logo

XV ASRDA HIROT ADABIY MUHITI. MAVLONO LUTFIY VA HUSAYNIY IJODI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.970703125 KB
XV ASRDA HIROT ADABIY MUHITI. MAVLONO LUTFIY VA
HUSAYNIY IJODI
REJA:
1. XV asrda hirotda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot.
2. Mavlono Lutfiy hayoti va ijodini o’rganish tarixidan.
3. Lutfiy adabiy merosining manbalari.
4. Lutfiy she`riyatining j anr, mavzu va mazmun rang-barangligi.
5. Lutfiy she`riyatining badiiy jilolari.
6. Mavlono Lutfiy va turkiy she`riyat ravnaqi.
7. XV asr hirot adabiy muhitining shakllanish omillari, Sulton husayn Boyqaro 
(Husayniy) faoliyati va adabiy merosi.
  O’zbek   mumtoz   adabiyoti   tarixida   malik   ul-kalom   faxriy   unvoni   bilan
e`zozlangan   shoir mavlono Lutfiydir. Mavlono Lutfiy hayoti va ijodini o’rganish
tarixi   XU   asrdan   Alisher   Navoiydan   boshlanadi.   Alisher   Navoiy   "Majolis   un-
nafois",   "Nasoyim   ul-muhabbat"   tazkiralarida   mavlono   Lutfiy   haqida   birinchi   va
hozirgacha   ishonchli   ma`lumotlarni   bayon   etgan   bo’lsa,   "holoti   Pahlavon
Muhammad",   "Muhokamat   ul-lug’atayn",   "Badoe`   ul-bidoya"   devoniga   yozilgan
debochalarda mavlono Lutfiy, she`rlari turli munosabat bilan tilga olingan. Alisher
Navoiyning   "mavlono   Lutfiy…   o’z   zamonining   malik   ul-kalomi   erdi.   Forsiy   va
turkiyda naziri (o’xshashi, tengi) yo’q erdi, ammo turkiyda shuhrati ko’prak erdi",-
deb yozganida mavlono Lutfiyning o’zbek adabiyotida   tutgan buyuk martabasini
shunday   ixcham   va   go’zal   tarzda   bayon   etganki,     u   hozirgacha   eng   yuksak   ta`rif
sifatida ma`lum va mashhurdir. Xondamirning "Makorim ul-axloq"ida ham  Lutfiy
va Navoiyga bog’liq bir lavha keltirilgan: "Orazing epqoch ko’zumdin sochilur har
lahza yosh" misrasi bilan boshlanadigan g’azalga oid  XU1-X1X asrlarda Abdulloh
Kobuliyning  "Tazkirat ut-tavorix", Vola Dog’istoniyning "Riyoz ush-shuaro" kabi
asarlarida   ham   mavlono   Lutfiyga   doir   ma`lumotlar   bor.   XX   asrda   esa   Angliya
(CHarlz   Riyo),   Kanada   (E.Birnbaum),   Rusiya   (V.Bartol'd,   A.Samoylovich),
Turkiya   (Zaki   Validiy,   Ismoyil   hikmat,   Kamol   Э raslan)olimlari   ham   bu   sohada
maqola   va   risolalarni   e`lon   qildilar.   O’zbek   adabiyotshunosligida   A.Fitrat,   hodi
Zarif,   Э .Rustamov,   S. Э rkinov,   Э .Ahmadxo’jaevlarning   tadqiqotlari,   shoir
asarlarini   nashr   ettirganlari   ("Sen-sen   severim")   ma`lum.   Lutfiyshunoslik   ta`rixi
ancha   boy   bo’lsa-da,   ammo   aniqlanishi   lozim   bo’lgan   talay   muammolar   ham
(tarjimai holi, merosiga doir) bor.
Hayoti va merosi.   Mavlono Lutfiyning tarjimai holiga doir ma`lumotlar oz.
Uning   hijriy   hisobda   99   yosh   yashagani,   taxallusi   Lutfiy   ekani,   hirotdagi
Dehikanorda vafot etgani ma`lum. Ammo nomi, otasining ismi, shoirning tug’ilgan
va   vafot   yillari   aniq   emas.   SHuning   uchun   shoirning   tug’ilgan   va   vafot   etgan
yillari,   tug’ilgan   joyi   haqida   har   xil   mulohazalar   bor.   hozirgi   kunda   1366-1465
yillar deb yuritish ko’zg а  tashlanadi. Ammo u melodiy yil hisobida bo’lib, Alisher
Navoiy   eslatgan   "99   yosh   yashadi"   deganda   hijriy   hisob   nazarda   tutilgan.   Agar Alisher Navoiy asarlarida mavlono Lutfiy bilan bog’liq fikrlardan kelib chiqadigan
bo’lsak,  unda  mavlono  Lutfiy tug’ilgan  yilni  hijriy 787-  melodiy  1385-   1386 yil,
vafotini   esa   hijriy   886-melodiy   1482-   1483   yil   deb   qabul   qilish   haqiqatga   yaqin
ko’rinadi.
Mavlono   Lutfiyning   tug’ilgan   joyi   haqida   ham   keyingi   davrda   topilgan
manbalar,   jumladan   SHayx   Ahmad   Taroziyning   1437   yilda   yozilgan   "Funun   ul-
balog’a"   si   asosida     SHosh   -Toshkant   ekanligi   aytilmoqda.   SHunday   qilib,
mavlono   Lutfiy   tarjimai   holiga   doir   ma`lumotlar   to’liq   emas.   Mavjud
ma`lumotlarga ko’ra, mavlono Lutfiy   Sohibqiron Amir  Temur  davrida   dunyoga
kelib, avval maktabda savod chiqargach, madrasada tahsil olgan. So’ng esa hirotda
SHahobiddin   Xiyoboniydan   so’fiya   tariqatidan   saboq   olgan.   SHoirlik   sohasidagi
faoliyatini   ham   davom   ettirib,   XU   asrning   20-yillarida     ancha   shuhrat
qozonganidan   Ulug’bek   mirzo,   Boysung’ur   mirzolar   uni   hurmat   qilganlar.   Bu
holni mavlono Lutfiyning o’zi ham ta`kidlab, kuyidagilarni yozadi:
Ulug’bekxon bilur Lutfiy kamolin,
Ki rangin she`ri Salmondin qolishmas.
Ya`ni :
Lutfiy ash`orini lutfi Boysung’urxon bilur,
Kim arusi mulk ko’rmaydur aningdek shoh-shoh.
Shohrux,   Abulqosim   Bobur,   Abusaid,   Sulton   husayn   Boyqarolar   saltanati
davrida   mavlono Lutfiy hayoti hirotning Dehi kanor mavzeida o’tgan. U darvesh
va   kamtar   bo’lganidan   asosan   badiiy   ijod,   yosh   shoirlarga   saboq   berish,   adabiy
anjumanlarga qatnashish bilan shug’ullangan. 
Mavlono   Lutfiy   Abdurahmon   Jomiy   va   Alisher   Navoiylar   bilan   yaqin
munosabatda   bo’lgan.   Jumladan,   Alisher   Navoiy   shunday   eslaydi:   "Bu   faqir
borasiga   ko’p   iltifoti   bor   edi   va   fotihalar   o’qur   erdi   va   doim   volida   (ona)
mulozamatig’a   va   rizoi   xotirig’a   targ’ib   qilur   edi"   ("Nasoyim   ul-muhabbat").
Xondamirning   "Makorim   ul-axloq"ida     keltirilishicha,   mavlono   Lutfiy   yosh
Alisher   Navoiyning   she` р   yozishini   kuzatib   borgan,   she`rlarini   maqtagan.
Jumladan, Alisher Navoiyning: Orazin yopg’och ko’zumdin sochilur har lahza yosh,
Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh,- 
bayti   bilan   boshlanadigan   g’azalini   eshitgan   mavlono   Lutfiy     "hayrat   dengiziga
cho’mib shunday dedi: V-Alloh, agar muyassar bo’lsa edi o’zimning o’n-o’n ikki
ming forsiy va turkiy baytimni  shu g’azalga almashtirardim va bu  ishning yuzaga
zo’r   muvaffaqiyat   hisoblardim".   Mavlono   Lutfiy   umri   oxirigacha   shoirlar   bilan
muloqotda   bo’lib,   ularga,   jumladan,   Abdurahmon   Jomiyga   bag’ishlab   qasidalar
yozgan . 
Mavlono   Lutfiy   hijriy   hisobda   "to’qson   to’qqiz   yoshida   olamdin     o’tdi.   qabri
Dehi kanordadur, o’z maskani erdi " (Alisher Navoiy).
Mavlono Lutfiy qoldirgan adabiy meros haqida   Alisher Navoiyning ma`lumoti
asoslidir. Uning yozishicha, mavlono Lutfiy forsiy va turkiy tillarda   she`r aytgan
bo’lsa-da,   turkiy   she`rlarining   shuhrati   ko’proq   edi   va     "turkcha     devoni   ham
mashhurdur",   ikkinchidan,   "Mavlono   (Lutfiy)ning   "Zafarnoma"   tarjimasida   ikki
ming baytdin ortiqroq masnaviysi bor. Bayozg’a yozmag’on (oqqa ko’chirilmagani
) uchun shuhrat tutmadi".
Demak,   mavlono   Lutfiy     merosi   she`rlar   devoni   va   "Zafarnoma"   tarjimasidan
iborat  bo’lgan.  Ammo  keyingi   vaqtlarda  "Gul  va  Navro’z"  dostoni  ham  mavlono
Lutfiyga   nisbat   beriladi.   Zahiriddin   Muhammad   Boburning   "Aro’z   risola"si,
SHayx   Ahmad   Taroziyning   "Funun   ul-   balog’at"asarlari     ilmiy   muomalaga
kiritilishi   sababli   "Gul   va   Navro’z"dostonining   muallifi   mavlono   Lutfiy   emas,
balki haydar Xorazmiy ekani uzil-kesil hal qilindi.
Mavlono   Lutfiy   merosidan   turkiycha   devoni   unga     yaqin   qo’lyozma   nusxada
bizgacha etib kelgan bo’lsa-da, ammo ular mukammal emas, balki qaryib uch ming
baytni o’z ichiga oladi,xolos.
Bizgacha etib kelgan she`rlarning tarkibi quyidagicha: g’azal (372 ta 2080 bayt),
qasida (3 ta 107 bayt), qit`a, ruboiy, tuyuq (115 ta 230 bayt), fard (60 ta 60 bayt),
ayrim baytlar (22 ta   22 bayt). Ularning umumiy soni 572 ta bo’lib, 2774   baytni
tashkil   etadi.   Bu   mavlono   Lutfiy   she`riy   merosining   bir   qismidir   xolos.   CHunki
Xondamirning   ma`lumotiga   ko’ra,   mavlono   Lutfiyning   Navoiy   g’azaliga   bergan baholarida   o’zlarining   "o’n-o’n   ikki   ming   bayt"   she`rlarini     tilga   olganlar.   Bas
shunday   ekan,   mavlono   Lutfiy   qalamiga   mansub   she`rlarning     to’liq   devonini
izlash lutfiyshunoslikning sharafli vazifalaridandir.
Mavlono Lutfiy she`riyati. SHoir she`rlari tarkibidan ma`lumki, unda g’azal son
(372 ) va bayt (2086) jihatdan  etakchi o’rindadir.
Mavlono   Lutfiy   g’azallari   o’ziga   xos   xususiyatlar,   xillarga     ega   bo’lsa-da,
ularning asosiy mavzusi ishq, axloq, falsafiy mushohadalardan iborat.
g’azallarning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilarda  ko’rinadi:
-sodda bayonli uslubda bo’lib, ravon va o’ynoqilikda;
-asosan 5-7 baytdan tashkil topib, ba`zida 9-baytlilari  ham bolrligida;
-g’azal   ichidagi   baytlar   o’zaro   turlicha   bog’langanligida.   Bu   jihatdan   g’azallarni
ikki guruhga ajratish mumkin: birinchi, baytlar o’zaro mantiqiy bog’langan bo’lib,
ularda   mavzu   va   timsol   izchil   yoritiladi.   Ularni   yakpora   g’azallar   deb   tavsiflash
mumkin;   ikkinchi,   har   bir   bayti   alohida   mavzu   va   timsol   tasviriga     bag’ishlanib,
g’oyaviy   jihatdan   birlashuvchi   baytlardan   tashkil   topgan   g’azallar,   birinchi
guruhga   -   yakpora   -g’azallar   xiliga   mansub   bo’lgan,   quyidagi   matla`   bilan
boshlanadigan g’azalni ko’zdan kechirish masalani oydinlashtiradi:
Jonim chiqadur dard ila jononima ayting,
Bu xasta gado holini sultonima ayting.
g’azal   besh   baytli   bo’lib,   unda   "ayting"   radif,   "jonima,   sultonima"   qofiyadir.
Birinchi baytda-matla`da   g’azalning asosiy mavzusi - ishq, mazmuni - oshiqning
hijrondagi holati va timsollari - oshiq (gado) va ma`shuqa (sulton) g’oyatda katta
mahorat   bilan   ifodalangan.   g’azalning   keyingi   to’rt   baytida   ana   shu   mavzu,
mazmun   va   timsollar   sharhlanadi.   Natijada   g’azalni   o’qigan   kishi   oshiqning
ma`shuqa   hijronida   o’rtangani,   ko’z   yoshlari   to’kkani,   yuragining   qat-qat   qon
bog’lagani   kabi   ruhiy-botiniy   holatini   bosqichma-bosqich   yaqqol   tasavvur   eta
oladi.   Bundagi   mantiqiy   izchillik   baytlarning   o’z     o’rnida   bo’lishini,   ular   o’rnini
almashtirish   yoki   birortasini   tushirib   qoldirish   mumkin   emasligini   ta`minlagan.
SHu   jihatdan   u   yaxlit   asar   yoki   yakpora   g’azaldir.   g’azalda   mavlono   Lutfiyning
olami sag’ir va olami kabirlarning yaxlitligi, vahdatiga oid tasavvufona qarashlari ham juda nozik va mahorat bilan ifodalangan. Bu hol xususan quyidagi baytda o’z
ifodasini topgandek tuyuladi:
Qon yoshim erur yuz uza yulduz kibi   sonsiz,
Ul ko’zlari cho’lpon mahi tobonima ayting.
Bunda   oshiq-olami   satir   bilan   bog’liq   bo’lgan   "qon   yosh,   yuz"   bilan   bir   qatorda
olami kabir (ma`shuqa)- koinotdagi  "yulduz cho’lpon, mah (oy)" yaxlit kelganligi
fikrni tasdiqlaydi. CHunki bular  oshiq va ma`shuqada mujassamlshib, olami kabir
olami   sag’irda   zuhur   etgan.   SHunday   ekan,   ular   yaxlit   bo’lib,   vahdati   vujudni
tashkil etadi. Agar masalaning bu tomoniga e`tibor qilinsa, unda oshiqdagi  hijron
dardining falsafiy mazmuni, ya`ni "xajr- judolik"-juzv- qatraning kull- ummondan
ajralib qolib, unga  (kullga, ummonga)qo’shilish uchun tortayotgan iztirobli bayon
etilgani   oydinlashadi.   Bas   shunday   ekan,   g’azalda   majoziy   va   haqiqiy   ishq   bilan
bog’liq bo’lgan jihatlar xam qalamga olingan. SHoir g’azalda o’xshatish, sifatlash,
mubolag’a, istiora, tazod, irsoli masal (xasta, gado, gado-sulton, sham`i shabiston,
yurak-   g’uncha,   guli   xandon,   ko’zlari   cho’lpon)   kabi   badiiy   tasvir   vositalaridan
o’rinli   foydalangan.   g’azal   sodda   bayonli   uslubda   yozilganidan   unda   tushinishi
qiyin so’z yoki iboralar uchramaydi.
Yakpora g’azallardan yana biri quyidagi matla`ga ega:
Bixamdullahki, keldi dilraboyim,
Azizon, ko’zi cho’lpon, to’lin oyim.
Etti   baytli   bu   g’azal   mavzu   (ishq)   jihatidan   yuqorida   ko’rilgan   g’azal   bilan
hamohang   bo’lsa-da,   ammo   mazmun   va   timsollar   tasviri   jihatidan   undan   farq
qiladi.   Oldingi   g’azalning   mazmuni   oshiqning   hijron   dardidan   chekayotgan
azoblari   bayonidan   iborat   bo’lsa,   bu   g’azal   esa,   aksincha,   ma`shuqaning   ishq
oldiga     kelishi   munosabati   bilan   oshiqdagi   xursandchilikning   bayoni   asosiy
mazmun   bo’lgan   (Farax   qil   Lutfiykim,   dildor   keldi).   SHuning   uchun   g’azalning
matla`dan   maqta`gacha   bo’lgan   baytlari   ma`shuqa   sifatlari   bayoniga
bag’ishlangan.   Ana   shu   mazmun   g’azalga   shodiyona   ruhni   olib   kirgan   (avvalgi
g’azalda   esa   maxzun,   g’amgin   rux   etakchi).   Bundan   tashqari   bu   g’azal   majoziy ishq- insonning insonga bo’lgan muhabbati tasviriga bag’ishlanganligi jihatlaridan
unda tasavvufona qarashlar ko’rinmaydi.
Demak,   g’azalda   mavzu   va   mazmunning   yaxlit   yoritilishi   uning
yakporaligini   ta`minlagan.   Unda   "visol"   bilan   bog’liq   kayfiyat,   ruh   etakchi.
SHuning   uchun   oldingi   g’azal   matla`idagi   "Jonim   chiqadur   dard   ila   jononima
ayting"   mazmuni   ikkinchi   g’azalda   umuman   ko’rinmaydi,   balki   unda   "Farah   qil
(shod bo’l) Lutfiykim,  dildor keldi" mazmuni ustunlik qiladi.
Shunday   qilib,   bu   ikki   g’azal   ham   yakporalik   xususiyatiga   ega   bo’lsa   ham,
mazmun,   timsollar   va   ruhiy   xolatlarning   tasvir   uslubi   bir-biridan   farq   qiladi.   Bu
esa   bir   guruhga   (yakpora)   mansub   g’azallarning   har   biri   alohida   badiiy   hodisa
ekanidan   guvohlik   berib,   malik   ul-kalom   Lutfiyning   shoirlik   mahoratini   yana   bir
karra namoyish etadi.
Eslatilganidek,   mavlono   Lutfiy   g’azallarining   bir   qismi   bir   mavzuga
bag’ishlangan   bo’lsa-da   ulardagi   har   bir   bayt   alohida   mazmun   va   timsollar
tasviridan   iborat.   Ana   shunday   g’azallarda,   Alisher   Navoiy   e`tirof   etganday,
"mutaazzir   ul-javob   matla`lari"   (javob   aytish   qiyin   bo’lgan   misralar)   ko’p   bo’lib,
ulardan   ba`zi   misollarni   "Majolis   un-nafois"da   keltirganini   nazarda   tutib,   uni
nazardan o’tkazish ma`qul ko’rildi:     
Sayd etti dilbarim meni oshufta sochtin,
Soldi kamand bo’ynuma ikki qulochtin.
Besh   baytdan   iborat   g’azalning   asosiy   mavzusi   ishq   bo’lib,   dilbar-   ma`shuqa
chehrasi   (portreti)ning   go’zalligini   tavsiflash   uning   mazmunini   tashkil   etadi.
