Mehnat shartnomasini ro’yxatdan o’tkazish
Mavzu Mehnat shartnomasini ro’yxatdan o’tkazish . Reja 1/Mexnat shartnomasini royxatdan otqazish tushunchasi. 2/Mexnat shartnomasini royxatdan otqazish tartibi. 3/Pirizdent Qarori 31.10.2019 yildagi Mexnat shartnomasini royxatdan otqazish xaqidagi. Mehnat shartnomalari endi qanday ro‘yxatdan o‘tkaziladi? O‘zbekiston “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (YaMMT) bilan ishlash mexanizmi Vazirlar Mahkamasining 5.12.2019 yildagi 971-son qarorida taqdim etilgan Norma’ning yozishicha, prezidentning 31.10.2019 yildagi PQ-4502-son qaroriga asosan 2020 yil 1 yanvardan boshlab yangi mehnat shartnomalarini, shuningdek amaldagilariga o‘zgartirish kiritish va tugatishni YaMMTda majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish joriy etiladi. Ishlayotgan xodimlarning mehnat shartnomalarini 2020 yil 1 sentyabrga qadar YaMMTda ro‘yxatdan o‘tkazish lozim. Bundan tashqari, 1.01.2020 yildan boshlab elektron mehnat daftarchasi joriy etiladi. U mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga ma'lumotlar kiritishda YaMMTda avtomatik tarzda shakllanadi. Mehnat munosabatlarini YaMMTda ro‘yxatdan o‘tkazish mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat'i nazar barcha ish beruvchilar, shu jumladan alohida tarkibiy tuzilmalar, xususiy korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun majburiydir. YaMMTni boshqarish direksiyasi tizimning operatori hisoblanadi. U tizimning ishlashini, undan foydalanishni ta'minlaydi, shuningdek tashkiliy-texnik jihatlarini tartibga soladi. Tizimda ishni nimadan boshlash kerak? Quyida qabul qilingan hujjatga asosan harakatlarning bosqichma-bosqich algoritmi taqdim etilgan. Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv chog‘ida alohida tushuntirishlar olndi.
I bosqich. YaMMTda avtorizatsiya Buning uchun my.mehnat.uz elektron manzili bo‘yicha o‘tish va «Elektron hukumat» tizimi yuridik shaxslar ma'lumotlar bazasida STIR bo‘yicha identifikatsiyadan o‘tish lozim. Xatolar bo‘lmagan taqdirda ish beruvchi avtorizatsiya qilinadi. Agar unda YaMMTda mustaqil ravishda avtorizatsiya qilish imkoniyati bo‘lmasa, buni mehnat organlarida bepul amalga oshirish mumkin. Biroq har qanday holatda ham ma'lumotlar ish beruvchining ERI bilan tasdiqlanadi. II bosqich. Ish beruvchining shaxsiy kabinetini shakllantiris Avtorizatsiyadan so‘ng ish beruvchining shaxsiy kabineti avtomatik tarzda shakllanadi. Unga kirish - faqat yuridik shaxsning ERI kaliti orqali. YaMMT bilan ishlash uchun ish beruvchi (YaTTdan tashqari) o‘zining yozma qarori bilan tizimga kiradigan bitta yoki bir nechta javobgar shaxslarni belgilaydi va ularga ERIning ochiq kalitlarini topshiradi. III bosqich. Tashkilot tuzilmasini shakllantirish Shaxsiy kabinetga kirgandan keyin tashkilot tuzilmasini shakllantirish lozim. Buning uchun maxsus shakllar to‘ldiriladi. Ularga barcha:bo‘linmalar (departamentlar, bo‘limlar va hokazo), alohida STIRga ega bo‘lganlari bundan mustasno;shtat jadvaliga muvofiq ish o‘rinlari (agar mavjud bo‘lsa), shu jumladan bo‘sh ish o‘rinlari, jumladan ma'muriy, ishlab chiqarish va texnik xodimlar to‘g‘risidagi barcha axborot kiritiladi. Har bir ish o‘rni alohida tashkil etiladi. Lavozimlar nomi Klassifikator (MMSK bo‘yicha kod, xodimlar toifasi, ta'limning eng past darajasiga talablar ko‘rsatiladi) bo‘yicha kiritiladi. Agar ro‘yxatga olinayotgan lavozim Klassifikatorda bo‘lmasa, undan ahamiyati bo‘yicha eng yaqin lavozimni tanlash, pastda esa mehnat shartnomasi bo‘yicha to‘liq nomini ko‘rsatish zarur. Shuningdek, maosh, stavka miqdori, lavozim vazifalari, ish sharoitlari (ish grafigi) ham ko‘rsatiladi. Ish o‘rni mehnat shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar, u dastlabki holatda bo‘sh ish o‘rni sifatida belgilanadi. Agar ish beruvchi mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha vakolatlarini o‘zining tarkibiy tuzilmalariga bersa, ularning xodimlari, ish o‘rinlari va bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi axborotni kiritish, shuningdek mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun shtat tuzilmasi (jadvali)ning alohida bazasini shakllantirishga yo‘l qo‘yiladi. Buning uchun YaMMT operatoriga tegishli so‘rov berish kerak.
IV bosqich. Mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish Ish o‘rni to‘g‘risidagi sahifa to‘ldirilgandan keyin mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati ochiladi. Bu yerda xodi m va mehnat shartnomasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar kiritiladi. Xodimning F.I.O.ni kiritishda xatoning oldini olish uchun tashkilotning javobgar shaxsi pasportning seriyasi, raqami va JShShIRni kiritadi. Agar hammasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa – F.I.O. avtomatik tarzda chiqadi. Yashash joyi manzili propiska bo‘yicha qo‘lda kiritiladi. Shundan keyin mehnat shartnomasi raqami, u tuzilgan sana, xodimning ish vaqti rejimi, sinov muddati, bandlik turlari, ta'tillar, ustamalarni qo‘shgan holda (ularning miqdori ko‘rsatilmagan holda) mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi ma'lumotlar ko‘rsatiladi. Kiritilgan ma'lumotlar yuridik shaxsning ERI bilan tasdiqlanadi. Har bir ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomaga keyinchalik xizmatda foydalanish uchun noyob raqam beriladi. Agar ish beruvchi ma'lumotlarni noto‘g‘ri kiritgan bo‘lsa, buni 5 ish kuni mobaynida tahrir qilish mumkin. Bu muddat tugagandan keyin endi ERI identifikatsiyasi bilan YaMMT aloqa kanallari orqali operatorga murojaat qilish lozim. Operator barcha murojaatlarni navbat tartibida 5 ish kuni mobaynidako‘rib chiqadi Mehnat shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun qo‘shimcha kelishuv xuddi shunday tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. YaMMTga ma'lumotlarni kiritish uchun ish beruvchilar shartnoma asosida xususiy tashkilotlar xizmatidan foydalanishlari mumkin. Ta'tillar va ishdan bo‘shatishni ro‘yxatdan o‘tkazish Barcha ta'til turlarini taqdim etish ham YaMMTda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Maxsus oynada ta'til turini (mehnat, ish haqi saqlanmagan, tug‘ishgacha, bolani parvarishlash va hokazo) tanlash va uning boshlanish sanasini ko‘rsatish lozim. Mehnat shartnomasi tugatilganda ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqning raqami va sanasi, shuningdek xodim u asosda ishdan bo‘shatilgan Mehnat kodeksi moddasi kiritiladi. Yana bir bora eslatib o‘tamiz, kiritilayotgan ma'lumotlar ERI bilan tasdiqlanadi, to‘ldirish chog‘idagi xatolarni esa 5 ish kuni mobaynida tuzatish mumkin. Bu muddatdan keyin tizim operatoriga murojaat qilish lozim.
