logo

Musiqa mashg’ulotini o’tkazish metodikasi, zamonaviy konsepsiyalari va me’yoriy-huquqiy hujjatlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.287109375 KB
Musiqa mashg’ulotini o’tkazish metodikasi,  zamonaviy konsepsiyalari va
me’yoriy-huquqiy  hujjatlar
Reja
1.Musiqa mashg’ulotlarini tashkil etish metodikasi  
2.Nutqiy nuqsoni bor bolalar bilan ishlash metodikasi Musiqa mashg’ulotlarini tashkil etish metodikasi.
Musiqa mashg’ulotlarini tashkil etish metodikasi   va MTMgacha ta’limning
kompetensiyaviy   yondashuvga   asoslangan   Davlat   talablari.   MTMgacha   ta’lim
jarayonida   tarbiyalanuvchilarning   tayyorgarlik   darajasiga   qo’yiladigan   minimal
talablar.   Musiqa     mashg’ulotlarini   o’tkazish   metodikasi   fanidan   ta’lim
mazmunining   minimal   hajmi.   Tarbiyalanuvchilarning   musiqa   mashg’ulotlarida
egallashi  lozim  bo’lgan kompetensiyalari. Musiqa      mashg’ulotlari  ta’limi  dasturi
mazmuni, mohiyati va tahlili.   Mashg’ulotlar tahlili. «Bolajon» MTMgacha   ta’lim
muassasalari     uchun     ishlab   chiqilgan     dastur   –   davlat     hujjati   bo’lib,   musiqa
rahbarini     ta’limiy       tarbiyaviy       ishi,     bolalarni       barkamol       tarbiyalab       MTM
ta’limiga    tayyorlashini    nazarda    tutadi.   Musiqa    mashg’ulotlarini   rejalashtirar
ekan,   pedagog     bolalarning     aqliy,   jismoniy,   emosional   yuklamalarini     hisobga
olishi     kerak     va     shunga     ko’ra     o’rgatiladigan     repertuar     va     faoliyat     turlarini
ketma – ketligini  to’g’ri  tuzishi  kerak.
Har bir musiqa rahbari xar bir musiqa mashg’ulotini qiziqarli va bolalar 
xotirasida uzoq saqlanishi uchun ko’rgazmalardan unumli foydalanishni bilishi 
zarur.   Mashg’ulotni tashkillashda musiqa rahbari quyidagilarni  yoddan  
chiqarmasligi  kerak:
 mashg’ulot bayoni, yangi qo’shiq, raqs xarakatlari, foydalaniladigan 
cholg’u asboblari uchun tayyorlangan ko’rgazmalar;
   qismlarni bir-biriga uzviy bog’lay olish;
   bolalarni qiziqtirish uchun ularning yosh xususiyatlarini e’tiborga  
oligan xolda sodda va past ohangda muloqatda bo’lish;
 texnika vositalaridan foydalana olish;
 musiqiy ta’limiy va didaktik o’yinlar yordamida  bolalar bilim va 
ko’nikmalarini mustahkamlab borish;
 musiqaviy xarakatli o’yinlarni atributlar va  o’yinchoqlar yordamida 
tashkillashtirish.
          Mashg’ulotni       rejalashtirishda     quyidagilarga     e’tibor
berishi kerak:  Musiqa   tinglashda     rasmlardan,   bastakor   va   kompazitor   portretlaridan,
xilma-xil rangdagi shakllardan foydalanish;
 Ovoz   diapozonini   kengaytirish   mashqlarida   musiqali   zinacha
ko’rgazmali qurollar, tarqatma  materiallardan foydalanish;
 Qo’shiq kuylaganda rasmlarga qarab qo’shiq nomini topish;
 Laparlar   va   raqslarni   ijro   etganda   atributlar(gullar,   lentalar,   v.b.)
foydalanish;
 Bolalarni   ijodiy   kobiliyatini   rivojlantirishda   musiqali       xarakatli   va
obrazli   o’yinlarni   o’rgatilganda   shu   o’yinga   mos   atributlarni   tayyorlab   fikrlashga
o’rgatish,   sahnalashtirilgan   jarayonda   bolalarni     mustaqil   xarakat   qilishlariga
imkon yaratadi va katta o’rin egallaydi.
1.2.Nutqiy nuqsoni bor bolalar bilan ishlash metodikasi
Ma’lumki,   nutqida   nuqsoni   bo’lgan   bolalar   bilan   ishlashda,   ularning
nutqlarini   tiklashda     musiqa   mashg’ulotlari   katta   o’rin   tutadi.   Bunday   gurux
bolalari bilan musiqa rahbari logoped musiqa rahbari bilan hamkorlikda ishlasa o’z
maqsadiga yetadi.
       Nutqida  nuqsoni  bor   bolalarning nutqini  tiklashda  musiqa raxbarlari
ko’proq logoritmikaga e’tibor qilishlari ko’zda tutiladi. Bunda:
  to’g’ri nafas olishni yo’lga qo’yish;
  ovozni rivojlantirish ustida ishlash;
  temp va ritm ustida ishlash;
  eshitish va xotirani rivojlantirish;
  umumiy va maxsus motorikani rivojlantirish;
  so’zlarni xarakatlar bilan to’g’ri ishlay olish; 
  intonasiya va shu registrlar ustida ishlash; 
  o’yinlar.
Yuqorida ko’rsatilgan   tavsiyalar    mashg’ulot    jarayonida     o’z   samarasini
beradi.   Bolalarning   musiqa   tafakkurini   rivojlantiradi.   Idroki   va   hissiyotini
tarbiyalaydi. MTMgacha   yoshdagi   bolalar   yorqin   va   quvnoq   ranglarni   xush   ko’radilar,
ularda  bu orqali quvnoqlik  hissiyotlari rivojlanib boradi.
O’quv     materiali     murakkabligiga     ko’ra     xilma   –   xildir:   ko’proq     aqliy
faoliyatni,   diqqatni     talab     qiladigan     vazifalarni     mashg’ulotlar     boshida     berish
kerak. Kuylashdan  oldin  murakkab  jismoniy  mashqlarni  berish  mumkin  emas,
chunki  bunday  mashqlar  bolalarni  nafas  olishlarini  qiyinlashtiradi. Amaliyotga
ko’ra  faoliyat  turlarini  quyidagicha  berish  maqsadga  muvofiq. 
Mashg’ulot   boshida   kichik   musiqiy – ritmik   mashqlar,   ular   birorta raqs
elementlari  ham  bo’lishi  mumkin. Bunday  harakatlar  bola  diqqatini  jamlaydi.
Ritmik     mashqlardan     so’ng     bolalar     o’tiradilar     va     musiqa     tinglaydilar.
Keyin   esa   qo’shiq   kuylashga   o’tadilar. Bolalar   bir   mashq   davomida   2 – 3 ta
qo’shiq   kuylashadi. Masalan, marsh, raqs, qo’shiq   jarayonida   musiqa savodidan
xabardor  bo’ladilar. Bunday  mashg’ulotlar   mavzuli  mashg’ulotlar   deyiladi.
Yana    biri     bu    kompleks    mashg’ulotlardir .  Bunda    bolalar    bilan    faqat
musiqa  emas, balki, adabiyot  va  tasviriy  san’at  bilan  shug’ullanadilar. Bunday
mashg’ulotlar     asosida     uchta     san’atni   birlashtiruvchi     badiiy     obraz     yotadi.
Masalan,  «Qish  zavqi»,«Kuz  keldi», «Bahor».
Musiqa  mashg’ulotlari – har  bir  bolaning  musiqiy  qobiliyatini   maqsadga
muvofiq   va   har tomonlama   ta’lim – tarbiya   beruvchi   mashg’ulotlardir.   Ularda
har     xil     faoliyat     turlari:   kuylash,   ritmik     harakatlar     bajarish,   musiqa     tinglash,
musiqa     savodi     bilan     tanishtirish     kabi     faoliyatlarni     uzviy     bog’lab     olib
boradilar.   Musiqa   faoliyatini     bajarish     bolalarni     faolroq     bo’lishlariga     asos
bo’ladi. Tashkil   etiladigan bayramlar  ham  qiziq  va  muvaffaqiyatliroq  o’tadi.
Musiqa    mashg’ulotlari   butun   guruh   bilan   bir   vaqtda   o’tkaziladi. Uning
mazmuni  va  tuzilishi  bolalar  yoshi  va  beriladigan  vazifalarga   bog’liq. 
      Bir  yashar  bolalarda  mashg’ulotlar  qisqa  o’tadi.
      Ilk yosh guruhida  10 – 13  daqiqa  olib  boriladi.
      Kichik  guruhida   15 – 20  daqiqa  olib  boriladi.
      O’rta  guruhida     20 – 25  daqiqa  olib  boriladi.
      Katta guruhda       25 – 30  daqiqa  olib  boriladi.       Tayyorlov guruhida  30 – 35  daqiqa  olib  boriladi.
Musiqa     mashg’ulotlar     haftasiga     ikki     marta   o’tkaziladi.   Unda   guruhning
barcha  bolalari  ishtirok  etadi.  Musiqa  mashg’ulotlari –  musiqa  tinglash,  qo’shiq
o’rgatish,   musiqiy   –   ritmik     harakatlar     bajarish,     raqsga     tushish,   musiqiy   –
didaktik   o’yinlar,   bolalar   cholg’u     asboblarida   chalishga   o’rgatish     va     musiqaga
oid     ma’lumotlarni     qamrab     oladi.   Har   bir   mashg’ulotdan   mashg’ulotga   sayin
bolalarga   musiqaviy   ta’lim-tarbiya   berishning   qaysidir   vazifasi   hal   etib   boriladi.
Musiqa rahbari    ushbu   ishda   rahbarlik qiladi, to’g’ri  yo’l ko’rsatib, maslahat  va
tavsiyalarini berib boradi.
Bolalarni     bilim     va     malakalariga     qo’yiladigan     talablar     har     bir     guruh
uchun  faoliyat  turiga  qarab  tuziladi.
Bunday     mashg’ulotlarning     qiyinligi     shundaki,   bolalarning    diqqatini     bir
faoliyatdan   ikkinchi   faoliyatga   ko’chirish   kerak   bo’ladi. Shu   ketma – ketlikni
reja     asosida     amalga     oshirish     murakkabdir.   Chunki     bolalarning     psixologik
xususiyatlarini    hisobga    olsak,   ular    bugun   o’rgangan  asarlarini    keyingi    safar
unutishlari  mumkin. 
Zamonaviy  pedagogika  ta’lim  tizimining  maqsadi, yangi  toifaga  mansub
bo’lgan  musiqa  rahbarining  umumiy  va  kasb  kamolotiga   erishishdan  iborat.
1.3.Bolalar repertuarini tanlashda qo’yiladigan zamonaviy talablar
Mavjud   pedagogik   vazifalar   saqlangan   holda   O’zbekistonga   xos   milliy
qadriyatlar,   an’analar,   xalq   ijodi,   musiqa   merosini   bolalarni   idrok   etish   qobilyati
darajasida bosqichma – bosqich tadbiq etish  nazarda tutiladi.
          Ertalabki   badan   tarbiya,   turli   shakldagi   mashg’ulotlar,   mehnat,   sayr,   nafosat
soatlari,   o’yin   kulgi,   bayramlarga   oid   asarlarni   aniq   rejalashtirib,   o’z   o’rnida   va
me’yorida qo’llash «Milliy tafakkur» muammosining yechimiga erishishda muhim
omil bo’ladi.
            Avalam   bor   musiqa   repertuarlari   bolajonlarda   jonajon   Vatanga   muhabbat,
mehnatsevarlik,   tabiatini   e’ozlaщ,   do’stlik,   hamjihatlik,   rahm   –   shafqat   kabi
xislatlar   musiqaviy   obrazlar   orqali   idrok   etilishga   qaratilgan.   Bunda   Respublika
miqyosidagi   ijodkor   tarbiyachilarning   ilg’or   tajribalari   natijasi,   yangicha   ishlash metodikasiga   asoslangan   musiqiy   repertuarlari               bolalarning   yoshiga   mos
bo’lgan   (bilim   va   malakalar   darajasi,   musiqaga   munosabati,   qiziqishi,   qobilyati,
sog’lig’i,   kayfiyati,   bogchadagi   muhit   va   boshqalar)holatlarni   musiqiy   faoliyat
turlarini hisobga olgan holda besh qismga bo’linadi. o’quv materiallari choraklarga
taqsimlangan   bo’lib,   bolalarning   mehr   faoliyat   turlariga   muofiq   tanlanishi
dastlabki bilim va ko’nikmalarni egallashda, ta’lim maqsadlarni egallashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Mashg’ulotning tuzilishi o’quv materialllarining mazmunidan
kelib chiqish lozim. Bunda asarning tarbiyaviy ahamiyati, ularning badiiy Qoyaviy
saviyasi, bolalar yoshiga mosligi, asar mavzusining xilma – xilligi hisobga olinadi.
        Ma’lumki,   musiqiy   faoliyat   musiqa   tinglash,   qo’shiq   aytish,   musiqiy   ritmik
harakat,   bolalar   cholg’u   asboblarida   chalishni   o’rganish   kabi   turlarga   bo’linadi.
Har bir faoliyat turi bolaning musiqiy didini rivojlantirishga yordam berib, ma’lum
malakani shakllantiradi.
MTMgacha ta’lim muassasalarida musiqa ta’limi va tarbiyasi musiqa rahbari
tomonidan olib boriladi. Uning asosiy maqsadi MTMgacha ta’lim muassasalarida
bolalarni   yoshligidan   boshlab   ularning   dunyoqarashini   shakllantirish   hamda
musiqiy   didini   o’stirib   borish,   bolalarga   musiqani   o’rgatish   jarayonida   unlarga
tabiat,   jamiyat,   mahalla,   ota-ona,   ta’lim   muassasasi   va   umuman   olganda   hayotda
o’z   o’rnini   topishida   ilk   musiqiy   tushunchalarni   berishdan   iboratdi.   Musiqa
tarbiyachisi   musiqa   mashg’ulotlari   asosida   bolalarga   ta’lim   va   tarbiya   berish
borasida oldiga qo’yilgan pedagogik maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun
eng   avvalo,   bolalarning   musiqiy   uquvi   va   qobiliyatlarini   muntazam   ravishda
o’stirib borish uchun harakat qilishi lozim. 
Mutaxassislar   tomonidan   MTMgacha   ta’lim   muassasalari
tarbiyalanuvchilarining musiqiy uquv va qobiliyatlarini quyidagi faoliyat turlarida
ajratgan   holda   tasnif   etadilar.   Jumladan,   tarbiyalanuvchilarning   musiqiy
tovushlarni baland-pastligini his etish qobiliyati;
- musiqiy tovushlar rangini bir-biridan farqlanishini bilish;
- bolalarni musiqaga mos harakat bajarishlarini xis etishlariga o’rgatish,
qadam tashlab, chapak chalib musiqani xotirada saqlash, his etish va ifodalash; - musiqa tinglash qobiliyatini o’stirish;
-  jamoa bo’lib kuylash;
-   aytim   so’zlarini   ma’no   va   mazmunini   o’rganish   uchun   ularni   mushohada
qilish qobiliyatini o’stirish. 
MTMgacha   ta’lim   muassasalarida   tarbiyalanuvchilarning   musiqiy
qobiliyatlarini   shakllantirishning   yana   bir   o’ziga   xos   shakli   sifatida
mashg’ulotlarda   musiqiy   faoliyaning   barcha   shakllarini   musiqa   rahari   tomonidan
ishlatish   talab   etiladi.   Garcha,   tarbiyalanuvchida   musiqa   mashg’ulotiga   nisbatan
qiziqish   ortsin.   Shuningdek,   musiqa   rahbari   tomonidan   amalga   oshirilgan   ishlar
musiqa mashg’uloti jarayonida rivojlanib borsin.
Yuqorida   ta’kidlab   o’tilgan   maqsadlardan   kelib   chiqqan   holda   MTMgacha
ta’lim   muassasalarida   olib   boriladigan   musiqa   ta’lim-tarbiyasining   asosiy
vazifalari etib quyidagilarni tavsiya etish mumkin:
Birinchidan,   tarbiyalanuvchilarni   musiqaga   bo’lgan   qiziqishlarini   oshirish
borasida   o’quv   dasturda   repertuar   tanlashda   ularning   yoshiga   xos   jihatlarini
e’tiboga olish;
Ikkinchidan,   tarbiyalanuvchilarni   musiqiy   asarlar   bilan   tanishtirish
jarayonida ularda musiqiy ohangga bo’lgan his-tuyg’ularni hosil qilish yo’li bilan
Ona-Vatan,   xalq,   millatga   nisbatan   mehr-muhabbatni   tarbiyalash,   shu   orqali
ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitish;
Uchinchidan,   bolalarni   musiqa   tinglash,   qo’shiq   kuylash,   musiqa   ostida
ritmik   harakatlarni   bajarish,   bolalar   cholg’u   asboblarida   jo’r   bo’lish   faoliyatlari
yordamida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib borish;
To’rtinchidan,   bolalar   ovozini   asrab   tarbiyalash,   qo’shiqlarni   sodda,   ravon,
erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o’rgatish hamda unga odatlantirish;
Beshinchidan,   tarbiyalanuvchilarni   musiqiy   asarlardan   zavq   olishlari,   shu
asosda ularning musiqiy did va badiiy fikr yuritishlarini rivojlantirish;
Oltinchidan,   musiqa   mashg’ulotlari   jarayonida   musiqiy   asardagi   badiiy
obrazlarni o’yin va raqs ifoda etishga o’rgatish; Yettinchidan, musiqa mashg’ulotlarida bolalarni milliy qadriyatlarimiz bilan
tanishtirish,   milliy   cholg’u   sozlar   jo’rligida   milliy   ohang-kuy   va   musiqiy-ritmik
harakatlarni bajarishga o’rgatish;
Sakkizinchidan,   musiqa   mashg’ulotlari   mazmunini   MTMgacha   ta’lim
muassasasi,   Vatan,   shahar,   mahalla,   tabiat,   jamiyat     hayoti   bilan   bog’lash,   ta’lim
muassasalarida   o’tkaziladigan   tadbirlarda   o’rganilgan   kuy   va   qo’shiqlar   bilan
ishtirok   etish.   Turli   ertaliklar,   konsertlar   tashkil   etish   kabi   vazifalarni   amalga
oshirish talab etiladi.
Xulosa   sifatida   aytish   mumkinki,   MTMgacha   ta’lim   muassasalari   musiqa
mashg’ulotlarida bola hayotini, tevarak-atrofni musiqiy obrazlar orqali idrok etish
uchun repertuar  tanlash  lozim   bo’ladi.  Olib boriladigan    musiqiy  tarbiya  ishlarini
badiiy adabiyot   va  tasviriy san’at    bilan  uzviy  ravishda  bog’langan  holda amalga
oshirish,   musiqiy   tarbiyaning   ilg’or   tajriba   va   turli   metodlaridan   foydalanib
o’tkaziladigan   har   bir   musiqa   mashg’ulotini   bolalarga   badiiy-estetik   zavq
uyg’otishini,   ularning   his-tuyg’ularini   shakllantirishda,   ijodiy   fikrlash   qobiyati   va
nutqini   o’stirishda   xizmat   qilishni   ta’minlash   lozim.   Bundan   tashqari   musiqiy
o’yinlar   va   raqslardan   ham   foydalanish     bolalarda   ritm   tuyg’usi,   chaqqonlik   va
harakatchanlikni   shakllantirib,   qomatning   to’g’ri   o’sishiga   yordam   beradi.   Bu
jarayon   bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyat  kasb etadi.
Anashu   ishlar   MTMgacha   ta’lim   muassasalarida   olib   boriladigan   barcha   musiqiy
ta’limni   va   tarbiyani   ishlar   yosh   avlodda   olijanob   fazilatlarni   bog’cha   yoshidan
shakllantirishda nafosat tarbiyasining tarkibiy qismi bo’lib xizmat qiladi. Adabiyotlar:
1. G.SHaripova, Sh. Yakubova. MTMgacha ta’lim  muassasalarda musiqa o`qitish 
metodikasi.Toshkent. 2007
2.D.Soipova “Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi”
3..B.Boltayev “MTMgacha ta’lim muassasalarida musiqa mash’gulotlari”
4. .“Bolajon” tayanch dasturi :Toshkent.-2016
1. A.   Zimina   Osnova   muzыkalnogo   vospitaniya   i   razvitiya   ditey   mladщego
vozrosta. M., 2000 g.
2. M.S.Osenneva”Teoriya   i   metodika   muzikalnogo   vospitaniya”:”Akademiya”
Moskva. 2012 . 
3. Gogoberidze   A.G.   “Teoriya   i   metodika   muzыkalnogo   vospitaniya   detey
doshkolnogo vozrasta”: 
4. И. Ю.  Дьяченко.   “ Теория и методика музыкального вос питания”
5. RadыnovaO. Nastroyeniya, chustva v muzыke. M;2009

Musiqa mashg’ulotini o’tkazish metodikasi, zamonaviy konsepsiyalari va me’yoriy-huquqiy hujjatlar Reja 1.Musiqa mashg’ulotlarini tashkil etish metodikasi 2.Nutqiy nuqsoni bor bolalar bilan ishlash metodikasi

Musiqa mashg’ulotlarini tashkil etish metodikasi. Musiqa mashg’ulotlarini tashkil etish metodikasi va MTMgacha ta’limning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat talablari. MTMgacha ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar. Musiqa mashg’ulotlarini o’tkazish metodikasi fanidan ta’lim mazmunining minimal hajmi. Tarbiyalanuvchilarning musiqa mashg’ulotlarida egallashi lozim bo’lgan kompetensiyalari. Musiqa mashg’ulotlari ta’limi dasturi mazmuni, mohiyati va tahlili. Mashg’ulotlar tahlili. «Bolajon» MTMgacha ta’lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan dastur – davlat hujjati bo’lib, musiqa rahbarini ta’limiy tarbiyaviy ishi, bolalarni barkamol tarbiyalab MTM ta’limiga tayyorlashini nazarda tutadi. Musiqa mashg’ulotlarini rejalashtirar ekan, pedagog bolalarning aqliy, jismoniy, emosional yuklamalarini hisobga olishi kerak va shunga ko’ra o’rgatiladigan repertuar va faoliyat turlarini ketma – ketligini to’g’ri tuzishi kerak. Har bir musiqa rahbari xar bir musiqa mashg’ulotini qiziqarli va bolalar xotirasida uzoq saqlanishi uchun ko’rgazmalardan unumli foydalanishni bilishi zarur. Mashg’ulotni tashkillashda musiqa rahbari quyidagilarni yoddan chiqarmasligi kerak:  mashg’ulot bayoni, yangi qo’shiq, raqs xarakatlari, foydalaniladigan cholg’u asboblari uchun tayyorlangan ko’rgazmalar;  qismlarni bir-biriga uzviy bog’lay olish;  bolalarni qiziqtirish uchun ularning yosh xususiyatlarini e’tiborga oligan xolda sodda va past ohangda muloqatda bo’lish;  texnika vositalaridan foydalana olish;  musiqiy ta’limiy va didaktik o’yinlar yordamida bolalar bilim va ko’nikmalarini mustahkamlab borish;  musiqaviy xarakatli o’yinlarni atributlar va o’yinchoqlar yordamida tashkillashtirish. Mashg’ulotni rejalashtirishda quyidagilarga e’tibor berishi kerak:

 Musiqa tinglashda rasmlardan, bastakor va kompazitor portretlaridan, xilma-xil rangdagi shakllardan foydalanish;  Ovoz diapozonini kengaytirish mashqlarida musiqali zinacha ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallardan foydalanish;  Qo’shiq kuylaganda rasmlarga qarab qo’shiq nomini topish;  Laparlar va raqslarni ijro etganda atributlar(gullar, lentalar, v.b.) foydalanish;  Bolalarni ijodiy kobiliyatini rivojlantirishda musiqali xarakatli va obrazli o’yinlarni o’rgatilganda shu o’yinga mos atributlarni tayyorlab fikrlashga o’rgatish, sahnalashtirilgan jarayonda bolalarni mustaqil xarakat qilishlariga imkon yaratadi va katta o’rin egallaydi. 1.2.Nutqiy nuqsoni bor bolalar bilan ishlash metodikasi Ma’lumki, nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan ishlashda, ularning nutqlarini tiklashda musiqa mashg’ulotlari katta o’rin tutadi. Bunday gurux bolalari bilan musiqa rahbari logoped musiqa rahbari bilan hamkorlikda ishlasa o’z maqsadiga yetadi. Nutqida nuqsoni bor bolalarning nutqini tiklashda musiqa raxbarlari ko’proq logoritmikaga e’tibor qilishlari ko’zda tutiladi. Bunda:  to’g’ri nafas olishni yo’lga qo’yish;  ovozni rivojlantirish ustida ishlash;  temp va ritm ustida ishlash;  eshitish va xotirani rivojlantirish;  umumiy va maxsus motorikani rivojlantirish;  so’zlarni xarakatlar bilan to’g’ri ishlay olish;  intonasiya va shu registrlar ustida ishlash;  o’yinlar. Yuqorida ko’rsatilgan tavsiyalar mashg’ulot jarayonida o’z samarasini beradi. Bolalarning musiqa tafakkurini rivojlantiradi. Idroki va hissiyotini tarbiyalaydi.

MTMgacha yoshdagi bolalar yorqin va quvnoq ranglarni xush ko’radilar, ularda bu orqali quvnoqlik hissiyotlari rivojlanib boradi. O’quv materiali murakkabligiga ko’ra xilma – xildir: ko’proq aqliy faoliyatni, diqqatni talab qiladigan vazifalarni mashg’ulotlar boshida berish kerak. Kuylashdan oldin murakkab jismoniy mashqlarni berish mumkin emas, chunki bunday mashqlar bolalarni nafas olishlarini qiyinlashtiradi. Amaliyotga ko’ra faoliyat turlarini quyidagicha berish maqsadga muvofiq. Mashg’ulot boshida kichik musiqiy – ritmik mashqlar, ular birorta raqs elementlari ham bo’lishi mumkin. Bunday harakatlar bola diqqatini jamlaydi. Ritmik mashqlardan so’ng bolalar o’tiradilar va musiqa tinglaydilar. Keyin esa qo’shiq kuylashga o’tadilar. Bolalar bir mashq davomida 2 – 3 ta qo’shiq kuylashadi. Masalan, marsh, raqs, qo’shiq jarayonida musiqa savodidan xabardor bo’ladilar. Bunday mashg’ulotlar mavzuli mashg’ulotlar deyiladi. Yana biri bu kompleks mashg’ulotlardir . Bunda bolalar bilan faqat musiqa emas, balki, adabiyot va tasviriy san’at bilan shug’ullanadilar. Bunday mashg’ulotlar asosida uchta san’atni birlashtiruvchi badiiy obraz yotadi. Masalan, «Qish zavqi»,«Kuz keldi», «Bahor». Musiqa mashg’ulotlari – har bir bolaning musiqiy qobiliyatini maqsadga muvofiq va har tomonlama ta’lim – tarbiya beruvchi mashg’ulotlardir. Ularda har xil faoliyat turlari: kuylash, ritmik harakatlar bajarish, musiqa tinglash, musiqa savodi bilan tanishtirish kabi faoliyatlarni uzviy bog’lab olib boradilar. Musiqa faoliyatini bajarish bolalarni faolroq bo’lishlariga asos bo’ladi. Tashkil etiladigan bayramlar ham qiziq va muvaffaqiyatliroq o’tadi. Musiqa mashg’ulotlari butun guruh bilan bir vaqtda o’tkaziladi. Uning mazmuni va tuzilishi bolalar yoshi va beriladigan vazifalarga bog’liq. Bir yashar bolalarda mashg’ulotlar qisqa o’tadi. Ilk yosh guruhida 10 – 13 daqiqa olib boriladi. Kichik guruhida 15 – 20 daqiqa olib boriladi. O’rta guruhida 20 – 25 daqiqa olib boriladi. Katta guruhda 25 – 30 daqiqa olib boriladi.

Tayyorlov guruhida 30 – 35 daqiqa olib boriladi. Musiqa mashg’ulotlar haftasiga ikki marta o’tkaziladi. Unda guruhning barcha bolalari ishtirok etadi. Musiqa mashg’ulotlari – musiqa tinglash, qo’shiq o’rgatish, musiqiy – ritmik harakatlar bajarish, raqsga tushish, musiqiy – didaktik o’yinlar, bolalar cholg’u asboblarida chalishga o’rgatish va musiqaga oid ma’lumotlarni qamrab oladi. Har bir mashg’ulotdan mashg’ulotga sayin bolalarga musiqaviy ta’lim-tarbiya berishning qaysidir vazifasi hal etib boriladi. Musiqa rahbari ushbu ishda rahbarlik qiladi, to’g’ri yo’l ko’rsatib, maslahat va tavsiyalarini berib boradi. Bolalarni bilim va malakalariga qo’yiladigan talablar har bir guruh uchun faoliyat turiga qarab tuziladi. Bunday mashg’ulotlarning qiyinligi shundaki, bolalarning diqqatini bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko’chirish kerak bo’ladi. Shu ketma – ketlikni reja asosida amalga oshirish murakkabdir. Chunki bolalarning psixologik xususiyatlarini hisobga olsak, ular bugun o’rgangan asarlarini keyingi safar unutishlari mumkin. Zamonaviy pedagogika ta’lim tizimining maqsadi, yangi toifaga mansub bo’lgan musiqa rahbarining umumiy va kasb kamolotiga erishishdan iborat. 1.3.Bolalar repertuarini tanlashda qo’yiladigan zamonaviy talablar Mavjud pedagogik vazifalar saqlangan holda O’zbekistonga xos milliy qadriyatlar, an’analar, xalq ijodi, musiqa merosini bolalarni idrok etish qobilyati darajasida bosqichma – bosqich tadbiq etish nazarda tutiladi. Ertalabki badan tarbiya, turli shakldagi mashg’ulotlar, mehnat, sayr, nafosat soatlari, o’yin kulgi, bayramlarga oid asarlarni aniq rejalashtirib, o’z o’rnida va me’yorida qo’llash «Milliy tafakkur» muammosining yechimiga erishishda muhim omil bo’ladi. Avalam bor musiqa repertuarlari bolajonlarda jonajon Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, tabiatini e’ozlaщ, do’stlik, hamjihatlik, rahm – shafqat kabi xislatlar musiqaviy obrazlar orqali idrok etilishga qaratilgan. Bunda Respublika miqyosidagi ijodkor tarbiyachilarning ilg’or tajribalari natijasi, yangicha ishlash