logo

QIRG`IZ ADABIYOTI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

360.1201171875 KB
QIRG`IZ ADABIYOTI
Reja:
1. Qirg`iz xalqi tarixi haqida.
2. Qirg`iz xalq og`zaki ijodi.
3. “Manas” eposi haqida.
4. Qirg`iz yozma adabiyotining shakllanishi.
5. XX asr qirg`iz adabiyoti. Qirg`iz xalqi nomi tarixiy manbalarda ko`p uchraydi. Hatto eramizdan oldingi
davrga   mansub   yodgorliklarda   ham   “qirg`iz   xalqi”   degan
nomga   duch   kelamiz.   Ular   asosan   chorvachilik   bilan
shug`ullanib, ko`chmanchilik hayotini uzoq asrlar boshidan
kechirdi.   Qirg`iz   halqi   ko`p   asrlar   davomida   chet   el
bosqinchilarining   zulmi   ostida   bo`ldi.   Markaziy   Osiyo
hududiga   bostirib   kelgan   arablar,   mo`g`ullar,   qoraxitoylar,   qirg`iz   xalqini   ko`p
yillar ekspluatasiya qildi. 
Keyinchalik   qirg`izlar   Qo`qon   xonlarining   zulmini   boshidan   kechirdi.   XIX
asrda esa qirg`izlar Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olindi.
Qirg`iz   xalqi   yozuvga   ancha   kech,   ya`ni   1924   yili   ega   bo`ldi.   Tarixiy
taraqqiyot tufayli XX asrda qirg`izlar o`z davlatiga ega bo`ldi.
Qirg`iz  adabiyotining tarixi  asosan   xalq og`zaki   ijodi  asarlaridan  iborat.  Turli
mavzulardagi ertaklar, qo`shiqlar va dostonlarda qirg`iz xalqining xayoti ularning
orzu umidlari aks ettirilgan. 
Hajviy   va   yumoristik   mazmundagi   latifalar   Ko`sa   va   Kal   obrazlari   orqali
berilgan.   Aldar   Ko`sa   haqidagi   ertaklarda   g`oyaviy   o`tkir   problemalar   ko`tarib
chiqilgan.   “Ko`rman   yek”,   “Ertobildi”,   “Ertushtik”,   “Jonil   Mirzo”   kabi   xalq
qahramonlik   dostonlari   juda   mashhurdir.   Qirg`iz   xalqining   butun   dunyoga
mashhur bo`lgan dostonlaridan biri, shubhasiz, “Manas” eposidir. 
Bu   asarda   xalqning   ko`p   asrlik   tarixi,   ularning   chet   el   bosqinchilar   zulmiga
qarshi erk va ozodlik uchun olib borgan kurashi aks ettirilgan. Bu she`riy asarning
hajmi nihoyatda katta bo`lib, 500 ming baytni  tashkil  etadi. U uch katta qismdan
iborat.   Birinchi   qismda   Manasning   qahramonliklari   hikoya   qilinadi.   Ikkinchi
qismda esa Manasning o`g`li Semetey, uchinchi qismda uning nabirasi Seytekning
hayoti,   sarguzashtlari   hikoya   qilinadi.   “Manas”   eposi   o`z   ichiga   ko`pgina
dostonlarning   qamrab   oladi.   Bunda   Manasning   el-yurt   ozodligi   uchun   ko`rsatgan
qahramonliklari   mahorat   bilan   tasvirlangan.   U   qirg`iz   elini   Afg`on   va   Qalmoq
bosqinchilaridan saqlab qoldi. U Farg`onaga kelib bobodehqondan dehqonchilikni
o`rganadi. U turli o`lkalardan kelgan polvonlarning ko`pchiligi bilan do`stlashadi. Umuman,   Manas   xalqining   porloq   kelajagi   uchun,   baxt-saodati   uchun   kurashgan
qahramon   sifatida   tasvirlangan.   Eposning   Semetey   va   Seytek   hayotiga
bag`ishlangan   qismlarida   ko`proq   ishq-muhabbat   va   hayotiy-maishiy   mavzularga
e`tibor berilgan.
Qirg`iz   baxshilarining   ko`pchiligi   manaschi-baxshilar   bo`lib,   ular   faqat   shu
dostonni   kuylaydilar.   Manasning   qalmoq   xoni   yuborgan   Alvasti   Kojart   Alp,
Kuchku,   Joloy   kabi   pahlavonlar   ustidan   erishgan   g`alabalari   ayniqsa   ko`tarinki
ruhda kuylangan.
Ma`lumki, yaqinda Qirg`izistonda “Manas” eposining 1000 yilligi nishonlandi.
Eposning   ko`pgina   variantlari   yozib   olindi.   Albatta,   har   bir   manaschi-baxshi   bu
eposning aytishda o`zidan ham biron-bir yangilik qo`shib, unga ijobiy yondashadi.
Shuning   uchun   dostonning   ayrim   variantlarida   Manas   boshqa   yurtlarni   bosib
oluvchi, ularga qirg`in keltiruvchi zolim sarkarda sifatida ham tasvirlanadi. Ayrim
variantlarida esa Manas xalqparvar, adolatli inson sifatida tasvirlangan.
Yozuvchi   Ch.Aytmatovning   yozishicha   Sayoqboy   Qoralayev   degan   baxshi
“Manas” eposidan bir million misrani yoddan bilgan. Xullas, “Manas” eposi xajm
jihatidan   dunyodagi   eng   katta   eposdir.   Unda   qirg`iz   xalqining   tarixi,   geografik
o`rni,   madaniyati,   urf-odatlari   haqida   keng   ma`lumotlar   bor.   Bunday   katta
xajmdagi   eposni   butun   xalq   yaratgan.   Dastlab   irmoq   sifatida   paydo   bo`lgan   bu
epos, bizning bugungi kunimizga kelib katta dengizga aylandi. (Ch. Aytmatov) Bu
asarda realistik, romantik, fantastik, simvolistik badiiy tasvirlash usullaridan keng
foydalanilgan.
XIX asr o`rtalarida Qirg`iziston Rossiyaga qo`shib olingach, uning adabiyotida
ham ayrim o`zgarishlar bo`ldi. Arab yozuvini egallagan ba`zi qirg`iz oqinlarining
yozma shakldagi asarlari paydo bo`ldi. Shulardan biri To`g`aloq Mo`ldo (asli nomi
Boyimbet Abdurahmonov) xalq ertaklari va qo`shiqlarini qayta ishlab “Jonbaxti”,
“Kemchintoy”, “Eshak va bulbul” singari original xajviy dostonlar yozdi.
                                              
    O`rta hol dehqon oilasida tug`ilib  voyaga yetgan To`g`aloq      TO`G`ALOQ MO`LDA                                                    Mo`lda (Baimbet Abduraxmanov) yoshligida
eski maktabda 
                                                                                                   o`qib savodini chiqardi. Lekin u xalq
oqinlaridan   ko`p   o`rgandi.   Qirg`iz   xalqining   boy   folklori   an`analari   ruxida
tarbiyalandi.   Ayniqsa   Musaka   degan   oqin   yosh   shoirga   juda   ko`p   xalq   og`zaki
ijodidagi   qo`shiqlarni   va   qo`biz   chalishni     o`rgatgan   edi.   U     «Bo`z   yigit»,   «Qiz
Jibek»   «Bayan   suluv»   singari   dostonlarni   yodlab,   bularni   qo`biz   jo`rligida   xalq
o`rtasida  kuylab  yuradi.  Shuningdek, shoir   ko`plab  xalq  qo`shiqlarini,  termalarini
va   o`zi   to`qigan   she`rlarni   ham   kuyga   solib,   tez   orada   mashhur   oqin   darajasiga
ko`tarildi.
U   rus   tili   va   alfavitini   mustaqil   o`rganib   olib,   bu   tilda   yaratilgan   asarlarni
o`qiy boshladi. To`g`aloq Mo`lda qirg`iz adabiyoti tarixida birinchi bo`lib masallar
ijod qilgan. Uning «Turna bilan Tulki», «Bo`ri va tulki», «Bedana  va tulki» kabi
masallari   rus   yozuvchisi   Krilov   ta`sirida   yozilib,   ularning   tarbiyaviy   tomondan
ahamiyati buyuk edi.
To`g`aloq Mo`ldoning xotin-qizlar ozodligi mavzusida yozgan asarlari ham
anchaginadir.   Mustabid   tuzumda   inson   erkining,   huquqining   paymol   qilingani
shoirning   «Sotilgan   qiz   armoni»,   «Cholga   tekkan   qiz   armoni»   kabi   bir   qancha
she`rlarida afsus va nadomat bilan ifodalanadi. U ma`rifatparvarlik haqida ham bir
talay asarlar yaratgan ijodkordir.
Shoirning   «Olatov»   nomli   dostonida   Ona-yurtning   tabiati   o`zgacha   mehr
bilan   kuylanadi.   Tiniq   suvlari,   qorli   cho`qqilari,   yashil   vodiylari   shoir   qalamida
yanada boshqacha ko`rk bilan jilvalanadi. Shoirning «Yer va uning bolalari» nomli
dostoni   ham   juda   mashhur   bo`lgan.   Bu   dostonda   Yerni   butun   mavjudotni   o`z
bag`riga   oluvchi   ona   deb   ataydi.   Shunday   ekan   Unga   xuddi   onaga   bo`lgan
munosabatda  o`ta mehribonlik bilan  yondashmoq  lozim  deydi.  To`g`aloq  Mo`ldo
«Otgantong   va   Suyganboy»,   «Nasixat»   kabi   poemalarida   inson   erki,   uning
ozodligini,   hurriyatni   ko`tarib   chiqdi.   Xotin   –   qizlarning   erkaklar   bilan   teng
huquqligi   haqidagi   masalani,   u   qirg`iz   adabiyotida   birinchilardan   bo`lib   o`rtaga tashladi.   Uning   200   bosma   taboqqa   yaqin   qo`l   yozma   asarlari   to`plangan.   Bular
qirg`iz adabiyotining yuksalishiga, taraqqiyotiga katta hissa bo`lib qo`shilmoqda.
Xalq   baxshilaridan   biri   To`xtagul   Sotilg`anov   xam   qirg`iz   yozma
adabiyotining   shakllanishiga   katta   hissa   qo`shdi.   U   yoshligini   qattiq
qiyinchiliklarda   o`tkazdi.   Andijonda   Dukchi   eshon   boshchiligida   ko`tarilgan   xalq
qo`zg`olonida   ishtirok   etgani   uchun   sakkiz   yil   Sibirda   surgunda   bo`ldi.
T.Sotilg`onov ana shu og`ir xayotiga asosiy sababchilar rus imperiyasi va mahalliy
amaldorlar deb bildi. U “Eshon xalfa”, “Besh qobon” singari she`rlarida mahalliy
amaldorlarning, nafsi o`pqon ruxoniylarning yaramas kirdikorlarini fosh qildi.
  Yetim-yesir xolsizni
Savalading, besh to`ng`iz
Odam o`rnida yo`qsilni
Sanamading, besh to`ng`iz
Yeb-ichishdan boshqani
Tan olmading, besh to`ng`iz
Shoirning   surgunda   va   undan   keyingi   davrlarda   yozgan   “Alvido,   xalqim”,
“Surgunda”,  “Tog`  burguti”,  “Sog`inish”,  “Uch xo`ja” singari  she`rlari  ham  katta
g`oyaviy badiiy qimmatga ega.
20 – yillar qirg`iz adabiyotida turli janrlarda dastlabki badiiy asarlar yozildi.
Chunki   1925   yilda   Qirg`iziston     respublikasi   tashkil   etildi.   Shu   yili   «Erkin   tov»
nomli   birinchi   qirg`iz   tilida   gazeta   chiqa   boshladi.   Shu   gazeta   tevaragida   qirg`iz
adabiyotining vakillari to`planishib, yangi adabiy muhit tashkil etdi.
To`xtagul   Sotilganov,   To`g`aloq   Mo`lda,   Ali   To`qimboyev   singari
shoirlarning she`rlari shu gazetada bosilib chiqar edi. 20 – yillar qirg`iz adabiyoti
vakillarining ko`pchiligi xalq oqinlari edi. Ular ijodi og`zaki adabiyot bilan yozma
adabiyot o`rtasida ko`prik vazifasini o`tadi. 
Qirg`iz   adabiyotida   ma`rifatparvarlik   g`oyalarini   targ`ib   qilgan   Mo`lda
Qilich, Arstonbek, K.Tinishtoyev kabi jadid yozuvchilarining ham o`rni juda katta
bo`ldi.   Bular   ijodida   qirg`iz   xalqining   milliy   urf-odatlari,   o`zligini   anglash
masalalari ko`tarib chiqildi. Lekin bu ijodkorlar sobiq ittifoq davrida «millatchilar» deb qoralangan, faqat Qirg`iston o`z mustaqilligini qo`lga olgach, bular ijodi yana
o`rganila boshladi. 
20 – yillar qirg`iz  dramaturgiyasining shakllanish davri bo`ldi. 1924
yil   Bishkek   pedagogika   texnikumida   dramatik   to`garak   tashkil   etildi,   1926   yilda
esa teatr studiyasi tashkil etildi. N. Yeleninning «Mulla Nasriddin» pyesasi birinchi
qirg`iz   dramasidir.   Bu   folklor   asosida       yozilgan   drama   edi.   M.   Tokoboyev
keyinchalik   «Qayg`uli   Kakey»   nomli     dramasini     tarixiy   mavzuda  yozdi.     Bunda
nochor qolgan   kambag`al qirg`iz dehqonining boshiga tushgan turli og`ir kulfatlar
tasvirlanadi. Asarda  Moldiboy ismli kambag`al kishi Choyubek  degan qari boyga
qarzini to`lash   uchun qizi Kakeyni berishga majbur bo`ladi. Asar oxirida qizning
sevgan yigiti Umrqul do`sti Qosim bilan boyni o`ldirib, qizni  olib qochib ketadi. 
Qosimali Jontashev «Cho`ponlar»,   «Qorasoch» kabi dramalarni yozdi.   Bu
asarlar   ham   zamonaviy   mavzuda   bo`lib,     ularda   xotin-qizlar   ozodligi,   inson   erki
kabi   masalalar   ko`tarilib   chiqilgan   edi.   Shu   yillar     Qirg`iz   prozasining   ilk
namunalari   e`lon   qilina   boshlaydi.   1927   yilda   Qosimali     Boyaminov   «Ajdar»
qissasi  e`lon qilindi, gazeta va jurnallarda ko`plab   felyeton,   ocherk,     hikoyalari
chiqib   turdi.   Bular     realistik   qirg`iz   prozasining   shakllanishiga     ma`lum   darajada
xizmat qildi.  Birinchi  qirg`iz romanlari «Kanibek» (K. Jontoshev), «Ken Su» (T.
Siddiqbekov) 30-yillarda yozilgan.
XX   asr   boshlarida   qirg`iz   ziyolilaridan   Mo`lda   Qilich   “Zilzila”   va
“Qirg`izlarning qisqacha tarixi” nomli asarlarida qirg`iz xalqining tarixiga oid ko`p
voqyealarni   aks   ettirdi.   Lekin   bu   asarlar   sovet   davrida   “zararli   asar”   deb   e`lon
qilinib,   ularni   o`qish   man   etildi.   XX   asr   qirg`iz   yozma   adabiyotining   shakllanish
davri   bo`ldi.   Asrimizning   20-30   yillaridan   boshlab   prozaik   va   dramatik   asarlar
paydo   bo`la   boshladi.   K.   Boyaminovning   qirg`iz   xotin-qizlar   o`tmishiga
bag`ishlangan   “Hojar”   povesti,   M.Tokaboyevning   “Kakey”,   K.   Jontoshevning
“Qora soch”, “Olim va Mariya” pyesalari qirg`iz realistik adabiyotining dastlabki
namunalaridan   edi.   30   yillarda   qirg`iz   adabiyotiga   T.Siddiqbekov,   A.Osmonov,
T.Umedaliyev,   A.To`xtamishov   kabi   yosh   ijodkorlar   kirib   keldi.   T.
Umedaliyevning “Oysuluv”, A.Usmonovning “Toluboy” dostonlari o`sha davrdagi voqyealar   tasviriga   bag`ishlangan   edi.   Dastlabki   qirg`iz   dramatik   asarlarining
ko`pchiligi tarixiy mavzularga bag`ishlangan edi. 1916 yilgi mardikorlikka olishga
qarshi   ko`tarilgan   qo`zg`olon   aks   etgan   A.To`qimboyevning   “Qonli   yillar”,
M.Eliboyevning   “Uzoq   yo`l”,   J.Turusbekovning   “Momot   emas,   xayot”   asarlari
yozildi.   Tug`ilboy   Siddiqbekovning   “Manas   va   Almambet”,   A.To`qimboyevning
“Manas”,Q.Jontoshevning   “Qurmonbek”,   J.Boqonboyevning   “Oltin   qiz”   asarlari
ham o`tmish mavzusida yozilgan edi.
30-yillar   qirg`iz   adabiyotida   eng   sermahsul   yillar   bo`ldi.   Chunki   bu   davrda
avval   qirg`iz   adabiyotida   bo`lmagan   prozaik   va   dramatik   asarlar   paydo   bo`ldi.
Tug`ilboy Siddiqbekov “Ken suv” va “Temir” romanlari bilan qirg`iz adabiyotida
romanchilikka   asos   soldi.   Bu   asarlarda   sosialistik   mafkurani   targ`ib   qilish   kuchli
bo`lsa-da,   20-30   yillar   Qirg`izistondagi   ijtimoiy-siyosiy   voqyealarni   yoritib
bergan.
