Xalqaro tarmoq. Internet tarmog’i va qidiruv tizimlarida mutaxassilikka doir ma’lumotlarni izlash, saqlash va foydalanish texnologoiyalari.
Xalqaro tarmoq. Internet tarmog’i va qidiruv tizimlarida mutaxassilikka doir ma’lumotlarni izlash, saqlash va foydalanish texnologoiyalari. Reja: 1. Xalqaro kompyuter tarmoqlari. 2. Internet tarmog’i va qidiruv tizimlarida mutaxassilikka doir ma’lumotlarni izlash, saqlash va foydalanish texnologoiyalari.
1. Xalqaro kompyuter tarmoqlari. Umumiy xolatlarda global tarmoq kompyuterlar va terminallar ulangan aloqa tarmoqchasini ulaydi. Lokal tarmoqqa birlashgan kompyuterlarni ulashga ruxsat beriladi. Aloqa tarmoqchasi ma’lumotlarni uzatish kanali va kommunikatsiya uzellaridan iborat. Mijoz-foydalanuvchilar ishlaydigan kompyuter ishchi stansiyalar deb yuritiladi. Foydalanuvchilar taqdim etadigan tarmoq resurslari manbai serverlar deb yuritiladi. Serverlar tarmoq bo’ylab axborotni tez uzatish uchun, axborotni dasturiy ta'minot yordamida vazifalarni bajaruvchi kompyuterlardir. Bu uzellar aloqa tarmog’ining ishlash samaradorligini ta'minlaydi. Ko’rib chiqilgan tarmoq uzelli xisoblanadi va global tarmoqda qo’llaniladi. Internet tarmog’i turli tiplardagi o’n millionlab kompyuterlarni turli modellar va fasonlardagi shaxsiy kompyugerlardan tortib to katta va o’ta katta EHM — meynfreymlargacha birlashtiradi. Bunday xilma-xil mashinalarning bir- biri bilan umumiy muloqot tilini topish juda murakkab masaladir. Bu masala mazkur tarmoq uchun yaratilgan kompyuterlarning muloqot bayonnomalari tizimidan foydalanish bilan hol etiladi. Internet tarmog’i lavhasining strukturasi: Bu tizimning asosini ikkita asosiy bayonnoma tashkil etadi: — Internet Protocol (IP) — tarmoqlararo bayonnoma, ISO modelining tarmoqli darajasi vazifasini bajaradi; — Tgansmission Control Protocol (TCP) — uzatishni boshqarish bayonnomasi, ISO modelining transportli (tashish) darajasi vazifasini bajaradi. IP bayonnomasi axborotlarni elektron paketlarga (IP deytagramma) bo’lib chiqishni tashkil etadi, yuboriladigan paketlarni marshrutlaydi va olinadiganlarini qayta ishlaydi. TCP transportli darajaning tipik bayonnomasi hisoblanadi: u ma’lumotlar oqimini boshqaradi, xatoliklarni qayta ishlaydi va barcha ma’lumot paketlari olinganligini va kerakli tartibda yig’ilganligini kafolatlaydi. Internet uchun transportli darajaning yana bir bayonnomasi mavjuddir: foydalanuvchi
deytagrammasining bayonnomasi (UDP — User Datagram Protocol) oddiyroq va ma’lumotlarni masuliyatsiz jo’natishlarda ishlatiladi. Bu bayonnomalarni ishlatish jarayonlarining ketma-ketligi quyidagicha bo’ladi. Uzatiladigan axborot amaliy dastur vositalari bilan aniq bir formatli bloklarga joylanadi. IP bayonnomasi bu bloklarni paketlarga ajratadi, olingan axborotlarning to’liqligini tekshirish mumkin bo’lishi uchun paketlarning har biri nomer va sarlavxa oladi. Tarmoqlararo TCP/IP bayonnomalarining ish mexanizmi pochta xizmatiga o’xshashdir: • Oddiy pochta bo’yicha jo’natiladigan yozma axborotlar (xatlar) konvertlarga joylanadi, ularda jo’natuvchining va oluvchining adreslari bo’lishi kerak. Kompyuterlar ham xuddi shunday harakat qiladi: axborot bloklarini ajratib chiqadi va elektron paketlarga joylaydi hamda ularni optimal yo’l bilan bir kompyuterdan boshqasiga uzatadi. Bu elektron axborot paketlarida pochtadagilarga o’xshash standart joylashtirish bor: ma’lumotli axborot matni kodli konvertlarga joylanadi, u konvert axborotning boshlanishi va tugallanishi hamda sarlavhasining maxsus belgilaridan shakllantiriladi, konvertda esa jo’natuvchining va oluvchining adreslari (IP-adres deb ataladi) ko’rsatiladi. Bunday kodli konvert axborotning butunligini ta’minlaydi va uning tarmoqdagi yo’l ko’rsatuvchisi bo’lib xizmat qiladi. • Xat jo’natilgandan keyin u pochta xizmatining ixtiyorida bo’ladi. Har bir pochta bo’linmasi oluvchining adresini o’qiydi, boshqa qaysi pochta bo’linmalari orqali xatni optimal usul bilan oluvchiga jo’natish kerakligini aniqlaydi va keyingi tanlangan aloqa bo’linmasiga xatni jo’natadi. Elektron paketlarni jo’natishning shunday algoritmi Internet tarmog’ida ham amalga oshirilgan. Pochta bo’linmalari vazifasini tarmoq uchastkalarini o’zaro birlashtiruvchi marshrutlovchilar bajaradi. Elektron paketlar standart o’lchamga ega: bitga uzun axborot bir nechta paketlarga joylanishi mumkin va, aksincha, bitta paketga bir nechta qisqa
axborotlar, agar ularda oluvchining bitta adresi bo’lsa, joylashishi mumkin. Har bir paket boshqa barcha paketlarga bog’liq bo’lmagan ravishda joriy vaqtdagi optimal marshrut bo’yicha oluvchiga etkazib beriladi. Boshqacha aytganda, o’zaro aloqador paketlar va bir kompyuterdan boshqa kompyuterga paketlar turli xil yo’llar bilan uzatilishi mumkin. Bunda bitta kanaldan tarmoqning umuman turli qismlariga yuborilayotgan paketlar uzatilishi mumkin. Bu telekommunikatsiya tizimining resurslarini juda samarali ishlatishga va uning shikastlangan uchastkalarini chetlab o`tishga imkon beradi. Oluvchining qabul punktida har bir kelgan paketning sifati tekshiriladi (ma’lumotlarni uzatishda buzulishlar bo’lmadimikan), bitta uzun axborotli barcha paketlar birga yig’adi, bu axborotli barcha paketlarning borligi tekshiriladi va ishonchli bo’lsagina, ular umumiy axborotga birlashtiriladi. Agar ma’lumot paketi yo’qolgan yoki buzilgan bo’lsa, uning nusxasi so’raladi. Axborot barcha buzilmagan paketlar olingandan keyin tiklanganligi sababli ularning olinish ketma- ketligi ahamiyatga ega emas. IP va TCP bayonnomalari shunchalik chambarchas bog’langanki, cha ularni bitta nom ostida keltiriladi — TCP/IP bayonnomalari. Bu bayonnomalar asosida ko’pgina tarmoqli servis bayonnomalari ishlab chiqilgan, ularning orasida quyidagilarni ta’kidlash kerak: • File Tgapsfer Protocol (FTP) — fayllarni uzatish bayonnomasi: • Telnet — uzoqdan murojaat qilish bayonnomasi, yani buyruqlarni uzoqdagi kompyuterda masofadan turib ijro etish; • Simple Mail Tgapsfer Ptotocol (SMTP) — elektron pochtani yuborishning oddiy bayonnomasi; __ • Hyper Text Tgapsfer Protocol (HTTP) — gipermatnni uzatish bayonnomasi (Worid Wide Web da axborotlarni uzatishda ishlatiladi); • Network News Tgapsfer Protocol (NNTP) — yangiliklarni (telekonferenciyalarni) uzatish bayonnomasi. Foydalanuvchilarni tizim bilan muloqoti matnli interfeysni ishlatgan holda UNIX operacion tizimi asosida yoki hozirda anchagina keng tarqalgan MS
Windows/Windows NT muxitida amalga oshirilib, bu muxit uchun Internet ning barcha texnologiyalari va servislari bilan ishlaydigan amaliy dasturlar mavjuddir, bu dasturlar o’z navbatida oddiy va qulay grafik interfeysga ega. UNIX ma’lumotlarni tarmoq ichida kodlash uchun KOI-8 kodlari ishlatiladi, Windows muxitida esa ANSI standartidagi kodlar ishlatiladi. 2. Internet tarmog’i va qidiruv tizimlarida mutaxassilikka doir ma’lumotlarni izlash, saqlash va foydalanish texnologoiyalari. Axborot hayotimizda muhim ahamiyatga ega ekan, uni Internetdan kerakli vaqtda, zarur miqdorda, qisqa vaqt ichida olib turishimiz kerak bo'ladi. Lekin, Internetdan axborotni qisqa vaqt ichida olish muammosi ham bor. Bu darsda shu muammoni hal etish usullaridan birini ko'rib chiqamiz. Qidiruv tushunchasi. Int е rn е t tarmog’idagi qidiruv tushunchasi shuni anglatadiki, bunda har bir foydalanuvchi o’ziga k е rakli bo’lgan biror ma'lumot yoki mat е rialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega bo’ladi. Internet - bepoyon axborot ummoni. Axborotlar Internetda millionlab Web- sahifalarda saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan Web-sahifani topish uchun uning Internetdagi adresini bilish zarur. Ammo internet soat sayin yangi axborotlar bilan boyib boradi. Shuningdek, ba'zi (eskirgan) axborotlar Internet tarmog'idan chiqarib tashlanadi. Internetdagi ko'p foydalaniladigan Web-sahifalar adreslari maxsus ma'lumotnomalarda chop etib turiladi. Lekin ulardan to'liq axborot olib bo'lmaydi. Chunki Internetdagi barcha Web-sahifalar adreslarini chop etish uchun juda katta hajmli kitob kerak bo'ladi. Bu kitob chop etib tugatilmasidan Internetdagi bir qancha adreslar o'zgarishi aniq. Bu muammo maxsus Qidiruv tizimlari yaratilishi bilan osonlikcha hal etildi. Int е rn е t tarmog’i foydalanuvchilari qidiruvni Int е rn е t muhitida joylashgan v е b- saytlar, ularning manzili va ichki ma'lumotlari bo’yicha olib borishi mumkin. Bu