logo

Pedagogika tarixi predmetining maqsadi va vazifalari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.9130859375 KB
Mavzu:  Pedagogika tarixi predmetining maqsadi va vazifalari
Reja:  
1. Pedagogika ilmining bahsi, maqsadi va vazifasi.
2. Pedagogika tarixi ilmining ilmiy nazariy va milliy asoslari.
3. Pedagogika tarixi ilmining manbalari mazmuni, asosiy bo’limlari.
4. “Avesto”  asarida ta’lim-tarbiya masalalari. Pedagogika ilmining bahsi, maqsadi va vazifasi.  Pedagogika tarixi qadim
zamonlardan tortib hozirgi kungacha bo’lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya maktab
va pedagogika nazariyalarini taraqqiyotini o’rganadi. U sinfiy jamiyatdagi tarbiya
nazariyasi va praktikasini sinfiy mohiyatini cheklanganligini progressiv pedagogik
nazariyalarning   reaksion   nazariyalar   bilan   kurashni   tarbiya   nazariyani   va
praktikasining taraqqiyotidagi tarixiy qonuniyatlarini ochib berdi.
Yosh   avlodni   o’tmishda   tarbiyalash   va   o’qitish   nazariyasi   bilan
praktikasining   qanday   taraqqiy   qilib   kelganligini   bilmay   turib   hozirgi   jamiyatda
yoshlarni   mustaqillik   ruxida   tarbiyalash   masalalarini   ilmiy   ravishda   hal   qilib
bo’lmaydi.   Tarbiya   va   ta’lim   nazariyasi   xamda   praktikasini   tarixiy   davrlardagi
rivojlanishi  pedagogika tarixi   o’rganiladi.
Tarbiyaning ilk shakllari ibtidoiy jamiyat davridayoq paydo bo’lgan: Keksa
avlod   mehnat   jarayonida   ortirgan   tajribalarini   yosh   avlodga   o’rgatishga   harakat
qilgan.  Quldorlik  tuzumi  davrida  Sharqda  tarbiyaga   oid  turli   pedagogik  qarashlar
vujudga keldi.
Demokratik,   Platon,   Aristotel   va   boshqalar   qadimgi   yunon   filosoflari
asarlarida   tarbiyaning   maqsadi   vazifasi   mazmuni   va   vositalari   haqida   fikrlar
bildirilgan.
Qadimgi   yunon   filosoflarini   tarbiyada   etika   va   psixologik   birligi
prinsiplariga   tayanish   aqliy,   axloqiy   va   jismoniy   birligi   to’g’risidagi   g’oyalari
pedagogik tafakkurning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan.
Feodalizm jamiyati davrida ta’lim tarbiya ishlari hukmron feodal tuzumi va
diniy   mafkura   maqsadiga   qaratildi.   Xususan   o’rta   Osiyoda   tasavvuf   maslagining
reaksion   shakllari   maktab   va   madrasalarda   katta   ta’sir   ko’rsatdi.   Ta’lim-tarbiya
sohasida   ikki   oqim   vujudga   keldi.   Birinchi   oqim   G’azoliy,   Ahmad   Yassaviy,
Sulaymon,   Boqirgoniy   kabilar   madrasalarda   aniq   fanlardan   ta’lim   berilishiga
qarshi turdilar.
Ikkinchi   oqim   dunyoviy   ta’limni   ilgari   surdi.   Bu   oqimning   mohiyati   Al-
Xorazmiy,   Abu-Rayhon   Beruniy,   Forobiy   Abu   Ali   Ibn   Sino   Ulug’bek,   Nizomiy Ganjaviy,   Nosir,   Xusrav,   Sa’diy,   Umar   Xayyom,   Alisher   Navoiy   kabi
mutafakkirlar faoliyatidan namoyon bo’ldi.
Bular tibbiyot mantiq, muzika, adabiyot, geografiya, matematika kabi ilmlar
bilan yosh avlodni tarbiyalash fikrini olga surdilar.
Xususan   Forobiy   insonning   ma’naviy   yetuk   va   mukammal   bo’lishi   uchun
jismoniy  aqliy  estetik   va  axloqiy  tarbiyani  birgalikda  olib  borish   zarurligini  qayd
etdi.   Sharq   mutafakkirlari   inson   aql   orqali   xar   qanday   bilimni   egallashga   qodir
ekanligini ta’kidladilar va inson qobiliyatiga qattiq ishondilar.
"Kalila   va   Dimna"da   shuningdek   Qaykavusni   "Qobusnoma",   Nizomul
Mulkning "Siyosatnoma", Nosir Xisravning "Saodatnoma", "Rushnoinoma" Yusuf
Xos   Hojibning   "Qutadig’u   bilig",   Mahmud   Qoshg’ariyning   "Devoniy   lug’otit
turk", Ahmad Yugnakiyning, "Xibbat ul xaqoyiq", "Alisher Navoiyning "Maxbub-
ul qulub" asarlarida ilg’or pedagogik qarashlar xam ifodalangan.
Insonni   tarbiyalashni   yaxlit   nazariyasi   bo’lgan   pedagogika   tarixi   chek
mutafakkiri Ya.K.Komenskiy nomi bilan bog’liq. Komenskiy Yevropa tarbiyasini
umumlashtirib   ta’lim   va   tarbiyaning   asosiy   masalalarini   ishlab   chiqdi.   Sinf   -dars
ta’limi   sistemasini   yaratdi.   keyinchalik   ingliz   filosofi   D.Lokk,   fransuz
materialistlari   A.Gervesi,   D.   Didro,   J.J.Russo   va   boshqalar   pedagogika   fanini
ilg’or   g’oyalar   bilan   boyitdilar.   O’zbekistonda   pedagogikani   tashkil   topishi   va
rivojlanishi Abdulla Avlodniy, Niyoziy Xusaynxon, A.Ibodiyev, I.Raxmatullayev,
Abduqodir   Shakuriy,   Kori   Niyoziy,   O.Sharofiddinov,   R.Urinboyev,   F.Ergoziyev
kabi pedagog va olimlar nomi bilan bog’liqdir.
                 Pedagogika tarixi ilmining ilmiy, nazariy va milliy asoslari.   O’tmishda
progressiv  pedagoglar  va  atoqli  mutafakkirlar  pedagogikaga   doir  muhim   fikrlarni
aytib   qoldirganlar,   bularni   o’rganish   pedagogika   tafakkurini   o’sishga,   pedagogik
madaniyatini   o’sishga   imkon   beradi.   Kuyida   ba’zi   pedagoglarni   nazariyalarini
qarab   chiqamiz.   Buyuk   slavyan   pedagogik   Yan   Amos   Komenekiyning   fikriga
tarbiya nazariyasini uch vazifasi bor: o’zini, tevarak atrofidagi olamni bilish (aqliy
tarbiya), o’z- o’zini boshqarish (axloqiy tarbiya) va xudoni tanishga intilish (diniy tarbiya).Komenskiyning   o’rta   asr   pedagoglaridan   bu   masalada   farqi   shuki,   u
birinchi vazifani hal qilinishini juda muhim deb hisobladi.
Komenskiy   tarbiyani   roliga   juda   yuksak   baho   berdi.   Inson   deydi   u   -   faqat
tarbiya tufayligina insonga aylanadi, insonga u tarbiyalanishiga eng qulay yoshda
bo’lganida, ya’ni bolalik chogida tarbiya berilishi lozim.
Tarixiy taraqqiyot davomida turli mamlakatlar va xalqlar jahon pedagogika
tarixi   rivojlanishiga   katta   hissa   qo’shdilar.   Bu   borada   yunon   olimlari   Arastu,
Platon. Demokrit, kabi olimlar uz fikrlarini bayon etdilar. Ayniqsa, ularning inson
kamolotidagi   nazariy   qarashlari,   tarbiyaning   roliga   bergan   katta   ahamiyatlari
pedagogika tarixi nazariyasini, yaratishda asosiy zamin bo’lib xizmat qiladi.
Shvey t sariyalik   buyuk   pedagog   I.G.Pestalotssi   elementar   nazariyasini
yaratdi.   Unga   kura   tarbiyalash   eng   oddiy   elementlardan   boshlanib,   asta   sekin
tobora murakkabroq darajaga ko’tarilib borishi lozim.
Pestalotssining   element   ta’lim   nazariyasi   jismoniy   tarbiyani   axloqiy   va
estetik tarbiyani xamda aqliy tarbiya va o’qitishni uz ichiga oladi.
Mustaqillika   erishganimizdan   so’ng   o’zimizning   milliy   urf-odatlarimiz
qadriyatlarimizni foydalanishga keng yo’l ochildi. Shuningdek pedagogikada xam
yoshlarni komil inson bo’lib yetishishlarida mustaqil O’zbekistonni mustaqilligini
mustahkamlash   uchun   barcha   ishlarni   sidqidildan   bajarishga   kirishildi.   Ya’ni
pedagogikada   o’zimizning   milliy   asarlar   Qur’oni   Karim,   Hadis,   prezidentimiz
I.Karimov asarlaridan foydalanishga imkoniyat yaratildi.
Chunki ularda ta’lim tarbiyani yuqori cho’qqilarini ko’rish mumkin.
Masalan:  Qur’onning Oli-Imron surasida "Kishilardagi baxillik, ochko’zlik,
sifatlari qoralanib, ularni saxiy adolatli oliyjanob bo’lishga chaqiradi.
Chunonchi Hadislarda xam ta’lim tarbiyani hamma tomonlarini ko’rishimiz
mumkin.   "Ilmni   Xitoydan   borib   bo’lsa,   xam   o’rgan"   "beshikdan   qabrgacha   ilm
izla"   kabi   Hadislarni   ilmni   qanchalar   qudratga   ega   ekani   u   tufayli   inson   buyuk
darajaga   yetishib   jamiyatda   uz   o’rnini   topishini   eplasak   "Salomlashishni   odat
qilinglar, zero u bir-birlaringa muhabbatlaringni ziyoda qilur" Hadisida insonning yuksak odob- axloq egasi ekanligini oliy belgisi salomlashish haqida fikr yuritilib
u orqali insonlarni bir-biriga bo’lgan mehr-muhabbati ortishi yaqqol ifodalanadi.
Biz   ta’lim   tarbiya   berishda   o’zimizni   o’zligimizni   anglashda   avvalo   milliy
ma’naviy   durdonalarimizdan   foydalanish   zarurdir.   Bular   bizga   milliy   asos   bo’lib
xizmat qiladi.
Qadimiy   Turkiston   jahonga   Qozizoda   Rumiy,   Ulug’bek,   Lutfiy,   Xaydar
Xorazmiy, A.Navoiy, Bobur - singari allomalarni yetkazdi.
Qolaversa, ularning axloq odobga oid karamlari, pedagogika fanlari bo’yicha
ta’limoti butun jahonga o’rnak bularni ma’no va mazmun kasb etgan.
Pedagogika   tarixning   ilmiy,   nazariy   va   milliy   asoslarini   puxta   o’rganish
O’qituvchilarning   faqat   pedagogik   madaniyatini   oshiribgina   qolmay,   balki   shu
bilan birga, unga pedagogik mahoratni egallashga yordam beradi.
  Pedagogika tarixi ilmining manbalari, mazmuni asosiy bo’limlari.