Urush va undan keyingi yillar qirg`iz adabiyoti sobiq SSSRdagi barcha xalqlar
adabiyoti   singari   rivojlanish   bosqichini   o`tadi.   “Vulgar   sosialogizm”,
“Konfliktsizlik   nazariyasi”   singari   zararli   oqimlarning   qirg`iz   adabiyoti   rivojiga
ham salbiy ta`siri borligini sezamiz.
Urushdan keyingi yillar qirg`iz adabiyotida tinchilik, do`stlik, mehnat temasida
ko`plab   she`rlar   yaratildi.   A.To`qimboyevning   “Jangchi-paxtakor”,   “O`z   ko`zim
bilan ko`rganim”, T.Umetaliyevning “Oq oltin qo`shig`i”, “Cho`pon haqida qissa”,
Q.Malikboyevning   “Qodir   aka”   kabi   dostonlari   bu   davr   qirg`iz   poeziyasining
go`zal namunalaridan edi.
                                                     A.To`qimboyev qirg`iz yozma adabiyotining
beshigini 
                                                      tebratgan  ijodkorlardan biridir.  Uning
biriinchi  she`ri   “Erkin  tog`”  nomli   gazetada    1924  yili    e`lon  qilingan.       Birinchi
she`rlar to`plami 1927 yilda Toshkentda nashr etilgan.   Keyinchalik uning “Tutqin
Marat”, “Yetim”  nomli  dostonlari  nashr  etilgan. Bu asarlarida shoir  o`z boshidan
o`tkazgan   qiyin   turmushning   badiiy   kartinasini   ishonarli   qilib   chizib   bergan.
“Akay   Mergan”,   “Yo`l   ertaklari”   nomli   hikoyalar   to`plamlari     ham   qirg`iz         A.TO`QIMBOYEV  adabiyotida kichik prozaning  rivojlanishida  katta ahamiyatga ega bo`lgan. Uning
“Yarador   yurak”   povesti   ham   o`z   zamondoshlarining   murakkab   hayotini   aks
ettirgan. 50 – yillarda uning “Xitoydagi uchrashuv”,  “O`z ko`zim bilan” poemalari
e`lon qilindi.
Yozuvchi   “o`z   ko`zim   bilan”   nomli   dostonida   Nurboy   nomli   qirg`iz
cho`ponining   ongidagi   o`zgarishlarning   ilm,   fan   taraqqiyot   tufayli   qanday   yuz
berganini tasvirlagan. “Bolalik davrimizda” nomli asar avtobiografik povest bo`lib,
unda   adibning   Toshkentda   o`qigan   davrlaridagi   voqyealar   tasvirlangan.
A.To`kimboyev “O`rmon hokimi”, “Qasos” kabi dramatik asarlar ham yozgan.
Urushdan   keyingi   yillar   qirg`iz   she`riyatiga   R.Shukurbekov,   S.Eraliyev,   S.
Jusuyev, M.Jong`oziyev kabi yoshlar kirib keldi. Proza sahasida esa Ch.Aytmatov,
N.Boytemirovlarning ijodi juda mashhur bo`ldi.
1945 yilda yozilgan T.Siddiqbekovning “Zamonamiz kishilari” romani Davlat
mukofotiga   sazovor   bo`ldi.   Issiq   ko`l     vodiysida   tug`ilgan.     To`g`ilbeyning
yozuvchi   bo`lib     yetishishida     onasining   roli   katta     bo`lgan.     Uning     birinchi
she`rlar   to`plami   «Kurash»   1933   yilda   e`lon   qilindi.     Keyinchalik     uning
«Botirlar»,   «Oqin   bulbul»   singari   she`riy   to`plamlari   nashr   etildi.     U     bir   qancha
hikoyalar,     qissalar   ham   ijod   qilgan.     Ayniqsa     bolalarga   atab   yozilgan   «Tog`
bolalari» qissasi ko`pgina tillarga tarjima  bo`lgan.
Yozuvchi   bir   qancha     romanlarning     ham   muallifidir.   Uning     «Ken   suv»
romani 30- yillarda  yozilgan bo`lib,  qirg`iz qishloqlarida yuz bergan o`garishlarni
o`zida   aks   ettirgan.     Keyinchalik   bu   asar   qayta   ishlanib   «Tog`lar   orasida»   nomi
bilan   nashr   etildi.     Asar   qahramonlari   Saparbay,   Soke,   Iymanboy,     Saodat,
Qalpoqboy     kabilarning   hayot   yo`lini   ko`rsatish   bilan   qirg`iz     xalqining   sobiq
Ittifoq   davridagi   hayoti   aks   ettirilgan.   Albatta     yozuvchi   o`z   davrining   odami
sifatida   bitta   xalqni   bir-biriga   qarama-qarshi   qilib   qo`ygan   kommunistlar
ideologiyasini ham  targ`ib qildi.  Lekin  shunga qaramasdan, bu  davr qirg`iz xalqi
hayotining   realistik     kartinasi   romanda     to`g`ri   ko`rsatilgan.   «Temir»   romani   esa
adib tomonidan  1939-40 yillarda  yozilgan.  Bu «Ken suv» romanining  mantiqiy
davomi   sifatida     ko`zga   tashlanadi.     Bosh   qahramon   Temir   irodasi   mustahkam, qiladigan   ishini   avvaldan   puxta,   pishiq   rejalab   oladi.   Romandagi     salbiy   obraz
Bo`riboy   nihoyatda     ayyor,     zolim   va     yovuz     kishi   sifatida     berilgan.     U   o`z
maqsadiga   erishish   uchun   hyech   narsadan   qaytmaydi.     Temir   ana   shu   Bo`riboy
bilan konfliktda yutib chiqadi. 
Yozuvchining     «Zamonamiz   kishilari»   romani   urush   davrida     yozilgan.
Asarda     Issiq   ko`l   vodiysida     yashayotgan   qirg`iz   xalqi     hayoti   tasvirlangan.
Charg`in,   Akiya,   Batish,   Dmitriy,   Gulnor   kabilar   zamonamiz   kishilari     obrazi
sifatida  namoyon bo`ladi. 
Xullas,   T.   Sidiqbekov     qirg`iz   adabiyoti,     xususan,     romanchiligini
rivojlantirishda katta ijodiy yutuqlarni qo`lga kiritdi. 
N.Boytemirov urush yillaridagi  voqyealarga bag`ishlab “Azamat”  nomli  qissa
yozdi.   Bu   qissa   uchuvchilarning   urush   yillarida   ko`rsatgan   jasoratlariga
bag`ishlangan. Uning “So`nggi patron” nomli romani ham shu mavzuda yozilgan.
Yozuvchining “Saltanat”, “Yulduzxon” kabi romanlarida urushdan keyingi qirg`iz
qishloqlaridagi   voqyealar   aks   ettirilgan.   Bu   asarlar   mazmunini   tashkil   etuvchi
voqyealar   bizga   H.Olimjonning   “Zaynab   va   Omon”   poemasini   eslatadi.   Chunki
Yulduzxon   ham   Zaynab   singari   yetim   qiz.   Uni   tarbiyalagan   Totibek   eskilik
qoldig`idan   qutulmagan,   Yulduzni   o`qishga   qo`ymaydi.   Yulduz   mehnati   bilan
kolxozda   obro`   topadi.   Totibek   uni   turmushga   bermoqchi   bo`lganda,   qiz   sevgan
yigiti  bor  ekanligini  aytadi. Xullas, voqyealar shu tarzda rivojlanib, oxir  oqibatda
Yulduzxon boshliq yoshlar jaholat ustidan g`alaba qiladi. Yulduzxon asar finalida
Oliy kengash deputati bo`ladi.
Keyingi   yillar   qirg`iz   dramaturgiyasi   rivojiga   T.Abdumo`minov   “Tor   dara”,
“Qumloq   adir”,   K.Malikov   “Baland   yerda”   pyesalari   bilan   katta   hissa   qo`shdi.
M.Boysheyevning   “Bahs”,   Ch.Aytmatovning   “Momo   yer”   kabi   pyesalari   o`zbek
teatrlarida ham qo`yildi.
Keyingi   o`n   yilliklarda   qirg`iz   adabiyotida   ko`pgina   talantli   yozuvchilar   ijod
qildi.   Bu   davrda   T.Siddiqbekovning   “Ayollar”   trilogiyasi,   Qosimbekovning
“Singan   qilich”   nomli   tarixiy   romani   o`quvchilarga   manzur   bo`ldi. E.Mansurovning   “Oq   kiyik”,   O.Donikeyevning   “Qizil   qoya”,
Sh.Beyshanalayevning “Omonat” povestlari ham yaxshi asarlar deb tan olindi.
A.To`xtamishovning   “Oltin   tog`”   she`riy   romani,   S.Jusuyevning   “Suqlanish”
kabi dostonlari; O.Sultonov, Sh.Abduhaliqov J.Sodiqovlarning she`riy to`plamlari
keyingi yillar qirg`iz poeziyasining ko`zga ko`ringan asarlari sanaladi.
Dramaturgiyada   T.Abdimo`minov   “Kechirilmas   gunohlar”,   B.Jakiyev   “Ota
taqdiri”, M.Tojiboyev “Moskvalik  kelin”, “Haq yo`l” kabi  asarlari  bilan mashhur
bo`ldi.
50-yillarda     adabiyotga   kirib   kelgan   talantli   shoir   S.   Eraliyevning   yoshligi
ikkinchi   jahon   urushi     davriga   to`g`ri   keldi.     U   frontda     janglarga     qatnashib
jasoratlar   ko`rsatdi.     Shoir   vatan   uchun   qon   to`kib   jang   qilish   bilan   birga,   unga
bag`ishlab     ajoyib     asarlar   ham   yaratdi.   1978   yilda   shoirning   «Tog`lar
farzandiman»  nomli she`riy to`plami  o`zbek tiliga tarjima qilinib nashr  etildi.  Bu
kitobdagi she`rlar  uning ona yurtiga bo`lgan otashin  muhabbatidan   darak beradi.
Uning     «Tog`   o`g`liman»,   «Tog`liksan»,   «Men   qirg`izman»   she`rlari   xuddi
Vatanga     bag`ishlangan   madhiyaday   yangraydi.   Masalan.   «Men   qirg`izman»
she`rida quyidagi misralar fikrimizga  isbot bo`ladi. 
Men jarchiman,
Xabarchiman 
To`lqinlanar yuragim,
Shodligimni cheki yo`q
Toshqin daryo singari
Ginasi yo`q, keki yo`q
To`xtagulning yerida, 
Yani qirg`iz elida 
Tantanali tuy bugun
Tashvishingni qo`y bugun
Bo`z o`tovlar tikilgan
Issiq ko`lning bo`yiga   
Eh, xaloyiq, xaloyiq Bu tuy maqtovga loyiq.
S.   Eraliyev     «Jonil   Mirzo»   nomli   doston   ham   yozib,   unda     Jonil   Mirzo
haqidagi folklor asaridan foydalandi. Bu asar vatanparvarlikni targ`ib etuvchi asar
sifatida shoir ijodida alohida ahamiyatga ega.
Quvonchbek   Malikov         qirg`iz   adabiyotining   ko`zga   ko`ringan   shoiri   va
dramaturgi,   uning   ilk   asarlari   1928   yildan   e`lon   qilina   boshlandi.   Uning   «Kuzgi
dalalar»,   «Qonga   qon»,   «Olatovlik   qardoshlar»   singari     she`riy   to`plamlari   va
dostonlari e`lon qilindi. Ayniqsa, uning «Muhabbat va do`stlik» nomli dostoni juda
mashhur bo`ldi. 
Quvonchbek Malikov     qirg`iz  teatrining   yuksalishiga katta hissa qo`shdi.
U   birinchilardan   bo`lib   «Oycho`rik»,     «Manas»   va   «To`xtagul»   singari     operalar
yaratdi.   «Buyuk   zamona»,   «Jonil   Mirzo»   singari     dramalari   ham   adib   ijodida
yorqin   asarlardan   hisoblanadi.   «Jonil   Mirzo»   dramasi   folklor   asosida     yaratilgan.
Ma`lumki,   Janil   ismli   qiz   o`z   xalqining   ozodligi   uchun   kurash   olib   borgan.   U
dushmanning   mashhur   botirlari   bilan   yakkama-yakka   jangda   merganlik   bilan
g`alaba qozongan. Qalmoq xoni  Mantu uni hiyla bilan asirga olganda, butun xalq
ko`tarilib,   uni   tutqinlikdan     ozod   qilgan.   Ana   shu   syujet   asarga     mahorat   bilan
singdirilib,   tomoshabinga   zavq   beradigan,   uning   ongiga   ta`sir   qiladigan
ko`rinishlar  vujudga kelgan.
   Q. Boyaminov   1902 yilda Baliqchi rayonida   tug`ilgan. 2 yoshida onasidan, 10
yoshida   otasidan   yetim   qolgan.   Keyin   yetimlikning   achchiq   qismatini   tatib   turli
joylarda ishladi. O`z urug`i bilan  Xitoyga keldi. Ana  shu bolalik davri haqida adib
«Ajar»,   «Murot»,   «Voyaga   yetgan   yetim»     kabi   qissalar   yozgan.   «Ajar»   qirg`iz
adabiyotidagi   birinchi   qissa.   Bunda   Aytqul   ismli   kishining     farzandlari   turli
kasalliklardan   vafot etadi.   Keyin uning xotini   Fotima qizli bo`ladi, uning ismini
Ajar   qo`yadi.   Aytqul   urushda   halok   bo`ladi,   xotini   kasal   bo`lib   o`ladi.   Ajarni   bir
qari   cholga   xotinlikka   beradi,   qiz   uning   uyidan   qochib   ketadi.   Lekin   uni   tunda
bo`rilar   yeb   ketadi.     Bu   asarda   yetimlikning     achchiq   qismati     juda   ta`sirli   qilib
berilgan.  Yozuvchining   «Issiqko`l   yon   bag`irlarida»   nomli   povesti   ham   ancha
mashhur   bo`lgan.   Bunda   qirg`iz   xalqining     ijtimoiy   tuzumida   turli   o`zgarishlar
bo`lgan paytdagi hayoti tasvirlangan.   Asar  syujetiga     tabiat   manzaralari tasviri,
xalq urf-odatlari, turli afsona va rivoyatlar ham mahorat bilan singdirib yuborilgan.
Keyingi     yillarda qirg`iz adabiyotida, ayniqsa uning she`riyatida   iste`dodli
shoirlar     ijod   qilmoqda.   Bu     shoirlarning         ijodida   bir   tomondan   xalq   og`zaki
ijodining an`analariga ergashish  ko`zga tashlansa,  ikkinchi tomondan, zamonaviy
Yevropa adabiyotining ta`siri ham sezilib turadi.   Mendi Mamazoirova,   Suyarqul
Turg`unboyev,   Abdurashid   Urboyev,   Xo`jakeldi   Kultegin,   Nodirbek   Alimbekov,
Yadgar   Salayev   singarilarning     she`rlari   bugungi     qirg`iz   adabiyotini     bezab
turibdi. 
Qirg`iz   she`riyatida     o`zlikni   anglash,     milliy   urf-odatlar,     qadimiy
qadriyatlarni     tiklash   kabi     mavzularda   ham   ko`plab   she`rlar   yozilmoqda.
Ma`lumki,     qadim   qirg`iz   adabiyotida     baxshilarning   aytishuvi   ham   katta     rol
o`ynagan. Bu baxshilar xalq to`plangan joylarda o`z ijodlarini namoyish etib, ham
shoirlik,   ham hofizlik   san`atini   egallaganlar. Ular o`z davridagi muhim voqialar
haqida     kuylab,   katta   falsafiy,   teran   fikrlarni   bayon   etishgan.     Hozirgi   qirg`iz
she`riyatida  ana shu  an`analarning ham  davom etayotganligi ko`zga tashlanadi. 
Bulardan       tashqari   she`riyatning     umrboqiy   mavzusi   sevgi   va   sadoqat
haqida     ham   ko`pgina     she`rlar   yaratilmoqda.     Masalan,     Mendi   Mamazoirova
«Sog`inch qo`shig`i»  nomli she`rida  shunday misralarni  yozadi:
  Oylar kunni yutar ekan yamlamay
  Menchi  buni goho anglab, anglamay, 
  Ora-sira ko`zga tushib qolaman, 
 Cho`ntagingda qolib ketgan tangaday 
Shoir   Abdurashit   Urboyev     yaqin     o`tmish   mavzusini   yoritishga     ko`proq
urinadi.   Uning  «Qurbonjon  dodxohning   vasiyati»   nomli   she`ri   bunga   misol   bo`la
oladi. Ma`lumki,   Qurbonjon dodxoh Turkistonda rus bosqiniga qarshi  kurashgan
jasur,   qahramon   kishi   edi.   U   ayol   bo`lishiga     qaramasdan,     katta   qo`shin   to`plab ruslarning O`rta Osiyoga kelishiga qarshi jang qildi. Abdurashit Urboyevning   bu
she`rida Qurbonjonning el-yurtiga, umuman, turkiy xalqlarga qarata o`lim oldidagi
murojaati aks ettirilgan.  Bu murojaatda  har qanday holatda ham  Vatanni, millatni
himoya   qilishga   da`vat   etilgan.   El   ichida   ko`plab   sotqinlar   ham   chiqqan,   ular
o`zga   yurtdan kelgan bosqinchilarni non va tuz bilan   kutib olgan. Bu ishni  ular
tor   manfaatlar   doirasidan   kelib   chiqib   qiladi.     Dushmanlarning     marhamatiga
sazavor bo`lish,   ular tuzgan   yangi   davlatdan biror   mansabni    egallash   ilinjida
millatni sotadiganlar ham xalq ichida  anchagina uchraydi.
Agar     yurti   birlashsa,   u   katta   kuch   bo`ladi,   uni   yengadigan,   unga     bardosh
beradigan   dushman   yo`q   deyiladi   ushbu   she`rda.   Lekin   hozirgi   dunyoda   omon
qolish uchun birlashish bilan birga,   xushyor, farosatli  bo`lish ham talab qilinadi.
Aks   holda     xalq   boshida   qora   bulut   aylanib,   «porloq   kelajak»   emas,   balkim
qandaydir boshqa kelajak kutadi deydi shoir.
Xushyor bo`ling, zamon boshqa, shart boshqa,
Iloj yo`qdir ot tizginin tortmasga.
Bizlar uchun mezon bo`lsin farosat, 
Ishonmanglar, «Men do`st degan har kasga…»
Jigarlarim, elu-yurtim, farzandim,
Yaqin qoldi u dunyoga safarim.
So`zlarimni uqib oling, azizlar,
Vasiyatim, mening so`nggi gaplarim 
Ko`rmay qolsam agar  osmon yulduzni, 
Ichmay  qolsam xushbo`y, totli qimizni,
Shoshiling boz xabar bering O`ng, So`lga,
O`limim ham birlashtirsin qirg`izni…
Haqiqatdan   ham,   bu   she`rda   shoir   vatandoshlarini   xushyor   bo`lishga,
birlashishga,   farosatli   bo`lishga   undayapti.     Bu   faqat   qirg`iz   xalqigagina   emas, balki   bosqinchilardan   jabr   ko`rgan   barcha   ellar   uchun   ham   ogohlantirishday
jaranglab  turibdi. 
Ko`pgina   qirg`iz   shoirlarining   she`rlarida   o`z   yurtining     shonli   o`tmishi
bilan,     tarixda   o`tgan   mashhur   kishilari   bilan   faxrlanish   tuyg`usi     sezilib
turganining  guvohi bo`lamiz.  Masalan, Nodirbek  Alimbekovning «Yoshlari bor»
nomli   she`rida   qirg`iz   xalqining   o`tmishi   bilan   faxrlanish   tuyg`usi   quyidagicha
ifodalangan.  
Qirg`izning Talasi bor, Manasi bor,      
Aytmatovday, Akayevday qanoti bor.
Uchishga shaylangan shu qanotni 
Sindirishdan  toymagan odati bor.
  Bu   satrlarda     faxrlanish   tuyg`usi   bilan   birga,   bitta     achchiq   haqiqat       ham
aytilyapti.     Bir-birini   ko`rolmaslik,     baxillik,   birovining   muvaffaqiyatidan
ikkinchisi   iztirobga   tushish   odati   barcha   turkiy   xalqlar   ichida,   oz   bo`lsa-da
uchraydi.     Shoir   ana   shu     salbiy   xislatni     armon   bilan     ta`kidlayapti.     Lekin
she`rning    so`nggi   misrasi  «Ortida-chi,    zo`r   umidli  yoshlari  bor»  degan  misralar
bilan tugallanib, bu esa o`quvchida  kelajakka umid bilan qarashni ta`minlaydi. 
N.   Alimbekov   boshqa   xalqlarni   hyech   ham   kam   ko`rmaydi,     aksincha,
ularning   ayrim   fazilatlaridan   qirg`izlar   o`rganishi   kerak   degan   to`g`ri   g`oyani
olg`a suradi. Uning «Tungonilar» she`rida tungan xalqining nihoyatda  mehnatkash
xalq ekanligi ta`kidlanib, qirg`izlar ulardan o`rnak olish kerak deydi.
Tungonilar ketmon chopib, ter to`kib, 
Rizqin izlab ona yerga yopishar. 
Tanballikka ko`nib qolgan qirg`izlar
Toqqa qarab uyqusirab yotishar…
Shoirning   «Yahudiylar   haqida»   nomli   she`rida   ham,   bu   mehnatkash
xalqning   tejamli,   aqlli,   bir-biri   bilan   inoq   ekanligi     boshqa   xalqlarga   ham   ibrat
bo`lish kerak deydi. «Bizga o`xshash odam ekan ular ham 
Qo`l-oyog`i,  qoshi, boshi bor».
Ana shunday ajabtovur latifa,  
Yangilishmasam,  juhudlarga dahldor. 
Zamonaviy qirg`iz she`riyatida   yana bir ko`zga tashlanib turgan xususiyat,
bu   do`stlik   mavzusidir.     Bu   do`stlik     eng   birinchi   navbatda   Turkistonda     yashab
turgan   xalqlar   o`rtasida     mustahkam   bo`lish   kerak,     degan   g`oyalar     targ`ib
qilinmoqda.   Haqiqatdan ham   qadimda yagona bo`lgan Turkiston uchta xonlikka
bo`linib ketganligi uchun qariyb   150 yil ruslarga qaram  bo`lib qoldi.   Ruslar esa
Turkistonni   boshqarish ason bo`lsin deb beshga   bo`lib   yubordi. Ana shu beshta
davlat bugungi kunda  tarixiy taraqqiyot  tufayli  mustaqillikka erishdi.  Bu bizning
ota-bobolarimiz   orzu   qilib     kelgan   haqiqiy     istiqlol   edi.     Hozirgi     ming   xil
nayranglar   o`ynab   turgan   dunyoda,   uni   yana   yo`qotib     qo`yish   hyech   gap   emas.
Shuning   uchun Turkistonning barcha xalqi yagona musht bo`lib birlashish kerak.
Ana   shunday   bo`lsa,   davlat  qudratli  bo`ladi.   Xuddi  shunday g`oyalar    ko`plab
zamonaviy     qirg`iz   shoirlarining   she`rlarida   yangramoqda.   Bunga   misol   sifatida
Yadgar Solayevning «Besh panja» nomli she`rini ko`rsatishimiz mumkin: 
Besh panja  bor,  beshov birday teng emas,
Beshov agar biriksami, sen emas,
  Odamzodga  sodiq xizmat qilguday,
 Qudrati bor, yarim-yorti el emas!
Qirg`iz, qozoq,  o`zbek, tojik, turkmanni 
Qirgan paytda, ajdodlarim hurkkanmi?..
Besh panjaday ahil bo`lsak, biriksak,
 Ko`rar edik haddi sig`ib, turtkanni!..
    
Qardoshlikning qadrin avval bilaylik, Hamkor bo`lib, doim o`ynab-kulaylik.
To`yda suyanch, aza  chog`i tobutkash
Birlashaylik,  mushtum bo`lib yuraylik. 
Ana shunday qadim Turkiston xalqlarining   birlashishiga da`vat boshqa 
Turkiy xalqlar adabiyoti tarixi tarixida ham keng yoritilmoqda. Turkistonni yagona
Vatan deb tushunish,   uning qudrati uchun kurashish faqat ijodkorlarning emas,  
balki shu  yerda yashovchi barcha xalqlarning  muqaddas burchi bo`lib 
hisoblanishi kerak.
Xullas,   qirg`iz   adabiyoti   zamon   bilan   hamohang   tarzda   taraqqiy   etmoqda.
Mustaqillik   davrida   o`zbek   va   qirg`iz   adabiy   aloqalariga   yangicha   yondashish
bo`layapdi.   Mashhur   yozuvchi   Ch.Aytmatovning   bevosita   tashabbusi   bilan   “Issiq
ko`l forumi” singari uyushmalar tuzildi. Bu uyushmalarning asosiy shiori tinchlik,
xalqlar   o`rtasidagi   do`stlikni   mustahkamlash   va   adolatni   tiklashdan   iboratdir.  XX
asr   jahon  adabiyotining   yirik   vakillaridan   biri   Ch.Aytmatov   qirg`iz  adabiyotining
shuhratini   olamga   yoydi.   Uning   ijodi   jahon   adabiyotining   eng   yaxshi   an`analari
bilan   qirg`iz   milliy   adabiyoti   an`analarining   qo`shiluvidan   iborat   bo`ldi.   U
yaratgan   asarlar   jahonning   qariyb   barcha   tillariga   tarjima   qilingan.   1988   yildagi
ma`lumotga   qaraganda   uning   asarlari   40   million
nusxada chop etilgan.
          Ana   shunday   buyuk   yozuvchi   1928   yili
Qirg`izistonning     Talas vodiysida tug`ildi.  Uning   otasi   To`raqul   Aytmatov
o`z  zamonasining ilg`or  kishilaridan bo`lib, katta davlat  arbobi  va olim  kishi  edi.
1937   yil   unga   “xalq   dushmani”   degan   ayb   qo`yilib,   repressiya   qurboni   bo`ldi.
Ch.Aytmatov rus maktabida o`qidi. Keyin Jambuldagi zooveterinariya texnikumini
bitirib, institutga kirdi. Qishloq xo`jalik institutining zootexnika fakultetini bitirib,
ancha yillar shu mutaxassislik bo`yicha ishlagan. Lekin badiiy adabiyotga bo`lgan
qiziqishi   tufayli   u   Moskvadagi   ikki   yillik   adabiyot   institutida   ham   o`qidi.