Ishdan bo‘shatish ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin mehnat shartnomasi to‘g‘risidagi barcha yozuvlar tashkilotning elektron arxiviga tushadi. U tashkilot faoliyatining butun davrida xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, ularga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, tugatish to‘g‘risidagi axborotni saqlaydi va ish beruvchining shaxsiy kabineti orqali kirish mumkin. Jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti YaMTda o‘z ma'lumotlariga kirish uchun xodim my.mehnat.uz orqali avtorizatsiya qilishi va «Elektron hukumat» tizimida JShShIR bo‘yicha identifikatsiya qilishi zarur. Buning uchun jismoniy shaxsning ERI yoki tashkilotning vakolatli xodimi yoki mehnat organi tomonidan verifikatsiya qilingan mobil telefon raqamiga SMS- xabarnomadan olingan kirish kodi zarur.Agar xodim o‘zining kontakt ma'lumotlariga qandaydir o‘zgartirishlar kiritishni xohlasa, u bu haqda kadrlar bo‘yicha xodimga yozma ariza berishi kerak. Jismoniy shaxs mamlakatdan DYaJga chiqib ketgan yoki vafot etgan holda shaxsiy kabinet ma'lumotlarini YaMMTda saqlash davom etadi va ishonchli vakillar yoki huquqiy vorislarga taqdim etilishi mumkin. Elektron mehnat daftarchasi U o‘zini YaMMTda quyidagi asoslarga ko‘ra shakllantiriladigan, jismoniy shaxsning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlardan iborat elektron hujjat sifatida namoyon qiladi:ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish ma'lumotlari;yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish;o‘zini o‘zi band qilish vaqtinchalik mehnat guvohnomasini olish;vaqtinchalik mehnat faoliyati uchun xorijga chiqayotganlar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari. Mehnat daftarchasi xodim (F.I.O., tug‘ilgan sanasi, ma'lumoti, kasbi, mutaxassisligi), ishga joylashish davrlari (ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish), hisoblangan ish haqi, to‘langan jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladi. Ish beruvchi mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyin mehnat daftarchasiga kirish imkoniyati bo‘ladi. Xodimning kirishi uchun ERI yoki SMS-xabarnoma ko‘rinishidagi kirish kodi zarur bo‘ladi. Jismoniy shaxslar tizimga o‘zining ishga joylashishining o‘tgan davrlari to‘g‘risidagi axborotni mustaqil ravishda kiritishlari mumkin. U yozuv kiritilgandan keyin 15 kun ichida Pensiya jamg‘armasi organlari tomonidan verifikatsiya qilinishi (tasdiqlanishi) kerak.
Ish beruvchi xodim to‘g‘risidagi ma'lumotlardan u bilan mehnat shartnomasi tugatilgunga qadar foydalanishi mumkin. Ishdan bo‘shatilgandan keyin keyingi mehnat tarixini ish beruvchi endi ko‘rmaydi. Agar tashkilot tugatilsa yoki qayta tashkil etilsa... Ish beruvchini tugatishda, uning shaxsiy kabinetiga kiritilgan ma'lumotlar YaMMT ma'lumotlari arxiviga yuboriladi, ular u yerda muddatsiz saqlanadi. Unga YaMMT operatori pensiya tayinlash bilan bog‘liq manfaatdor shaxslar buyurtmalarini ko‘rib chiqish uchun kirishi mumkin. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI “YAGONA MILLIY MEHNAT TIZIMI” IDORALARARO DASTURIY- APPARAT KOMPLEKSINI JORIY QILISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda elektron hukumatni rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shu jumladan ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonlarining shaffofligi va optimallashuvini ta’minlash, faol tadbirkorlikni rag‘batlantirish, shuningdek, investitsion iqlim va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan davlat xizmatlari ko‘rsatishni kengaytirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyot yutuqlarining imkoniyatlari to‘la ro‘yobga chiqarilmayotgan qator sohalar saqlanib qolmoqda. Xususan, ijtimoiy-mehnat sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari yetarli darajada faol qo‘llanilmayapti. Hozirga qadar tashkilotlarda kadrlar bo‘yicha ish yuritish asosan qog‘oz shaklida amalga oshirilmoqda, bu esa xodimning, ayniqsa, pensiya ta’minoti huquqlarini rasmiylashtirishda mehnat staji aniq hisoblanishini murakkablashtiradi, shuningdek, aholi bandligi haqidagi ma’lumotlarning noto‘g‘ri ko‘rsatilishiga sharoit yaratadi va ma’muriy boshqaruv xarajatlarini ko‘paytiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini