logo

Millioy_ma’naviyatimizning_takomillashtirish_bosqichlari_ma’naviyatni

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

41.2880859375 KB
Millioy ma’naviyatimizning takomillashtirish bosqichlari ma’naviyatni
shakllantiradigan sosiy mezonlar
 Reja:
1.Ma’naviyatning  takomil tarixini nega o’rganamiz? Ma’naviyatni 
shakllantiradigan asosiy mezonlar 
2. Milliy ma’naviyatimiz rivojida  «Majoz tariqi» bosqichi 
Foydalanilgan adabiyot
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1 1.Ma’naviyatning  takomil tarixini nega o’rganamiz? 
Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar. 
  1-fasl.  Ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy va madaniy boyliklar  millat ma’naviyatini
shakllantiradigan asosiy mezonlar  sifatida. 
  Mustaqillik   davrida   O’zbekiston   Prezidenti   I.A.   Karimovning   bevosita   tashabbusi   bilan
barcha   darajadagi   ta’lim   tizimida   “Ma’naviyat   asoslari”   alohida   va   maxsus   fan   sifatida
o’qitila   boshlandi.     Keyinchalik   shu   sohada   kadr   tayyorlash   masalasi   yo’lga   qo’yilishi
munosabati bilan oxirgi yillarda bu fan ham tarmoqlanib, “Ma’naviyatning diniy asoslari”,
“Axloqning   ma’naviy     asoslari”,         “San’atning   ma’naviy     asoslari”,   “Oila   ma’naviyati”
“Milliy   mustaqillik   va   ma’naviyat”   kabi   yangi-yangi   kurslar   maxsus   yo’nalishning
bakalavriat va magistrlik o’quv rejalariga kiritilmoqda. Shulardan biri, balki  eng muhimi
“Ma’naviyatning   rivojlanish   tarixi”   kursidir.   “Nega   eng   muhimi?”   degan   savol   tug’ilishi
mumkin. Nazarimizda, suhbatni ushbu savolga javob qidirishdan boshlash kerak bo’ladi. 
  Ahli   bashar   ma’naviyatsiz   bo’lmaydi,   chunki   aslida   inson   mohiyati   moddiyat   va
ma’naviyatning tutashuvidadir.  Har bir shaxs, har bir ijtimoiy guruh yoki toifa, har bir elat,
millat   va   mintaqa   xalqlarining   o’ziga   xos   ma’naviy   olami   mavjud.   Ushbu   ma’naviy
olamlar   doimo   bir   xil   saqlanmaydi,   zamon   va   makonda   o’zgarib,   goh   kamolot   sari
yuksalib,   goh  qashshoqlashib   turadi.   Lekin   ma’naviyat   hodisasini     tadqiq   etish   oson   ish
emas,   bu   hozirgi   kunda   ushbu   ilmni   rivojlantirishga   urinishlar   o’ta   qiyinchilik   bilan
samara   berayotganida   ham   sezilmoqda.   Masalan,   O’zbekistonda   barcha   oliy   o’quv
yurtlarida 
“Ma’naviyat asoslari” maxsus fan sifa-tida 1997 yildan o’qitila boshlagan bo’lsa, shundan
beri bu mavzuda qator tadqiqotlar, o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari tayyorlandi va 
nashr   etildi.   Ularning   har   biri   fan   rivojiga   ozmi-ko’pmi   muayyan   hissa   qo’shganligini
inkor   etmagan   holda,   tan   olish   kerakki,   ma’naviyat   hodisasining   mohiyatini   teran   ochib
beruvchi, sohaning ko’pchilik xodimlarini har jihatdan qoniqtira olgan ta’riflar hanuz keng
iste’molga kirmadi. Buning turli sabablari bor. Ammo, bizning nazarimizda, eng birinchi
sabab     shu   kungacha   millat   ma’naviyatini   shakllantiradigan   asosiy   mezonlar   biror
kitobda   aniq   belgilab   olinmaganida   edi.     Ayni   shu   vazifa   O’zbekiston   Prezidenti   Islom
Karimovning     “ Yuksak   ma’naviyat   –   engilmas   kuch”   asarida   birinchi   marta   aniq   va
mukammal amalga oshirildi . 
  2 Ma’naviyat   hodisasi   asosan   ikki   ko’rinishda   namoyon   bo’ladi:   shaxs   ma’naviyati   va
millat   ma’naviyati.   Ma’naviyat   ko’ngil   ko’zgusidan   taralgan   nur,   u   inson   qalbida
yashiringan. Demak,  ma’naviyatni tadqiq etish aslida  Shaxs  ma’naviyati ni o’rganishdan
boshlanmog’i zarurdek ko’rinadi.   Darhaqiqat,   har bir insonning ma’naviy dunyosi o’ziga
xos hududsiz bir olam. Ammo har bir inson muayyan bir jamiyatda, muayyan bir insonlar
jamoasi   ichida  yashaydi,  muayyan  bir   millatga  mansub  bo’ladi. Tabiiyki, har  bir  alohida
inson o’sib-ulg’ayar ekan, unga atrof-
muhitida  yashayotgan insonlarning  ta’siri  bo’ladi.   Insonning   ma’naviy
kamoloti ayni shu muhitning ta’siridan bosh-lanadi. Har bir shaxs, o’zi buni chuqur idrok
qiladimi,  yo’qmi,   qat’i   nazar,   biror   elat   yo  millatga   mansub   bo’lmay   iloji   yo’q,  hech   bir
inson eldan butkul  ajralib  yashamaydi. Prezidentning  g’oyatda   hikmatli
iborasi bilan aytganda, 
har bir inson  “o’zini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o’ylab, mehnat qilib
yashagandagina   ma’naviyat   bilan   tutashadi” 1
.   Buning   ma’nosi,   shaxs   ma’naviyati
voqelikda millat ma’naviyatidan ayru, undan tashqarida bo’lmaydi. Shunday ekan, millat
ma’naviyati   haqida   muayyan   tasavvurga   ega   bo’lmay   turib,   alohida   shaxs   ma’naviyatini
ham   o’rganish   imkondan   tashqari.   Agarchi,   tarixan   va   nazariy   jihatdan   millat
ma’naviyati ,   tom   ma’noda   olganda,   ushbu   millatga   qaysidir   bir   tarzda   aloqador
hisoblanuvchi o’tmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar ma’naviyatining majmuidan
iborat bo’lsa-da, voqelikda har bir shaxs ma’naviyati   millat ma’naviyati dan     oziqlanadi,
uning asosida kamol topadi.  
  Agar bir millat vakili o’z ajdodlarining ma’naviy merosidan butkul bebahra qolgan bo’lsa
va   muayyan   sharoitda   to’liq     boshqa   millat   madaniyati   ruhida   tarbiya   olsa,   uni   endi   o’z
millatining to’laqonli vakili deyish qiyin. Ammo eng yomon holat  Sho’rolar davrida yuz
berdi. Bu davrda sun’iy birlashtirilgan ulkan bir hududning barcha aholisi, millatidan qat’i
nazar, kuchli va har taraflama taziyq ostida muayyan maqsadlarda maxsus ishlab chiqilgan
yolg’on mafkura ruhida majburiy “tarbiya” qilindi. Bu zug’umga barcha ham birday bo’y
bergani   yo’q,   ammo   afsus   bilan   e’tirof   qilishga   to’g’ri   keladiki,   bunday   vahshiyona   va
makkorona “ta’lim-tarbiya” tizimi juda ko’p insonlar ongida og’ir asoratlar qoldirdi. Eng
achinarlisi,   bugungi   aksariyat   ijtimoiy-gumanitar   sohaga   mansub   ziyolilarimiz   bunday
1  Islom Karimov.Asarlar. 1-jild, s. 81 
  3 mafkuraviy taziyqdan eng ko’p ziyon ko’rdilar. Mustaqillik tufayli biz bugun endi ushbu
noxush   asoratlarni   ongimizdan   bartaraf   qilishning   qulay     imkoniyatlarini   qo’lga   kiritdik.
Ammo   bor   imkoniyatdan   unumli   foydalanish   uchun   ham   inson   o’z   holatiga   to’g’ri   baho
bera bilmog’i, o’z ustida jiddiy mehnat qilishga havsala qilmog’i kerak bo’ladi. 
Hech   bir   xalq   dunyoda   yakka   yashamaydi,   yolg’izlikda   rivojlanmaydi   ham.   Elat   va
millatlar   doimo   o’zaro   turlicha   munosabatda   bo’ladilar   va   tarix   davomida   bir-birlariga
ta’sir   o’tkazib,   o’zlarini   ham,   o’zgalarni   ham   ma’naviy   boyitib   boradilar.   Ammo   hech
qachon, hech bir xalq o’zligidan butkul kechib, boshqa xalq ma’naviyati hisobidan o’zini
boyita olgan emas. Yakka bir shaxs butkul o’zga bir 
ma’naviy muhitda tarbiya topib, unga to’liq moslashishi  mumkin.   Bu inson tabiatiga xos
narsa. Ammo bir xalq to’lig’icha o’zligidan kechib, o’zga xalq ma’naviy dunyosini qabul
qilsa, demak, unday xalq yo’q bo’ladi, o’z ma’naviy qiyofasini yo’qotgan millat yo’qolgan
millatdir.   Shu   sababli   ham   milliy   mustaqillik   poydevorini   ma’naviy   muctaqillik   tashkil
etadi, deymiz. Milliy ma’naviyatning takomili esa o’sha millatga mansub har bir shaxsning
ma’naviy kamoloti bilan bevosita bog’liq va ushbu zaminga tayanib yuksaladi.  
 