Ch.Aytmatov   bir   necha   yillar   “Pravda”   gazetasining   Qirg`izistondagi   muxbiri   va
“Literaturn ы y Kirgizistan” jurnalining redaktori bo`lib ishladi. Yozuvchi ijod bilan    CHINGIZ AYTMATOV  birgalikda,   jamoat   ishlarini   ham   bajarib   kelmoqda.   Qirg`iziston   yozuvchilar
uyushmasining   raisi,   “Inostrannaya   literatura”   jurnalining   muharriri,   Rossiyaning
Lyuksemburg   davlatidagi   elchisi,   “Issiqko`l   forumi”ning   boshlig`i   vazifalarida
ishladi.   Hozirgi   kunlarda   “Turkiston   umumiy   uyimiz”   deb   nomlangan   Markaziy
Osiyo ijodkorlari tashkilotining boshlig`i sifatida faoliyat ko`satmoqda.
Ch.Aytmatovning   badiiy   adabiyotga   bo`lgan   havasi   dastlab   oilaviy   muhitda
bo`lgan.   O`zining   yozishicha,   katta   buvisi   juda   ko`p   xalq   ertaklarini   bilgan   ayol
bo`lgan.   Keyin   yozuvchi   bolaligida   rus   yozuvchilarining   asarlarini   ko`p   o`qigan.
Ch.Aytmatov   ikki   tilda   rus   va   qirg`iz   tillarida   ijod   qiluvchi   yozuvchidir.   Uning
ijodi   kichik-kichik   hikoyalar   yozish   bilan   boshlangan.   Institutda   o`qib   yurgan
kezlarida   birinchi   hikoyalari   e`lon   qilingan.   Lekin   yozuvchiga   shuhrat   keltirgan
asar,   uning   “Jamila”   nomli   qissasi   bo`lgan.   U   tez   orada   shuhrat   qozondi.   Uni
mashhur   yozuvchi   Lui   Aragon   fransuz   tiliga   tarjima   qildi.   Tarjimaga   o`zi   so`z
boshi   yozib,   uni   “Muhabbat   haqida   yozilgan   jahondagi   eng   ajoyib   qissa”   deb
baholadi. Ikki yil ichida bu asar 30 ta chet tillariga tarjima qilindi. Bunday hodisa
jahon adabiyoti tarixida birinchi marta sodir bo`lishi edi. Asar voqyealari ikkinchi
jahon urushi davrida bo`lib o`tadi. Urushdan yarador bo`lib qaytib kelgan Doniyor
bilan eri urushga ketgan kelinchak Jamila o`rtasidagi muhabbat katta mahorat bilan
berilgan. Otashin muhabbatga erishish uchun, juda kuchli iroda ham kerak ekanligi
bu   asarda   o`ta   ta`sirli   qilib   berilgan.   Ishq   yo`lida   har   qanday   urf-odatlar,   rasm-
rusmlar   ham   bir   pulga   arzimasligi   Jamila   va   Doniyorlar   muhabbati   vositasida
ko`rsatib berilgan.
Ch.Aytmatov   asarlarining   har   biri   o`ziga   xos   original   asar   bo`lib   dunyoga
keldi.   Uning   kitobdan-kitobga   qarab   mahorati   o`sib   bordi.   Yozuvchining   “Momo
Yer”, “Yuzma-yuz”, “Birinchi muallim”, “Sohil bo`ylab chopayotgan olapar”, “Oq
kema”,   “Alvido,   Gulsari”   kabi   asarlarining   har   biri   buyuk   talantning,   yuksak
mahoratning   mahsulidir.   Yozuvchi   “Momo   Yer”,   (“Somon   yo`li”)   povestida
To`lg`onoy   ismli   ayolning   boshiga   tushgan   dahshatli   voqyealarni   tasvirlaydi.
Insonning   boshi   toshdan   qattiq   ekanligini,   u   har   qanday   musibatlarga   chidashi
uchun   katta   irodaga   ega   bo`lish   kerakligi   tasvirlangan.   Urush   tufayli   eri   va   uch o`g`lidan   ayrilgan   To`lg`onoy   birdan-bir   suyanchig`i,   farzandi   o`rniga   farzand
bo`lib   qolgan   kelinidan   ham   ayriladi.   Falak   yana   nimalarga   qodirsan,   deb   nola
qiladi.   Lekin   ko`ngli   cho`kmaydi,   yana   hayot   sari   intiladi.   Endi   yosh   go`dak
nabirasini ulg`aytirish, uning yagona umidi To`lg`onoy Ona yerga savol beradi, yer
ham   tirik   insonday   javob   beradi.   Ana   shu   savol-javob   orqali   juda   ulkan   falsafiy
muammolar   haqida   fikr   yuritiladi.   Asar   oxirida   To`lg`onoy  quyoshga,   bulutlarga,
yerga murojaat qilib, ulardan o`z dardini boshqalarga ham yetkazinglar, deb iltijo
qiladi.   Shunda   ular:   “Yo`q,   To`lg`onoy,   sen   aytgin,   sen-insonsan,   sen
hammamizdan   buyuk,   sen   hammamizdan   ulug`   bo`lib   yaratilgan   jonsan,   sen
aytgin,   sen   insonsan”,   deb   javob   beradi.   Bu   bilan   yozuvchi   insonning   yengilmas
ruhiga,   kurashchan   hayotiga   ishora   qiladi.   Bu   so`zlar   mashhur   yozuvchi
Gorkiyning “Inson mag`rur jaranglaydi” yoki Amerika yozuvchisi Xemingueyning
“Chol   va   dengiz”   asaridagi   “Insonni   yengib   bo`lmaydi”   degan   fikrlariga
hamohangdir.
Yozuvchining   “Alvido,   Gulsari”   nomli   qissasi   ham   juda   mashhur   bo`ldi.
Qissaning bosh qahramoni Tanaboy jon taslim qilayotgan oti Gulsarining boshida
turib,   butun   o`tgan   umrini   yodga   oladi.   Bunda   bir   tomondan   odamlardagi   mehr-
oqibat   yo`qolib   borayotgani,   ikkinchi   tomondan,   inson   va   tabiat   o`rtasidagi
muvozanatning   buzilib   borayotganligi   hikoya   qilinadi.   Ch.   Aytmatovning   bu
qissasida   ham   ekologiya   masalasi,   tabiatni,   hayvonot   dunyosini   asrash,   avlod-
avlodlarga   sog`lom   va   asl   holida   yetkazish   masalasi   izchillik   bilan   qalamga
olinadi. Bu ayniqsa, yozuvchining “Oq kema” (“Ertakdan so`ng”) qissasida yanada
yorqinroq   namoyon   bo`ladi.   Qissadagi   yosh   bola,   Mo`min   chol   obrazlari   juda
muvaffaqiyatli   chiqqan.   Qissa   ham   ana   shu   bobo   va   nabiralarning   qismatiga
bag`ishlangan. Asarda asosan ikkita ertak atrofida fikr yuritiladi. Biri bolaning o`zi
to`qigan   “Oq   kema”   haqida   ertak   bo`lsa,   ikkinchisi   bobosi   Mo`min   chol   aytib
bergan   “Shoxdor   ona   bug`u”   haqidagi   ertakdir.   Sontosh   darasidagi   o`rmon
qarovullari hayoti bir qarashda katta dunyodan ajralib qolgan kishilarning turmushi
tasvirlangandek tuyuladi. Lekin masalaga chuqurroq e`tibor  berilsa, ana shu uzoq
tog`dagi uch oila qismati hozirgi dunyo qismati bilan chambarchas bog`liqdir. Bu davrdagi   yutuqlaru,   fojialar   shu   insonlar   obrazi   orqali   mahorat   bilan   berilgan.
Bolaning   ichki   dunyosi,   o`y-fikrlari   yozuvchi   tomonidan   o`ta   ustakorlik   bilan
tasvirlangan.   U   “Oq   kema”da   hamma   narsa   bor,   uning   tashlab   ketgan   otasi   ham,
onasi   ham   o`sha   yerda   yashaydi   deb   o`ylaydi.   Lekin   shu   kema   deb   bola   halok
bo`ladi. Mo`minchol esa afandi fe`l kishi edi. Uning Mo`min chaqqon deyishardi.
U   qayerga   bormasin   doim   xizmatda   bo`lardi.   Yozuvchi   Mo`min   xarakterini
quyidagicha   tasvirlaydi:   “...Mo`min   chaqqon   bo`lib   tug`ilgan.   Ehtimol,   uning
yolg`iz ustunligi shunda ediki, u qanday o`tirdim, bilib gapirdimmi, qanday javob
qildim,   qanday   kulimsiradim   deb   tashvishlanmas,   birovlarning   oldida   obro`si
to`kilishidan   cho`chimasdi.   Mo`min   mana   shu   ma`noda,   o`zi   sezmagan   holda
kamdan   kam   uchraydigan   baxtli   odam   edi.   Ko`p   odamlarni   kasallik   emas,   o`z
nazdida   o`zini   o`zligidan   kattaroq   qo`yishdek   xudbinlik,   alamzadalik   balosi
kemirib ado qiladi.(Dono, baobro`, xushro`y, buning ustiga qattiq qo`l, adolatli va
jasur   degan   nom   ham   chiqarishni   kim   istamaydi)   Mo`min   esa   bunday   emasdi.”
