Tafakkur tarzi tushunchasining mantiqiy mazmuni.Tafakkur tarzi va ilmiy prodigmalar

Yuklangan vaqt:

23.11.2024

Ko'chirishlar soni:

1

Hajmi:

34.9 KB
Mavzu: Tafakkur tarzi  tushunchasining  mantiqiy mazmuni.Tafakkur tarzi  va ilmiy
prodigmalar
                    
                                                                     Reja:
Kirish
Asosiy qism:
1.Tafakkur tushunchasi
2.Tafakkur borasidagi psixalogik qarashlar
3.Mantiq,falsafa fanlarida tafakkur tushunchasi
4.Ilmiy tafakkur tarzi va ilmiy pradigmalar.
Xulosa  Kirish.
Tafakkur   —   inson   aqliy  faoliyatining  yuksak   shakli;   obyektiv   voqelikning  ongda
aks   etish   jarayoni.   Tafakkur   atrof   muhitni,   ijtimoiy   hodisalarni,   voqelikni   bilish
quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U
sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni to la va aniq aks ettiruvchi yuksakʻ
bilish jarayonidir. Tafakkur  deb, voqelikdagi  narsa  va hodisalarni  ular  o rtasidagi	
ʻ
bog lanishlarni   fikran,   umumlashtirib,   vositali   yo l   bilan   aks   ettirishga   aytiladi.	
ʻ ʻ
Voqelik   tafakkurda,   idrok   va   tasavvurgina   nisbatan   chuqurroq   va   to laroq   aks	
ʻ
etadi. Biz sezgi, idrok vositasi bilan bilib olishimiz mumkin bo lmagan narsa yoki	
ʻ
hodisalarni,   narsa   yoki   hodisalarning   xususiyatlarini,   ularning   bog lanish   va	
ʻ
munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamiz. Tafakkur — inson miyasining
alohida   funksiyasi.   Uning   nerv   fiziologik   asosi   birinchi   va   ikkinchi   signal
sistemalarining   o zaro   munosabatidan   iborat.   Tafakkur   jarayonida   insonda   fikr,	
ʻ
mulohaza,   g oya,   faraz   kabilar   vujudga   keladi   va   ular   shaxsning   ongida	
ʻ
tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanad. ""Tafakkur til va nutq bilan
chambarchas bog liq ravishda namoyon bo ladi"¹. Fikrlash faoliyati nutq shaklida	
ʻ ʻ
namoyon   bo ladi.   Nutq   aloqasi   jarayonida   insonning   hissiy   mushohada   doirasi	
ʻ
kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson o zining	
ʻ
tafakkuri,   nutqi   hamda   ongli   xatti-harakati   bilan   boshqa   mavjudotlardan   ajralib
turadi. U fikr yuritish faoliyatida o zida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur  etgan	
ʻ
narsa   va   hodisalarning   haqiqiyligini   aniqlaydi,   hosil   qilingan   hukmlar,
tushunchalar,   xulosalar   chin   yoki   chin   emasligini   belgilab   oladi.   Inson   tafakkuri
orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar
o rtasidagi   eng   muhim   bog lanishlar,   munosabatlar,   xususiyatlarni   anglab   yetadi.	
ʻ ʻ
Binobarin,   inson   muayyan   qonun,   qonuniyat   va   qoidalarga   asoslangan   holda
ijtimoiy   voqea   va   hodisalarning   vujudga   kelishi,   rivojlanishi   hamda   oqibatini
oldindan ko rish imkoniyatiga ega.	
ʻ Asosiy qism 
                                1.Inson  atrof-olam   (narsa,  hodisalar,  insonlarni)  va  o‘zini   turli   xil
faoliyatlarni   bajarish   va   bu   ob’ektlarga   ta’sir   ko‘rsatgan   holda   ma’lum   bir
ijtimoiy   va   shaxsiy   ahamiyatga   molik   maqsadlarga   erishish   uchun   o‘rganadi.
Sezgi,   idrok   va   tasavvurlar   ixtiyorsiz   diqqat   va   ko‘rgazma-obrazli   xotira   bilan
hamkorlikda   insonga   aniq   bir   ob’ektlar   va   ularning   bevosita   o‘rganiladigan
xossalari   haqida   ma’lumot   beradilar.   Psixik   aks   ettirishning   bu   shakllari   inson
tomonidan   ob’ektiv   reallikni   bilishning   hissiyotli   asoslaridir.   Lekin   alohida
jismlar   va   real   olam   hodisalarini   bilish   istalgan   amaliy   vazifani   hal   etishda
yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bo‘lgan savolga javob topish uchun etarli
emas.   Bu   savollar:   «yuzaga   kelgan   vaziyatda   nimani,   qay   tarzda   bajarish
mumkin,   va   bu   harakat   natijasida   nima   hosil   bo‘ladi?»dan   iborat.Bu   savollarga
javob   izlashda   bizlarga   tafakkur   yordam   beradi.   Avvalambor,   tafakkur   yuksak
darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning mohiyati inson
tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o‘zgartirishdan iborat. Tafakkur
bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni ahamiyatli aloqalar
va   munosabatlarda,   uning   turli   xildagi   vositalarida   aks   ettiradi.   Tafakkurning
asosiy vazifasi real bog‘liqliklarga asoslangan  zarur aloqalarni vaqt va fazodagi
tasodifiy   mos   kelishlardan   ajratgan   holda     aniqlashdan   iborat.   Tafakkur
jarayonida   tasodifiydan   zaruratga,   ayrimlikdan   umumiylikka   o‘tish   sodir
bo‘ladi.Shunday   qilib,   tafakkurni   voqelikni   umumlashtirilgan   va   vositalangan
aks ettirish sifatida ta’riflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan
biri umumlashtirishdan iboratligi kelib chiqadi. Voqelikni umumlashtirgan holda
aks   ettirish   birgina   odam   va   zamondoshlarining   emas,   balki,   o‘tmish
avlodlarining   ham   tajribasini     qayta   ishlab   chiqish   natijasidir.   Bu   tajriba   til
yordamida   og‘zaki   va   yozma   nutqda   (o‘qituvchilar   ma’ruzalarida,   kitob,
darsliklarda   va   h.k.)   Ifodalangan.   Shuning   uchun   tafakkur   ko‘plab   odamlar bilimlarini     umumlashtiradi.Uyquga   ketishdan   oldin   xayolingizdan   ketma-ket
turli   xildagi   o‘ylar   o‘tishini   kuzatgansiz.   Mana   shu   o‘ylar   ma’lum
assotsiatsiyalarga kiradi.
Tafakkurning alohida muhim o‘ziga xos xususiyati – bu uning nutq bilan uzluksiz
aloqasi. Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning, hatto, nutq
tovush   shakliga   ega   bo‘lmagan   holat,   masalan,   kar-soqov   odamlarda   ham   nutq
shakliga mujassamlashtirilishida o‘z ifodasini topadi. Biz doimo so‘zlar orqali fikr
yuritamiz.Qisqartirilganlik,   muxtasarlik,   ixchamlilik   xususiyatiga   ega   bo‘lgan
yashirin,   tovushsiz,   ichki   nutq   insonning   tafakkur   mexanizmi   bo‘lib
hisoblanadi.Nutq   tafakkur   qurolidir.     Ma’lum   fikr   so‘zlar   bilan   ifoda   etilganida
tafakkur jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so‘z bilan ifoda etish – ifodalash motivi
(nutqiy   maqsad),   ichki   nutq,   fikrni   tashqi   tomondan   nutqiy   ifodalash   kabi
bosqichlaridan iborat bo‘lgan murakkab jarayon.
Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g‘oyalar harakati. Uning natijasi
obraz emas, balki ma’lum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yo‘nalishli-tadqiqiy,
qayta   o‘zgarishli   va   bilish   xususiyatiga   ega   bo‘lgan   harakatlar   va   muolajalar
tizimini   taxminlovchi   alohida   turga   ega   bo‘lgan   nazariy   va   amaliy
faoliyat.Tafakkur   moddiy   olam   qonuniyatlari,   tabiat   va   ijtimoiy-tarixiy   hayotdagi
sababiy-oqibat   aloqalari,   insonlar   psixikasi   qonuniyatlarini   tushunish   imkonini
beradi.   Aqliy   faoliyat   natijalarini   qo‘llash   sohasi   bo‘lgan   amaliyot   tafakkur
faoliyatining   manbai   bo‘lib   xizmat   qiladi.Tafakkur   psixik   faoliyat   sifatida
miyaning   vazifasi   hisoblanadi.   Oddiy   psixik   jarayonlar,   masalan,   sezgilar   uchun
asos     vazifasini   o‘taydigan   yuqoriroq   darajadagi   miya   jarayonlari   tafakkurning
fiziologik   asosini   tashkil   etadi.   Lekin   hozirda   tafakkur   jarayonini   ta’minlovchi
barcha fiziologik tuzilmalarning o‘zaro ta’sir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq
fikr mavjud emas. Tafakkur faoliyatida miya peshona qismlari alohida ahamiyatga ega   ekanligi   shubhasizdir.   Bundan   tashqari,   bosh   miya   po‘stlog‘ining   tafakkurni
gnostik (bilish) vazifasi bilan ta’minlovchi doirasi, shuningdek, tafakkur jarayonini
ta’minlovchi   miya   nutq   markazlari   ham   katta   ahamiyatga   ega.Tafakkur
turlari.Tafakkur,   odatda,   nazariy   va   amaliy   tafakkurlarga   bo‘linadi.   Nazariy
tafakkurda   tushunchali   va   obrazli   tafakkur,   amaliy   tafakkurda   esa   –ko‘rgazmali-
obrazli   va   ko‘rgazmali-harakatli   tafakkur   ajratiladi.Tushunchali   tafakkur   –   bu
ma’lum   tushunchalar   qo‘llaniladigan   tafakkur.   U   yoki   bu   aqliy   masalalarni
echishda   boshqa   odamlar   tomonidan   aniqlangan   va   tushunchalar,   mulohazalar,
xulosalar shaklida ifodalangan tayyor bilimlardan foydalanamiz.
Obrazli tafakkur – bu obrazlar yordamida mulohaza yuritish jarayonining bir turi.
Ular   xotiradan   olinadi   yoki   tasavvurda   hosil   qilinadi.   Ko‘pincha   tafakkurning   bu
turi   badiiy   ijodkorlik   faoliyati   bilan   shug‘ullanuvchi   odamlarda   ustun
bo‘ladi.Tushunchali tafakkur voqelikni aniq va umumlashtirgan holda aks ettiradi,
lekin bunday aks ettirish mavhumdir. O‘z navbatida, obrazli tafakkur atrofimizdagi
olamni   aniq  va  sub’ektiv  aks   ettirish   imkonini  beradi.  Shunday  qilib,  tushunchali
va obrazli tafakkurlar bir-birini to‘ldiradi.
Ko‘rgazmali-obrazli  tafakkur  obrazlarni  qo‘llash  bilan  bog‘liq. Bu tafakkur  odam
biror masalani echishda turli obrazlarni, hodisalar va jismlar haqidagi tasavvurlarni
tahlil   qilishida,   qiyoslashtirishida,   umumlashtirishida   namoyon
bo‘ladi.Ko‘rgazmali-harakatli   tafakkur   –   mohiyati   real   jismlar   bilan   amalga
oshiriladigan amaliy o‘zgartiruvchi faoliyatdan iborat bo‘lgan tafakkurning alohida
turi. Tafakkurning bu turi biror-bir moddiy mahsulot ishlab chiqarish maqsadidagi
mehnat  bilan mashg‘ul  bo‘lgan odamlarda  kengroq ifodalanadi.Yana  til  vositalari
asosida vazifa bajaruvchi  so‘z-mantiqiy tafakkur  mavjud bo‘lib, u tafakkur tarixiy
rivojlanishining   so‘nggi   bosqichidir.     Unga   tushunchalar   va   mantiqiy   hosilalarni
qo‘llash   xosdir.Amaliy   tafakkur   tajriba,   amaliy   harakatlar   asosida   amalga
oshiriladi   va   aniq   vazifalarni   bajarishga   qaratilgan,     nazariy   –   tajriba   bilan   ish ko‘rmasdan   tushunchalardan   foydalanadi.   Diskursiv   tafakkur   –   kengaytirilgan
tafakkur, ichki sezgi  kechishining tezligi, aniq ifodalangan bosqichlarning mavjud
emasligi,   oz   darajada   anglanganligi   bilan   xaraterlanadi.   Reproduktiv,   ishlab
chiqaruvchi   tafakkur   –   bu   namuna   bo‘yicha   tafakkur,   ijodkorlik   esa     –     yangi
kashfiyotlar, yangi natijalarga olib boruvchi tafakkur. Realistik tafakkur voqelikni
to‘g‘ri aks ettiradi, odam o‘z hulq-atvorini anglaydi, autistik tafakkur esa, asosan,
ob’ektga   emas,   affektga   mos   bo‘lganlarni   ifodalaydi,   ehtiyojni   qondirishga,   kelib
chiqqan hissiy zo‘riqishni kamaytirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.Tafakkurning aqliy
jarayonning   natijasi   hisoblangan   uch   xil   shakli:   tushuncha,   mulohaza   va   xulosa
farq qilinadi.
Tushuncha     –     bu   jism   va   hodisalarning   umumiy,   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   va
farqlanuvchi   belgilarini   aks   ettiruvchi   tafakkur   shakli.   Tushunchalar   asosida
hodisalar   va   jismlar   haqidagi   mavjud   bilimlarimiz   yotadi.   U   aniq   va   mavhum
bo‘lishi   mumkin.   Jismning   barcha   belgilaridan   aynan   ushbu   jism   yoki   o‘xshash
jismlar guruhini xarakterlab beruvchi ma’lum belgilar yig‘indisi ajratilgan bo‘lsa, u
holda aniq bir tushuncha haqida gap ketadi. Bunday tushunchalarga shahar, g‘oya,
jamiyat   va  boshqalar  kiradi.  Agar   jismdagi  biror-bir  alohida  belgi  ajratilib,  va  bu
belgi   o‘rganish   predmeti   bo‘lib   xizmat   qilsa,   alohida   jism   sifatida   o‘rganilsa,
mavhum   tushuncha   hosil   bo‘ladi.   Bunday   tushunchalarga   fidokorlik,   tenglik,
vijdoniylik va boshqalar kiradi
Inson   asosan   xulosalarning   ikki   turi   –     induksiya   va   deduksiyadan   foydalanadi.
Induksiya – bu xususiy xulosalardan umumiy xulosalarni keltirib chiqarish, ayrim
dalillar   va   hodisalarni   o‘rganish   asosida   umumiy   qoidalar   va   qonunlar   o‘rnatish
usuli.Deduksiya   –   bu   umumiy   mulohazalardan   xususiy   mulohazalar   keltirib
chiqarish,   umumiy   qonunlar   va     qoidalar   asosida   ayrim   dalillar   va   hodisalarni
bilish.fikrlash jarayonida inson atrof-olamni o‘ziga xos aqliy opersiyalar vositasida o‘rganadi. Asosiy fikrlash operatsiyalariga analiz va sintez, taqqoslash, abstraksiya
va umumlashtirish, aniqlashtirish, tasniflash va tizimlashtirish kiradi.
Tafakkur   quyidagi   asosiy   qonuniyatlarga   bo‘linadi:1.   Tafakkur   muammoni   hal
etish   bilan   bog‘liq   ravishda   yuzaga   keladi;   muammoli   vaziyat   yuzaga   kelish
sharoiti   vazifasini   o‘taydi,   u   boshlang‘ich   ma’lumotning   taqchilligi,   sub’ektning
aqliy   faolligi   yordamida   engib   o‘tish   zarur   bo‘lgan   ma’lum   bilish   to‘siqlari,
qiyinchiliklarning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi.
2.   Tafakkurning   asosiy   mexanizmi,   uning   umumiy   qonuniyati   sintez   orqali   tahlil
qilish: ob’ektni boshqa ob’ektlar bilan taqqoslash vositasida unda yangi  xossalarni
ajratish hisoblanadi; shunday qilib, «ob’ektdan, yangi mazmun yig‘ib olinadi, u har
safar   o‘zining   boshqa   tomonlari   bilan   o‘girilgandek   bo‘ladi,   unda   yanada   yangi
xossalar namoyon bo‘ladi»
 (s.l. rubinshteyn).
3. Tafakkurning asoslanganligi: har bir dalil, har bir hodisa o‘tmishdagi dalillar va
hodisalar    asosida  tayyorlanadi.  Hech   bir  narsa  etarlicha  asossiz  sodir  bo‘lmaydi.
Etarlicha   asoslash   qonuni   inson   fikrining   har   bir   mulohazada   o‘zaro   bog‘langan
bo‘lishini,   birining  ikkinchisidan  kelib  chiqishini   talab  etadi.  Har   bir  xususiy  fikr
umumiyroq fikr bilan asoslangan bo‘lishi kerak.
4.   Selektivlik   (lot.   –   tanlash,   tanlanish)   –   ma’lum   vaziyat   uchun   zarur   bo‘lgan
bilimlarni tanlash, barcha imkoniyatga ega bo‘lgan holatlarni chetlab o‘tgan holda
ularni muammoni hal etishga safarbar qilish.
5.   Antitsipatsiya   (lat.   –   oldindan   sezish)   voqealar   rivojini   oldindan   ko‘ra   bilish,
oldindan sezishni  bildiradi. Inson voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, ularning
natijalarini   bashorat   qilish,   muammo   echimining   ehtimolligi   chizmasini   tasavvur
qilish qobiliyatiga ega. 6.   Tafakkur   refleksivligi.   Fikrlovchi   sub’ekt   doimiy   refleksiya   holatida   bo‘ladi,
o‘z   mulohazalarini   aks   ettiradi,   ularni   tanqidiy   baholaydi,   o‘zini   baholash
mezonlarini   ishlab   chiqadi.   Refleksiya   deb   sub’ektning   o‘zini   aks   ettirishi   bilan
birga   muloqotda   bo‘ladigan   sheriklarini   ham   o‘zaro   aks   ettirishiga
aytiladi.Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi o’zining individual xususiyatlariga
ega   bo’lib,   fikr   yuritish   faoliyatining   shakllari,   vositalari   va   operatsiyalarining
munosabatlari kishilarda turlicha namoyon bo’lishida o’z ifodasini topadi. Odatda
tafakkurning   individual   xususiyat-lari,   sifatlariga   bilish   faoliyatining
mazmundorligi,   mustaqillik,   epchillik,   samaradorlik,   fikrning   kengligi,   tezligi,
chuqurligi va boshqa sifatlar kiritiladi.
     