    Milliy   ma’naviyat   nazariyasini   yaratish   uchun   qaysi   manbalarga   tayanish,   uning
asoslarini qaerlardan qidirish kerakligi Prezident asarlarida avvalboshidanoq aniq ko’rsatib
va   qayta-qayta   ta’kidlab   kelinmoqda.   Bu   manbalardan   eng   birinchi   va   asosiysi   buyuk
ajdodlarimiz   merosidir.   Buyuk   ajdodlarimiz   bizga   qoldirgan   ulkan   meros   –   milliy
ma’naviyatimiz nazariyasini shakllantirish uchun butun kerakli unsur va tarkiblarni yaratib
qo’yipti,   faqat   uni   xolis   nazar   bilan   astoydil   qidirsak,   kifoya.   Mustaqillikning   dastlabki
yillaridan boshlab  muntazam  davom  etib kelayotgan  qutlug’  an’ana – ulug’  bobolarimiz,
dunyoga dong taratgan, jahon jamoatchiligi allaqachon o’z muqaddas mulki deb tan olgan
ma’naviy   meros   sohiblarining   yubileylarini   mamlakat   va   jahon   miqyosida   nishonlash
haqidagi   farmonlar   va   ularning   ijrosi   ayni   shu   masala   –   milliy   ma’naviyatimiz
sarchashmalariga   butun   xalqimiz   va,   birinchi   navbatda,   yosh   avlod   e’tiborini   jalb   etish
maqsadini ko’zda tutadi. 
   Islom Karimov xalq ma’naviyatini yuksaltirish deganda nimani ko’zda tutganligini hali
mustaqillikka   erishmasimizdan   -   1990   yili   O’zbekiston   Prezidenti   sifatidagi   birinchi
nutqidayoq ochiq-oydin bayon etgan bo’lib,  ushbu ma’ruzada inson ruhiyatining nozik va
  4 murakkab tomonlari bilan,   “xazinalarga to’la milliytarixiy an’analar bilan, umuminsoniy
ma’naviy  boyliklar  bilan  hisoblashmaslik”   yaqin  o’tmishimizda  jamiyatimizga  qanchalar
zarar keltirganligi qayd etilib, bu sohada yangicha vazifalar olg’a surilgan edi:  
  “Birinchi   navbatda   milliy   madaniyatimiz,   xalq   ma’naviy   boyligining   ildizlariga   e’tibor
berish   lozim.   Bu   xazina   asrlar   davomida   misqollab   to’plangan.   Tarixning   ne-ne
sinovlaridan   o’tgan.   Insonlarga   og’ir   damda   madad   bo’lgan.   Bizning   vazifamiz   -   shu
xazinani  ko’z  qorachig’imizdek asrash  va yanada boyitish,  so’zda emas,  amalda har  bir
kishining vijdon erkinligini, e’tiqodining erkinligini ta’minlashimiz kerak” 2
. 
O’zbekiston   Prezidenti   I.A.Karimov   yangi   kitobida   o’zining   ushbu   fikrlarini   yanada
rivojlantiradi va muayyanlashtiradi. Unda ajdodlarimiz merosiga birinchi darajali ahamiyat
ajratilib, Yurtboshimiz ulkan g’urur  va iftixor  bilan shunday  deb yozadi:     “Ajdodlarimiz
tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodi
namunalaridan  tortib,  bugungi  kunda   kutubxonalarimiz   xazinasida   saqlanayotgan  ming-
minglab   qo’lyozmalar,   ularda   mujassamlashgan   tarix,   adabiyot,   san’at,   siyosat,   axloq,
falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me’morlik, dehqonchilik
va   boshqa   sohalarga   oid   qimmatbaho   asarlar   bizning   buyuk   ma’naviy   boyligimizdir.
Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kamdankam topiladi.”   
    Prezidentning yangi asarida bu to’g’ridagi  qarashlarini umumiy ifodasi bilan cheklanib
qolmay,   ushbu   mavzuga   alohida   fasl   bag’ishlab,   unda   milliy   ma’naviyatimizning
shakllanishiga asos bo’lgan,   bugungi kun yosh avlod ma’naviy olamini shakllantiradigan
asosiy   mezonlarni   birma-bir   batafsil   ta’riflab   beradi.   Biz   bu   o’rinda   kitobning   tegishli
qismini   to’liq   takrorlashga   harakat   qilmasdan   undagi   eng   muhim   jihatlarga   diqqatni
qaratib o’tamiz.   
1. MA’NAVIYaTSIZ KELAJAK YO’Q. 
1. Kommunistik   aqidaparastlar   diktaturasi   70   yil   davomida,   izchil   sur’atda   millionmillion
xalqlarni   yalpi manqurtlashtirish  siyosatini   olib bordi. Bu tuzum turli millat,  turli o’lkalarni  majburiy
ravishda bir partiya izmiga  bo’ysundirgan qurama mamlakat aholisini millatsiz,  ma’naviyatsiz, mustaqil
o’y-fikrsiz   “kommunizm   quruvchilari”   atalmish   qiyofasiz   mavjudotlarga,   dunyoga   hukmdorlik   orzusida
bo’lgan   kichik   bir   guruhning   irodasini   quloq   qoqmay   ijro   etuvchi   ulkan   mexanizmning   “parrak”   va
“vintcha”lariga   aylantirish   niyatida   edi.   Va,   aytish   mumkinki,   ushbu   manfur   niyatlar   ancha-muncha
2  Islam Karimov. Istiqlol va ma’naviyat. T.-«O’zbekiston»- 1994, s. 65-66 
  5 amalga  oshib ulgurdi, ya’ni, XX asrning 70-yillariga  kelib   «Sovet Ittifoqi»  atalmish ulkan bir hududda
voqean  «manqurtlar saltanati »  shakllandi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining birinchi
yig’ilishida   Prezident   I.A.   Karimov   bu   haqda   shunday   fikr   bildirgan   edi:   “Bu   tuzum   o’z   xalqining
tarixini,   uning   ruhi   va   urf-odatlarini,   o’z   avlod-ajdodini   bilmaydigan   manqurtlarga   tayanar   edi.”
Darhaqiqat,   o’sha   davrda   xalq   ongiga   “markscha-lenincha”   totalitar   mafkurani   singdirish,   uning   barcha
faoliyatini  markaz  izmiga  so’zsiz bo’ysundirish   ishonib topshirilgan aksariyat  rahbarlar va ijtimoiy  fan
vakillari ayni shunday  manqurtlarga  tamomila aylanib bo’lgan edi.  
2. Insonlar   ongining   eski   aqidalar   asoratidan   poklanishi   oson   savdo   emas.   Ayniqsa,   yurtning
etakchilari   bo’lishi   lozim   bo’lgan   ziyolilarimiz   ruhiga   singib   ketgan   ko’nikmalarni   engib   o’tish
mashaqqati har qadamda sezilib qolyapti. Insonlar tafakkurini eski andazalar, tor qoliplar tugal tark etishi
qiyinchilik   bilan   amalga   oshmoqda.   Tafakkurimiz,   qarashlarimizdagi   yangi   tamoyillar   hanuz   ancha
yuzada, ongimizning sirtqi qatlamlarida qolib ketmoqda, ba’zan yangi qadriyatlarni  ham eski o’lchovlar
bilan baholashga urinmoqdamiz.Shunday  ekan,   yangicha, mustaqil tafakkur zarurati hanuz dolzarb,
milliy   mafkurani   shakllantirish,   xalq   ma’naviyatini   yuksaltirish   bugunning   ham   eng   muhim
vazifasidir.   Sababi insonlar ongida tub o’zgarishlar yuz bermas ekan, O’zbekistonning buyuk kelajagini
qurish orzusi shirin xayolligicha qola beradi. 
“O’z   istiqlol   va   taraqqiyot   yo’limiz,-   deb   yozgan   edi   I.A.Karimov   mustaqilligimizning   dastlabki
yillaridayoq,   -   bu   gul   bilan   qoplangan   yo’l   emas,   totalitarizm   merosidan   xalos   bo’lish   va   poklanish,
mafkuraviylik illati etkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’lidir”. 3
 
3 4
. Mustaqillik  ma’naviyatining bosh mezoni, asos-poydevori mas’uliyat tuyg’usidir . Ushbu tuyg’u,
afsuski,   ko’pchiligimizda   etishmaydi.   Bu   masalada   mustaqillikning   dastlabki   qadamlaridan   barchaga
namuna bo’lib kelayotgan shaxs O’zbekistonning  birinchi Prezidenti  I.A.Karimov bo’lib, bu lavozimga
ilk saylangan kunlaridan beri xalq ma’naviyatini yuksaltirishga birinchi darajali e’tibor qaratib kelmoqda.
Hali sho’rolar tuzumi to’la barham topmasidan  1990 yil 24 mart Oliy Kengash sessiyasida O’zbekistonda
birinchi marta prezident lavozimi joriy etilib, Islom Abdug’anievich Karimov ushbu lavozimga munosib
topilgach, O’zbekiston Prezidentining birinchi nutqidayoq  “xalqni ma’naviy yuksaltirish, insonni axloqiy
va ma’naviy yuksaltirish” masalasi  davlat rahbarining eng muhim vazifalaridan ekanligi 
10   alohida   ta’kidlab   o’tgan   edi.   Ma’naviyat   degan   so’zni   yuqori   doiralarda   ishlatish   mutlaqo   urf
bo’lmagan o’sha zamonlarda bu mutlaqo yangicha yondoshuv, katta jasorat edi. 
Milliy   mustaqilligimizning   ikkinchi   yilida   Prezident   “O’zbekistonning   o’z   istiqlol   va   taraqqiyot   yo’li”
risolasini e’lon qildi. Ushbu kitobning alohida bobi  “Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-
axloqiy negizlari”  deb nomlandi va unda ilk bor xalq ma’naviyatini rivojlantirish masalalari batafsil tahlil
etildi. 5
 
3  I.Karimov. Asarlar. 1-jild, s. 359 
4  I.Karimov. Istiqlol va ma’naviyat. T.-«O’zbekiston»-1994, s. 65 
5  I. Karimov. Asarlar. 1-jild, s. 76-85 
  6   1995 yil fevral oyida ilk bor ko’ppartiyaviylik asosida o’tkazilgan erkin va demokratik saylovlar hosilasi
bo’lmish   O’zbekiston   respublikasi   birinchi   chaqiriq   Oliy   majlisining   birinchi   yig’ilishida   Prezident
I.A.Karimov   “O’zbekistonning   siyosiy-ijtimoiy   va   iqtisodiy   istiqbolining   asosiy   tamoyillari”   mavzuida
katta   ma’ruza   qilib,   mamlakatning   siyosiy   va   iqtisodiy   rivojiga   oid   muhim   masalalar   bilan   bir   qatorda
millatning   ma’naviy   takomili   yo’nalishida   ham   yangicha   yondoshuvlar,   dolzarb   muammolarning   puxta
o’ylangan echimlarini xalq namoyandalari muhokamasiga havola etdi. Ma’ruzaning   “Yuksak ma’naviyat
-   kelajak   poydevori” 6
  deb   nomlangan   faslida   mustaqillikning   dastlabki   to’rt   yilida   bu   sohada   erishgan
yutuqlarni   tilga   olish   barobarida   kelajak   yo’nalishlarni   ham   batafsil   tahlil   etib   berdi.   “Endigi   asosiy
vazifa, -deb   fikrini   izhor   etdi   yurtboshimiz,- kishilarimizning   mustaqil   fikrlashga   o’rganishi,   o’ziga
ishonchining   orta   borishidir” 7
.   Buning   uchun   har   birimiz   “bosib   o’tgan   yo’limizni   tanqidiy   baholab”,
“buyuk   madaniyatimiz   tomirlariga,   qadimiy   merosimiz   ildizlariga   qaytib,   o’tmishimizdagi   boy
an’analarni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etmog’imiz kerak”. 8
  
   1994 yilda I.A.Karimovning   “Istiqlol va ma’naviyat ” nomli kitobi, 1997-98 yillarda bu mavzu yanada
mukammallashib,   « Ma’naviy   yuksalish   yo’lida»   («Na   puti   duxovnogo   Vozrojdeniya»)   kitobi   o’zbek   va
rus tillarida   nashr etildi 9
. Prezidentning ushbu kitoblari tarkibida va undan keyin e’lon qilingan « Xalqni
Vatan   manfaatlari   birlashtiradi»   (Yozuvchilar   bilan   suhbat),   «Yuksak   malakali   mutaxassislar   –
taraqqiyot   omili »   (O’zbekiston   respublikasi   Prezidenti   huzuridagi   Davlat   va   jamiyat   qurilishi
akademiyasining   ochilishi   marosimida   so’zlangan   nutq),   «Vatan   –hamma   narsadan   mo’’tabar»
(Mustaqillikning   besh yilligidagi  bayram  tabrigi),   «Ma’naviy  qadriyatlar  va  milliy   o’zlikni  anglashning
tiklanishi »   (“O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka  tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari ”   kitobida),   « Jamiyatimiz   mafkurasi   xalqni   xalq,   millatni   millat   qilishga   xizmat   etsin»
(«Tafakkur»   jurnali   bosh   muharriri   savollariga   javoblar),   «Tarixiy   xotirasiz   kelajak   yo’q»   (Tarixchi
olimlar   bilan   suhbat),     «Milliy   istiqlol   mafkurasi   -   xalq   e’tiqodi   va   buyuk   kelajakka   ishonchdir »
(«Fidokor»   gazetasi   muxbiri   bilan   suhbat),   «Egali   yurt   erkini   bermas »   (2000   yil   avgust   Oliy   majlis
sessiyasida   so’zlangan   nutq),   «Alloh   qalbimizda,   yuragimizda»   kabi   qator   asarlarida   ma’naviyat
masalalariga oid muhim fikrlar, yangicha g’oyalar olg’a surilgan.  
1994   yil   bahorida   “Ma’naviyat   va   ma’rifat”   respublika   jamoatchilik   markazini   tuzish   haqida
Prezidentning Farmoni chiqdi. 1996 yil sentyabrda ushbu markaz faoliyatini yanada takomillashtirish va
samaradorligini   oshirish   to’g’risida   yana   alohida   Farmon   bo’ldi   va   uning   asosida   Vazirlar   Mahkamasi
maxsus   qaror   qabul   qildi.   Nihoyat,   1999   yilga   kelib,   bu   markaz   Respublika   Ma’naviyat   va   ma’rifat
kengashiga aylantirildi.   
2008   yili   “Ma’naviyat”   nashriyotidan   O’zbekiston   Prezidentining   Islom   Karimovning   “Yuksak
ma’naviyat   –   engilmas   kuch”   nomli   ma’naviyat   masalalariga   bag’ishlangan   alohida   risolasi   bosilib
6  O’sha kitob, s. 33-42 
7  O’sha kitob, s. 34 
8  O’sha kitob, s. 7 
9   I.Karimov.   Ma’naviy   yuksalish   yo’lida.   T.-«O’zbekiston»-1998   (I.Karimov.   Na   puti   duxovnogo
Vozrojdeniya. T.-«O’zbekiston»-1997)  
  7 chiqdi. Kitob 4 bobdan iborat bo’lib,   “Ma’naviyat – insonning ulg’ayish va kuchqudrat manbaidir”   deb
nomlangan   birinchi   bobida     “ma’naviyat”   tushunchasi,   ma’naviyatli   va   ma’naviyatsiz   insonlar,
ma’naviyatni shakllantiruvchi mezonlar ma’naviy va moddiy hayot uyg’unligi kabi masalalar keng omma
uchun tushunarli tilda batafsil bayon qilingan. Kitobning ikkinchi bobi   “ Mustaqillik – ma’naviy tiklanish
va yuksalish”    deb atalgan va unda avvalo milliy g’oyaning ma’naviy hayotdagi o’rni, mustaqillik davri
jamiyatimizdagi   milliy-ma’naviy   tiklanish   va   yuksalish   jarayoni,   tilimiz   va   dinimiz,   milliy   va   diniy
bayramlarimiz   mavqeining   qayta   tiklanishi,   islohotlarning   ma’naviy   ahamiyati   haqida   so’z   boradi.
Uchinchi   bobga   “Ma’naviyatga   tahdid   –   o’zimiz   va   kelajagimizga   tahdid”   deb   nom   qo’yilgan   bo’lib,
unda   ma’naviyat   va   ma’naviy   tarbiya   masalalari   bugungi   kunda     jahonda   kechayotgan   globallashuv
jarayonlari   sharoitida   naqadar   dolzarblashgani   va   endi   bu   masalalar   faqat   milliy   hududda   chegaralanib
qolmay   umumbashariy   muammoga   aylanayotgani   tahlil   etiladi.   Dunyodagi   eng  buyuk   jasorat   ma’naviy
jasoratdir,   deb   xulosa   qiladi   I.Karimov   “Vatanimiz   taraqqiyotining   mustahkam   poydevori”   deb
nomlangan   oxirgi   bobda.   Prezidentning   chuqur   ishonchiga   ko’ra   ma’naviy   tarbiyaning   ibtidosi   har   bir
inson qalbiga quloq tutish va ko’ngliga yo’l topishdan boshlanadi va bu sohada ziyolilarimizning o’rni va
mas’uliyati o’ta muhimdir.  
Kitob muqaddimasida muallif shunday deb yozadi: 
  “Biz   xalqimizning   dunyoda   hech   kimdan   kam   bo’lmasligi,   farzandlarimizning   bizdan   ko’ra   kuchli,
bilimli, dono va, albatta, baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan
ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu
masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z
holiga,   o’zibo’larchilikka   tashlab   qo’yadigan   bo’lsak,   muqaddas   qadriyatlarimizga   yo’g’rilgan   va
ulardan   oziqlangan     ma’naviyatimizdan,   tarixiy   xotiramizdan   ayrilib,   oxir-oqibatda   o’zimiz   intilgan
umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.” 
Yurtboshi   xalqdan   ayru   emas.   Chunki   xalqning,   millatning   nihoniy   tilagi,   istagi   bugun
Yurtboshining ko’nglidagi tilakdir, istakdir. Prezidentning barcha nutq va risolalarini ma’naviyat
mavzusi   nuqtai   nazaridan   birma-bir   ko’zdan   o’tkazib   chiqqan   odamni   hayratga   soladigan   narsa
shuki,   ajdodlarimiz   yaratgan   ma’naviy   meros,   xalqimizning   dilida   saralanib   kelayotgan,   uning
og’zaki   ijodi,   hikmatlari,   matal   va   maqollarida   aks   etgan   ezgu   aqidalar   va   O’zbekiston
Prezidentining ma’naviyat masalalariga munosabati, mulohazalari, fikr yo’nalishi o’zak-o’zagidan
o’zaro muvofiq va uyg’undir. 
 
2.Milliy ma’naviyatimiz rivojida «Majoz tariqi» bosqichi
Badiiy adabiyotning mintaqa madaniyatida tutgan o’rni.
  8  
«Majoz   tariqi»   o’zi   nima?   Nega   islom   mintaqa   madaniyati   doirasida   milliy
ma’naviyatimizning takomili haqida gapirar ekanmiz, alohida va eng mukammal kamolot
bosqichining   nomi   sifatida   ushbu   iborani   tilga   olmoqdamiz?   Bu   ibora   Alisher   Navoiy
ijodining   so’nggi   davridagi   qator   asarlari,   jumladan,   «Holoti   Pahlavon   Muhammad»   va
«Muhokamat ul-lug’atayn»larda tilga olinadi va «Mahbub ul-qulub»da maxsus tushuncha
sifatida   tahlil   etiladi.   Alisher   Navoiy   «Majoz   tariqi»   tushunchasini   Borliq   haqiqatini
anglab etishning badiiy adabiyotga xos maxsus yo’nalishi sifatida talqin etadi. Shu sababli
bu   safar   suhbatni   umuman   badiiy   adabiyotning   mintaqa   ma’naviyatida   tutgan   o’rni
masalasidan boshlash o’rinli  
bo’ladi. Mintaqa madaniyatining boshqa sohalari singari badiiy adabiyotda ham til har xil
bo’lganiga   qaramay   (biz,   asosan,   mintaqa   darajasiga   ko’tarilgan   uch   til   -   arab,   fors   va
umumturkiy   adabiy   tildagi   adabiyotni   nazarda   tutamiz),   g’oyalar,   timsollar   olami,
syujetlar,  turli  badiiy  shakl   unsurlari   (vazn,  qofiya,  badiiy  san’atlar),  nazariy  zamin  ko’p
jihatdan   mushtarak   edi.   Umummintaqa   madaniyatining   boshqa   yo’nalishlari   -   Sunna,
Kalom, falsafa, tasavvuf  kabi badiiy adabiyot  ham asrlar  davomida rivojlanib keldi. Asli
har   uch   tildagi   badiiy   adabiyot   ham   islomdan   oldin   shakllangan   bo’lib,   tabiiyki,   islomiy
yo’nalish birinchi davrda arab tilidagi adabiyotda o’z aksini topa boshladi. Ammo 
Ummaviylar davri saroy adabiyotida islomiy tus 
ko’proq   tashqi   libos   darajasida   bo’lib,   al-Axtal   (640-710)   hatto   islomni   qabul   qilmagan
holda   islom   xalifalari   saroyida   ijod   qilar,   al-Farazdak   (641-730)   va   Jarir   (653-733)
ijodlarida   ham   hanuz   qabilachilik   an’analari   ustun   edi.   Arab   mumtoz   adabiyotida
«yangilanish»   xarakatini   boshlab   berganlarning   aksariyati   asli   kelib   chiqishiga   ko’ra   sof
arab emas edilar. Bashshar ibn Burd (714-784) fors, Ibn alMuqaffa (724-759) ham Eronda,
zardushtiylikka   e’tiqod   etuvchi   oilada   tug’ilgan,   bu   davrning   eng   zabardast   shoiri   Abu
Nuvas   (762-713)   ning   ham   onasi   fors   ayoli   edi.   Sunna   bilan   bir   bosqichda   arab   nasrida
adab   yo’nalishi   shakllanganini,   islom   davri   ilk   turkiy   she’riyat   namunasi   Adib   Ahmad
ijodi shunga yaqin turishini oldinroq eslab o’tgan edik. Bu yo’nalish Abul Ataxiya (748-
825)   ijodi   bilan   hamohang   bo’lib,   Abu   Nuvasda   shakkoklik   mayllari   kuchliroq   edi.
Umuman,   arab   tilidagi   mumtoz   adabiyot   gullab   yashnagan   davr   sunna   va   islom
ma’rifatchiligi   bosqichlariga  ko’proq mos  keladi  va  unda ikki   yo’nalish  yorqin namoyon
  9 bo’lgan:   biri   saroy   adabiyoti     uchun   xos   bo’lgan   madhiya,   may   va   go’zallar   vasfi   bilan
yo’g’rilgan she’riyat bo’lsa, ikkinchisi, pand-nasihat, hayotning mohiyati haqidagi falsafiy
mushohadalarga   bag’ishlangan   qasida,   qit’a   va   nasriy   risola   (noma)lardan   iborat   bo’lib,
dastlabki   davrda   bu   ikki   yo’nalish   hatto   bir-biriga   muayyan   darajada   qovushmay   turdi.
Ammo   asta-sekin   ishqiy   mavzu   teranlik   kasb   etib,   adab   yo’nalishi   bilan   mazmunan
yaqinlashib   bordi   va   Abula’lo   al-Maarriy   (973-1058)   ijodida   yuksak   falsafiylik,   Ibn   al-
Farid (1181-1234) she’riyatida esa irfoniy ishqning eng oliy qabatlariga ko’tarildi. IX-XII
asrlardagi   adabiyot   ham   ilm   singari   ko’proq   saroyda   markazlashgan   bo’lib,   madhiya
qasidalar,   ishqiy   g’azallar,   xamriyot   (may   mavzui),   zuhdiyot   (dunyo   va   uning   hoyu
havaslari   bebaqoligi   va   ularga   mehr   qo’ymaslik   mavzui),   hijo   (muayyan   shaxslarga
yo’naltirilgan   hajv)   kabi   mavzu   turlari   etakchilik   qilardi,   ya’ni   badiiy   adabiyotning
vazifasi hanuz ikkinchi darajali, amaliyroq ko’rinishda edi. Shu davrda «eng yolg’on she’r
–     eng   yaxshi   she’rdir»   va   «eng   rost   she’r   -   eng   yaxshi   she’rdir»   degan   iboralarda   o’z
aksini topgan she’riyatga ikki xil yondoshuv shakllangani ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan
va bunga muayyan darajada o’sha davr adabiyotining mavzu qamrovi va vazifasi, ijtimoiy
voqelikda tutgan mavqei ham sababchidir. Hukmdorni madh etish, uning dilini xushlash,
hukmdorning   va   o’zining   shaxsiy   raqiblarini   hajv   etish   VIII-XI   asrlar   saroy   adabiyotida
etakchi o’rin tutar va shoirning  mavqei  ham  ushbu  sohalardagi   yutuqlari   bilan
belgilanardi.   Bu   davr   arab   tilidagi   she’riyat   bilan   boshlanib,   VIII   asr   ikkinchi   yarmidan
turkiy   tilidagi   dastlabki   asarlar   (Adib   Ahmad   va   Mahmud   Koshg’ariy   asaridagi   ba’zi
namunalar)  paydo  bo’lgan  bo’lsa,  X  asr   boshlaridan   Somoniylar
saroyida   Abu   Abdulloh   Rudakiy   etakchiligidagi   baquvvat   fors   she’riyat   maktabi  
shakllandi.  IX-X  asrlar  davomida   Movarounnahr   va   Xurosonda   har   uch   tilda
asarlar yaratilgan bo’lsa, XI asr boshlaridan arab tili asosan ilm tili sifatida saqlanib qolib,
G’aznaviylar   saroyida   asosan   fors   tilida   va   Qoraxoniylar   saroyida   turkiy   va   forsiy
tillaridagi she’riyat rivoj topdi. Mahmud G’aznaviy saroyida shakllangan nufuzli she’riyat
maktabi   namoyandalari   Unsuriy,   Farruhiy,   Manuchehriy   va   boshqalar   madhiyaviy
qasidaning mumtoz namunalarini yaratdilar. Shu davrning o’zida adabiyotda ma’rifatchilik
bosqichiga   xos   yana   bir   yo’nalish   -   islomdan   oldingi   merosni   yangicha   talqinda
o’zlashtirish   ham   rivojlanib   bordi.   Arab   tilidagi   adabiyot   vakillari   johiliya   davri   adabiy
merosini   to’plash   va   tartibga   solishga   jiddiy   kirishdilar.   Rum,   Eron,   Hind   adabiyotining
  10 mashhur   namunalari   arab   tiliga   o’girildi.   Masalan,   «Panchatantra»   -   «Kalila   va   Dimna»
«Xudoynamak»lar   -   «Siyar   ul-Muluk»   nomlari   bilan   arabchalashtirildi.   Keyinroq   borib
Rudakiy fors tilida she’riy «Kalila va Dimna» dostonini yaratgan bo’lsa, Unsuriy Rumning
lotin va yunon tilidagi ishqiy romanlar mavzu doirasida bir necha dostonlar yozdi. Afsus,
bu asarlardan bizgacha faqat ayrim parchalargina etib kelgan. X asrda Daqiqiy va boshqa
ba’zilar   «Shohnoma»   yaratishga   urindilar.   Va   nihoyat   X   asr   oxiri   -   XI   asr   boshlarida
Firdavsiy   Tusiy   (940-1020)   o’zining   ulug’   epopeyasini   yozib   tugatdi.   Firdavsiyning   60
ming   baytga   yaqin   ulkan   «Shohnoma»   si   islomgacha   Eron   va   Turonda   yaralgan   boy
ma’naviy merosning o’ziga xos badiiy qayta ishlangan qomusidir. Uning tarkibida yuzlab
qahramonlar,   o’nlab   alohida   murakkab   syujetli   dostonlar   mavjud.   Unda   asotir   tafakkur
mevalari   va   Eron,   Turon   xalqlari   tarixi   o’z   badiiy   in’ikosini   to’liq   namoyon   etgan.
Firdavsiy   asari   fors   va   turkiy   tildagi   keyingi   necha   asrlar   badiiy   mumtoz   adabiyotiga
mavzu   va   qahramonlar   etkazib   bergan   ulug’   xazina   bo’ldi.   Forsiy   tildagi   adabiyotda
dostonchilik,   ya’ni   ishqiy,   tarixiy,   qahramonlik   dostonlari   yozish   an’anasi   mintaqa
adabiyotining   etakchi   yo’nalishlaridan   biriga   aylandi.   Ammo   Firdavsiyga   ko’r-ko’rona
ergashganlar,   yangicha   talqin   yarata   olmadilar,   hech   qaysisi   Firdavsiy   shuhratiga   yaqin
bora olgan emas. Faqat Yusuf Xos Hojib singari turkiy she’riyat vakillari butkul yangicha
uslubda,   yangilik   yaratish   yo’lidan   borganliklari   uchun   adabiyot   tarixida   munosib   o’rin
egallay   bildilar.   2-fasl.   Mintaqa   adabiyoti   Alisher   Navoiy   talqinida.   Alisher   Navoiy
Firdavsiy   va   uning   «Shohnoma»sini   yaxshi   biladi   va   chuqur   ehtirom   bilan   yodga   oladi.
Ammo badiiy ijod tariqi haqidagi nazariy mulohazalariga muayyan shoirlar ijodini misol
keltirganda,   biror-bir   o’rinda   Firdavsiyni   eslamaydi,   u   sanab   o’tgan   ustozlarning   tarixan
eng   birinchisi   Sanoiydir,   chunki   fors   tilidagi   adabiyotda   «Haqiqat   asrori»ni   (ya’ni
Borliqning   mohiyatini)   badiiy   tarzda   anglab   etish   va   anglatishga   ilk   bor   jiddiy   ravishda
kirishgan   ulug’   mutafakkir   shoir   Sanoiy   edi.   Uning   «Sayr   ul-ibod   ilal   maod»   («Alloh
bandalarining   qaytar   makonga   safari»)   va   «Hadoyiq   ul-haqoyiq»   («Haqiqat   bog’lari»)
asarlari nomlarining o’ziyoq shoir maqsadini aniq anglatib turipti. E’tiborga sazovor yana
bir jihati shundaki, Navoiy Sanoiy ijodini baholashda o’sha davr an’anasiga zid borib, uni
«haqiqat   tariqi»   suxanvarlari   qatorida   emas,   «Haqiqat   asrorig’a   majoz   tariqini   maxlut»
qilganlar   safida   tilga   olgan.   Buning   sababi,   bizning   nazarimizda,   shundaki,   XI   asr
oxirlariga borib Abulmajd Sanoiy birinchilardan bo’lib saroy madhiyago’yligini tark etgan
  11 va   ijtimoiy-falsafiy   yo’nalishni   badiiy   adabiyotga   dadil   olib   kirganligida   edi.     XII   asr
oxirgi   choragiga   borganda   esa   saroyni,   madhiyaviy   qasidaguylikni   tark   etib,   ijtimoiy-
falsafiy   yo’nalishga   o’tgan   shoirlar   soni   keskin   ko’paydi.   XI   asrda   tasavvuf   she’riyati
kichik lirik janrlar (ruboiy, g’azal) bilan cheklangan bo’lsa, XII asrdan tasavvufiy ruhdagi
dostonlar   yaratila   boshlandi.   Va   nihoyat,   XII   asr   oxirgi   choragidan   boshlab,   fors   tilidagi
she’riyatning   ikki   yorqin   yulduzi   Nizomiy   Ganjaviy   va   Farididdin   Attor   siymolari
adabiyot   osmonida   paydo   bo’ldi.   «Mahbub   ul-   qulub»   risolasi   «avvalgi   qism»ining   16-
faslini   Alisher   Navoiy   «Nazm   gulistonining   xushnag’ma   qushlari   zikrida»   deb   ataydi   va
shunday boshlaydi:  «Ul necha tabaqadir: avvalgi jamoa nuqudi kunuzi ma’rifati ilohiydin
g’aniylar  va  xalq  ta’rifidin  mustag’niylardur.  Ishlari   maoniy  xazoinidin  ma’rifat   javharin
termak   va   el   fayzi   uchun   vazn   silkida   nazm     termak.   Nazm   adosi   bag’oyat   arjumand   va
benihoyat   sharif   va   dilpisand   o’ldug’i   uchun   oyoti   kalomda   nozil   bor   va   hadisi
mo’’jiznizomda  tilagan  topar,  chun maal-qasd emas, el hurmati jihatidin ani
she’r   demas»   10
  (Nasriy   bayoni:   Ular   bir   necha   guruhdir.   Birinchi   guruh   ma’rifati   ilohiy
xazinasining naqdinalari bilan boyigan  va  xalq  ta’rifiga  ehtiyoj
sezmaganlardir.  Ishlari  ma’nilar   xazinasidan   Ma’rifat   gavharini   termoq   va   u
gavharni el fayz topsin uchun nazm ipiga tortmoq. Nazmlarining  ifodasi   g’oyat
qutlug’ va benihoyat yoqimli va ulug’  bo’lganligidan  ilohiy  kalom   oyatlari
va Rasulullohning mo’’jizali hadislari  mazmunini  izlagan  kishi   ulardan  
topa  oladi  va  qasddan yozilmagani sababli el ularga ehtirom bildirib,  she’r  
deb  atashga  jur’at   etmaslar».)   Alisher   Navoiy   bu   toifani   «haqiqat   tariqining
suxanvari «, deb ataydi va ular jumlasidan tasavvuf adabiyotining  eng  buyuk  
siymolari Farididdin Attor va Jaloliddin Rumiy nomlarini tilga oladi. Olim bu guruh
vakillarini   «avliyoi   ogoh   va   mashoyix   va   ahlulloh»,   deb   ulug’laydi.   Attorga   «nozimi
javohiri asror» («haqiqat sirlari javohirlarini nazmga soluvchi»), Rumiyga «g’avvosi bahri
yaqin» («yaqinlik dengizining g’avvosi»), deb sifat beradi. Navoiy ta’riflarining qanchalar
voqelikka muvofiq ekanligiga iqror bo’lish uchun Attor va Rumiy asarlarining nomlarini
eslab   o’tish   kifoya:   «Ilohiynoma»,   «Asrornoma»,   «Mantiq-ut-tayr»   («Qushlar   mantiqi»),
«Masnaviyi   ma’naviy»   va   h.k.   Bu   asarlar   haqida   Sharq   va   G’arbda   shuncha   ko’p
tadqiqotlar   amalga   oshirilganki,   biz   ulardan   o’tkazib   so’z   aytish   qudratiga   ega   emasmiz.
10  Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 14-jild. T.-«Fan »-1998, s.24 
  12 Navoiy «majoz tariqi « xususidagi ta’riflarga o’tib, o’zi kashf etgan haqiqatlarni shunday
bayon qiladi:  «Yana bir jamoatdurkim, haqiqat asrorig’a majoz tariqin maxlut qilubdurlar
va   kalomlarin   bu   uslubda   marbut   etibdurlar.   Andoqki,   maoniy   ahlining   nuqtapardozi
Shayx   Muslihiddin   Sa’diy   Sheroziy   va   ishq   ahli   guruhining   pokbozi   va   pokravi   Amir
Xusrav   Dehlaviy   va   tasavvuf   va   diqqat   mushkulotining   girihkushoyi   Shayx   Zahiriddin
Sanoiy va faridi ahli yaqin Shayx Avhadiddin va maoniy adosiga lofiz Xoja Shamsuddin
Muhammad al- Hofiz. Yana jam’e bordurlarki, majoz tariqi adosi  alar nazmiga g’olib va
alar bu shevaga ko’proq rog’ibdurlar. Andoqkim, Kamoli Isfaxoniy va Xoqoniyi Shirvoniy
va   Xojuyi   Kirmoniy   va   mavlono   Jaloliddin   va   Xoja   Kamol   va   Anvariy   va   Zahir   va
Abdulvosi’ va Asir va Calmon Sovajiy va Nosir Buxoriy va Kotibiy Nishopuriy va Shohiy
Sabzavoriy». 11
     (Nasriy  bayoni:  «Yana  bir  guruhdurkim,  Haqiqat  sirlariga  majoz yo’lini
aralashtiribdurlar va so’zlarini bu uslubda bog’labdurlar. Chunonchi: ma’ni ahlining nozik
so’zlisi Shayx Muclihiddin Sa’diy Sheroziy va ishq guruhining halol oshiqi Amir Xusrav
Dehlaviy,   tasavvuf   va   tafakkur   mushkullarining   chigalini   echuvchi   Shayx   Zahiriddin
Sanoiy,   haqiqat   ahlining   yagonasi   Shayx   Avhadiddin   va   lafz   bilan   ma’noni   anglatishga
mohir   Shamsuddin   Muhammad   Hofiz.   Yana   bir   qanchalari   bordurlarki,   majoz   yo’li
ularning   she’rlarida   g’alaba   qozongan   va   ular   bu   ravishga   ko’proq   rag’bat   etganlar.
Chunonchi: Kamol Isfahoniy, Xoqoniy Shirvoniy, Xojuyi Kirmoniy, Mavlono Jaloliddin,
Xoja   Kamol,   Anvariy,   Zohir,   Abdulvosi’,   Asir,   Salmon   Sovajiy,   Nosir   Buxoriy,   Kotibi
Nishopuriy   va   Shohiy   Sabzavoriy». 12
    Yuqorida   tasavvuf   she’riyatining   eng   ulug’
ustozlariga   «haqiqat   tariqi   suxanvarlari»   deb   nom   berilganini   qayd   etib   o’tgan   edik.
Ko’rdikki, Navoiy  «majoz  tariqi»ga  aloqador  deb  hisoblagan  shoirlarni  ham   ikki  qismga
ajratadi.   Nazarimizda,   birinchi   qismda   ulug’   ustozlar,   ushbu   yo’nalishning   qudratini
belgilovchilar   yodga  olingan  bo’lib, ikkinchi  qismda  ijodiy  qarashlari  ushbu  tariqqa mos
tushuvchi mintaqa miqyosida nomlari ma’lum bo’lgan shoirlar sanab o’tilgan. Endi ularni
tarixiy   tadrijiylikda   ko’zdan   kechiraylik.   «Haqiqat   asroriga   majoz   tariqin   maxlut»
etganlarning   tarixan   birinchisi   tabiiy   ravishda   Sanoiy   (1048-1140)   bo’lib   chiqmoqda.
Undan keyin XII asr ikkinchi yarmida yashab ijod etgan Abdulvosi’ Jabaliy (vafoti 1160),
Anvariy   (vafoti   1191),   Asiriddin   Axsmkatiy   (1108-1196),   Xoqoniy   (1120-1199),   Zohir
Faryobiy (vafoti (1202) va boshqalar sanab o’tilgan bo’lib, bu atoqli fors shoirlari deyarli
11  O’sha kitob, s.25 
12  Alisher Navoiy. Asarlar. 13-jild. T., 1966, s.191 
  13 barchasi   Sanoiy   singari   umrlarining   oxirida   saroy   madhiyago’yligini   tark   etib,   ijtimoiy-
falsafiy ruhda qasidalar yozishga kirishganlar. Ular ichida alohida yirik doston yozganlar
deyarli   uchramaydi.   Bularga   XII-XIII   asr   chegarasida   yashagan   Kamol   Isfahoniy   (vafoti
1237)   va   XIII   asrning   buyuk   axloq   muallimi   Sa’diy   Sheroziy   (1189-1292)lar   ham
qo’shiladi.   Yana   bular   qatorida   surat   («majoz»)   va   ma’ni   («haqiqat»)   nisbati   xususida
g’oyat muhim fikrni aks ettirgan ruboiy muallifi sufiy shayxi Avhadiddin Kirmoniy (vafoti
1236)   ham   tilga   olingan.   XIII   asrdan   faqat   ikki   ulug’   shoir   (Kamol   va   Sa’diy)   yodga
olingan bo’lsa, XIV asrga borib Alisher Navoiy «majoz tariqi»ga mansub deb hisoblagan
mashhur shoirlar ro’yxati keskin oshib ketadi. Bular avvalo Navoiyning «xamsanavislik»
va g’azalnavislikda g’oyat qadr etgan salafi Amir Xusrav Dehlaviy (1253-1325), dunyoga
dong’i   taralgan   Xo’ja   Hofiz   Sheroziy   (1320-1389)   va   nihoyat   g’azal   va   qasidalar   ustasi
Nosir   Buxoriy   (vafoti   1371).   XV   asr   shoirlaridan   Navoiy   o’zidan   ilgari   yashab   o’tgan
Kotibiy   (vafoti   1436)   va   o’zi   shaxsan   tanigan   Shohiy   Sabzavoriy   (1385-1453)   ni   tilga
oladi.   «Mahbubul-qulub»ning   ikkinchi   qismi   «Ishq   zikrida»   bobida   «xos   ishq»   egalari
qatorida   Amir   Xusrav   va   Xoja   Hofizlar   qatorida   Faxriddin   Iroqiy   (1207-1289)   yodlab
o’tilsa,   «Holoti   Pahlavon   Muhammad»   risolasida   XV   asr   atoqli   turkigo’y   shoirlardan
Mavlono Lutfiy eslanadi.  Demak, Alisher Navoiy «majoz tariqi» haqida gapirganida ikki
guruh   shoirlar   tilga   olingan,   birinchi   guruhi   asosan   XII   asrda   yashagan   bo’lsa,   ikkinchi
guruhi   XIV-XV   asrlarga   mansub   shoirlardir.   Bular   orasida   ayrim   farqlar   mavjud   bo’lib,
suhbat davomida yana bunga alohida to’xtalib o’tamiz.  3-fasl. Badiiy tafakkur tariqlari -
dunyoni   idrok   etish   va   uni     ijodiy   akslantirishning   o’ziga   xos   yo’llari   sifatida.   Bir
narsani afsus bilan qayd etish lozimki, sovet davri o’zbek adabiyotshunosligi, ayniqsa, 30-
yillardan   boshlab   asos   e’tibori   bilan   noto’g’ri   tamoyilga   yo’naltirildi.   Bu   tamoyilning
mohiyati   -   bir   mintaqa   adabiy   merosini   o’rganishda,   ko’ra   bila   turib,   butkul   begona
an’analar asosida shakllangan o’zga mintaqa adabiyot nazariyasiga tayanishdir. Ma’lumki,
badiiy adabiyot amaliyoti bilan uning nazariyasi orasida uzviy bog’liqlik mavjud bo’ladi.
Ammo   adabiyot   nazariyasi   odatda   bir   millat   adabiyoti   tajribasiga   emas,   balki   muayyan
madaniy   mintaqaning   etakchi   xalqlari   badiiy   ijodi   tajribalariga   suyanadi   va   shu   zaminda
yaratiladi.   XIX   asr   o’rtalarigacha   ham   yaxlit   jahon   madaniyati   emas,   balki   mintaqa
madaniyatlari mavjud bo’lganini nazarda tutsak, Evropa mintaqasi xalqlari yaratgan buyuk
badiiy   meros   Evropa   adabiyotshunosligiga   asos   bo’lganligini,   ammo   qadim   davrlardan
  14 Uzoq Sharq (Xitoy, Yaponiya, Koreya), Hindiston, Yaqin va O’rta Sharq mintaqalarining
har birida alohida o’ziga xos mukammal rivojlangan adabiyot nazariyalari mavjudligi, bu
nazariy   tizimlar   ushbu   mintaqalardagi   butun   madaniy-ma’naviy   muhit,   jumladan,   ushbu
mintaqa   xalqlari   badiiy   tafakkuri   mevalarining   bevosita   ta’sirida   shakllangan   va   o’z
navbatida ushbu mintaqa adabiyoti  namoyandalari ijodiga asrlar davomida sezilarli  ta’sir
ham  ko’rsatib  kelganligi  bugungi  kunda  aniq-ravshan  isbot  etilgan tarixiy voqelikdir. Bu
haqda   yaratilgan   tadqiqotlar   majmui   ilgari   ko’proq   Uzoq   Sharq   va   Janubiy   Osiyo
mintaqalariga oid bo’lgan bo’lsa, oxirgi yigirma yilda islom mintaqa adabiyotshunosligini
o’rganish bo’yicha ham jahon ilmida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Ushbu ilmiy tahlil
va   kuzatishlar   natijasini   umumlashtirish,   ularning   takomil   tarixini   adabiy   jarayon   bilan
bog’lab   o’rganish   hozirgi   davr   adabiyotshunosligining   dolzarb   masalalaridan   bo’lmog’i,
hatto diqqat markaziga qo’yilmog’i joiz. Xullas, har bir mintaqa adabiyoti o’sha mintaqada
yaratilgan adabiyot nazariyasi bilan mushtarak holda o’sha mintaqa ma’naviy qadriyatlari
muhitidan   ajratib   olinmay   o’rganilsa,   natijalar   ham   asl   voqelikka   muvofiq   bo’ladi.
Jumladan,   islom   mintaqa   adabiyotshunosligi   haqida   qisqacha   gapirib   o’tadigan   bo’lsak,
quyidagilarni   qayd   etish   o’rinlidir.     VIII-IX   asrlardanoq   arab   tilida   islom   mintaqa
adabiyotshunosligining o’ziga xos maktabi vujudga kela boshladi. Xalil ibn Ahmad (718-
786), Ibn Qutayba (828889), Ibn al-Mutazz (861-908) va boshqa iqtidorli nazariyotchilar
qadim   yunon   poetikasidan   mohiyatan   farq   qiluvchi   islom   she’riyat   va   badiiyat   ilmini
shakllantirishga   kirishdilar.   Ko’p   o’tmay   bu   sohaga   Movarounnahrdan   etishib   chiqqan
qomusiy   allomalar   o’z   hissalarini   qo’shdilar.   Forobiy,   Ibn   Sino,   Nasriddin   Tusiy   kabi
zabardast faylasuflar qadim yunon poetika ilmini mintaqa adabiy an’analari bilan qiyosiy
o’rganib,   she’riyat   ilmiga   oid   maxsus   nazariy   risolalar   yaratdilar.   X-XV   asrlarda   bu
yo’nalishda   ijod   etgan   qator   allomalarimizning   qomusiy   asarlari   jahon   ma’naviyat
xazinasining   boqiy   mulkiga   aylandi.   Masalan,   X   asrda   yashab   arab   tilida   ijod   qilgan
vatandoshimiz   Abu   Abdulloh   alXorazmiyning   «Mafotih   al-ulum»(«Ilmlarning   kalitlari»)
asarida adabiyotshunoslikka oid ilmi ma’oniy va bayon, aruz va qofiya, badiiy san’atlarga
alohida   boblar   ajratib,   bu   ilmlardagi   har   bir   atamaga   ta’rif   va   tavsif   berilgan.   XI   asrda
yashab   ijod  etgan   o’rta   osiyolik   alloma  Abu   Xafs   an-Nasafiy   o’zining  «Majma’   ul-ulum
matla’   un-nujum»   («Ilmlarning   jam   bo’lishi   -   yulduzlarning   chiqishi»)   qomusiy   risolalar
to’plamiga aruz ilmiga oid «Muxtasar al-aruz ala usul al-ma’ruz» asarini kiritgan. XI asrda
  15 vatandoshimiz Abul Hasan Nasr alMarg’iloniy badiiyat ilmi bo’yicha arab tilida «Mahosin
al-kalom» asarini  ta’lif  etdi. Shu asrda yashagan  Abu Qohir  al-Jurjoniy (vafoti  1078 yil)
Qur’oni   karim   oyatlarining   yuksak   badiiy   qudratini   ilmiy   tahlil   asosida   dalillab   berishga
bag’ishlangan   «Daloyil   ul-e’joz»   va   «Asror   ul-balog’a»   asarlarida   mutlaqo   o’ziga   xos
badiiy   timsol   nazariyasini   kashf   etdi.   XI   asr   oxiri   -   XII   asrdan   boshlab   fors   tilida   ham
poetikaga   oid   maxsus   asarlar   yaratila   boshlandi.   Ularning   birinchisi   Roduyoniyning
«Tarjumon   ul-balog’a»   asari   bo’lsa,   ikkinchisi   xorazmlik   ulug’   alloma   Rashididdin
Vatvotning   qator   asarlari,   ayniqsa,   mashhur   «Hadoyiq   as-sehr   fi   daqoyiq   ash-she’r»
(«She’riyat teranliklarida sehr bog’lari») risolasidir. XIIXIII asrlarda «arab va ajam faxri»
deb dong taratgan xorazmlik alloma Mahmud az-Zamaxshariy «Al-qustos fil aruz» nomli
ilmiy risolasini yozdi. Uning kichik zamondoshi va yurtdoshi Yusuf as-Sakkokiy o’zining
filologiyaga   oid  «Miftoh   ululum»   kitobining  katta   bir   bobini   «She’r   ilmi»ga   bag’ishladi.
Keyingi   asrlarda   mintaqada   turkiy   tilda   ham   adabiyot   nazariyasiga   oid   asarlar   yaratildi.
Jumladan, Mirzo Ulug’bek zamonida yaratilgan Taroziyning ushbu mavzudagi ilgari fanga
noma’lum   bo’lgan   «Funun   al-balog’a»   risolasining   qo’lyozmasi   bir   necha   yil   oldin
AQShga   ilmiy   safar   bilan   borgan   tilshunos   olim   E.Umarov   tomonidan   topilib,   ilmiy
iste’molga   kiritildi.   Shunday   qilib,   VIII-XV   asrlarda   mintaqamizda   arab,   fors   va   turkiy
tillarda   mukammal   bir   adabiyotshunoslik   nazariy   maktabi   shakllangan   edi.
Allomalarimizning   tilga   olingan   asarlari   keyingi   necha   asrlar   davomida   islom
mintaqasining   turli   davlatlarida   qayta-qayta   ko’chirilib,   ilm   ahli   tomonidan   chuqur
o’rganildi,   oliy   madrasalarda   uning   asosida   she’r   ilmi   alohida   fan   sifatida   o’rgatildi.
Ajdodlarimiz   yaratgan   bu   ilm   nafaqat   Xorazm   yoki   Movarounnahr,   balki   butun   islom
mintaqasida keng o’rganildi va amalda qo’llanildi. Ushbu qimmatli nazariy merosni jiddiy
tahlil   etib,   allomalarimizning   xizmatlarini   yuzaga   chiqarish,   mumtoz   shoirlarimiz
she’riyatiga   uni   tadbiq   etish,   badiiyat   ilmining   ko’z   ilg’amas   nozik   tomonlarini   hozirgi
zamon shoirlariga ochib berish va ularni ham buyuklarimiz yaratib ketgan ulug’ merosdan
bahramand   etish   bugungi   kun   adabiyotshunosligining   kechiktirib   bo’lmaydigan
vazifalaridandir.   Badiiy   tafakkurning   o’z   qonun-qoidalari   bor.   Asotir   tafakkur,   mantiqiy
tafakkur, irfoniy tafakkur kabi bu ham borliqni idrok etishning o’ziga xos bir yo’li (tariqi,
usuli)dir.   XV   asr   oxirida   Alisher   Navoiy   o’zigacha   8   asr   davomida   mintaqa   miqyosida
keng   rivojlanib   borgan   badiiy   tafakkur   ilmini   yanada   yuksak   nazariy   umumlashmalar
  16 darajasiga   ko’tarib,   jahon   ma’naviyati   takomiliga   o’zining   mustaqil   bosqich   darajasidagi
kashfiyotini olib kirdi.  Alisher Navoiy yaratgan nazariya badiiy tafakkur tariqi masalasiga
oid   bo’lib,   Evropada   bu   ilmiy   yo’nalish   Sharqdan   ancha   keyin   -   XVIII   asrdan   shakllana
boshladi   va   XX   asrdagina   yakuniy   natijalarga   erishdi.   Evropa   adabiyotida   barokko,
klassitsizm,   romantizm,   realizm   nomlari   bilan   ataluvchi   hodisalar   Yangi   davrda   paydo
bo’ldi.   Rus   tadqiqotchilari   bunday   hodisalarni   «literaturnoe   napravlenie   ili   techenie»
(adabiy yo’nalish va oqim) deb atadilar va keyinchalik shuning asosida ijodiy yoki badiiy
metod (tvorcheskiy ili xudojestvenniy metod) nazariyasini shakllantirdilar. Afsus, 30-yillar
mafkuraviy   tazyiqi   bilan   bu   nazariya   asosan   Stalin   tomonidan   «sotsialistik   realizm»   deb
sun’iy   nom   ostida   tiqishtirilgan   proletar   realizmi   metodining   totalitar   hukmronligini
ta’minlash   maqsadlariga   bo’ysundirilgani   sababli,   barchaning   jig’iga   tegib,   asl   muammo
bir   chetga   surilib   qolaboshladi.   Vaholanki,   adabiyot   nazariyasining   o’zak   tomiri   baribir
badiiy   tafakkur   tariqi   sifatida   shakllanadigan   dunyoni   idrok   etish   va   uni   ijodiy
akslantirishning   o’ziga   xos   yo’llarini   aniqlay   bilish   va   uni   har   tomonlama   sharhlab
ko’rsatishdan   iboratdir.   Alisher   Navoiy   ushbu   nazariy   masalani   XV   asr   oxirida   birinchi
marta   ochiq-ravshan   belgilab   va   sharhlab   bergan   edi.     Qadim   yunon   tilida   «metodos»
nima   ma’noni   bildirsa,   IX-   XV   asrlar   islom   mintaqa   madaniyatining   ilmiy   atamalar   tili
bo’lmish arab tilida «tariq» so’zi  ham  xuddi  shu ma’noni, ya’ni «yo’l», «borliqni anglab
etish   va   aks   ettirishning   o’ziga   xos   yo’li»   ma’nosini   anglatar   edi.   Alisher   Navoiy   ushbu
atamadan foydalanib, islom mintaqa adabiyotida  «haqiqat tariqi»  va  «majoz tariqi»  deb
atalmish ikki adabiy yo’nalishni  ajratib ko’rsatdi  va ularning har  birini  qisqacha  ta’riflab
berdi. Bu hodisa Evropa adabiyotshunosligi  erishgan yutuqlardan 5 asr ilgari yuz bergan
edi.   Badiiy   ijodga   Borliq   mohiyatini   idrok   etish   va   ijodiy   akslantirishning   alohida   bir
yo’nalishi   sifatida   ongli   yondoshuv   islom   mintaqasida   Evropadan   ancha   ilgari,   XII-XIII
asrlarda boshlangan edi. 
 
 
 
  17  
Asosiy adabiyot : 
 
1.   Qur’oni karim (Abdulaziz Mansur tarjimasi). T., 2001   2.   Imom Buxoriy. Jome’ as-sahih.   1-4 jildlar,
T., 1990-1995. 
3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., 2001 . 
4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch.  T., “Ma’naviyat”, 2008. 
5. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat.  T., 1994. 
6. Karimov I.A. Ma’naviy yuksalish yo’lida.  T., 1998. 
7. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.   1-jild. T.-«O’zbekiston»-1996, s. 3-
139, 178-189, 200-218, 240-246, 360-362. 
8. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.   2-jild. T.- «O’zbekiston»1996,   s.   37-38, 58-82, 119-
121, 202-206, 249-264, 292-313. 
9. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.  3-jild. T.- «O’zbekiston» 1996, , s.  3-54, 60-69, 74-85. 
10. Karimov  I.A.  Bunyodkorlik   yo’lidan.   4-jild.   T.-«O’zbekiston»-1996,  s.  3955,  58-91,  117-131,  156-187,
331-339.  
11. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi.   5-jild T.«O’zbekiston»- 1997, s. 145-150, 166-
191, 207-217, 282-304. 
12. Karimov I.A.. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. 6-jild. T.- «O’zbekiston»-1998, s. 25-30, 31-41,
125-135, 262-267, 314-323. 
13. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz .  7-jild. T.- 
«O’zbekiston»- 1999, s. 79-102, 132-154, 183-257, 293-312, 324-346, 349410. 
14. Karimov   I.A.   Ozod   va   obod   Vatan,   erkin   va   farovon   hayot   –   pirovard   maqsadimiz .   8–jild.
T.-«O’zbekiston»- 2000, s. 3-17, 3-31, 59-67, 72-82, 87-99, 272-291, 319-329, 330-351, 341-343, 405-
441, 442-461, 462-478, 489-508. 
15. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz.  9-jild. T.«O’zbekiston»-2001, s. 43, 49-50, 70-
98, 101-106, 113-132, 133-150, 186219, 220-224, 225-269, 287, 302, 389. 
16. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. 10-jild. T.«O’zbekiston»-2001, s. 18-23, 26-
59, 65-80, 278, 296. 
17. Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l – demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. 11-jild.
T.-«O’zbekiston»-2003, s. 3-51, 70-96. 
18. Karimov   I.A.   Tinchlik   va   xavfsizligimiz   o’z   kuch-qudratimizga,   hamjihatligimiz   va   qat’iy   irodamizga
bog’liq.. 12-jild. T.-«O’zbekiston»2004, s.3-12, 276, 333-334. 
  18

Millioy ma’naviyatimizning takomillashtirish bosqichlari ma’naviyatni shakllantiradigan sosiy mezonlar Reja: 1.Ma’naviyatning takomil tarixini nega o’rganamiz? Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar 2. Milliy ma’naviyatimiz rivojida «Majoz tariqi» bosqichi Foydalanilgan adabiyot 1

1.Ma’naviyatning takomil tarixini nega o’rganamiz? Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar. 1-fasl. Ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy va madaniy boyliklar millat ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar sifatida. Mustaqillik davrida O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning bevosita tashabbusi bilan barcha darajadagi ta’lim tizimida “Ma’naviyat asoslari” alohida va maxsus fan sifatida o’qitila boshlandi. Keyinchalik shu sohada kadr tayyorlash masalasi yo’lga qo’yilishi munosabati bilan oxirgi yillarda bu fan ham tarmoqlanib, “Ma’naviyatning diniy asoslari”, “Axloqning ma’naviy asoslari”, “San’atning ma’naviy asoslari”, “Oila ma’naviyati” “Milliy mustaqillik va ma’naviyat” kabi yangi-yangi kurslar maxsus yo’nalishning bakalavriat va magistrlik o’quv rejalariga kiritilmoqda. Shulardan biri, balki eng muhimi “Ma’naviyatning rivojlanish tarixi” kursidir. “Nega eng muhimi?” degan savol tug’ilishi mumkin. Nazarimizda, suhbatni ushbu savolga javob qidirishdan boshlash kerak bo’ladi. Ahli bashar ma’naviyatsiz bo’lmaydi, chunki aslida inson mohiyati moddiyat va ma’naviyatning tutashuvidadir. Har bir shaxs, har bir ijtimoiy guruh yoki toifa, har bir elat, millat va mintaqa xalqlarining o’ziga xos ma’naviy olami mavjud. Ushbu ma’naviy olamlar doimo bir xil saqlanmaydi, zamon va makonda o’zgarib, goh kamolot sari yuksalib, goh qashshoqlashib turadi. Lekin ma’naviyat hodisasini tadqiq etish oson ish emas, bu hozirgi kunda ushbu ilmni rivojlantirishga urinishlar o’ta qiyinchilik bilan samara berayotganida ham sezilmoqda. Masalan, O’zbekistonda barcha oliy o’quv yurtlarida “Ma’naviyat asoslari” maxsus fan sifa-tida 1997 yildan o’qitila boshlagan bo’lsa, shundan beri bu mavzuda qator tadqiqotlar, o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari tayyorlandi va nashr etildi. Ularning har biri fan rivojiga ozmi-ko’pmi muayyan hissa qo’shganligini inkor etmagan holda, tan olish kerakki, ma’naviyat hodisasining mohiyatini teran ochib beruvchi, sohaning ko’pchilik xodimlarini har jihatdan qoniqtira olgan ta’riflar hanuz keng iste’molga kirmadi. Buning turli sabablari bor. Ammo, bizning nazarimizda, eng birinchi sabab shu kungacha millat ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar biror kitobda aniq belgilab olinmaganida edi. Ayni shu vazifa O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning “ Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida birinchi marta aniq va mukammal amalga oshirildi . 2

