logo

TUPROQ BONITIROVKASI FANINIG MAQSADI VA VAZIFALARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.2783203125 KB
TUPROQ   BONITIROVKASI FANINIG MAQSADI VA VAZIFALARI 
Reja :
1. Fanning qishloq xo’jligidagi ahamiyati
2. Tuproq bonitirovkasining maqsadi va vazifalari
3. Tuproq bonitirovkasining boshqa fanlar bilan aloqasi Respublikamiz   sug‘ori1adigan   yerlarning   meliorativ   holatini   yanada
yaxshilash,   melioratsiya   va   irrigatsiya   obyektlari   tarmoqlarini   rivojlantirish,
qishloq   xo‘ja1igi   ishlab   chiqarish   sohasiga   intensiv   usullarni   joriy   etish
masalalari   respublikamiz   qishloq   xo’jaligini   rivijlantirishning   asosiy
vazifalardan   biri   etib   belgilangan.
Mamlakatimizda umumxalq mulki bo‘1gan Yerni muhofazalash va undan
foydalanish   Konstitutsion   ahamiyatga   ega   bo‘lib,   O‘zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasining   55-moddasida   “Yer,   yer   osti   boyliklari,   suv,   o‘simliklar   va
hayvonot   dunyosi   hamda   boshqa   tabiiy   zahiralar   umummilliy   boylikdir,   undan
oqilona   foydalanish   zarur, ular   davlat   muhofazasidir”,   -   deb   belgilab   qo‘yilgan.
Hukumatimiz   tomonidan   qabul   qilingan   qaror   va   farmoyishlarda   Yer
resusrlaridan   oqilona   foydalanish,   sug'oriladigan   yerlarning   unumdorligini
saqlash   va   oshirish   masalalariga   katta   e'tibor   qaratilmoqda.   Mamlakatimizda   Yer
resusrlaridan   yanada   samarali   va   oqilona   foydalanishning   huquqiy   poydevori
yaratilgan.   Bunga   misol   qilib   O‘zbekistan   Respublikasining   1998   yilda   qabul
qilingan“Yer   kodeksi”,   “Davlat   Yer   kadastri   to‘g‘risida”gi,   “Fermer   xo‘ja1igi
to‘g‘risida”gi,   “Dehqon   xo‘jaligi   to‘g‘risida”gi,   qonunlarni   keltirish   mumkin.
O‘zbekiston   Respublikasi   “Yer   kodeksi”   yerga   bo‘1gan   mulkchilik
shaklining   o‘zgarishi   va   yerdan   foydalanuvchilar   toifasining   ortishi   munosabati
tuzatish   va   o‘zgartirish1ar   kiritilmoqda   (O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy
Majlisining   Axborotnomasi   2011   y.,   1-2-son,   1-modda;   2014   y.,   4-son,   45-
modda, 36-son,   452-modda;   2015   y.,   33-son,   439-modda).
O‘zbekiston   Respublikasi   Yer   resurslari,   geodeziya,   kartografiya   va   davlat
kadastri   davlat   qo‘mitasining   2013   yil   30   oktabrdagi   21-sonli   qarori   asosida
“tuproq   bonitirovkasi   ishlarini   o‘tkazish   va   hujjatlarini   tasdiqlash   tartibi
to‘risida”gi   Nizomni   tasdiqladi.   Ushbu   Nizomda   tuproq   bonitirovkasi   ishlarini
tashkil   etish,   tuproq   bonitirovkasi   ishlarini   o‘tkazishga   tayyorgarlik   ko‘rish,
o‘tkazish,   tuproq   bonitirovkasi   ishlarini   ko‘rib   chiqish   va   tasdiqlash,
ma'1umotlarini   taqdim   etish   kabi   masalalar   batafsil   yoritilgan. O‘zbekiston   Respublikasi   ma'muriy   chegarasidagi   Yer   maydoni   44896,9
ming   gektarni   tashkil   qiladi.   O‘zbekiston   Respublikasi   korxona,   tashkilot,
muassasa va fuqarolari foydalanishida jami 44410,3 ming gektarni tashkil etadi.
Respublika   bo‘yicha   sug‘oriladigan   yerlar   4295,3   ming   gektarni   yoki   umumiy
maydonining   9,7   foizini   tashkil   qiladi.   Ushbu   maydonda   qishloq   xo‘jaligi
mahsulotlarining   90   foizdan   ko‘prog‘i   yetishtiriladi.   Yuqoridagi   raqamlardan
ko‘rinib   turibdiki,   sugoriladigan   yerlar   O‘zbekistonning   oltin   fondi   hisoblanadi.
Shu tufayli, aholi sonining muntazam o‘sib borishi bilan bu yerlardan oqilona va
unumli foydalanish, ularni muhofaza qilish, unumdorligini oshirish masalalariga
alohida   e'tibor   qaratilmoqda.
Hozirgi   vaqtda   respublika   qishloq   xo‘jaligini   yanada   takomillashtirish,
fermer   xo‘ja1iklarini   rivojlantirish,   Yer   fondidan   samarali   foydalanishni   tashkil
etish   maqsadida   respublika   masshtabida   tuproq   bonitirovka   ishlarini   1:5000
masshtabli,   zarur   hollarda   esa   1:2000   yoki   1:1000   masshtabli   tuproq   xaritalari
asosida  yagona  tizimda  o‘tkazilmoqda.  Bunday  yirik  ishlarni  amalga  oshirishda
malakali   mutaxassislarga   ehtiyoj   seziladi.   Shu   bois,   o‘quv   yurtlarida   ta'lim
olayotgan talabalari   tuproq bonitirovkasi fanidan   nazariy va amaliy   tomonlarini
har   tamonlama   chuqur   o‘rganishlari   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.
Bonitirovka   so‘zi   lotincha   bonitas   -   saxiylik,   yuqori   sifatli   degan   manoni
anglatib,   tuproqlarni     ishlab   chiqarish   qobiliyatiga   ko‘ra   nisbiy   baholash
demakdir.
Fanning   maqsadi   -   tuproqlarning   tabiiy   jism   va   ishlab   chiqarish   vositasi
sifatidagi   sifatini   baholash   hamda   tuproqni   xaritalash   uslub   va   tamoyillarini
o‘rgatishdir.   Tuproqlarning   unumdorligiga   qarab   taqqoslash,   tuproqqa   baho
berishning   genetik   va   ishlab   chiqarish   ko‘rsatkichlari   asosida   o‘rgatishdan
iborat.
Fanning   vazifasi   -   Yer   resurslaridan   oqilona   foydalanish,   tuproqlarni
xossa   va   xususiyatlarini   har   tomonlama   o‘rganib,   sifat   jihatidan   aniq   baholash, bonitirovkalash,   tuproqni   dalada   o‘rganish,   yerni   eng   muhim   agronomik
xususiyatlariga ko‘ra   ball   bilan   solishtirma   baho   qo‘yish   va   ularni   xaritalarda   aks
ettirishdir.
Tuproq   bonitirovkasi   quyidagi   vazifalardan   tashkil   topgan:   tuproqlarning
sifat   bahosini   aniqlash,   sug‘oriladigan   yerlarda   qishloq   xo‘jalik   ekinlarini to‘g‘ri
va rejali tashkil etish, agrotexnik va meliorativ tadbirlarni ilmiy   asoslash, yerdan
foydalanishning   yangi   shakllarini   (dehqon,   fermer   xo‘jaliklari)   vujudga   kelishi,
ekin   turlarining   tarkibini   o‘zgarishini   nazarda   tutgan   holda   yer  sifatini   baholash	
usullarini takomillashtirish, sug‘ori1adigan va lalmikor tuproqlarni	 
bonitirovkalashni
yangi   uslublarini   va   ishlab   chiqarishga   tavsiya   etish,   tuproq   bonitirovkasi
to‘g‘risidagi   barcha   ma'lumotlarni   yig‘ishni   kompyuter   yordamida
avtomatlashtirish   ishlarini   yo‘lga   qo‘yish,   yer   solig‘ini   hisoblash   va   to‘lashni
ilmiy   asoslash.     Mamlakatimizda   agrar   sohada   islohotlarni   huquqiy   jihatdan
ta'minlash   maqsadida   bir   qancha   qonunlar   qabul   qilindi.
Shu   jumladan,   O‘zbekiston   Respublikasi   “Yer   kodeksi”,   “Davlat   Yer
kadastri”   qonunlari,   Vazirlar   Mahkamasining   2000   yildagi   O‘zbekiston
Respublikasi   “Yer   monitoringi   to‘g‘risida”gi   nizomi   va   boshqa   hujjatlarda   yer
munosabatlarini   huquqiy   asosida   rivojlantirish   va   tartibga   solish,   yerlardan
oqilona   foydalanish,   unumdorligini   saqlash,   oshirish,   yer   tuzish   ishlarini   olib
borish,   yerning sifat bahosi, qiymat bahosini   aniqlash, xo‘jalik faoliyatiga baho
berishga   va   hokazolarga   qaratilgan.
Respublikamizning   Yer   resurslaridan   oqilona   va   samarali   foydalanish,
shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini aniqroq rejalashtirish, yerlarni har
tomonlama   sifatini   baholashni   taqazo   etadi.   Tuproq   bonitirovkasining   asosiy
maqsadi ham  tuproq  unumdorligini  belgilovchi xususiyatlarga  qarab Yerni sifat
jihatdan   aniq   baholash,   bonitirovka   qilish,   ya'ni   yerning   eng   muhim   agronomik
xususiyatlariga   ko‘ra   unga   ball   bilan   solishtirma   baho   qo‘yishdir.
Tuproq   bonitirovkasi   fani -tuproqshunoslik   va   agrokimyo   fanlari   bilan besota   bog'liq   va   ushbu   fanlarning   negizida   rivojlanadi.   Tuproqlarni   baholash
ishlaruda   tuproqlarning   xossa   va   xususiyatlari   albatta   hisobga   olinadi.
Tuproqdagi   gumus   miqdori,   ozuqa   elementlari   bilan   ta'minlanganlik   darajasi
kabi   ko‘rsatkichlar tuproq   unumdorligini   belgilashda   muhim   ma'lumotlardan   biri
hisoblanadi.
Tuproq   bonitirovkasi   o‘tkazish   uchun   qishloq   xo‘jaligi   ekinlarining
agrotexnikasi   ham   hisobga   olinadi.   Bonitet   ballarini   hisoblashda   o‘rtacha
agrotexnik   sharoit   uchun   hisob-kitob   qilinadi.   Demak,   tuproq   bonitirovkasi   fani
dehqonchilik   fani   bilan   uzviy   aloqadadir.
Tuproq   bonitirovkasi   o‘tkazishda   o‘sim1iklarning   biologik   xossalari
hisobga   olinadi,   turli   ekinlarning   tuproq   unumdorligiga   bo‘1gan   talabi
turlichadir.   Shu   bois   tuproq   bonitirovkasi   fani   o‘simlikshunoslik   fani   bilan
bevosita   bog'langan.   Ko‘pgina   mamlakatlarda   turli   ekinlar   uchun   bonitirovka
shkalalari ishlab chiqilgan   va bonitet ballari hisoblangan. O‘zbekistonda yetakchi
ekin   bo‘lgan   —go‘za   ekini   uchun   ishlab   chiqilgan   bo‘lib,   almashlab   ekish
tizimidagi boshqa ekinlar uchun   ham   tatbiq   etilgan.
Tuproq bonitirovkasi agroekologiya fani bilan aloqadordir. Hozirgi vaqtda
sug‘oriladigan   yerlarning   xossa   va   xususiyatlari   kuchli   o‘zgarmoqda.   Bu   narsa
kuchli kimyoviy ta'sir (o‘g‘itlar, texnogen qoldiqlarni qo‘llash) hamda sug‘orish
natijasida   ro‘y   bermoqda.   Tirik   organizmlar   hayoti,   barcha   jarayonlar   tuproq
bilan   bog‘liq.   Shu   bois   tuproqlarning   ekologik   holatini   bilish,   yaxshilash,
tavsifini   bilishni taqazo etadi. Tuproqlarni yer yuzida tarqalish qonuniyatini, tip,
tipchalar,   xossalarini bilgan holda dehqonchilik ishlarini yuritish, agrotexnikaviy
tadbirlar   qo‘llash,   tuproq   iqlim   sharoitiga   mos   ekin   turlari,   navlari   ekish,
sug‘oriladigan   ekin   maydonlaridan   samarali   foydalanishda   takroriy   ekinlarini
ekish   va   ulardan   mo‘l   va   sifatli   hosil   yetishtirish   hamda   tuproq   unumdorlik
holatini, ya'ni sifat bahosini   bilgan   holda   amalga   oshirilishidir.
Tuproq   bonitirovkasi   yer   kadastrining   muhim   tarkibiy   qismi   hisoblanadi. Kadastr so‘zi fransuz tilida “cadastre”- ya'ni ro‘yxat degan ma'noni bildiradi. Yer
kadastri  deb,  mahsuldorligi  bo‘yicha  ro‘yxatga  olish  va  baho  berish   kategoriya,
sinflariga   bo‘lish   tushuniladi.
Mamlakat Yer resurslarining miqdori va sifatini hisobga olish, shuningdek,
bir   viloyat,   tuman,   xo‘ja1ik   yerlarini   boshqa   viloyat,   tuman   xo‘ja1ik   yerlariga
taqqoslash   -   Davlat   kadastrining   asosiy   vazifasi   hisoblanadi.
Yerlarni   baholash   ikki   turi   bo‘yicha   farqlanadi:   xususiy   va   umumiy.
Xususiy   baholashda   ayrim   ekinlar   uchun   tuproq   bonitirovkasi   o‘tkazi1adi.
Chunki   ba'zi   ekinlar   uchun   unumdor   bo‘lgan   tuproqlar   boshqa   ekinlar   uchun
yaroqsiz   hisoblanadi. Masalan, sholi va kartoshka ekinini ko‘ray1ik, sholi uchun
mexanik   tarkibi   o‘gir   bo‘1gan,   suvni   sekin   o‘tkazadigan   tuproqlarni   yoqtirsa,
kartoshka   uchun   esa   mexanik   tarkibi   yengil   bo‘lgan,   aeratsiyasi   yaxshi   bo‘lgan
tuproqlar   ma'qul  hisoblanadi.   Umumiy   baholashda   esa   umumiy  ekin  strukturasi
uchun yerlar   baholanadi.
V.V.Dokuchayev   tuproqlarni   bonitirovka   qilishda   eng   avvalo   shu
tuproqning   o‘zidagi   tabiiy   xususiyatlarini   har   tomonlama   o‘rganish   kerak,
shundan   so‘nggina   ularning   nisbiy   bahosini   ishlab   chiqish,   ya'ni   bonitirovka
o‘tkazish   kerak   deb   hisoblagan.   Bu   ma'lumotlar   tuproqshunoslik,   tuproq
geografiyasi,   meliorativ   tuproqshunoslik,   tuproqni   xaritalash   fanlari   bilan
aloqadadir.
Tuproqlar   bonitirovkasining   asosiy   maqsadlaridan   biri   tuproq
unumdorligini   ballar   bilan   o‘lchash,   tuproqlar   genetik   ishlab   chiqarish   tasnifini
tuzishdan   iborat.   Bunday   maxsus   tasniflar   tuproqlarning   o‘z   tabiiy   unumdorlik
qobiliyati   bo‘yicha   boshqa   tuproqlardan   yaxshi   yoki   yomonligini,   ya'ni
tuproqlarning sifatiga qarab   taqqoslash   imkonini   beradi.   Tuproqlar   bonitirovkasi
vazifalari   quyidagilardan   iborat:
1. Respublika ,   viloyat ,   tuman ,   fermer   va   dehqon   xo ‘ jaligi   tuproqlariningunumdorligi
( mahsuldorligi )   bo ‘ yicha   taqqoslash   va   guruhlash ; 2. Har   xi 1   qishloq   xo ‘ jalik   ekinlari   uchun   ko ‘ proq ,   qulayroq   tuproq   va   yerlarni
aniqlash , ( ya ' ni   paxta ,  g ‘ alla ,  kartoshka ,  kanop   va   boshqa   ekinlar   uchun )  maxsus
tuproqlar   bonitirovkasini   o ‘ tkazish ;
3. Viloyat ,   tuman ,   xo ‘ jalik ,   alohida   olingan   brigada ,   maydon   va   hakazo   tuproq
qoplami   uchun   ishlab   chiqarish   bahosini   berish ;
4. Tabiiy   sharoitni   hisobga   olib ,   har   xi 1   viloyat ,   tuman ,   xo ‘ jalik 1 arni ,   brigadalarni
tuproq   iqlim   sharoitini   hisobga   olgan   holda   xo ‘ ja 1 ik   faoliyatini   obyektiv
baholash   va   foydalanilmagan   resurslarni   aniqlash ;
5. Tabiiy   sharoitni   hisobga   olib ,   qishloq   xo ‘ jaligini   yuritishni   ( yo ‘1 ga   qo ‘ yishni )
oqilona   tizimlarini   to ‘ g ‘ ri   joriy   qilishga   yordam   berish .   Ekinlarni   joylashtirish ,
xo ‘ jalikni   ixtisoslashtirish   va   boshqalar   xo ‘ jalik   ichida   Yer   tuzishni   amalga
oshirishga   yordam   berish ;
6. Har xi1 tuproqlarda hosildorlikni ko‘tarish bo‘yicha to‘g‘ri tadbirlarni belgilash
va ishlab   chiqarish   rejalarini   tuzishga   yordam   berish. FOYDALANILGAN 	ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston        Respublikasining 2017-2021   yillarda   O‘zbekistonni
rivojlantirishning   beshta   ustivor   yo‘na1ishi   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasini
tasdiqlash   bo‘yicha   Farmoni.   Xalq   so‘zi.   2017   yil   8 fevral.
2. Mirziyoyev   Sh.   Milliy   taraqqiyot   yo‘limizni   qat'iyat   bilan   davom   ettirib,   yangi
bosqichga   ko‘taramiz.   T.   O‘zbekiston.   2017.
3. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. T.
O‘zbekiston.   2017.
4. Abdulayev  S.,   Namozov   X.   Tuproq   melioratsiyasi.   O‘ZME.   T.   2011.
5. Aparin   B.F,   Rusakov   A.V.,   Bulgakov   D.S.   Bonitirovka   pocv   i   osnovi
gosudarstvennogo zemelnogo kadastra. Sankt-Petrburg. Izd. S-Peterb. Universitet.
2002.
6. Boboxo'jayev   I.P.,   UzoqovP.U.   Tuproqshunoslik.   T.,   Mehnat nashriyoti.   1995.
7. Gavrilyuk   N.F.   Bonitirovka   pochv.   M.,   Visshaya   shkola,   1982.
8. Gribov.   S.I.   Pochvennaya   kartografiya.   M-vo   se1.   xoz-va   Ros.   Federatsii,   Alt.   gos.
agrar.   un-t.   -   Barnaul Izd-vo   AGAU,   2005.