   
     Tafakkur borasidagi psixalogik qarashlar
Tafakkur   muammosi   xorij   psixologiyasida   keng   doirada   tadqiq   qilinib,   atroflicha
bilimlar   va   ma'lumotlar   zahirasi   to’plaiigan.   Aynan   keltirilgan   ma'lumotlarda
tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi.Nemis faylasufi Martin
Xaydeger   (1889-1978)   tushunish   uchun   o’z   diqqatimizni   qarata   olsakkina   blz
fikrlashga   o’rganamiz-deb   yozadi.   Uning   fikricha,   narsa   va   voqealarning
mohiyatini   tushunish,   anglab   yetish,   inson   fikrlash   jarayonida   muhim   o’rin
egallaydi.   Tushunishni   talab   qiladigan   narsa   insonni   fikrlashga   undaydi.
Tushunishni   talab   qiladigan   narsa   hech   qachon   biz   tomonimizdan
yaratilmaydi.Inson  tafakkurining  usullari  nerv  tizimida  ham,  miyasida   ham  emas,
balki   bir   davrda   mana   shunday   idrok   etishga,   o’ylashga,   ishlashga,   boshqa   bir
davrda   esa   nerv   faoliyatini   boshqacha   ishlashga   yo’llaydigan   ijtimoiy
sharoitdadir.Akademik   A.I.Berg   shunday   deb   yozadi   "inson   faqat   tashqi   dunyo
bilan to’xtovsiz muloqot qilishi sharoitidagina uzoq vaqt fikrlashi mumkin. Tashqi dunyodan   to’liq   informasion   ajralish   bu   aqldan   ozishnmg   boshlanishidir,
Informasion   undovchi   tafakkuming   tashqi   dunyo   bilan   aloqasi   insonga   oziq-
ovqatdek,   issiqlikdek   zarur".Psixologiya   fani   taraqqiyotida   nemis   psixologiya
maktabi   muhim   o’rinlardan   birini   egallaydi   va   asrimizning   boshlarida
Germaniyada   Vyursburg   psixologiya   maktabi   deb   nomlangan   yangi   yo’nalishga
ega bo’lgan psixologik oqim paydo bo’ldi.Vyursburg psixoiogiya maktabi vakillari
tafakkurni hissiy bosqichda turgan psixik jarayonlarga, ya'ni sezgi va tasavvurlarga
ajratib   o’rganishda   rasional   bosqichdagi   murakkab   jihatlardan   mexanik   ravishda
vujudga   keladi,   deb   tushuntirish   mumkin   emasligini   eksperimental   yo'1   bilan
isbotiashga   harakat   qiidilar.   Olib   borilgan   tadqiqotlami   o’zlarining   ustilarida
o’tkazib,   natijalarni   ob'ektiv   bo’lishiga   katta   e`tibor   berganlar.Vyursburg
psixologiya   maktabi   namoyondalaridan   biri   O.Zels   tafakkurni   intellektual
operasiyalar harakati sifatida qabul qilgan. U o’z oidiga fikr yuritish faoliyatining u
yokl   bu   jihatlar   qay   yo’sinda   shakllanishiai   kuzatish,   intellektual   faoliyat
bosqichlarini ko’rsatish aqliy faoliyatning produktiv va reproduktiv ko’rinishidagi
ziddiyatlami bartaraf qilish vazifasini qo’ydi.Shunday qilib, Vyursburg psixologiya
maktabining   namoyondasi   O.Zels   psixologiya   tarixida   birinchi   bo’lib   tafakkurni
jarayon   sifatida   eksprementai   metodlar   bilan   tadqiq   qilgan.Geshtaltchilar   fikriga
qaraganda,   har   bir   psixik   hodisaning   mazmuni   uning   tarkibiga   kiruvchi   qism   va
elementiami   birgalikda   aks   ettirishdan   ko’lam   jihatidan   keng,   mazmun   jihatidan
rang-barangdir,   Geshtaltchilaming   akslomatik   xarakterga   ega   bo’igan   ushbu
tezisiari   mazkur   talimot   g’oyasini   ochib   berishga   xizmat
qiladi.Gestaltpsixologiyaning   markaziy   nazariyasi   har   qanday   psixologik
jarayonlaming bosh mohiyati ulaming sezgilarga o’xshash alohida elemetlari emas,
balki   konfigurasiya   shakl   yoki   gesfataltchllaming   yaxiit   yaratishidan
iborat.Geshtaltpsbiologiyada   tafakkur   muamtnosining   tadqiqoti   keng   qamrovli
tarzda   olibGeshtaltchilarning   ayrimlari   "yo’nalish"   atamasini   qo’llab,   uni   o’tmish tajribasi   bilan   bog’lashga   intiladiiar.   Shuningdek,   ular   "tafakkurning   evrestik
metodlari"   to’g’risidagi   tushiinchadan   ham   foydalanadilar.   Bunda   materialni,
qo’yilgan   maqsadni,   konfliktii   holatlami   tahlil   qilishni   nazarda   tutadiiar,Amerika
psixologiyasida vujudga kelgan bixeviorizm yoki xulq psixologiyasi o’tgan asrning
oxirlaridan   boshlab   hukm   surib   kelmoqda.   Bixeviorizm   oqimining   asoschilari
amerikaiik   psixologiar   Dj.Uotson   (1878-1958)   va   Torndayk   (1871-1949)   lardir.
Keyinchalik bular  qatoriga K.Levin (1890-1957) va boshqalar  kelib qo’shiladilar.
Ma'lum davrgacha mazkur oqim psixologiya olamida dominantlik rolini o’ynaydi.
Hozirgi davrda bu oqim bir necha mustaqil psixologik tnaktablarga ajralib ketgan.
Lekin uiarning mohiyatida bixeviorizm nafasi urib turadi. hammasi uchun umurniy
fomiula   S-R,   ya'ni   stimul-reaksiya   xizmat   qilib   kelmoqdaDj.Uotson   tafakkuming
ichki   nutq   va   noverbal   tovushsiz   imo-ishora,   mimika,   yelka   qisishi,   qosh   suzish,
kommunikasiya,   muloqot   birga   qo’shib,   keng   ma'noda   tushunadi   va   uni   uchta
shaklga   ajratib   o’rganadi.   Nutq   shakllaridan   biri   nutq   malakalarini   sekin-asta   avj
oldirish   deb   ataiadi.   Bu   she'rni   yoki   sitatani   aniq   esga   tushirishda   o’z   ifodasini
topadi.   Tafakkurning   ikkinchi   shakli   sub'ekt   uchun   yangi   bo’lmagan   topshiriqni
so’z   yordami   bilan   yechish,   yarim-yortisi   unutilgan   she'rni   eslashga   harakat   va
nihoyat,   yangi   topshiriqni   yaqqol   ifodali   harakat   va   so’z   yordami   biian
yechish.Dj.Uotson   uchun   malaka-u   individual   egallagan   va   o’rganiigan   xatti-
Tashqi olamdagi voqeilikni sezgi, idrok va tassavur jarayonlari orqali bilish muxim
ahamiyat   kasb   etadi,   lekin   o`rganilayotgan   narsa   va   xodisalarni   atroflicha   chuqur
aks   ettirish   uchun   bular   xali   etarli   emas.   CHunki   ularning   o`zaro   munosabatlari,
sifat   va   miqdor   o`zgarishlari,   murakkab   ichki   bog`lanishlari,   o`zaro   ta’sir   etish
xossalarini   bevosita   kuzatish   yoki   xissiy   obrazlar   yordamida   aniqlash   imkoniyati
yo`q.Madomiki   shunday   ekan,   sub’ektning   bilish   /anglash/   lozim   bo`lgan   ob’ekt
bilan   o`zaro   ta’sirini   bevosita   aks   ettirish   yo`li   orqali   bo`laqlarga   ajratish
imkoniyati cheklanganligi sababli xissiy bilish bosqichidan aqliy bosqichga, ya’ni tafakkurga   o`tish   zarurati   tug`iladi.Fikr   yuritish   yordamida   atrof   –   muxitni
chuqurroq   bilish,   narsalar,   voqealar   va   xodisalar   o`rtasida   mavjud   bo`lgan   o`zaro
ichki   munosabatlar,   bog`lanishlarni   aniqlash   muammoli   tarzda   namoyon   bo`ladi.
Inson   oldida   muammo   vujudga   kelmas   ekan,   u   xolda   tafakkur   jarayoni   xosil
bo`lishi  mumkin emas.Insonning bilish faoliyatida sezgi, idrok, tassavur  obrazlari
bilan   tafakkur   o`zaro   uzliksiz   ravishda   bir   –   birini   boyitib   turadi.   Ana   shunga
binoan bilish jarayonining xissiy va aqliy bosqichlari mavjuddir.Tafakkur, sezgi va
idrokdan   farq   qilib,   bir   nechta   xususiyatga   egadir.   Uning   birinchi   xususiyati
voqeilikni   umumlashgan   xolda   aks   ettirishdir.Tafakkurning   ikkinchi   muxim
xususiyati   bog`lanishlarni   bevosita   aks   ettirishdir.   Bu   xususiyat   tufayli   tabiat   va
jamiyatdagi   turli   xodisa   va   voqealar   o`rtasidagi   bog`lanishlarni   tushuntirish
imkoniyatiga   ega   bo`lamiz.Tafakkurning   uchinchi   xususiyati   so`z   /nutq/   orqali
narsa   va   xodisalar   o`rtasidagi   murakkab   munosabatlarni   aks   ettirishdan   iboratdir.
Insonnning   fikr   yuritishi   bir   va   undan   ortiq   so`zlar,   tushunchalar   vositasida
ifodalanadi.   SHuning   uchun   odam   o`ylayotganda   o`z   fikrini   aytayotgandek,
gapirayotganda   esa   fikr   yuritayotgandek   tuyiladi.Tafakkur   faoliyati   muayyan
maqsadga qaratilgan alohida ongli jarayon tariqasida sodir bo’ladi. Bosh miyaning
biror chastkasidagi faoliyat emas, balki butun bosh miya po’stining faoliyati mana
shu   jarayonning   fiziologik   asosidir.Tafakkur   faoliyati   uchun   avvalo
analizatorlaming   miyadagi   uchlari   o’rtasida   vujudga   keladigan   murakkab
bog’lanishlar   muhim   ahamiyatga   egadir.   Analizatorlaming   bosh   miya   po’stidagi
uchastkalari   bir-biridan   keskin   ajralgan   holda   emas.   balki   bir-biriga   tutashib,   bir-
biri   bilan   chambarchas   bog’lanib   ketganligi   sababli   mazkur   bog’lanishlaming
vujudga   kelishi   yuqorida   aytib   o’tilganidek,   tafakkurning   maxsus   nerv-fiziologik
mexanizmlaridir. Bunda ikkinchi signallar tizimining bog’lanishlari birinchi signal
tizimidagi   bog’lanishlarga   tayanadi,   I.P.Pavlov   ikkinchi   signal   tizimining   ishi
hamisha birinchi signal tizimi bilan o’zaro o’tkazish jarayonida hozir bo’ladi, deb ta'kidlagan.   Ikkinchi   signal   tizimi   asosida   birinchi   signal   bilan   o’zaro   ta'sir   qilish
jarayonida dastlab umuminsoniy empirizmni va nihoyat odamning o’z tevaragidagi
olamni va uning o’zini bilish uchun oliy qurol bo’lgan oliy tafakkur voq'e bo’iadi.
Tafakkurning   muayyan   bir   narsaga   qaratilishiuchun   nerv-fiziologik   asos   bo’lgan
orientirovka   refleksi   tafakkur   jarayonlarida   katta   rol   o’ynaydi.   Akademik
I.P.Pavlov ta'kidlaganidek, "awalo umuminsoniy empirizmni nihoyat, atrof olamni
va   insonning   o’zini   ham   bilish   uchun   oliy   qurol   bo’lgan   fanni   ham   yaratuvchi
maxsus   insoniy   oliy   tafakkur   zarurdir".Tafakkur   shakllariga   xukm,   tushuncha   va
xulosa   chikarish   kiradi.   Narsa   va   xodisalarning   belgi   va   xususiyatlari   haqida
tasdiqlab   yoki   inkor   qilib   aytilgan   fikr   XUKM   deb   aytiladi.   Masalan,   baxorda
daraxtlar   barg   yozadi.Borliqdagi   narsalar,   xodisalar   va   voqelikning   miqdoriga,
ularning   biror   xukmda   aks   etishi   va   aloqa   hamda   munosabatlariga   qarab   ular
quyidagi turlarga bo`linadi:
1.Tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi xukm.
2.Yakka, juz’iy va umumiy xukm.
3.Shartli, ayiruvchi va qat’iy xukm.
4.Taxminiy xukm.
                 
Mantiq,falsafa fanlarida tafakkur tushunchasi
TAFAKKURNING MANTIQIY SHAKLLARI Psixologiya   fani   mantiq   fani   bilan   birgalikda   tafakkurning   mantiqiy   shakllarini
o`rgandi.   Tafakkurning   mantiqiy   shakllari   -tushuncha,   hukm   va   xulosa
chiqarishlardir.
TUSHUNCHA   shunday   bir   fikrki,   bu   fikrda   voqelikdagi   narsa   va   hodisalarning
umumiy, muhim, farq qiladigan belgilari aks ettiriladi. Masalan, odam tushunchasi
uning   mehnat   faoliyati,   mehnat   qurollarini   ishlab   chiqarish,   nutq,   inson   ongi   va
shular   kabi   nihoyatda   muhim   belgilarni   o`zida   mujassamlashtirgan.   Mana   shu
belgilar bilan odam hayvonlardan farq qiladi.
Tushunchalarning   mazmuni   HUKMlarda   aks   ettiriladi.   Hukm   narsa   va   hodisalar
o`rtasidagi   mavjud   bog`lanishlarning   yoki   shu   narsa   va   hodisalarga   xos   bo`lgan
xususiyat   va   belgilari   o`rtasidagi   bog`lanishlarni   o`zida   aks   ettiruvchi   tafakkur
shakli.
Hukmlar   ob`ektiv   voqelikni   qanday   aks   ettirishlariga   qarab   CHIN   va   YOLG`ON
bo`lishi mumkin.
Chin - "Toshkent O`ZBEKISTONning poytaxti".
Yolg`on - "Hech qanday uchburchak o`tkir burchakka ega bo`la olmaydi".
Hukmlar   UMUMIY,   JU`ZIY   va   YAKKA   bo`ladilar.   Umumiy   hukmda   aks
ettirilgan   xususiyat   va   bog`lanishlar   biror   sinfdagi   barcha   narsalarga   taalluqli
bo`ladi.   "Barcha   metallar   elektr   tokini   o`tkazadilar".   Ju`ziy   hukmlarda   tasdiqlash
yoki   inkor   qilish   faqat   ayrim   narsalargagina   taalluqli   bo`ladi.   "Ba`zi   o`quvchilar
a`lochilardir".   YAkka   hukmlarda   tasdiqlash   yoki   inkor   qilish   faqat   bitta   narsaga
tegishli bo`ladi. "Salimov A. a`lochi o`quvchi".
Hukmlar ikkita yo`l bilan hosil qilinadi:
1) bevosita usul bilan, bunda idrok qilayotgan narsalar ifodalanadi ;
2) bavosita usul bilan, ya`ni xulosa chiqarish, mulohaza yuritish yo`li bilan.
Bir   yoki   bir   necha   hukmlar   asosida   yangi   hukm   keltirib   chiqarish   -   xulosa
chiqarishdir.   Masalan,   "Barcha   metallar   elektr   tokini   o`tkazadilar",   "Mis   metall". Ana   shu   ikkita   asosdan   yangi   hukm   -   xulosa   chiqariladi,   "Mis   elektr   tokini
o`tkazadi".
Xulosa chiqarish ikki usul bilan amalga oshiriladi:
1) induktiv xulosa chiqarish va 2) deduktiv xulosa chiqarish.
Induktsiya - ju`ziy hodisalardan umumiy qoidalarga qarata xulosa chiqarish.
Deduktsiya   -   umumiy   qoidalardan   ju`ziy   hodisaga,   faktga,   misolga   qarata   xulosa
chiqarish.
TAFAKKUR JARAYONLARI
Tafakkur   jarayoni   (fikrlash)   o`ziga   xos   qonuniyatlarga,   qoidalarga   bo`ysunadi.
Tafakkur   jarayonining   mohiyatini   tushunish   uchun   uning   qanday   kechishini
o`rganish lozim. Tafakkur avvalo analiz, sintez va umumlashtirishdir.
ANALIZ   -   ob`ektning   muayan   bir   tomonlarini,   elementlarini,   xossalarini,
munosabatlarini va boshqa shuning kabilarni ajratib olib, o`rganilayotgan ob`ektni
fikran bo`laklarga, qismlarga, elementlarga bo`lish demakdir. Biron narsani analiz
qilish   davomida   bu   narsaning   g`oyat   muhim,   kerakli   va   qiziqarli   va   shu   kabi
muayan xususiyatlari ajratib olinadi.
SINTEZ.   Bir   butun   narsani   analiz   qilish   natijasida   ajratilgan   komponentlarni
birlashtirish sintezdir. Analiz va sintez jarayonlari hamma vaqt o`zaro bog`liqdir.
TAQQOSLASH   -   narsa   va   hodisalarni   bir-biri   bilan   solishtirib   ko`rish   va   ular
orasidagi  o`xshashliklar, tafovutlarni  topish.  Taqqoslash  albatta analiz va sintezni
taqoza   qiladi.   Narsa   va   hodisalarni   oldin   analiz   keyin   esa   sintez   kilmasdan   turib
ular orasidagi o`xshashlik va tafovutlarni topib bo`lmaydi.
Taqqoslash   davomida   narsalarni   UMUMLASHTIRISH   amalga   oshiriladi.
Umumlashtirish   o`xshash   tarzidagi   umumiylik   va   muhim   belgi   tarzidagi
umumiylik   sifatida   amalga   oshiriladi.   Birinchi   umumiylik   bo`yicha   kit   baliq
hisoblanadi   (yuzaki   belgi),   ikkinchi   umumiylik   asosida   esa   kit   sut   emizuvchilar
sinfiga kiradi (muhim belgi asosida). 1.Ayniyat qonuni. Har qanday fikr mulohaza jarayonida aniq, qat'iy mazmunga ega
bo’lishi lozim. Bu tafakkurga xos xususiyatdir. Ayniyat qonuniga ko’ra har qanday
fikr   mulohaza   jarayonida   o’ziga   aynan   bo’lishi   lozim.   (A-A   dir   yoki   A   q   A).
Ayniyat qonuniga asosan turli mazmunga ega fikrlar aynan bo’lmaydi yoki aynan
fikrlar  aynansiz bo’lmaydi. Bu qoidani  buzish  bir  fikrni  tilda turli  xil  ifodalashga
olib   keladi.   Masalan,   «Osmon   ibodatxonasi   Pekinda   joylashgan»   va   “Osmon
ibodatxonasi  Xitoy  poytaxtida  joylashgan”  mulohazalarida  predikatlar   mazmunan
turli   xil   bo’lsada,   lekin   aynan   hisoblanadi.   Boshqa   jihatdan   turli   ma'noga   ega   bir
so’zni aynan deyish ham noto’g’ri. Masalan, “yuz tuzilishi” da “yuz” so’zi qiyofa
va soni anglatishi mumkin. Biroq ular ikkalasi aynan emas.
Turli   mazmundagi   tushunchalarni   aynan   deb   qabul   qilish   shu   tushunchalarni
bilmasdan   yoki   ongli   ravishda   buzib   amalga   oshiriladi.   Bu   mantiqda
tushunchalarni   almashtirish   deyiladi.   Tildagi   omonim   va   sinonimlar   ham   ba'zan
turli   fikrlarning   o’zaro   aynanlashtirilishiga   olib   keladi.   Shu   bilan   birga   bir
tushuncha turli sohalarda turlicha tushuniladi.
O’zaro   munozara   jarayonida   raqibini   aldash   yoki   chalg’itish   maqsadida   ayniyat
qonunini   ataylab   buzib,   tushunchalarni   almashtirish   holatlari   ham   uchraydi.   Bu
ta'limot sofistika deb ataladi. Adabiyotdagi ma'lum bir janrlarda turli ma'nodagi bir
xil   so’zlar   ishlatiladi.   Shu   bilan   birga   adabiyotdagi   o’xshatish,   bo’rtirish,
kichraytirish   uslublarida   ham   ayniyat   qonuni   buziladi,   lekin   bu   adabiy   uslubning
o’ziga xos jihatidir. 
2.   Nozidlik   qonuni   mantiqiy   mulohaza   ziddiyatsiz   bo’lishi   bilan   xarakterlanadi.
Ziddiyatlilik   mulohazani   buzadi,   bilish   jarayonini   qiyinlashtiradi.   Tafakkurning
ziddiyatsizligi   talabi   formal   mantiqning   nozidlik   qonunida   o’z   ifodasini   topadi.
Nozidlik   qonuniga   ko’ra   ikki   zid   mulohaza   bir   vaqtda   yoki   ayni   bir   nisbatda
birdaniga   to’g’ri   yoki   birdaniga   xato   bo’la   olmaydi   har   doim   ulardan   biri   to’g’ri
bo’lsa, ikkinchisi xato bo’ladi. Bu tamoyil qo’yidagicha ifodalanadi A va A emas formulasi  ?  (R G`g`  ? R)  R va  R emas  bir  vaqtda chin  bo’la olmaydi. ? -  belgisi
inkorni anglatadi.
Nozidlik   qonuni   barcha   sig’ishmaydigan   munosabatlar   qarama-qarshi   va   zid
munosabatlarga   ta'luqli.   Bir   vaqtda   va   bir   munosabatda   biron-bir   predmet   haqida
tasdiqlab   aytilgan  fikrga  zid   ravishda   shu   predmet   haqida   inkor   etib  aytilgan   fikr
o’z fikriga qarshi chiqishdir.
Agar   biz   ikki   predmetdan   bir-biriga   bir   belgini   xos   desak,   ikkinchisiga   esa   shu
belgini   xos   emas   desak   yoki   bir   predmetga   bir   belgini   xos   desak,   shu   predmetga
ikkinchi  belgini  xos emas  desak  nozidlik qonuni  buzilmaydi.  Agar  bir  predmetga
ma'lum belgini xos desak, ma'lum vaqtdan keyin shu predmetga o’sha belgini xos
emas desak nozidlik qonuni buzilmaydi.
Bir   predmet   turli   munosabatda   olinsa   ham   nozidlik   qonuni   buzilmaydi.   Nozidlik
qonuni   mantiqiy   fikrlashning   tub   mohiyatidan   biri   tafakkurning   ziddiyatsiz,
izchillikni   ifodalaydi.   Undan   ongli   foydalanish   o’zimiz   va   o’zgalarning   fikridagi
ziddiyatni   bartaraf   etish   har   qanday   noaniqlikka   tanqidiy   munosabat   bildirish
imkoniyatini   beradi.   Fikrimizdagi   izchillik   bizning   faoliyatimizga   ham   izchillik
bag’ishlaydi.
3.Uchinchisi   istisno   qonuni.   Nozidlik   qonuni   barcha   sig’ishmaydigan
munosabatdagi   hukmlarga   ta'luqli   bo’lsa   uchinchisi   istisno   qonuni   faqat   zid
munosabatdagi   hukmlarga   xosdir.   U   qo’yidagicha   ifodalanadi:   bir   predmet
haqidagi   ikki   zid   fikrning   biri   to’g’ri   ikkinchisi   noto’g’ri,   uchinchisi   istisno
bo’ladi.   Masalan,   «qor   oqdir»,   “qor   oq   emas”,   “qor   sariqdir”   degan
mulohazalarning   birinchisi   to’g’ri,   ikkinchisi   noto’g’ri,   uchunchisi   istisnodir.
Chunki   «qor   sariqdir»   degan   mulohaza   «qor   oq   emas»   degan   mulohaza   hajmiga
kiradi.
Zid   munosabatdagi   hukmlarning   biri   predmetlar   sinfining   bir   qismiga   xos
xususiyat   va   munosabatni   tasdiqlaydi,   ikkinchisi   esa   shu   predmetlarning   boshqa qismiga shu xususiyat va munosabatni inkor etadi. Ularning har ikkalasi bir vaqtda
to’g’ri yoki bir vaqtda noto’g’ri bo’la olmaydi. Bundan tashqari zid munosabatdagi
hukmlardan   biri   predmetga   ma'lum   xususiyat   va   munosabatni   ta'luqli   ekanligini
tasdiqlaydi, ikkinchisi esa aynan shu predmetga shu xususiyat va munosabatni xos
ekanligini inkor etadi. Masalan, “Traktor mashinadir” va “Traktor mashina emas”.
Uchinchisi istisno qonuni qo’yidagi formula bilan ifodalanadi:
R   v   R.   Uchinchisi   istisno   qonuni   nozidlik   qonunidek   fikrimizning   izchil,
ziddiyatsiz bo’lishini ta'minlaydi. Uchinchisi istisno qonuni ikki zid fikrning aynan
qaysi   to’g’riligini   ko’rsatmaydi,   lekin   ulardan   biri   har   doim   xato   bo’lishini
bildiradi. Bu qonunning ahamiyati shundaki haqiqatni izlashga yo’nalish beradi.
Uchinchisi  istisno  qonuni  ma'lum  bir   mazmundagi  savolga   bir  paytni  o’zida  ham
“ha”   ham   “yo’q”   deb   javob   bermasdan   aniq   ulardan   birini   tanlashni   talab   etadi.
Shu bilan birga ikki zid fikrni oralig’ida uchinchisi bo’lmasligini anglatadi.
4.   yetarli   asos   qonuni.   Bizning   u   yoki   bu   fakt,   jarayon,   hodisa   haqidagi   fikrimiz
chin yoki xato bo’lishi mumkin. Chin fikrni biz uni chinligini ya'ni voqelikga mos
kelishini   ko’rsatishimiz   lozim.   Masalan,   o’qituvchi   o’quvchilarga   ta'lim   berish
jarayonida   o’zi   ifodalayotgan   fikrlarni   asoslab   berishi   lozim.   Shundagina   u
o’quvchilar uchun ishonarli bo’ladi.
Fikrning   asosli   bo’lishi   talabi   yetarli   asos   qonuniga   ifodalanadi.   Har   qanday   fikr
chin   hisoblanadi,   agar   u   yetarli   asosiga   ega   bo’lsa.   Agar   V   mavjud   bo’lsa   uning
asosi A ham mavjud bo’ladi. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar o’zining asosiga
ega   bo’ladi.   Mantiqiy   fikrlash   jarayonida,   fikrimizning   ifodalashda   mana   shu
asosni ko’rsatish muhim rol o’ynaydi.
Insonning shaxsiy tajribasi fikrning yetarli asosga ega bo’lishini ta'minlaydi. Ba'zi
mulohazalarning chinligi uni bevosita voqelik bilan taqqoslash bilan tasdiqlanadi.
Lekin   ba'zi   hollarda   insonning   shaxsiy   tajribasi   ma'lum   bir   fikrlarni   asoslashga
yetarli bo’lmaydi. Shu sababli u bu o’rinda boshqalar tajribasiga tayaniladi. Asoslilik   –   mantiqiy   tafakkurning   muhim   xususiyatlaridandir.   Barcha   holatlarda
biz   ma'lum   bir   fikrni   bildirganda,   suhbatdoshlarimizni   ishontirishga   harakat
qilganda   shu   fikrni   chinligini   isbotlash   uchun   yetarli   asoslar   keltiramiz.   Fan   har
doim   ilgari   surilgan   g’oya   va   ta'limotlarni   isbotlab   beradi.   Agar   shu   g’oya
ta'limotlarni   isbotlash   uchun   yetarli   asos   bo’lmasa   u   chin   deb   qabul   qilinmaydi.
Din esa o’z aqida va ta'limotlarini hech qachon tajribada isbotlab bermaydi. Ularga
ishonish diniy e'tiqodni o’zidan kelib chiqadi
Mantiqdagi   yetarli  asos   qonuni  har  xil   irimlarni  ham   oqlamaydi. Masalan,  yo’lda
ketayotgan kishini yo’lini qora mushuk kesib o’tsa, go’yoki uni falokat kutishi bu
uydirma   hisoblanadi.   Bunday   irimlar   ko’p   hollarda   tasodiflarga   asoslanadi.   Etarli
asos   qonuni   muhim   nazariy   va   amaliy   ahamiyatga   ega.   Formal   mantiq   qonunlari
(tafakkur   qonunlari)   fikrlash   jarayonida   demak   fikrimizning   aniq,   izchil,
ziddiyatsiz,   asosli   bo’lishini   ta'minlar   ekan.   Ularni   har   biri   bir-biri   bilan   uzviy
bog’liq. Ulardan uzluksiz foydalanish kundalik turmush tarzida ham mulohazalarni
chin bo’lishi uchun xizmat qiladi
Tushunchalarning   mazmuni   HUKMlarda   aks   ettiriladi.   Hukm   narsa   va   hodisalar
o`rtasidagi   mavjud   bog`lanishlarning   yoki   shu   narsa   va   hodisalarga   xos   bo`lgan
xususiyat   va   belgilari   o`rtasidagi   bog`lanishlarni   o`zida   aks   ettiruvchi   tafakkur
shakli.
Hukmlar   ob`ektiv   voqelikni   qanday   aks   ettirishlariga   qarab   CHIN   va   YOLG`ON
bo`lishi mumkin.
Chin - "Toshkent O`ZBEKISTONning poytaxti".
Yolg`on - "Hech qanday uchburchak o`tkir burchakka ega bo`la olmaydi".
 Bundan tashqari zid munosabatdagi hukmlardan biri predmetga ma'lum xususiyat
va munosabatni ta'luqli ekanligini tasdiqlaydi, ikkinchisi esa aynan shu predmetga
shu   xususiyat   va   munosabatni   xos   ekanligini   inkor   etadi.   Masalan,   “Traktor
mashinadir” va “Traktor mashina emas”. Fikrning   asosli   bo’lishi   talabi   yetarli   asos   qonuniga   ifodalanadi.   Har   qanday   fikr
chin   hisoblanadi,   agar   u   yetarli   asosiga   ega   bo’lsa.   Agar   V   mavjud   bo’lsa   uning
asosi A ham mavjud bo’ladi. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar o’zining asosiga
ega   bo’ladi.   Mantiqiy   fikrlash   jarayonida,   fikrimizning   ifodalashda   mana   shu
asosni   ko’rsatish   muhim   rol   o’ynaydi.Insonning   shaxsiy   tajribasi   fikrning   yetarli
asosga   ega   bo’lishini   ta'minlaydi.   Ba'zi   mulohazalarning   chinligi   uni   bevosita
voqelik bilan taqqoslash bilan tasdiqlanadi. Lekin ba'zi hollarda insonning shaxsiy
tajribasi ma'lum bir fikrlarni asoslashga yetarli bo’lmaydi. Shu sababli u bu o’rinda
boshqalar tajribasiga tayaniladi.
Fan-texnika   taraqqiyoti   natijasida   inson   o’z   fikrini   asoslashda   qonunlar,
aksiomalar,   tamoyil,   qoidalarda   ifodalangan   butun   insoniyat   tajribasiga   murojaat
qiladi.   Ilmiy   qonun   va   aksiomalarning   chinligi   insoniyat   tajribasida   isbotlangan,
shuning   uchun   qayta   tasdiq   talab   etmaydi.   Shu   sababli   bu   qonun   va   aksiomalar
doirasiga   kiruòvchi   alohida   holatlarni   qayta   isbotlash   zarurati   yo’q.   Fan-texnika
yutug’iga   asoslanib   biz   har   qanday   hodisani   tajribada   sinab   tasdiqlamaymiz.
Demak,   har   qanday   fikrning   yetarli   asosi   avval   isbotlangan,   hamda   undan
mantiqan   yuqoridagi   fikr   kelib   chiqadigan   chin   fikr   hisoblanadi.   Agar   A
mulohazaning chinligidan V mulohazaning chinligini  kelib chiqsa  A mulohaza V
mulohaza   uchun   asos   bo’ladi.   Oqibatning   asosga   bog’liqligi   ob'ektiv   borliqning
tafakkurda in'ikosi hisoblanadi, shu jumladan xodisalar  o’rtasidagi  sabab – oqibat
aloqadorligi ham. Lekin bu in'ikos bevosita bo’lmaydi. Ba'zi hollardagina mantiqiy
asos   hodisalar   sababi   bilan   mos   kelishi   mumkin.   Ko’p   hollarda   esa   bunday
bo’lmaydi ham. Shu sababli asos bilan natija o’rtasidagi bog’liqlikni sabab-oqibat
bog’lanishidan faqlash lozim.
Asoslilik   –   mantiqiy   tafakkurning   muhim   xususiyatlaridandir.   Barcha   holatlarda
biz   ma'lum   bir   fikrni   bildirganda,   suhbatdoshlarimizni   ishontirishga   harakat
qilganda   shu   fikrni   chinligini   isbotlash   uchun   yetarli   asoslar   keltiramiz.   Fan   har doim   ilgari   surilgan   g’oya   va   ta'limotlarni   isbotlab   beradi.   Agar   shu   g’oya
ta'limotlarni   isbotlash   uchun   yetarli   asos   bo’lmasa   u   chin   deb   qabul   qilinmaydi.
Din esa o’z aqida va ta'limotlarini hech qachon tajribada isbotlab bermaydi. Ularga
ishonish   diniy   e'tiqodni   o’zidan   kelib   chiqadi.Mantiqdagi   yetarli   asos   qonuni   har
xil   irimlarni   ham   oqlamaydi.   Masalan,   yo’lda   ketayotgan   kishini   yo’lini   qora
mushuk   kesib   o’tsa,   go’yoki   uni   falokat   kutishi   bu   uydirma   hisoblanadi.   Bunday
irimlar ko’p hollarda tasodiflarga asoslanadi.Yetarli asos qonuni muhim nazariy va
amaliy   ahamiyatga   ega.   Formal   mantiq   qonunlari   (tafakkur   qonunlari)   fikrlash
jarayonida   demak   fikrimizning  aniq,   izchil,   ziddiyatsiz,   asosli   bo’lishini   ta'minlar
ekan.   Ularni   har   biri   bir-biri   bilan   uzviy   bog’liq.   Ulardan   uzluksiz   foydalanish
kundalik turmush tarzida ham mulohazalarni chin bo’lishi uchun xizmat qiladi.
    
Ilmiy tafakkur tarzi va ilmiy pradigmalar.
Ilmiy   tafakkur   inson   tomonidan   bajariladigan   faoliyatni   bir   ko’rinishidir.   *   Inson
faoliyati   tarzi   uslubiy   jihatlariga   egadir.   *   Tarz   inson   bajaradigan   har   qanday
amaliy   va   nazariy   faoliyatini   tarixan   o’ziga   xos   xususiyatini   ifoda   etib,   u   shu
faoliyatni unsurlari, shakli va amalga oshirish usulini birlashishidan kelib chiqqan
bir   butunlikni,   yaxlitlikni   bildiradi.   *   Ya’ni   inson   faoliyati,   ayniqsa,   qadriyat
yaratadigan ma’naviy faoliyati ma’lum, tarixan o’ziga xos ko’rinishga ega bo’lgan
siymo, hosilada namoyon bo’ladi.
L.A. Mikeshinani fikricha ilmiy tafakkur tarzi tadqiqotchilar ma’lum da vrda amal
qiladigan  falsafiy   tomoyillar   va  uslubiy   qoidalarni   barqaror,   tarixan   shakkllangan
tizimidir. (Determinatsiya estestvenno nauchnova poznaniya LMGU 1977 yil 63)
Ilmiy   tafakkur   tarzi   ta’rifi   Ilmiy   tafakkur   tarzi   tarixan   shakillangan   tasavvurlar,
tamoyillar   va   uslubiy   qoidalarni   shunday   birligini   tashkil   qiladiki,   unda   u   bosh
g’oya   yoki   tamoyilga   moslangan   holda   betakror,   yaxlit   siymoga,   ko’rinishga   ega bo’ladi. Mazkur ta ’ rifdan shu narsa kelib chiqadiki , tafakkur jarayonini o ’ ziga
xos siymosi ni, bir butunligini bildiradigan tarzda individuallik , xususiylik birinchi
navbatda ko’zga tashlanadigan alomatdir.
Birinchi   marta   "paradigma"   atamasi   19-asr   oxiri   -   20-asr   boshlaridagi
shveytsariyalik   tilshunos   Ferdinand   de   Sossyur   tomonidan   bir   xil   xususiyatlarga
ega bo'lgan elementlar sinfini belgilash uchun ishlatilgan.
Paradigma   (grekcha   -   namuna,   andoza")   -   ilmiy   yutuqlar   majmui.   Paradigma   u
yoki   bu   davrda   ilmiy   hamjamiyat   tomonidan   tan   olingan   va   yangi   ilmiy   tadqiqot
uchun   namuna   asos   bo'lib   xizmat   qilishi   zarur.   Mazkur   tushunchani   ilmiy
muomalaga  keng yoyilishida  amerikalik tarixchi  Tomas  Kunning  ,lmiy  inqiloblar
strukturasi" asari asosiy o'rinni egallaydi.Tomas Kunning fikricha, paradigma ilmiy
jamoatchilik   birligini   ta'minlaydi.   Ilmiy   namunani,universal   qonunlarni   konkret
hodisalarga   tadbiq   etish   asosida   fan   rivojlanadi.   Umuman   olganda   paradigmani
ilmiy tan olingan va qaysidir davrda ilmiy tadqiqot uchun yo'naltirilgan bir yoki bir
nechta   fundamental   yig'indisi,   deb   ta'riflash   mumkin.   Shu   boisdan   ham   ilmiy
paradigma   vositasida   ilmiy   muammolar   o'rtaga   tashlanadi   va   uni   yechish   modeli
namoyon   bo'ladi.   Geosiyosiy   paradigma   esa   tan   olingan   geosiyosiy   nazariyalar
orqali dunyoning geosiyosiy manzarasini ilmiy jihatdan aniqlash modelidir!.
Tarixiy   tafakkur   tarzi   –   kishilar   ongida   o’tmish   voq   inealarini   anglash   orqali
shakllanadi.   I   lmiy   bilishda   tarixiy   yondashuv   va   tafakkur   tarzi   salmoqli   o’rnini
egallaydi. tarixiy yondashuv va tafakkur tarzi uzoq an’anaga ega bo’lgan ma’naviy
zaminga   asoslanadi.   B   u   zamin-xalqni   tarixiy   ongidir.   xalqni   tarixiy   ongi   turli
rivoyatlarda   qismlarda   mujassamlangan   .Ilmiy   bilish   pog’onasida   o’tmishni
o’rganish   narsa   va   xodisalarning   sababiy   bog’lanishlarini   talqin   qilish   qoida
kuchini   oladi,   shu   asosda   tarixiylik   yondashuvi   vujudga   keladi.   Jamiyat   va   inson
tadqiqot   qilishda   tarixiylikni   mohiyati   va   ahamiyatini   Ibn   Xaldun   Viko,   Volter,
Gerder, Russo, Gegel, Markslar chuqur anglaganlar . Xulosa 
Tafakkur   xususida   atroflicha   ma lumotlar   to plami   mavjud   ,     ular   orasidaʼ ʻ
tafakkurni   insonga   psixologik   ta sir   etuvchi,   fikrlash   va   dunyoqarashining
ʼ
mazmunini tashkil etuvchi , barcha jihatdan kerakli bo lgan muhim o zgarishlar va	
ʻ ʻ
qaror qabul qilish jarayonini tashkil qiladigan , tahlil , taqqoslash, analiz va sintez
qilish   ,   hissiy   bilimlarni   nazorat   qilish   ,     xotira   ,   tassavur   hamda   intuitiv   bilish
asoslari shakllanadigan va boshqa bosqichlarni hal etuvchi mexanistik sistemadir .
Tafakkur bilim olishda va uni qayta ishlash   , saqlash hamda tarqatishdagi  asosiy
bosqichdir   .   Tafakkur   qilish   insoni   boshqa   tirik   mavjudotlardan   farqli   ravishda
tabiat va jamiyatdagi barcha jarayonlarga daxldor qildi va ayni shu tufayli inson bu
ikki jarayonga uzoqni ko zlab yoki qisqa manfaatli nuqtai nazar bilan yondashadi ,	
ʻ
dinimizda ham inson farzlarni ado etishi , bilim olishi va kuning muayyan vaqtini
tafakkur   qilishga   ajratishi   lozim   deyiladi   .“Tafakkur   xuddi   qo’llar   kabi   dunyoni
tutishgina emas, balki uni o’zgartirish qudratiga ham ega.” — Kolin Uilson , xuddi
shunday ham bo ldi inson ibtidoiy davrlardan buyon butun olamga ta sir etmoqda ,	
ʻ ʼ
endilikda esa inson tafakkuri inson hayoti va kelajagiga ta sir ko rsatmoqda va bu	
ʼ ʻ
tabiiy zaruriyatdir.Buyuk Sharq mutafakkiri Imom  G'azzoliy ham  o'zining "Ihyou
ulum   ad-din"   (Din   ilmlarini   jonlantirish)   asarida   inson   aqlining   o'zigaxosligi
xususida fikr yuritib shunday degan edi: "Aql zaruriy ilmlarning bir qismidir. Joiz
narsalarni joiz, mahol narsalarni mahol bilish kabi va u yana aslida durust, chunki
bu ilmlar mavjuddir. Zohir ham aql deb nomlanadi. Ammo bu g'arizani inkor etish,
faqatgina ana shu ilmlar mavjud deyish fosiqlikdir". Hozirgi davr ilm-fani xulosasi
va   hisob-kitobiga   kora   insoniyatning   iitimory-tarixiy   taraggiyotida   atigi   300   ga
yagin   kishi   daxolar   sifatida   e'tirof   etilgan.   Jamiyatda   bunday   toifa   insonlarni
miqdor   va   sifatini   ko'paytirish   uning   buguni   va   kelajagini   yanada   nurafshon
bo'lishida muhim asos bo'lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar:
1) Mantiq ( M. Sharipov, D. Fayzixo jayev )ʻ
2)Gegels G.V.F. Fenomenologiya duxa/ Per.s nem. G.G. Shpeta, Komment. Yu.R.
Selivanova. M: Akad. Proekt, 2008.-767 c.
3) Paradigmalar tug risida maqola ( G. Bobonazarova )	
ʻ
4)  www.Ziyouz.com 
5) Wikipedia.uz

Mavzu: Tafakkur tarzi tushunchasining mantiqiy mazmuni.Tafakkur tarzi va ilmiy prodigmalar Reja: Kirish Asosiy qism: 1.Tafakkur tushunchasi 2.Tafakkur borasidagi psixalogik qarashlar 3.Mantiq,falsafa fanlarida tafakkur tushunchasi 4.Ilmiy tafakkur tarzi va ilmiy pradigmalar. Xulosa

Kirish. Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni to la va aniq aks ettiruvchi yuksakʻ bilish jarayonidir. Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni ular o rtasidagi ʻ bog lanishlarni fikran, umumlashtirib, vositali yo l bilan aks ettirishga aytiladi. ʻ ʻ Voqelik tafakkurda, idrok va tasavvurgina nisbatan chuqurroq va to laroq aks ʻ etadi. Biz sezgi, idrok vositasi bilan bilib olishimiz mumkin bo lmagan narsa yoki ʻ hodisalarni, narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ularning bog lanish va ʻ munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamiz. Tafakkur — inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o zaro munosabatidan iborat. Tafakkur jarayonida insonda fikr, ʻ mulohaza, g oya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida ʻ tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanad. ""Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bog liq ravishda namoyon bo ladi"¹. Fikrlash faoliyati nutq shaklida ʻ ʻ namoyon bo ladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi ʻ kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson o zining ʻ tafakkuri, nutqi hamda ongli xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida o zida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan ʻ narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar o rtasidagi eng muhim bog lanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. ʻ ʻ Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan ko rish imkoniyatiga ega. ʻ

