Tarbiya usullari va shakllari
Tarbiya usullari va shakllari I. REJA: 1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. 2. Tarbiya metodlarining maqsadi va mazmuni. 3. Tarbiya metodlarining tasnifi. 4. Tarbiyada ibrat-numana ko rsatishningʻ tutgan o rni. ʻ 5. Tarbiyada rag batlantirish ʻ va jazolash metodlar i. II. Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar . III. Mavzularni o rganishda foydalanish mumkin bo lgan adabiyotlar ʻ ʻ ro yxati ʻ .
1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Maqsad, mazmun, shakl kategoriyalari tarbiya jarayonining mohiyati (u nimaga qaratilgan, nimani to‘ldiradi, nimaga yo‘naltirilgan, qanday shaklda tugallanadi)ni ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda qanday qilib tarbiyalash savoli bilan aloqador yana bir muhim kategoriya ham mavjud. Bu tarbiya metodi tushunchasidir. Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana shunda. Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullar deganda ta’sir ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko‘rsatish – bu usullar. So‘z (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash – usullar. Bu bilan bog‘liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi. 2. Tarbiya metodlarining maqsadi va mazmuni Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin. Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘liq.
1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur. 2. Tarbiya mazmuni. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. SHuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir. 3. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. U yoki shunga o‘xshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bog‘liqlikda hal qilinadi. Yosh bu oddiygina qancha yashaganligi son ko‘rsatkichi emas. Unda egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va ahloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi o‘z aksini topadi. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi. 4. Jamoaning shakllanganlik darajasi. O‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shaklining rivojlanishi bilan bog‘liqlikda pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlari ham o‘zgarmasdan qolmaydi. Bizga ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvafaqqiyatli hamkorligining zaruriy sharti. 5. Tarbiyalanuvchilarning individual o‘ziga xosliklari. Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning o‘zi tarbiyaviy o‘zaro ta’sir etishning asosi bo‘la olmaydi. Ularni indivudual va shaxsiy tuzatish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs o‘ziga xosligini rivojlanishiga, o‘ziga xosligini saqlashga, o‘zining «Men»ini amalga oshirishiga imkon beradigan metodlarni qo‘llashga harakat qiladi. 6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar. Unga moddiy, psixofiziologik, sanitar- gigienikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim, pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir.Ma’lumki, mavhum shart- sharoitlar bo‘lmaydi, ular hamisha aniq. Ularni birlashuvi aniq holatlarda ko‘rinadi. Tarbiya amalag oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar nomini oldi. 7. Tarbiya vositalari. Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bog‘langan va birgalikda qullaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlarni samarali qo‘llanilishi uchun zaruriy yordam beruvchi ko‘rgazmali qo‘llanmalar, tasviriy san’at asarlari va musiqa san’ati, ommaviy axborot vositalari. 8. Pedagogik malakani egallaganlik darajasi. Tarbiyachi odatda faqat o‘zi biladigan va qo‘llashni egallagan metodlarni tanlab oladi. Ko‘plab metodlar murakkab bo‘lganligi bois, o‘kituvchida ko‘p kuch ishlatishni talab etadi. Bunday mas’uliyatdan bo‘yin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil
etishga harakat qiladi. Natijada turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, sharoitlardan kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda samarasi past bo‘ladi. 9. Tarbiya vaqti. Qachonki, vaqt kam , maqsad esa katta bo‘lsa, «kuchli harakatlantiruvchi» metodlar qo‘llaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning «ayaydigan» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatlantiruvchi» va «ayaydigan» metodlarga bo‘linishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy o‘rgatish bilan bog‘liq. 10. Kutiladigan natija. Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvafaqqiyatga erishishiga ishonch bo‘lishi kerak. Buning uchun qo‘llanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan ko‘ra bilish kerak. 3. Tarbiya metodlarining tasnifi Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalarni o‘zida aks ettiradigan o‘nlab tarbiya tasniflari mavjud. Metodlar o‘ziga xos xarakteriga ko‘ra ishontirish, mashq, rag‘batlantirish va tanbeh berishga bo‘linadi. Mazkur holatda metodning umumiy xarakterli belgisi uo‘zida yo‘nalganlikni, o‘ziga xoslikni, qo‘llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning ko‘proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o‘zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, o‘quvchilarning xulq-atvorini rag‘batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S. Marenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlar quyidagicha nomlanadi: tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o‘rgatish va mashq metodlari, rag‘batlantirish, to‘sqinlik qiluvchi, boshqarish, o‘zini-o‘zi tarbiyalash. Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko‘ra metodlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: 1. Axloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, g‘oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi. 2. Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta’sir etuvchi. Metodlar tarbiyaning maqsad va mazmuniga bog liq bo ladi. Tarbiya metodlariʻ ʻ barkamol shaxs fazilatlarini tarkib toptirishga qaratilgan bo ladi. Shuning ʻ uchun tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish tarbiya metodlaridan samarali foydalanishning muhim shartlari hisoblanadi. O quvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta’sirga turlicha munosabatda bo ladi. Bu ʻ ʻ ularning alohida xususiyatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga, tarbiya metodlarining qay darajada o rinli va samarali tanlanganligiga hamda ʻ mohirona qo llanganiga bog liq. Tarbiya metodlarini to g ri tanlash tarbiya ʻ ʻ ʻ ʻ vazifalarini ijobiy hal qilishda o quvchilarning o z-o zini tarbiyalash faolligini ʻ ʻ ʻ
oshirishga yordam beradi. Masalan, o qituvchi birinchi sinf o quvchilari bilanʻ ʻ ishlash jarayonida o quvchilarni ular uchun yangi bo lgan mehnat faoliyatini ʻ ʻ o rgatishda o quvchilarning xulq-atvor qoidalarini, ularda kun tartibi aniq ʻ ʻ bo lishi muhimligini, ularga o quvchilarning qat’iy tartibga amal qilishi ʻ ʻ zarurligini tushuntirish metodidan foydalanadi. Tushuntirish bilan bir qatorda sinfga to g ri kirib kelishga, ularni o qituvchi va o quvchilar bilan ʻ ʻ ʻ ʻ salomlashishga, tartib-intizomni saqlashga mashq qildirib boradi. Shuning bilan birgalikda birinchi sinf o quvchilarini yuqoridagi jarayonlarga dars ʻ vaqtida odatlantirib boradi. Bu jarayonda ularning amalga oshirgan ijobiy ishlari, o quv ishi natijalari rag batlantirib borishni taqozo etadi. Ko rinib ʻ ʻ ʻ turibdiki, o qituvchi o quvchilar bilan tarbiya jarayonini olib borganda turli xil ʻ ʻ usul va metodlarni qo llaydi. Tarbiya metodlarining xilma-xilligi ularni ʻ turlarga ajratish, tasnif qilish zarurligini ko rsatadi. Shuning uchun ularning ʻ alohida xususiyatlarini hisobga olib guruhlarga ajratish mumkin. Tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan har bir o qituvchi (tarbiyachi) tarbiya metodlari ʻ va ularning mohiyatini puxta o zlashtirib olish maqsadga muvofiqdir. ʻ 1-shakl. Birinchi guruh metodlarining vazifasi o quvchining ijtimoiy ongiga hayot, ʻ axloq, mehnat qilish munosabatlari qoida va me’yorlari haqida tushuncha hosil qilish va bilim berishdan iborat. Tarbiya jarayonida ushbu qoida va me’yorlar shaxsning e’tiqodi, ishonchi va hayotiy qarashlariga aylanadi. Ushbu guruhga ma’naviy, axloqiy, estetik, mafkuraviy, huquqiy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy va h.k. mazmundagi suhbatlar hamda namuna ko rsatish metodlarini kiritish ʻ mumkin. Ikkinchi guruh metodlari yordamida o quvchida ma’naviy mazmunga oid ʻ odatlar hosil qiladi. O quvchi xulqida ijtimoiy tarbiyaning mazmuniga muvofiq ʻ ma’naviy odatlar asosida, faoliyat zaminida tarkib topadi.