VII-VIII asrlarda yozuvlar va bitiklar
Mavzu:VII-VIII asrlarda yozuvlar va bitiklar. Reja Kirish Asosiy qism. I bob 1.1. VII-VIII asrlarda yozuvlar va bitiklarning o’rganilishi. 1.2. Yenisey bitiklar va ularning o’rganilishi. II bob 2.1 O’rxun yodnomalari va ularning yaratilishi. 2.2 Enasoy yodnomalari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish Yenisey bitiklari – mashhur rus xaritashunos olimi S.U.Remezov tomonidan XVII asr oxirida yenisey havzasidan (hozirgi Xakas avtonom viloyatiga qaraydi) topilgan. S.U.Renezovdan keyin ushbu bitiklar haqida shvetsiyalik harbiy asir F.Stralenberg (Tabbert) ham ma'lumot beradi. U yenisey havzasidagi qabrlardan toshga o‘yib yozilgan notanish xatlarni topgan. Bu yozuvlar haqidagi ma'lumotlar birinchi marta XIX asrning birinchi choragida “Sibirskiy vestnik” jurnalida e'lon qilingan. 1889 yili fin olimlari yeniseydan topilgan yozma yodgorliklar xaritasini tuzganlar. Mo‘g‘ulistondan topilgan bitiklar. Bular orasida To‘nyuquq, Kul tegin , Bilga xoqon va Ongin bitiklari muhim o‘rin tutadilar. To‘nyuquq bitigi – Ulan-Batordan 66 km janubiy – sharqda, Bain Sokto manzilida joylashgan. Ikkinchi turk hoqonligining asoschisi Eltarish hoqon (681 – 691 y.y.)ning maslahatchisi sarkarda To‘nyuquqqa atalgan bo‘lib, 712 – 716- yillarda yozilgan. Er–xotin Klemenslar tomonidan 1897 yili topib o‘rganilgan. V.V.Radlov tomonidan 1899 yili, V.Tomsen tomonidan 1922 yili, X.Sheder tomonidan 1924 yili, D.Rodss tomonidan 1930 yili, G.Aydarov tomonidan 1971 yili yaxshi o‘rganilgan. Bitik nemis, daniya, ingliz va rus tillariga tarjima qilinib, chop etilgan. G‘.A.Abduraxmonov hamda A.Rustamov tomonidan o‘zbek tiliga qisqacha tarjima qilinib 1982 yili chop etilgan. Kul tegin bitigi – Bilga hoqonning (716 – 734 y.y.) inisi 731 yili vafot etgan Kul tegin sharafiga yozilgan. Mo‘g‘uliston Kosho Saydan vodiysida Ko‘kshin O‘rxun daryosi bo‘yidan rus arxeolog va etnograf olimi N.M.Yadrinsev tomonidan 1889 yili topilgan. Bitik V.V.Radlov tomonidan 1891 yili, A.Xaykel tomonidan 1892 yili, V.Tomsen tomonidan 1896 yili, P.M.Melioranskiy tomonidan 1897 yili, X.Sheder tomonidan 1924 yili, S.ye.Malov tomonidan 1951 yili, G.Aydarov tomonidan 1971 yili yaxshi o‘rganilgan. Bitik nemis, fransuz, ingliz va rus tillariga tarjima qilinib, chop etilgan. G‘.A.Abduraxmonov hamda A.Rustamov tomonidan o‘zbek tiliga qisqacha tarjima qilinib 1982 yili chop etilgan. Bilga hoqon bitigi – Kul tegin bitigidan 1 km janubiy – g‘arbda Ko‘kshin O‘rxin daryosi havzasidan topilgan. Obida 735 yili bitilgan. Bitik V.V.Radlov,
S.ye.Malov, V.Tomsen, P.M.Melioranskiy tomonidan o‘rganilgan va chop etilgan. Ongin bitigi – Mo‘g‘ulistonning Kosho Saydan vodiysidan Kimga atalgani aniq ma'lum emas. Ba'zi fikrlarga qaraganda Eltarish hoqon va uning xotini Elbiyga xotun sharafiga 735 yili, boshqa fikrga ko‘ra Qopog‘on hoqon (691–716 y.y.)ga, yana boshqa ma'lumotlarga qaraganda Bilga hoqonning harbiy boshliqlaridan Alp Eletmish sharafiga tax.731 yili qo‘yilgan. Bitik 1892 yili V.V.Radlov va 1957 yili J.Kloson tomonidan o‘rganilib, rus va ingliz tilida nashr qilingan. Yuqorida keltirib o‘tilgan Mo‘g‘ulistonda topilgan bitiklardan tashqari