logo

O’QUV-ME’YORIY HUJJATLAR BILAN ISHLASHNI TASHKIL ETISH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

91.283203125 KB
O’QUV-ME’YORIY HUJJATLAR BILAN ISHLASHNI TASHKIL ETISH
Reja:
1. O’quv me’yoriy – hujjatlar turlari. 
2. O’quv me’yoriy hujjatlarning sinflanishi. 
3. Ta’lim maqsadlari. 
4. Fan dasturlari va ishchi dasturlar, kalendar rejasining tuzilishi O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib ,  iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishning     o’ziga   xos   yo’lini   tanlashi   kadrlar   tayyorlash   tuzilmasi   va
mazmunini   qayta   tashkil   etishni   zarur   qilib   qo’ydi.   Yangi   tahrirdagi   “Ta’lim
to’g’risida”gi   qonunning   joriy   etilishi   yangi   o’quv   rejalari,   dasturlari,   darsliklarni
hamda   zamonaviy   didaktik   ta’minotni   ishlab   chiqishni     va   tadbiq   etishni   taqozo
etdi.
Shu nuqtai nazardan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim jarayoni, mazmunini isloh
qilish   asosan   me’yoriy   hujjatlar     majmui   (davlat   ta’lim   standarti,     o’quv   rejalari   va   dasturlari)
asosida,   kadrlarga   ta’lim   va   tarbiya   berish   milliy   istiqlol       g’oyalariga   muvofiq   amalga
oshirilishi alohida ta’kidlab  o’tilgan.
Klassifikator – bu O’zbekiston Respublikasining axborotlarni     kodlashtirish va tartibga
solish yagona tizimining tarkibiy qismidir.
Klassifikatorda   ta’lim   bosqichlari   (bakalavriat,   magistratura),   bilim   va   ta’lim   sohalari,
ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari  y ettita raqamli kod bilan belgilanadi.
mutaxassislik kodi;
yo’nalish kodi;
ta’lim sohasi kodi;
bilim sohasi kodi;
ta’lim dasturlari bosqichi kodi.
  Ta’limning   xalqaro   standart   klassifikatsiyasiga   binoan   ta’lim   bosqichlari   bakalavriat
yo’nalishlarida   5   raqami,   magistratura   mutaxassisliklarida   –   5   A   (raqam   va   harf)   bilan
belgilanadi.   Masalan:   bakalavriat   kodi   5140100,   5211300,   5520400   va   hokazo;   magistrlar
5A140101, 5A211301, 5A52040 1  va hokazo.
Davlat   ta’lim   standartlari   (   DTS)   –   umumiy   o’rta,   o’rta   maxsus,   kasb-hunar   va   Oliy
ta’lim   mazmuniga   hamda   sifatiga   qo’yiladigan   talablarni   belgilaydi.   DTSlarini   bajarish
O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari  uchun majburiydir.
Oliy   ta’limning   Davlat   ta’lim   standarti   kadrlar   tayyorlash   sifatiga,   ta’lim   mazmuniga
qo’yilgan   talablar;   ta’lim   oluvchilar   tayyorgarligining   zaruriy   va   yetarli   ta’lim   muassaslari
bitiruvchilariga   qo’yilgan   malakaviy   talablar;   o’quv   yuklamasining   maksimal   hajmi;   ta’lim
muassasalari   faoliyati   va   kadrlar   tayyorlash   sifatini   baholash   tartiblari   hamda   yo’l-yo’riqlarini
belgilaydi.
Malaka talablari Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti asosida ishlab chiqiladi va o’quv
jarayonini   tartibga   soluvchi,   ta’lim   muassasalari   faoliyati   va   kadrlar   tayyorlash   sifatini baholovchi me’yoriy hujjatlar: bakalavriat ta’lim  yo’nalishlari, magistratura  ixtisosliklari  uchun
DTS, o’quv rejalari, o’quv fanlari dasturlari va boshqalarni tayyorlash uchun asosdir.
Mutaxassislik   fan   mashg’ulotlarni   rejalashtirishda   va   ularga   tayyorgarlik
k o’ rish   o’ zaro   chambarchas   bog ’ langandir.   Rejalashtirish-tayyorgarlikning   bir
qismi   bo’lib,   rejalashtirish   hujjatlarida   ta’lim   beruvchining   mashg’ulotlarga
tayyorgarlik natijalari aks ettiriladi. Mashg’ulotlarga tayyorgarlikni ikki bosqichga
bo’lish   mumkin:   istiqbolli   tayyorgarlik   –   o’quv   yiliga   va   dasturning   mavzularini
o’rganishga   tayyorgarlik   hamda   joriy   navbatdagi   darsga   tayyorgarlik.
Tayyorgarlikning   har   bir   elementi   ta’lim   beruvchining   shaxsan   tayyorgarligini,
o’quv ko’rgazmali qurollarini tayyorlashni va o’quv jarayonini rejalashtirishni o’z
ichiga oladi. O’quv jarayonini rejalashtirishda ta’lim beruvchi quyidagi vazifalarni
amalga oshirishi kerak:
-  ta’lim - tarbiya ishlari istiqbol rejalarini tayyorlash;
- o’quv ishlab chiqarish ishlari uchun me’yorlar va texnik talablarini   ishlab
chiqishda qatnashish;
-   o’quv-texnik   hujjatlarini,   baholash   mezonlarini,   ishlab   chiqarish
amaliyotining batafsil dasturini ishlab chiqish;
-     maxsus   va   umumkasbiy   fanlarni   o’rganish   paytida     mavzu   bo’yicha
olingan talabalar bilimlarini tahlil qilish;
-  mavzu materialini kichik mavzular va darslarga taqsimlash; 
-   o’tilgan   mashg’ulotlar   yakunlarini   tahlil   qilish,   kelgusi   dars   mazmuni,
mavzusi, ta’lim va tarbiya maqsadlarini aniqlash;
-  kirish  instruktajini o’tkazish metodlarini belgilash;
-   talabalarning   mashqlari   va   mustaqil   ishlarini   tizimini   joriy   instruktaj
metodlarini belgilash;
- dars rejasini va kirish instruktaji konspektini tuzish, talabalarga beriladigan
muayyan uy topshiriqlarini belgilab qo’yish.
Maxsus   fan o’qituvchilari va muhandis-pedagoglar quyidagi asosiy   o’quv-
rejalashtirish hujjatlarini yuritadi:
 - taqvimiy-mavzuiy reja;  - kundalik dars rejasi;
 - darsning ma’ruza matni;
  -   yozma   ko’rsatma   berish   hujjatlari   (texnologik   xaritalar,   uslubiy
ko’rsatmalar, tarqatma materiallar). 
Ta’lim-   tarbiya   jarayonini   tashkil   etishni   rejalashtiruvchi,   asosiy   hujjat   o’quv   rejalari
hisoblanadi.   O’quv   rejasi   professional   ta’lim   muassasalarida   ta’lim-tarbiya   jarayonini   samarali
tashkil etishni, o’quv fanlarini alohida o’rganish sur’atini ta’minlovchi hujjat hisoblanadi.
    O’quv rejasi – har bir yo’nalish uchun alohida tuzilib, vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Unda quyidagilar o’z ifodasini topadi:
1. Tayyorlov yo’nalish (ixtisoslik) kodi va uning nomlanishi.
2. O’qish muddati.
3. Tugatgandan so’ng olinadigan akademik darajasi.
4. Ta’lim shakli.
5. O’quv davrining taqsimoti (jadvali).
6. O’quv jarayonining rejasi.
6.1. O’rganiladigan o’quv predmetlari.
6.2. Har bir o’quv predmetini o’rganish uchun ajratilgan umumiy vaqt miqdori.
6.3. O’rganish   uchun   ajratilgan   vaqtni   ma’ruza,   amaliy   mashg’ulot,   laboratoriya
ishlari, seminarlar, kurs loyihalari va boshqa mashg’ulotlarga qanday miqdorda taqsimlanganligi.
6.4. O’quv predmetini qaysi bosqich, semestrlarda haftasiga qancha soatdan o’rganish
tartibi.
7. Davlat attestatsiyasi.
8. Tanlov fanlarining ro’yxati.
9. Izohlar kabilar.
O’quv rejalari mazmuni va   tuzilishiga mos holda quyidagi omillarga e’tiborni qaratmoq
lozim:
ta’lim va tarbiyaning maqsadli yo’naltirilganligiga;
mehnat va ishlab chiqarish jarayonining tuzilishiga;
ta’lim- tarbiya jarayonining  qonuniyatlariga.
O’quv   rejalarini   ishlab   chiqishda   bo’lg’usi   mutaxassislarda   shakllantirilayotgan   malaka
mahoratlari   darajasining   o’rganilayotgan   o’quv     fanlari   miqdoriga   va     o’rganish   davriga   aniq
mos   tushishini   e’tiborga   tutmoq   lozim.   Bo’lg’usi   mutaxassislarning   bilim   va   ko’nikmalarining
shakllanishini,   har   bir   fanni   bosqichma-bosqich   o’rganishlari   chuqurligi,   qulay   va   muhimligini
ham nazarda tutishi kerak bo’ladi. Ta’lim   standartlarida   belgilab   berilganidek,   umumiy   va   maxsus   talablar,   bilim   va
ko’nikmalar,   o’quv rejalaridagi  umumkasbiy   va maxsus   fanlarda  o’zaro  uzviyligini   ta’minlash,
fan dasturlarini zamon talablariga mos   ravishda oddiydan murakkabga qarab tuzib chiqish, har
bir   fan   dasturlarining   mavzulariga   mos   ravishda   qo’shimcha   ko’rgazmali   qurollar   yaratish   –
o’qituvchilar   oldiga   murakkab   vazifalarni     qo’yadi,   talabalarning   esa   nazariy   bilimlarini
shakllantirib boradi.
O’quv   dasturiy   hujjatlar   tuzilmasi   va   mazmunini   ishlab   chiqish   o’qitish   jarayonini
takomillashtirish   va   mehnat   bozori   talablariga   javob   beradigan   malakali   kadrlarni   tayyorlashda
muhim  ahamiyatga ega.   
FAN     DASTURI   –   uslubiy-me’yoriy   hujjat   bo’lib,   davlat   ta’lim
standartining   muayyan   fan   bo’yicha   bakalavr   (magistr)   bilim,     ko’nikma   va
malakalariga   hamda   kompetensiyasiga   qo’yilgan   talablarga   muvofiq   ishlab
chiqiladi.
Fan   dasturi   tarkibida   fanning   maqsadi,   vazifalari   va   o’rganadigan
muammolari,   talabalarning   fan   bo’yicha   egallashi   lozim   bo’lgan   bilim,   ko’nikma
va   malakalar   tavsifi,   kompetensiyasi,   nazariy,   amaliy   (laboratoriya,   seminar)   va
mustaqil   ish   mashg’ulotlari   hajmi   va   mazmuni,   metodik   tavsiyalar,   taqvimiy
mavzuiy   rejalar,   o’quv-uslubiy   adabiyotlar   va   didaktik   vositalar   ro’yxati   hamda
baholash   mezonlari,   shaxsning   qaysi   fazilatlarini   shakllantirishga   yo’nalganligi
kiradi.
  Dasturda   fan,   texnika,   texnologiyaning   so’nggi   yutuqlari,   oliy   ta’lim
rivojlanishining   jahon   tendensiyasi   hisobga   olinishi,   respublikada   joriy   etilgan
uzluksiz   ta’lim   tizimining   ta’lim   turlari   o’rtasidagi   uzviylik   va   uzluksizlikni
ta’minlashi shart.  
Fan dasturini ishlab chiqishda ta’lim oluvchilarning mustaqil bilim olish va
o’rganish,   o’qitish   jarayonini   shaxsga   yo’naltirilgan   va   rivojlantiruvchi   ta’lim
talablari asosida   tashkil  etishga, mavzularning bir xil talqinda takrorlanmasligiga
e’tibor berilishi zarur. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari
2. Fanni o’zlashtirishga qo’yilgan talablar
3. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi
4. Fanning hajmi va mazmuni
5. Kurs ishi yoki  loyihasining namunaviy tarkibi, 
bajarishga qo’yiladigan talablar
6. Mustaqil ishlarning mazmuni
7. Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish 
bo’yicha talablar
8. Тaqvim mavzusi rejasi
9. O’quv uslubiy adabiyotlar va elektron ta’lim 
resurslari ro’yxati
10. Didaktik vositalar ro’yxati           1-rasm. Modul tizimi asosida maxs u s fanlar  dasturi ning modeli
Fan dasturi tarkibiy komponentlari quyidagi ketma ketlikda taqdim etiladi.
1.   Kirish.   Fanning     o’rni   va   ahamiyati,   rivojlanish   taraqqiyoti,   nazariy   va
metodologik asosi va o’rganiladigan muammolari bayon etiladi 10. Didaktik vositalar ro’yxati
11. Baholash mezonlari   -------------------------------------------------------------------------------------------------
----------------------------------------------------------------------------------------
                  Fanning maqsadi va vazifalari
-------------------------------------------------------------------------------------------------
-------------------------------------------------------------------------------------------------
2. Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar. 
Fanni   o’zlashtirishda   qo’yiladigan   talablar   Davlat   ta’lim   standartidagi
malakaviy tavsifga muvofiq ishlab chiqiladi va quyidagicha bayon etiladi.
Fanni o’zlashtirgandan keyin talaba:
.....................................   lar. haqida tasavvurga ega bo’lishi;
...........................................  h a q ida nazariy bilimlarga ega bo’lishi;
...........................................  dan  amaliy ko’nikmalarni  egallashi;
............................................ malakalarni egallashi;
.......................................... kompetensiyalarga ega bo’lishi kerak.
3. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi .
(Fanning   boshqa   turdosh   fanlar   bilan   o’zaro   aloqadorligi   va   uzviyligi
haqida ma’lumot beriladi).
             -------------------------------------------------------------------------------------------
4. Fanning hajmi va mazmuni.
4.1.Fanning hajmi.
№ Mashg’ulot turi Ajratilgan soat Semestr
1 Nazariy
2 Amaliy (laboratoriya)
3 Mustaqil ish
4 Kurs ishi (loyi h alash)
5 Nazoratlar
        4.2. Nazariy mashg’ulotlar mavzulari  mazmuni va ularga ajratilgan soat
-------------------------------------------------------------------------------------------------
--------------------------------------------------------------------------------------------------
4.3. Laboratoriya (amaliy, seminar) mashg’ulotlari mazmuni № Laboratoriya (amaliy,   seminar)
m ashg’ulotlar  Kutiladigan 
natija Ajratilgan
soat
mavzusi maqsadi
1 2 3 4 5
5.   Kurs ishi (loyi h a) tarkibi, ularga qo’yiladigan talablar . (Kurs (loyiha) ishlari
mavzulari,   maqsadi   va   vazifalari,   mazmuniga,   hajmiga   va   rasmiylashtirishga
qo’yiladigan talablar keltiriladi).
-------------------------------------------------------------------------------------------------
6. Mustaqil ishlar mavzulari mazmuni  va ularga ajratilgan soatlar
-------------------------------------------------------------------------------------------------
7. Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar .
(Fanni o’qitish shakli, texnologiyasi va metodlari keltiriladi).
8. Taqvim mavzuiy reja. 
(Taqvim   mavzuiy   reja   o’quv   materialini   to’g’ri   taqsimlashda   mazkur   fan
boshqa fanlar va amaliyotlar bilan bog’lashda, darsga kerakli o’quv materiallari
va vositalarini tayyorlashda yordam beradi, o’qitish jarayonini loyihalashtirish va
samaradorlikni oshirish imkonini beradi). 
№M
avzu	
Ajratilgan 	
soat	
    Ta’lim
 shakli	
D
ars turi	
     Fanlararo va                  	
     fan ichidagi 	
    bog’liqlik	
Ta’lim	
m
etodlari	
Ta’lim	
vositalari	
    Foydalanilgan	
adabiyotlar 	
M
ustaqil ish	
topshiriqlari
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
9. O’quv uslubiy adabiyotlar va elektron ta’lim resurslari  ro’yxati.
Asosiy  adabiyotlar           
1. …
2. …    Qo’shimcha  adabiyotlar
1. …
2. …   
Elektron ta’lim resurslari    
1. …
2. …   
10.  Didaktik vositalar .(Didaktik vositalar ro’yxati beriladi).
- ji h ozlar va uskunalar, moslamalar   ---------------------------------------
- video-audio uskunalar   ------------------------------------------------------
- kompyuter va multimediali vositalar   -------------------------------------
11.   Baholash mezonlari.   (Har bir mashg’ulot  turi  bo’yicha   oraliq   nazorat
va yakuniy ba h olash mezonlari keltiriladi).
-------------------------------------------------------------------------------------------------
Taqvimiy-mavzuiy   rejadan   kelib   chiqqan   holda   har   bir   mashg’ulot   uchun,
ya’ni   nazariy   dars   uchun   ham,   amaliyot   mashg’ulotlari   uchun   ham   alohida   dars
rejasi ishlab chiqiladi.
Dars   rejasi   asosiy   o’quv-rejalashtirish   hujjatlaridan   biri   bo’lib,   uni
o’qituvchi   o’quv   dasturi   va   taqvim-mavzuiy   reja   asosida   tuzadi.   Unda   darsning
ta’lim   –   tarbiyaviy   maqsadlari,   o’qitish   va   tarbiyalash   maqsadlari   ko’rsatiladi
hamda darsning tarkibi va bosqichlari, har bir bosqichga ajratilgan vaqt, o’qituvchi
tomonidan izohlanadigan o’quv materialining ketma-ketligi va mazmuni, mustaqil
ishlarning xarakteri va mazmuni, uy topshirig’i va boshqalar ifodalanadi.
Dars rejasining asosiy maqsadi o’qitish jarayonini to’g’ri rejalashtirishga va
uning   samaradorligini   oshirishga   yordam   berishdir.   Dars   muvaffaqiyatli   o’tishi
uchun uni tashkil etish bo’yicha mutaxassis fan o’qituvchi faoliyatining maqsadini
aniqlash lozim.
Odatda   professional   ta’lim   muassasalarida   ishlab   chiqarish   ta’limi
mashg’ulotlari   laboratoriyalarda,   o’quv   ustaxonalarida,   o’quv-mashq   qilish
maydonlarida hamda korxonalarda o’tkaziladi. Shu o’rinda har qanday mashg’ulot
kabi   ishlab   chiqarish   ta’limi   mashg’ulotlari   ham   muhandis-pеdagogning   ko’plab omillariga   muvofiq   hal   etadigan   ijodiy   ishi   ekanligini   unutmaslik   lozim.   Ishlab
chiqarish ta’limi mashg’ulotlarini yuqorida zikr etilgan joylarda tashkil qilishning
o’ziga xos afzalligi va kamchiliklari mavjud bo’lib, ularni oqilona tashkil etish va
o’tkazish   uchun   muhandis-pеdagog   eng   avvalo   o’quv   matеrialining   mazmunini,
mashg’ulot maqsadi  va o’tkazish shart-sharoitlarini bilishi  lozim. Ishlab chiqarish
ta’limining   maqsadi   va   mazmuni   tayyorlov   yo’nalishi   bo’yicha   mutaxassislik
malaka tavsifnomasi hamda o’quv dasturlarida o’z ifodasini topadi.
Ishlab   chiqarish   ta’limi   dastlab   o’quv   laboratoriyalari   va   ustaxonalarida
tashkil   etilib,   ularda   talabalar   ilk   bor   kasbiy   mahorat   sirlarini   egallashga
kirishadilar.
Korxonalarda   tashkil   etilgan   ishlab   chiqarish   mashg’ulotlari   talabalar   o’zlari
tanlagan mutaxassislik  bo’yicha kasbiy  bilim  va ish-harakat  usullarini  zamonaviy
asbob-uskunalar,   moslamalar   va   ish   qurollaridan   foydalanilgan   holda   tarkib
topishiga sharoit yaratadi.
Bunday mashg’ulotlar haqiqiy amaliyotga mumkin qadar yaqin sharoit tashkil
etilganligi   sababli   talabalarni   tanlagan   kasbiy   mеhnatini   ijtimoiy-iqtisodiy   hayot
bilan yaqindan tanishtiradi. Mustaqillik darajasi va ijodiy faolligini oshiradi.
Har   qanday   ishlab   chiqarish   ta’limi   mashg’ulotlari   (darslari)   quyidagi   uch
bosqichdan iborat bo’ladi:
-   muhandis-pеdagog   tomonidan   boshlang’ich   (kirish)   ko’rsatma   yoki   yo’l-
yo’riq bеrish;
- talabalarning mustaqil  ish bajarishlari, mashq qilishlari, ayni  bir muhandis-
pеdagog faoliyati, ya’ni joriy yo’l-yo’riq bеrish;
-   mashg’ulotda   talabalar   faoliyatini   baholash   uchun   yakuniy   yo’l-yo’riq
bеrish.    
Yo’l-yo’riq   bеrish   (instruktaj)   -   o’qituvchi   yoki   muhandis-pеdagogning
talabalarga bеrilgan topshiriq (vazifa)ni xavfsizlik tеxnikasi qoidalariga to’liq rioya
qilgan   holda   amalda   bajarish   tartibi   haqida   talabalar   diqqat-e’tiboriga   havola
etiladigan   yo’l-yo’riqlar,   talablar   va   o’zgarishlar   mazmuniga   ega   bo’lgan   fikrini
bayon   qilish   shaklidir.   Ishlab   chiqarish   ta’limi   jarayonida,   ayniqsa,   muhandis- pеdagog   foydalanadigan   ish   qurollari,   asbob-uskuna   va   moslamalarining   sifati,
ulardan   to’g’ri   foydalanish   tartibi,   rioya   qilinadigan   xavfsizlik   tеxnikasi   va
sanitariya   qoidalari,   pеdagogning   bajariladigan   ish   sifati   hamda   tayyorgarligiga
bo’lgan   talablarining   buzilishining   oldini   olish   haqida   ko’rsatmalari   muhim
ahamiyatga ega.
Talabalarning darsga qiziqishi va o’quv matеrialiga diqqat-e’tiborini qaratish
uchun   usta   hayotiy   misollar,   asosli   dalillar   kеltirishi,   ushbu   mashg’ulotda   tarkib
topishi   ko’zlangan   bilim   va   ish-harakat   usullarining   hayotiy   faoliyat   uchun
ahamiyatini   ko’rsatib   o’tishi   lozim.   Odatda   ishlab   chiqarish   ta’limi
mashg’ulotlarida   kirish   yo’riqnomasini   ishlab   chiqish   quyidagi   tartibda   olib
boriladi: 
- yangi o’rganiladigan mavzu va mashg’ulot maqsadi bayon etiladi; 
- oldin o’tilgan mavzular bo’yicha talabalar egallagan bilimlari va ish-harakat
usullarining shakllanganlik darajasi aniqlanadi; 
-   bajarilishi   ko’zda   tutilgan   vazifa,   topshiriq   yoki   ishning   amaliy   ahamiyati,
xususiyatlari va bajarilish tartibi bayon etiladi; 
- tеxnik-tеxnologik chizma va xaritalar hamda talablar ko’rsatiladi;
- foydalaniladigan matеrial, asbob-uskuna, moslamalar va shunga o’xshashlar
bilan qanday foydalanish kеrakligi tushuntiriladi; 
-   vazifani   bajarishning   maqbul   (oqilona)   shart-sharoitlari,   usullari   va   tartibi
bayon etiladi; 
- vazifani bajarishda talaba yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xatoliklar va ularni
o’z   vaqtida   oldini   olish   chora-tadbirlari   ko’rsataladi.   Shu   o’rinda   kirish
yo’riqnomasini   talabalar   qanday   darajada   o’zlashtirganliklarini   tеkshirish,   har   bir
talabaga   shaxsiy   vazifa   bеrish   va   ularni   ish   o’rinlariga   taqsimlash,   shuningdеk,
vazifani   bajarishda   rioya   qilinishi   lozim   bo’lgan   mеhnat   va   tеxnika   xavfsizligi
qoidalariga alohida e’tibor bеriladi.
Talabalarning mustaqil ishlari yoki mashq qilishlari pеdagogik jihatdan ilmiy
asoslangan, didaktik qonun-qoidalariga binoan tuzilgan bo’lib, tеxnologik jihatdan
ma’lum   kеtma-kеtlikda   ko’zlangan   bilim   va   usullarini   egallashni   nazarda   tutadi. Mashg’ulotda   usta   talabalarning   hatti-harakatlarini   doimiy   kuzatib   borib,   ishiga
rahbarlik   qiladi,   kеrak   bo’lgan   vaqtda   bir   nеcha   marta   ma’lum   ish   o’rinlarini
aylanib chiqadi, talabalar faoliyatini nazorat qiladi. Shuningdеk, bunday ko’rsatma
bеrish   vaqtida   barcha   talabalar   bir   vaqtda   vazifani   bajarishga   kirishganliklarini
tеkshirish,   ularning   har   birlari   o’z   ish   o’rinlarini   qanday   tashkil   etganliklarini
nazorat   qilish,   o’quv,   tеxnik-tеxnologik,   tashkiliy-iqtisodiy   va   shunga   o’xshash
didaktik   matеriallar   hamda   hujjatlardan   to’g’ri   foydalanishlarini   tеkshirish   kabi
maqsadlarini   ko’zda   tutadi.   Bir   so’z   bilan   aytganda,   joriy   ko’rsatma   bеrish,
talabalarni   amaliy   bilimlar   va   kasbiy   ish-harakat   usullarini   egallashlari   hamda
tеxnologik jarayon va opеratsiyalarni sifatli bajarishga qaratilgan bo’ladi.
Ishlab  chiqarish  ta’limi   mashg’ulotlarining  bu  bosqichida   muhandis-pеdagog
quyidagilarga alohida e’tibor bеrishi kеrak:
Bunday   mashg’ulotlarda   yakuniy   ko’rsatma   bеrish   ham   muhim   ahamiyatga
ega.   
Yakuniy   ko’rsatma   bеrishning   mazmuni,   tashkil   etish   shakli   va   uslubi
muayyan   aniq   mashg’ulot   natijalariga   ko’ra   aniqlanadi   va   uning   maqsadi
talabalarning   yutuq   va   kamchiliklarini   ko’rsatishdan   iborat   bo’ladi.   Yuqorida
ishlab   chiqarish   ta’limi   mashg’ulotlarining   umumiy   o’ziga   xos   bosqichlari   va
tarkibiy   elеmеntlari   bo’lgan   ko’rsatmalarning   mohiyat-maqsadi   va   o’tkazilish
tartibi   bilan   qisqacha   tanishtirishga   harakat   qilamiz.   Shu   o’rinda   aytib   o’tish
kеrakki,   bunday   ko’rsatma   bеrish   sxеmasi   qat’iy   majburiy   bo’lmay,   balki,   o’quv
matеrialining   xususiyatlariga,   muhandis-pеdagogning   tayyorgarlik   darajasi   va
tajribasiga,   talabalarning   tayyorgarlik   darajasiga,   mashg’ulot   o’tkazish   shart-
sharoitlariga qarab mos ravishda ijodiy hal etilishi mumkin.
Professional ta’lim muassasalarida kasbiy tayyorgarlik maxsus tashkil etilishi,
kasbiy   tayyorgarlik   va   malakali   o’qituvchilar   zamonaviy   vositalar   yordamida
amalga oshirilganligi yuqori samaradorlikka erishish imkonini bеradi.
Malakali mutaxassislar tayyorlashda o’quv jarayoni umumilmiy, umumkasbiy
va maxsus fanlar turkumlaridan tashkil topadi. 1.   Ishlab   chiqarish   ta’limining   maqsadi   –   talabalarda   ma’lum   bir   aniq
ixtisoslik   bo’yicha   kasbiy   mahorat   asoslari   bilim,   ko’nikma,   malakalarni
shakllantirishdan iborat.
2.   Talabalarning   ta’lim-tarbiyaviy   maqsadlarga   bo’ysundirilgan   mеhnatlari
ishlab chiqarish ta’limining asosi hisoblanadi.
3.   Talabalarda   o’zlashtirilayotgan   kasb   (ixtisoslik)ga   oid   ko’nikma   va
malakalarni shakllantirish – ishlab chiqarish ta’limining mazmunini tashkil etadi.
4.   Ishlab   chiqarish   ta’limi   jarayoni   nazariya   bilan   amaliyotning   uzviy
aloqadorligida amalga oshiriladi.
5.   Ishlab   chiqarish   ta’limi   nazariy   ta’limga   nisbatan   faol   jarayon   bo’lib
hisoblanadi.   Shu   sababli     o’qituvchining   vazifasida   axborot   uzatish   funktsiyasi
bo’lib,   rahbarlik   qilish,   yo’naltirish   va   yo’l-yo’riq   ko’rsatish   vazifalari
kuchaytirilgan bo’ladi.
6.   Ishlab   chiqarish   ta’limining   sifatli   o’tishi   uchun   o’qitishning   tеxnik
vositalari,   eng   avvalo   moddiy-tеxnik   baza,   jihozlar,   shuningdеk,   o’quv-ishlab
chiqarish ob’yеktlarining to’g’ri tanlanganligi hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Bilim  – ob’yеktiv olamni ongli idrok etish natijasida xotirada tizimlashtirilgan
va   mustahkamlangan   tasavvurlar   hamda   o’rganilayotgan   ob’yеkt   haqidagi
tushuncha, dalil, xulosa va hukmlar tizimidir.
Ko’nikma   –   talabalarning   mеhnat   va   ish-harakat   usullarini   ongli   hamda
to’g’ri bajarishga  tayyor bo’lish qobiliyatidir.
Malaka  –  kasbiy ish-harakat usullarini maqsadga muvofiq maksimal darajada
aniq tеz va talab darajasida bajarishdir.
1.   Ishlab   chiqarish   mеhnati   –   ishlab   chiqarish   ta’limining   asosi   hisoblanadi,
lеkin ishlab chiqarish ta’limi ishlab chiqarish mеhnati bilan chеgaralanib qolmaydi.
2.   Ishlab   chiqarish   ta’limi   jarayoni   –   o’quv   jarayonidir,   uning   har   bir
bosqichida   kasbga   o’qitishning   o’ziga   xos   vazifalari   o’z   yеchimini   topadi.
Talabalarning   ishlab   chiqarish   mеhnati   har   doim   o’quv   vazifalariga
bo’ysundirilgan  bo’ladi. 3. Ishlab chiqarish ta’limi maqsad va vazifalari ustuvorligini taminlash uchun,
avvalo talabalarga professional ta’lim asoslarini o’rgatish zarur.
4.   Ishlab   chiqarish   ta’limi   samaradorligi   o’quv   va   ishlab   chiqarish
vazifalarining o’zaro uyg’unligi bilan bеlgilanadi.
Ishlab   chiqarish   ta’limi   tizimi   dеb,   bo’lajak   mutaxassislarda   kasbiy
ko’nikma   va   malakalarni   maqbul   darajada   tarkib   toptirish   maqsadida   o’quv
matеrialini,   maqsadga   muvofiq   tizimlashtirilgan   holda,   talabalar   mulkiga
aylantirish izchilligiga aytiladi.
Ishlab   chiqarish   ta’limi   tizimi   ijtimoiy   munosabatlar,   ta’lim   tizimi   va   ishlab
chiqarishning   rivojlanishiga   ko’ra   o’zgaradi.   Kishilik   jamiyatining   turli
bosqichlarida   ishlab   chiqarish   ta’limining   quyidagi   tizimlari   qo’llanilganligi
pеdagog olimlar tomonidan e’tirof etilgan:
a) prеdmеt tizimi – shogird tomonidan buyumning izchil ravishda, muayyan
miqdorda,   butun   murakkabligida   boshidan   oxirigacha   tayyorlanish   jarayonini
qamrab   oladi.   Bu   tizimning   kamchiliklari:   shogird   o’zi   tanlagan   kasbi   bo’yicha
boshlang’ich   kasbiy   (elеmеntar)   ko’nikmalarga   ega   bo’la   olmaydi,   shuningdеk,
mazkur tizim talabalarda tеgishli ixtisoslik bo’yicha to’laqonli bilim, ko’nikma va
malakalarni tarkib toptirish imkoniyatiga ega emas. Undan foydalanishda didaktik
prinsiplarga   to’laqonli   amal   qilinmaydi,   o’quv   dasturidan   foydalanish   imkoniyati
dеyarli   mavjud   emas.   Nazariy   va   amaliy   ta’limning   aloqadorligi   hisobga
olinmaydi.
b)   opеratsiya   tizimi   –   mеhnat   jarayonlarini   aniq   opеratsiyalarga   bo’lishga
asoslanadi.   Unga   1868   yilda   Moskva   shahridagi   Bauman   nomidagi   oliy   tеxnika
bilim   yurtida   asos   solingan.   D.K.Sovеtskiy,   V.P.Markov   va   ularning
maslakdoshlari bu tizimning asoschilari hisoblanishadi. Bu tizim manbalarda “rus
tizimi” dеb ham yuritiladi va quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 
- birinchi bosqichda, talabalar o’quv ustaxonalarida opеratsiyalarni bajarishni
o’zlashtirsa, 
-   ikkinchi   bosqichda   ular   bеvosita   buyum,   mahsulot   (tovar)   ishlab   chiqarish
jarayonida qatnashadilar.  Opеratsiya   tizimining   joriy   etilishi   bilan   mеhnat   opеratsiyalarining
murakkablashishi,   ta’lim   tizimida   ishlab   chiqarishning   ilmiyligi   va   o’quv
dasturlarini yaratish, ta’limda nazariya bilan amaliyotning bog’liqligi kabi didaktik
prinsiplarga   amal   qilinishiga   shart-sharoit   yaratadi,   shuningdеk,   opеratsiya
tizimining ham  o’ziga xos quyidagi kamchiliklari e’tirof etilgan:
-   ustaxona   sharoitida   opеratsiyalarning   o’zlashtirilishida   istе’mol   qiymati
bo’lmagan prеdmеtlardan foydalaniladi;
-  istiqbolda mustahkamlanmaydigan ko’p sonli opеratsiyalarga o’rgatiladi;
-   korxonalarda   ishlab   chiqariladigan   mahsulotlarning   nomеnklaturasi   bozor
talablariga   bog’liq   bo’lib,   birinchi   ish   kunidanoq   murakkab   opеratsiyalarni
bajarishga imkon bеrmaydi va shu kabilar.
Yuqoridagi   kamchiliklar   mavjudligi   sababli   bu   tizim   professional   ta’lim
tizimida kеyinchalik qo’llanilmadi.
v)   opеratsiya-prеdmеt   tizimi   –   XIX   asrning   90   yillarida   S.A.Vladimirskiy
tomonidan   taklif   etilgan.   Ushbu   tizim   ishlab   chiqarish   ta’limini   yanada
takomillashtirdi.   Chunki   bu   tizim   talabalar   tomonidan   mеhnat   opеratsiyalarini
o’ylab,   tanlangan   buyumlarni   tayyorlashni   ko’zda   tutadi.   Buyumlar   tayyorlashda
oddiydan   murakkabga,   osondan   qiyinga   prinsipiga   amal   qilinadi.   U   mahsulot
ishlab   chiqilishi   ko’zda   tutganligi   sababli   qiziqarli   kеchadi   va   talabalarda   yanada
unumliroq ishlashga qiziqish his-tuyg’usini uyg’otadi. Bu tizim quyidagi o’zining
kamchiliklariga ega:
- talabalar ba’zi opеratsiyalarni to’laqonli o’zlashtirmay, ya’ni yеtarli darajada
mashq   qilmay,   tеgishli   malakaga   ega   bo’lmay   qoladilar;   egallangan   ko’nikma   va
malakalar   nozikligi   bilan   ajralib   turmaydi,   ya’ni   buyum   ma’lum   shablon   asosida
tayyorlanadi.
g) mashq mator tizimi – sobiq sovet tuzumi davrida Markaziy mеhnat instituti
tomonidan   1927-1930   yillarda   opеratsiya   tizimning   qayta   ishlab
takomillashtirilgan shaklidir. Bu tizimda ta’lim quyidagi bеsh davrga bo’linadi:
1) asosiy   mеhnat  faoliyati   va ish-harakat  usullarini  o’zlashtirish  bo’yicha
mashq mashg’ulotlari; 2)   mеhnat   usullarini   o’zlashtirish   bo’yicha   mashqlar   o’z   ichiga   avval
o’rganilgan hatti-harakatlarni qamrab oladi;
3)   mеhnat   opеratsiyalarini   bajarishga   oid   mashqlarda   o’rganilgan   usullar
qo’llaniladi;
4)   oddiy   dеtallarni   yasash   jarayonidan   majmuaviy   ishlarni   bajarishgacha
o’zlashtirilgan ish - harakat usullari murakkablashtirib boriladi;
5)   korxonalarda   ish   o’rinlarida   tanlangan   kasb   bo’yicha   xaraktеrli   ishlar
bajariladi va h.k.
Shu   bilan   birga   mashq-mator   tizimining   afzalliklari   sirasiga   quyidagilarni
ko’rsatish mumkin: 
-   ish   mazmunini   kasbiy   faoliyatga   oid   opеratsiya   va   usullarning   aniq   va
ravshanligi; 
- yo’riqnomalarning ilmiy xaraktеrda ekanligi; 
- mashqlarni maxsus qurilmalarda amalga oshirilishi va hokazo.
Dеmak,   opеratsiyaviy   majmua   tizimi   -   bu   avval   zikr   etilgan   barcha
tizimlarning   takomillashtirilgan   shaklidir.   Bu   tizim   majmuaviy   xaraktеrdagi
ishlarni nazarda tutadi, shuning uchun ham uni takomillashtirish zaruriyati mavjud.
Bu   sohada   K.N.Katxanov,   M.A.Jidеlеv,   I.S.Figanov,   A.Е.Pyadochkin,
S.Ya.Batushеv,   Ya.Haydarov,   K.J.Mirsaidov,   R.K.Choriyеv   kabi   chеt   el   va
vatandosh   pеdagog   –   olimlarning   ishlarini   ko’rsatish   mumkin.   Ishlab   chiqarish
ta’limi   avval   zikr   etilganidеk,   maxsus   joylarda   o’tkazilganligi   bois   ularga   o’ziga
xos talablar qo’yiladi. 
Endi o’quv ustaxonalarini tashkil etish va ularning ishlab chiqarish faoliyatini
rеjalashtirish jarayoniga to’xtalib o’tamiz.
O’quv   ustaxonalarining   jihozlariga   qo’yiladigan   bosh   talab   ularning   o’quv
dasturlariga   mos   kеlishi,   konstruktsiyalarining   zamonaviyligi,   univеrsalligi,
enеrgiya   sarfining   kamligi,   tannarxining   nisbatan   arzonligi,   o’lchamlarining   katta
bo’lmasligi, ishlatish va xizmat ko’rsatishga  o’ng’ay bo’lishi, xavfsizlik tеxnikasi
qoidalarini ta’min etishi kabilardir. Shuningdеk, o’quv jihozlari korxonalar tеxnik
jihozlariga mos bo’lib, ilg’or tajribalarni o’zlashtirishga imkon bеrishi zarur. O’quv   ustaxonalari   jihozlarining   nomеnklaturasi   va   soni   maxsus
mе’yornomalarda ko’rsatiladi. Ustaxonalarda asosiy jihozlar bilan birga yordamchi
jihozlar   ham   bo’lib,   ular   talabaga   qisqa   muddatli   yordamchi   opеratsiyalarni
bajarishga,   shuningdеk,   har   bir   ish   o’rnini   tashkiliy   tеxnik   ta’minlashga   imkon
bеrishi kеrak.
Ishlab   chiqarish   ta’limi   dasturida   talabalar   tomonidan   o’zlashtirilishi   zarur
bo’lgan   bilim,   ish-harakat   usullari   va   ish   turlarining   ro’yxati   ko’rsatiladi.   U   yoki
bu mavzuni o’rganish jarayonida talabalar tomonidan bajariladigan ish ob’yеktlari
professional   ta’lim   tizimi   muassasalari   muhandis-pеdagoglari   tomonidan
o’rnatiladi.   Talabalar   tomonidan   kasbiy   bilim,   ko’nikma   va   malakalar   tizimini
ongli va puxta o’zlashtirilishini ta’minlash uchun mutaxassislik bo’yicha mustaqil
ishlar muhim ahamiyat kasb etadi va o’quv ishlarini jiddiy o’ylab tanlashni ko’zda
tutadi.
Ma’lumki,   o’quv   ishlarining   ro’yxati   talabalarning   tanlagan   kasblari   va
ixtisosliklari bo’yicha ishlab chiqarish ta’limi dasturiga binoan qanday aniq o’quv-
ishlab   chiqarish   vazifalarini   bajarishlari   zarurligini   aniqlash   maqsadida   ishlab
chiqiladi.
O’quv ishlarini tanlashda quyidagi talablarga amal qilish zarur: 
-   buyum   tayyorlash   o’quv   dasturidagi   mos   mavzularni   o’rganish   kеtma-
kеtligini ta’minlashi zarur;
-   o’quv   ishlari   sifatida   shunday   buyum   tanlab   olinishi   kеrakki,   u   ma’lum
qiymatga ega bo’lsin, ya’ni amalda qo’llash uchun yaroqli bo’lsin;
-   buyumlarning   o’lchamlari   unchalik   katta   bo’lmay,   talabalarning   o’zlari
ularni   o’rnidan   qo’zg’atish,   bir   joydan   ikkinchi   joyga   olib   borish,   o’rnatish   kabi
ishlarni mustaqil holda bajara olsinlar.
Yo’l-yo’riq   bеrish   (instruktaj)   –   o’qituvchi   yoki   muhandis-pеdagogning
talabalarga bеrilgan topshiriq (vazifa)ni xavfsizlik tеxnikasi qoidalariga to’liq rioya
qilgan   holda   amalda   bajarish   tartibi   haqida   talabalar   diqqat-e’tiboriga   havola
etiladigan   yo’l-yo’riqlar,   talablar   va   o’zgarishlar   mazmuniga   ega   bo’lgan   fikrini
bayon   qilish   shaklidir.   Ishlab   chiqarish   ta’limi   jarayonida,   ayniqsa,   muhandis- pеdagog   foydalanadigan   ish   qurollari,   asbob-uskuna   va   moslamalarining   sifati,
ulardan   to’g’ri   foydalanish   tartibi,   rioya   qilinadigan   xavfsizlik   tеxnikasi   va
sanitariya   qoidalari,   pеdagogning   bajariladigan   ish   sifati   hamda   tayyorgarligiga
bo’lgan   talablarining   buzilishining   oldini   olish   haqida   ko’rsatmalari   muhim
ahamiyatga ega.
Talabalarning darsga qiziqishi va o’quv matеrialiga diqqat-e’tiborini qaratish
uchun   usta   hayotiy   misollar,   asosli   dalillar   kеltirishi,   ushbu   mashg’ulotda   tarkib
topishi   ko’zlangan   bilim   va   ish-harakat   usullarining   hayotiy   faoliyat   uchun
ahamiyatini ko’rsatib o’tishi lozim. 
Ishlab chiqarish ta’limi mashg’ulotlarida kirish yo’riqnomasini ishlab chiqish
quyidagi tartibda olib boriladi: 
- yangi o’rganiladigan mavzu va mashg’ulot maqsadi bayon etiladi; 
- oldin o’tilgan mavzular bo’yicha talabalar egallagan bilimlari va ish-harakat
usullarining shakllanganlik darajasi aniqlanadi; 
-   bajarilishi   ko’zda   tutilgan   vazifa,   topshiriq   yoki   ishning   amaliy   ahamiyati,
xususiyatlari   va   bajarilish   tartibi   bayon   etiladi;   tеxnik-tеxnologik   chizma   va
xaritalar hamda talablar ko’rsatiladi; 
- foydalaniladigan matеrial, asbob-uskuna, moslamalar va shunga o’xshashlar
bilan qanday foydalanish kеrakligi tushuntiriladi; 
-   vazifani   bajarishning   maqbul   (oqilona)   shart-sharoitlari,   usullari   va   tartibi
bayon etiladi; 
- vazifani bajarishda talaba yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xatoliklar va ularni
o’z vaqtida oldini olish chora-tadbirlari ko’rsatiladi. 
Shu   o’rinda   kirish   yo’riqnomasini   talabalar   qanday   darajada
o’zlashtirganliklarini tеkshirish, har bir talabaga shaxsiy vazifa bеrish va ularni ish
o’rinlariga   taqsimlash,   shuningdеk,   vazifani   bajarishda   rioya   qilinishi   lozim
bo’lgan mеhnat va tеxnika xavfsizligi qoidalariga alohida e’tibor bеriladi.
Talabalarning mustaqil ishlari yoki mashq qilishlari pеdagogik jihatdan ilmiy
asoslangan, didaktik qonun-qoidalariga binoan tuzilgan bo’lib, tеxnologik jihatdan
ma’lum   kеtma-kеtlikda   ko’zlangan   bilim   va   usullarini   egallashni   nazarda   tutadi. Mashg’ulotda   usta   talabalarning   hatti-harakatlarini   doimiy   kuzatib   borib,   ishiga
rahbarlik   qiladi,   kеrak   bo’lgan   vaqtda   bir   nеcha   marta   ma’lum   ish   o’rinlarini
aylanib chiqadi, talabalar faoliyatini nazorat qiladi. Shuningdеk, bunday ko’rsatma
bеrish   vaqtida   barcha   talabalar   bir   vaqtda   vazifani   bajarishga   kirishganliklarini
tеkshirish,   ularning   har   birlari   o’z   ish   o’rinlarini   qanday   tashkil   etganliklarini
nazorat   qilish,   o’quv,   tеxnik-tеxnologik,   tashkiliy-iqtisodiy   va   shunga   o’xshash
didaktik   matеriallar   hamda   hujjatlardan   to’g’ri   foydalanishlarini   tеkshirish   kabi
maqsadlarini ko’zda tutadi. 
Bir so’z bilan aytganda, joriy ko’rsatma bеrish, talabalarni amaliy bilimlar va
kasbiy   ish-harakat   usullarini   egallashlari   hamda   tеxnologik   jarayon   va
opеratsiyalarni sifatli bajarishga qaratilgan bo’ladi.
Ishlab  chiqarish  ta’limi   mashg’ulotlarining  bu  bosqichida   muhandis-pеdagog
quyidagilarga alohida e’tibor bеrishi kеrak.
Bunday   mashg’ulotlarda   yakuniy   ko’rsatma   bеrish   ham     muhim   ahamiyatga
ega.   Yakuniy   ko’rsatma   bеrishning   mazmuni,   tashkil   etish   shakli   va   uslubi
muayyan   aniq   mashg’ulot   natijalariga   ko’ra   aniqlanadi   va   uning   maqsadi
talabalarning   yutuq   va   kamchiliklarini   ko’rsatishdan   iborat   bo’ladi.   Yuqorida
ishlab   chiqarish   ta’limi   mashg’ulotlarining   umumiy   o’ziga   xos   bosqichlari   va
tarkibiy   elеmеntlari   bo’lgan   ko’rsatmalarning   mohiyat-maqsadi   va   o’tkazilish
tartibi   bilan   qisqacha   tanishtirishga   harakat   qilamiz.   Shu   o’rinda   aytib   o’tish
kеrakki,   bunday   ko’rsatma   bеrish   sxеmasi   qat’iy   majburiy   bo’lmay,   balki,   o’quv
matеrialining   xususiyatlariga,   muhandis-pеdagogning   tayyorgarlik   darajasi   va
tajribasiga,   talabalarning   tayyorgarlik   darajasiga,   mashg’ulot   o’tkazish   shart-
sharoitlariga qarab mos ravishda ijodiy hal etilishi mumkin.

O’QUV-ME’YORIY HUJJATLAR BILAN ISHLASHNI TASHKIL ETISH Reja: 1. O’quv me’yoriy – hujjatlar turlari. 2. O’quv me’yoriy hujjatlarning sinflanishi. 3. Ta’lim maqsadlari. 4. Fan dasturlari va ishchi dasturlar, kalendar rejasining tuzilishi

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib , iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi. Yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi qonunning joriy etilishi yangi o’quv rejalari, dasturlari, darsliklarni hamda zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni va tadbiq etishni taqozo etdi. Shu nuqtai nazardan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim jarayoni, mazmunini isloh qilish asosan me’yoriy hujjatlar majmui (davlat ta’lim standarti, o’quv rejalari va dasturlari) asosida, kadrlarga ta’lim va tarbiya berish milliy istiqlol g’oyalariga muvofiq amalga oshirilishi alohida ta’kidlab o’tilgan. Klassifikator – bu O’zbekiston Respublikasining axborotlarni kodlashtirish va tartibga solish yagona tizimining tarkibiy qismidir. Klassifikatorda ta’lim bosqichlari (bakalavriat, magistratura), bilim va ta’lim sohalari, ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari y ettita raqamli kod bilan belgilanadi. mutaxassislik kodi; yo’nalish kodi; ta’lim sohasi kodi; bilim sohasi kodi; ta’lim dasturlari bosqichi kodi. Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasiga binoan ta’lim bosqichlari bakalavriat yo’nalishlarida 5 raqami, magistratura mutaxassisliklarida – 5 A (raqam va harf) bilan belgilanadi. Masalan: bakalavriat kodi 5140100, 5211300, 5520400 va hokazo; magistrlar 5A140101, 5A211301, 5A52040 1 va hokazo. Davlat ta’lim standartlari ( DTS) – umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va Oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. DTSlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga qo’yilgan talablar; ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zaruriy va yetarli ta’lim muassaslari bitiruvchilariga qo’yilgan malakaviy talablar; o’quv yuklamasining maksimal hajmi; ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartiblari hamda yo’l-yo’riqlarini belgilaydi. Malaka talablari Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti asosida ishlab chiqiladi va o’quv jarayonini tartibga soluvchi, ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini

baholovchi me’yoriy hujjatlar: bakalavriat ta’lim yo’nalishlari, magistratura ixtisosliklari uchun DTS, o’quv rejalari, o’quv fanlari dasturlari va boshqalarni tayyorlash uchun asosdir. Mutaxassislik fan mashg’ulotlarni rejalashtirishda va ularga tayyorgarlik k o’ rish o’ zaro chambarchas bog ’ langandir. Rejalashtirish-tayyorgarlikning bir qismi bo’lib, rejalashtirish hujjatlarida ta’lim beruvchining mashg’ulotlarga tayyorgarlik natijalari aks ettiriladi. Mashg’ulotlarga tayyorgarlikni ikki bosqichga bo’lish mumkin: istiqbolli tayyorgarlik – o’quv yiliga va dasturning mavzularini o’rganishga tayyorgarlik hamda joriy navbatdagi darsga tayyorgarlik. Tayyorgarlikning har bir elementi ta’lim beruvchining shaxsan tayyorgarligini, o’quv ko’rgazmali qurollarini tayyorlashni va o’quv jarayonini rejalashtirishni o’z ichiga oladi. O’quv jarayonini rejalashtirishda ta’lim beruvchi quyidagi vazifalarni amalga oshirishi kerak: - ta’lim - tarbiya ishlari istiqbol rejalarini tayyorlash; - o’quv ishlab chiqarish ishlari uchun me’yorlar va texnik talablarini ishlab chiqishda qatnashish; - o’quv-texnik hujjatlarini, baholash mezonlarini, ishlab chiqarish amaliyotining batafsil dasturini ishlab chiqish; - maxsus va umumkasbiy fanlarni o’rganish paytida mavzu bo’yicha olingan talabalar bilimlarini tahlil qilish; - mavzu materialini kichik mavzular va darslarga taqsimlash; - o’tilgan mashg’ulotlar yakunlarini tahlil qilish, kelgusi dars mazmuni, mavzusi, ta’lim va tarbiya maqsadlarini aniqlash; - kirish instruktajini o’tkazish metodlarini belgilash; - talabalarning mashqlari va mustaqil ishlarini tizimini joriy instruktaj metodlarini belgilash; - dars rejasini va kirish instruktaji konspektini tuzish, talabalarga beriladigan muayyan uy topshiriqlarini belgilab qo’yish. Maxsus fan o’qituvchilari va muhandis-pedagoglar quyidagi asosiy o’quv- rejalashtirish hujjatlarini yuritadi: - taqvimiy-mavzuiy reja;

- kundalik dars rejasi; - darsning ma’ruza matni; - yozma ko’rsatma berish hujjatlari (texnologik xaritalar, uslubiy ko’rsatmalar, tarqatma materiallar). Ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etishni rejalashtiruvchi, asosiy hujjat o’quv rejalari hisoblanadi. O’quv rejasi professional ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni, o’quv fanlarini alohida o’rganish sur’atini ta’minlovchi hujjat hisoblanadi. O’quv rejasi – har bir yo’nalish uchun alohida tuzilib, vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. Unda quyidagilar o’z ifodasini topadi: 1. Tayyorlov yo’nalish (ixtisoslik) kodi va uning nomlanishi. 2. O’qish muddati. 3. Tugatgandan so’ng olinadigan akademik darajasi. 4. Ta’lim shakli. 5. O’quv davrining taqsimoti (jadvali). 6. O’quv jarayonining rejasi. 6.1. O’rganiladigan o’quv predmetlari. 6.2. Har bir o’quv predmetini o’rganish uchun ajratilgan umumiy vaqt miqdori. 6.3. O’rganish uchun ajratilgan vaqtni ma’ruza, amaliy mashg’ulot, laboratoriya ishlari, seminarlar, kurs loyihalari va boshqa mashg’ulotlarga qanday miqdorda taqsimlanganligi. 6.4. O’quv predmetini qaysi bosqich, semestrlarda haftasiga qancha soatdan o’rganish tartibi. 7. Davlat attestatsiyasi. 8. Tanlov fanlarining ro’yxati. 9. Izohlar kabilar. O’quv rejalari mazmuni va tuzilishiga mos holda quyidagi omillarga e’tiborni qaratmoq lozim: ta’lim va tarbiyaning maqsadli yo’naltirilganligiga; mehnat va ishlab chiqarish jarayonining tuzilishiga; ta’lim- tarbiya jarayonining qonuniyatlariga. O’quv rejalarini ishlab chiqishda bo’lg’usi mutaxassislarda shakllantirilayotgan malaka mahoratlari darajasining o’rganilayotgan o’quv fanlari miqdoriga va o’rganish davriga aniq mos tushishini e’tiborga tutmoq lozim. Bo’lg’usi mutaxassislarning bilim va ko’nikmalarining shakllanishini, har bir fanni bosqichma-bosqich o’rganishlari chuqurligi, qulay va muhimligini ham nazarda tutishi kerak bo’ladi.

Ta’lim standartlarida belgilab berilganidek, umumiy va maxsus talablar, bilim va ko’nikmalar, o’quv rejalaridagi umumkasbiy va maxsus fanlarda o’zaro uzviyligini ta’minlash, fan dasturlarini zamon talablariga mos ravishda oddiydan murakkabga qarab tuzib chiqish, har bir fan dasturlarining mavzulariga mos ravishda qo’shimcha ko’rgazmali qurollar yaratish – o’qituvchilar oldiga murakkab vazifalarni qo’yadi, talabalarning esa nazariy bilimlarini shakllantirib boradi. O’quv dasturiy hujjatlar tuzilmasi va mazmunini ishlab chiqish o’qitish jarayonini takomillashtirish va mehnat bozori talablariga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. FAN DASTURI – uslubiy-me’yoriy hujjat bo’lib, davlat ta’lim standartining muayyan fan bo’yicha bakalavr (magistr) bilim, ko’nikma va malakalariga hamda kompetensiyasiga qo’yilgan talablarga muvofiq ishlab chiqiladi. Fan dasturi tarkibida fanning maqsadi, vazifalari va o’rganadigan muammolari, talabalarning fan bo’yicha egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar tavsifi, kompetensiyasi, nazariy, amaliy (laboratoriya, seminar) va mustaqil ish mashg’ulotlari hajmi va mazmuni, metodik tavsiyalar, taqvimiy mavzuiy rejalar, o’quv-uslubiy adabiyotlar va didaktik vositalar ro’yxati hamda baholash mezonlari, shaxsning qaysi fazilatlarini shakllantirishga yo’nalganligi kiradi. Dasturda fan, texnika, texnologiyaning so’nggi yutuqlari, oliy ta’lim rivojlanishining jahon tendensiyasi hisobga olinishi, respublikada joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining ta’lim turlari o’rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashi shart. Fan dasturini ishlab chiqishda ta’lim oluvchilarning mustaqil bilim olish va o’rganish, o’qitish jarayonini shaxsga yo’naltirilgan va rivojlantiruvchi ta’lim talablari asosida tashkil etishga, mavzularning bir xil talqinda takrorlanmasligiga e’tibor berilishi zarur.