logo

Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

34.9189453125 KB
Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish
REJA:
1. Hujjatlarni   ekspertizada   o’tkazish   tushunchasi.   Ekspertizaning
vazifalari
2. Hujjatlarni   ekspertizada   o’tkazishning   tamoyillari,   me’yorlari   va
uslublari
3. Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish Hujjatlarni   ekspertizada   o’tkazish   deganda   ularning   ilmiy   qimmatini
aniqlash   va   davlat   arxivlari   uchun   tanlab   olish   bilan   bog’liq   ishlar
tushuniladi.   Ekspertiza   arxivshunoslikning   eng   muhim   va   mas’usliyatli
ishlaridan   biridir.   Ekspertiza   jarayonida   hujjatlarning   tarixiy   manba
sifatidagi ahamiyati aniqlanadi. Shu asnoda davlat arxivlariga yangi hujjatlar
tanlab olinadi va O’zR MAF shakllanib boradi.   Hujjatlarni ekspertizada o’tkazish tushunchasi. Ekspertizaning vazifalari
Ma’lumot   manbai   bo’lgan   hujjatlarning   nihoyatda   xilma-xilligi   ularni
ekspertizadan   o’tkazishni   taqozo   etadi.   Ayrim   hujjatlar   jamiyatning   siyosiy,
ilmiy   va   madaniy   hayoti   haqida,   xalq   xo’jaligining   taraqqiyoti,   davlat
apparatining   faoliyati   to’g’risida   va   boshqa   masalalarga   doir   qimmatli
ma’lumotlar beradi. Ular ijtimoiy hayotning turli sohalarini o’rganish uchun
manba bo’lib xizmat qiladi. Boshqa hujjatlarning ma’lumotlari esa tor amaliy
maqsadlar   doirasidan   chiqmaydi.   Bu   hujjatlar   ayrim   ma’muriy,   tashkiliy   va
xo’jalik   masalalarini   aks   ettirgan   holda,   asosan   muassasaning   operativ
faoliyatini   ta’minlashga   qaratilgandir.   Ular   tarixiy   manba   sifatida   muhim
ahamiyatga   ega   emas.   Shunday   hujjatlar   ham   borki,   ular   bir   necha   kun
davomida   o’z   ahamiyatini   yo’qotadi.   Shuning   uchun   ham   hujjatlarni
ekspertizadan   o’tkazish   shart.   Ekspetizaning   asosiy   maqsadi   qaysi   hujjatlar
davlat,   fan,   jamiyat   hamda   fuqarolarni   kerakli   ma’lumotlar   bilan   to’laroq
ta’minlashini   aniqlashdan   iboratdir.   Ekspertiza   jarayonida   hujjatlarni
arxivlarda   saqlash   muddatlari   ham   belgilanadi.   Qimmatli   ma’lumotlar
manbai   bo’lgan   muhim   hujjatlar   muassasa   arxivlarida   ma’lum   muddat
davomida   saqlangandan   so’ng   doimiy   saqlash   uchun   davlat   arxivlariga
topshiriladi.   Muhim   bo’lmagan   hujjatlar   esa   belgilangan   muddat   davomida
muassasa arxivlarida saqlanadi, so’ngra yo’q qilib yuboriladi.
Muassasa va tashkilotlarda qimmatli ilmiy  ma’lumotlarga  ega  bo’lgan
hujjatlar   nisbatan   oz   qismni   tashkil   etadi.   Ekspertiza   chog’ida   avvalo   ilmiy
ahamiyatga ega bo’lgan hujjatarni aniqlash va saralab olishga e’tibor beriladi. Ekspertizaning   birinchi   va   eng   asosiy   vazifasi   –   qaysi   hujjatlar
qimmatli   ma’lumotlarga   ega   ekanligini   aniqlash   va   ularni   davlat   arxivlariga
topshirishdan iboratdir. Demak, ekspertizaning bu vazifasi davlat arxivlarini
yangi   hujjatlar   bilan   to’ldirib   borish   bilan   bog’liqdir.   Hujjatlarni   saralash
chog’ida   hujjat   qaysi   davlat   arxiviga   yuborilishi   va   qaysi   fondda   saqlanishi
ham   aniqlanadi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   ekspertiza   jarayonida   har   bir
davlat   arxivining   yo’nalishini   e’tiborga   olgan   holda   ular   saqlanayotgan
fondlarning hujjatlar  tarkibi aniqlanadi.
Ekspertizaning   ikkinchi   vazifasi   –   hujjatlarni   saqlash   muddatini
belgilashdir.   Bu   qiyin   vazifa   emas.   Odatda,   hujjatlar   uzoq   muddat   yoki
doimiy saqlanishi kerak bo’lgan va qisqa muddat davomida saqlanishi lozim
bo’lgan   guruhlarga   bo’linadi.   Hujjatlarni   saqlashning   aniq   muddatlarini
belgilash   chog’ida   tashkilotning   manfaatlari,   mavjud   nizomlar   va
yo’riqnomalar   hamda   arxivlar   va   muassasalarning   hujjatlardan   foydalanish
borasidagi ko’p yillik tajribalari hisobga olinadi.
Ekspertizaning   uchinchi   vazifasi   –   hujjatlarni   saqlanish   darajasini
aniqlash,   ularning   ayrimlari   yaroqsiz   holga   kelgan   taqdirda   arxiv   fondidagi
bu kemtiklikni qoplash yo’llarini topishdir. Ekspertiza jarayonida arxiv fondi
tarkibida   qanday   hujjatlar   yetishmayotganligi   aniqlanadi   hamda   qaysi
fonddagi   shunga   o’xshash   hujjatlar   bilan   uni   to’ldirish   masalasi   hal   etiladi
(Shuni   e’tiborga   olish   kerakki,   ko’p   hollarda   bitta   hujjatning   nusxalari   bir
vaqtning o’zida bir necha fondlar tarkibida saqlanishi mumkin).
Hujjatlar   boshqa   maqsadda   ham   ekspertizadan   o’tkazilishi   mumkin.
Hujjatlarni   nashrga   tayyorlash   chog’ida,   turli   ma’lumotnomalar   (ro’yzatlar,
tavsifnomalar, kataloglar, yo’lko’rsatkichlar) yaratishda, mikrofilpmlashtirish
uchun saralab olish paytida ekspertiza qilinadi. Hujjatlar bir arxivdan boshqa
arxivga   o’tkazilgan   holatda   ham   ekspertizada   o’tkaziladi.   Bunday   paytda
hujjatlar   ularni   qabul   qilib   olayotgan   arxivning   sohasiga   to’g’ri   kelishi   yoki kelmasligi  aniqlanadi.  Arxivlar  uchun  sotib  olinayotgan  yangi  hujjatlar  ham
ekspertizada   o’tkazilishi   shart.   Arxivlar,   muzeylar,   kutuxonalar,   odatda,
yangi   hujjatni   sotib   olish   chog’ida   ularning   qiymatini   aniqlash   maqsadida
har tomonlama o’rganib chiqadilar.
Ekspertiza   jarayonida   shu   narsani   yodda   tutish   kerakki,   yo’q   qilingan
hujjatni   qayta   tiklash   qiyin   ishdir.   Ko’p   hollarda   esa   ularni   qayta   tiklash
umuman   mumkin   emas.   Shuning   uchun   hujjatlarni   davlat   asroviga   olish
ishlari   puxta   yo’lga   qo’yish   zarur.   Shu   bilan   birga   ikkinchi   va   uchinchi
darajali   hujjatlarni   doimiy   saqlash   uchun   qoldirish   ham   maqsadga   muvofiq
emas.   Ayniqsa   hujjatlarning   miqdori   keskin   oshib   borgan   hozirgi   davrda
bunga   yo’l   qo’ymaslik   kerak.   Shu   boisdan   ekspertizaning   muhim
vazifalaridan   biri   –   bu   saqlanadigan   hujjatlar   miqdorini   kamaytirishga
erishishdan iboratdir. Ayni paytda davlat uchun, fan uchun muhim ma’lumot
beruvchi hujjatlarni esa yo’qotmaslik vazifasi ham g’oyat muhimdir.
Shunday   qilib,   ekspertiza   jarayonida   arxivshunoslar,   tarixchilar,
manbashunoslar   va   boshqa   soha   mutaxassislari   birgalikda   davlat   arxiv
fondini   optimal   hajmini   saqlash   kabi   muhim   ilmiy   vazifani   to’g’ri   hal
etishlari talab qilinadi.
Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish tamoyillari, me’yorlari va uslublari Hujjatlarni   ilmiy
qiymatini   aniqlash   jarayonida   tarixiylik ,   yaxlitlik   va   hartomonlamalik
tamoyillariga   amal   qilinadi.   Tarixiylik   tamoyili   har   bir   hujjatni   ma’lum
tarixiy   davr   mahsuli   sifatida   baholashni,   shuningdek,   bu   hujjatga   nafaqat
hozirgi   kun,   balki   kelajak   nuqtai   nazaridan   qarashni   taqozo   etadi.
Ekspertizada   nisbatan   murakkab   bo’lgan   tamoyil   –   bu   hartomonlamalik
tamoyilidir.   Mazkur   tamoyilga   binoan   hujjatning   mazmunini   turli   tomonlar
(nuqtai nazar) dan tahlil qilish lozim. Masalan, konkret bir hujjat bir vaqtning
o’zida   ham   tarix,   ham   adabiyot   tarixi,   ham   san’at   tarixi   haqida   ma’lumot berishi inobatga olinishi kerak. Hujatning ilmiy ahamiyati ba’zan uning qaysi
tilda   bitilganligi,   qanday   materialga   yozilganligi   (pergament,   qog’oz   va   h.),
hujjatdagi   rasmlar   yoki   uning   chekkasiga   bitilgan   qaydlar   bilan   ham
belgilanishi   mumkin.   Demak,   ekspertiza   qilish   chog’ida   shularning
hammasini   e’tiborga   olish   shart.   Ekspertizada   yaxlitlik   tamoyili   keng
ravishda   qo’llaniladi.   Buning   ma’nosi   shuki,   hujjatlar   bir-biridan   alohida
tarzda   emas,   balki   muassasa   faoliyati   davomida   yaratilgan   boshqa   hujjatlar
bilan birgalikda baholanadi. Mazkur tamoyilning mantiqiy davomida sifatida
ekspertiza ishlariga sistemali tarzda yondashishni ko’rsatib o’tish mumkin.
Ekspertiza   tamoyillarini   hisobga   olgan   holda   hujjatlar   qimmatini
aniqlashning   me’yorlarini   ishlab   chiqiladi.   Me’yorlar   deganda   biz   hujjatlar
ilmiy qimmatini belgilab beradigan sifatlarni tushunamiz.
Ekspetizada   matnli   hujjatlarning   qimmatliligini   aniqlashning   asosiy,
keng ravishda qo’llaniladigan me’yorlari quyidagilardir:
Hujjatlarning mazmuni;
Fondni tashkil etuvchi, ya’ni tashkilot yoki muassasaning maqomi;
Hujjatlardagi ma’lumotning takrorlinishi;
Hujjatlarning paydo bo’lish vaqti va joyi.
Ekspertizada   dastxatlilik,   hujjatning   yuridik   kuchi,   uning   tashqi
xususiyatlari   (badiiy   xususiyatlari,   yozuv   materiali   va   h.)   singari   me’yorlar
ham   ma’lum   rolp   o’ynaydi.   Hujjatlarning   paleografik   xususiyatlari,   qaysi
tilada bitilganligi kabi me’yorlarni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.
Ekspertiza ishlarida ko’rsatib o’tilgan me’yorlarning hammasi bir xilda
qo’llanilmaydi. Ularning ayrimlari hujjatning xarakteridan qat’i nazar doimo Му ам м ол и савол :   Ҳ у ж ж атл арни эк спе ртиз а қ ил иш
ж араё нида қ андай асосий м е ъ ё рл ар эъ тиборга
ол инади?  hisobga olinadi. Hujjatlarning mazmuni, fondni tashkil etuvchi tashkilot yoki
muassasaning   maqomi   ana   shunday   universal   me’yorlar   qatoriga   kiradi.   Bu
me’yorlar   barcha   hujjatlarga   nisbatan   qo’llaniladi   va   ularning   qiymatini
aniqlashda muhim rolp o’ynaydi. Boshqa me’yorlar, jumladan, hujjatlarning
paleografik,   lisoniy   va   badiiy   xususiyatlari   esa   asosan   shaxsiy   fondlar   va
qadimgi davr fondlarini ekspertizadan o’tkazishda qo’llaniladi.
Ekspertiza ishlarini sifati ko’pincha bu ishga jalb qilingan  shaxslarning
bilimi,   malakasi   va   dunyoqarashiga   bog’liqdir.   Shunday   ekan,   ekspertlar   bu
ishda zarur bo’lgan bilimlarga ega bo’lishlari shart. Ekspertlar avvalo davlat
muassasalari   tarixini   bilishlari   zarur.   Ular   fondni   tashkil   etuvchi
muassasaning   vazifalari,   funksiyalarini   yaxshi   bilishlari,   bu   muassasalar
qaysi organlarga bo’ysunganligi, ularning boshqa tashkilotlar bilan aloqalari
haqida yaxlit tasavvurga ega bo’lishlari kerak.
Ekspertlar muassasa strukturasini, bu muassasa tarixidagi qayta tashkil
etishlarni,   mazkur   muassasa   tarkibiga   kirgan   bo’lim   va   boshqarmalarning
funksiyalarini,   muassasada   yig’majildlarni   shakllanishi   usullarini   yaxshi
bilishlari   lozim.   Bunday   ma’lumotlar   muassasa   faoliyatining   asosiy
yo’nalishlarini   ikkinchi   darajali   vazifalaridan   ajratib   olish   imkoniyatini
beradi.   Bu   bilimlar   hujjatlarni   ilmiy   jihatdan   qimmatli   bo’lgan   guruhga   va
vaqtinchalik ahamiyatga ega bo’lgan guruhga bo’lish ishini osonlashtiradi.
Hujjatlar   qimmatini   ekspertiza   qilayotgan   shaxs   DAF   hujjatlari
tarkibini   bilishi,   jumladan   qaysi   hujjat   qaysi   arxivlarda   saqlanishini   yaxshi
bilishi   zarur.   Aks   holda   davlat   arxiviga   qabul   qilinishi   zarur   bo’lgan
hujjatlarni aniqlashda xatolikka yo’l qo’yilishi mumkin.
Hujjatlarni   ekspertizadan   o’tkazish   ishi   bir   necha   bosqichda   amalga
oshiriladi.   Birinchi   bosqichda   hujjatlar   vujudga   kelishi   bilanoq   ularning
qiymatiga   baho   berilib,   bu   hujjatlarni   saqlashning   taxminiy   muddatlari
beligilanadi. Ikkinchi   bosqichda   muassasa   arxivlarida   vaqtinchalik   saqlanayotgan
hujjatldar   yo’q   qilinadi   va   davlat   arxivlariga   topshirilishi   kerak   bo’lgan
hujjatlar saralab olinadi.
Uchinchi   bosqichda   doimiy   saqlash   uchun   hujjatlar   uzil   kesil   tanlab
olinadi.   Bu   ish   davlat   arxivlarini   yangi   hujjatlar   bilan   to’ldirib   borish
jarayonida   amalga   oshiriladi.   Bu   bosqichda   ekspertizaning   vazifalari
quyidagilardan   iborat:   tarmoqlararo   dublikasiyalarga   yo’l   qo’ymaslik,   arxiv
fondining   to’laligini   ta’minlash   va   kerak   bo’lganda   ayrim   yetishmayotgan
hujjatlarni topish.
Ekspertizada   arxiv   fondlari   xujjatlarini   kompleks   ravishda   baholash
muhimdir.   Bu   holda   bir-biriga   tashkiliy   yo   tarixiy   jihatdan   yangi   bo’lgan
fondlarning hujjatlari bir vaqtda ekspertizadan o’tkaziladi.
Ekspertiza ishlariga hujjatlar ro’yxati (perechenp) asos qilib olinadi. Bu
ro’yxatda   hujjatlarning   nomi,   ularni   saqlash   muddatlari,   shuningdek   davlat
arxiviga o’tkazilishi shart bo’lgan hujjatlar ko’rsatib o’tiladi.
Hujjatlarni   saqlash   muddatlarini   belgilash   ekspertizaning   mas’liyatli
ishlaridan biridir. Muassasalarda odatda ikki xil hujjatlar guruhi yig’iladi: 1)
muassasaning   o’zida   yaratilgan   hujjatlar;   2)   boshqa   tashkilotlardan   olingan
hujjatlar. Eng avvalo birinchi guruhga kirgan hujjatlarni saqlash muddatlarini
aniqlash kerak. Chunki, shu guruh hujjatlari mazkur tashkilotning faoliyatini
ochib   beradi.   Ular   orasida   mazkur   muassasa   faoliyati   davomida   yaratilgan
qarorlar,   bayonnomalar   (protokollar),   farmonlar,   farmoyishlar,   istiqbolli   va
yillik   rejalar,   hisobotlar,   yo’riqnomalar,   nizomlar,   maromnomalar,   ma’ruza,
tavsiflar,   qurilishlarning   texnikaviy   loyihalari,   ilmiy   asarlar,   badiiy   asarlar,
kinos’yomkalar   hamda   audio-   va   videokassetalarning   originallari   va
boshqalar ayniqsa muhimdir. Muassasaning asosiy faoliyati yuzasidan yuqori
va   quyi   tashkilotlar   rahbarlari   bilan   olib   borilgan   yozishmalar   ham   doimiy
saqlanadigan   hujjatlar   qatoriga   kiradi.   Birinchi   guruhga   kiruvchi   boshqa hujjatlar uchun esa vaqtinchalik saqlash muddatlari belgilanadi.
Ikkinchi   guruh   hujjatlari   esa   tamoman   boshqacha   yondashuvni   talab
qiladi. Bu  guruh hujjatlari yuqori tashkilotlarning ijro etish  uchun  yuborgan
hujjatlardan, quyi tashkilotlarning hisobot hujjatlaridan va mazkur muassasa
bilan   hamkorlik   qilayotgan   tashkilotlarning   maktublaridan   iboratdir.   Bu
hujjatlarning   aksariyat   ko’pchiligi   uchun   vaqtinchalik   saqlash   muddatlari
belgilanadi. Bu muddatning uzoq yoki yaqin bo’lishi hujjatdagi ko’rsatmani
bajarilishi yoki bu hujjatdan foydalanish vaqti bilan belgilanadi.
Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish Hujjatlar   qiymatini   ekspertiza   qilish
ishlari   ekspert   komissiyalari   va   ekspert-tekshiruv   komissiyalari   zimmasiga
yuklatiladi.   Bu   komissiyalar   doimiy   amal   qiluvchi   maslahat   organlari
hisoblanadi.   Muassasalar   va   arxivlarda   ekspert   komissiyalari,   arxivlarni
boshqarish organlarida esa ekspert tekshiruv komissiyalari tashkil etiladi.
Muassasaning   ekspert   komissiyasi   rahbarning   buyrug’iga   binoan   eng
malakali   xodimlar   hisobidan   tashkil   etiladi.   Rais   etib   rahbar   xodimlarning
biri   tayinlanadi.   Muassaslarning   ekspert   komissiyalari   har   yili   saqlanishi
kerak   bo’lgan   hujjatlarni   va   yo’q   qilinishi   lozim   bo’lgan   hujjatlarni
aniqlaydilar.   Doimiy   va   uzoq   saqlanishi   kerak   bo’lgan   hujjatlar   talabga
muvofiq   ravishda   rasmiylashtiriladi,   yo’q   qilinishi   zarur   bo’lgan   hujjatlarga
dalolatnoma   tuziladi.   Mazkur   dalolatnomalarda   ekspert   komissiyasining
tarkibi,   yig’majildlarning   sarlavhasi,   ro’yxat   tartibi,   yo’q   qilinishi   kerak
bo’lgan hujjatlarning miqdori ko’rsatiladi.
Arxivlardagi   ekspert   komissiyalarining   vazifalari   muassasa
komissiyalariga   nisbatan   kengroqdir.   Arxivlarning   ekspert   komissiyalari
arxiv   sohasiga   muvofiq   ravishda   saqlanishi   kerak   bo’lgan   hujjatlar
kategoriyasini   aniqlaydi,   fondlar   tarkibining   to’laligini   belgilaydi   va
yetishmayotgan   hujjatlarni   topish   uchun   chora-tadbirlar   ishlab   chiqadi. Komissiya arxivga kelayotgan barcha hujjatlarni sinchiklab o’rganadi. Uning
xulosasiga   tayanib   arxivlarga   yangi   hujjatlar   qabul   qilib   olinadi.   Ekspert-
tekshiruv   komissiyalari   arxivlarni   boshqarish   muassasalari   (respublika   Bosh
arxiv   boshqarmasi,   viloyat   arxiv   bo’limlari)   qoshida   tashkil   etiladi.   Ular
muassasa   va   davlat   arxivlarida   ekspertizalar   o’tkazish   va   arxivlar   fondlarini
yangi   hujjatlar   bilan   to’ldirish   masalalari   bo’yicha   asosiy   ilmiy-metodik
markazlar   vazifasini   bajaradi.   Ekspert   tekshiruv   komissiyalari   arxivlar   va
muassasalardagi ekspert komissiyalari faoliyati ustidan nazorat qiladi.
O’zbekiston   Respublikasi   Bosh   arxiv   boshqarmasi   huzurida   tashkil
etilgan   Markaziy   ekspert   tekshiruv   komissiyasi   viloyatlar   va   respublika
markaziy   arxivlarida   faoliyat   ko’rsatayotgan   ekspert   komissiyalari   ishini
yo’naltiruvchi   va   nazorat   qiluvchi   organdir.   Markaziy   ekspert-tekshiruv
komissiyasi   ekspertiza   ishlarida   va   davlat   arxivlarini   to’ldirish   jarayonida
paydo bo’ladigan bahsli masalalarni hal etadigan oliy organ hisoblanadi. Manbalar va adabiyotlar
Alimov I va b. Arxivshunoslik.  Toshkent, 1997.
Teoriya i pratika arxivnogo delo v SSSR.  Moskva, 1980.

Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish REJA: 1. Hujjatlarni ekspertizada o’tkazish tushunchasi. Ekspertizaning vazifalari 2. Hujjatlarni ekspertizada o’tkazishning tamoyillari, me’yorlari va uslublari 3. Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish

Hujjatlarni ekspertizada o’tkazish deganda ularning ilmiy qimmatini aniqlash va davlat arxivlari uchun tanlab olish bilan bog’liq ishlar tushuniladi. Ekspertiza arxivshunoslikning eng muhim va mas’usliyatli ishlaridan biridir. Ekspertiza jarayonida hujjatlarning tarixiy manba sifatidagi ahamiyati aniqlanadi. Shu asnoda davlat arxivlariga yangi hujjatlar tanlab olinadi va O’zR MAF shakllanib boradi. Hujjatlarni ekspertizada o’tkazish tushunchasi. Ekspertizaning vazifalari Ma’lumot manbai bo’lgan hujjatlarning nihoyatda xilma-xilligi ularni ekspertizadan o’tkazishni taqozo etadi. Ayrim hujjatlar jamiyatning siyosiy, ilmiy va madaniy hayoti haqida, xalq xo’jaligining taraqqiyoti, davlat apparatining faoliyati to’g’risida va boshqa masalalarga doir qimmatli ma’lumotlar beradi. Ular ijtimoiy hayotning turli sohalarini o’rganish uchun manba bo’lib xizmat qiladi. Boshqa hujjatlarning ma’lumotlari esa tor amaliy maqsadlar doirasidan chiqmaydi. Bu hujjatlar ayrim ma’muriy, tashkiliy va xo’jalik masalalarini aks ettirgan holda, asosan muassasaning operativ faoliyatini ta’minlashga qaratilgandir. Ular tarixiy manba sifatida muhim ahamiyatga ega emas. Shunday hujjatlar ham borki, ular bir necha kun davomida o’z ahamiyatini yo’qotadi. Shuning uchun ham hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish shart. Ekspetizaning asosiy maqsadi qaysi hujjatlar davlat, fan, jamiyat hamda fuqarolarni kerakli ma’lumotlar bilan to’laroq ta’minlashini aniqlashdan iboratdir. Ekspertiza jarayonida hujjatlarni arxivlarda saqlash muddatlari ham belgilanadi. Qimmatli ma’lumotlar manbai bo’lgan muhim hujjatlar muassasa arxivlarida ma’lum muddat davomida saqlangandan so’ng doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi. Muhim bo’lmagan hujjatlar esa belgilangan muddat davomida muassasa arxivlarida saqlanadi, so’ngra yo’q qilib yuboriladi. Muassasa va tashkilotlarda qimmatli ilmiy ma’lumotlarga ega bo’lgan hujjatlar nisbatan oz qismni tashkil etadi. Ekspertiza chog’ida avvalo ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan hujjatarni aniqlash va saralab olishga e’tibor beriladi.

Ekspertizaning birinchi va eng asosiy vazifasi – qaysi hujjatlar qimmatli ma’lumotlarga ega ekanligini aniqlash va ularni davlat arxivlariga topshirishdan iboratdir. Demak, ekspertizaning bu vazifasi davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirib borish bilan bog’liqdir. Hujjatlarni saralash chog’ida hujjat qaysi davlat arxiviga yuborilishi va qaysi fondda saqlanishi ham aniqlanadi. Boshqacha qilib aytganda, ekspertiza jarayonida har bir davlat arxivining yo’nalishini e’tiborga olgan holda ular saqlanayotgan fondlarning hujjatlar tarkibi aniqlanadi. Ekspertizaning ikkinchi vazifasi – hujjatlarni saqlash muddatini belgilashdir. Bu qiyin vazifa emas. Odatda, hujjatlar uzoq muddat yoki doimiy saqlanishi kerak bo’lgan va qisqa muddat davomida saqlanishi lozim bo’lgan guruhlarga bo’linadi. Hujjatlarni saqlashning aniq muddatlarini belgilash chog’ida tashkilotning manfaatlari, mavjud nizomlar va yo’riqnomalar hamda arxivlar va muassasalarning hujjatlardan foydalanish borasidagi ko’p yillik tajribalari hisobga olinadi. Ekspertizaning uchinchi vazifasi – hujjatlarni saqlanish darajasini aniqlash, ularning ayrimlari yaroqsiz holga kelgan taqdirda arxiv fondidagi bu kemtiklikni qoplash yo’llarini topishdir. Ekspertiza jarayonida arxiv fondi tarkibida qanday hujjatlar yetishmayotganligi aniqlanadi hamda qaysi fonddagi shunga o’xshash hujjatlar bilan uni to’ldirish masalasi hal etiladi (Shuni e’tiborga olish kerakki, ko’p hollarda bitta hujjatning nusxalari bir vaqtning o’zida bir necha fondlar tarkibida saqlanishi mumkin). Hujjatlar boshqa maqsadda ham ekspertizadan o’tkazilishi mumkin. Hujjatlarni nashrga tayyorlash chog’ida, turli ma’lumotnomalar (ro’yzatlar, tavsifnomalar, kataloglar, yo’lko’rsatkichlar) yaratishda, mikrofilpmlashtirish uchun saralab olish paytida ekspertiza qilinadi. Hujjatlar bir arxivdan boshqa arxivga o’tkazilgan holatda ham ekspertizada o’tkaziladi. Bunday paytda hujjatlar ularni qabul qilib olayotgan arxivning sohasiga to’g’ri kelishi yoki

kelmasligi aniqlanadi. Arxivlar uchun sotib olinayotgan yangi hujjatlar ham ekspertizada o’tkazilishi shart. Arxivlar, muzeylar, kutuxonalar, odatda, yangi hujjatni sotib olish chog’ida ularning qiymatini aniqlash maqsadida har tomonlama o’rganib chiqadilar. Ekspertiza jarayonida shu narsani yodda tutish kerakki, yo’q qilingan hujjatni qayta tiklash qiyin ishdir. Ko’p hollarda esa ularni qayta tiklash umuman mumkin emas. Shuning uchun hujjatlarni davlat asroviga olish ishlari puxta yo’lga qo’yish zarur. Shu bilan birga ikkinchi va uchinchi darajali hujjatlarni doimiy saqlash uchun qoldirish ham maqsadga muvofiq emas. Ayniqsa hujjatlarning miqdori keskin oshib borgan hozirgi davrda bunga yo’l qo’ymaslik kerak. Shu boisdan ekspertizaning muhim vazifalaridan biri – bu saqlanadigan hujjatlar miqdorini kamaytirishga erishishdan iboratdir. Ayni paytda davlat uchun, fan uchun muhim ma’lumot beruvchi hujjatlarni esa yo’qotmaslik vazifasi ham g’oyat muhimdir. Shunday qilib, ekspertiza jarayonida arxivshunoslar, tarixchilar, manbashunoslar va boshqa soha mutaxassislari birgalikda davlat arxiv fondini optimal hajmini saqlash kabi muhim ilmiy vazifani to’g’ri hal etishlari talab qilinadi. Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish tamoyillari, me’yorlari va uslublari Hujjatlarni ilmiy qiymatini aniqlash jarayonida tarixiylik , yaxlitlik va hartomonlamalik tamoyillariga amal qilinadi. Tarixiylik tamoyili har bir hujjatni ma’lum tarixiy davr mahsuli sifatida baholashni, shuningdek, bu hujjatga nafaqat hozirgi kun, balki kelajak nuqtai nazaridan qarashni taqozo etadi. Ekspertizada nisbatan murakkab bo’lgan tamoyil – bu hartomonlamalik tamoyilidir. Mazkur tamoyilga binoan hujjatning mazmunini turli tomonlar (nuqtai nazar) dan tahlil qilish lozim. Masalan, konkret bir hujjat bir vaqtning o’zida ham tarix, ham adabiyot tarixi, ham san’at tarixi haqida ma’lumot

berishi inobatga olinishi kerak. Hujatning ilmiy ahamiyati ba’zan uning qaysi tilda bitilganligi, qanday materialga yozilganligi (pergament, qog’oz va h.), hujjatdagi rasmlar yoki uning chekkasiga bitilgan qaydlar bilan ham belgilanishi mumkin. Demak, ekspertiza qilish chog’ida shularning hammasini e’tiborga olish shart. Ekspertizada yaxlitlik tamoyili keng ravishda qo’llaniladi. Buning ma’nosi shuki, hujjatlar bir-biridan alohida tarzda emas, balki muassasa faoliyati davomida yaratilgan boshqa hujjatlar bilan birgalikda baholanadi. Mazkur tamoyilning mantiqiy davomida sifatida ekspertiza ishlariga sistemali tarzda yondashishni ko’rsatib o’tish mumkin. Ekspertiza tamoyillarini hisobga olgan holda hujjatlar qimmatini aniqlashning me’yorlarini ishlab chiqiladi. Me’yorlar deganda biz hujjatlar ilmiy qimmatini belgilab beradigan sifatlarni tushunamiz. Ekspetizada matnli hujjatlarning qimmatliligini aniqlashning asosiy, keng ravishda qo’llaniladigan me’yorlari quyidagilardir: Hujjatlarning mazmuni; Fondni tashkil etuvchi, ya’ni tashkilot yoki muassasaning maqomi; Hujjatlardagi ma’lumotning takrorlinishi; Hujjatlarning paydo bo’lish vaqti va joyi. Ekspertizada dastxatlilik, hujjatning yuridik kuchi, uning tashqi xususiyatlari (badiiy xususiyatlari, yozuv materiali va h.) singari me’yorlar ham ma’lum rolp o’ynaydi. Hujjatlarning paleografik xususiyatlari, qaysi tilada bitilganligi kabi me’yorlarni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Ekspertiza ishlarida ko’rsatib o’tilgan me’yorlarning hammasi bir xilda qo’llanilmaydi. Ularning ayrimlari hujjatning xarakteridan qat’i nazar doimo Му ам м ол и савол : Ҳ у ж ж атл арни эк спе ртиз а қ ил иш ж араё нида қ андай асосий м е ъ ё рл ар эъ тиборга ол инади?