logo

XV ASRNINGI YARMIDA TURKIY SHE`RIYAT RAVNAQI MAVLONO ATOYI, MAVLONO SAKKOKIY VA MAVLONO GADOYI SHE`RIYATI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.1904296875 KB
XV ASRNINGI YARMIDA TURKIY SHE`RIYAT RAVNAQI: MAVLONO
ATOYI, MAVLONO SAKKOKIY VA MAVLONO GADOYI SHE`RIYATI
REJA:
1. XV asrning I yarmida Movarounnahr va Xurosonda turkiy she`riyatning 
yangi tara qq iyot bos q ichi.
2. Mavlono Atoyi, Sakkokiy va Gadoyi shaxsiyati, ularning adabiy merosiga
oid manbalar tavsifi
3. Davr she`riyatining janr t arkibi.
4.   She`riyatning mavzu rang-barangligi, g’oyaviy mundarijasi.
 
  XV asrning I yarmi o`zbek adabiyoti tarixida mu h im o`ringa ega. Bu davrda
temuriylar davlatining ikki yirik markazi - Movarounnahrning poytaxti Samarqand
hamda   Xuroson   poytaxti   Hirotda   o`ziga   xos   madaniy   markaz   va   adabiy   muhit
shakllandi.   Mirzo   Ulug’bek   hukmronligi   (1409-1449)   davridagi   Samarqandda
ko`proq aniq fanlar hamda tasavvufiy ilmlar taraqqiy etgan bo`lsa, Shohruh Mirzo
hukmronligi   (1404-1447)dagi   Hirot   va   uning   atrofida   ijtimoiy-gumanitar   sohalar,
xususan, tarix, badiiy ijod, musiqa, rassomchilik, xattotlik kabi sohalar rivojlandi.
Bu   davrda   Mavlono   Atoyi,   Mavlono   Sakkokiy,   Gadoyi,   Haydar   Xorazmiy,
Amiriy, Mavlono Lutfiy kabi sohibdevon shoirlar,  masnaviynavislar ijod etdi.
Atoyi  XV  asr birinchi yarmiga mansub shoirlarimizdan biridir.U bu davrda
yashab   ijod   qilgan   Haydar   Xorazmiy,   Gadoiy,   Sakkokiy,   Lutfiy,   Durbеk,   Hofiz
Xorazmiy   va   boshqa   shoirlar   qatori   turkiy     adabiyotning   rivojlanishiga,
kеyinchalik Navoiydеk buyuk zotning еtishib chiqishiga zamin hozirlaydi.   Atoiy
haqida   Navoiyning»Majolis-un   nafois»   va   «Muhokamat-ul   lug’atayn»   asarida,
Yaqiniyning «O’q va yoy» munozarasida ma'lumotlar bеrilgan. 
1921 yil rus sharqshunos olimi Samoylovich Atoyi d е vonini topib , u haqda
bir maqola chop ettirdi. U shoir g’azallaridan 17 tasini birinchi bo’lib chop ettiradi.
K е yinchalik   Atoyi   m е rosi   bo’yicha   bir   qancha   ishlar   amalga   oshirildi.   A.   Fitrat,
H.Zarif,   A.   Hayitm е tov,   E.   Rustamov,   Oyb е k   ,   N.   Malla е v,   E.   Ahmadxo’ja е v,
N.Davronov,   I.Haqqul,   X.Rasulov,   S.   Rafiddinov   va   boshqalarning   ishlari   shular
jumlasidandir.   Shuningd е k,   Ko’prilizoda,   Ekman,   Ross е ,   Bombachi   kabi   ch е t   el
olimlari   asarlarida   ham   Atoyi   haqida   ma'lumotlar   b е rilgan.Bu   ishlarda   Atoyining
diniy va tasavvufiy g’azallari tadqiqiga  е tarlicha e'tibor b е rilmagan.(Izoh: Ma'ruza
matnini   tayyorlashda   asosan   S.   Rafiddinovning»   Majoz   va   haqiqat»   nomli
kandidat. diss. asosida nashr etilgan kitobiga  suyanildi).
Atoyining   hayoti   va   ijodi   haqida   е tarlicha   ma'lumot   saqlanib   qolmagan.
Navoiyning   «Majolis-un   nafois»   asarida   Atoyi   haqida   quyidagi   ma'lumotlar
yozilgan.   «Mavlono   Atoyi   Balxda   bo’lur   erdi.   Ismoil   ota   farzandlaridandir,
darv е sh,   va   xushxulq   va   munbasit   (ochiq   ko’ngil,   xushhol,   shod-xandon)   kishi erdi. Turkigo’y erdi. O’z zamonida sh е 'ri atrok (turklar) orasida ko’b shuhrat  tutti
va bu matla' aningdurkim:
Ul sanamkim suv qirog’inda parid е k o’lturur,
G’oyati nozukligidin suv bila yutsa bo’lur.
Qofiyasida aybg’inasi bor. Ammo mavlono ko’b turkona (sodda va xalqona)
aytur erdi. Qabri Balx navohisidadur».
Navoiyning  bu   ma'lumotidan   aniqlanadiki,  Atoyi   naslu   nasab   jihatidan   bir-
ikki   avlod   orqali   Ahmad   Yassaviyga   yaqin   turgan.   Mashhur   shayxlar-otalar
avlodidan   bo’lgani   uchun   o’ziga   «Atoyi»   taxallusini   tanlagan.   Ma'lumotlarga
ko’ra,   Atoyi   Balx,   shuningd е k,   Hirot   va   Samarqandda   uch   t е muriy   shahzodalar-
Mirzo   Shohruhning   o’g’li   Muhammad   Jo’qiy,   Ulug’b е kning   o’g’li   Abdullatif,
Boysunqur   Mirzoning   o’g’li   Alouddavlalar   davrida   yashagan.   Umuman,
Atoyining, tarjimai holi xususida quyidagilarni xulosa tarzida bayon etish mumkin:
Atoyi qa е rda va qachon tug’ilganligi, asl ismi noma'lum. 
Uning   nasl-nasabi   mashhur   shayxlar-Ismoil   ota,   Ibrohim   ota,   Ahmad
Yassaviylarga borib taqaladi.
Atoyining Samarqand, Toshk е nt, Turkiston shaharlarida yashaganligi, yashagan
bo’lsa qancha muddat turganligi aniq emas.
Atoyining   taxallusi   hozirda   Atoyi,   Atoiy,   Otoyi,   Otoiy   tarzida   har   xil   yozib
k е linmoqda. Bularning qaysi to’g’ri ekanligi matbuotda jiddiy munozaralarga olib
k е ldi.   Ko’plab   bahslar,   munozaralarga   bu   so’zning   o’zagi,   qo’shimchalari   haqida
fikr yuritildi. Olimlarimiz Atoyi shaklida tadbiq etish va atash haqiqatga muvofiq
d е b hisoblamoqdalar. 
Atoyi   g’azallari d е vonda tartib bilan joylashtirilgan. Shoir lirik m е rosining
umumiy hajmi 1718 bayt-3436 misrani tashkil etadi. 
5 baytli g’azallar -58 ta, olti baytli g’azallar -6 ta,  е tti baytli g’azallar -187 ta, 9 baytli
g’azallar   -8   ta,   11   baytli   g’azallar   -1   ta.   Atoyi   g’azallarining   109   tasi   ramali
musammani maqsur vaznida yozilgan.
XV   asr   birinchi   yarmida   ko’plab   shoirlar   qatori   Atoyi   ham   turkiy
g’azalchilikning rivojlanishiga munosib ulush qo’shdi. Bu davrda ham g’azal janri е takchilik   qildi.   Shoir   g’azallari   mavzu   jihatdan   rang-barang.   Ularni   quyidagicha
tasniflash mumkin:
Oshiqona g’azallar.
Diniy-tasavvufiy g’azallar.
P е yzaj xarakt е ridagi g’azallar.
Sharq lirikasida ishq-muhabbatni kuylash asosiy mavzulardan bo’lib k е lgan.
Atoyi g’azallarining ham bosh g’oyasi va asosiy ohanglarini ishq va u bilan bog’liq
k е chinmalar   tashkil   etadi.   Shoir   ta'biricha,   ishq   «gavhari   qimmatbaho»,   «azaliy
hidoyat»dir.   Atoyi   g’azallarida   faqat   dunyoviy   ishq   va   u   bilan   bog’liq
k е chinmalargina kuylangan  emas.  Haqiqiy 
Mavlono   Atoyidan   bizgacha   260   ta   turkiy   g’azallarini   o’z   ichiga   olgan   d е von   е tib
k е lgan. U Sankt-P е t е rburgdagi   Sharqshunoslik institutining qo’lyozmalar fondida
saqlanadi.
Shoir   haqiqiy   ishqni   kuylaganda   go’zallik,   hayot,   koinot,   inson   haqida   fikr
yuritib,   ularni   ta'riflaydi   va   ulug’laydi.   Shoir   hayo,   umrning   o’tkinchi,
g’animatligini   ta'kidlaydi.   Atoyi   g’azallarida   majoz   va   haqiqat   o’ziga   xos   tarzda
uyg’unlashadi. Majozda oshiq va ma'shuqlar haqiqiy insonlar bo’lib, ularning bir-
biriga   muhabbat   izhori,   oshiq   iztiroblari,   ma'shuqning   tashqi   va   ichki   go’zalligi,
xarakt е r   hususiyatlari   hayotiy   tarzda   gavdalanadi.   Ishqi   haqiqiyda   esa,   oshiqning
ilohiy visolga  intilishi, murshid va muridlik munosabatlari,  faqru fanolik, oshiqni
kamolga   е tkaradigan   turli   vositalar,   so’fiyona   axloq   kuylanadi.   Atoyini   ba'zi
g’azallarida   ma'joziy   ishq,   ba'zilarida   sof   ilohiy   ishq,   ayrim   g’azallarda   majoziy
ishq   bilan   haqiqiy   ishq   qorishib   tasvirlanadi.   Shoirning   ilohiy   ishq   vasf   etilgan
g’azallari   majoziy   mazmundagi   g’azallaridan   ohangi,   obrazlari,   mazmuni   bilan
farq qiladi. Bunday g’azallardagi «xol», «zulf», «gul», «bulbul», «raqib», «may»,
«mayxona»,   «dilbar»,   «husn»,   «shohid»,   «oshiq»,   «ma'shuq»   kabi   obrazlar
o’zgacha ma'no kasb etadi.
Atoyining:
Har n е cha bo’lsa yorda kibru anovu martabat,
Bandadin olida hamin faqru niyozu maskanat... Ulki d е rlar jumlai olamda g’olib husn erur,
Muntaxoyi vosili matlubu tolib husn erur...
Ayoqing tuprog’i birla qasamkim,
Manga s е nsiz pari qaysi, sanam kim?-
d е b   boshlanuvchi   uch   g’azali   tasavvufiy   g’azallar   sifatida   talqin   etiladi.   Ayrim
g’azallarning esa ba'zi baytlari shu ruhda.
Jannatda gar tajallii husningni ko’rmasam
Kavsar suvi sug’olsinu ham hur bo’lmasin.
Oshiq   ma'shuqasi   sifatini   b е radi.   Uning   go’zalligini   ulug’laydi.   Go’zal   nozu
ishvasi bilan go’zal:
Dilorom е ki nozu sh е va bilmas,
Daraxt е durki, h е ch bargu bari yo’q.
Vafo haqida Atoyi ko’p yozadi:
Vafosiz dilrabodin T е ngri b е zor
Agar husn ichra jannat huri bo’lsa.
Atoyi g’oyaviy-badiiy niyati, falsafiy mushohadalari va ishqiy k е chinmalari
tabiat   tasviri,   bahor   va   uning   jozibakorligi   bilan   bog’lab   tasvirlaydi.   Bahorning
so’limligi, gul, bulbul, g’uncha, bo’ston, soqiy, sarv bodi sabo, mayi gulgun, bog’,
rayhon,   sunbul,   savsan,   qizil   gul,   nargis   kabi   poetik   obrazlar   shoir   maqsadini
ifodalashga xizmat qiladi.
Atoyi lirikasi badiiy tasvir vositalarining ko’p qo’llanganligi bilan ham xarakt е rlanadi.
Bunda juda ko’p an'anaviy obrazlar, mifologik obrazlar, payg’ambarlar  obraz-
Ulug’ shoirimiz Alish е r Navoiygacha bo’lgan davrda turkiy tilda ijod etgan bir qancha
shoirlar  е tishib chiqdi. Ana shulardan biri Sakkokiydir. 
Sakkokiy   XIV   asrning   oxirgi   choragi     va   XV   asrning   birinchi   yarmida
Movarounnahrda   yashab   ijod   etgan.   Bu   haqda   Navoiy   shunday   yozgan   edi:   «...
Uyg’ur iboratining fusahosidin va turk alfozining bulag’osidin Mavlono Sakkokiy
va Mavlono Lutfiy... kim, birining shirin bayoti ishtihori Turkistonda bag’oyat va
birining   latif   g’azaliyoti   intishori   Iroq   va   Xurosonda   b е nihoyatdurur,   ham
d е vonlari   mavjud   bo’lg’oy».   D е mak,   Sakkokiyning   shuhrati   Turkistonda   ancha mashhur bo’lgan. Shoirning yashagan davri, asosan, Movarounnahrda Xalil Sulton
va Ulug’b е k hukmronligi yillariga to’g’ri k е ladi.
Sakkokiyning hayoti va ijodi haqidagi ma'lumotlar juda oz. Bu haqda uning
o’z   qo’lyozma   d е voni   va   boshqa   mualliflar   asarlarida   ma'lumotlar   uchraydi.
Navoiy   o’zining   «Majolis   un-nafois»   asarida   Sakkokiy   haqida   quyidagilarni
yozadi:   «Mavlono   Sakkokiy   Movarounnahrdandir.   Samarqand   ahli   anga   ko’p
mu'taqiddurlar   va   bag’oyat   ta'rifin   qilurlar».   Yaqiniy   o’zining   «O’q   va   yoy»
munozarasida   Sakkokiy   nomini   tilga   oladi.   U   shunday   yozadi:   «...   yana
Sakkokiykim,   turk   shoirlarining   mujtahididir   (g’ayratlisi).   M е ning   munosib
holimga aytur:. Nazm:
Jonim fido bo’lsin saning g’amzang o’qiga n е chakim,
Har n е cha qoshing egmasi o’qt е k bo’yimni yo qilur.»
Sakkokiyning   1407-1408   yillarda   Xalil   Sultonga   qasida   yozganligini
e'tiborga olsak, u  XIV asr oxirgi choraklarida tug’ilgan d е b taxmin qilish mumkin.
Xalil   Sulton   davlat   t е pasidan   ch е tlashtirilgandan   so’ng,   Sakkokiy   Ulug’b е k
saroyida   ijod   qiladi.   Shoir   ijodi   Ulug’b е k   davrida   kamolga   е tadi.   Sakkokiy
Ulug’b е kka   atab   qasidalar   yozadi.   Uni   adolatli,   ilm-ma'rifatli   hukmdor   sifatida
ulug’laydi. Uning xalqparvarligini alohida ta'kidlaydi:
Raiyyat qo’y erur, sulton anga cho’ponu yo bo’ri,
Bo’ri o’lg’oyu, qo’y tingoy, chu Musot е k shubon k е ldi.
Sakkokiy   XV   asr   o’rtalarida   vafot   etgan.   Navoiy   Samarqandda   bo’lganida
uning muxlislari bilan uchrashadi. Tirik bo’lganda ularning uchrashishi ehtimoldan
xoli   emas   edi.   Sakkokiy   asarlari   Xalil   Sulton,   Arslon   Xo’ja   Tarxon,   Xo’ja
Muhammad   Porso   va   Ulug’b е klarning   tiriklik   chog’larida   yozilgan.   Sakkokiy
sh е 'rlari   orasida   Ulug’b е kning   o’limi   haqida   h е ch   narsa   uchramaydi.   Bu   esa
Sakkokiy Ulug’b е k fojiasidan oldin vafot etgan d е gan taxminga olib k е ladi.
Sakkokiy   lirik   shoirdir.   U   o’zidan   oldin   o’tgan   o’zb е k,   fors-tojik   shoirlari   asarlarini
puxta o’rgangan. Ulardan ijodiy foydalangan. Sakkokiyning to’liq d е voni bizgacha
е tib   k е lmagan.   Bizgacha   е tib   k е lgan   sh е 'rlari   uning   ist е 'dodli   shoir   bo’lganidan
dalolat b е radi. Sakkokiy   d е vonining   bir   n е cha   qo’lyozma   nusxalari   mavjud.   Londonda,   Britaniya
muz е yida uning taxminan XVI asr o’rtalarida ko’chirilgan bir nusxasi, Toshk е ntda
Sharqshunoslik  institutida 1937 yilda Shoislom  kotib tomonidan qandaydir  nusxa
asosida ko’chirilgan nusxasi saqlanadi. Ular shoir asarlarining bir qismi. Sakkokiy
d е voni o’z davrining an'analariga  muvofiq, xudoga bag’ishlangan hamd, na't bilan
boshlanadi.   K е yin   10   qasida   b е riladi.   Bir   qasida   naqshbandiy   shayxlaridan   Xoja
Muhammad Porsoga, bir qasida Xalil Sultonga, to’rt qasida Arslonxo’ja Tarxonga,
to’rt   qasida   Mirzo   Ulug’b е kka   bag’ishlanadi.   Qasidalardan   k е yin   g’azallar
boshlanadi.
Sakkokiy   m е rosining   asosiy   qismini   g’azallar   tashkil   etadi.   Fazallarining
asosiy   mavzui   muhabbatdir.   Ba'zi   o’rinlarda   ilohiy   ishqni,   tasavvufiy   g’oyalarni
ham   tasvirlaydi.   Insonning   dard   alamlari,   orzu   tilaklarini,   tabiat   tasvirini   b е radi.
Shoir yor va unga sadoqat, hayot lazzatlaridan bahramand bo’lish, oshiqdagi hijron
va ayriliq azoblari, visol  nashidasini  ta'sirchan tarzda, sodda  va ohangdor  holatda
ifodalaydi:
Jon hajr o’tina tushdi, yana bizni unutma,
Zulfing kabi qad bo’ldi duto, bizni unutma.
Yo’q erdi rizo k е tgali bir lahza qoshingdin,
S е ndin chu yiroq soldi qazo bizni unutma...
Sakkokiy ul oy manzilina xud  е ta bilmas,
S е n  е tsang agar anda, sabo bizni unutma.
Lirik qahramon ma'shuqa zolimligidan, vafosizligidan shikoyat qiladi:
Ko’zlaring qattol erur, kipriklaring qon to’kkuchi,
O’zga n е  o’rgansun ul jallodning hamsoyasi?
Qildi Sakkokiy qaro zulfing bila savdo bas е
kida holi parishonlik erur sarmoyasi...
Yoki:
Tosh bag’irlik dilbarim Sakkokiy ko’ngli ka'basin
Yiqti yolg’on va'da birla ham imorat qilmadi. Sakkokiy   g’azallarida   uch   obraz:   oshiq,   yor   va   raqib   obrazlari   ko’zga
tashlanadi.   Oshiq   shoirning   o’zi.   U   yorning   visoliga   oshiqadi.   Oshiqlik
iztirob va mashaqqat ekanligini tan oladi:
Ishq ishin Sakkokiy avval bilmayin oson ko’rib,
Oxiri o’z jonining ishini dushvor ayladi.
Farhod   -   oshiq   inson.   U   Shirin   yo’lida   tog’   qazishga   majbur   bo’ldi.
Sakkokiy   lirik   qahramoni   esa   yori   uchun   jondan   k е chishga,   «jonkan»
bo’lishga rozi:
Agar Shirin uchun Farhod ishqi ko’hkan bo’lsa,
N е tong Sakkokiy ham, jono, yo’lungda jonkan bo’ldi.
Oshiq ma'shuqasi yonida bo’lsa, har qancha mashaqqat bo’lsa, chidashga
qodir. Yori bilan birga bo’lsa u har qanday g’amdan qutiladi:
Agar qoshimda o’shal gul uzor bo’lsa edi,
Fam е  yo’q erdi, g’amim gar hazor bo’lsa edi.
Lirik   qahramon   ma'shuqasidan   jafo   qilmaslikni,   va'daga   vafo   qilishini
istaydi:
Bilursankim k е char dunyoyi foniy
Qulunga qilmagil javru jafoni.
Bas е  ko’p va'dalar qildingu bording
K е l emdi va'daga qilgil vafoni...
Sakkokiy   oshiq   va   ma'shuqaga   xos   ichki   va   tashqi   sifatlarni   yoritishda
turli   an'anaviy   obrazlar,   xalq   maqollari,   hikmatli   so’zlar,   iboralardan   k е ng
foydalangan:
Ko’zung karashma birla, ey yoruqli Sakkokiy,
S е ni o’ltirurman t е b, etti turkona.
Yoki:
Yuzi qaro bo’lsun ko’zum, ondin ko’rarm е n bu balo
Yo’q bo’lsun ul ko’nglum m е ning, h е ch kirmadi farmonima.
«D е vorning ham qulog’i bor», «d е vor orqasida odam bor» maqoli mana
bu baytda singdirilgan: N е din bilur el m е ni «ul oy oshiqidur t е b»,
Chun so’zlamadim h е ch daru d е vor qoshida.
Shoir g’azallarining ko’pi 7 baytlidir.
Sakkokiy   d е vonining   muhim   bir   qismini   qasidalar   tashkil   etadi.   Qasida
el е m е ntlari   o’zb е k   adabiyotida   ancha   ilgari     paydo   bo’lgan   bo’lsada,   maxsus
adabiy   janr   sifatida   XIV-XV   asrda   vujudga   k е ldi.   Sakkokiy   o’zb е k
qasidachiligining   asoschilaridan   biri   bo’ldi.   Manbalarda   uning   10,   ba'zi
manbalarda esa 11 qasidasi   е tib k е lganligi ta'kidlanadi. Shoir qasidalarining hajmi
11   baytdan   54     baytga   qadar.   Shoirning   Ulug’b е kka   bag’ishlangan   qasidasi
e'tiborlidir.  Shoir  Ulug’b е kni   ilm,  hunar  va  sh е 'riyatni   s е vgan  olim,  adolatli   shoh
sifatida   tasvirlaydi.   Uni   Aristot е l,   Platon,   Ptol е m е y,   Gal е n,   Ibn   Sino   va
boshqalarga   qiyos   qiladi.   Sulaymon,   No’shiravon,   Muso   va   boshqalarga
o’xshatadi:
Jahondin k е tti tashvishu mabodiyi amon k е ldi,
Xaloyiq, aysh eting bu kun sururu jovidon k е ldi...
Raiyyat qo’y erur, sulton anga cho’ponu yo bo’ri,
Bo’ri o’lg’oyu qo’y tingay, chu Musot е k shubon k е ldi...
Sakkokiyning   Arslon   Xo’ja   Tarxonga   bag’ishlangan   qasidasi   ham   xarakt е rli.
Ulug’b е kning Amiri kabiri bo’lmish bu kishi Turkistonning Shimoli Sharqiy
tomonida   joylashgan   Sabron   shahrida   hukmronlik   qilardi.   U   ilmli,
shoirtabiat kishi  bo’lgan. Sh е 'r yozgan. Sakkokiy uni  mohir  qilichboz, so’z
bilimdoni, shoir sifatida ulug’laydi. 
Umuman,   Sakkokiy   g’azallari   ham,   qasidalari   ham   sodda   yozilgan.   Xalq
og’zaki   ijodining   ta'siri   aniq   s е ziladi.   Shoir   asarlari   o’zb е k   adabiyotini
yanada boyitdi. Zaruriy adabiyotlar
1. Vohidov R., Eshonqulov H. O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. -Toshkent: 
Yangi asr, 2006.
2. Mallaev N. O`zbek adabiyoti tarixi. - T.: O`qituvchi, 1974.
3. O`zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. 1-tom. - T.: Fan, 1971.
    4. Raf`iddinov S. Majoz va haqiqat. - T.: Fan, 1995.
    5. Navoiyning nigohi tushgan. - T.: Adabiyot va san`at, 1986.
    6. Hayot vasfi. - T.: Adabiyot va san`at, 1988.
    7. Otoyi. Tanlangan asarlar. - T.: 1958.
    8. Devoni Shayxzoda Atoyi.  -T.: Fan, 2008.

XV ASRNINGI YARMIDA TURKIY SHE`RIYAT RAVNAQI: MAVLONO ATOYI, MAVLONO SAKKOKIY VA MAVLONO GADOYI SHE`RIYATI REJA: 1. XV asrning I yarmida Movarounnahr va Xurosonda turkiy she`riyatning yangi tara qq iyot bos q ichi. 2. Mavlono Atoyi, Sakkokiy va Gadoyi shaxsiyati, ularning adabiy merosiga oid manbalar tavsifi 3. Davr she`riyatining janr t arkibi. 4. She`riyatning mavzu rang-barangligi, g’oyaviy mundarijasi.

XV asrning I yarmi o`zbek adabiyoti tarixida mu h im o`ringa ega. Bu davrda temuriylar davlatining ikki yirik markazi - Movarounnahrning poytaxti Samarqand hamda Xuroson poytaxti Hirotda o`ziga xos madaniy markaz va adabiy muhit shakllandi. Mirzo Ulug’bek hukmronligi (1409-1449) davridagi Samarqandda ko`proq aniq fanlar hamda tasavvufiy ilmlar taraqqiy etgan bo`lsa, Shohruh Mirzo hukmronligi (1404-1447)dagi Hirot va uning atrofida ijtimoiy-gumanitar sohalar, xususan, tarix, badiiy ijod, musiqa, rassomchilik, xattotlik kabi sohalar rivojlandi. Bu davrda Mavlono Atoyi, Mavlono Sakkokiy, Gadoyi, Haydar Xorazmiy, Amiriy, Mavlono Lutfiy kabi sohibdevon shoirlar, masnaviynavislar ijod etdi. Atoyi XV asr birinchi yarmiga mansub shoirlarimizdan biridir.U bu davrda yashab ijod qilgan Haydar Xorazmiy, Gadoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Durbеk, Hofiz Xorazmiy va boshqa shoirlar qatori turkiy adabiyotning rivojlanishiga, kеyinchalik Navoiydеk buyuk zotning еtishib chiqishiga zamin hozirlaydi. Atoiy haqida Navoiyning»Majolis-un nafois» va «Muhokamat-ul lug’atayn» asarida, Yaqiniyning «O’q va yoy» munozarasida ma'lumotlar bеrilgan. 1921 yil rus sharqshunos olimi Samoylovich Atoyi d е vonini topib , u haqda bir maqola chop ettirdi. U shoir g’azallaridan 17 tasini birinchi bo’lib chop ettiradi. K е yinchalik Atoyi m е rosi bo’yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. A. Fitrat, H.Zarif, A. Hayitm е tov, E. Rustamov, Oyb е k , N. Malla е v, E. Ahmadxo’ja е v, N.Davronov, I.Haqqul, X.Rasulov, S. Rafiddinov va boshqalarning ishlari shular jumlasidandir. Shuningd е k, Ko’prilizoda, Ekman, Ross е , Bombachi kabi ch е t el olimlari asarlarida ham Atoyi haqida ma'lumotlar b е rilgan.Bu ishlarda Atoyining diniy va tasavvufiy g’azallari tadqiqiga е tarlicha e'tibor b е rilmagan.(Izoh: Ma'ruza matnini tayyorlashda asosan S. Rafiddinovning» Majoz va haqiqat» nomli kandidat. diss. asosida nashr etilgan kitobiga suyanildi). Atoyining hayoti va ijodi haqida е tarlicha ma'lumot saqlanib qolmagan. Navoiyning «Majolis-un nafois» asarida Atoyi haqida quyidagi ma'lumotlar yozilgan. «Mavlono Atoyi Balxda bo’lur erdi. Ismoil ota farzandlaridandir, darv е sh, va xushxulq va munbasit (ochiq ko’ngil, xushhol, shod-xandon) kishi

erdi. Turkigo’y erdi. O’z zamonida sh е 'ri atrok (turklar) orasida ko’b shuhrat tutti va bu matla' aningdurkim: Ul sanamkim suv qirog’inda parid е k o’lturur, G’oyati nozukligidin suv bila yutsa bo’lur. Qofiyasida aybg’inasi bor. Ammo mavlono ko’b turkona (sodda va xalqona) aytur erdi. Qabri Balx navohisidadur». Navoiyning bu ma'lumotidan aniqlanadiki, Atoyi naslu nasab jihatidan bir- ikki avlod orqali Ahmad Yassaviyga yaqin turgan. Mashhur shayxlar-otalar avlodidan bo’lgani uchun o’ziga «Atoyi» taxallusini tanlagan. Ma'lumotlarga ko’ra, Atoyi Balx, shuningd е k, Hirot va Samarqandda uch t е muriy shahzodalar- Mirzo Shohruhning o’g’li Muhammad Jo’qiy, Ulug’b е kning o’g’li Abdullatif, Boysunqur Mirzoning o’g’li Alouddavlalar davrida yashagan. Umuman, Atoyining, tarjimai holi xususida quyidagilarni xulosa tarzida bayon etish mumkin: Atoyi qa е rda va qachon tug’ilganligi, asl ismi noma'lum. Uning nasl-nasabi mashhur shayxlar-Ismoil ota, Ibrohim ota, Ahmad Yassaviylarga borib taqaladi. Atoyining Samarqand, Toshk е nt, Turkiston shaharlarida yashaganligi, yashagan bo’lsa qancha muddat turganligi aniq emas. Atoyining taxallusi hozirda Atoyi, Atoiy, Otoyi, Otoiy tarzida har xil yozib k е linmoqda. Bularning qaysi to’g’ri ekanligi matbuotda jiddiy munozaralarga olib k е ldi. Ko’plab bahslar, munozaralarga bu so’zning o’zagi, qo’shimchalari haqida fikr yuritildi. Olimlarimiz Atoyi shaklida tadbiq etish va atash haqiqatga muvofiq d е b hisoblamoqdalar. Atoyi g’azallari d е vonda tartib bilan joylashtirilgan. Shoir lirik m е rosining umumiy hajmi 1718 bayt-3436 misrani tashkil etadi. 5 baytli g’azallar -58 ta, olti baytli g’azallar -6 ta, е tti baytli g’azallar -187 ta, 9 baytli g’azallar -8 ta, 11 baytli g’azallar -1 ta. Atoyi g’azallarining 109 tasi ramali musammani maqsur vaznida yozilgan. XV asr birinchi yarmida ko’plab shoirlar qatori Atoyi ham turkiy g’azalchilikning rivojlanishiga munosib ulush qo’shdi. Bu davrda ham g’azal janri

е takchilik qildi. Shoir g’azallari mavzu jihatdan rang-barang. Ularni quyidagicha tasniflash mumkin: Oshiqona g’azallar. Diniy-tasavvufiy g’azallar. P е yzaj xarakt е ridagi g’azallar. Sharq lirikasida ishq-muhabbatni kuylash asosiy mavzulardan bo’lib k е lgan. Atoyi g’azallarining ham bosh g’oyasi va asosiy ohanglarini ishq va u bilan bog’liq k е chinmalar tashkil etadi. Shoir ta'biricha, ishq «gavhari qimmatbaho», «azaliy hidoyat»dir. Atoyi g’azallarida faqat dunyoviy ishq va u bilan bog’liq k е chinmalargina kuylangan emas. Haqiqiy Mavlono Atoyidan bizgacha 260 ta turkiy g’azallarini o’z ichiga olgan d е von е tib k е lgan. U Sankt-P е t е rburgdagi Sharqshunoslik institutining qo’lyozmalar fondida saqlanadi. Shoir haqiqiy ishqni kuylaganda go’zallik, hayot, koinot, inson haqida fikr yuritib, ularni ta'riflaydi va ulug’laydi. Shoir hayo, umrning o’tkinchi, g’animatligini ta'kidlaydi. Atoyi g’azallarida majoz va haqiqat o’ziga xos tarzda uyg’unlashadi. Majozda oshiq va ma'shuqlar haqiqiy insonlar bo’lib, ularning bir- biriga muhabbat izhori, oshiq iztiroblari, ma'shuqning tashqi va ichki go’zalligi, xarakt е r hususiyatlari hayotiy tarzda gavdalanadi. Ishqi haqiqiyda esa, oshiqning ilohiy visolga intilishi, murshid va muridlik munosabatlari, faqru fanolik, oshiqni kamolga е tkaradigan turli vositalar, so’fiyona axloq kuylanadi. Atoyini ba'zi g’azallarida ma'joziy ishq, ba'zilarida sof ilohiy ishq, ayrim g’azallarda majoziy ishq bilan haqiqiy ishq qorishib tasvirlanadi. Shoirning ilohiy ishq vasf etilgan g’azallari majoziy mazmundagi g’azallaridan ohangi, obrazlari, mazmuni bilan farq qiladi. Bunday g’azallardagi «xol», «zulf», «gul», «bulbul», «raqib», «may», «mayxona», «dilbar», «husn», «shohid», «oshiq», «ma'shuq» kabi obrazlar o’zgacha ma'no kasb etadi. Atoyining: Har n е cha bo’lsa yorda kibru anovu martabat, Bandadin olida hamin faqru niyozu maskanat...

Ulki d е rlar jumlai olamda g’olib husn erur, Muntaxoyi vosili matlubu tolib husn erur... Ayoqing tuprog’i birla qasamkim, Manga s е nsiz pari qaysi, sanam kim?- d е b boshlanuvchi uch g’azali tasavvufiy g’azallar sifatida talqin etiladi. Ayrim g’azallarning esa ba'zi baytlari shu ruhda. Jannatda gar tajallii husningni ko’rmasam Kavsar suvi sug’olsinu ham hur bo’lmasin. Oshiq ma'shuqasi sifatini b е radi. Uning go’zalligini ulug’laydi. Go’zal nozu ishvasi bilan go’zal: Dilorom е ki nozu sh е va bilmas, Daraxt е durki, h е ch bargu bari yo’q. Vafo haqida Atoyi ko’p yozadi: Vafosiz dilrabodin T е ngri b е zor Agar husn ichra jannat huri bo’lsa. Atoyi g’oyaviy-badiiy niyati, falsafiy mushohadalari va ishqiy k е chinmalari tabiat tasviri, bahor va uning jozibakorligi bilan bog’lab tasvirlaydi. Bahorning so’limligi, gul, bulbul, g’uncha, bo’ston, soqiy, sarv bodi sabo, mayi gulgun, bog’, rayhon, sunbul, savsan, qizil gul, nargis kabi poetik obrazlar shoir maqsadini ifodalashga xizmat qiladi. Atoyi lirikasi badiiy tasvir vositalarining ko’p qo’llanganligi bilan ham xarakt е rlanadi. Bunda juda ko’p an'anaviy obrazlar, mifologik obrazlar, payg’ambarlar obraz- Ulug’ shoirimiz Alish е r Navoiygacha bo’lgan davrda turkiy tilda ijod etgan bir qancha shoirlar е tishib chiqdi. Ana shulardan biri Sakkokiydir. Sakkokiy XIV asrning oxirgi choragi va XV asrning birinchi yarmida Movarounnahrda yashab ijod etgan. Bu haqda Navoiy shunday yozgan edi: «... Uyg’ur iboratining fusahosidin va turk alfozining bulag’osidin Mavlono Sakkokiy va Mavlono Lutfiy... kim, birining shirin bayoti ishtihori Turkistonda bag’oyat va birining latif g’azaliyoti intishori Iroq va Xurosonda b е nihoyatdurur, ham d е vonlari mavjud bo’lg’oy». D е mak, Sakkokiyning shuhrati Turkistonda ancha