KORREKSION (MAXSUS) PEDAGOGIKA
MAVZU: KORREKSION (MAXSUS) PEDAGOGIKA REJA: 1. Korreksion pedagogika va uning maq`sad va vazifalari 2. Korreksion pedagogikaning kategoriyalari 3. Korreksion-pedagogikaning paydo bo`lishi 4. Turli anomaliysli o`quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlar.
Korreksion pedagogika va uning maq`sad va vazifalari. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo`lgan o`quvchilarni korreksion o`qitish va tarbiyalash bilan korreksion pedagogika (defektologiya) shug`ullanadi. Korreksion ( maxsus ) pedagogika ( defektologiya - yunoncha defectus – nuqson , kamchilik , logos – fan , ta ’ limot ) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega , maxsus , individual tarbiyalash va o ` qitish metodlariga asoslangan , salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati , qonuniyatlarini o ` rganuvchi fan sanaladi . Korreksion pedagogika (defektologiya ) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi: Pedagogik lug ` atda « korreksiya » tushunchasi ( yunoncha « correctiio » - tuzatish ) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish ( qisman yoki to ` liq ) sifatida tushunilishi ta ’ kidlab o ` tiladi . Ana shu lug ` atda « korreksion pedagogika » ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega , maxsus , individual tarbiyalash va o ` qitish metodlariga muhtoj bo ` lgan , sog ` lig ` i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini rivojlantirishKorrеktsion pеdagogika (dеfеktologiya ) Surdopеdagogika - eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o`qitish va tarbiyalashni o`rganadi Tiflopеdagogika - ko`rish qobiliyati buzilgan bolalarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishni o`rganadi Oligofrеnopеdagogika - aqli zaif bolalarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishni o`rganadi Logopеdiya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi - nutqida nuqsonlar bo`lgan bolalarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishni o`rganadi Motorli-harakatlanish apparatining murakkab nuqsonlar (ko`r, soqov va karlik)ni o`rganuvchi maxsus pеdagogika va psixologiya sohalari 3-40. chizma
jarayonini boshqarish mohiyati , qonuniyatlarini o ` rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi . Korreksion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan ( normal ) va ( mavjud kamchilik ) faoliyat o ` rtasidagi nomuvofiqlikni yo ` qotish yoki kamaytirishdan iborat . Korreksion - pedagogik faoliyat yaxlit ta ’ lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy - pedagogik chora - tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim . Diagnostika korreksion , korreksion - rivojlantiruvchi , korreksion - profilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion - o ` qitish , psixokorreksion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta ’ minlaydi . Korreksion - pedagogik faoliyat maxsus ta ’ lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o ` quvchilarni o ` qitish , tarbiyalash va rivojlantirishga yo ` naltirilgan yaxlit jarayon . Korreksion pedagogikaning asosiy vazifalari . Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish , o ` qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud . Korreksion pedagogikaning asosi ni anomal bolalarni har tomonlama , fiziologik va psixologik o ` rganish tashkil etib , uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi : 1) rivojlanishida turli kamchiliklar bo ` lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korreksion - kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash ; 2) differensatsiyali o ` qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish ; 3) anomal bolalarni aniqlash va h isobga olish; 4) rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish; 5) bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo`qotish yoki kamaytirish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; 6) anomal bolalikning oldini olish bo`yicha profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish; 7) anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish.
Korreksion pedagogikaning kategoriyalari. Korreksion pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega: 1. Anomal bolalarni o`qitish va rivojlantirish ularni ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishga yo`naltirilgan maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta’lim tizimi va metodlarini tanlashda bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki ko`rish qobiliyatini yo`qotish vaqti alohida ahamiyatga ega. Anomal bolaning rivojlanishi normal boladan ko`ra ko`proq darajada o`qitishga bog`liq. Shuning uchun anomal bolalar o`qitilmasa yoki o`qitish kech boshlansa uning rivojlanishiga jiddiy zarar yetkaziladi, psixik funksiyalarning shakllanishi ortda qoladi, normal tengdoshlaridan ortda qolishi darajasi oshadi, nuqsonlar o`ta jiddiy bo`lsa aqliy rivojlanishi imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolishi mumkin. Maxsus didaktikaning markaziy muammosi mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etish masalasi hisoblanadi. Maxsus maktablarda uni tashkil etish alohida ahamiyatga ega. Binobarin, ushbu jarayonda o`quvchilar ijtimoiy hayot, shuningdek, imkoniyat darajasida kasbiy faoliyatga tayyorlash buzilgan funksiyalarini tiklash, shuningdek, aqliy va jismoniy rivojlanish nuqsonlarining darajasini pasaytirishga yordam beradi. 2. Anomal bolalarni tarbiyalash - korreksion pedagogikaning asosiy tushunchasi bo`lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta’lim muassasasi o`rtasidagi yaqin aloqa, bir-birlarini qo`llab-quvvatlash, bir-biriga yordam ko`rsatish, talabchanlik hamda oqilona mehribonlik asosida amalga oshiriladi. Tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olish asosida ularda mustaqillik, o`ziga xizmat ko`rsatish, mehnat ko`nikmalari, xulq madaniyati, shuningdek, ijtimoiy muhitda yashash va ishlash ko`nikmalarini shakllantirishga yo`naltiriladi. Anomal bolani tarbiyalash atrofdagilarning uning psixik yoki jismoniy kamchiliklariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lishni
talab etadi. Bunday bolalarda optimizm va ishonchni tarbiyalash, qobiliyatini shakllantirish yoki uning o`rnini bosuvchi imkoniyatni rivojlantirish, ijobiy sifatlarini tarbiyalash hamda harakatlari va xulqini tanqidiy baholash qobiliyatini rivojlantirish juda muhim. 3. Korreksiya (yunoncha tuzatish) bolaning psixik va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish, yo`qotish va pasaytirishni nazarda tutadi. 4. Korreksion-tarbiyaviy ishlar kategoriya sifatida shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko`ra umumiy pedagogik ta’sir ko`rsatish chora-tadbirlari tizimidan iborat. Korreksion–tarbiyaviy masalalarida sinf va sinfdan tashqari ishlarning barcha tur va shakllaridan foydalaniladi. Korreksion –tarbiyaviy ishlar anomal bolalarni o`qitish jarayonida amalga oshiriladi va mehnat tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Mehnat ta’limi jarayonida faqat kasbiy malakalari emas, balki o`z ishlarini rejalashtirish ko`nikmalari, og`zaki ko`rsatmalarga amal qilish malakasi, ishning sifatini tanqidiy baholash va boshqa malakalari tarbiyalanadi. Kamchiliklarini tuzatish yordamida anomal bolalarning normal rivojlangan bolalar bilan aloqalari uchun sharoitlar yaratish muhimdir. Bir qator hollarda anomal bolalar uchun davolash-korreksion tadbirlar (davolash jismoniy mashqlari, masala, artikulyar va nafas olish gimnastikasi, dori-darmonlar qabul qilish va boshqalar) ni tashkil etish zarur bo`ladi. 5. Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» – o`rnini to`ldirish, tenglashtirish) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining o`rnini to`ldirish yoki qayta qurishdir. Kompensatsiya jarayoni oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayanadi. 6. Ijtimoiy reabilitatsiya (yunoncha «rehabilitas» – layoqati, qobiliyatini tiklash) tibbiy-pedagogik mazmunida anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Bu korreksion pedagogika nazariyasi va amaliyotida asosiy vazifa hisoblanadi. Reabilitatsiya nuqsonlarini yo`qotish va yumshatishga yo`naltirilgan maxsus tibbiy vositalar hamda maxsus ta’lim, tarbiya va kasbiy tayyorlash yordamida amalga