Ma’naviyat hodisasi asosan ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi: shaxs ma’naviyati va millat ma’naviyati. Ma’naviyat ko’ngil ko’zgusidan taralgan nur, u inson qalbida yashiringan. Demak, ma’naviyatni tadqiq etish aslida Shaxs ma’naviyati ni o’rganishdan boshlanmog’i zarurdek ko’rinadi. Darhaqiqat, har bir insonning ma’naviy dunyosi o’ziga xos hududsiz bir olam. Ammo har bir inson muayyan bir jamiyatda, muayyan bir insonlar jamoasi ichida yashaydi, muayyan bir millatga mansub bo’ladi. Tabiiyki, har bir alohida inson o’sib-ulg’ayar ekan, unga atrof- muhitida yashayotgan insonlarning ta’siri bo’ladi. Insonning ma’naviy kamoloti ayni shu muhitning ta’siridan bosh-lanadi. Har bir shaxs, o’zi buni chuqur idrok qiladimi, yo’qmi, qat’i nazar, biror elat yo millatga mansub bo’lmay iloji yo’q, hech bir inson eldan butkul ajralib yashamaydi. Prezidentning g’oyatda hikmatli iborasi bilan aytganda, har bir inson “o’zini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o’ylab, mehnat qilib yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi” 1 . Buning ma’nosi, shaxs ma’naviyati voqelikda millat ma’naviyatidan ayru, undan tashqarida bo’lmaydi. Shunday ekan, millat ma’naviyati haqida muayyan tasavvurga ega bo’lmay turib, alohida shaxs ma’naviyatini ham o’rganish imkondan tashqari. Agarchi, tarixan va nazariy jihatdan millat ma’naviyati , tom ma’noda olganda, ushbu millatga qaysidir bir tarzda aloqador hisoblanuvchi o’tmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar ma’naviyatining majmuidan iborat bo’lsa-da, voqelikda har bir shaxs ma’naviyati millat ma’naviyati dan oziqlanadi, uning asosida kamol topadi. Agar bir millat vakili o’z ajdodlarining ma’naviy merosidan butkul bebahra qolgan bo’lsa va muayyan sharoitda to’liq boshqa millat madaniyati ruhida tarbiya olsa, uni endi o’z millatining to’laqonli vakili deyish qiyin. Ammo eng yomon holat Sho’rolar davrida yuz berdi. Bu davrda sun’iy birlashtirilgan ulkan bir hududning barcha aholisi, millatidan qat’i nazar, kuchli va har taraflama taziyq ostida muayyan maqsadlarda maxsus ishlab chiqilgan yolg’on mafkura ruhida majburiy “tarbiya” qilindi. Bu zug’umga barcha ham birday bo’y bergani yo’q, ammo afsus bilan e’tirof qilishga to’g’ri keladiki, bunday vahshiyona va makkorona “ta’lim-tarbiya” tizimi juda ko’p insonlar ongida og’ir asoratlar qoldirdi. Eng achinarlisi, bugungi aksariyat ijtimoiy-gumanitar sohaga mansub ziyolilarimiz bunday 1 Islom Karimov.Asarlar. 1-jild, s. 81 3

mafkuraviy taziyqdan eng ko’p ziyon ko’rdilar. Mustaqillik tufayli biz bugun endi ushbu noxush asoratlarni ongimizdan bartaraf qilishning qulay imkoniyatlarini qo’lga kiritdik. Ammo bor imkoniyatdan unumli foydalanish uchun ham inson o’z holatiga to’g’ri baho bera bilmog’i, o’z ustida jiddiy mehnat qilishga havsala qilmog’i kerak bo’ladi. Hech bir xalq dunyoda yakka yashamaydi, yolg’izlikda rivojlanmaydi ham. Elat va millatlar doimo o’zaro turlicha munosabatda bo’ladilar va tarix davomida bir-birlariga ta’sir o’tkazib, o’zlarini ham, o’zgalarni ham ma’naviy boyitib boradilar. Ammo hech qachon, hech bir xalq o’zligidan butkul kechib, boshqa xalq ma’naviyati hisobidan o’zini boyita olgan emas. Yakka bir shaxs butkul o’zga bir ma’naviy muhitda tarbiya topib, unga to’liq moslashishi mumkin. Bu inson tabiatiga xos narsa. Ammo bir xalq to’lig’icha o’zligidan kechib, o’zga xalq ma’naviy dunyosini qabul qilsa, demak, unday xalq yo’q bo’ladi, o’z ma’naviy qiyofasini yo’qotgan millat yo’qolgan millatdir. Shu sababli ham milliy mustaqillik poydevorini ma’naviy muctaqillik tashkil etadi, deymiz. Milliy ma’naviyatning takomili esa o’sha millatga mansub har bir shaxsning ma’naviy kamoloti bilan bevosita bog’liq va ushbu zaminga tayanib yuksaladi. Milliy ma’naviyat nazariyasini yaratish uchun qaysi manbalarga tayanish, uning asoslarini qaerlardan qidirish kerakligi Prezident asarlarida avvalboshidanoq aniq ko’rsatib va qayta-qayta ta’kidlab kelinmoqda. Bu manbalardan eng birinchi va asosiysi buyuk ajdodlarimiz merosidir. Buyuk ajdodlarimiz bizga qoldirgan ulkan meros – milliy ma’naviyatimiz nazariyasini shakllantirish uchun butun kerakli unsur va tarkiblarni yaratib qo’yipti, faqat uni xolis nazar bilan astoydil qidirsak, kifoya. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab muntazam davom etib kelayotgan qutlug’ an’ana – ulug’ bobolarimiz, dunyoga dong taratgan, jahon jamoatchiligi allaqachon o’z muqaddas mulki deb tan olgan ma’naviy meros sohiblarining yubileylarini mamlakat va jahon miqyosida nishonlash haqidagi farmonlar va ularning ijrosi ayni shu masala – milliy ma’naviyatimiz sarchashmalariga butun xalqimiz va, birinchi navbatda, yosh avlod e’tiborini jalb etish maqsadini ko’zda tutadi. Islom Karimov xalq ma’naviyatini yuksaltirish deganda nimani ko’zda tutganligini hali mustaqillikka erishmasimizdan - 1990 yili O’zbekiston Prezidenti sifatidagi birinchi nutqidayoq ochiq-oydin bayon etgan bo’lib, ushbu ma’ruzada inson ruhiyatining nozik va 4

murakkab tomonlari bilan, “xazinalarga to’la milliytarixiy an’analar bilan, umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik” yaqin o’tmishimizda jamiyatimizga qanchalar zarar keltirganligi qayd etilib, bu sohada yangicha vazifalar olg’a surilgan edi: “Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish lozim. Bu xazina asrlar davomida misqollab to’plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o’tgan. Insonlarga og’ir damda madad bo’lgan. Bizning vazifamiz - shu xazinani ko’z qorachig’imizdek asrash va yanada boyitish, so’zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e’tiqodining erkinligini ta’minlashimiz kerak” 2 . O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov yangi kitobida o’zining ushbu fikrlarini yanada rivojlantiradi va muayyanlashtiradi. Unda ajdodlarimiz merosiga birinchi darajali ahamiyat ajratilib, Yurtboshimiz ulkan g’urur va iftixor bilan shunday deb yozadi: “Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming- minglab qo’lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me’morlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kamdankam topiladi.” Prezidentning yangi asarida bu to’g’ridagi qarashlarini umumiy ifodasi bilan cheklanib qolmay, ushbu mavzuga alohida fasl bag’ishlab, unda milliy ma’naviyatimizning shakllanishiga asos bo’lgan, bugungi kun yosh avlod ma’naviy olamini shakllantiradigan asosiy mezonlarni birma-bir batafsil ta’riflab beradi. Biz bu o’rinda kitobning tegishli qismini to’liq takrorlashga harakat qilmasdan undagi eng muhim jihatlarga diqqatni qaratib o’tamiz. 1. MA’NAVIYaTSIZ KELAJAK YO’Q. 1. Kommunistik aqidaparastlar diktaturasi 70 yil davomida, izchil sur’atda millionmillion xalqlarni yalpi manqurtlashtirish siyosatini olib bordi. Bu tuzum turli millat, turli o’lkalarni majburiy ravishda bir partiya izmiga bo’ysundirgan qurama mamlakat aholisini millatsiz, ma’naviyatsiz, mustaqil o’y-fikrsiz “kommunizm quruvchilari” atalmish qiyofasiz mavjudotlarga, dunyoga hukmdorlik orzusida bo’lgan kichik bir guruhning irodasini quloq qoqmay ijro etuvchi ulkan mexanizmning “parrak” va “vintcha”lariga aylantirish niyatida edi. Va, aytish mumkinki, ushbu manfur niyatlar ancha-muncha 2 Islam Karimov. Istiqlol va ma’naviyat. T.-«O’zbekiston»- 1994, s. 65-66 5