SHuning   uchun   g’azalning   birinchi   va   to’rtinchi   baytlarida   "soch",   ikkinchisida
"husn",   uchinchisida     "irni"-   lablar,   beshinchisida   esa   "yuz"   bilan   bog’liq
mulohazaldar tasvirlangan. Demak, g’azal matlaida bayon etilgan mazmun- "soch"
tasviri   butun   g’azal   bo’ylab   uzluksiz   davom   etmaydi.   Keyingi   misralarda   dilbar
yuzi   va   uning   atributlari   (irn,   husn)   mazmunan   bog’lanib,   dilbar   chehrasi-
portretini     tasavvur   etishga   xizmat   qiladi.   Mazkur   g’azal   matla`si   mustaqil
mazmunga   ega   bo’lib,     o’zining   har   jihatdan   barokamolligi   jihatidan   Alisher
Navoiy nazariga tushib, "mutaazzir ul- javob" misralar sifatida yuqori baholanadi. Buning sababi shundaki, mavlono Lutfiy baytda ov manzarasini ajoyib tarzda kishi
o’ngiga   keltiradi.   SHoir   ovchi   o’rniga     dilbarni,   ovchi   kamand-   arqoni   o’rniga
dilbarning   ikki   quloch   keladigan   sochini,   ov   jonvori   o’rniga   esa   oshiqni   qo’yib,
dilbar-  ovchi, soch-  kamand,  oshiq-  sayd lavhasini  maydonga keltirgan. Mavlono
Lutfiy dilbarni  o’zi  xoxlovchi  oshiqqa erishish  uchun harakat  qiluvchi  faol  kuch-
timsolga     aylantirgan.   Uning   sochini   esa   oddiygina   qilib   "uzun"   deb   qo’ya
qolmasdan,   balki   "ikki   quloch"   tarzida   xalqona   go’zal   ibora   bilan   tasvirlab,   uni
sayd   -oshiq   bo’yniga   solinadigan   kamandga   o’xshatgan.   Baytda   sevish-   sevilish
bobida   dilbar-   ma`shuqaning   etakchi   mavqeiga   urg’u   berilgan.   CHunki   dilbar-
ma`shuqaga     erishish   uchun   intilgan   oshiqlab   ko’p,   ammo   dilbar   ular   orasidan
o’ziga  ma`qulini tanlaydi. SHu tartibda tanlangan (sayd qilingan) oshiq esa baxtli
va   saodatli   sanalgan   baytda   oddiy   mazmunning   shoirona   kashf   etilishi   (soch-
oshufta,   ikki   quloch;   dilbar-   sayyod,   sayd,   kamand)   tufayli   mavlono   Lutfiyning
shoirona nigohi, kashfiyoti Alisher  Navoiyni  ham maftun etgan. Oddiy ko’ringan
mazmunni   shoirona   yangicha   kashf   etib   (sahli   mumtane`),   go’zal   tasvirni,
manzarani   yaratish   g’azalning   ikkinchi   baytida   ham   ko’zga     tashlanadi.   Buning
uchun   dilbarning     husni-   go’zalligi     ayon   bo’lgan   bir   vaqtda   gulning   odobsizligi
(yorning   go’zal   oq   yuzidan   oq   rangni   olgani)   va   shuning   natijasida   gul   "yuzini
qonatti   zaxmi   kojtin"   mazmuniga     e`tibor   berib   talqin   qilinsa,   ajoyib,   yangi   bir
badiiy   tasvir   (gulning   qizilligi   sababli)   maydonga   keladi.   Bunda   gulning   qizilligi
lutfiyona   nigoh,   shoirona   kashfiyot,   an`anaviy   gul   timsolining   yangicha   talqini
ekani   nihoyatda   muhimdir.   Baytda   inson   go’zalligiga   teng   keluvchi   go’zallik
yo’qligi , inson   takrorlanmaydigan   mo’`jiza ekanligi badiiy tarzda aks ettirilgan.
Bu mazmun mavlono Lutfiy g’azallarining ko’pchiligida   o’ziga xos  tarzda  zohir
bo’ladi.   Mavlono   Lutfiyning   ko’pgina   g’azallarida   tabiatdagi   barcha   go’zalliklar
inson   go’zalliklaridan   namuna   olish   tufayli   ekani   shoirona   mahorat   bilan
tasvirlangan. Masalan:
Gul qamaringdan o’g’irlab oldi jamol aning uchun,
SHohi rabe` oni tikan dorig’a o’g’ritek osar. Ma`lumki,   lola   tog’   va   tog’   etaklarida   o’sadi.   Odamlar   uni   terib,   bog’lab
shaharga   olib   keladilar.   Ana   shu   hayotiy   holatni   mavlono   Lutfiy   shoirona   tarzda
sharhlab,   go’zal   badiiy   manzarani   chizadi:   lola   ma`shuqaga   yuzidan   qizil   rangni
o’g’irlagani(shuning   uchun   qizil   lola   bo’lgani)   uchun   toqqa   qochib   ketgan.
SHuning   uchun   to   odamlar   uni   bo’ynidan   bog’lab   olib   kelmasalar,   lola
(o’g’riligidan uyolgani) uchun shaharga kira olmaydi. Bu yangicha sharh, yangicha
talqindir. Bunday go’zal tasvirlar mavlono Lutfiy she`riyatining ko’pchilik qismini
tashkil etadi:
Labingdin chun suchuklik qand o’g’urlar,
Solurlar el ani suvg’a yalang’och.
Shunday qilib, mavlono Lutfiy g’azallari o’zining hayotiy mazmuni, go’zal
badiiyligi bilan o’quvchilarni hayratga qoldiradigan asarlar bo’lib, ularda inson va
insoniylik, tabiatning go’zal lavhalari, pand- axloqqa, ma`rifat va ma`naviyatga oid
mulohazalar   bayon   etilgan.   Mavlono   Lutfiy   she`riyatida   g’aza л   janri   bilan   bir
qatorda ruboiy, qit`a, tuyuq,   fardlar ham mavjud. Ularning hammasida  ham  ishq
mavzusi   etakchi   bo’lib,   bu   mavzuning   turli   qirralari     badiiy   tasvir   vositalaridan
lutfiyona   foydalanish   asosida     yoritilgan.   Natijada     nihoyatda   ravon,   o’ynoqi
to’rtliklar maydonga kelgan. Jumladan: ruboiy:
Ko’nglum olding g’amzai fatton ila,
Э shigingda  qo’l bo’lubmen jon ila.
Bizni, ey g’uncha og’izlik, to bakay
Yig’latursen ul labi xandon ila.
Tuyuq:
Ko’z yoshim tuproq ila gar qotila,
Kelmagaymen javridin haqqo tila.
g’amzasi o’lturdiyu ul bexabar, 
Men agar o’lsam ne g’am ul qotila.
Tuyuqda   shaklan   o’xshash,   ammo   ma`nosi   boshqa   bo’lgan   "qotila"   tajnis   -
omonimni   hamda   qofiyani   maydonga   keltirgan.   Mavlono   Lutfiyning   go’zal
she`riyati uning Movarounnahr va Xurosonda ham turkiygo’ylar ham forsiygo’ylar orasida   malik   ul-kalom   tarzida     shuhrat   qozonishiga   sabab   bo’lgan   edi.   Mavlono
Lutfiy   Alisher   Navoiy   va   Abdurahmon   Jomiylarning   cheksix   hurmatiga   sazovor
bo’lgan   edi.   SHuning   uchun   mavlono   Lutfiy   o’zining   ayrim   forsiy   baytlarini
davom ettirishni Abdurahmon Jomiyga vasiyat qilgan. Mavlono Lutfiy she`rlariga
tatabbu`   qilish,   o’xshatma   yozish,   muxammaslar   bog’lash   an`anasi   Alisher
Navoiydan   boshlanib,   Sulton   husayn   Boyqaro   husayniy,   ozarboyjon   shoiri
Muhammad  Fuzuliy, o’zbek  shoirlari   Roqim,  Amiriy, Ado,  Tabibiy va  boshqalar
tomonidan davom ettirildi.
SHunday   qilib,   mavlono   Lutfiy   o’zining   uzoq   umri   (99   yosh)   davomida
yaratgan   ajoyib   she`rlari   bilan   o’zbek   adabiyoti,   xususan   she`riyati   xazinasini
lutfiyona nodir durdonalar bilan boyitib, malik ul- kalom, turkiy nazmning sehrgari
tarzida  ardoqlandi.  
XU   asrning   ikkinchi   yarmi   Movarounnahr   va   Xurosonda   temuriylar
saltanatining   yakuniy   davridir.   Bu   davrda   Movarounnahrda   temuriyzoda   Sulton
Abusaid   mirzo   (vaf.1468),   uning   o’g’illari   Sulton   Ahmad   mirzo   (vaf.1494),
Umarshayx   mirzo   (vaf.1494),   Sulton   Mahmud   mirzo,     Boysunqur   mirzo,   Sulton
Ali   mirzolar   saltanati   davom   etgan   bo’lsa,     hirot   markazligidagi   Xurosonda   esa
Abulqosim  Bobur  mirzo (vaf.1457), Abusaid mirzo (vaf.1468) lardan so’ng 1469
yildan 1506 yilgacha Sulton husayn Boyqaro hukmronlik qildi.
hirot   markazligidagi     Xurosonda   Sulton   husayn   Boyqaro   hukmronlik   davrining
ko’pchilik   qismi   ham   uning   do’sti   Alisher   Navoiy,   ustozi   Abdurahmon   Jomiy,
amir   SHayximbek   Suhayliy,   Pahlavon   Muhammad   va   boshqalar   ko’magida
samarali tarzda davom etdi.
Sulton   Husayn   Boyqaro   davridagi   Xuroson,   xususan,   hirotning   holati
Alisher Navoiyning turli asarlarida   Mirxond va Xondamir "Ravzat us-safo"sining
ettinchi     jildida,   Bobur     "Boburnoma"   sida,   Sulton   husayn   Boyqaroning   o’zi
yozgan   "Risola"sida,   Vosifiyning   "Badoe`   ul-vaqoe`"   yodnomasi     va   boshqa
asarlarda   batafsil   bayon   qilingan.   Ilmiy-   adabiy   muhit   xususiyatlari   haqida   so’z
yuritganda bu holatga kengroq to’xtalamiz. Ilm va san`atning turli sohalari bilan chambarchas aloqada bo’lgan adabiy  muhitda
ham ana shunday rivojlanish ko’zga tashlanadi.
Ilmiy - adabiy muhit.
XV   asrning   ikkinchi   yarmi-"Temuriylar   davri   haqiqatan   ham   ilm-fan,
madaniyat   va   maorifning   behad   ravnaq   topishini   ta`minlagan   SHarq   uyg’onish
davri edi"  
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   muhtaram   Islom   Karimov   tomonidan   juda
adolatli   tarzda   baholangan   bu   davr   ilmiy-adabiy   muhitini   chuqur   o’rganish   va
yoritishga xizmat qiladigan qimmatbaho ilk manbalar mavjudki,  ular o’sha davrda
yashab   ijod   etgan   shoir,   nasrnavis   va   tarixchilarning   bizgacha   etib   kelgan
meroslaridir.   Bu   davr   yozma   yodgorliklaridagi   ma`lumotlar   yaxlit   tarzda
o’rganilganda   davr   adabiy   muhiti,   uning   xususiyatlari   haqida   aniq   xulosalarga
kelish mumkin. SHuning uchun ularning ayrimlarini nazardan o’tkazish maqsadga
muvofiqdir.
"Ravzat   us-safo"   -   (pokizalik   bog’i)   tarzida   mashhur   bo’lgan   bu   asarning
to’liq   nomi   "Ravzat   us-safo   fi   siyar   ul-anbiyo   va-l-muluk   va-l-xulafo"
(Payg’ambarlar, xalifalar va shohlarning tarjimai holidagi  pokizalik bog’i) bo’lib,
etti jilddan iborat bu asarning mualliflari Muhammad ibn Xovandshoh Mirxond (1-
6-jildlar) va uning nevarasi g’iyosiddin Xondamir (7 - jild)dir..
Alisher   Navoiyning   tashabbusi   va   homiyligida   yozilgan   bu   ko’p   jildlik   asarning
g’iyosiddin   Xondamir   qalamiga   mansub   ettinchi   jildida   XV   asrning   ikkinchi
yarmidagi   ijtimoiy-siyosiy,   tarixiy   hayot   bilan   birga   ilmiy-adabiy,   madaniy
muhitning   ko’pgina   vakillari   haqida   ham     ma`lumotlar   keltirilgan.   Jumladan,
Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Mir husayn   Muammoiy, "Layli va Majnun"
dostonini   yozgan   Amir   hoj   Anisiy,   "Javohir   ut-tafsir",   "Anvori   Suhayliy"   va
boshqa   ko’plab   asarlarning   muallifi   husayn   Voiz   Koshifiy,   Sayfiy   Buxoriy,
Muhammad   Badaxshiy,   hoji   Muhammad   Naqqosh,   Sulton   Ali   Mashhadiy,
Fasehiddin   Muhammad     Nizomiy   va   boshqalar.   Bunday   ma`lumotlar   g’iyosiddin
Xondamirning   "habib   us   -siyar"   nomli   asarida   yanada   to’ldirilgan   tarzda
keltirilgan. "Boburnoma".   Zahiriddin   Muhammad   Bobur   qalamiga   mansub   bo’lgan   bu
jahonshumul   asarda   mazkur   davr   adabiy   muhitining     ko’pgina   namoyandalari       -
Alisher Navoiy, husayn Boyqaro husayniy, Abdurahmon Jomiy, Badriddin hiloliy,
Kamoliddin Binoiy, Sulton Ali  Mashhadiy,     SHayhimbek Suhayliy va boshqalar
haqida  diqqatga sazovor ma`lumotlar mavjud.
"Risola"   .Sulton   husayn   Boyqaroning   shunday   atalgan   asarida   o’zining
saltanati   davridagi   madaniy-adabiy   muhit   hamda   uning   Alisher   Navoiy,
Abdurahmon   Jomiy   kabi   zabardast   vakillarining   xizmatlari   alohida   ehtirom   bilan
qalamga   olinib,   unda   Alisher   Navoiy   "nazm   mulkining   sohibqironi"   deb
sharaflangan. "Risola" 1485 yilda yozilgan.
"Tazkirat-ush shuaro" -(shoirlar haqida esdaliklar) 
Davlatshoh   ibn   Baxtishohi   Samarqandiyning   bu   tazkirasida   (yozilgan   yili   1487)
ham shu davrga oid ma`lumotlar bor.
"Bahoriston"-   Abdurahmon   Jomiy   qalamiga   mansub   bu   asarning   (yozilgan
yili   1487)   ettinchi   bobida     39     shoirning   zikri   o’rin   olgan.Ular   qatorida   Alisher
Navoiy haqida ham diqqatga sazovor mulohazalar bayon etilgan.
"Majolis un-nafois" (Nafosat ahlining majlislari) deb atalgan bu tazkiraning
muallifi Alisher Navoiydir.
Bu   manba   turkiy   -o’zbek   tilida   yozilgan   bo’lib,   u   husayn   Boyqaroning
tug’ilganidan   (1438   yil)   tazkira   tuzilgan   davrgacha   (1491-1498   yillar)   faoliyat
ko’rsatgan   shoir,   fozil   va   adiblar,   she`r   va   she`rshunoslikka   aloqador   bo’lganlar
haqida ma`lumot beruvchi nodir asardir. "Majolis un-nafois" yuqorida tilga olingan
boshqa   manbalardan   davr   adabiy   muhiti   xususiyatlari,   uning   namoyandalari
to’g’risida   adabiyotshunos   Alisher   Navoiy   me`yor   va   mezoni   asosida   ma`lumot
berilgani   nuqtai   nazaridangina   emas,   balki   ularni   talqin   va   o’ziga   xos   tahlil
qilingani, temuriyzodalarning shoirliklari haqida alohida to’xtalgani jihatidan ham
ajralib turadi. Tazkirada 459 shoir, adib va she`rgo’ylikk а   moyil bo’lganlarga oid
turli hajmdagi zikr-qaydlar mavjud.
Adabiy   muhit   xususiyatlari.   Mavjud   manbalarning   ma`lumotlari
umumlashtirilsa, shu narsa ma`lum bo’ladiki, mazkur davr adabiy muhiti turli toifa va   tabaqadan   etishib   chiqqan   shoir   va   adiblardan   iborat   bo’lib,   ularning   umumiy
soni   mingdan   ham   ko’proqdir.   Ular   orasida   shoh   (husayn   Boyqaro),   shahzoda
(g’arib   mirzo),   amir   (Alisher   Navoiy,   SHayxim   Suhayliy),   ziyoli   (Abdurahmon
Jomiy),   hunarmand   (Sulton   Ali   Mashhadiy),   dehqon   (Darvesh   Dehakiy),   talaba
(Sayfiy   Buxoriy,   Badriddin   hiloliy,   Mirzobek)   va   boshqa   toifalarning
namoyandalari bor.
Turli   ijtimoiy   toifa   va   tabaqa   vakillaridan   tashkil   topgan   adabiy   muhitda
shunga   muvofiq   tarzda   turli   badiiy   uslublar,   mazmun   va   badiiylik   saviyasi   va
darajasi turli xil bo’lgan asarlar mavjud edi.
Bu   davr   adabiy   muhitida   mumtoz   adabiyotdagi   janrlarning   ko’pida   badiiy
asarlar   yaratilgan   bo’lsa-da,   she`riy   janrlardan   g’azal,   qasida,   ruboiy,   qit`a,   fard,
muammo   va   musammatlarga   ko’proq   e`tibor     qaratildi.   Doston-masnaviy   janrida
esa   alohida   doston-masnaviylar,   jumladan,   Alisher   Navoiyning   "Lison   ut-tayr"i,
SHayximbek   Suhayliyning   "Layli   va   Majnun"i   bilan   bir   qatorda   turkum   doston-
masnaviylar,     ya`ni   xamsa:   Alisher   Navoiy   "Xamsa"si   va   sab`a-ettilik:
Abdurahmon   Jomiyning   "haft   avrang"i   ham   yaratildi.   Nasriy   asarlar   yozish   ham
keng   rivojlanib,   tarixiy   (Mirxond   va   Xondamirning   "Ravzat-us-safo"si,   Alisher
Navoiyning   "Tarixi   muluki   Ajam",   "Tarixi   anbiyo   va   hukamo"),   falsafiy
(Abdurahmon   Jomiyning   "Nafahot   ul-uns",   Alisher   Navoiyning   "Nasoyim   ul-
muhabbat"),   pand-nasihat   va   ijtimoiy     (Alisher   Navoiyning   "Mahbub   ul-qulub"i,
husayn   Voiz   Koshifiyning   "Futuvvatnoma",   "Axloqi   Muhsiniy",   Abdurahmon
Jomiyning   "Bahoriston"   ),   ilmiy     (Alisher   Navoiyning   "Majolis   un-nafois",
"Muhokamat   ul-lug’atayn",   "Mezon   ul-   avzon",   Abdurahmon   Jomiyning   aruz   va
qofiya   haqidagi   risolalari,   Atoulloh   Mashhadiyning   "Badoe`   us-sanoe`",   Sayfiy
Buxoriyning   aruzga   doir   risolasi),   badiiy   (husayn   Voiz   Koshifiyning   "Anvori
Suhayliy" - "Kalila va Dimna" ning yangi tahriri) yo’nalishdagi asarlar maydonga
keldi.     Bu   asarlarning   hammasida   ham   mumtoz   nasrda   qo’llaniladigan   san`atlar,
jumladan,   saj`   keng   ishlatilgan.   SHu   jihatdan   nasriy   asarlarda   badiiylik   ancha
sezilib turadi, ularda oyat va hadislar, she`riy parchalardan foydalanish kuzatiladi.  Zaruriy adabiyotlar
1. Vohidov R., Eshonqulov H. O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. -Toshkent: Yangi
asr, 2006.
  2.    Э rkinov S. Lutfiy. - T.: 1965.
  3. Ahmadxo’jaev  Э . Mavlono Lutfiy. - T.: Fan, 1991.
  4. Ahmadxo’jaev  Э . Turkiy nazmning sehrgari. - T.: Fan, 1992.
  5. Valixo’jaev B. Malikul kalom - lutfiy she`riyati. - Sam.: 1999.
  6. Valixo’jaev B. Mumtoz siymolar. II qism. - T.: A.qodiriy, 2002.
  7. Lutfiy. Sensan sevarim. - T.: 1985.
  8. Navoiyning nigohi tushgan. - T.: Adabiyot va san`at, 1986.

XV ASRDA HIROT ADABIY MUHITI. MAVLONO LUTFIY VA HUSAYNIY IJODI REJA: 1. XV asrda hirotda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot. 2. Mavlono Lutfiy hayoti va ijodini o’rganish tarixidan. 3. Lutfiy adabiy merosining manbalari. 4. Lutfiy she`riyatining j anr, mavzu va mazmun rang-barangligi. 5. Lutfiy she`riyatining badiiy jilolari. 6. Mavlono Lutfiy va turkiy she`riyat ravnaqi. 7. XV asr hirot adabiy muhitining shakllanish omillari, Sulton husayn Boyqaro (Husayniy) faoliyati va adabiy merosi.

O’zbek mumtoz adabiyoti tarixida malik ul-kalom faxriy unvoni bilan e`zozlangan shoir mavlono Lutfiydir. Mavlono Lutfiy hayoti va ijodini o’rganish tarixi XU asrdan Alisher Navoiydan boshlanadi. Alisher Navoiy "Majolis un- nafois", "Nasoyim ul-muhabbat" tazkiralarida mavlono Lutfiy haqida birinchi va hozirgacha ishonchli ma`lumotlarni bayon etgan bo’lsa, "holoti Pahlavon Muhammad", "Muhokamat ul-lug’atayn", "Badoe` ul-bidoya" devoniga yozilgan debochalarda mavlono Lutfiy, she`rlari turli munosabat bilan tilga olingan. Alisher Navoiyning "mavlono Lutfiy… o’z zamonining malik ul-kalomi erdi. Forsiy va turkiyda naziri (o’xshashi, tengi) yo’q erdi, ammo turkiyda shuhrati ko’prak erdi",- deb yozganida mavlono Lutfiyning o’zbek adabiyotida tutgan buyuk martabasini shunday ixcham va go’zal tarzda bayon etganki, u hozirgacha eng yuksak ta`rif sifatida ma`lum va mashhurdir. Xondamirning "Makorim ul-axloq"ida ham Lutfiy va Navoiyga bog’liq bir lavha keltirilgan: "Orazing epqoch ko’zumdin sochilur har lahza yosh" misrasi bilan boshlanadigan g’azalga oid XU1-X1X asrlarda Abdulloh Kobuliyning "Tazkirat ut-tavorix", Vola Dog’istoniyning "Riyoz ush-shuaro" kabi asarlarida ham mavlono Lutfiyga doir ma`lumotlar bor. XX asrda esa Angliya (CHarlz Riyo), Kanada (E.Birnbaum), Rusiya (V.Bartol'd, A.Samoylovich), Turkiya (Zaki Validiy, Ismoyil hikmat, Kamol Э raslan)olimlari ham bu sohada maqola va risolalarni e`lon qildilar. O’zbek adabiyotshunosligida A.Fitrat, hodi Zarif, Э .Rustamov, S. Э rkinov, Э .Ahmadxo’jaevlarning tadqiqotlari, shoir asarlarini nashr ettirganlari ("Sen-sen severim") ma`lum. Lutfiyshunoslik ta`rixi ancha boy bo’lsa-da, ammo aniqlanishi lozim bo’lgan talay muammolar ham (tarjimai holi, merosiga doir) bor. Hayoti va merosi. Mavlono Lutfiyning tarjimai holiga doir ma`lumotlar oz. Uning hijriy hisobda 99 yosh yashagani, taxallusi Lutfiy ekani, hirotdagi Dehikanorda vafot etgani ma`lum. Ammo nomi, otasining ismi, shoirning tug’ilgan va vafot yillari aniq emas. SHuning uchun shoirning tug’ilgan va vafot etgan yillari, tug’ilgan joyi haqida har xil mulohazalar bor. hozirgi kunda 1366-1465 yillar deb yuritish ko’zg а tashlanadi. Ammo u melodiy yil hisobida bo’lib, Alisher Navoiy eslatgan "99 yosh yashadi" deganda hijriy hisob nazarda tutilgan. Agar

Alisher Navoiy asarlarida mavlono Lutfiy bilan bog’liq fikrlardan kelib chiqadigan bo’lsak, unda mavlono Lutfiy tug’ilgan yilni hijriy 787- melodiy 1385- 1386 yil, vafotini esa hijriy 886-melodiy 1482- 1483 yil deb qabul qilish haqiqatga yaqin ko’rinadi. Mavlono Lutfiyning tug’ilgan joyi haqida ham keyingi davrda topilgan manbalar, jumladan SHayx Ahmad Taroziyning 1437 yilda yozilgan "Funun ul- balog’a" si asosida SHosh -Toshkant ekanligi aytilmoqda. SHunday qilib, mavlono Lutfiy tarjimai holiga doir ma`lumotlar to’liq emas. Mavjud ma`lumotlarga ko’ra, mavlono Lutfiy Sohibqiron Amir Temur davrida dunyoga kelib, avval maktabda savod chiqargach, madrasada tahsil olgan. So’ng esa hirotda SHahobiddin Xiyoboniydan so’fiya tariqatidan saboq olgan. SHoirlik sohasidagi faoliyatini ham davom ettirib, XU asrning 20-yillarida ancha shuhrat qozonganidan Ulug’bek mirzo, Boysung’ur mirzolar uni hurmat qilganlar. Bu holni mavlono Lutfiyning o’zi ham ta`kidlab, kuyidagilarni yozadi: Ulug’bekxon bilur Lutfiy kamolin, Ki rangin she`ri Salmondin qolishmas. Ya`ni : Lutfiy ash`orini lutfi Boysung’urxon bilur, Kim arusi mulk ko’rmaydur aningdek shoh-shoh. Shohrux, Abulqosim Bobur, Abusaid, Sulton husayn Boyqarolar saltanati davrida mavlono Lutfiy hayoti hirotning Dehi kanor mavzeida o’tgan. U darvesh va kamtar bo’lganidan asosan badiiy ijod, yosh shoirlarga saboq berish, adabiy anjumanlarga qatnashish bilan shug’ullangan. Mavlono Lutfiy Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar bilan yaqin munosabatda bo’lgan. Jumladan, Alisher Navoiy shunday eslaydi: "Bu faqir borasiga ko’p iltifoti bor edi va fotihalar o’qur erdi va doim volida (ona) mulozamatig’a va rizoi xotirig’a targ’ib qilur edi" ("Nasoyim ul-muhabbat"). Xondamirning "Makorim ul-axloq"ida keltirilishicha, mavlono Lutfiy yosh Alisher Navoiyning she` р yozishini kuzatib borgan, she`rlarini maqtagan. Jumladan, Alisher Navoiyning:

Orazin yopg’och ko’zumdin sochilur har lahza yosh, Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh,- bayti bilan boshlanadigan g’azalini eshitgan mavlono Lutfiy "hayrat dengiziga cho’mib shunday dedi: V-Alloh, agar muyassar bo’lsa edi o’zimning o’n-o’n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu g’azalga almashtirardim va bu ishning yuzaga zo’r muvaffaqiyat hisoblardim". Mavlono Lutfiy umri oxirigacha shoirlar bilan muloqotda bo’lib, ularga, jumladan, Abdurahmon Jomiyga bag’ishlab qasidalar yozgan . Mavlono Lutfiy hijriy hisobda "to’qson to’qqiz yoshida olamdin o’tdi. qabri Dehi kanordadur, o’z maskani erdi " (Alisher Navoiy). Mavlono Lutfiy qoldirgan adabiy meros haqida Alisher Navoiyning ma`lumoti asoslidir. Uning yozishicha, mavlono Lutfiy forsiy va turkiy tillarda she`r aytgan bo’lsa-da, turkiy she`rlarining shuhrati ko’proq edi va "turkcha devoni ham mashhurdur", ikkinchidan, "Mavlono (Lutfiy)ning "Zafarnoma" tarjimasida ikki ming baytdin ortiqroq masnaviysi bor. Bayozg’a yozmag’on (oqqa ko’chirilmagani ) uchun shuhrat tutmadi". Demak, mavlono Lutfiy merosi she`rlar devoni va "Zafarnoma" tarjimasidan iborat bo’lgan. Ammo keyingi vaqtlarda "Gul va Navro’z" dostoni ham mavlono Lutfiyga nisbat beriladi. Zahiriddin Muhammad Boburning "Aro’z risola"si, SHayx Ahmad Taroziyning "Funun ul- balog’at"asarlari ilmiy muomalaga kiritilishi sababli "Gul va Navro’z"dostonining muallifi mavlono Lutfiy emas, balki haydar Xorazmiy ekani uzil-kesil hal qilindi. Mavlono Lutfiy merosidan turkiycha devoni unga yaqin qo’lyozma nusxada bizgacha etib kelgan bo’lsa-da, ammo ular mukammal emas, balki qaryib uch ming baytni o’z ichiga oladi,xolos. Bizgacha etib kelgan she`rlarning tarkibi quyidagicha: g’azal (372 ta 2080 bayt), qasida (3 ta 107 bayt), qit`a, ruboiy, tuyuq (115 ta 230 bayt), fard (60 ta 60 bayt), ayrim baytlar (22 ta 22 bayt). Ularning umumiy soni 572 ta bo’lib, 2774 baytni tashkil etadi. Bu mavlono Lutfiy she`riy merosining bir qismidir xolos. CHunki Xondamirning ma`lumotiga ko’ra, mavlono Lutfiyning Navoiy g’azaliga bergan

baholarida o’zlarining "o’n-o’n ikki ming bayt" she`rlarini tilga olganlar. Bas shunday ekan, mavlono Lutfiy qalamiga mansub she`rlarning to’liq devonini izlash lutfiyshunoslikning sharafli vazifalaridandir. Mavlono Lutfiy she`riyati. SHoir she`rlari tarkibidan ma`lumki, unda g’azal son (372 ) va bayt (2086) jihatdan etakchi o’rindadir. Mavlono Lutfiy g’azallari o’ziga xos xususiyatlar, xillarga ega bo’lsa-da, ularning asosiy mavzusi ishq, axloq, falsafiy mushohadalardan iborat. g’azallarning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilarda ko’rinadi: -sodda bayonli uslubda bo’lib, ravon va o’ynoqilikda; -asosan 5-7 baytdan tashkil topib, ba`zida 9-baytlilari ham bolrligida; -g’azal ichidagi baytlar o’zaro turlicha bog’langanligida. Bu jihatdan g’azallarni ikki guruhga ajratish mumkin: birinchi, baytlar o’zaro mantiqiy bog’langan bo’lib, ularda mavzu va timsol izchil yoritiladi. Ularni yakpora g’azallar deb tavsiflash mumkin; ikkinchi, har bir bayti alohida mavzu va timsol tasviriga bag’ishlanib, g’oyaviy jihatdan birlashuvchi baytlardan tashkil topgan g’azallar, birinchi guruhga - yakpora -g’azallar xiliga mansub bo’lgan, quyidagi matla` bilan boshlanadigan g’azalni ko’zdan kechirish masalani oydinlashtiradi: Jonim chiqadur dard ila jononima ayting, Bu xasta gado holini sultonima ayting. g’azal besh baytli bo’lib, unda "ayting" radif, "jonima, sultonima" qofiyadir. Birinchi baytda-matla`da g’azalning asosiy mavzusi - ishq, mazmuni - oshiqning hijrondagi holati va timsollari - oshiq (gado) va ma`shuqa (sulton) g’oyatda katta mahorat bilan ifodalangan. g’azalning keyingi to’rt baytida ana shu mavzu, mazmun va timsollar sharhlanadi. Natijada g’azalni o’qigan kishi oshiqning ma`shuqa hijronida o’rtangani, ko’z yoshlari to’kkani, yuragining qat-qat qon bog’lagani kabi ruhiy-botiniy holatini bosqichma-bosqich yaqqol tasavvur eta oladi. Bundagi mantiqiy izchillik baytlarning o’z o’rnida bo’lishini, ular o’rnini almashtirish yoki birortasini tushirib qoldirish mumkin emasligini ta`minlagan. SHu jihatdan u yaxlit asar yoki yakpora g’azaldir. g’azalda mavlono Lutfiyning olami sag’ir va olami kabirlarning yaxlitligi, vahdatiga oid tasavvufona qarashlari