   500   million  aholining  10   foizi   nogironlardir.  Shular   jumlasiga
mujassam   nuqsonli   anomal   bolalar   ham   kiradi.   Mujassam   nuqsonli   anomal
bolalarda bir necha nuqson birgalikda kuzatiladi., Ular kompleksli nuqsonli bolalar
kategoriyasi   deb   ham   nomlanadi.   Onalar   va   bolalar   salomatligini   yaxshilash,
nogironlikni   oldini   olish,   ekologik   muvozanatni   yanada   barqarorlashtirish
yuzasidan   mamlakatimizda   mustaqilligimizning   birinchi   kunidanoq   muayyan
amaliy   ishlar   olib   borilmoqda.   Respublikada   kasal   bolalar   tug‘ilishi   ko‘rsatkichi
1000   aholiga   nisbatan   1991   yildagi   34,   5   dan   2000   yildag   21,   4   ga   kamaydi.
Demak hali  ham  bu borada ko‘pgina ishlar olib borilishi  lozim. Ayollar, ayniqsa,
qizlar   orasida   uchraydigan   chekish,   spirtli   ichimliklar   ichish,   narkotik   moddalar
is’temol   qilish,   shifokor   maslahatisiz   dori-darmon   qabul   qilinishi,   ekologik
muammolar va boshqa holatlar nogiron bolalar tug‘ilishiga sabab bo‘layotgani va
uning   oldini   olish   borasida   ko‘proq   balog‘at   yoshidagi   yigit-qizlar   orasida
tushuntirish   ishlari   keng   tarzda   olib   borilishi   maqsadga   muvofiqdir.Olimlar tomonidan   aniqlangan     400   dan   ortiq   dori-darmonlar   homila   rivojlanishiga
(dastlabki 1-2 oylar) salbiy ta’sir etar ekan.
Mujassam   nuqsonli   maxsus   yordamga   muhtoj   toifasiga   kar-ko‘r-soqov
bolalar, kar va aqlan zaif, ko‘r va oligofren, harakat tayanch a’zolari jarohatlangan
va ko‘r yoki aqlan zaif va h.k. kiradilar.
Oxirgi   yillarda   ko‘r   va   zaif   ko‘ruvchi   bolalar   soni   ancha
kamaydi.Oftalmologik   yutuqlar,   erta   diagnostikaning   yangi   usullarini   ko‘llanishi,
ko‘rish   organlari   kasalliklarini   davolash   va   korreksiya   qilish   natijasida   maxsus
maktab   o‘quvchilarining   kontingenti   sezilarli   darajada   o‘zgardi.   Ko‘r   bolalar
nisbatan   kamaydi,   ammo   zaif   ko‘ruvchi   bolalar   soni   ko‘paydi.   Ularning   orasida
maktab   dasturini   o‘zlashtira   olmaydigan   bolalar   yaqqol   ko‘rina   boshlandi.
Kompleks   ,   ya’ni   har   tomonlama   tekshirish,   o‘rganish   natijasida   ularning   ko‘rish
qobiliyatini   buzilishi   bilan  birga  oligofreniya   tipidagi   aqli   zaiflik  ham   mavjudligi
aniqlandi.   Zaif   ko‘ruvchi   va   aqli   zaif   bo‘lgan   bolalarni   o‘qitish   va   tarbiyalash
ancha   murakkab   va   o‘ziga   xosdir.   Odatda   zaif   ko‘ruvchilardan   ayrimlari   va   ko‘r
bolalar «Brayl» sistemasi bo‘yicha o‘qish va yozishni o‘rganadilar. To‘g‘ri tashkil
etilgan   ta’lim   natijasida   ko‘r   bolalar   nuqta-relyefli   shriftni   tez   o‘rganib   oladilar.
Aqli   zaif   ko‘rlarda   bu   jarayon   ancha   sekin   kechadi,   uncha   samarali   bo‘lmaydi.
Bunga   bir   necha   sabablar   mavjud.   Markaziy   nerv   sistemasining   organik
shikastlanishi   natijasida   aqli   zaif   ko‘r   bolaning   kompensator   imkoniyatlari
sustlashgan bo‘ladi.Maxsus tashkil etilgan ishlar tufayligina  eshitish analizatorlari
kompensator   faoliyatni   bajara   boshlaydilar.   Aqli   zaif   o‘quvchilarning   tafakkur,
tasavvur,   nutqi,   fikrlash   qobiliyatini   o‘stirishda   yordamchi   maktabda   ko‘rgazmali
qurollardan keng foydalaniladi.Ko‘rlar maktabida bu borada ko‘proq nutq, so‘zga,
maxsus tiflografik ko‘rgazmali kurollarga asoslangan  holda ish tashkil  etilsa,  aqli
zaif ko‘r bolalar bilan boshqacha ishlarni uyushtirish lozim bo‘ladi. Ikkala holatda
ham   birinchi   navbatda   bolaning   abstrakt   tafakkuri   yaxshi   rivojlangan   bo‘lishi
kerak. Aqli zaif bolalarning esa bilish faoliyati turg‘un buzilgan bo‘ladi. Aqlan va
ko‘rish   qobiliyati   zaif   bolalarning   ta’lim-tarbiyasiga   maxsus   yondoshgan   holda,
maxsus yaratilgan tizim asosida o‘qitish va tarbiyalash lozim. Mujassam   nuqsonli   bolalardan   eshitish   qobiliyati   va   aqli   zaif   bolalar
birinchi bo‘lib o‘rganilgan edi. Kar va zaif eshituvchi bolalarda ikkilamchi hodisa
sifatida   aqlan   zaiflik   kuzatilib   boriladi.   Natijada   intelekti   sog‘lom,   eshitish
qobiliyati zaif bolalarni aqli zaif eshitish qobiliyati zaif bolalardan amalda ajratish
ancha   mushkul.   Ayniqsa   ilk   yoshdagi   bolalarda.   Hozirgi   kunda   ular   uchun
differensial-diagnostik   mezonlar   ishlab   chiqilgan.   Aqli   va   eshitish   qobiliyati   zaif
bolalar   karlar   yoki   zaif   eshituvchi   bolalar   maktab-internatlarining   yordamchi
sinflarida   yordamchi   maktab   dasturi   bo‘yicha   ta’lim   oladilar.   Yordamchi   sinflar
ko‘rlar va zaif ko‘ruvchi bolalar maktab-internatlarda ham mavjud.
Mujassam nuqsonli bolalar toifasiga ko‘r-kar-soqov bolalar xam kiradi. Bu
toifadagi bolalar nuqsoni ancha murakkab. Kar-ko‘r-soqov bolalar tevarak atrofdan
informatsiya olish imkoniyatidan mahrum bo‘lganligi tufayli aqlan rivojlanmaydi.
Biroq maxsus tashkil etilgan yordam tufayli bu bolalar tuliq intellektual rivojlanish
imkoniyatiga   egadirlar.   Ularga   barcha   murakkab   muloqot   turlari   yaratiladi,   nutqi
o‘stiriladi va ular barkamol nutqdan tortib to so‘z nutqigacha egallay oladilar. Bu
esa ularni o‘rta maktab dasturini egallab, xatto oliy o‘quv yurtlarini muvaffaqiyatli
bitirishga imkon beradi. Bunga Olga Ivanovna Skoroxodovaning hayoti va ijodini
misol   qilib   keltirishimiz   mumkin.   Kar-ko‘r-soqov   qizchani   mashhur   defektolog
Sokolyanskiy   I.A.   o‘zi   rahbarlik   qilgan   maktab-klinikada   o‘qitib,   tarbiyalagan.
Oliy   o‘quv   yurtini   tugatib,   O.Skoroxodova   butun   hayotini   Korreksion
pedagogikaga   bag‘ishladi.   U   Korreksion   pedagogika   ilmiy-tadqiqot   instituti
dotsenti,   pedagogika   fanlari   nomzodi,   ko‘pgina   ilmiy   maqola,   she’rlar   to‘plami
muallifi.   Ayniqsa   u   yaratgan   noyob     kitoblar   «Kak   ya   vosprinimayu   okrujayuhiy
mir»(1947), «Kak ya vosprinimayu i predstavlyayu okrujayuhiy mir»(1956), «Kak
ya   vosprinimayu,   predstavlyayu   i   i   ponimayu   okrujayuhiy   mir»(1972)   ko‘pgina
tillarga   tarjima   qilindi.   Moskva   viloyatining   Zagors   shahrida   kar-ko‘r-soqov
bolalar   bilan   olib   boriladigan   ishlar   tizimi   takomillashtirildi.   Ushbu   maktab-
internat   o‘z   faoliyatini   davom   ettirmoqda   va   ko‘pgina   kar-ko‘r-soqov   bolalarga
mustaqil hayotda o‘z o‘rnini topib ketishga yordam bermoqda. O‘zbekistonda anomal bolalarga differensial va integratsiyalashgan ta’lim
       «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning 23-moddasi anomal bolalarga 
bag‘ishlangan. Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar ham 
ta’lim olish huquqiga ega. Ularni maxsus muassasalarga tashxis etishda 1998 yilda 
o‘z faoliyatini boshlagan «O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-
pedagogik tashxis markazlari» faoliyati nihoyatda katta ahamiyatga ega. Tashxis 
etilgan bolalar rivojlanishidagi nuqsoniga ko‘ra ta’lim olish qurbiga ega bo‘lsa, 
Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi muassasalarda o‘qiydi, tarbiyalanadi. Sog‘liqni 
saqlash vazirligi qoshidagi muassasalarda ularga tegishli tibbiy yordam 
ko‘rsatiladi.
                Mehnat   va   aholini   ijtimoiy   muxofaza   qilish   vazirligi   jismoniy   yoki   ruhiy
rivojlanishida   og‘ir   nuqsonlari   bo‘lgan   bolalarga   nogironlik   berib,   ularni   o‘z
qaromog‘iga   tegishli   muassasalarda   muruvvat   uylarida   tarbiyalanishni   va   mehnat
qilishni ta’minlaydi.
     Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi anomal bolalarning barcha toifalari uchun; 
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun muassasalar, maxsus maktablar, maktab-
internat va maxsus sinflarda differensial ta’lim tashkil etilgan. Sog‘lom 
tengdoshlari orasida o‘qishni istagan bolalarga tegishli shart-sharoitlar yaratilishi 
mumkin bo‘lgan integratsiyalashgan ta’lim amalga oshirilmoqda.     FAN MAJMUASINI TAYYORLASHDA FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR RO’YXATI
Asosiy adabiyotlar
A1 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.: O’zbekiston nashriyoti 
2019 y
A2 O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni // Xalq so’zi 
gazetasi 2020 yil 24-sentabr soni
A3 R.A.Mavlonova, O.To’rayeva, K.M.Xoliqberdiyev, Pedagogika. Darslik 
T:. O’qituvchi 2018 yil.
A4 B.X.Xodjayev Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. 
“Sanostandart” nashriyoti. Toshkent 2017 y.
A5 K.Xoshimov, S.Nishonova. Pedagogika tarixi . Darslik –Toshkent 2005 
yil
A6 K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil
A7 Pedagogika (Pedagogika nazariyasi va tarixi) O‘qituvchilar tayyorlash va
pedagogika fani sohasi: bakalavriat yo‘nalishi uchun darslik // 
prof.M.X.Toxtaxadjayevaning umumiy tahriri ostida, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent 
“O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati” nashriyoti, 2010
A8 A.Xoliqov Pedagogik mahorat.DarslikT.: Iqtisod-moliya, 2011yil 
A9 Maxsus pedagogika. Darslik.-T.: (Fan va texnologiya )  2004   y

Ta’lim muasasasasi menejmenti . K orreksion pedagogika asoslari REJA: 1. Boshqarish haqida umumiy tushuncha. 2. Bosh q arish q oidalari 3. Maktab ishini rejalashtirish 4. Korreksion pedagogika fani va uning dolzarb masalalari 5. Yordamga muhtoj bolalar tavsifi ( Eshitish nuqsonlari bor bolalar, ko‘zi ojiz bolalar,Ruhan sust rivojlangan bolalar.) 6. O‘zbekistonda anomal bolalarga differensial va integratsiyalashgan ta’lim

Jamiyatimizning muvaffaqiyat bilan rivojlanishi uchun u yuksak salohiyatga ega bo`lishi kerak. Shu sababli jamiyatimiz a`zolarining ongi, ma`naviy madaniyati, qanchalik yuqori bo`lsa, Respublikamizda qayta qurish ishlari Shunchalik muvaffaqiyat bilan amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarbiyani, ilm va ma`rifat berishni, aholiga madaniy, maishiy xizmat ko`rsatishni ilmiy asosda boshqarish zarurati ana Shundan kelib chikadi. Jamiyatning ma`naviy hayotini boshqarish oldiga qo`yilgan maqsad esa ilm- ma`rifatni, madaniyatni, har tomonlama kamol topgan yuksak intellektual, yuksak darajadagi pok va axloqli kishini tarbiyalab etishtirishdan iboratdir. Har qanday miqiyosidagi bevosita ijtimoiy yoki birgalikda qilinadigan mehnat-idora qiluvchiga ma`lum darajada muxtojdir. Bu ibora qiluvchi indivudual ishlarni bir-biriga muvofiqlashtiradi va ishlab chiqarish organizmining mustaqil organlari harakatidan farq