Qissadagi   O`rozqul   obrazi   ham   o`ziga   xos.   U   salbiy   obraz   sifatida   tasvirlangan
bo`lsa-da,   ba`zan   o`quvchi   uning   qismatiga   ham   achinadi.   O`rozqul   farzand
dog`ida   kuyib   o`rtanadi.   Unga   tabiat   bir   tirnoqni   ham   ravo   ko`rmadi.   U   yolg`iz
qolganida, ayniqsa ichib mast bo`lganida bu kemtik qismatidan nola qiladi, hyech
kimga   bildirmay   yig`laydi.   U   shum   taqdirga   achchiq   qilib   xotinini   uradi,   bolani
yomon ko`radi, Mo`min cholga azob beradi.
“Sohil   bo`ylab   chopayotgan   olapar”   qissasida   esa   qayiqdagi   hayot
tasvirlanadi. Bunda “Oq kema” qissasi bilan mantiqiy bog`lanish bordek tuyuladi.
“Sarv qomat dilbarim” nomli qissa haqida yozuvchining o`zi shunday deydi: “Sarv
qomat dilbarim”da hayotni chondon murakkabligicha tasvirlashga intildim. Ayrim
yoshlar   bir-birlarini   sevishadi,   turmush   qurishadi.   Bir   kun   qarabsizki,   oilalari
buziladi,   ajrashadi.   Hozir   hayotda   shu   toifadaga   yoshlar   ko`p   uchraydi.   Ular   bir-
birlarini yaxshi bilmasdan turib turmush qurishga shoshiladi-yu, sal o`tmay fe`llari
to`g`ri   kelmay   qoladi.   “Sarv   qomat   dilbarim”da   shu   o`ylarimni   ifoda   qilishga
intildim”. Bu qissa qahramoni Ilyos o`z muhabbati uchun kurashadi, sevganiga erishadi.
Keyin tabiatan o`jar, qo`rs, orqa-oldini o`ylamay ish qiladigan Ilyos og`ir xatolarga
yo`l qo`yadi. Bu xatolar tuzatib bo`lmas xatolar edi. Natijada o`z baxtidan ayriladi.
Buning   aybdori   uning   o`zi   edi.   U   xatolariga   tushunadi,   afsus   chekadi,   lekin   endi
kech edi. Asardagi asosiy dramatik holatlar shundan iborat edi. Ch.Aytmatovning
qissalarida   bayon   qilish   uslubi   ham   o`ziga   xos   tarzda   kechadi.   Yozuvchining
ko`plab   qissalarida   voqyealar   bosh   qahramonlar   tilidan   hikoya   qilinadi.   Bu   uslub
Ch.Aytmatovning   sevgan   uslublaridan   bo`lib,   yozuvchi   uni   mahorat   bilan
qo`llaydi.
Ma`lumki,   Ch.Aytmatov   qissalari   bilan   dunyoga   mashhur   bo`ldi.   Adabiyot
sohasidagi  katta halqaro mukofotlarga sazovor  bo`ldi. Yozuvchi keyinroq hajman
kattaroq   bo`lgan   roman   janrida   ham   qalamini   sinab   ko`rdi.   Bu   janrda   yaratilgan
asarlar   ham   yozuvchiga   katta   shuhrat   keltirdi.   Demak,   yozuvchiga   badiiy   janrlar
bir   vosita   xolos.   Eng   asosiy   gap   uning   ifoda   qilish   uslubi   bilan   bog`liqdir.
Ch.Aytmatovning   “Asrga   tatigulik   kun”   nomli   romani   80-yillarning   boshlarida
yozildi. Bu davrda ijtimoiy hayotimizda turg`unlik davri hukm surmoqda edi. Adib
shu   tuzumga   o`z   e`tirozlarini   mazkur   romanida   ifoda   etgan.   Roman   ko`p   planli
asar   bo`lib,   bir   nechta   syujet   yo`nalishlariga   ega.   Bu   syujet   liniyalaridan   asosan
uchtasi   asarning   g`oyaviy   mazmunini   tashkil   etadi.   Asar   qahramonlari   oddiy
mehnatkash   kishilarning   vakillari.   Ular   poyezd   yo`lidagi   bir   bekatning
xizmatchilari.   Poyezdlar   G`arbdan   Sharqqa,   Sharqdan   G`arbga   o`tib   turadigan
“Bo`ronli”   degan   bekatdagi   to`rt-besh   xizmatchilarning   qismati   orqali   adib,   juda
katta   hayotiy   muammolarni   ko`tarib   chiqadi.   Keksa   xizmatchi   Qozongapni   dafn
qilish   marosimi   bilan   bog`liq   voqyealar   tasviri   asarning   asosiy   syujet   liniyasidir.
Marhumning do`sti Edigey Qozongapni ajdodlar qabristoni bo`lgan “Ona Bayit”ga
dafn   etish   uchun   xarakat   qiladi.   U   sovxozdan   traktor   so`rab   oladi.   Lekin   bu
qabriston kosmodrom chegarasida bo`lib tikonli simlar bilan o`rab olingan edi. Har
xil rasmiy doiralar va harbiylar marhumni ajdodlar qabristoniga dafn etishga ruxsat
bermaydi.   Edigey   ularni   manqurtlar   deb   ataydi.   Oxiri   Qozongapni   boshqa   joyga
dafn   qilishga   majbur   bo`ladi.   Edigey   ana   shu   dafn   marosimida   boshidan   o`tgan barcha voqyealarni eslaydi. Bu qariyb bir asrlik tarix edi. Shuning uchun asar nomi
“Asrga tatigulik kun” deb atalgan. Bunda qozoq xalqining juda ko`p asrlik tarixiga
ham   e`tibor   qaratiladi.   Ikkinchi   jahon   urushi   va   undan   keyingi   yillarda   ijtimoiy
hayotda   bo`lib   o`tgan   turli   voqyealar   asarda   o`z   badiiy   in`ikosini   topgan.
Qozongapning o`g`li Sobitjon hozirgi zamon manqurtlaridan, u otasini ko`mishga
ham   yuzaki   qaraydi.   Bekat   atrofidagi   to`g`ri   kelgan   joyga   ko`mish   kerak,   deydi.
Kosmodromda   xizmat   qilgan   qozoq   leytenanti   ham   manqurt.   U   marhumni
qabristonga   ko`mishga   ruxsat   bermaydi.   Ana   shunda   Edegeyninng   ko`nglida
yashirinib   yotgan   haqiqiy   odamiylik,   oliyjanoblik   butun   ulug`vorligi   bilan
namoyon   bo`ladi.   Shu   voqyealar   davomida   ona   xalqi   tarixidan,   uning   yaxshi
an`analaridan   ayrilish   chin   insoniylikni   yo`qotish   bilan   barobar   ekanligi   yaqqol
ochiladi.   Adib   manqurt   haqidagi   rivoyat   tasviri   orqali   xalq   tarixidan,   urf-
odatlaridan   uzilishning   dahshatini   butun   fojeasi   bilan   ko`rsatishga   muvaffaq
bo`ladi.
Asarda   insoniyatning   kelajagi   ham   fantastik   syujet   yo`nalishida   beriladi.
“Paretet” kosmos kemalarining boshqa olam bilan aloqasi, o`sha planetadagi hayot
haqidagi   fikrlar   Yer   planetasining   kelajagiga   to`g`ri   keladi.   Hamma   bir   tilda
gaplashadi. Kishilarning bo`ylari 230-250 sm, rangi qora mag`iz.
Ko`pgina hayvon turlari yo`qolib borayotganligi asarda Qoranor obrazi orqali
berilgan. Stalin davri repressiyasi Abutolib singari vatanparvar kishilarni yo`q qilib
yuborgani   ham   ta`sirli   qilib   berilgan.   Bu   roman   ham   unga   katta   muvaffaqqiyat
keltirdi.
Adibning ikkinchi romani “Qiyomat” (“Kunda”) deb nomlanadi. Bu asarning
ham   shuhrati   keng   yoyildi.   Asarda   butun   insoniyatni   bezovta   qilib   turgan   katta
global   masalalar   ko`tarib   chiqilgan.   Bu   asarda   ham   talaygina   syujet   liniyalari
mavjud.   Insonlardagi   mehr-oqibatning   tugab   borayotganligi   haqidagi   tashvishli
fikrlar Bo`ston va Bozorboy obrazlari o`rtasidagi konfliktda ko`rsatiladi.
Avdiy Kallistratov bilan Kandalov o`rtasidagi  kurashlar tasvirida esa hozirgi
davrda juda muhim masalalardan biri bo`lgan giyohvandlik haqida fikr yuritiladi.
