VI-VII asrlarda Sug’d, Farg’ona va Xorazm


VI-VII asrlarda Sug’d, Farg’ona va Xorazm Reja: 1. Sug’dning ilk feodal davlatlar konfederatsiyasi. 2. Farg’ona, Xorazm, Choch va Eloqdagi mustaqil hokimliklar. 3. Ilk o’rta asr shaharlarining shakllanishi.
VI asr o’rtalariga kelib feodal munosabatlar rivojlanayotgan bir davrda, siyosiy jixatdan eftaliylar davlati porakandalikka yuz tuta boshladi uning tarkida 15 dan ortiq mustaqil feodal hokimliklar vujudga keldi. Turk xoqonligining 563- 567 yillar davomida olib borgan urishlari natijasida Eftaliylar ustidan g’alaba qozondi va O’rta Osiyoda xoqonlik hokimiyatini o’rnatishga muoffaq bo’ldi. Xitoy tarixiy manbalaridan aniqroq bo’lishicha Samarqand va uning atrofidagi hududlar Kan degan nomda yuritilgan. Shuni alohida qayt etish lozimki Kan kichik bir viloyatni ifodalab qolmasdan u butun bir So’g’diyonani ifodalovchi nom bo’lgan. VII asrda Li Yan-shou tamonidan yozilgan “Beyshi” yani “Shimoliy xonadonlar tarixi” nomli asarida bir qator viloyatlar qatorida Samarqandni ham keltirib uni Kan deb ataydi. Bundan tashqari Suy sulolasi tarixi yoritilgan “Suyshu” nomli, hamda Txan sulolasi tarixi yoritilgan “Txanshuda” nomli tarixiy asarlarda ham shunday takrorlanadi. VI-VII asrlarda so’g’d mahalliy hokimlar tamonidan idora etgilgan. Bu haqda qadimgi Xitoy manbalarida qayt etilgan. Tarixiy manbalarda alohida mulkiy hududlar Kan sulolasiga itoadda bo’lganligi to’g’risida so’z boradi. Har bir mamuriy birlikning o’z nomi bo’lib ular quydagilardir: Maymurg’, Ishtixon, Kushoniya, Buxoro, Naqshab, Amul, Andxoy va Samarqand. Samarqand bu mulkliklarning kattasi bo’lgan. Bu viloyatlarning ko’pchiligi Zarafshon vodiysida, Qashqadaryo Vodiysida joylashgan bo’lib, bu joylarning hammasi So’g’diyona deb nomlangan. Yuqorida qayt etilgan mulkliklarning boshqalari kuch qudrat jihatdan yuksak bo’lgan Samarqand hokimi bilan hisoblashib muomilada bo’lgan. Hatto ayrim davlat boshliqlari u bilan quda andachilik munosabatlarini ham o’rnatgan. Buxoro viloyati hokimlari Samarqand hukmdorlari bilan qon qarindosh bo’lib, ular umumiy ajdod tarafidan bir birlari bilan chambarchas bog’langan edi. Bevosita Kan hukmdoriga bo’ysingan Buxoro hokimi ham xuddi shu nomdagi unvon soxibi bo’lgan. Kanning marazlashgan davlat bo’lishi 6 asrlarga yani eftalit davlatining kuchsizlanib yemirilib kelayotgan davriga to’g’ri keladi. Samarqand So’g’d hukmdorining saroyida ajdotlar ibodatxonasida har yilning oltinchi oyida qurbonlik keltirish munosabati nishonlanib unda mamuriy
birliklarning hukmdorlari ishtirok etganlar va bu holat ular barchasining qon- qarindosh aloqasida ekanligadan dolalat beradi. VII asrning birinchi choragida Kesh viloyati kuchayib, davlatning poytaxti hozirgi Kitob o’rnida Kesh shahri bo’lib qolgan. Manbalarga ko’ra, uning hokimi Tish (Ticho) degan kishi bo’lib, bu borada mazkur davlat boshlig’i qudratli hukmdorga aylangan. Yoqubning bergan malumotiga qaraganda VII asrning boshlarida Kesh viloyati kuchaya boshlagan. Yoqub o’z axborotida Kesh xokimini Ticho deb ataydi. Manbalarda qayt etilishicha Keshga u tamonidan asos solingan. VII asr o’rtalarida Kesh hukmdori- ixshid Shishpur butun Keshning hukmdori sifatida tan olingan. U o’z nomidan tangalar zarb ettirgan uning davrida zarb etilgan tangalarda “Ixshid -Shishpar” degan yozuvlar mavjud. Malumki ixshid So’g’d hukmdorining nomi. Bundan Shishparning butun So’g’d viloyatining hokomi bo’lganligi malum bo’ladi. U boshqa davlatlarga esa rasmiy ravishda elchilar yuborib turgan. Jumladan Xitoy davlati bilan diplamatik aloqalar o’rnatgan. Ammo Kesh xokimlarining So’g’d ustidan hukumronligi uzoq davom etmadi. Keyinroq taxminan VII asrning ikkinchi yarmida, Kesh va Samarqand o’rtasida qattiq kurashlar bo’lib, bu kurashlar natijasida Samarqand siyosiy jihatdan hukmronlikni o’z quliga qaytarib olishga erishadi. Uning hukmdori ishid soxibi bo’lish bilan bir qatorda Kesh hokimini taxtdan ag’darib tashlab, o’rniga esa o’z vakilini o’tqazadi. Endilikda Kesh hukmdoriga “ixrid” unvoni beriladi va u Samarqand hokimiga merosiy ravishda tobe bo’lib qoladi. Samarqand hokimi o’sha paytda ixshid Varxuan bo’lgan. So’g’diyonaning mahalliy hokimlari Choch va Xorazmning mustaqil hukmdorlari bilan birlashgan edilar. Yirik siyosiy birliklar malum muddatlarda shaharlardan birida o’z quriltoylarini o’tkazib turganlar. Xorazm boshqa shahar davlatlarga nisbatan ancha mustaqil edi. Mamalakatni afrig’iylar sulolasiga mansub podsholar boshqarar edi. VI-VII asrlarda Xorazm o’z boshidan iqtisodiy inqirozni kechirib turgan. Xorazmliklar boshqa davlatlar, xususan, Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo- sotiq munosabatlarida bo’lishgan. Xorazm madaniyati o’z qiyofasini saqlab qolgan va hyech qanday
tashqi tasirlarga uchramagan. Sug’diyonaning tarkibiga o’sha vaqtlarda Panjikentdan Karmanagacha bo’lgan yerlar kirgan. Buxoro esa VII asrda mustaqil mulklar itifoqidan iborat alohida birlashma sifatida Samarqandga bo’ysinmay qolgan. Uning podshosi “buxorxudod” unvoni soxibi bo’lgan. 2-masala: Forg’ona Kan siyosiy ittifoqiga kirmagan bo’lib, u alohida mustaqil davlat edi. Uni “ afshin” boshqargan. Farg’ona Tangritog’ xalqlari bilan o’zaro aloqada bo’lgan. VI-VII asrlarda yurtimiz hududida yuz bergan ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlar tatqiqotchilar tamonidan ijtimoiy iqtisodiy jihatdan o’rganilib chiqilgan. Mazkur ilmiy tatqiqotlarning natijalariga suyangan holda o’sha davrda So’g’diyona Xorazm va Forg’ona hamda mazkur geografik hudularga qarashli mulklarda dehqonchilik bog’dorchilik ayniqsa uzumchilik paxta yetishtirish va uy chorvachiligining ancha rivoj topganligini anglash mumkin. Iqtisodiy qayotning muhim jarayonlaridan biri sanalgan savdo- sotiq va hunarmandchilik ham bu davrda gullab yashnagan. Bu davrda Forg’ona Farkan yoki Davon deb yuritilgan. Uning podsholari “ixshid” deb nomlangan.koson, Axsikat va Qubo kabi yirik shaharlarida hunarmandchilikning turli soxalari rijoj topgan. Yuqorida nomlari qayt etilgan shaharlarda tog’ qalari mavjud bo’lgan, bu istehkomlar vodiy bo’ylab joylashgan. V-VII asralarda Chirchiq Ohangoron vodiysida ikkita mutaqil feodal davlatlar mavvjud b o’lgan. Mazkur davlatlarning tarixiy manbalarda Choch davlati nomi ostida tilga olinsa, yana biri Eyuloq mulki nomlari ostida tilga olinadi. Chochning poytaxti chochkand shaxri bo’lib, podshoxi “tudun” nomlanadi. Eloqnning poytaxti Tunkat shahri bo’lib hokimi dexqon deb yuritilgan. Mazkur davlatlar V asralrda Eftaliylar davlaatiga bo’ysintirilgan bo’lsa, VI asrda G’arbiy turk xoqonligiga bo’ysintiriladi. Choch vaeloqda sug’orma dehqonchilik chorvachilik hunarmandchilik ayniqsa konchilik ichki va tashqi savdo yuksak darajada edi. O’rta asrlarda Choch voxasi uzil kesil shakllangan edi. Uning hududi 50 ga yaqin sug’orish inshoatlari yordamida su g’orilar edi. Chochliklar