logo

Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

30.4521484375 KB
Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish
REJA:
1. Arxivlarni   komplektlash   tushunchasi.   Arxivlarni   yangi
hujjatlar bilan to’ldirish manbalari
2. Arxivlarni yangi hujjatlari bilan to’ldirishni tashkil etish Arxivlarni komplektlash tushunchasi. Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish manbalari
Arxivshunoslikda   «arxivlarni   komplektlash»   deganda   ularni   yangi   hujjatlar
bilan to’ldirish tushuniladi. Davlat arxivlari sistemali ravishda yangi hujjatlar
bilan to’ldirib boriladi. Arxivlarni komplektlash tartibi qonunda, O’zR Bosh
arxiv boshqarmasining nizomlarida hamda rejalarda belgilab beriladi.
Idoraviy   arxivlar   ham   doimiy   tarzda   yangi   hujjatlar   bilan   to’ldiriladi.
Bu   arxivlarga   har   yili   yangi   hujjatlar   qabul   qilinadi.   Idoraviy   arxivlarda
hujjatlar   vaqtincha,   ma’lum   muddat   davomida   saqlanadi.   Belgilangan
muddatdan   so’ng   ilmiy   ahamiyatga   molik   hujjatlar   doimiy   ravishda   saqlash
uchun davlat arxivlariga topshiriladi, qolganlari esa dalolatnoma tuzilib, yo’q
qilinadi.
Davlat arxivlarini komplektlash murakkab va mas’uliyatli ish bo’lib, u
hujjatlar manbasini aniqlash, hujjatlarni tanlab olish va ularni davlat arxivlari
shoxobchalariga   taqsimlashni   o’z   ichiga   oladi.   Hujjatlar   va   yig’majildlarni
idoraviy arxivlardan davlat arxivlariga o’tkazish ham arxivlarni komplektlash
bilan bevosita bog’liqdir.
Davlat   arxivlarini   komplektlashdan   asosiy   maqsad   har   bir   arxivda
uning   yo’nalishiga   mos   keladigan   hujjatlarni   imkon   qadar   to’liqroq
yig’ishdir. Bu esa hujjatlarni to’g’ri tashkil etish, ularni ilmiy-ma’lumotnoma
apparatini yaratish, ulardan har tomonlama foydalanish imkoniyatini beradi.
DAF   hujjatlarini   davlat   arxivlari   shoxobchalariga   taqsimlash   har   bir
arxiv   fondining   bo’linmasligini   hamda   hujjatlarni   turkumlashning   asosiy
belgilarini inmobatga olgan holda amalga oshiriladi. Му ам м ол и савол :  Д авл ат архивл арини
к ом пл е к тл ашдан асосий м ақ сад ним а?  O’zR   DAF   hujjatlari   respublika   ahamiyatiga   va   mahalliy   ahamiyatga
molik   bo’lgan   materiallarga   bo’linadi.   Respublika   ahamiyatiga   molik
hujjatlar   qatoriga   Turkiston   general-gubernatori   mahkamasi,   Muvaqqat
hukumatning Turkiston Komiteti, TASSR va O’zSSR MIK va XKS, O’zSSR
Oliy   Soveti   iva   Ministrlar   Soveti,   O’zR   Prezidenti   Devoni,   Oliy   Majlis   va
Vazirlar   Mahkamasi,   respublika   vazirliklari   va   muassasalari   fondlari
markaziy ahamiyatga molik hujjatlardir. Bunday hujjatlar ularning mazmuni,
yaratilish   texnikasini   hisobga   olgan   holda   markaziy   davlat   arxivlari   –   O’zR
MDA,   O’z   ITMH   MDA,   O’zR   KFFH   MDA   yoki   O’zR   Prezidenti   Devoni
arxivida joylashtiriladi.
Mahalliy   ahamiyatga   ega   bo’lgan   hujjatlar   respublikaning   ma’muriy-
siyosiy   tuzilishi   asosida   tuzilgan   Qoraqalpog’iston   Respublikasi   MDA,
viloyat   davlat   arxivlari   va   ularning   filiallari   hamda   Toshkent   shahar   davlat
arxiviga taqsimlanadi.
Davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan  to’ldirishning  asosiy manbalari
quyidagilardir:
1. Idoraviy arxivlar;
2. Shaxsiy arxivlar;
3. Kutubxonalar va muzeylarning qo’lyozmalar bo’limlari;
4. Xorijiy   mamlakatlar   arxivlari   va   chet   el   fuqarolarining   shaxsiy
arxivlari.
Ko’rsatib   o’tilgan   manbalar   ichida   eng   muhimi   idoraviy   arxivlardir.
Chunki   ulardan   davlat   arxivlariga   hujjatlar   muntazam   ravishda   kelib   turadi. Му ам м ол и савол :  Д авл ат архивл арини янги
ҳ у ж ж атл ар бил ан тў л диру вчи қ андай м анбал арни  Qolgan   manbalardan   hujjatlar   ahyon-ahyonda   va   uncha   ko’p   bo’lmagan
miqdorda qabul qilinadi. Turli davrlarda O’zbekistondan chetga olib ketilgan
arxiv hujjatlarini qaytarish xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirishni tashkil etish Davlat   arxivlarini   yangi   hujjatlar
bilan to’ldirib borish ishiga O’zR Vazirlar Mahakamasi qoshidagi Bosh arxiv
Boshqarmasi   rahbarlik   qiladi.   Bosh   Arxiv   Boshqarmasi   (BAB)   markaziy
davlat   arxivlarining   yo’nalishlarini   belgilab,   ularning   fondlarida   qanday
mazmundagi   hujjatlar   saqlashni   aniqlab   beradi.   BAB   markaziy   va   viloyat
davlat   arxivlari   o’rtasida   hujjatlarning   taqsimlanishini   ta’minlaydi,   ma’lum
bir   hujjatni   bir   arxivdan   boshqasiga   o’tkazilishiga   ko’rsatma   beradi.
Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish viloyat hokimliklari arxiv bo’limlari
faoliyatida ham muhim o’rin tutadi.
Davlat   arxivlarini   muntazam   ravishda   yangi   hujjatlar   bilan   to’ldirib
borish   maqsadida   arxiv   muassasalari   hujjatlari   davlat   arxivlarida   doimiy
tarzda   saqlanishi   zarur   bo’lgan   tashkilotlar   va   muassasalarning   ro’yxatini
tuzadilar.   Bunday   ro’yxatlar   O’zR   Vazirlar   Mahkamasi   hamda   viloyat   va
shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda tuziladi.
Arxiv   bo’limlari   arxivlarga   hujjatlarni   o’z   vaqtida   qabul   qilinishini
nazorat qilishlari kerak. Ular hujjatlar tarkibining to’liqligiga alohida e’tibor
berishlari   lozim.   Bosh   arxiv   boshqarmasi   va   viloyat   arxiv   bo’limlari   arxiv
muassasalarining   hujjatlarni   fondlarga   bo’lishlari   va   hisobini   qanday   yo’lga
qo’yganliklarini   nazorat   qilishlari,   yo’qolgan   va   nobud   bo’lgan   hujjatlar
haqida   ma’lumotga   ega   bo’lishlari   va   imkon   qadar   ularning   o’rnini
to’ldirishga   harakat   qilishlarilozim.   Arxiv   muassasalari   mazkur   arxiv
sohasiga   mos   keladigan,   lekin   boshqa   joylarda   (masalan,   kutubxona   va
muzeylarning   qo’lyozmalar   bo’limlarida)   saqlanayotgan   hujjatlar   hisobini olib borishlari zarur.
Arxiv muassasalari taniqli shaxslar va arboblarning shaxsiy arxivlarida
saqlanayotgan   va   ilmiy   ahamiyatga   molik   bo’lgan   hujjatlarni   ham
aniqlashlari,   ularni   hisobga   olishlari   kerak.   Arxiv   xodimlari   bunday
hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish zarurligi haqida tushuntirish  ishlarini
olib borishlari lozim. Shaxsiy arxivlar hujjatlari qonunda belgilangan tartibda
ikki tomonlama shartnoma asosida mulkchilik huquqi saqlangan holda davlat
arxivlarida saqlanishi mumkin. Manbalar va adabiyotlar
Alimov I va b. Arxivshunoslik.  O’quv qo’lanma. Toshkent, 1997.
Teoriya i praktika arxivnogo dela v SSSR.  Moskva, 1980.
Arxivlar   to’g’risida:   O’zbekiston   Respublikasining   1999   yil   15   aprelp
Qonuni // O’zbekistonning yangi qonunlari. 21-son. –Toshkent, 1999.

Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish REJA: 1. Arxivlarni komplektlash tushunchasi. Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish manbalari 2. Arxivlarni yangi hujjatlari bilan to’ldirishni tashkil etish

Arxivlarni komplektlash tushunchasi. Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish manbalari Arxivshunoslikda «arxivlarni komplektlash» deganda ularni yangi hujjatlar bilan to’ldirish tushuniladi. Davlat arxivlari sistemali ravishda yangi hujjatlar bilan to’ldirib boriladi. Arxivlarni komplektlash tartibi qonunda, O’zR Bosh arxiv boshqarmasining nizomlarida hamda rejalarda belgilab beriladi. Idoraviy arxivlar ham doimiy tarzda yangi hujjatlar bilan to’ldiriladi. Bu arxivlarga har yili yangi hujjatlar qabul qilinadi. Idoraviy arxivlarda hujjatlar vaqtincha, ma’lum muddat davomida saqlanadi. Belgilangan muddatdan so’ng ilmiy ahamiyatga molik hujjatlar doimiy ravishda saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi, qolganlari esa dalolatnoma tuzilib, yo’q qilinadi. Davlat arxivlarini komplektlash murakkab va mas’uliyatli ish bo’lib, u hujjatlar manbasini aniqlash, hujjatlarni tanlab olish va ularni davlat arxivlari shoxobchalariga taqsimlashni o’z ichiga oladi. Hujjatlar va yig’majildlarni idoraviy arxivlardan davlat arxivlariga o’tkazish ham arxivlarni komplektlash bilan bevosita bog’liqdir. Davlat arxivlarini komplektlashdan asosiy maqsad har bir arxivda uning yo’nalishiga mos keladigan hujjatlarni imkon qadar to’liqroq yig’ishdir. Bu esa hujjatlarni to’g’ri tashkil etish, ularni ilmiy-ma’lumotnoma apparatini yaratish, ulardan har tomonlama foydalanish imkoniyatini beradi. DAF hujjatlarini davlat arxivlari shoxobchalariga taqsimlash har bir arxiv fondining bo’linmasligini hamda hujjatlarni turkumlashning asosiy belgilarini inmobatga olgan holda amalga oshiriladi. Му ам м ол и савол : Д авл ат архивл арини к ом пл е к тл ашдан асосий м ақ сад ним а?

O’zR DAF hujjatlari respublika ahamiyatiga va mahalliy ahamiyatga molik bo’lgan materiallarga bo’linadi. Respublika ahamiyatiga molik hujjatlar qatoriga Turkiston general-gubernatori mahkamasi, Muvaqqat hukumatning Turkiston Komiteti, TASSR va O’zSSR MIK va XKS, O’zSSR Oliy Soveti iva Ministrlar Soveti, O’zR Prezidenti Devoni, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi, respublika vazirliklari va muassasalari fondlari markaziy ahamiyatga molik hujjatlardir. Bunday hujjatlar ularning mazmuni, yaratilish texnikasini hisobga olgan holda markaziy davlat arxivlari – O’zR MDA, O’z ITMH MDA, O’zR KFFH MDA yoki O’zR Prezidenti Devoni arxivida joylashtiriladi. Mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlar respublikaning ma’muriy- siyosiy tuzilishi asosida tuzilgan Qoraqalpog’iston Respublikasi MDA, viloyat davlat arxivlari va ularning filiallari hamda Toshkent shahar davlat arxiviga taqsimlanadi. Davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirishning asosiy manbalari quyidagilardir: 1. Idoraviy arxivlar; 2. Shaxsiy arxivlar; 3. Kutubxonalar va muzeylarning qo’lyozmalar bo’limlari; 4. Xorijiy mamlakatlar arxivlari va chet el fuqarolarining shaxsiy arxivlari. Ko’rsatib o’tilgan manbalar ichida eng muhimi idoraviy arxivlardir. Chunki ulardan davlat arxivlariga hujjatlar muntazam ravishda kelib turadi. Му ам м ол и савол : Д авл ат архивл арини янги ҳ у ж ж атл ар бил ан тў л диру вчи қ андай м анбал арни

Qolgan manbalardan hujjatlar ahyon-ahyonda va uncha ko’p bo’lmagan miqdorda qabul qilinadi. Turli davrlarda O’zbekistondan chetga olib ketilgan arxiv hujjatlarini qaytarish xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirishni tashkil etish Davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirib borish ishiga O’zR Vazirlar Mahakamasi qoshidagi Bosh arxiv Boshqarmasi rahbarlik qiladi. Bosh Arxiv Boshqarmasi (BAB) markaziy davlat arxivlarining yo’nalishlarini belgilab, ularning fondlarida qanday mazmundagi hujjatlar saqlashni aniqlab beradi. BAB markaziy va viloyat davlat arxivlari o’rtasida hujjatlarning taqsimlanishini ta’minlaydi, ma’lum bir hujjatni bir arxivdan boshqasiga o’tkazilishiga ko’rsatma beradi. Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish viloyat hokimliklari arxiv bo’limlari faoliyatida ham muhim o’rin tutadi. Davlat arxivlarini muntazam ravishda yangi hujjatlar bilan to’ldirib borish maqsadida arxiv muassasalari hujjatlari davlat arxivlarida doimiy tarzda saqlanishi zarur bo’lgan tashkilotlar va muassasalarning ro’yxatini tuzadilar. Bunday ro’yxatlar O’zR Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat va shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda tuziladi. Arxiv bo’limlari arxivlarga hujjatlarni o’z vaqtida qabul qilinishini nazorat qilishlari kerak. Ular hujjatlar tarkibining to’liqligiga alohida e’tibor berishlari lozim. Bosh arxiv boshqarmasi va viloyat arxiv bo’limlari arxiv muassasalarining hujjatlarni fondlarga bo’lishlari va hisobini qanday yo’lga qo’yganliklarini nazorat qilishlari, yo’qolgan va nobud bo’lgan hujjatlar haqida ma’lumotga ega bo’lishlari va imkon qadar ularning o’rnini to’ldirishga harakat qilishlarilozim. Arxiv muassasalari mazkur arxiv sohasiga mos keladigan, lekin boshqa joylarda (masalan, kutubxona va muzeylarning qo’lyozmalar bo’limlarida) saqlanayotgan hujjatlar hisobini

olib borishlari zarur. Arxiv muassasalari taniqli shaxslar va arboblarning shaxsiy arxivlarida saqlanayotgan va ilmiy ahamiyatga molik bo’lgan hujjatlarni ham aniqlashlari, ularni hisobga olishlari kerak. Arxiv xodimlari bunday hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish zarurligi haqida tushuntirish ishlarini olib borishlari lozim. Shaxsiy arxivlar hujjatlari qonunda belgilangan tartibda ikki tomonlama shartnoma asosida mulkchilik huquqi saqlangan holda davlat arxivlarida saqlanishi mumkin.