TA’LIM MENEJMENTI. ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
TA’LIM MENEJMENTI. ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR REJA 1. “Boshqaruv” (“menejment”) tushunchasining mohiyati. 2. “Ta’lim muassasasi faoliyatini oshqarish” tushunchasining tavsifi. 3. Ta’lim muassasasi menedjerining huquq va majburiyatlari. 4. Ta’lim menedjerining kompetentsiyalari. 5. Ta’lim tizimini boshqarish organlari. 6. Ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish.
B oshqaruv –“(MENEJMENT)” tushunchasining mohiyati. Boshqaruv – bu qadimgi san’at va eng yangi fandir. Boshqaruv sohasidagi mutaxassislar fikricha, boshqaruv siyosiy, iqtisodiy texnologik, ijtimoiy va axloqiy tizimlarning qismi bo‘lib, o‘zining yo‘nalishi, tamoyillari, uslublariga ega. Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv jiddiy ilmiy-uslubiy asosga tayanadi. Har bir fan bilimlar majmui bo‘lib, jamiyat va tabiatdagi xodisa va qonunlarni anglab tushuntirishga harakat qiladi. Fan sifatida boshqaruv yangi murakab xodisalarni aniqlashga, tabiatdagi tartib, qonunlarni ochishga xarakat qiladi. Nazariya uchun tadqiq obyektni har tomonlama ta’riflab berish emas, balki yangi bilimlar shakllanishini ta’minlash uchun uning aloqalarini, asosiy xususiyatlarini o‘rganish, umumiy qonuniyatini aniqlash muhimdir. Nazariya tadqiqot obyektiga mos bo‘lgan uslublarni aniqlaydi, boshqaruv obyek tiga faol ta’sir ko‘rsatish uslublarni ishlab chiqadi, jarayonlarni istiqbollashtiradi. Boshqaruv nazariyasining rivojlanishi, uning yutuq va mag‘lubiyatlari, o‘ziga xos farazlar yaratilishi va inkor etilishi ushbu fikrni tasdiqlaydi. Fan dunyoni anglash uchun kuchli vosita - tahlil uslubiga ega, ya’ni voqyelikni qism, xususiyat, rivojlanish bosqichlarga bo‘ladi va umumlashtiradi. Sintez uslubi tadqiq etilayotgan jarayonni yaxlit mazmunini tiklaydi. Tahlil sintezdan oldin amalga oshirilib, ularni bir-biri bilan uzviy ichki aloqa bog‘lab turadi. Boshqaruv nazariyasi yoki bo‘lmasa ma’muriy boshqaruv hamisha ham deduktiv va eksperimental uslublarga tayanmaydi, chunki o‘rganilayotgan voqyelikni tashqi muhit ta’siri omillaridan mutloq chegaralab, saqlash iloji bo‘lmaydi. Tahlil va sintezdan tashqari fan (shu jumladan san’at ham) yana bir ajoyib bilim quroli - intuisiya (sezgi) bilan ish tutadi. Albatta, intuisiya empirik va nazariy bilimlarga asoslanadi. Intuisiya - odam tafakkurining doimo izlanishi, muammo yechimini tinmasdan izlash natijasidir. Bunga Nyuton olmasi, Mendeleyev tushi, bastakorlar takrorlanmas musiqa asarlar yaratishini misol sifatida keltirish mumkin. Intuitiv yechim faraz, g‘oya, taxmindan amaliyot tasdig‘igacha mashaqqatli va murakkab yo‘lni bosib o‘tishi kerak. Boshqaruv faqat fan emas, balki san’at bo‘lgani uchun ham intuitiv boshqaruv qarorlarini qabul kilishda muhim va mas’ul rol o‘ynaydi. qilinmaydi. Mamlakat siyosiy va iqtisodiy muammo yechimlarini hal Qilish bosqichida harakat kilayotganda, har bir rahbar Менежмент (ёки бошқариш)мавжуд минимал имкониятлардан максимал натижаларга эришиш мақсадида муайян ходим ёки гуруҳга таъсир этиш, улар билан ҳамкорлик қилиш жараёни Бошқарув назарияси ўзининг тадқиқот объектига эга. У бошқарув жараёнининг ташкил этилиши ва бу жараёндаги одамлар муносабатлари нинг конуниятларини ўрганади. “Бошқарув жараёни санъатдир, унинг мо ҳ ияти илмни (бошқарув со ҳ асидаги ташкилий билим асосларини) ҳ ар бир шароитга нисбатан ишлатилишидадир”. Г.Кунц, С. О. Доннел Бошқарув фанининг асосий вазифаси - ходисаларни қайд этиш ва тизимлаш, амалий хулоса ва тавсияларни ишлаб чикиш, улар орасидаги сабабий алоқаларни аниқлаш .