Asosiy qism 1.Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o‘zini turli xil faoliyatlarni bajarish va bu ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ma’lum bir ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o‘rganadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko‘rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir ob’ektlar va ularning bevosita o‘rganiladigan xossalari haqida ma’lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan ob’ektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir. Lekin alohida jismlar va real olam hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bo‘lgan savolga javob topish uchun etarli emas. Bu savollar: «yuzaga kelgan vaziyatda nimani, qay tarzda bajarish mumkin, va bu harakat natijasida nima hosil bo‘ladi?»dan iborat.Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi. Avvalambor, tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o‘zgartirishdan iborat. Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks ettiradi. Tafakkurning asosiy vazifasi real bog‘liqliklarga asoslangan zarur aloqalarni vaqt va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan iborat. Tafakkur jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka o‘tish sodir bo‘ladi.Shunday qilib, tafakkurni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks ettirish sifatida ta’riflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri umumlashtirishdan iboratligi kelib chiqadi. Voqelikni umumlashtirgan holda aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, o‘tmish avlodlarining ham tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til yordamida og‘zaki va yozma nutqda (o‘qituvchilar ma’ruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.) Ifodalangan. Shuning uchun tafakkur ko‘plab odamlar

bilimlarini umumlashtiradi.Uyquga ketishdan oldin xayolingizdan ketma-ket turli xildagi o‘ylar o‘tishini kuzatgansiz. Mana shu o‘ylar ma’lum assotsiatsiyalarga kiradi. Tafakkurning alohida muhim o‘ziga xos xususiyati – bu uning nutq bilan uzluksiz aloqasi. Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning, hatto, nutq tovush shakliga ega bo‘lmagan holat, masalan, kar-soqov odamlarda ham nutq shakliga mujassamlashtirilishida o‘z ifodasini topadi. Biz doimo so‘zlar orqali fikr yuritamiz.Qisqartirilganlik, muxtasarlik, ixchamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan yashirin, tovushsiz, ichki nutq insonning tafakkur mexanizmi bo‘lib hisoblanadi.Nutq tafakkur qurolidir. Ma’lum fikr so‘zlar bilan ifoda etilganida tafakkur jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so‘z bilan ifoda etish – ifodalash motivi (nutqiy maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi bosqichlaridan iborat bo‘lgan murakkab jarayon. Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g‘oyalar harakati. Uning natijasi obraz emas, balki ma’lum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yo‘nalishli-tadqiqiy, qayta o‘zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo‘lgan harakatlar va muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyat.Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi sababiy-oqibat aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish imkonini beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qo‘llash sohasi bo‘lgan amaliyot tafakkur faoliyatining manbai bo‘lib xizmat qiladi.Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi. Oddiy psixik jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos vazifasini o‘taydigan yuqoriroq darajadagi miya jarayonlari tafakkurning fiziologik asosini tashkil etadi. Lekin hozirda tafakkur jarayonini ta’minlovchi barcha fiziologik tuzilmalarning o‘zaro ta’sir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq fikr mavjud emas. Tafakkur faoliyatida miya peshona qismlari alohida ahamiyatga

Ko'chirib oling, shunda to'liq holda ko'ra olasiz