qilib, butun organizm harakatidan kelib chikadigan umumiy vazifalarni bajaradi. Yakka skripkachi o`zini-o`zi idora qiladi. Lekin, orkestr esa - dirijyorga muxtojdir. Demak, to`g’ri boshqaruvning muhim sharti - boshqaruvchi - rahbarning bo`lishidir. Ijtimoiy-siyosiy hayotni boshqarish oldiga qo`yilgan maqsad ijtimoiy tafovutlarni bartaraf etish, jamiyatning ijtimoiy o`z-o`zini idora qilishga aylantirishdir. Ijtimoiy tarbiyani, ilm va ma`rifat berishni, aholida maishiy-madaniy xizmat ko`rsatishni ilmiy asosda boshqarish zarurati ana shundan kelib chiqadi. Eng yangi ilmiy texnika inkilobi asarida ma`naviy ishlab chiqarishning fan kabi sohasini boshqarish g’oyat katta ahamiyat kasb etadi. Jamiyatning va uning har bir ayrim a`zosining ma`naviy rivojlanishini boshqarish - umumiy ta`lim maktablari, maktabgacha, maktabdan tashqari bolalar muassasalari, xalq ta`limi organlari, hunar-texnika bilim yurtlari, o`rta maxsus va oliy o`quv yurtlari, pedagogik qadrlar malakasini oshirish institutlarini boshqarishni, fan adabiyot, san`at, madaniyat, sog’likni saqlash kabi sohalarni boshqarishni o`z ichiga oladi. Shunga ko`ra xalq ta`limi tizimini

boshqarish, jumladan, umumiy ta`lim maktabini boshqarish ijtimoiy boshqaruvning ajralmas qismidir. Boshqaruv taraqqiyotning har qanday bosqichida jamiyatga xos bo’lgan ichki xususiyatdir. Bu xususiyat umumiy xarakterga ega. Boshqaruv xalq manfaatini ko’zlagan holda demokratik uslub negizida amalga oshiriladi. O’z- o’zidan ravshanki, bunday boshqaruv jarayonida inson omiliga, xususan, millat manfaati va milliy qadriyatlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Boshqaruv mehnati insonning boshqaruv vazifalari amalga oshirish jarayoni bajariladigan harakat va jarayonlarda o’zining aniq ifodasini topadi. Boshqaruv vazifalari yordamida esa sistemaning harakatlari, rivojlanish va takomillashuvi, uning barqarorligi va hayotchanligi ta’minlanadi. Quyidagi bosh vazifalarni ajratib ko’rsatish mumkin: qarorlarning bajarilish jarayoni pedagogik tahlil qilish, rivojlantirish, tashkil etish, nazorat qilish va tartibga solib turish. Pedagogik jarayonning samaradorligi maktab rahbarining boshqaruv vazifalarini sifatli bajarishlari, ularning faol va uyg’un hamkorligi bilan bab- barobar belgilanadi, ulardan bir-birining ahamiyatlarini pasaytirib yuborish muqarrar ravishda butun sistema birligining buzilishiga olib keladi. Rejalashtirish ilmiy boshqarish va rahbarlarning markaziy butunligini va asosini reja va har qanday jamoa faoliyatining aniq maqsadlari hamda vazifalari va unga erishish vositalarini belgilab beradi. Rejaning axamiyati yana shundan iboratki, u pirovard natijada faqat nimaga erishish kerakligini emas, balki buni qanday uddalash, rejani bajarishning qanday rivodlanish kerakligini ko’rsatib bermasligi kerak. Rejalashtirishga faqat kelajak emas, balki o’tmish, o’tmishning tajribasi ham ta’sir qilar ekan. Maktab ichki rejalashtirish masalalari ko’pgina pedagogik olimlarning ishlari bilan asoslanib berilgan. Rejalashtirishning mohiyati maktab xodimlarini qo’yilgan maqsadga erishish, qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan jamoa tarziga va yakka tartibdagi mehnatni vaqt jihatidan oqilona taqsimlashdan iboratdir.

