Ta’lim muassasasini boshqarishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar Maktab nizomi, Ustavi, Maktab ish rejasi(istiqbolli, yillik, joriy ish rejalar).
Ta’lim muassasasini boshqarishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar: Maktab nizomi, Ustavi, Maktab ish rejasi(istiqbolli, yillik, joriy ish rejalar). Reja: 1. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining rivojlantirish va takomillashtirishda me`yyoriy-huquqiy hujjatlarning ahamiyati . 2. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida ijro intizomini olib borish . O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi. Turli me'yoriy - huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi bo'yicha o'zaro nisbati O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organlarning vakolatiga va maqomiga, ushbu hujjatlarning turlariga, shuningdek, me'yoriy- huquqiy hujjat qabul qilingan sanaga muvofiq belgilanadi. Me'yoriy - huquqiy hujjat o'ziga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo'lgan me'yoriy -huquqiy hujjatlarga muvofiq bo'lishi shart. Me'yoriy - huquqiy hujjatlar o'rtasida tafovut bo'lgan taqdirda , yuqori yuridik kuchga ega bo'lgan me'yoriy - huquqiy hujjat qo'llaniladi. Agar me'yoriy - huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlikning, davlat qo'mitasining yoki idoraning ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish uchun mahsus vakolati bo'lsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir hil darajadagi boshqa vazirlik, davlat qo'mitasi yoki idora tomonidan qabul qilingan me'yoriy - huquqiy hujjatga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo'ladi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida me'yoriy hujjatlarni yuritish fani orqali O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'lim maktablarini tashkil etish, faoliyat yuritish hamda boshqarishning me'yoriy-huquqiy hujjatlarining mazmun- mohiyatini tushunish, ular bilan ishlashni o'rganish, umumiy o'rta ta'lim maktablari me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash madaniyatini shakllantirish va takomillashtirish va ta'lim oid me'yoriy hujjatlar bilan ishlash metodlarini o'rganadi. Respublikamizda mavjud umumta'lim muassasalari o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari , qarorlari va Farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek o'z ustavlariga amal qiladi. O'zbekiston Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovacion g`oyalar va tehnologiyalarni qo'llabquvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 172-bandida «Ta'lim to'g`risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunining yangi ta х rirdagi loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilab berildi. Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida yigirmadan ortiq horijiy davlatning (Rossiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Italiya, Angliya, AQSH, Franciya, Shveciya, Daniya, Norvegiya , Gollandiya, Ukraina, Belarus, Qozog`iston va b.) ta'lim to'g`risidagi qonunlari o'rganildi va ularning ilg`or tajribalari inobatga olingan.. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g`risida”gi 2018 yil 5- sentyabrdagi PQ3931-son qaroriga muvofiq, umumiy o'rta ta'limga qo'yilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda umumiy o'rta ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish to'g`risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining umumiy o'rta ta'lim to'g`risida Nizomi tasdiqlangan. Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'limni (keyingi o'rinlarda - umumta'lim muassasasi) tashkil etish va ularning faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Mazkur Nizom talablari barcha umumta'lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi. Nodavlat ta'lim muassasalari bundan bundan mustasno. Umumiy o'rta ta'limning vazifalari quyidagilardan iborat: - o'quvchilar tomonidan muntazam bilimlar olinishini ta'minlash, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy o'quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirish; -o'quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyg`unlashtirish asosida yuksak ma'naviy-ahloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o'z Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish; -ta'lim-tarbiya jarayoniga o'qitishning zamonaviy va innovacion pedagogik uslublarini hamda axborot-kommunikaciya tehnologiyalarini keng joriy etish orqali ta'lim sifatini oshirish; -o'quvchilarning individual ijobiy hususiyatlarini aniqlash, qo'llabquvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta'lim-tarbiya olishlari, ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berish;
-mehnat qilish va mustaqil ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish, o'quvchilarni kasbga yo'naltirish, o'quvchilar uchun mahsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan mutahassisliklar bo'yicha kasbiy ta'lim berish. 2-Mavzu: Ta’lim metodlari va ta’lim shakllarining tasnifi. Reja: 1. Т a’lim mazmuni.Ta’lim metodlari va usullari haqida ma’lumot. 2.Hozirgi zamon didaktikasi va xususiy metodikasida ta’lim metodlarini tavsiflashga turlicha yondashuvlar. 3. Ta’lim metodlari va vositalarining tavsifi. Ayni vaqtda pedagogik manbalarda «ta’lim metodi» tushunchasiga berilgan ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo‘lish mumkin. Mazkur o‘rinda ularning ayrimlarini keltiramiz: Shuningdek, ta’lim metodlarining o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to‘g‘risidagi fikrlar ham mavjud. «Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo‘nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo‘ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatining o‘zaro tutashuvi, o‘qitish va o‘qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo‘lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o‘zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi» Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to‘laqonli yorituvchi ta’rifni aniqlashga bo‘lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. Biroq, «ta’lim metodi» tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o‘zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo‘llanilib uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir. Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim
mazmunini o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o‘qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi. Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o‘qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o‘zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz. Ta’lim metodi tuzilmasi chizmada quyidagicha namoyon bo‘ladi (M.N.Skatkin qarashlariga ko‘ra): Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o‘qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo‘naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi. Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: Bu funksiyalar ta’lim metodini qo‘llash jarayonida bir-biridan ajratilgan holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o‘zaro singib ketadi. Misol uchun, tashxisli funksiya o‘qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi evaziga bajariladi. «Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko‘p hollarda «metodik usul» (sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasiham qo‘llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini chog‘ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga imkon bermaydi, biroq o‘qituvchi faoliyatida tez-tez qo‘llaniladigan usullarni ajratib ko‘rsatish mumkin: Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo‘lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin. Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi:
- didaktik maqsad asosida; - ta’lim mazmuni asosida; - o‘quvchilarning o‘quv ko‘nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida; - o‘qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida. O‘qituvchi tomonidan qo‘llanilayotgan ta’lim metodlari majmuasi boshlang‘ich sinflardan yuqori sinflarga o‘tish asosida o‘zgarib hamda murakkab xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo‘llash chastotasi oshsa, ayrim metodlarni qo‘llashga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan foydalanish ko‘lami, holati o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Didaktikada munozaralarga sabab bo‘layotgan yana bir muhim ob’ekt ta’lim metodlarining tasnifidir. «Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari bo‘yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o‘nlab ta’lim metodlari ma’lum», - ekanligini ta’kidlagan holda I.P.Podlaso‘y fikrini quyidagicha davom ettiradi, - «Biroq bugungi kunda etakchi sanaluvchi didaktik g‘oya yagona va o‘zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi. O‘qitish – favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo‘shqin bo‘lishi, metodlarni qo‘llash amaliyotidagi doimiy o‘zgarishlarni hisobga olishi kerak». Ta’limning globallashuvi ta’limiy va rivojlantiruvchi xarakteriga ega va yo‘nalishi jihatidan xilma-xil bo‘lgan kompyuter o‘yinlarining maktab amaliyotiga jadal kirib kelishini ta’minlamoqda. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarga ijtimoiy-foydali mehnat hamda o‘qish ko‘nikmalarini faol o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlarning ahamiyati uning natijasi bilan emas, balki jarayonning mazmuni va uning kechishi bilan belgilanadi. O‘yinlar bolalarni ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ularning turli psixologik zo‘riqishlarini kamaytiradi. Didaktik o‘yinlardan foydalanilganda o‘quvchilarning manfaatdor bo‘lishlari ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan taqdirdagina ularni taqdirlash mumkin. Aksincha, metodik jihatdan puxta asoslanmagan hamda shunchaki tashkil etilgan o‘yin ijobiy natija bermaydi. Ta’lim mazmunining rivojlanishida ko’zga tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar o’rnatilishi) hisoblanadi. Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega: