TURK MUMTOZ ADABIYOTI
MAVZU: TURK MUMTOZ ADABIYOTI Reja: 1. Usmonli turk xalqining og`zaki ijodi. 2. Turk adabiyotining ilk yozma yodgorliklari. 3. Turk tas avvuf adabiyoti. 4. XVII-XIX asrlar turk adabiyoti.
I. Tarixi ming yillar bilan o`lchanadigan Sharq adabiyoti o`zining boy adabiy merosi bilan jahon adabiyoti tarixida alohida o`rin tutadi. Sharq badiiy olamida turk adabiyotining o`ziga xos o`rni bor. Ming yillardan beri o`zining yozuv tarixiga ega Sharqda turk adabiyoti nisbatan yoshdir. Turk adabiyoti tarixi hozirgi turklarning ajdodlari bo`lmish turkiy o`g`uz qabilalarining XI-XIII asrlarda Kichik Osiyo yerlarini zabt etilishidan boshlanadi. Tarixiy manbalardan ma`lumki, o`g`uz qabilalari VI-VIII asrlarda Markaziy Osiyoda yashaganlar va muntazam boshqa turkiy qabilalar bilan aralashish protsessida bo`lgan. VIII asrda O`rta Osiyoda Sirdaryo bo`ylariga ko`chib kelgan o`g`uz qabilalari islom dinini qabul qilgach XI asrda saljuqiylar sulolasi boshchiligida Kichik Osiyo yerlariga bostirib kiradilar. Bu paytda Kichik Osiyoda Vizantiya hukmronlik qilardi. Umuman turkiy qabilalar VIII-X asrlardayoq Kichik Osiyo yerlarida paydo bo`lib, qarluqlar, qipchoqlar Vizantiya imperiyasiga qarshi doimiy urush olib borganlar. Qabilalardan bir qismi bosib olingan yerlarda joylashar va mahalliy aholiga qo`shilib ketardi ham. XI asrda saljuqiylar sulolasi boshchiligidagi o`g`uzlarning Kichik Osiyo territoriyasiga bostirib kirishi nihoyatda kuchaydi. Shunday qilib poytaxti Konstantinopol bo`lgan Kichik Osiyodagi Vizantiya imperiyasi o`rnida ikkita turkiy davlat – poytaxti Sivas shahri, Donishmandiylar davlati (1067-1180) poytaxti Konya bo`lgan Saljuqiylar davlati (1077-1307) paydo bo`ldi. Kichik Osiyoning sharqiy-janubida va markaziy qismida joylashgan bu ikki davlat XV asrning o`rtalarida Vizantiya imperiyasining tamoman yemirilishida muhim rol o`ynadi. Turk yozma adabiyoti manbai xalq og`zaki ijodidirkim, uning ildizi o`g`uzlar Kichik Osiyoga kelgunlaricha ko`chmanchi bo`lib yashagan yerlariga borib taqaladi. Turk adabiyoti boshqa turkiy xalqlar madaniyati bilan o`zaro chambarchas aloqada paydo bo`ldi va shakllandi. Turkiy qabilalar azaldan bir-biri bilan uzviy aloqada bo`lganlar va umumturkiy bo`lgan madaniy yodgorliklarni – qadimgi turk yozma yodgorliklarini yaratganlar. Qadimgi turk yozma yodgorliklari
– O`rxun-Enasoy (VI-VIII asrlar) yodnomalari bunga misoldir. Turkiy qabilalar o`rtasida o`zaro adabiy alo qalar bo`lgan. Ayrim obrazlar, syujetlar deyarli barcha turkiy xalqlar og`zaki ijodida uchraydi. Keyinchalik har bir xalq adabiyoti ma`lum ijtimoiy-tarixiy sharoitda o`ziga xos rivojlanish yo`lidan bordi. Mana shu o`ziga xoslikni, har bir adabiyotning taraqqiyot tendensiyalarini chuqur o`rganish adabiyotshunoslikning vazifalaridandir. Adabiy merosga bo`lgan munosabatga qarab turk adabiyotshunoslarini ikki guruhga bo`lish mumkin. Birinchi guruh olimlari turk adabiyotining boy adabiy merosga egaligini ta`kidlab, hozirgi zamon turk adabiyoti o`tmish adabiy an`analariga suyangan holda rivojlanayotganli-gini aytsalar, ikkinchi guruh vakillari o`tmish turk adabiyoti taqlid adabiyotidir, asosan fors va arab adabiyotiga taqliddan boshqa narsa emas, bu adabiyot davr haqida to`liq ma`lumot berolmaydi deyishadi va hozirgi adabiyotdagi qusurlarni ham adabiy merosning zaif tomonlarini o`zlashtirishdan deb biladilar. Jahon adabiyoti tarixida adabiy merosga noto`g`ri munosabatda bo`lish juz`iy hol emas. Bir vaqtlar eronliklar, arablar, hindlar ham o`z adabiy merosiga shunday munosabatda bo`lganlar. Hozirgi vaqtda adabiy meros turk adabiyotshunoslari va boshqa turkologlar tomonidan har tomonlama jiddiy o`rganilmoqda. Turk adabiyotshunoslari adabiyot tarixini uch yirik davrga bo`ladilar: 1. Turklarning islom dinini qabul qilgunigacha bo`lgan davr. X asrgacha bo`lgan bu davr adabiy merosi barcha turkiy xalqlarga tegishli deb qarash kerak. 2. Islom dini qabul qilingandan so`nggi davr. 3. Yangi davr, ya`ni g`arb adabiyoti madaniyati ta`siri sezila boshlagandan keyingi davr. Bular o`z navbatida ijtimoiy muhitdan kelib chiqib yana bir qancha nom bilan kichikroq davrlarga ajratiladi. Islomiyatdan avvalgi adabiyotni ikkiga ajratish mumkin: 1. Og`zaki adabiyot 2. Yozma adabiyot
Islom dini qabul qilingandan so`nggi turk adabiyoti uch bosqichga bo`lib o`rganiladi. 1. O`tish davri adabiyoti 2. Xalq adabiyoti 3. Mumtoz turk adabiyoti Yangi, g`arb adabiyoti va san`ati ta`siri sezila boshlagan uchinchi davrni yaratilgan asarlar ruhidan, umuman zamon talabidan kelib chiqib oltiga bo`lish mumkin: 1. Tanzimot davri turk adabiyoti; 2.“Sarvati - funun” adabiyoti; 3. “Fejri - Ati” adabiyoti; 4. Milliy adabiyot; 5. Milliy mujodala davri adabiyoti; 6. Jumhuriyat davri turk adabiyoti; Adabiyotni davrlashtirishni nisbiy tushunish kerak, chunki ikki davr o`rtasiga “xitoy devori” qo`yib bo`lmaydi, albatta. Turk adabiyotshunoslari turk xalq adabiyotini mazmun mohiyatidan kelib chiqib quyidagicha tasniflaydilar. 1. Anonim turk xalq adabiyoti; 2. Diniy – tasavvufiy turk adabiyoti; 3. Oshiq tarzi turk adabiyoti Anonim turk xalq adabiyotining nazmiy shakllari: 1. Turku; 2.Mani; 3. Ayit (yo`qlov); 4. Tekerleme; 5. Bilmeje (topishmoq); 6. Ninni (alla) Nasriy shakllar: 1. Masal (ertak); 2. Doston; 3. Afsona; 4. Fikra (latifa); 5. Xalq hikoyasi; 6. Otaso`zi (maqollar) 7.An`anaviy xalq tomosha o`yinlari Diniy-tasavvufiy turk adabiyotining nazmiy shakllari: 1. Ilohiy; 2. Nafas; 3. Nutq; 4. Shatxiye; 5. Davriye; 6. Munojaat; 7. Tavhid; 8. Naat; 9. Mavlud Nasriy shakllari: 1. Futuvvatnoma; 2. G`azovotnoma; 3. Manoqibnoma; 4. Battolnoma
Oshiq tarzi turk adabiyotining janrlari: 1. Koshma; 2. Varshagi; 3. Samoiy; 4. Doston; 5. Go`zallama; 6. Kochaklama; 7. Tashlama Turk adabiyotining rivojlanishida fors, arab adabiyotlari-ning ta`siri katta bo`lgan. Shoirlar fors hamda turk tillarida ijod qilganlar. Turkiyaga fors saroy adabiyoti bilan birga xalq og`zaki ijodi ham kirib kelgan. “Tazkira” tuzish ham turklarga eron adabiyotidan o`tgan. Turk adabiyotini o`rganish, o`rta asrlardan boshlanadi deyish mumkin. Tanqidiy qarashlar ham bo`lgan buningdek antologiyalar turk adabiyoti haqida Yevropada ilmiy adabiyotlar paydo bo`lishiga asos bo`ldi. XVIII asrning 70- yillarida Venesiyada e`lon qilingan turk adabiyoti tarixiga oid kitob va “Turkiyadagi har xil fanlar ahvoli” deb nomlangan Abbat Toderining ilmiy ishi, XIX asr boshlarida e`lon qilingan Avstraliyalik sharqshunos Hammer Prugshtalning to`rt tomlik “Istoriya osmanskogo izyashnoy slovesnosti” (“Usmonli so`z san`ati tarixi”) kitoblari shular jumlasidandir. Hozirgi kunda jahon sharqshunoslari tomonidan turk adabiyoti tarixi izchil o`rganilmoqda. II. Tuk xalq og`zaki ijodi haqida T U R K U Turkular maxsus bir ohang, musiqa jo`rligida aytilgan xalq qo`shiqlaridir. Qadimda butun xalq qo`shiqlarini ham turku deb atashgan. Turkularning asosiy mavzusi atrof muhit, tabiat, yoki biror voqea ta`sirida paydo bo`lgan tuyg`ularni tilga ko`chirishdir. Shu jihatdan mavzu rang-barang. Asosiy fikr bir misrada bo`lib, boshqa misralar shu fikrni to`ldiradilar. Anonim xalq adabiyotining nazmiy shakli bo`lgan turku ko`pincha 11 hijoli bo`lib, a,a,a,x,x; v,v,v,x,x; s,s,s,x,x tarzida qofiyalanadi. Anadolu turkulari xalq orasida mashhur. Turkular turli mavzuda - sevgi, tabiat, go`zallik, ayriliq, o`lim va hokazo mavzularda bo`lishi mumkin. Turkularda har banddan so`ng bog`lovchi misralar bo`ladi. Bu misralar kavushtak deb ataladi (sharqiylardagi naqorat kabi). Turkular millatning tarixi, urf-odatlari, an`analarining o`ziga xosligini ko`rsatuvchi milliy nazm shaklidir. Turkiyaning