Informatsionnoe
obespechenie upravleniya
zemelnimi
resursami:

TUPROQ BONITIROVKASI FANINIG MAQSADI VA VAZIFALARI Reja : 1. Fanning qishloq xo’jligidagi ahamiyati 2. Tuproq bonitirovkasining maqsadi va vazifalari 3. Tuproq bonitirovkasining boshqa fanlar bilan aloqasi

Respublikamiz sug‘ori1adigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘ja1igi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni joriy etish masalalari respublikamiz qishloq xo’jaligini rivijlantirishning asosiy vazifalardan biri etib belgilangan. Mamlakatimizda umumxalq mulki bo‘1gan Yerni muhofazalash va undan foydalanish Konstitutsion ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simliklar va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur, ular davlat muhofazasidir”, - deb belgilab qo‘yilgan. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qaror va farmoyishlarda Yer resusrlaridan oqilona foydalanish, sug'oriladigan yerlarning unumdorligini saqlash va oshirish masalalariga katta e'tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda Yer resusrlaridan yanada samarali va oqilona foydalanishning huquqiy poydevori yaratilgan. Bunga misol qilib O‘zbekistan Respublikasining 1998 yilda qabul qilingan“Yer kodeksi”, “Davlat Yer kadastri to‘g‘risida”gi, “Fermer xo‘ja1igi to‘g‘risida”gi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, qonunlarni keltirish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi” yerga bo‘1gan mulkchilik shaklining o‘zgarishi va yerdan foydalanuvchilar toifasining ortishi munosabati tuzatish va o‘zgartirish1ar kiritilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 2011 y., 1-2-son, 1-modda; 2014 y., 4-son, 45- modda, 36-son, 452-modda; 2015 y., 33-son, 439-modda). O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2013 yil 30 oktabrdagi 21-sonli qarori asosida “tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibi to‘risida”gi Nizomni tasdiqladi. Ushbu Nizomda tuproq bonitirovkasi ishlarini tashkil etish, tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish, tuproq bonitirovkasi ishlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, ma'1umotlarini taqdim etish kabi masalalar batafsil yoritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy chegarasidagi Yer maydoni 44896,9 ming gektarni tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolari foydalanishida jami 44410,3 ming gektarni tashkil etadi. Respublika bo‘yicha sug‘oriladigan yerlar 4295,3 ming gektarni yoki umumiy maydonining 9,7 foizini tashkil qiladi. Ushbu maydonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 90 foizdan ko‘prog‘i yetishtiriladi. Yuqoridagi raqamlardan ko‘rinib turibdiki, sugoriladigan yerlar O‘zbekistonning oltin fondi hisoblanadi. Shu tufayli, aholi sonining muntazam o‘sib borishi bilan bu yerlardan oqilona va unumli foydalanish, ularni muhofaza qilish, unumdorligini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Hozirgi vaqtda respublika qishloq xo‘jaligini yanada takomillashtirish, fermer xo‘ja1iklarini rivojlantirish, Yer fondidan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida respublika masshtabida tuproq bonitirovka ishlarini 1:5000 masshtabli, zarur hollarda esa 1:2000 yoki 1:1000 masshtabli tuproq xaritalari asosida yagona tizimda o‘tkazilmoqda. Bunday yirik ishlarni amalga oshirishda malakali mutaxassislarga ehtiyoj seziladi. Shu bois, o‘quv yurtlarida ta'lim olayotgan talabalari tuproq bonitirovkasi fanidan nazariy va amaliy tomonlarini har tamonlama chuqur o‘rganishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bonitirovka so‘zi lotincha bonitas - saxiylik, yuqori sifatli degan manoni anglatib, tuproqlarni ishlab chiqarish qobiliyatiga ko‘ra nisbiy baholash demakdir. Fanning maqsadi - tuproqlarning tabiiy jism va ishlab chiqarish vositasi sifatidagi sifatini baholash hamda tuproqni xaritalash uslub va tamoyillarini o‘rgatishdir. Tuproqlarning unumdorligiga qarab taqqoslash, tuproqqa baho berishning genetik va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari asosida o‘rgatishdan iborat. Fanning vazifasi - Yer resurslaridan oqilona foydalanish, tuproqlarni xossa va xususiyatlarini har tomonlama o‘rganib, sifat jihatidan aniq baholash,

bonitirovkalash, tuproqni dalada o‘rganish, yerni eng muhim agronomik xususiyatlariga ko‘ra ball bilan solishtirma baho qo‘yish va ularni xaritalarda aks ettirishdir. Tuproq bonitirovkasi quyidagi vazifalardan tashkil topgan: tuproqlarning sifat bahosini aniqlash, sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jalik ekinlarini to‘g‘ri va rejali tashkil etish, agrotexnik va meliorativ tadbirlarni ilmiy asoslash, yerdan foydalanishning yangi shakllarini (dehqon, fermer xo‘jaliklari) vujudga kelishi, ekin turlarining tarkibini o‘zgarishini nazarda tutgan holda yer sifatini baholash usullarini takomillashtirish, sug‘ori1adigan va lalmikor tuproqlarni bonitirovkalashni yangi uslublarini va ishlab chiqarishga tavsiya etish, tuproq bonitirovkasi to‘g‘risidagi barcha ma'lumotlarni yig‘ishni kompyuter yordamida avtomatlashtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish, yer solig‘ini hisoblash va to‘lashni ilmiy asoslash. Mamlakatimizda agrar sohada islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlash maqsadida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”, “Davlat Yer kadastri” qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2000 yildagi O‘zbekiston Respublikasi “Yer monitoringi to‘g‘risida”gi nizomi va boshqa hujjatlarda yer munosabatlarini huquqiy asosida rivojlantirish va tartibga solish, yerlardan oqilona foydalanish, unumdorligini saqlash, oshirish, yer tuzish ishlarini olib borish, yerning sifat bahosi, qiymat bahosini aniqlash, xo‘jalik faoliyatiga baho berishga va hokazolarga qaratilgan. Respublikamizning Yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini aniqroq rejalashtirish, yerlarni har tomonlama sifatini baholashni taqazo etadi. Tuproq bonitirovkasining asosiy maqsadi ham tuproq unumdorligini belgilovchi xususiyatlarga qarab Yerni sifat jihatdan aniq baholash, bonitirovka qilish, ya'ni yerning eng muhim agronomik xususiyatlariga ko‘ra unga ball bilan solishtirma baho qo‘yishdir. Tuproq bonitirovkasi fani -tuproqshunoslik va agrokimyo fanlari bilan

besota bog'liq va ushbu fanlarning negizida rivojlanadi. Tuproqlarni baholash ishlaruda tuproqlarning xossa va xususiyatlari albatta hisobga olinadi. Tuproqdagi gumus miqdori, ozuqa elementlari bilan ta'minlanganlik darajasi kabi ko‘rsatkichlar tuproq unumdorligini belgilashda muhim ma'lumotlardan biri hisoblanadi. Tuproq bonitirovkasi o‘tkazish uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarining agrotexnikasi ham hisobga olinadi. Bonitet ballarini hisoblashda o‘rtacha agrotexnik sharoit uchun hisob-kitob qilinadi. Demak, tuproq bonitirovkasi fani dehqonchilik fani bilan uzviy aloqadadir. Tuproq bonitirovkasi o‘tkazishda o‘sim1iklarning biologik xossalari hisobga olinadi, turli ekinlarning tuproq unumdorligiga bo‘1gan talabi turlichadir. Shu bois tuproq bonitirovkasi fani o‘simlikshunoslik fani bilan bevosita bog'langan. Ko‘pgina mamlakatlarda turli ekinlar uchun bonitirovka shkalalari ishlab chiqilgan va bonitet ballari hisoblangan. O‘zbekistonda yetakchi ekin bo‘lgan —go‘za ekini uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, almashlab ekish tizimidagi boshqa ekinlar uchun ham tatbiq etilgan. Tuproq bonitirovkasi agroekologiya fani bilan aloqadordir. Hozirgi vaqtda sug‘oriladigan yerlarning xossa va xususiyatlari kuchli o‘zgarmoqda. Bu narsa kuchli kimyoviy ta'sir (o‘g‘itlar, texnogen qoldiqlarni qo‘llash) hamda sug‘orish natijasida ro‘y bermoqda. Tirik organizmlar hayoti, barcha jarayonlar tuproq bilan bog‘liq. Shu bois tuproqlarning ekologik holatini bilish, yaxshilash, tavsifini bilishni taqazo etadi. Tuproqlarni yer yuzida tarqalish qonuniyatini, tip, tipchalar, xossalarini bilgan holda dehqonchilik ishlarini yuritish, agrotexnikaviy tadbirlar qo‘llash, tuproq iqlim sharoitiga mos ekin turlari, navlari ekish, sug‘oriladigan ekin maydonlaridan samarali foydalanishda takroriy ekinlarini ekish va ulardan mo‘l va sifatli hosil yetishtirish hamda tuproq unumdorlik holatini, ya'ni sifat bahosini bilgan holda amalga oshirilishidir. Tuproq bonitirovkasi yer kadastrining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.