Maktab rahbari rejalashtirishning tashkil etishning muntazam yondashuviga amal qilmog’i lozimdir, bu yondashuv rejalashtirishning maqsad va vazifalari, ularning tuzilishi va mazmuni, rejalashtirish metodlari va uning bajarilishini tashkil etish xususiyatlarini dialektik birligi va uzaro bog’liqligini rejalashtirishning boshka boshqaruv vazifalari bilan uzaro xarakatlarini nazarda tutadi. Maktab rejalarining xilma-xilligini kupgina belgilariga ko’ra vaqt bo’yicha (besh yil o’quv yili, yarim yili, chorak, oy, hafta) shakliga ko’ra (yozma, grafik detali) tuzilishi birligiga ko’ra maktabning ish rejasi, o’quvchilar tashkilotlari, o’qituvchilar, sinf rahbarlari, metod birlashmalarining va ularning o’z-o’zini boshqaruv organlarining ish rejasini ta’kidlar ekanmiz, biz maktab ishini o’quv yiliga rejalashtirish bilan bog’liq bo’lgan masalalarga qarab chiqish bilan chegaralanamiz va mazkur masala mohiyatini ana shu nuqtai nazardan yoritib beramiz. Bosh q arish omillari Ishlab chiqarishni boshqarish omillari deganda - boshqaruv mehnatining maxsus turlarini, boshqariluvchi ob`ektlarga ta`sir ko`rsatishning u yoki bu yo`nalishlarini tushunmoq kerak. Boshqaruv omillariga: rejalashtirish, tashkil qilish, sozlash (kordinatsiya qilish), nazorat qilish, hisob-kitob qilish kiradi. Rejalashtirish - boshqariluvchi ob`ektlarni rivojlantirish va modellashtirishni, prognoz qilishni ham o`z ichiga oladi. Tashkil qilish - ishlab chiqarish ob`ektining tuzilishini va boshqaruv tuzilishini tanlab olish hamda shakllantirishdir. Tizimning tuzilishi elementlari o`rtasidagi munosabatlarini va ularning o`zaro harakatini belgilashdir. Nazorat qilish - ishlab chiqarishning amaldagi jarayonini va taraqqiyotini rejaga qanchalik muvofiqligini kuzatib va tekshirib turishdan iboratdir. Nihoyat, hisob-kitob qilish esa rejani yoki uni amalga oshirishdagi muayyan bosqichlarning qanday bajarilayotganligiga yakun yasashdir. Hisobga olish, axborotlarni yakunlashga, uni tizimga solishga imkon beradi. Shuningdek, u mazkur tizimning keyingi davrga mo`ljallangan ish dasturini ishlab chiqish uchun axborot bazasidan to`liq foydalanishga imkon beradi.

Shuni ta`kidlab o`tish lozimki, yuqorida sanab o’tilgan boshqarish omillarini xalq xo`jaligimizning hohlagan sohasiga, jumladan, maktab-maorif sohasiga ham to`liq ma`noda tadbiq qilish mumkin. Lekin, mazkur omillarning konkret mazmuni turli boshqaruvchi tizimlarga bog’liq bo`ladi. Demak, biz fikr yuritayotgan funksiyalar ijtimoiy boshqaruvning mazmunini tashkil qiladi. Modomiki, shunday ekan, maktab-maorif sohasidagi har bir rahbar xodim o`zining boshqaruv ish tuzimini mazkur boshqaruv omillari asosida tashkil qilsa, bu borada so`zsiz yaxshi natijalarga erishishi mumkin. Buning uchun esa, mazkur boshqaruv omillari va ularning mohiyatiga to`liq tushunib olmoq lozim. Maktabda boshqaruv mehnati bilan shug’ullanuvchi kishilar (maktab direktori, direktorning o`quv tarbiya va xo`jalik ishlari bo`yicha o`rinbosarlari, ma`naviyat bo`yicha o`rinbosari, metod birlashma rahbarlari, kasaba uyushmasi tashkilotining raisi) boshqaruv apparatlarini tashkil etadi. Boshqarishning barcha bo`g’in va bosqichlaridagi xodimlar ham shu apparatga mansubdirlar. Boshqaruv apparatining bir qismini kishilarni boshqaruvchi shaxslar (maktabdagi rahbarlar) tashkil etsa, ikkinchi qismini ijrochilar (o`qituvchi, tarbiyachi, yoshlar tashkilotchisi, sinf rahbarlari, metod birlashmalarning a`zolari, texnik xodimlar) tashkil etadi. Boshqarish sohasidagi ijrochi xodimlarni ikkita asosiy guruhlariga: a) mutaxasislariga( o`qituvchi va tarbiyachilarga): b) texnik xodimlarga( laborant, farrosh, elektrchi-montyor, maktab korovuli kabilarga) bo`lish mumkin. Maktabga o`qituvchi, tarbiyachi va texnik xodimlarni to`g’ri tanlash va ularni to`g’ri joyiga qo`yish,- maktab ichki boshqaruvidagi muhim masalalardan biridir. Maktab xodimlarini tanlash bobida quyidagi qoidaga rioya qilish bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab xodimlarini tanlashda ularning: a) siyosiy bilimi jihatidan: b) xalolligi nuqtai nazaridan: v) ish bilishi jihatidan: