logo

Anketa orqali so’rov o’tkazish.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

707.2861328125 KB
Mavzu:Anketa orqali s o’ rov o’tkazish.
Mundarija
I 
I.Kirish ....................................................................................................................... 2
II.Asosiy qism. ........................................................................................................... 3
1.So’rovlar o’kazish.Anketa orqali so’rov. ............................................................... 3
2.Anketa orqali so’rov o’tkazish usullar ................................................................... 8
3.Anketa metodining yutuq va kamchiliklari. ......................................................... 16
Xulosa ...................................................................................................................... 23
Foydalanigan dabiyotlar: ......................................................................................... 24 I.Kirish
So’zning   keng   ma’nosida   so’rov   intervyuni   ham,   anketa   o’tkazishni   ham
qamrab   oladi.   Tor   ma’noda   esa   “so’rov”   atamasi   faqat   og’zaki   suhbatni   nazarda
tutadi,   shuning   uchun   intervyuning   bir   nechta   turi   bilan   cheklanadi.   Anketa
o’tkazish bunga kirmaydi.
Metodika   sohasida   tanilgan   mutaxassislar   Dj.   Mangeym   va   R.   Rich
so’rovning   to’rtta   asosiy   turini   taklif   qiladilar:   yuzma-yuz   intervyu   olish,   telefon
orqali   intervyu   olish,   posta   orqali   anketa   o’tkazish   va   matbuot   orqali   so’rov
o’tkazish.   Bu   tasnifnomada   so’rov   keng   talqin   etilgani   yaqqol   ko’rinib   turibdi,
ammo   u   yakuniga   yetkazilmagan:   an’anaviy   (yakka   tartibli   va   guruhli)   anketa
o’tkazish   tilga   olinmagan.   Anketa   o’tkazish   o’z   holicha   mavjud,   ammo   u   faqat
pochta va matbuot orqali anketa shaklida xolos.
Shunday qilib, qo’llanilayotgan atamalar xususida mutaxassislar yakdil fikrga
ega   emas.   Umuman  olganda   ham,   so’zning  keng   ma’nosidagi   talqin  to’g’rimi   yo
tor ma’nosidagisimi, aytish qiyin. Har ikkalasini to’g’ri deyish mumkin. Mualliflar
ham   keng,   ham   tor   ma’nodagi   talqinga   asoslanishga   haqli,   ammo   ular   ulardan
birini   tanladilarmi,   oxirigacha   unga   sodiq   qolishlari   kerak.   Har   ikkala   talqin   ham
bir vaqtda qo’llanilganda chalkashliklar yuzaga keladi. Mazkur ish mualliflari esa
so’rovni keng ma’noda talqin etadilar.  II.Asosiy qism.
1.So’rovlar o’kazish.Anketa orqali so’rov.
So’rov – bu axborot olishning sosiologik usuli bo’lib, unda odamlarga (ularni
respontdentlar   deb   atashadi)   yozma   yoki   og’zaki   shaklda   maxsus   tanlab   olingan
savollar   beriladi   va ularga  javob berish  so’raladi. Bu  sosiologik  tadqiqotning  eng
keng   tarqalgan   turi   va   shu   bilan   bir   vaqtda,   dastlabki   axborotni   to’plashning   eng
keng   qo’llaniladigan   usulidir.   Ommaviy   yoki   xususiy   tafakkur,   ijtimoiy   yoki
shaxslararo   munosabatlarning   mazmun   xususiyatlari   o’rganilayotgan   so’rovdan
yaxshisi   yo’q,   chunki   ularni   bevosita   kuzatish   juda   qiyin   yoki   hattoki   umuman
mumkin   emas.   Tashqi   kuzatuvdan   yashiringan   voqyea-hodisalar   faqat   muayyan
sharoitlar va vaziyatlardagina o’zini namoyon qilishlari mumkin.
Sotsiolog   mutaxassis   o’rganilayotgan   muammo   bo’yicha   hujjatli   manbalar
yetarli bo’lmasa yoki bunday manbalar umuman yo’q bo’lsa surovnoma usullariga
murojaat   etadi.   Ommaviy   yoki   xususiy   tafakkur,   ijtimoiy   yoki   shaxslararo
munosabatlarning mazmun xususiyatlari o’rganilayotgan so’rovdan yaxshisi yo’q,
chunki   ularni   bevosita   kuzatish   juda   qiyin   yoki   hattoki   umuman   buning   ilojisi
yo’q.   Ijtimoiy   fikrning   ahvoli   va   uning   rivojlanish   darajasi,   ijtimoiy-psixologik
omillar   o’rganilayotganda   ham   so’rovdan   foydalaniladi.   Uning   yordamida
insonlarning   ehtiyojlari,   qiziqishlari,   motivasiyasi,   kayfiyatlari,   qadriyatlari,
e’tiqodi   haqida   axborot   olinadi.   Bunday   vaziyatlarda   so’rovvoma   usuli   empirik
ma’lumotlarni olishning asosiy, ba’zida esa yagona usuli bo’lishi mumkin. Bundan
tashqari,   so’rovdan   nazorat   (qo’shimcha)   usuli   sifatida,   ya’ni   o’rganilayotgan
tavsiflarni   bayon   qilish   va   tahlil   etish,   shuningdek   boshqa   usullar   orqali   olingan
ma’lumotlarni tekshirib ko’rish uchun foydalniladi.
So’rovda,   birinchidan,   tadqiqotchilar   ma’lum   bir   sondagi   kishilarga
yozma   yoki   og’zaki   savollar   bilan   murojaat   qiladilar,   bu   savollar   mazmuni
ular   o’rganayotgan   muammoga   empirik   indikatorlar   darajasida   bog’liq.
Ikkinchidan,   olingan   javoblar   qayd   etiladi   va   ularga   statistik   ishlov   beriladi
hamda nazariy talqin etiladi . 1
1
  Research methodology, methods and techniques. C. R. Cothari. India. 2004. Page  299 So’rovning maqsadi – odamlarga savollar berib, ularning fikri, maqsadlari va
xulq-atvorini   to’g’ri   baholashdan   iborat.   Bu   yerda   tadqiqot   muvaffaqiyati   uning
sifatiga   ham   bog’liq:   yaxshi   savollar   (to’g’ri   tuzilgan   savollar)   to’g’ri   javoblarga
sabab   bo’ladi;   noto’g’ri   qo’yilgan   savollar   esa   odamni   chalg’itadi   va   natijada
ishonchli   bo’lmagan,   noaniq   javoblarni   keltirib   chiqaradi.   Tadqiqotchi   savollarni
tuzayotganda   ikki   xil   ma’noli,   noaniq   yoki   yo’naltiruvchi   ta’riflarga   yo’l
qo’ymasligi   va   munosib   lug’atdan   foydalanishi   darkor.   Bu   yerda   e’tiborsizlik
savollarning   nomukammal   tuzilishiga   olib   keladi,   bu   esa   respondentlarning
g’ashiga   tegishi   yoki   ular   uchun   haqoratli   bo’lishi,   oxir-oqibat   esa   tadqiqotchini
mazmun-mantiqdan yiroq ma’lumotlarga olib kelishi mumkin.
Shunday   qilib,   so’rov   –   bu   axborotni   tizimli   tarzda   yig’ish   bo’lib,   u
respondentlarga   beriladigan   savollarga   javoblardan   olinadi.   Biz   “tizimli”   so’zini
ajratib ko’rsatganimiz bejiz emas:  bu shuni  anglatadiki, natijalarni  imkon boricha
faqatgina   aniq   emas,   balki   namunaviy   shaklga   keltirish,   shuningedk   ularning
ishonchliligi   va   to’g’riligiga   statistik   baho   berishni   ularga   nisbatan   qo’llash
imkoniga ega bo’lish uchun barcha choralar ko’riladi.
So’rov   tadqiqotchilarning   o’zining   universalligi   tufayli   hamda   axborot
olishning   asosiy   kanali   sifatida   jalb   qiladi.   Chunki     faqat   so’rov   orqali
odamlarning   ichki   intilishlari   haqidagi   bilimlarning   eng   asosiy   manbasi
bo’lishi   mumkin   (ammo,   ishonchli   va   to’g’ri   ma’lumotlarni   olish   uchun
yaxshilab   harakat   qilish   kerak).   Faqat   so’rov   ko’zga   ko’rinmas   narsani
(fikrlarimiz,   niyatlarimiz,   fikrlarimizni)   ko’zga   ko’rinarli   holga   keltiradi
(bayonnomalar,   foizli   taqsimotlar   va   nihoyat,   ilmiy   dalillar   bilan).   Sotsiolog
mutaxassis uchun zarur axborotning katta qismi insonning subyektiv holatida
yashiringan   bo’lib,   bu   uning   xulq-atvorida   aks   etmasligi   mumkin,   ushning
uchun   ham   ilmiy   kuzatuv   predmeti   bo’la   olmaydi.   Odamlar   juda   ko’p
narsani   begonalardan   yashiradilar,   o’z   fikrlarini     hatto   qog’ozga   ham
ishonmaydilar.   Demak,   hujjatlarni,   aytaylik,   memuarlar   yoki   kundaliklarni
tahlil   qilish   ancha   ko’p   cheklovlarga   ega,   chunki   muallif   ko’pincha   o’z shaxsiyatiga   tegishli   holatlarni   xaspo’shlab   ko’rsatishga   moyil   bo’ladi.
Tajribaning   cheklovlari   esa   bundan   ham   ko’p.   Shunday   ekan,   sosiologlar
uchun axborot olishning asosiy kanali – so’rov bo’lib qoladi. 2
So’rovning   universalligi   ikki   o’lchamga   ega   –   tematik   kenglik   va   aholining
ijtimoiy   qatlamlarini   qamrab   olish   kengligi.   Hamma   narsa   haqida,   hattoki   o’zi
ko’rmagan,   eshitmagan,   o’qimagan,   to’qib   ham   chiqara   olmaydigan   narsalar
haqida   so’rash   mumkin.   Ko’pincha   olim   o’z   savollarini   shunday   ayyorlik   bilan,
uzoqni   ko’zlab   tuzadiki,   respondentning   o’zi   tan   olishga   xaddi   sig’magan,   hyech
qachon   o’ylab   ko’rmagan   va   o’zidan   ham   so’ramagan   narsalarni   bilib   oladi.
Buning ustiga, u o’zini aqlli qilib ko’rsatishga va fikrini to’g’ri ta’riflashga harakat
qilmasa   ham   bo’ladi,   savollar   unga   oddiy   bir   o’yinga   o’xshaydi:   har   bir   savolga
qiynalmasdan javob berib respondent oxirida yaxlit manzarani – o’z avtoportretini
hosil qiladi. Uning muallifi kim – axborot berayotgan respondentmi yoki savollarni
mohirlik bilan tuza olgan olimmi, bu jumbog’ligicha qolmoqda.
Ba’zi   bir   ehtiyotkorlikka   rioya   qilinganda   bu   usul   yordamida   oldingi   yoki
hozirgi   voqyealar,   faoliyat   mahsulotlari,   xullas,   istalgan   narsa   haqida   olinadigan
axborot   kuzatuv   yoki   hujjatlardan   olinadigan   axborotdan   hyech   qolishmaydi.
Uning   universalligi   ham   mana   shundan   iborat.   So’rov   sosiologga   kerakli   har
qanday   vaziyatni   fikran   modellashtirish   va   shu   orqali   uning   fikri,   niyatlari   va
motivlarining   qanchalik  barqarorligini   aniqlash   imkonini   beradi.  So’roqnomaning
ishonchliligi   mana   shundan   iborat:   u   olim   qanday   axborotni   olmoqchi   bo’lgan
bo’lsa,   o’sha   axborotni     jahon   kon’yunkturasi   o’zgarishlariga,   so’rov   o’tkazilgan
joy va vaqtga bog’liq bo’lmagan shaklda  olish imkoniyatini  beradi  (ya’ni  boshqa
olimlar tomonidan takrorlanishi mumkin).
So’rov usulini qo’llash mahorati – bu yerda ham mutaxassislar fikrlari yakdil
– shundan iboratki, aynan nima haqida, qanday qilib so’rash, qanday savolar berish
va   nihoyat,   olingan   javoblarning   to’g’riligiga     qanday   qilib   ishonch   hosil   qilish
mumkinligidan iborat. Bir qancha boshqa shartlarni qo’shib (kimdan so’rash kerak,
suhbatni   qayerda   o’tkazish   lozim,   ma’lumotlar   qanday   qilib   ishlanadi   va   bu
2
  Research methodology, methods and techniques. C. R. Cothari. India. 2004. Page  265 narsalarni   so’rov   o’tkazmasdan   bilib   bo’lmaydimi),   biz   ushbu   usulning
imkoniyatlari haqida to’liq tasavvur hosil qilamiz.
Sotsiologning   respondentlar   bilan   muloqoti   bu   yerda   savolnoma   orqali   yuz
beradi,   u   empirik   ma’lumotlarni   to’plash   vositasi   funksiyasini   va   operator   rolini
o’ynaydigan anketa o’tkazuvchi (intervyu oluvchi) vazifasini bajaradi. Har qanday
savolnomalar   negizini   tadqiqot   predmeti   haqidagi   ba’zi   bir   nazariy   tasavvurlar
(ular aniq bo’lmasligi, dastur ko’rinishiga ega bo’lmasligi mumkin) yotadi. So’rov
qanday   shaklda   –   shaxsiy   intervyu   yoki   sirtdan   yo   guruhli   anketa   ko’rinishida
o’tkazilishiga   qarab     savolnoma   intervyu   blanki   yoki   anketa   deb   ataladi.   Uning
nomi – intervyu blanki yoki anketa – so’rovni o’tkazish shakliga bog’liq (shaxsiy
intervyu,  sirtqi  yoki  guruhli   anketa  o’tkazish).   Har   qanday  holda  ham  savolnoma
respondentlardan   javob   olishga   mo’ljallangan   formallashtirilgan   savollar
to’plamidir. Unga qo’yiladigan asosiy talablar qanday? Ko’p hollarda aytadilarki,
savolnoma   qonunga   o’xshab,   aniq   bo’lishi   kerak.   Tadqiqotchi,   uni   to’g’ri
tushunishlariga,   aniq   va   qat’iy   javob   berishlariga   amin   bo’lishi   uchun   savollarni
ta’riflashda bir qator qoidalarga rioya qilishi kerak.
So’rov usuli maxsus o’qitilgan anketa oluvchilar yoki intervyuchilarning soni
yetarli bo’lishini taqozo etadi, mana shundagina maksimal qisqa muddatda ko’proq
sondagi odamlarni so’rovdan o’tkazish va turli xil axborotni olish mumkin bo’ladi.
Bilish   imkoniyatlari   cheklanmagan   bo’lsa-da,   uning   yordamida   olingan   axborot
o’rganilayotgan   voqyelikni     faqat   respondent   ongi   orqali   aks   ettiradi.   Shuning
uchun   sosiologlar   tadqiqot   predmeti   sifatida   qaraladigan   obyektiv   voqyelik   bilan
odamlarning   faktlar,   voqyealar   va   hodisalar   haqidagi   fikrlarini     aks   ettiruvchi
ma’lumotlar   o’rtasida   tenglik   belgisini   qo’yishga   shoshilmaydilar.   Ular
axborotning   buzib   ko’rsatilishi   mumkinligini   ham   hisobga   oladilar   va   imkon
boricha tuzatishga harakat qiladilar.
So’rov   o’tkazish   san’ati   savollarni   to’g’ri   qo’yish   va   joylashtirishdan   iborat.
Savollarni   beruvchilar   faqat   sosiologlar   emas.   birinchi   bo’lib   savollarni   ilmiy
jihatdan   qo’yish   haqida   qadimgi   yunon   faylasufi   Sokrat   bosh   qotirgan.   U   Afina
ko’chalarida   sayr   qilib,   atrofidagilarga   o’tkir   savollarni   berib   ularni   esankiratib qo’yar   edi.   Bugungi   kunda   so’rov   usulidan,   sosiologlardan   tashqari,   jurnalistlar,
shifokorlar, tergovchilar, o’qituvchilar ham foydalanadi. Ilmiy so’rovning  birinchi
o’ziga   xos   belgisi   –   so’ralganlarning   soni.   Yuqorida   sanab   o’tilgan   mutaxassislar
odatda,   bir   kishini   so’rovdan   o’tkazadi.   Sotsiolog   esa   yuzlab   va   xattoki   minglab
odamlar   bilan   ishlaydi   va   shundan   keyingina,   olingan   axborotni   umumlashtirib,
xulosalar   chiqaradi.   Sotsiologik   so’rovning   mazmun-mohiyati,   bir   necha   yuz
kishining   fikrlari   asosida   minglab   va   millionlab   odamlar   haqida   fikr   yuritishdan
iborat. Xo’sh, nima uchun u bunday qilyapti?
Bitta   odamga   savol   bilan   murojaat   etilganda,   uning   shaxsiy   fikri   olinadi.
Estrada   yulduzidan   intervyu   olayotgan   jurnalist,   bemor   so’zlari   asosida   tashxis
qo’yayotgan   shifokor,   odamning   o’limi   sabablarini   izlayotgan   tergovchi   uchun
bundan   ortig’ining   keragi   ham   yo’q.   Ularga   aynan   so’ralayotgan   kishining   fikri
kerak, keyin u bu fikrni o’zi istagancha talqin qilaveradi. 3
Sotsiolog   esa   ko’plab   odamlarga   savol   bilan   murojaat   qilib,   aksincha,
jamoatchilik   fikri   bilan   qiziqadi.   Individual   og’ishlar,   subyektiv   fikrlar,   atayin
buzib   ko’rsatishlar,   agar   ular   statistik   ishlov   berilsa,   -   o’zaro   bir-birini   qoplab
yuboradi.   Natijada   sosiolog   voqyelik   haqida   o’rtacha   olingan   manzarani   hosil
qiladi. U 100ta muxandisni so’rovga jalb qilib, mazkur kasbning o’rtacha statistik
vakili   belgilarini   aniqlaydi.   Mana   shuning   uchun   sosiologik   anketada   familiya,
ism,   otasining   ismi,   manzil   ko’rsatilmaydi.U   anonim   hisoblanadi .   Shunday   qilib,
sosiolog statistik axborotni qo’lga kiritib, shaxsning ijtimoiy turlarini aniqlaydi.
So’rov   turlari.   So’rov   tadqiqot   turi   sifatida   ikkita   katta   turga   bo’linadi   –   anketa
o’tkazish   va   intervyu.   Anketa   o’tkazish   –   testni   tashkil   qilishning   savol-javob
shakli. Intervyu — oldindan ishlab chiqilgan reja asosida  suhbat  o’tkazish bo’lib,
intervyu   oluvchi   respondent   bilan   to’g’ridan-to’g’ri   aloqada   bo’ladi   va   uning
javoblarini qayd etadi.
O’z   navbatida,   so’rovning   har   ikkala   turini   ko’plab   kichik   turlarga   ham
bo’lish   mumkin:   1)   so’ralayotganlar   soni   bo’yicha   (guruhli   va   individual);   2)
3
  Research methodology, methods and techniques. C. R. Cothari. India. 2004. Page 296 o’tkazish   joyi   bo’yicha   (uyda,   ishda   va   maqsadli   auditoriyalarda   –   klub
tashrifchilari, poliklinikadagi bemorlar va h.k.).
2.Anketa orqali so’rov o’tkazish usullar
Anketalarning   so’ralayotganlar   orasida   tarqatilishi   usuliga   qarab:   tarqatma
(kuryerlik)   anketa;   pochta   orqali   tarqatiladigan   anketa;   matbuotda   bosib
chiqiladigan anketa turlariga ajratish mumkin.
Bundan   tashqari,   so’rov   turlarini   boshqa   mezonlar   bo’yicha   ham   tasniflash
mumkin:   a)   minqdoriy   (statistikani   qo’llagan   holda)   va   sifatli   (chuqur   intervyu,
fokus-guruh); b) yozma (anketalar, testlar) va og’zaki (intervyu); v) yuzma-yuz va
sirtqi;   g)   standartlashtirilgan,   yarim   standartlashtirilgan   va   standartlashtirilmagan;
d)   klinik   va   fokuslantirilgan;   ye)   yo’naltirilgan   va   yo’naltirilmagan;   j)   namunali
(pilotajli,   zondaj,   ekspress-so’rov)   va   asosiy   (dastlabki   axborotni   to’lashning
asosiy   usuli   sifatida);   z)   ommaviy   so’rov   (mutaxassis   bo’lmagan   respondentlar
uchun) va ekspert-so’rov (u yoki bu sohadagi mutaxassislar uchun).
So’rovning   har   bir   turi   bir   qator   omillarga   bog’liq,   bular:   anketa   yoki
intervyuning   mazmuni   (ya’ni   tadqiqot   predmetini   mujassam   etgan   savollar
ro’yxati); anketalarning to’ldirilishini bevosita tashkil qiluvchi anketa oluvchi yoki
intervyu   oluvchi   ishi   sifati;   so’rov   o’tkazish   vaziyatlari,   uning   shartlari   (ular
respondent   hotirjam   va   diqqat   bilan   ishlashi   uchun   maksimal   darajada   qulay
bo’lishi kerak); respondentning so’rov o’ktkazilayotgan paytdagi psixologik holati
va h.k..
So’rovning   barcha   turlarini   bir   narsa   –   savolnoma   birlashtiradi,   u   tadqiqot
maqsadiga   mos   kelishi,   savollarning   mantiqiy   ketma-ketligidan   iborat   bo’lishi
kerak.   Savollarning   bunday   tizimi   respondentga   savol,   tasdiqlov,   e’tiroz
shakllaridagi   nutqiy   xabar   va   ularga   ilova   qilinadigan   javoblar   variantlaridan
iborat. Savolnoma – anketaga qaraganda ancha keng atama. Uni anketa o’tkazishga
ham, intervyuga ham qo’llash mumkin. O’z navbatida, anketa – bu so’rov hujjati
(“Ishchi   uchun   anketa”)   va   so’rov   usuli   (ya’ni   anketa   o’tkazish)   g’arbiy
metodikalarda   anketa   deganda   savolnoma   (questionnaire)   nazarda   tutiladi   va   u ko’pincha   intervyu   oluvchilar   yordamida   to’ldiriladi,   ba’zida   esa   pochta   orqali
tarqatiladi yoki respondentlarga mustaqil to’ldirish uchun beriladi.
Guruhli   anketa   so’rovsi   ish   va   o’qish   joyilari   bo’yicha   keng   qo’llaniladi.
Anketalar   to’ldirish   uchun   auditoriyada   tarqatiladi,  tadqiqot   uchun  tanlab   olingan
respondentlar   auditoriyaga   taklif   etiladi.   Odatda   bitta   anketa   oluvchi   15-20
kishidan   iborat   guruh   bilan   ishlaydi.   Bunda   anketalarning   100   foiz   qaytarilishi
ta’minlanadi,   respondentlar   anketani   to’ldirish   texnikasi   bo’yicha
maslahatlashishlari,   qiyin   va   noaniq   savollarni   aniqlashtirishlari   mumkin,   anketa
oluvchi   esa,   savolnomalarni   yig’ayotganda,   anketalarning   to’ldirilishi   sifatini
nazorat qiladi. Guruhli   anketalash   psixologik   muhitni   yaxshilaydigan   va   javoblar   sifatini
oshiradigan ma’lum bir maxsus sharoitlarning ta’minlanishini taqozo etadi. So’rov
o’tkaziladigan xona psixologik jihatdan neytral (dam olish xonasi), halal beruvchi
omillardan   (telefon   qo’ng’iroqlari,   begona   suhbatlar,   musiqa,   televizor,   begona
odamlar   va   h.k.)   holi   bo’lishi   lozim.   So’rov   ishtirokchilari   anketani   to’ldirish
uchun   qulay   sharoitlar   bilan   ta’minlanadi:   ular   bir-biridan   ma’lum   bir   uzoqlikda
o’tiradilar,   ya’ni   atrofdagilar   orqadan   ularni   kuzatayotgandek   tuyulmasligi   kerak;
bunday   sharoitda   ular   savollarga   diqqatni   jamlab,   javoblarni   chuqur   o’ylab
berishlari   mumkin   va   bunda   vaziyatni,   savollarni   va   javoblar   variantlarini
boshqalar   bilan   maslahatlashmaydilar.   Turli   xil   rahbarlarning   aralashishlariga
umuman   yo’l   qo’yib   bo’lmaydi,   anketalarni   to’ldirish   paytida   ishtirokchilarning
javoblarini   bilan   tanishish   ham   mumkin   emas.   javoblarning   mahfiyligi   so’zsiz
ta’minlanishi lozim. Zarur bo’lsa,   to’ldirilgan anketalar raqamlanmasdan, maxsus
qutiga tashlanadi.
Mahalliy   sosiologiyada   yakka   tartibdagi   (individual)   anketa   so’rovsi   keng
tarqalgan.   Undan   75—80   foiz   hollarda   foydalaniladi.   Individual   anketalashdan
foydalanilganda   tarqatma   (kuryerlik)   anketasi   yordamida   anketa   o’tkazuvchi
anketani respondentga berib, uni keyingi uchrashuvda qaytarish muddatini kelishib
oladi,   yoki   uni   to’ldirish   qoidalari   va   so’rov   maqsadini   tushuntirib,   anketaning
to’ldirilishini kutib turadi. Birinchi holda respondent anketani to’ldirish, javoblarni
o’ylab   olish   uchun   ko’proq   vaqtga   ega   bo’ladi,   ammo   bunda   anketani   qaytarish
muammosi   va   so’rov   mavzusini   begona   odamlar   bilan   muhokama   qilish,   hattoki
respondentni   almashtirish   imkoniyati   tug’iladi.     Tarqatma   individual   anketalash
turar joy bo’yicha ham, ishlash joyi bo’yicha ham qo’llaniladi.
Ijtimoiy   psixologi   ko’proq   testlar   va   sosiometrik   usullarga   moyil.   Ammo
anketa   prosedurasi   ham   odamlar   xulq-atvorini,   ular   faoliyati   motivasiyalarini   va
qadriyatlarini   o’rganadigan   psixologiyada   ham   tez-tez   uchrab   turadi.   Yakka
tartibdagi  anketalashda  savolnomalar  respondentlarning ish joylari  yoki  turar  joyi
(o’qish   joyi)   bo’yicha   tarqatiladi,   qaytarish   vaqti   esa   oldindan   kelishib   olinadi.
So’rovning bu shakli guruhli anketalashdagidek afzalliklarga ega. Xorijda   esa   vaziyat   boshqacha.   Shu   paytgacha   AQSh,   Germaniya,
Fransiyadagi   aksariyat   tadqiqotlar   shaxsiy   intervyu   orqali   olib   boriladi.   Turli   va
yetarlicha asosli sabablarga ko’ra (odamlar o’qish yoki yozishni yomon ko’radilar
yoki   (va)   buning   ilojisi   bo’lmaydi,   uzundan-uzoq   javoblarni   xush   ko’rmaydilar,
juda   ko’p   xatoga   yo’l   qo’yadilar,   javoblarni   chala   beradilar,   javoblar   o’rinli
bo’lmaydi   va   h.k.)   sosiologlar   anketalashdan   foydalanmaslikka   harakat   qiladilar,
ya’ni   respondentlarning   anketalarni   o’zlari   to’ldirishlariga   yo’l   qo’ymaydilar.
Respondent, keyin intervyu oluvchi ham, ilmiy jarayonning uzun zanjirida eng zaif
bo’g’inga aylanadi.
Nima bo’lganda ham, sosiologiyada so’rov, uning hamma turlarini (og’zaki va
yozma) ham qo’shganda,  eng ommaviy tarqalgan usuldir. Sotsiologiyani  so’rovni
qo’llash   bilan   uzviy   bog’lash   ham   bejiz   emas.   psixolog   testlar   bilan
shug’ullanganda,   so’rov   prosedurasi   unga   juda   sodda   yoki   ishonchsiz   bo’lib
tuyulishi   mumkin,   albatta.   Biroq   fanlar   o’rtasida   qat’iy   chegara   yo’qligi   qat’iy
aniqlangan,   bir   xil   usullar   turli   fanlarda   qo’llanilishi   mumkin.   Mutaxassis   o’z
muammosini hal qilish uchun muammoni mavjud usulga moslashtirmasdan, o’ziga
mos usulni tanlaydi.
So’rovning to’rtta turi – individual va guruhli, og’zaki va yozma – o’zaro bir-
birini   to’ldiradi   va   mantiqiy   kvadrat   hosil   qiladi,   uning   kataklarida,   ikkita   belgi
kombinasiyasi kabi, ko’plab so’rov turlari hosil bo’ladi (1.3-rasm).
Masalan, guruhli anketa so’rovsi GP katakchasiga, individual anketa so’rovsi
esa   IP  katakchasiga,     telefon  orqali   so’rov   –  IU  katakchasiga,   fokus-guruh   –  GU
katakchasiga tushadi.
Mantiqiy   kvadrat   –   nimanidir,   bizning   holda,   so’rovni   tasniflash   yoki
tipologiyasini   hosil   qilishning   juda   qulay   va   ko’rgazmali   shakli.   Uni   faqat
jadvalning   har   bir   kvadrati   (kvadrant)   to’ldiriladigan   vaziyatlarda   qo’llash
mumkin. Masalan,  so’rovning boshqa to’rtta turi – yuzma-yuz va sirtqi, individual
va guruhli so’rovlarda mantiqiy kvadratni qurib bo’lmaydi. Sababi, katakchalardan
bittasi bo’sh qoladi. Darhaqiqat, guruhli sirtqi so’rovni tasavvur qilish qiyin. Balki, bunday so’rovni kimdir qayerdadir o’tkazgan bo’lsa ham kerak, ammo fan tarixida
bu qandaydir ekzotik misol sifatida qolgan xolos.
Yozma      Og’zaki
 
Individual IP IU
G uruhli GP GU
1.3 -rasm .  Sotsiologik so’rov asosiy turlarining mantiqiy kvadrati '
So’rovning   texnik   vositalari.   Sotsiologi k   so’rovlar   ancha   qimmatga   tushadigan
tadbir,   ayniqsa   agar   unda   bir   necha   mingta   kishi   ishtirok   etsa.   Madaniy   farqlarni
tadqiq   etishda   bunday   so’rovlar   ba’zida   bir   vaqtda   bir   necha   mamlakatlarda   olib
boriladi.   Ularinng   qiymati   yuqori,   chunki   respondent   bilan   bir   marta   muloqot
qilish,   olingan   natijalarni   ularni   qayta   ishlash   markazlariga   yuborish,   xoh   u
shaharlararo   telefon   qo’ng’irog’i,   pochta   xabari,   telefaks   bo’lsin,   juda   qimmat
turadi.
Bugungi   kunda   telefon   va   kompyuter   —   sosiologning   eng   yaqin   texnik
yordamchilaridir.   Birinchisi   ofisdan   minglab   kilometr   narida   bo’lgan   ancha   ko’p
respondentlarni qisqa muddatlarda so’rovdan o’tkazish imkonini beradi. Ikkinchisi
onlayn-rejimda yana ham ko’proq odamlarni so’rovga jalb qilishi mumkin, bunda
uning   tannarxi   minimal   bo’ladi,   ma’lumotlar   esa   maxsus   dasturlar   yordamida   tez
qayta ishlanadi.
Butun dunyo miqyosida Internetdan foydalanuvchilarning soni yil sayin o’sib
bormoqda.   Bu   esa   tadqiqotchi   kompaniyalarga   tadqiqotlarni   o’tkazishda
Internetdan  keng foydalanish  imkonini  bermoqda.  Shubhasiz,  yaqin kelajakdayoq
hosiz an’anaviy usulda olib borilayotgan tadqiqotlarning aksariyati onlayn rejimiga
o’tadi.   Bu   yerda   ikkita   afzalik   yaqqol   ko’zga   tashlanadi:   tadqiqotni   o’tkazish
qiymati  va  muddatlari.   Web-inter’yu   tushunchasi  oddiy  bo’lib  qoladi. Internet  bir
martalik muloqot bahosini deyarli nolga tenglashtirdi.
Sotsiologik   so’rovda   texnik   vositalardan   foydalanish   imkoniyatlari   haqida
mamlakatimizda   anchadan   beri,   1960-yillar   oxirida   sosiologiya
institusionallashtirilishi   bilan   bir   vaqtdan   boshlab   so’z   bormoqda.   Ammo   amalda ish   faqat   ma’lumotlarni   EHMdan   foydalanib   tahlil   qilish   bosqichi   bilangina
cheklangan.   1970-chi   va   ayniqsa   1980-chi   yillarda   texnika   dastlabki   axborotni
to’plash bosqichiga ham kirib bora boshladi.
Sotsiologik   tadqiqotni,   xususan   anketa   so’rovsini   avtomatlashtirishga
dastlabki   urinishlar   mamlakatimizda   1970-yillaning   ikkinchisi   yarmiga   to’g’ri
keladi, bu paytda AQShda  CAPL  kabi kompyuterlashtirilgan metodikalardan ancha
keng foydlanilar edi. 
1980-chi   yillar   oxirida   mutaxassislar   sosiologik   axborotni   yig’ish
metodikasini rivojlantirishda uchta yo’nalish aniq ko’zga tashlangani haqida gapira
boshladilar.   Bular:   an’anaviy   yo’nalish,   unda   intervyu   oluvchi   so’rovni   qalam   va
qog’oz   yordamida   olib   boradi;   nisbatan   yangi   yo’nalish,   unda   tadqiqotchi   suhbat
chog’ida   turli   texnik   vositalardan   foydalanadi;   va   nihoyat,   istiqbolli   yo’nalish,
bunda barcha funksiyalar va operasiyalar EHM yordamida amalga oshiriladi.
Sotsiologiyaning texnik vositalarga bo’lgan ehtiyojini bir qator sabablar bilan
izohlash mumkin. Ulardan muhimi yirik tadqiqotlarni (katta hajmdagi tanlanmada)
olib   borishda   olingan   natijalarni   to’plash,   ishlash,   saqlash   va   ulardan   foydalanish
uchun   vaqt   va   mablag’larni   qisqartirish   zarurati   bilan   bog’liq.   Axborot   qo’lda
ishlanganda   unga   ketadigan   xarajatlarning   yuqoriligi   tufayli   ko’pincha   so’rov
kichik   tanlanmalarda   olib   borilgan,   aks   holda   tadqiqot   natijalarini   ancha   qisqa
muddatlarda   olib   bo’lmasdi.   Ba’zan   bu   muddat   bir   necha   yillar   bilan   o’lchanadi.
Ikkinchidan,   so’rovga   tayyorgarligi   turlicha   bo’lgan   ko’p   sonli   intervyu
oluvchilarni jalb qilish ishonchsiz, shubhali ma’lumotlar olinishiga olib kelgan va
bu ham turli xil texnik vositalarni qo’llashni taqozo etgan.
Telefon — shunday texnik vositalarning birinchilaridan biri bo’lib, sosiologik
tadqiqotlarda   juda   qisqa   vaqtda   keng   tarqaldi.   Telefon   tarmoqlari   yaxshi
rivojlangan   mintaqalarda   u   gazeta,   jurnal,   radio   va   televideniye   o’quvchilari   va
tinglovchilarining berilayotgan materiallar va ko’rsatuvlarga nisbatan, shuningdek
turli xil voqyea-hodisalarga nisbatan fikrlarini olishning asosiy vositasiga aylandi.
Istiqbolda   telefon   orqali   intervyuda   faksimil   apparatlardan   foydalaniladi.   Bunday apparatlardan   foydalanish   anketalash   afzalliklarini   telefon   orqali   intervyu
afzalliklari bilan birlashtirish imkonini beradi.
Avtomatik   javob   va   axborot   yig’uvchilar,   shuningdek   selektor   va   faksimil
moslamalar bilan jihozlangan telefonlar jamoaviy so’zlashuvlarni tashkil qilishga,
respondent bo’lmaganda xabarlarni ko’chirish va saqlashga, materiallar nusxalarini
olishga   yordam   beradi.   Bundan   tashqari,   telefon   moslamasining   maxsus   bloki
abonent   chaqiruvini   liniya   vaqtinchalik   band   bo’lganda   avtomatik   tarzda
o’tkazishni ta’minlaydi.
Telefon   orqali   intervyudan   farqli   o’laroq,   televizion   intervyuda   savollar   va
savolnomaning   uzunligi   muammosi,   muqobilliklar   sonini   cheklash   muammosi
yo’qoladi.   Biroq   teleintervyuda   teskari   aloqa   yo’q.   Bu   “o’rtacha   statistik
respondent”ga   yo’nalish   olish,   teleauditoriya   ishonchini   va   xayrixohligini   qo’lga
kiritish uchun muayyan usullardan foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi. Tez va
ishonchli   teskari   aloqa   prototipi   sifatida   mamlakatimizdagi   bir   qator   yirik
korxonalardagi ishlab chiqarish majlislari – planerkalarni aytish mumkin.
1980- yillarda so’rovlardan boshqa texnik vositalardan foydalanildi. Xususan,
sosiologlar mikrokalkulyatorlar, ko’chma kassetali  magnitofonlar va diktofonlarni
keng   qo’llay   boshladilar,   axborotni   to’plash   va   tahlil   qilish   bosqichlarini
birlashtirdilar   va   shu   tariqa   tadqiqot   vaqti   va   qismatini   kamaytirdilar.   Masalan,
dasturlanadigan mikrokalkulyatorlar  (mikro-EHM)dan foydalanish  ayrim  hollarda
stasionar   EHMlarni   qo’llashga   qaraganda   ancha   samarali   va   tejamkor   bo’lib
chiqdi.
Anketa   so’rovini   va   boshqa   so’rov   turlarini   avtomatlashtirishga   birinchi
urinish   70-yillarning   ikkinchi   yarmiga   to’g’ri   keladi.   Aynan   shu   paytda   xorijda,
ko’proq AQShda,   CAP/  (Computer-Assisted Personal  Interviewing   — kompyuter
yordamida   shaxsiy   inter vyu),   CAT/   (Computer   Assisted   Telephone   /nterview   —
kompyuter   yordamida   telefon   orqali   intervyu),   CSAQ   (Computer   Assisted   Self-
Administered   Questionnaire   —   respondent   tomonidan   kompyuterda   anketani
to’ldirish),   CASI/P   (Computer   Assisted   Self-Administered   /nterview   With   an
/nterviewer   Present   —   intervyu   oluvchi   ishtirokida   kompyuter   yordamidagi intervyu)   metodikalari   ishlab   chiqila   boshlandi.   An’anaviy   intervyu   esa   PAP/
(Paper   and   Pen   /nterview)   ya’ni   bu   «qog’oz   va   qalam   yordamidagi   intervyu» 43
nomini   oldi..   Bu   shuni   anglatadiki,   dastlabki   axborotni   yig’ish   uchun   bizga   85
ming kishi/kun kerak bo’ladi. Aytaylik, biz 10 kun ichida so’rovni tugatib, har bir
intervyu   uchun   20   so’mdan   to’lamoqchimiz.   Shunday   qilib,   biz   8,5   mingta
yordamchini jalb qilishimiz va ularga hammasi bo’lib 340 ming so’m to’lashimiz
kerak.   Olingan   axborot   qanchalik   muhim   bo’lmasin,   baribir   u   bunday   katta
xarajatlarni qoplay olmaydi, boshqa sarf-xarajatlarni aytmasa ham bo’ladi. Bunday
xarajatlarga,   masalan,   tadbirkor   sosiologlarga   o’zning   2-3   yuzta   ishchisini
chalg’itishga   ruxsat   berib,   natijada   boy   bergan   pul   mablag’lari   kiradi,   chunki   bu
vaqtda ishchilar yaratishi mumkin bo’lgan moddiy mahsulot miqdorida biznesmen
o’zining foydasidan muayyan qismini yo’qotadi.
Mana shuning uchun dechrli doim 2
  sosiolog lar so’rovning tanlanma usulidan
foydalanadilar.   Tanlanma   usulning   mohiyati   shundan   iboratki,   qat’iy   ishlab
chiqilgan qoidalar asosida odamlarning umumiy sonidan (butun mamlakat aholisi,
shahar aholisi, bitta shahar yoki tuman aholisi, barcha yoshlar va h.k.) cheklangan
sondagi   odamlar   ajratib   olinadi,   ular   obyekt   strukturasining   o’ziga   xos   modelini
yaratishi   kerak.   Sotsiologlar   tilida   bu   guruh   odamlar   (uni   aniqlash   prosedurasi
ham) tanlanma deb ataladi .
Tanlanma   yig’indisi   to’g’ri   tuzish   –   sosiologik   tadqiqotning   yuqori   aniqligi
asosi   va   kafolatidir.   Barcha   umumiy   yig’indini,   masalan,   hamma   giyohvandlarni
so’rovdan o’tkazishning imkoni yo’q, bundan iqtisodiy naf ham yo’q, ilmiy nuqtai
nazardan esa befoyda. Olimlar allaqachn shuni aniqlaganki, anketalarning ma’lum
bir   sonidan   keyin   natijalar   takrorlanishni   boshlaydi,   muayyan   bir   qonuniyatga
bo’ysunadi.   Minimal   chegara   odatda   20ta   anketa   hisoblanadi   (sosiologlar   shartli
ravishda   50   raqamini   (tanlanma   yig’indining   olimga   umumiy   tendensiyalarni
aniqlash   imkonini   beradigan   qandaydir   kafolatlangan   hajmi)ni   tanlaydi.     Agar
respndentlar   bir-biridan   juda   ham   kuchli   farq   qilmasalar,   aytaylik,   bitta   kasbga,
guruhga,  jinsga,  yoshga  tegishli  bo’lsalar, tez orada ularning javoblarida umumiy
tendensiyalar   ko’zga   tashlana   boshlaydi.   Masalan,   30   yoshliklar   asosan   oilali bo’ladi,   ish   joyini   kamdan-kam   o’zgartiradilar   va   20   yoshlilarga   qaraganda
ko’proq xizmatda o’sishga harakat qiladilar.
Boshqa   qiziqarli   holatlar   ham   aniqlandi.   Aytaylik,   savollar   qanchalik   sodda
bo’lsa,   takrorlanishlar   shunchalik   tez   namoyon   bo’ladi.   Anketa   so’rovsida
muqobilliklar   qanchalik   kam   bo’lsa,   umumiy   tendensiyalar   shunchalik   tez
boshlanadi. Shunday qilib, oddiy holatda, agar  sosiolog  barcha uslubiy talablarga
rioya   etgan   holda   fundamental   tadqiqot   olib   borishni   maqsad   qilib   qo’ymagan
bo’lsa,   u   nisbatan   osonroq   anketa   tuzishi,   bir   jinsli   tanlanma   olishi   va   kamroq
sondagi respondentlarni jalb qilishi maqsadga muvofiq. Odatda bunday tadqiqotlar
razvedka uchun, zondajli deb ataladi.
Albatta   bular   keng   ko’lamli   tadqiqotlar,   geterogen   tanlanma,   turli   jinsli   va
katta   hajmli   anketalar   uchun   yoki   gipotezani   ilmiy   qonuniyatning   barcha
talablariga   javob   beradigan   tarzda   empirik   tasdiqlash   uchun   yetarli   emas.   sinov
tajribasi  uchun esa bu kifoya qiladi, chunki  unda sosiolog muammoni qo’yishdan
nariga o’tmaydi.
3. Anketa metodining yutuq va kamchiliklari.
Anketa   fransuzchadan   tarjima   qilinganda   tekshirish   (raseledovaniya)
demakdir.   Anketa   metodi   ommaviy   faktlar,   umumiy   sabablar,   tendensiya   va
voqealarning   belgilari   kabilarni   bilishga   mo'ljallanadi.   Anketa   tekshirilayotgan
guruh javob 
Anketani tuzishda quyidagi umumiy rioya qilish zarur.
1)   Avval   o'rganilayotgan   prosess,   voqea   va   hodisaning   strukturasini   aniq
predmetini, tadqiqot  ob'ektini  aniqlash  va ular asosida  ma'lum  bir holda kuzatish,
boshqasida maxsus tashkil  qilingan vaziyat, uchinchisidan anketa ma'lumotlari va
boshqalar  orkali   ulchsh  lozim  bo'lgan   kriteriyalarni  tanlash.  Anketalar  yordamida
quyidagi aniq son ma'lumotlarni olish mumkin.
a)   belgilar   buyicha   o'quvchilar   mikdori:   jinsi,   yoshi,   ma'lumoti,   oilasining
ta'minoti,   demagrafik   ma'lumotlar   kishloklik   yoki   shaharlik   o'quvchi,   kishlokda to'g'ilgan   joyi   va   yashaydi,   kishlokda   to'g'ilgan   va   shaharda   yashaydi,   shaharda
to'g'ilgan va yashaydi va shunga o'xshashlar.
b) faoliyatining turli xillari davomida sarf qilingan vakt ish vakti, bush vakt
va boshqalar.
v) u yoki bu faoliyatning harakteri va mazmuni. Masalan: uyin soni ma'lum
yoshdagi   turi,   o'z   ma'lumotini   oshirishga   o'quvchilar   informasiyasini   qaysi
manbalardan   foydalandi,   o'quvchi   ularga   kanchalik   vakt   sarfladi,   ya'ni   telivizor
kurish, gazeta o'qish, teatrga borish va boshqalarga.
g) jixoz, predmet, vaziyat, sharoit, vazifa umuman nima o'quvchi ota - onasi
hayoti obrazini harakterlasa shular haqida: 
d)   bolaning   oilasidagi,   sinf   jamoaidagi   urni,   bolalarning   bir-birlari   bilan
kattalar bilan munosabatlari.
e)   anketalar   jamoatchilik   fikrini,   tipik   muloxaza   va   boshqa   tadqiqot
metodlari bilan bog'langan holda kullanishi talab qilinadi.
2.   Anketani   tuzishda   uning   mazmunini   o'rganilayotgan   prosess   yoki
hodisaning strukturasi bilan mos kelishi talab etilishi e'tiborga olish lozim. Buning
uchun   anketa   so'roqlaridan   olinadigan   asosiy   informasiyani   oldindan   aniqlash
mumkin.   Anketadagi   savollar   shunday   tuzilishi   kerakki,   javoblar   tadqiqot
predmetining bosh programma-siga mos, maksimal ishonchli ma'lumotlar bersin.
Anketadagi   savollarda   bosh   savolga   javobnng   ob'ektivligini   tekshiradigan
savollarning bo'lishi ham nazarda to'tishi lozim.
Masalan:   “   Sening   matematikaga   munosabating   qanday?”   degan   savol   “O'z
sevgan   predmetingni   ayt?”,   “   Sening   sevgan   o'qituvching?”,   “   Sening   sevgan
mashg'uloting?” kabi savollar bilan tekshiriladi.
Anketa   savollariga  javoblar   prognozining   tuzish   nima  uchun   shunday   sonli
natijalar   kutilishini   tushuntirish   maqsadga   muvofiq.   Bu   anketa   natijasida   olingan
materiallarni tushuntirishda muhim ahamiyatli bo'ladi.
Nihoyat   informasiya   tuplash   metodikasini   ishlab   chiqish   kerak,   qachon
qanday   sharoitda   anketa   so'roqlari   utkaziladi   va   ma'lumotlarni   qanday
aniqlashtirish kerak va boshqalar. 3. Boshlang'ich to'zilgan savolni ishchi darajasiga keltirish.
                      a)   shunday   qilish   kerakki,   savolga   javoblar   matematik   statistik   va
sosiometrik yordamida matematik natijalar chiqarishga imkon bersin.
b) gaplar shunday tuzilishi kervkki, unda so'ralayotgan shaxsga xurmat, aks
etsin, savol ob'ektiv javobga chorlasin: “ Sizdan iltimos klamiz”, “ Marhamat qilib
ayting”, “ sizni fikringiz qanday”, “javoblaringiz uchun cheksiz minnatdorman” va
boshqalar.
v)  boshlangich  to'zilgan savolni  hamma uchun tushunarli  holga keltirgunga
kadar qayta ishlash zarur.
g) anketa savollari izchil bo'lishi va unda ma'lum ichki logika bo'lishi lozim:
d)   savollarni   aniq   tuzish   kerak   va   unda   kat'iylikka   yo'l   kuymaslik   kerak.
Masalan, “4” va “5” baholarda ukiy olasanmi? yoki “ yaxshirok ukiy olasanmi?”, “
o'zingni bosh kamchiligingni ayt?” kabi savollarning kuyilishi maqsadga muvofiq
emas.
4.   Kuchma   doskaga   anketani   oldindan   yozib   kuyish   kerak,   yoki   uni
bosmadan chiqarib ko'paytirish kerak.
Respondent   savolga   dikkat   bilan   uylab   javob   qaytarish   lozim.   Lekin   shuni
unitmaslik   kerakki,   uzoq   o'ylash   ham   foyda   keltirmayadi.   Chunki   respodet
tadqiqot-chining   maqsadini   anglab   oladi   va   shunga   mos   javob   qaytaradi.   Ba'zan
esa javob qaytarishga kiynalib, tengdoshining javobini qaytaradi.
5. Anketa ma'lum bir yoshdagi va sostavdagi respondentining katta guruhsi
jalb   qilinsa,   ishonchli   javob   olinadi.   lekin   bu   anketaga   ming   yoki   undan   ko'prok
javob   olish   degan   gap   emas.   Ba'zan   ma'lum   tipik   guruhdagi   o'quvchilar   tanlanib
ular   orasida   suxbat   bilan   anketa   o'tkazish   mumkin.   Bu   anketa   ob'ekti   asosli
javoblar olishga yordam beradi.
Anketa   savollari   respondenti   qiziqtiradigan,   uni   to'g'ri   javob   berishga
undaydigan qilib tuzilishi kerak. Buning uchun esa avval umumiy savollar berilib,
respondentini  tekshirilayotganda  muammo  doirasiga  olib  kirishi,  uni   qiziqtirishga
va u bilan kontrakt o'rnatishga yordam berishi lozim. Maxsus savollar asta - sekin
suxbat-ning o'rtarogida berilishi   ancha  kulaydir.  Savollarning  boy, ularning  yoshi haqida,   ish   joyi   haqidagi   ma'lumotlarning   so'ralishi   va   shunga   o'xshash
savollarning   berilishi   ham   maqsadga   muvofiq   emas,   bunday   savollar   anketaning
oxirida   so'ralishi,   yoki   bunday   ma'lumlarini   boshqa   yo'llar   bilan   aniqlanishi
ma'kuldir.
Agar   respondet   to'g'ri   javob   aytishdan   tortinsa,   unda   yashirin   anketalar
to'ziladi.   Bunday   anketalarda   o'quvchilar   javob   qaytarib,   o'z   familyalarini
aytmaydilar. Bunday anketalar ancha to'g'ri javoblar olishga yordam beradi.
7.   Anketani   o'tkazishdan   oldin,   savollarga   izog'   berish   va   qanday   holda
javob   to'g'ri,   qanday   holda   noto'g'ri   bo'lishini   tushuntirish   kerak.   Ba'zan   esa,
javoblarning   bir   necha   variantlarini   berish   kerakki,   o'quvchi   undan   o'z
muloxazamiga to'g'ri keladigan javobni tanlasin.
Pedagogik   tadqiqotda   anketa   bilan   birga   kullaniladigan   sosiologik
metodlardan   biri   suxbatdir.   Pedagogik   faoliyatning   o'rganishda   suxbat   metodidan
o'zok   yillardan   beri   foydalaniladi.   1899   yildayoq   pedagogik   faoliyatning   motivi
to'g'risida 6000 o'qituvchi fikrini analiz qilish asosida tadqiqot bosilib chiqqan edi.
1911   yilda   14   mingdan   ortikrok   o'qituvchidan   olingan   anketa   so'roqlari   statistik
tuldirildi.( anketa ma'lumotlari suxbatlar yordamida tekshiriladi.)
Standartlashtirilgan   eski   rasmiylashtirilgan   suxbatlar   bo'ladi.   Pedagogik
tadqiqotchilar   standartlash-tirilgan   suxbatdan   boshlanadi.Chunki   u   hayotiy
vaziyatda, respondentga uning o'rganilayotganligini bildirmasdan utkaziladi. Lekin
bunday   suxbatning     yakunlarini   yozib   borish   biroz   kiyinchilik   tugdiradi,   ba'zan
suxbat   davomida   tadqiqot   maqsadga   mos   bulmagan   informasiyalar   ham   bulib
turadi.(   ba'zan   suxbatdosh   boshqa   narsaga   qiziqib   suxbat   predmetidan   tashqari
chikib ketadi) Bunday suxbatlarni yozib borish kiyinligidan, uni yoddan yozishga
to'g'ri   keladi,   bunday   suxbatlarni   tadqiqotchi   savolning   harakterini   o'zgartirishi,
vaziyatga   moslab   olib   borishi   ham   mumkin.   Ba'zan   shunday   suxbatlar   ham
utkaziladiki,   uning   uchun   umuman   savollar   tayyorlanmaydi.Bunday   suxbatlar
shaxsning   pozisiyasi,   uning   xulqini   chukkurok   o'rganishga   yordam   beradi.
Tadqiqotchi   shunday   savollar   beradiki,   respondent   o'z   halki   savoblarini   erkin
bayon kila boshlaydi. Standartlashtirilgan   suxbatda   ma'lum   izchillikda   aniq   to'zilib   chiqilgan
bo'ladi.   Bunday   suxbatdlar   natijasida   ro'yxatda   olish,   uni   analiz   qilish   va
taqqoslash ancha engil bo'ladi.
Bu metodning kamchiliklariga vaziyatga chukur kirib borish imkoniyatning
yo'qligi,   to'g'ri   ahamiyatli   tushunchalar-ni   hisobga   olish   imkoniyatini
ta'minlaydigan xususiyat-larning yo'qligi va shu kabilar kiradi.
Suxbatning   bu   turdagi   kamchiliklar   yarim   standartlashtirilgan   suxbat
metodidan   foydalanish   hisobiga   yo'qotiladi.   Bu   metod   o'z   ichiga   aniq   standart-
lashtiralgan   savollarni   olish   bilan   birga   tadqiqotchi   erkn   foydalanishi   va   suxbat
davomida o'zgartirish mumkin bo'lgan savollarni ham oladi.
Yarim   standartlashtirilgan   va   standartlashtirilmagan   suxbatlar   muammo
etarli   o'rganilgan   va   xatto   javoblarni   ham   bilish   mumkin   bo'lgan   davrda
kullaniladi.   Standartlashtirilmagan   suxbatlar   esa   muammo   hali   o'rganilmagan   u
bilan tanishish endi boshlangan davrda kullaniladi.
Test   -   inglizcha   so'zdan   olingan   bulib,   har   qanday   sinov   va   hal   qanday
tekshirish   demakdir.   “   Test”   termini   bunday   keng   ma'noda   texnika   biologiya,
medisina va ximiyada kullaniladi. Psixolo - pedagogik tadqiqotlarda test deb guruh
va   individual   xususiyatlarni   kiyosiy   o'rganishda   kullaniladigan,   ma'lum   vaktga
muljallangan har - xil kiyinchiliklardagi topshiriklarga aytiladi.
30-yillarda   eksperemental   psihologiya   va   pedagogi-kada,   pedalogiyada
bolani   o'rganishning   asosiy   metodi   hisoblangan   testlardan   foydalanish   keng
tarkaladi.   Bu   davrda   mamlakatimizda   testlar   va   ularning   kullanilishi   haqida   ko'p
tirajli   kitoblar   chika   boshladi.   Lekn   shu   davrdayok,   bir   kancha   olimlar   testlarni
qo'llash   ko'p   noaniq-liklarni   keltirib   chiqarishni,   u   metod   xavfli   ekanligini
ta'kidlagan edilar. Bunda ular:
birinchidan, hamma vakt ham o'quvchining kobiliyat-laridan darak beruvchi
ma'lumotlarni   bolaning   rivoj-lanishi   va   tarbiyalanganlik   darajasini   harakterlovchi
ma'lumotlardan farq qilib bulmaydi;
ikkinchidan,   bir   ma'lumotnng   o'zi   shaxsning   har   -   xil   sifatlarini   bildiradi,
bolaning bir kancha motivlarning paydo bo'lishi natijasi bo'ladi. uchinchidan, testlar asosida juda kengumumlashmalar va xulosalar chiqarish
mumkin emas degan xulosadan kelib chiqqan edilar.
Ma'lum   sharoitda   testlar   o'quvchilarni   o'rganishga   yaxshi   yordam   berishi
mumkin.   Uning   asosiy   maqsadi   -   xotira,   dikkat,   tafakkur,bilimga   qiziqishlar,
umuman   turli   intelektual   faoliyatlardagi   o'zgarishlarni   rivojlanish   darajasida
aniqlashdir. Testlar yordamida hayotiy tajriba-lar, qarashlar, fikrlar, xatti- harakat
sabblari   kabilarni,   faqat   boshqa   tadqiqot   metodlari   bilan   birga   qo'llash   orkali
aniqlash mumkin.
Boshqa   metodlar   kabi   test   metodining   ham     bir   kancha   afzalliklari   bor.
Testning   foydali   tomonlaridan   biri   shuki,   undagi   topshiriklar   chuqur   uylangan   va
eksperemental sinalib aniq bayon qilingan bo'ladi. Shuningdek, testlar qisqa vaktda
tadqiqotchini   qiziqtirayotgan   o'quvchining   ba'zi   belgilari   -   bilimi,   tushunchasi   va
boshqalar haqida yaxlit shakldaga ma'lumotlarni ochib beradi.
Testning   yanada   muhimrok   afzalligi   uning   ob'ektivligidir.   Ma'lumki,   ba'zan
o'qituvchilar   o'quvchining   ishlari   va   uning   o'zini   baholashda   o'zlari   xoxlamagan
holda sub'ektivizmga yo'l kuyadilar. Buni ular ko'pincha o'z o'quvchilarining yaxshi
bilishlari, ularni ko'p yillardan buyon kuzatishlari, ularning ishonishicha ishda yuz
bergan   ba'zi   noaniqliklar   tasodifiy   ekanligi   ta'kidlashlarda   kurish   mumkin.
Xakkatda ham shunday: yaxshi o'qituvchining baxosi o'quvchining alohida ishining
baxosiga   karaganda   aniqrok   harakterlanadi.   Lekin   har   -   xil   maktablardagi   katta
xajmdagi sinflarni o'rganishda “ sub'ektivlikka” asoslanilsa haqiqiy manzara bo'zib
berilishi   mumkin.   Har   -   xil   sinflarda   ma'lum   sharoitda   kattik     nazorat   ostida
utkazilgan   testlar   natijasida   olingan   informasiyalar   ancha   ishonchli   va   ob'ektiv
bo'ladi.   O'rganishning   shunday   sohalari   ham   borki,   ularda   testlar   kulay   va   aynan
mos metod hisoblanadi.
To'g'ri va moxirona kullanlgan testlar shunday ma'lumotlar olish mumkinki,
tadqiqotchi bunday ma'lumotlarn boshqa xech qanday yo'l bilan ola olmaydi.
Testlarning bir kator turlari bir necha yillar davomida sinovdan utdi. Bo'lar: 1.   Rossolima   metodi:   turli   kesilgan   kub,   uchburchak,   noto'g'ri   figuralar   va
boshqalarni   birlashtirib   biror   narsa   yasash   Bu   metod   bolalarning   konstruktorlik
kobilyatlarini   aniqlashga   yordarm   beradi,   bolaning   fantaziyasi   va   mustaqilligi
haqida tasavvur beradi.
B. Zbbingauz va Geylbronnerning tuldirish metodi: bunda bolalar qoldirilgan
harf, so'zlarni tuldirishlari, rasmni kolgan qismini tugallashlari lozim va boshqalar.
She'rlarda   ba'zan   bir   -   ikkita   so'z   yoki   katorda   bir   so'z   qoldiriladi,   ba'zan   esa   bir
kator   ham   qoldirilishi   mumkin.   Bolaga   oldin   kiyin   topshirik   beriladi.   Masalan,
bolaga   oldin   ko'p   joyni   tuldirish   lozim   bo'lgan   rasmni   tuldirish   topshiriladi.   Agar
bolaning tuldirishi originaldan ancha farq kilsa, unda bolaga boshqa topshirik, ya'ni
ozrok   joyni   tuldirish   lozimbo'lgan   rasm   beriladi.   Bunday   topshiriklar   bolaning
kurgazmali   tasavvuri   darajasini   aniqlashga   va   o'ziga   tanqidiy   qarashi   darajasini
aniqlashga yordam beradi.Biror sifatni o'rganishga kullanilgan metoddan ( masalan,
dikkat)   shaxsning   boshqa   sifatlarini   ham   o'rganishga   qo'llash   (masalan,   iroda)
metodi. Bu priyomdan testlarning asoschisi A. Bine foydalangan edi va u kobilyat
ba'zan dikkat, xotira, iroda va boshqalar harakterida ham kurinadi degan edi. Xulosa
Shunday   qilib,   sosiologlar   yoppasiga   o’tkaziladigan   tadqiqotlardan   voz
kechib, tanlanma asosida ishlashga o’tdilar, bu esa nafaqat moliyaviy, balki ilmiy
jihatdan   ham   manfaatlidir.   Shuning   uchun   biz   o’z-o’zimizga   shunday   deyishimiz
lozim:   butun   populyasiya   (yoki   umumiy   yig’indi)   haqida   axborotni   to’plashning
nafaqat   imkoni   yo’q,   balki   ko’pincha   keragi   ham   yo’q.   Ammo   agar   sosiologdan
butun bir toifa kishilar, masalan, eruvchan kofe iste’molchilari haqida aniq axborot
talab   etilsa,   ayniqsa   marketing   tadqiqotlarida,   buyurtmachi   o’z   cho’ntagidan   (o’z
foydasining   bir   qismidan   voz   kechib)   kattagina   mablag’   ajratadi   va   bu   holda
tadqiqot   olib   boruvchi   firma   o’z   obro’sini   himoya   qilishi   zarur.   Bunda   tanlanma
so’rov   o’tkazishda   uning   barcha   qonun-qoidalariga   rioya   qilish,   javobgarlikni
chuqur xis etish, barcha uslubiy qoidalarga amal qilish darkor.
Tarix   shundan   dalolat   beradiki,   tasodifiy   tanlanma   tamoyillari   buzilib,
qandaydir   respondentlar   guruhiga   afzallik   berilsa   –   ixtiyoriy   yoki   ixtiyorsiz,
olimga bog’liq bo’lmagan tarzda qasddan yoki qasdsiz bo’lmasin – vaziyat ancha
tang   bo’ladi.   Aralash   yoki   noto’g’ri   tuzilgan   tanlanmani   qo’llashga   misol
tariqasida   mutaxassislar   1930   yilda   “Literari   Daydjest”   jurnali   bilan   bo’lgan
voqyeani ko’rsatadilar. Jurnal saylovlar natijalari xususida ijtimoiy fikrni o’rganish
maqsadida   so’rov   tashkil   qiladi.   Boshqa   jurnallar   kabi,   bu   jurnal   ham     asosan
boshqalarning materiallari, gazeta va jurnallarda berilgan maqolalarni qayta bosib
chiqish   hisobiga   kun   ko’rardi.   1920   yildan   boshlab   jurnal   o’z   so’rovlarini   keng
yo’lga qo’ydi. Foydalanigan dabiyotlar:
1.  Research methodology, methods and techniques. C. R. Cothari. India. 2004.
Page 299
2. Mavlonova   R.A.,   To’rayev   O.T.,   Xoliqberdiyev   K.M.   -   «Pedagogika»   T.,
«O’qituvchi » - 2008 yil.
3. Bo’ri     Ziyomuhedov.   “Ilm   hikmati.”   Abu   Ali   Ibn   Sino   nomidagi   tibbiyot
nashriyoti. 1999 y
4. O’zbekiston   Respublikasining   “Ta’lim   to’g’risida”   gi   Qonuni   (Barkamol
avlod   –   O’zbekiston   taraqqiyotining   poydevori).   1997   yil.   T.,“Sharq”
nashriyoti.
5. R.Mavlonova,   N.Vohidova,   N.Raxmonqulova.   «Pedagogika   nazariyasi   va
tarixi». Darslik. Fan va texnologiyalar, T., 2010 yil.
6. w.w.w. /pedagog/ uz..
7. w.w.w. /ziyo.net/

Mavzu:Anketa orqali s o’ rov o’tkazish. Mundarija I I.Kirish ....................................................................................................................... 2 II.Asosiy qism. ........................................................................................................... 3 1.So’rovlar o’kazish.Anketa orqali so’rov. ............................................................... 3 2.Anketa orqali so’rov o’tkazish usullar ................................................................... 8 3.Anketa metodining yutuq va kamchiliklari. ......................................................... 16 Xulosa ...................................................................................................................... 23 Foydalanigan dabiyotlar: ......................................................................................... 24

I.Kirish So’zning keng ma’nosida so’rov intervyuni ham, anketa o’tkazishni ham qamrab oladi. Tor ma’noda esa “so’rov” atamasi faqat og’zaki suhbatni nazarda tutadi, shuning uchun intervyuning bir nechta turi bilan cheklanadi. Anketa o’tkazish bunga kirmaydi. Metodika sohasida tanilgan mutaxassislar Dj. Mangeym va R. Rich so’rovning to’rtta asosiy turini taklif qiladilar: yuzma-yuz intervyu olish, telefon orqali intervyu olish, posta orqali anketa o’tkazish va matbuot orqali so’rov o’tkazish. Bu tasnifnomada so’rov keng talqin etilgani yaqqol ko’rinib turibdi, ammo u yakuniga yetkazilmagan: an’anaviy (yakka tartibli va guruhli) anketa o’tkazish tilga olinmagan. Anketa o’tkazish o’z holicha mavjud, ammo u faqat pochta va matbuot orqali anketa shaklida xolos. Shunday qilib, qo’llanilayotgan atamalar xususida mutaxassislar yakdil fikrga ega emas. Umuman olganda ham, so’zning keng ma’nosidagi talqin to’g’rimi yo tor ma’nosidagisimi, aytish qiyin. Har ikkalasini to’g’ri deyish mumkin. Mualliflar ham keng, ham tor ma’nodagi talqinga asoslanishga haqli, ammo ular ulardan birini tanladilarmi, oxirigacha unga sodiq qolishlari kerak. Har ikkala talqin ham bir vaqtda qo’llanilganda chalkashliklar yuzaga keladi. Mazkur ish mualliflari esa so’rovni keng ma’noda talqin etadilar.

II.Asosiy qism. 1.So’rovlar o’kazish.Anketa orqali so’rov. So’rov – bu axborot olishning sosiologik usuli bo’lib, unda odamlarga (ularni respontdentlar deb atashadi) yozma yoki og’zaki shaklda maxsus tanlab olingan savollar beriladi va ularga javob berish so’raladi. Bu sosiologik tadqiqotning eng keng tarqalgan turi va shu bilan bir vaqtda, dastlabki axborotni to’plashning eng keng qo’llaniladigan usulidir. Ommaviy yoki xususiy tafakkur, ijtimoiy yoki shaxslararo munosabatlarning mazmun xususiyatlari o’rganilayotgan so’rovdan yaxshisi yo’q, chunki ularni bevosita kuzatish juda qiyin yoki hattoki umuman mumkin emas. Tashqi kuzatuvdan yashiringan voqyea-hodisalar faqat muayyan sharoitlar va vaziyatlardagina o’zini namoyon qilishlari mumkin. Sotsiolog mutaxassis o’rganilayotgan muammo bo’yicha hujjatli manbalar yetarli bo’lmasa yoki bunday manbalar umuman yo’q bo’lsa surovnoma usullariga murojaat etadi. Ommaviy yoki xususiy tafakkur, ijtimoiy yoki shaxslararo munosabatlarning mazmun xususiyatlari o’rganilayotgan so’rovdan yaxshisi yo’q, chunki ularni bevosita kuzatish juda qiyin yoki hattoki umuman buning ilojisi yo’q. Ijtimoiy fikrning ahvoli va uning rivojlanish darajasi, ijtimoiy-psixologik omillar o’rganilayotganda ham so’rovdan foydalaniladi. Uning yordamida insonlarning ehtiyojlari, qiziqishlari, motivasiyasi, kayfiyatlari, qadriyatlari, e’tiqodi haqida axborot olinadi. Bunday vaziyatlarda so’rovvoma usuli empirik ma’lumotlarni olishning asosiy, ba’zida esa yagona usuli bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, so’rovdan nazorat (qo’shimcha) usuli sifatida, ya’ni o’rganilayotgan tavsiflarni bayon qilish va tahlil etish, shuningdek boshqa usullar orqali olingan ma’lumotlarni tekshirib ko’rish uchun foydalniladi. So’rovda, birinchidan, tadqiqotchilar ma’lum bir sondagi kishilarga yozma yoki og’zaki savollar bilan murojaat qiladilar, bu savollar mazmuni ular o’rganayotgan muammoga empirik indikatorlar darajasida bog’liq. Ikkinchidan, olingan javoblar qayd etiladi va ularga statistik ishlov beriladi hamda nazariy talqin etiladi . 1 1 Research methodology, methods and techniques. C. R. Cothari. India. 2004. Page 299

So’rovning maqsadi – odamlarga savollar berib, ularning fikri, maqsadlari va xulq-atvorini to’g’ri baholashdan iborat. Bu yerda tadqiqot muvaffaqiyati uning sifatiga ham bog’liq: yaxshi savollar (to’g’ri tuzilgan savollar) to’g’ri javoblarga sabab bo’ladi; noto’g’ri qo’yilgan savollar esa odamni chalg’itadi va natijada ishonchli bo’lmagan, noaniq javoblarni keltirib chiqaradi. Tadqiqotchi savollarni tuzayotganda ikki xil ma’noli, noaniq yoki yo’naltiruvchi ta’riflarga yo’l qo’ymasligi va munosib lug’atdan foydalanishi darkor. Bu yerda e’tiborsizlik savollarning nomukammal tuzilishiga olib keladi, bu esa respondentlarning g’ashiga tegishi yoki ular uchun haqoratli bo’lishi, oxir-oqibat esa tadqiqotchini mazmun-mantiqdan yiroq ma’lumotlarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, so’rov – bu axborotni tizimli tarzda yig’ish bo’lib, u respondentlarga beriladigan savollarga javoblardan olinadi. Biz “tizimli” so’zini ajratib ko’rsatganimiz bejiz emas: bu shuni anglatadiki, natijalarni imkon boricha faqatgina aniq emas, balki namunaviy shaklga keltirish, shuningedk ularning ishonchliligi va to’g’riligiga statistik baho berishni ularga nisbatan qo’llash imkoniga ega bo’lish uchun barcha choralar ko’riladi. So’rov tadqiqotchilarning o’zining universalligi tufayli hamda axborot olishning asosiy kanali sifatida jalb qiladi. Chunki faqat so’rov orqali odamlarning ichki intilishlari haqidagi bilimlarning eng asosiy manbasi bo’lishi mumkin (ammo, ishonchli va to’g’ri ma’lumotlarni olish uchun yaxshilab harakat qilish kerak). Faqat so’rov ko’zga ko’rinmas narsani (fikrlarimiz, niyatlarimiz, fikrlarimizni) ko’zga ko’rinarli holga keltiradi (bayonnomalar, foizli taqsimotlar va nihoyat, ilmiy dalillar bilan). Sotsiolog mutaxassis uchun zarur axborotning katta qismi insonning subyektiv holatida yashiringan bo’lib, bu uning xulq-atvorida aks etmasligi mumkin, ushning uchun ham ilmiy kuzatuv predmeti bo’la olmaydi. Odamlar juda ko’p narsani begonalardan yashiradilar, o’z fikrlarini hatto qog’ozga ham ishonmaydilar. Demak, hujjatlarni, aytaylik, memuarlar yoki kundaliklarni tahlil qilish ancha ko’p cheklovlarga ega, chunki muallif ko’pincha o’z

shaxsiyatiga tegishli holatlarni xaspo’shlab ko’rsatishga moyil bo’ladi. Tajribaning cheklovlari esa bundan ham ko’p. Shunday ekan, sosiologlar uchun axborot olishning asosiy kanali – so’rov bo’lib qoladi. 2 So’rovning universalligi ikki o’lchamga ega – tematik kenglik va aholining ijtimoiy qatlamlarini qamrab olish kengligi. Hamma narsa haqida, hattoki o’zi ko’rmagan, eshitmagan, o’qimagan, to’qib ham chiqara olmaydigan narsalar haqida so’rash mumkin. Ko’pincha olim o’z savollarini shunday ayyorlik bilan, uzoqni ko’zlab tuzadiki, respondentning o’zi tan olishga xaddi sig’magan, hyech qachon o’ylab ko’rmagan va o’zidan ham so’ramagan narsalarni bilib oladi. Buning ustiga, u o’zini aqlli qilib ko’rsatishga va fikrini to’g’ri ta’riflashga harakat qilmasa ham bo’ladi, savollar unga oddiy bir o’yinga o’xshaydi: har bir savolga qiynalmasdan javob berib respondent oxirida yaxlit manzarani – o’z avtoportretini hosil qiladi. Uning muallifi kim – axborot berayotgan respondentmi yoki savollarni mohirlik bilan tuza olgan olimmi, bu jumbog’ligicha qolmoqda. Ba’zi bir ehtiyotkorlikka rioya qilinganda bu usul yordamida oldingi yoki hozirgi voqyealar, faoliyat mahsulotlari, xullas, istalgan narsa haqida olinadigan axborot kuzatuv yoki hujjatlardan olinadigan axborotdan hyech qolishmaydi. Uning universalligi ham mana shundan iborat. So’rov sosiologga kerakli har qanday vaziyatni fikran modellashtirish va shu orqali uning fikri, niyatlari va motivlarining qanchalik barqarorligini aniqlash imkonini beradi. So’roqnomaning ishonchliligi mana shundan iborat: u olim qanday axborotni olmoqchi bo’lgan bo’lsa, o’sha axborotni jahon kon’yunkturasi o’zgarishlariga, so’rov o’tkazilgan joy va vaqtga bog’liq bo’lmagan shaklda olish imkoniyatini beradi (ya’ni boshqa olimlar tomonidan takrorlanishi mumkin). So’rov usulini qo’llash mahorati – bu yerda ham mutaxassislar fikrlari yakdil – shundan iboratki, aynan nima haqida, qanday qilib so’rash, qanday savolar berish va nihoyat, olingan javoblarning to’g’riligiga qanday qilib ishonch hosil qilish mumkinligidan iborat. Bir qancha boshqa shartlarni qo’shib (kimdan so’rash kerak, suhbatni qayerda o’tkazish lozim, ma’lumotlar qanday qilib ishlanadi va bu 2 Research methodology, methods and techniques. C. R. Cothari. India. 2004. Page 265