firma, korxona, qolaversa davlatni muvaffaqiyatli boshqarish uchun boshqaruvning ilmiy asoslarini bilishi, bu bilimlarni ijodiy qo‘llashi zarur ekanligini anglashi kerak. Amaliy faoliyatda boshqaruvchilar doimo o‘zgaruvchan sharoitda ishlashadi. Unda sodir bo‘lgan tasodifiy xodisalar hisobga olinadi, tajriba va intuisiyaga asoslanib qaror qabul qilinadi. Qator olim va amaliyotchilar boshqaruvni eng avvalo san’at deb ta’kidlaydi. Ular fanning boshqaruvdagi roli haqida shunday yozadi; Keyingi yillarda nazariya bilan amaliy 6oshqarish faoliyatida bir muncha klassifikasion qarashlar yuzaga keldi. Boshqarish usulining eng muhim belgilaridan biri bu ilmiylik xususiyatidir. Faqat ilmiy nazariya bilan qarashgina boshqaruvchi shaxsga – rahbarga o‘zining rahbarlik mehnatiga ko‘p qirrali va mazmunli ish uslubini ko‘rsata bilishi zarur. Boshqaruv naza r i yasi va amaliyoti murakka b va dolzarb bo‘lib, boshqaruv fanining maqsadi boshqaruv tamoyili, tuzilmasi, usul va uslublarini o‘rganish va takomillashtirishdir. Boshqaruv funksiyasi tashkillashtirish, rejalashtirish (istiqbolni belgilash, modellashtirish, dasturlash), muvof iqlashtirish, sababiyat, motivasiya, qo‘yilgan masalalar bajarilishini nazorat va hisob qilish va boshqaruvning mustaqil funksiyasi sifatida ajratilgan marketingdaniboratdir. I.P.Pavlov, D.B.Uotson, B.F.Skinner asarlarida rag‘bat va jazo tizimi chuqur ilmiy asoslab beriladi, ijrochi faoliyatining mantiqiy doirasi uning qobiliyatiga qarab dalillar bilan aniqlab beriladi, rahbar va uning ko‘l ostida ishlovchilar o‘rtasida qarama-qarshi aloqa bo‘lishi zarurligi asoslanadi. Boshqaruv san’ati, kishilar muloqotining butun boshli tajribasi vaziyat o‘zgarganda stereotiplardan, vaziyat o‘zgarganda bir xillilikdan voz kechishni maslahat beradi. Bosh q aruvchi shaxs – rahbar kompetentligi Boshqaruvchi shaxs - rahbar avvalo boshqarishdan oldin, albatta, kerakli ilmni egallagan bo‘lishi lozimdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida, «Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniy yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi» deyiladi. Ilmiylik - nazariya va amaliyot bilan bir tushunchadir. Nazariya - amaliyot bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliyotsiz nazariya ko‘r odamni eslatadi. Amaliyot - nazariya oldida yangi vazifa va savollarni qo‘yadi. Kadrlar tanlash va ularni yanada o‘stirish - bu boshqarishning tashkiliy asosidir. «Kadrlar tanlashda – vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg‘usi bugun juda katta ahamiyatga egadir» - deyiladi O‘zbekistonning birinchi prezidenti I.A.Karimovning «Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik» asarida. 1 Kadrlarni to‘g‘ri tanlashda: Бошқарув фанининг асосий вазифаси - ходисаларни қайд этиш ва тизимлаш, амалий хулоса ва тавсияларни ишлаб чикиш, улар орасидаги сабабий алоқаларни аниқлаш .
va ilmiy kadrlarni ilgari surish va ularni to‘g‘ri taqsimlashning mohiyati muhimdir. Kadrlarni tanlash va ularni tarbiya etish umumdavlat harakterga ega bo‘lib, bu vazifalarni hal etishni ilmiy asosda olib borish kerak. Boshqaruv xodimlarini tayyorlash eng samarali ishlardan hisoblanadi, chunki bu masalani yechib, insoniyat iqtisodiy yutuqlar cho‘qqisiga yeta oladi, kambag‘allik tanazzulidan qutiladi, degan edi Konfusiy ikki yarim ming yil oldin. Hozirgi kunda ta’lim muassasasi rahbar xodimlarni ta’lim sifatini boshqarishning konseptual muhim usullaridan biri–kasbiy ta’lim mazmunini modernizasiyalashda kompetentli yondoshuvni amalga oshirishdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganidek, “... Biz ko‘pincha rahbar qat’iyatli, bilimdon va talabchan bo‘lishi kerak, deymiz. Hyech shubhasiz, rahbar uchun bu fazilatlar suv bilan havoday zarur ...” 1 Erkin va faol fikrlash, ta’lim-tarbiya jarayonini modellashtirish, ta’lim berish va tarbiyalashning yangi g‘oya va texnologiyalarini ishlib chiqish va amalga oshirish qobiliyatlariga ega bo‘lgan rahbarning kasbiy kompetentlik darajasini oshirish muammosi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda dolzarb hisoblanadi. Zamonaviy jamiyatga keyingi hayotga kirisha oladigan, oldida paydo bo‘lgan har qanday hayotiy va kasbiy muammolarni amaliy hal eta oladigan rahbarlar zarur. Buning tasdig‘i sifatida 2015 yil 12 iyunda qabul qilingan «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-4732–sonli) ko‘rish mumkin va Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirish maqsadida quyidagilar oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishning muhim yo‘nalishlari deb hisoblansin: -oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining pedagogik va kasb darajasini muntazam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari, nazariya, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha innovasiyalar, shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari sohasidagi so‘nggi yutuqlarni chuqur o‘rganish; -yuqori samarali zamonaviy ta’lim va innovasiya texnologiyalari, ilg‘or xorijiy tajribani keng joriy etgan holda, oliy o‘quv yurtlarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari, dastur va uslublarini tubdan yangilash; -oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining global Internet tarmog‘i, multimedia tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovasion pedagogika, axborot- kommunikasiya texnologiyalarini egallashi va ularni o‘quv jarayoniga faol tatbiq etishi; -oliy o‘quv yurtlari pedagog kadrlarining chet tilini amaliy o‘zlashtirish darajasini oshirish va undan o‘z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishi uchun keng foydalanishi. 1
Darhaqiqat, ta’lim tizimidagi sifat ko‘rsatishini zamonaviy va oliy darajadagi integralashgan ta’limni boshqarishda bugungi kundagi har bir rahbar xodimdan asosiy talablarni belgilab bergan. Ta’lim muassasalari rahbarlariga qo‘yiladigan asosiy talablar • Ishda to‘g‘ri yo‘lni tanlay olish, vaziyatni pedagogik tahlil qila bilish; • vaziyatdan to‘g‘ri chiqa bilish, har bir ishga ijodiy yondoshish; • o‘zining shaxsiy ibrati, ishga bo‘lgan munosabati bilan pedagogik jamoani o‘z ortidan ergashtira bilish; • pedagogik mahorat va boshqara olish mahorati, fan yutuqlarini o‘zlashtirish; • yangi g‘oyalar, ichki imkoniyatlarni qidirib topib, uni amaliyotga tatbiq etish; • Umummadaniyatlilik, ziyolilik, milliy qadriyatlarni qadrlash; • jahon madaniyati durdonalaridan xabardorlik, dunyoqarashning kengligi; • mehribonlik, insonparvarlik, shaxsni hurmat qilish; • Har bir pedagog xodimga uning xarakteri, imkoniyatlari va ehtiyojidan kelib chiqib vazifa berish; • jamoa ishonchiga kirish, aytilgan fikr, taklif, qabul qilingan qarorning o‘z vaqtida bajarili-shiga erishish; • pedagogik jamoa, ta’lim oldida turgan vazifalar, maqsadlar, istiqbolni aniq belgilash; • odamlar bilan o‘zaro samimiy munosabat o‘rnatish, muloqotga kirishish, jamoani ishontira bilish; • yordam berish, xodimlar kayfiyatini ko‘tarish, ixtiyoriy-majburiy o‘z orqasidan ergashtirish; • har bir ishning muqobil variant-larini e’tiborga olish va amalga oshirish; • mantiqli, qisqa, lo‘nda, obrazli fikrlay bilish, fikrni qiyomiga yetkazish, o‘z so‘zamolligi bilan suhbatdoshi (yoki jamoa) qalbiga kirish kabilar rahbarda mujassam bo‘lmog‘i kerak; • fidoyilik, mas’uliyatlilik, poklik, qat’iyatlilik, jur’atlilik, jamoasi manfaati yo‘lida jonkuyarlik ko‘rsatish; • mehnat-sevarlik, adolatlilik, o‘ziga va o‘zgalarga talabchanlik ko‘rsatib, barchaga namuna bo‘lishi; • pedagoglarga ko‘proq erkinlik va mustaqillik berishi, ularning har bir qadamini nazorat qilishdan saqlanishi; • yangiliklarni joriy qilayotganda yo‘l qo‘ygan xatolarini kechirishi, ularni o‘zlari to‘g‘rilashi uchun vaqt va imkoniyat berishi; • pedagog xodimlarga sust, shijoatsiz, mujmal topshiriqlar bermaslik. Yuqorida keltirib o‘tilgan rahbar uchun asosiy deb belgilangan talablar o‘zi rahbar kompetensiyasini belgilab beradi. Jamiyat talablarini qondirish hozirgi zamon rahbaridan yuqori madaniyat, chuqur ma’naviyat, Vatan uchun javobgarlik hissi, mas’uliyatlilik, chuqur bilimga ega bo‘lishi, o‘z ijodiy potensialini rivojlantirishga, innovasion faoliyatga, o‘z ustida ishlashga, kasbiy faollikka qobiliyatlilik va shu kabi boshqa bir qator sifatlarni talab etadi. Ya’ni ko‘pqirrali qobiliyatlilikni talab etadi. Ko‘pqirrali qobiliyat tushunchasi kasbiy va shaxsiy kompetentlik tushunchasiga mos kelib, Aleks Murning fikricha “Soddaroq qilib tushuntiradigan bo‘lsak ko‘pqirrali qobiliyatlar deganda turli xil insonlar turli xil uslublar orqali yoki bir inson turli xil narsalarni turli xilda o‘rganilishi tushuniladi. Xou ta’kidlashicha hyech qachon ikki o‘rganuvchi bir xil bo‘lmaydi: har bir shaxs o‘ziga xos qobiliyatlar egasidir. 2 “Ko‘pqirrali qobiliyat tushunchasining eng ilg‘or tarafdorlaridan biri asarlari ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan Govard Gardnerdir. (1983,1993). (yana ko‘rish mumkin bo‘lgan asarlar Armstrong 1994, Xou 1984, 87-92 betlar va Bentli 1998). 3 2 Teaching and learning: Pedagogy, Curriculum And Culture. Alex Moore.146- бет 3 Teaching and learning: Pedagogy, Curriculum And Culture. Alex Moore.147- бет