Qorabalsag‘un shahri (Ulan – Batordan 400 km janubda joylashgan qadimiy shahar) xarobalaridan, Xoyto Tamir, Cho‘yren, Beyshin–Udzur, Bayan – Xo‘ngir kabi joylardan topilgan yozuvlar ham muhim ahamiyatga egadir. Oltoydan topilgan bitiklar – Chorish, Katandi daryolari. Qo‘shog‘och hamda tog‘li hududlardan topilgan bitiklarni aytib o‘tish mumkin. Ushbu bitiklarning O‘rxun – yenisey bitiklaridan farq qiladigan tomonlari shundan iboratki, bu bitiklar etnografik materiallarga boydir. Oltoydan topilgan yozuvlar P.M.Melioranskiy, E.R.Tenishev, A.K.Borovkov, K.Seydakmatov, V.M.Nadelyaev, D.D.Vasilev tomonidan e'lon qilingan. Sharqiy Turkistondan topilgan bitiklar – Turfon vohasidagi g‘orlarda joylashgan ibodatxona devorlariga yozilgan bitiklar alohida o‘rin tutadi. Bitiklar asosan V.Tomsen tarafidan chop etilgan. Qozog‘iston hamda Qirg‘izistondan topilgan bitiklar – ushbu bitiklar XX asrning 60– 70 yillarida topilgan. Lekin, hali to‘liq o‘rganilmagan. Bular orasida Talas vohasidan (Ayritom, Teraksoy, Qulonsoy, Toldiqo‘rg‘on, Urjor, Sirdaryo, Ila, Olma ota, Tolg‘ar, Tinbas) topilgan bitiklar muhim ilmiy ahamiyatga egadir. Qozog‘iston hamda Qirg‘iziston hududidan topilgan bitiklarning ba'zilari S.Sodiqov, M.ye.Masson, A.N.Bernshtam, A.S.Omanjolov, G.Musaboev, Ch.Jumag‘ulov hamda G.Karag‘ulovlar tomonidan o‘rganib chiqqilgan va e'lon qilingan. Qadimiy turk runik yozuvlari (asosan sopol idishlarga yozilgan) – Farg‘ona, Oloy vodiysi hamda Janubiy O‘zbekiston va Tojikiston hududidan, ya'ni Bekobod, Isfara, Marg‘ilon, Andijon, Quvasoy, O‘sh, O‘zgan, Kofirnihon, shuningdek So‘g‘ddan ham topilgan. Ushbu bitiklar A.N.Bernshtam, B.A.Litvinskiy, V.A.Bulatova, E.R.Tenishev,
Yu.A.Zadneprovskiy tarafidan o‘rganilgan. Turkiy bitiklar o‘z navbatida Markaziy Osiyo tarixiga oid qadimiy yozma manbalardan biri bo‘lib, Markaziy Osiyo shu jumladan, O‘zbekiston hududlarining ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy va madaniy tarixi haqida ma'lumot beruvchi bitiklardir. Qadimgi turkiy til qavmlarining o’zlari kabi ko’hna zamonlardan buyon mavjuddir. Yevropa olimlaridan ba zilari qadimgi turkiy urug’larning paydo bo’lgan davrini miloddan oldingi o’ninchi ming yillikka olib borib bog’laydilar. Demak, turkiy og’zaki til ham shu davrga borib taqaladi. Ammo bu degani - ilk yozuv yodgorliklari paydo bo’lmasdan oldin ham qadimgi turkiy adabiy til mavjud edi, degan qarashning to’g’riligini belgilamaydi. Bunday taxminlarning ilmiy asoslari yetarli emas. Adabiy til faqat yozma matnlarda aks etadi, yozuv paydo bo’lgunga qadar yetib kelgan voqealar adabiy tilning mezonlarini aslo belgilay olmaydi. Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’atit- turk” asarida turkiy tilning mavqei to’g’risida shunday deyiladi: “Ishonchli bir buxorolik olimdan va nishopurlik boshqa bir ishonchli olimdan shunday eshitgan edim, ular bu so’zni payg’ambarga nisbat berib aytgan edilar: payg’ambar qiyomatning belgilari, oxirzamon fitnalari va o’g’uz turklarining xuruji haqida gapirganda, shunday degan edi: “turk tilini o’rganing, chunki ularning hukmronligi uzoq davom etadi” 1 . Turkiy tilning Sharqdagi tillar orasida qadimdan mavqeini belgilovchi bu dalil albatta e'tiborga loyiq. E'tiborga loyiq tomoni shundaki, sharqdagi boshqa tillarga nisbatan turkiy qavmlarga va ularning tillariga alohida diqqat qaratilgan. Buning boisi esa turkiy tilning keng hududga tarqalgani edi. Shuning uchun ham bunday etiborli tilda badiiy asarlar, yilnomalar yaratilmasligi mumkin emas. Qadimgi turkiy tilning holati, taraqqiyoti tog’risida asl manbalar keng ishonchli va to’laqonli ma lumotlarni beradi. Qadimgi turkiy-run yozuvidagi yodgorliklarini, moniy va eski uyg’ur-turk yozuvidagi yodgorliklarni, Qoraxoniylar sulolasi davrida yaratilgan yozma yodgorliklarni asl manba sifatida ko’rsatish mumkin. Mazkur turkiy yozma yodgorliklar hududiy jihatidan va maqsadiga ko’ra turlichadir. Am mo hamma yodgorliklarning til xususiyatlarini birlashtirib turadigan bitta omil shuki, XIII asrgacha qadimgi turkiy yozma yodgorliklar tili ayni paytda mahalliy dialektlar ham bo’lib, adabiy til sifatida foydalanilgan. Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar - adabiy tilning taraqqiyotini ko’rsatib turadigan asosiy 7
Ana shu yodgorliklarga tayangan holda, qadimgi turkiy adabiy til murakkab jarayonni bosib o’tganini e tiborga olish lozim. Qadimgi turkiy adabiy tilning taraqqiyotida xalq og’zaki ijodi tili va tarjima asarlari tili ham katta rol o’ynagan. Qadimgi turkiy adabiy tilning mazkur manbalari bu davrdagi til xususiyatlarining xilma-xilligini ko’rsatadi. Shu bois qadimgi turkiy adabiy til tushunchasi faqat turkiy-run yozma yodgorliklari tili bilan chegaralanib qolmaydi , balki qoraxoniylar davri so’nggigacha bo’lgan adabiy tilni ham o’z ichiga oladi . Bu davr adabiy tilida ko’zga yaqqol tashlanadigan alomatlar shundan iboratki, budda va moniylik sherlari tili o’rxun yodgorliklaridan farq qildi, budda va moniylik she rlari orqali qadimgi turkiy adabiy til xalq og’zaki ijodi asarlari tiliga yaqinlashdi, “Oltin yorug’” dostoni o’g’uz, qorluq va boshqa bazi dialektlarni o’zida mujassamlashtirdi, ayni paytda grammatik shakllardagi an anaviylik bilan birga, eski o’zbek tiliga oid qo’shimchalar paydo bo’ldi. (Xususan, kelishiklarda) Qadimgi turkiy adabiy tilning qadimiyligi, xususan, miloddan oldingi davrlardagi holati to’g’risida yozma manbalarda unchalik ko’p malumotlar yo’q. Xitoy yilnomalaridagina ba zi ma lumotlar berilgan. Turkiy til va yozuvning qadimiyligi to’g’risida Xitoy manbalarida berilgan ma lumotlarni turkiy-run yodgorliklaridagi malumotlar to’ldiradi. Yozuv va til to’g’risida so’z ketganda, ma lum yozuv shaklining ko’plab xalqlarga tez suratda tarqalishi nazarda tutilmaydi. Umumxalq tili ya ni dialektlararo muloqot vositasi yozma shaklni oladi. Mazkur til bir yoki bir nechta dialektlar asosida shakllanganmi yoki yo’qmi - bu unchalik ahamiyatli emas. Qadimgi turkiy yodgorliklar o’zgarmagan, asl holatini saqlagani va barcha turkiy qabilalar uchun yagona bo’lgani uchun, adabiy til xususiyatini o’zida gavdalantiradi. Adabiy tilning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi va leksik tarkibi ayni shu yodgorliklarda mujassamlashgan. Qadimgi turkiy-run yodgorliklari adabiy tilni o’zida ifodalar ekan, qadimgi turkiy tildagi bu jarayonga nisbatan koyne terminini qo’llash maqsadga