Pedagogika   tarixi   manbalari   kuyidagilar:   xalq   maorifi   xamda   masalalariga
doir   arxiv   materiallari:   qadimiy  yozma   adabiyotlar   tarbiya  va   ta’lim   masalalariga
doir   qadimiy   qul   yozmalar   e’lon   qilingan   rasmiy   materiallar   (qonunlar)   loyihalar
sirkulyarlar, hisobotlar, dokladlar va shu kabilar darsliklar va o’quv qo’llanmalari
programmalar   va   maktab   ishining   xaraketerlovchi   boshqa   materiallar.   Atoqli
pedagoglarning asarlari umumiy va pedagogik matbuot.Prezident Karimov asarlari.
Pedagogika   tarixi   madaniyat   tarixi   bilan   chambarchas   bog’langan.
Tadqiqotchi   tarixiy   pedagogika   masalalarini   ishlab   chiqishda   insoniyat   tarixi,
falsafa,   tarixi,   madaniyat   tarixiga   adabiyot   tarixiga   doir   manbalardan   va   turli
asarlardan, shuningdek memuarlar va badiiy asarlarni Ayniqsa pedagogikaga doir
qarashlari   pedagogikaga   tarixida   yoritilgan   avtorlarning     (masalan   F.Rable,
J.J.Russo, L.N.Tolstoy, A.Navoiy, M.Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Al-Xorazmiy
va avtorlarni)memuarlar va badiiy   asarlarida   xamda   maktab   oila   tarbiyasi   va
shu   kabilar   tasvirlangan   badiiy   asarlardan   xam   foydalaniladi.   Pedagogika   tarixini
o’rganishi   o’qituvchining   pedagoglik   madaniyatini   oshiribgina   qolmaydi.   Balki
shu   bilan   birga   uning   pedagogik   mahoratini   egallashiga   xam   yordam   beradi. O’qituvchi   O’tmishning   eng   yaxshi   tajribalarini   o’rganadi.   O’tmish   tajribasining
bu taxlitda ijodiy O’qituvchining kundalik faoliyatida yordam beradi.
Pedagogikani   paydo   bo’lishi   va   taraqqiyoti   tarixi   maktab   va   pedagogikani
taraqqiyoti   tarixi   O’qituvchiga   pedagogikani   eng   muhim   masalalarni   ko’rsatib
beradi.   Maktabning   umumlashtirilgan   tarixiy   tajribasini   bayon   qiladi   va
o’qituvchini bevosita amaliy faoliyatga tayyorlaydi. 
                      Mustaqillikka   erishganimizdan   so’ng   prezidentimiz   I.Karimov   ta’lim
tarbiyaga   alohida   e’tiborni   qaratdi   va   kadrlar   tayyorlash   va   ta’lim   to’g’risidagi
qonunlar   qabul   qilib   mustaqil   O’zbekistonni   rivojlanishiga   hissa   qo’shuvchi
yoshlarni   yetarli   ta’lim   olishlariga   sharoit   yaratib   berdi.   Hozirda   yoshlarimiz   uch
bilimlari bo’yicha chet ellarda ta’lim tarbiya olmoqdalar.
Hozirgi   o’zbek   xalqining   ajdodlari   bundan   birnecha   ming   yillar   oldin   yashagan
bo’lib,   ular   yuksak   va   o’ziga   xos   madaniyatni   vujudga   keltirishda   juda   katta   va
mashaqqatli yolni bosib o’tganlar.Dastlabki tosh qurollaridan tortib takomillashgan
mehnat   qurollari   yasashgacha,   undan   urug’chilik,   qabilachilik   davrlariga   kelib,
xo’jalik va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlargacha bo’lgan tariximiz   ota-
bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi.
Eramizdan   avvalgi   birinchi   ming   yillikda   Baqtriya,   Xorazm,   Sug’diyona,
Marg’iyona,   Parfiya,   Zarafshon   vohalari,   Parkana   kabi   o’lkalarda   turli   qabila   va
elatlar   yashagan.   Bular   hozirgi   o’zbek   xalqining   «ildizi»   hisoblangan   sak-
massagetlar, sug’diyonlar, xorazmiylar, baxtarlar, chochliklar va parkanaliklar kabi
qabila va elatlar edi. Keyinchalik ular o’zaro ko’p qabila va urug’lar bilan birlashib
ketib hozirgi Markaziy Osiyodagi xalqlarning ajdodlari hisoblanishadi.      
Taraqqiyot   eramizdan   oldinggi   IX-XI   asrlarda   paydo   bo’lgan   Axmoniylar
hukmronligi,   keyinroq   eramizdan   avvalgi   II-   asr   o’rtalarida   tarkib   topgan   Grek-
Baqtriya davlati, eramizning a asrida Kushonlar davlati, U asrda Eftalitlar, so’ngra
Sosoniylar va nihoyat turk xoqonligi davrlarini o’z  ichiga oladi.
Tadqiqotchilar   qayd   etilgan   ma’lumotlarga   qaraganda,   eng   qadimgi   tarbiya
haqidagi   yodgorliklar   bizgacha   bevosita   yetib   kelmagan.   Qadimgi   grek   tarixchisi
Gerodotning   «Tarix»,   Strabonning   «Geografiya»,   Mahmud   Qoshg’ariyning «Devonu   lug’otut   turk»,   O’rxun-Yenisey   bitiklari   va   boshqa   shu   kabi   adabiy-
tarixiy asarlarda saqlangan va shular orqali bizgacha yetib kelgan.
Ma’lumki, kishilar va kishilik jamiyati vujudga kelishi jarayonida inson ham
biologik   jihatdan,   ham   inson   sifatida       takomillashib   borgan.   Dastlabki   diniy
e’tiqodlar,   oddiy   ixtirolarning   takomillashib   borishi,   inson   ongining   shakllanib
borishiga   turtki   bo’ldi.   Bu   jarayon   ming-ming   yillar   davom   etib,   inson   ongi
shakllanishining asosi bo’lib xulq-odob qoidalari tarkib topadi.
Eng   qadimgi   kishilarning   dastlabki   oddiy   istaklari,   orzu   umidlari,   xislatlari
qadimgi   eposlarda   ,   ulardagi   afsonaviy   obrazlar   qiyofasida   o’z   ifodasini   topgan.
Ruxga   sig’inish,   ajdodlar   ruxiga   sig’inish,   totemizm,   sehrgarlik   kabi   diniy
e’tiqodlar   va   marosimlar   aks   etgan   afsonalar,   rivoyatlarda   eng   qadimgi
avlodlarimizning   tafakkur   dunyosi   aks   etgan.   Ammo   bu   rivoyatlar,   afsonalar
massagetlar, saklar, xorazmiylar, so’g’dlar, parfiyanlar yashagan  davrlarga to’g’ri
keladi.
Biz   yuqorida   keltirgan   tarixiy,   falsafiy,   pedagogik   adabiyotlarda
tadqiqotchilar,   umuman,   eng   qadimgi   madaniy   boyliklarimizni   o’rganishda   uch
asosiy manbaga tayanganligini ko’ramiz:         
1.Xalq og’zaki ijodi materiallari.
2.Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.
3.Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyolar.
Tarixchilar va tarixchi-pedagoglarning ko’rsatishicha, kishilarning mehnat faoliyati
jihatidan uch guruhga bo’lingan:
1) bolalar va o’smirlar;
2) hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar;
3) keksalar.
Biz   bilamizki   ibtidoiy   jamiyatdan   to     urug’chilik   jamoasigacha   bolalar   mehnati
takomillasha   bordi   va   kasb-hunarga   intilish   faollashdi.   Dalalarni   o’lchash,   suv
toshqinlarning   oldini   olish,   odamlarni   davolash   usullariga   oid   bilimlar   berish   avj
oldi.   Natijada   maktab   va   yozuvga   zaruriyat   sezila   boshladi.   Dastlab   suratkashlik rivojlanib keyinroq piktografik xat va nihoyat qushni mamlakatlardan kirib kelgan
harf bilan yozish usuli paydo bo’ladi.
Tadqiqotchilar   eramizdan   oldingi   birinchi   ming   yillik   o’rtalarida   oromiy
yozuvi,   Makedonskiy   istilosidan   so’ng   yunon   yozuvi   va   shu   bilan   birga   forsiy
mixxat ham ma’lum vaqtlargacha qo’llanilib kelgan. O’sha davrda Xorazm, Sug’d,
Kushon,   Run   (O’rxun-Yenisey),   uyg’ur   va   boshqa   yozuvlar   paydo   bo’lgan   va
ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Xitoyda qog’ozning ixtiro etilishi, Hindistonda hisoblash unlik sistemasining
paydo bo’lishi, Mesopotamiyada Yer kurrasini graduslarga, sutkani soat, daqiqa va
soniyalarga   bo’linishi   joriy   etilishi,   M.Osiyoda     Urta   dengiz   bilan   Hindistonni
bog’lovchi karvon yo’lining vujudga kelishi, keyin M.Osiyo orqali Xitoydan Urta
dengizga   «Buyuk   ipak   yolining   ochilishi   madaniyatning   taraqqiy   yotishi   va
yozuvning tarqalishiga sabab bo’ldi.
Demak yuqorida sanab o’tilgan yozuvlar   asosida Xorazm, Sug’d, Baqtriya
yozuvlari shakllangan.
Eramizdan oldingi 484-431 yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning
«Tarix»   kitobida   qadimgi   forslar,   saklar   va   massagetlarning   ta’lim-tarbiyaviy
qarashlariga oid muhim ma’lumotlar berilgan:
Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir deydi olima shunga ko’ra
ko’proq   o’g’illi   bo’lishdan   faxrlanishgan.   Podshoh   kimning   o’g’li   ko’p   bo’lsa   ,
unga   har   yili   sovg’a-salomlar   yuborgan.   O’g’il   bolalarni   besh   yoshdan   yigirma
yoshgacha   faqat   uch   narsaga:   Otda   yurishga,   kamondan   otish,   to’g’rilikka
o’rgatishgan. Bolani besh yoshgacha otasiga ko’rsatishmagan, u ayollar tarbiyasida
bo’lishgan.   Mabodo   vafot   etishsa,   otasining   qayg’urmasligi   uchun   shunday
qilishgan.
O’g’il   bola   hyech   qachon   ota-onasini   behurmat     qilmagan   .Uni   faqat
nikohsiz   yoki   tashlandiq   bolalardangina   kutish   mumkin,   deb   hisoblaganlar.
Bundan   tashqari   yolg’onchilik   va   qarzdor   bo’lish   sharmandalik   hisoblangan,   ular
daryo   suviga   tupurmaganlar,   hatto   yuvmaganlar   ham,   ular   daryoni   muqaddas
sanashgan. Sug’d   yozma   yodgorliklari   orasida   «Eski   xatlar»   deb   yuritiladigan   va
V.B.Xenning tomonidan aniqlangan qimmatli manbalar bor. Bu manbada Dunxuan
shahri   (Sharqiy   Turkiston)da   yashagan   sug’dlik   tijorat   ahl,   savdo   ahlining
Samarqandga – o’z ona yurtiga yozgan shaxsiy xatlaridir.
Imperator   Yan   Di   (615-617)ning   elchisi   Vey   Szi   hisobotlarida     ham
Samarqandda   ta’lim-tarbiya   haqida   ma’lumotlar   mavjud.   «   Aholisi   –
savdogarlardir,   o’g’il   bola   besh   yoshga   to’lar   ekan,   unga   savod   o’rgata
boshlaydilar;   o’qishni   o’rganishi   bilan   savdo   ishlariga   o’rgata   boshlaydilar».
Boshqa bir xitoy tarixchisi Syuan Szin esa    Samarqand aholisini axloqiy va xulq-
odob qoidalariga rioya etishda  boshqalarga o’rnak bo’lganligi aytib o’tilgan.        
Shuning   bilan   birga   eng   qadimgi   davrlarda   ta’lim-tarbiyaga   oid   qimmatli
ma’lumotlarni biz xalq og’zaki ijodi namunalari – afsonalar, qahramonlik  eposlari,
qo’shiqlar,   maqol   va   iboralarda   ko’ramiz.   Chunki   xalq   donishmandligining
ko’zgusi   bo’lgan   xalq   og’zaki   ijodida   xalq   pedagogikasiga   xos   bo’lgan   tarbiya
tajribalari umumlashgandir.
Miflar   asosida   yaratilgan   afsonalar   qahramonlik   eposlar   uchun   zamin
tayyorladi.   Bu   qahramonlik   eposlarda   vatan   va   erkinlikka   bo’lgan   muhabbat,   uz
yurti   va   jonajon   qabilasi   uchun   jonini   fido   etish,   shon-sharaf.   Or-nomus   uchun
kurash   tuyg’ulari   ifodalanadi.   Poliyonning   «Harbiy   hiylalar»   asari   bunga   misol
bo’la   oladi   va   bu   xislatlarning   hammasi   Saksfar,   Omart,   To’maris,   Shiroqlarning
qahramonliklarida erkin o’z ifodasini topgan
Ma’lumki,   Markaziy   Osiyo   hududida   qadim-qadimdan   turli   dinlar,   diniy
aqidalar   bo’ldi.   Ularda   aholining   ijtimoiy-madaniy   hayoti,   turmush   tarzi   va
an’analari ma’lum o’lchovga solindi va belgilandi.
Bunday   dinlardan   eng   qadimiysi   va   eng   mashhuri   zardushtlik   dini   va
ta’limotidir.   Zardushtlik   dinining   muqaddas   kitobi   bo’lmish   «Avesto»   qadimgi
Turon   zaminida   buyuk   madaniyat   va   ma’rifat     hamda   xalq   pedagogikasi
mavjudligiga erkin dalildir.
           « Eng mo’tabar qadimgi qo’lyozmalar «Avesto»ning yaratilganiga 3000 yil
bulayapti,-deydi prezident I.Karimov ,- bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki   daryo   oralig’ida,   mana   shu   zaminda   umrguzaronlik   qilgan   ajdodlarimizning
biz   avlodlarga   qoldirgan   ma’naviy,   tarixiy   merosdir.   «Avesto»   ayni   zamonda   bu
qadim   o’lkada   buyuk   davlat,   buyuk   ma’naviyat,   buyuk   madaniyat   bo’lganidan
dalolat beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hyech inkor etolmaydi».
Zardushtiylik   dining   asoschisi   Zardusht   atalmish   buyuk   tarixiy   shaxs
hisoblanib   sharqning   faylasufi,   notig’i,   shoiri,   donishmandi   bo’lgan.   U   miloddan
oldin     VII   asrda   yashagan,   Xorazm   hokimligiga   qarashli   chorvachilik   bilan
shug’ullangan   Spitama   urug’idan   bo’lgan.   Otasi   Paurashpa,   onasini   esa   Dugdova
deb atashgan. Zardusht bolaligidan ot, tuya boqish bilan shug’ullangan, favqulodda
qobiliyat   va   qudrat   sohibi   bo’lgan   chorvador   qavmlarning   urf-odatlarini,   dinu-
udumlarini o’rgangan.
Ma’lumki   ota-bobolarimiz   turli   dinlarga,   ko’p  xudolarga   topinganlar,ularga
bog’liq   rasm-rusmlarni   bajarganlar.   Ana   shunday   rasmlardan   biri   qabilaning   o’z
xudosiga   qurbonlik   qilish   bo’lgan.   Zardusht   bu   qurbonlik   natijasida   mollarning
soni   kamayib   ketayotganidan   aziyat   chekadi   va   buning   natijasida   qabilalar
o’rtasidagi nizolar ko’pxudolikning natijasi ekanligini sezadi Zardusht  20 yoshida
o’zining   nortuyasiga   minib,   (Zardusht   –   sariq   tuya   sohibi)   qishloqma-qishloq   ,
shaharma-shahar   kezadi,   yakkaxudolik   g’oyasini   targ’ib   qiladi;   o’n   yildan   keyin
yagona   xudo   –   Axuramazdani   kashf   etadi.   Zardusht   ilgari   so’rgan   g’oyaning
negizini   ikki   narsa:   mutloq   g’oya   a   Xurmuzning   yakkayu-yagonaligini   tan   olish;
yaxshilik bilan yomonlik, rostgo’ylik va yolg’onchilik; zulmat bilan nur o’rtasidagi
doimiy kurash haqidagi ta’limot va borliqni ikkiga bo’lib qarash dualistik sodiqlik
tashkil etadi.   
   «Avesto» sof diniy kitob bo’lmay, ijtimoiy-falsafiy, madaniy, adabiy-tarixiy
qimmatga ega bo’lgan nodir qomusiy yodgorlikdir.
Abu   Rayhon   Beruniy     «Avesto»ning   vatani   haqida   gapirib,   uni
Ozarbayjonda paydo bo’lgan deydi va «Qadimgi  xalqlardan qolgan yodgorliklar»
asarida Zardushtni  soxta payg’ambarlar  ro’yxatida keltiradi  va bu dinni  Xuroson,
Fors, Iroq, Musul, Balxdan tortib, Suriya yerlarigacha tarqalganini aytadi. Asarda
tasvirlangan   «Ayriana   Vayjo»   degan   mamlakat   Xorazm   bo’lishi   mumkin   va «Muqaddas   olov»   birinchi   bo’lib   shu   o’lkada   yoqilgani   va   Axura   Mazda
Zardushtga   ko’rinish  bergani   haqida  rivoyatlar  mavjud.  Ye.E.Bertelsning   fikricha
asarda   tasvirlangan   mamlakatning   geografik   sharoitlari   Xorazm   hududiga   to’g’ri
kelishini bildiradi.
«Avesto»ning  vatani Xorazm ekanligini B.G’ofurov, X.Hamidovlar yanada
aniqroq   va   ishonch   bilan   ta’kidlaydilar.   Qabiladoshlariga   Zardushtning
yakkaxudolikni   targ’ib   etishi   yoqmaydi   va   uni   taqib   etadilar.   Shundan   keyin   u
Rayga (Eron) ga qochadi va o’z dinini o’sha yerda targ’ib eta boshlaydi.
           «Avesto» ni shox Gushtaspga taqdim etadi va u uning homiysiga aylanadi.
Gushtaspning   farmoniga   ko’ra   otashxona   –   ibodatxonalar   quriladi   hamda     1200
bobdan   iborat   «Avesto»ni   oltin   taxtachaga   yozdirilib,shox   otashkadasiga
topshiriladi. Adabiyotshunos X.Hamidov Zardushtni shox Gushtasp qizi Havoviga
uylangani, undan uch o’g’il va uch qiz ko’rgani haqida ma’lumot beradi. 
Manbalarda «Avesto»ning kitob shaklidagi  matni  eramizdan oldin 12 ming
oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan bitilgani keltiriladi. Bu nusxasi Iskandar
istilosigacha Istaxrda saqlangani va uning tibbiyot, nujum, ilmu-hikmat sohalariga
oid matnlarini yunon tiliga tarjima qildirib qolganini yoqib yuborishga buyurgan.
Ba’zi  tadqiqotchilarning ta’kidlashicha  «Avesto» ning eng qadimgi nusxasi
1324   yilda   ko’chirilgan   bo’lib,   Kopengagen   kutubxonasida   saqlanishini   aytishsa
(Mallayev)   boshqalari   esa   (V.A.Livshis)   1288   yilda   eng   qadimgi   qo’lyozma
nusxasi  yaratilganini aytadilar.
«Avesto»   kitobi   bizgacha   2   nusxada   yetib   kelgan:   1.Duolar   to’plamidan
iborat   «Vendidat»   ,   ya’ni   «Pok   vendidat»   deb   ataladi.   Bu   kitobda   «Yasnalar»   va
«Vispered»   ham   kiritilib,   yaxlit   tarzda   shakllangan.2.   «Vendidat»   va   «Yasna»,
«Vispered» lar tarjima qilinib sharhlar  bilan beriladi. Izohli  tarjimasi  «Zand» deb
ataladi.  
Zardushtiylik   to’g’rilik   bilan   yashash   va   axloqiy   unsurlarga   asoslanadi.
Ayniqsa   «Avesto»da   zardushtiylikning   insonga,   insonning   jamiyatda   tutgan
o’rniga     munosabati   «Got»larda   to’liq   yoritilgan.   Zardushtiylikda   yaxshilik   va
yomonlik tushunchalari orqali butun yaxshilik va yomonlik dunyosi tushuniladi. «Avesto»   ning   eng   xajmi   katta   qismi   «Yasna»larda   inson   kamolini
ko’rsatuvchi   axloq   mezoni   ana   shu   uchlikda   Xumata-yaxshi   fikr,   Xukta-yaxshi
so’z, Xvarsha-yaxshi ishlarda ifodalanadi.
Zaratushtra   ta’limotida   15   yosh   balog’at   yoshi   sanalgan.   O’smir   balog’at
yoshiga   yetganda   Zaratushtra   qonunlari   o’rgatishgan.   Falsafa,   axloq-odob,
zardushtiylikning   axloqiy   yoriqlari   o’rgatilgan.   O’smirlar   xudojo’y   mehnatkash,
adolatli, niyatlari, so’zlari, ishlarida  halollikka alohida e’tibor berilgan.
Zardushtiylikda   ovqatlanish   qoidalariga   ham   qat’iy   rioya   etilgan.Chunki
inson ovqatlanmasa fuqarolik burchini bajara olmaydi. Insonning ma’naviy hayoti
bilan moddiy hayoti bilan bog’liq hal etgan. Ayollarga g’amxo’rlik birinchi zarurat
sanalgan.   Ayniqsa   ,   homilador   ayollarga   g’amxo’rlik   qilish   asosiy   insoniy   burch
hisoblangan. Tozalikka rioya qilish, kanallar, ko’llar, suv havzalarining tozaligiga
alohida e’tibor berilgan.
       Zardushtiylik ilohining 72 nomi borligi ma’lum. Ta’kidlaganimizdek, 
Zardusht butun hayoti davomida ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amal kabi uchlikka 
rioya qiladi. O’limdan so’ng xum ustidan o’tkazilgan hisob-kitobda haqiqat ilohi 
Roshni ularni taroziga salmoqlab ko’radi.
Xulosa   qilib   aytganda   «Avesto»da   insonning   barkamol   bo’lib   yetishida
uning so’zi, fikri, Ish birligiga katta e’tibor beriladi. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi
davrlardan boshlab undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo’lgan
desak xato qilmagan bo’lamiz. Adabiyotlar:
1. 1. Safo Ochil, K.Hoshimov "O’zbek pedagogikasi antologiyasi" -
T.,"O’qituvchi", 1995.
2. K. Hoshimov "Pedagogika tarixi" "O’qituvchi" -T., "O’qituvchi",1997 yil.
3. O. Xasanova "Pedagogika tarixidan xrestomatiya" -T., "O’qituvchi", 1994. yil.
4. A.Xasanov "Pedagogika tarixi" -T., "O’qituvchi", 1998 yil

Mavzu: Pedagogika tarixi predmetining maqsadi va vazifalari Reja: 1. Pedagogika ilmining bahsi, maqsadi va vazifasi. 2. Pedagogika tarixi ilmining ilmiy nazariy va milliy asoslari. 3. Pedagogika tarixi ilmining manbalari mazmuni, asosiy bo’limlari. 4. “Avesto” asarida ta’lim-tarbiya masalalari.

Pedagogika ilmining bahsi, maqsadi va vazifasi. Pedagogika tarixi qadim zamonlardan tortib hozirgi kungacha bo’lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya maktab va pedagogika nazariyalarini taraqqiyotini o’rganadi. U sinfiy jamiyatdagi tarbiya nazariyasi va praktikasini sinfiy mohiyatini cheklanganligini progressiv pedagogik nazariyalarning reaksion nazariyalar bilan kurashni tarbiya nazariyani va praktikasining taraqqiyotidagi tarixiy qonuniyatlarini ochib berdi. Yosh avlodni o’tmishda tarbiyalash va o’qitish nazariyasi bilan praktikasining qanday taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib hozirgi jamiyatda yoshlarni mustaqillik ruxida tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal qilib bo’lmaydi. Tarbiya va ta’lim nazariyasi xamda praktikasini tarixiy davrlardagi rivojlanishi pedagogika tarixi o’rganiladi. Tarbiyaning ilk shakllari ibtidoiy jamiyat davridayoq paydo bo’lgan: Keksa avlod mehnat jarayonida ortirgan tajribalarini yosh avlodga o’rgatishga harakat qilgan. Quldorlik tuzumi davrida Sharqda tarbiyaga oid turli pedagogik qarashlar vujudga keldi. Demokratik, Platon, Aristotel va boshqalar qadimgi yunon filosoflari asarlarida tarbiyaning maqsadi vazifasi mazmuni va vositalari haqida fikrlar bildirilgan. Qadimgi yunon filosoflarini tarbiyada etika va psixologik birligi prinsiplariga tayanish aqliy, axloqiy va jismoniy birligi to’g’risidagi g’oyalari pedagogik tafakkurning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Feodalizm jamiyati davrida ta’lim tarbiya ishlari hukmron feodal tuzumi va diniy mafkura maqsadiga qaratildi. Xususan o’rta Osiyoda tasavvuf maslagining reaksion shakllari maktab va madrasalarda katta ta’sir ko’rsatdi. Ta’lim-tarbiya sohasida ikki oqim vujudga keldi. Birinchi oqim G’azoliy, Ahmad Yassaviy, Sulaymon, Boqirgoniy kabilar madrasalarda aniq fanlardan ta’lim berilishiga qarshi turdilar. Ikkinchi oqim dunyoviy ta’limni ilgari surdi. Bu oqimning mohiyati Al- Xorazmiy, Abu-Rayhon Beruniy, Forobiy Abu Ali Ibn Sino Ulug’bek, Nizomiy

Ganjaviy, Nosir, Xusrav, Sa’diy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar faoliyatidan namoyon bo’ldi. Bular tibbiyot mantiq, muzika, adabiyot, geografiya, matematika kabi ilmlar bilan yosh avlodni tarbiyalash fikrini olga surdilar. Xususan Forobiy insonning ma’naviy yetuk va mukammal bo’lishi uchun jismoniy aqliy estetik va axloqiy tarbiyani birgalikda olib borish zarurligini qayd etdi. Sharq mutafakkirlari inson aql orqali xar qanday bilimni egallashga qodir ekanligini ta’kidladilar va inson qobiliyatiga qattiq ishondilar. "Kalila va Dimna"da shuningdek Qaykavusni "Qobusnoma", Nizomul Mulkning "Siyosatnoma", Nosir Xisravning "Saodatnoma", "Rushnoinoma" Yusuf Xos Hojibning "Qutadig’u bilig", Mahmud Qoshg’ariyning "Devoniy lug’otit turk", Ahmad Yugnakiyning, "Xibbat ul xaqoyiq", "Alisher Navoiyning "Maxbub- ul qulub" asarlarida ilg’or pedagogik qarashlar xam ifodalangan. Insonni tarbiyalashni yaxlit nazariyasi bo’lgan pedagogika tarixi chek mutafakkiri Ya.K.Komenskiy nomi bilan bog’liq. Komenskiy Yevropa tarbiyasini umumlashtirib ta’lim va tarbiyaning asosiy masalalarini ishlab chiqdi. Sinf -dars ta’limi sistemasini yaratdi. keyinchalik ingliz filosofi D.Lokk, fransuz materialistlari A.Gervesi, D. Didro, J.J.Russo va boshqalar pedagogika fanini ilg’or g’oyalar bilan boyitdilar. O’zbekistonda pedagogikani tashkil topishi va rivojlanishi Abdulla Avlodniy, Niyoziy Xusaynxon, A.Ibodiyev, I.Raxmatullayev, Abduqodir Shakuriy, Kori Niyoziy, O.Sharofiddinov, R.Urinboyev, F.Ergoziyev kabi pedagog va olimlar nomi bilan bog’liqdir. Pedagogika tarixi ilmining ilmiy, nazariy va milliy asoslari. O’tmishda progressiv pedagoglar va atoqli mutafakkirlar pedagogikaga doir muhim fikrlarni aytib qoldirganlar, bularni o’rganish pedagogika tafakkurini o’sishga, pedagogik madaniyatini o’sishga imkon beradi. Kuyida ba’zi pedagoglarni nazariyalarini qarab chiqamiz. Buyuk slavyan pedagogik Yan Amos Komenekiyning fikriga tarbiya nazariyasini uch vazifasi bor: o’zini, tevarak atrofidagi olamni bilish (aqliy tarbiya), o’z- o’zini boshqarish (axloqiy tarbiya) va xudoni tanishga intilish (diniy

tarbiya).Komenskiyning o’rta asr pedagoglaridan bu masalada farqi shuki, u birinchi vazifani hal qilinishini juda muhim deb hisobladi. Komenskiy tarbiyani roliga juda yuksak baho berdi. Inson deydi u - faqat tarbiya tufayligina insonga aylanadi, insonga u tarbiyalanishiga eng qulay yoshda bo’lganida, ya’ni bolalik chogida tarbiya berilishi lozim. Tarixiy taraqqiyot davomida turli mamlakatlar va xalqlar jahon pedagogika tarixi rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar. Bu borada yunon olimlari Arastu, Platon. Demokrit, kabi olimlar uz fikrlarini bayon etdilar. Ayniqsa, ularning inson kamolotidagi nazariy qarashlari, tarbiyaning roliga bergan katta ahamiyatlari pedagogika tarixi nazariyasini, yaratishda asosiy zamin bo’lib xizmat qiladi. Shvey t sariyalik buyuk pedagog I.G.Pestalotssi elementar nazariyasini yaratdi. Unga kura tarbiyalash eng oddiy elementlardan boshlanib, asta sekin tobora murakkabroq darajaga ko’tarilib borishi lozim. Pestalotssining element ta’lim nazariyasi jismoniy tarbiyani axloqiy va estetik tarbiyani xamda aqliy tarbiya va o’qitishni uz ichiga oladi. Mustaqillika erishganimizdan so’ng o’zimizning milliy urf-odatlarimiz qadriyatlarimizni foydalanishga keng yo’l ochildi. Shuningdek pedagogikada xam yoshlarni komil inson bo’lib yetishishlarida mustaqil O’zbekistonni mustaqilligini mustahkamlash uchun barcha ishlarni sidqidildan bajarishga kirishildi. Ya’ni pedagogikada o’zimizning milliy asarlar Qur’oni Karim, Hadis, prezidentimiz I.Karimov asarlaridan foydalanishga imkoniyat yaratildi. Chunki ularda ta’lim tarbiyani yuqori cho’qqilarini ko’rish mumkin. Masalan: Qur’onning Oli-Imron surasida "Kishilardagi baxillik, ochko’zlik, sifatlari qoralanib, ularni saxiy adolatli oliyjanob bo’lishga chaqiradi. Chunonchi Hadislarda xam ta’lim tarbiyani hamma tomonlarini ko’rishimiz mumkin. "Ilmni Xitoydan borib bo’lsa, xam o’rgan" "beshikdan qabrgacha ilm izla" kabi Hadislarni ilmni qanchalar qudratga ega ekani u tufayli inson buyuk darajaga yetishib jamiyatda uz o’rnini topishini eplasak "Salomlashishni odat qilinglar, zero u bir-birlaringa muhabbatlaringni ziyoda qilur" Hadisida insonning

yuksak odob- axloq egasi ekanligini oliy belgisi salomlashish haqida fikr yuritilib u orqali insonlarni bir-biriga bo’lgan mehr-muhabbati ortishi yaqqol ifodalanadi. Biz ta’lim tarbiya berishda o’zimizni o’zligimizni anglashda avvalo milliy ma’naviy durdonalarimizdan foydalanish zarurdir. Bular bizga milliy asos bo’lib xizmat qiladi. Qadimiy Turkiston jahonga Qozizoda Rumiy, Ulug’bek, Lutfiy, Xaydar Xorazmiy, A.Navoiy, Bobur - singari allomalarni yetkazdi. Qolaversa, ularning axloq odobga oid karamlari, pedagogika fanlari bo’yicha ta’limoti butun jahonga o’rnak bularni ma’no va mazmun kasb etgan. Pedagogika tarixning ilmiy, nazariy va milliy asoslarini puxta o’rganish O’qituvchilarning faqat pedagogik madaniyatini oshiribgina qolmay, balki shu bilan birga, unga pedagogik mahoratni egallashga yordam beradi. Pedagogika tarixi ilmining manbalari, mazmuni asosiy bo’limlari. Pedagogika tarixi manbalari kuyidagilar: xalq maorifi xamda masalalariga doir arxiv materiallari: qadimiy yozma adabiyotlar tarbiya va ta’lim masalalariga doir qadimiy qul yozmalar e’lon qilingan rasmiy materiallar (qonunlar) loyihalar sirkulyarlar, hisobotlar, dokladlar va shu kabilar darsliklar va o’quv qo’llanmalari programmalar va maktab ishining xaraketerlovchi boshqa materiallar. Atoqli pedagoglarning asarlari umumiy va pedagogik matbuot.Prezident Karimov asarlari. Pedagogika tarixi madaniyat tarixi bilan chambarchas bog’langan. Tadqiqotchi tarixiy pedagogika masalalarini ishlab chiqishda insoniyat tarixi, falsafa, tarixi, madaniyat tarixiga adabiyot tarixiga doir manbalardan va turli asarlardan, shuningdek memuarlar va badiiy asarlarni Ayniqsa pedagogikaga doir qarashlari pedagogikaga tarixida yoritilgan avtorlarning (masalan F.Rable, J.J.Russo, L.N.Tolstoy, A.Navoiy, M.Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Al-Xorazmiy va avtorlarni)memuarlar va badiiy asarlarida xamda maktab oila tarbiyasi va shu kabilar tasvirlangan badiiy asarlardan xam foydalaniladi. Pedagogika tarixini o’rganishi o’qituvchining pedagoglik madaniyatini oshiribgina qolmaydi. Balki shu bilan birga uning pedagogik mahoratini egallashiga xam yordam beradi.