Avdiy   xuddi   Iso   payg`ambar   singari   odamlarni   yomon   yo`ldan   qaytarmoqchi, insofga   chaqirmoqchi   bo`ladi   va   shu   yo`lda   o`zi   ham   halok   bo`ladi.   Asarda
“Bibliya”   kitobidan   olingan   syujetlar   ham   bugungi   dunyomiz   uchun   nihoyatda
ahamiyatlidir.   Bu   mashhur   yozuvchi   M.Bulgakovning   “Master   va   Margarita”
kitobida   ham   berilgan   edi.   Ch.Aytmatov   ham   shu   an`anani   o`ziga   xos   ravishda
davom ettirdi.
Akbara va Toshchaynar nomli bo`rilar obrazi orqali esa ekologiya masalalari
ko`tarib   chiqiladi.   Tabiat   va   inson   o`rtasidagi   munosabatlarning   bugungi
davrimizda o`ta qaltis holga kelib qolganligi hikoya qilinadi.
Bo`ston   va   Bozorboy   o`rtasidagi   ziddiyatlar   ayniqsa   asarda   juda   qiziqarli
berilgan.   Bo`ston   halol   inson,   u   cho`ponlik   qilib   shuhrat   topadi,   obro`   orttiradi.
Oliy   Sovet   deputati   bo`ladi.   U   shu   shon-shuhratlar   orqasidan   farovon   hayot
kechirishi mumkin edi. Lekin u boshqa yo`lni tanlaydi. Bo`ston majburiyatbozlik,
shiorbozlik,   xo`jako`rsinlikka   qarshi   boradi,   bu   yo`ldagi   soxtaliklarni   qoralaydi.
Qog`ozdagi,   matbuotdagi   “yolg`on   to`kin-sochinlik   va   farovonlik”lardan   iztirob
chekadi. U tabiatning o`zgarib borayotganidan qattiq tashvishga tushadi. Bozorboy
obrazi esa Bo`ston obrazining aksi, u o`z manfaati yo`lida har qanday qabihlikdan
qaytmaydi.   Uning   uchun   kayfu   safo   bo`lsa   bas.   U   tabiatni,   insoniy   mehr-
muhabbatni   ham   mensimaydi.   U   o`ta   baxil   shaxs.   Bo`stonning   yutuqlarini   ko`ra
olmaydi.   Shuninig   uchun   bo`ri   bolalarini   ataylab   Bo`stonning   uyi   orqali   olib
keladi.   Chunki   bolalarining   hidini   bilgan   bo`rilar   kelib   Bo`stonning   qo`ylarini
qiradi.   Oxirida   uning   uch   yashar   o`g`lini   olib   qochadi.   Bo`rini   otaman   degan
Bo`ston o`z o`g`lini otib qo`yadi. Keyin u Bozorboyni ham otadi. Asarda tabiatga
teginsang, bir kuni u seni jazolaydi, degan fikr bor. Vertolyot orqali Muyunqumda
ovga   chiqqanlar,   kiyiklarni   ayovsiz   qiradi.   Bunda   bo`rilar   ham,   kiyiklar   ham
qo`shilib  birga halokatdan  qochishadi. Tabiat  o`z qonun-qoidalari  bilan yashaydi.
Unga   odamning   aralashuvi,   uni   zo`rlab   o`zgartirishlar   fojia   bilan   tugashi   asarda
misollar bilan isbotlangan.
Asarning   “Kunda”(“Qiyomat”)   deb   nomlanishi   ham   shundan   olingan.
O`zbekchaga   asarni   I.G`afurov   mahorat   bilan   tarjima   qilgan.   Ch.Aytmatov   bu
asarida   ham   qadimiy   mif   va   afsonalardan   ko`p   foydalandi.   Ayniqsa,   diniy rivoyatlarning ko`plab keltirilishi, asar syujetining juda qiziqarli bo`lishiga xizmat
qilgan.
Qirg`iz xalqining faqat qirg`iz xalqiningina emas, balki hozirgi duyomizning
mutafakkir   yozuvchisi   Ch.   Aytmatov     keyingi   yillarda     ham   ajoyib   asarlar
yaratmoqda.     Uning   «Oxir     zamon     nishonalari»,   «Chingizxonning   oq     buluti»
nomli     asarlari     yuksak   darajadagi   katta   mahoratning   mevasi   sifatida   vujudga
kelgan.   Yozuvchining har bir asari  hozirgi  dunyo adabiy jarayonida   katta voqia
sifatida   tan   olinadi.   Ch.   Aytmatov   «Oxir     zamon     nishonalari»   nomli   asarida
insoniyat   hozirgi     davrda   muhim     muammolar   oldida   chorasiz   qolayotganligi,
kelajakda uni nimalar kutayotganligi haqida yozilgan.   Adib dahshatli   fojialardan
ogohlantiradi.     Har   bir   ayol   dunyoga   kelajak   farzandlarining   baxtli   bo`lishini
xohlaydi.   Lekin     insoniyat   kelajagiga   nimalar   taxdid     solayotganini     ular   aniq
bilishmaydi.     Kitobda   tasvirlanishicha   esa   Ona     qornidagi     embrion   buni   sezib,
dunyoga   kelmaslik     uchun   harakat   qiladi.   Ikki-uch   oylik     homila   onaning
peshonasiga   dog`   bo`lib   chiqib,   o`z     noroziligini   bildiradi.     Buni   kosmosdan
yuborilgan zondaj nurlar orqali aniqlash mumkin.   Rus olimi Nikolay Krilsov ana
shunday olamshumul  kashfiyot qiladi.
Kitobning   bosh   qahramonlaridan     biri   bu     olim     insoniyatni   qanday
dahshatlar   kutayotganligini   oldindan     ogohlantirmoqchi   bo`ladi.     Lekin   bu   ko`r
olomon,   uning     kashfiyotlarini   tan   olmay,   o`zini-o`zini   halok     qilishga   majbur
etadi.  Asardan olingan  mana bu parchaga e`tibor beraylik:
«Bo`lajak ona quyidagi musibatlar haqida o`ylamasligi mumkin emas:
- ocharchilik;
- xaroba kulbalar;
- kasalliklar, jumladan SPID;
- urushlar;
-  iqtisodiy buxronlar;
-  ijtimoiy qasirg`alar; 
-  jinoyatchilik;
- fohishabozlik; -  giyoxvandlik va narkomafiya;
- elatlararo qirg`inlar;
- irqchilik;
- ekologik, energetik halokatlar;
-  yadro sinovlari;
- qora tuynuklar va hakazo va hakazo».
Bularning  hammasi     qo`lbola   hodisa-   voqialar   oqibati,    bularning   hammasi
odamlar   dastidan.   Odamzodning   boshiga     tushayotgan     musibatlar   avloddan-
avlodga   ortib   bormoqda.   Va   bularning   hammasida   barchamiz   ishtirokchimiz.
Mana, nihoyat, Iloh  bizni jahannam labida  to`xtatib, Kasandra     tamg`asi orqali
o`zi haqida nishon bermoqda.»
Xaqiqatdan ham, dunyoda bo`layotgan ko`pgina   falokatlarga insoniyatning
o`zi sababchi  bo`lmoqda.  Uning nafs balosi tufayli yer yuzida katta-katta fojialar
sodir   bo`lmoqda:     Iqlim   o`zgarmoqda,   ekologik   katastrofalar,     qirg`in-barot
urushlari     avj   olmoqda.     Kitobda   ana         shunday   umuminsoniy   masalalar   haqida
fikr   yuritiladi.     Haqiqatdan   ham,     Ch.   Aytmatov   mutafakkir   yozuvchi   sifatida
butun   insoniyat     manfaatlari     nuqtai   nazaridan     masalaga   yondashadi.   Uning
asarlarining qahramonlari yer yuzidagi    turli millat   kishilaridir.   Bu kitobda ham
ruslar, inglizlar,  nemislar, ispanlar kabi turli millat vakillari ishtirok etadi.
Amerikalik olim   Robert Bork,   yosh siyosatchi Entoni Yunger va Amerika
prezidentligiga  o`z nomzodini qo`ygan  shuxratparast, o`z manfaati yo`lida hyech
narsadan     toymaydigan   Oliver   Ordoklar   bu   asarning   asosiy     ishtirokchilaridan
sanaladi.   Yozuvchi ana shu qahramonlar tilidan   juda ko`plab global masalalarga
e`tiborni     tortadi.     Masalan,   e`tiqod     qiladigan   dinlar   turlicha.   Har   bir   din   o`zini
haqiqiy mukammal din deb hisoblaydi va  boshqalardan ustun  ekanligini  ro`kach
qiladi.  Kitobda ana shu masalaga quyidagicha munosabat bildiriladi:
«Dinlar   uyushmalarga   birlashishsa   mavjud     dinlarning   birontasida   ham
Xudo  g`oyasi   zaiflashmagan     bo`lur   edi.     Aksincha,   dinlar   ko`pqirrali,   oshkor   va
ustivor xususiyatga ega bo`lar, eng muhimi- ajoyib nazariyalardagina emas,   balki hatti-harakatlarda   ham   dinlarning   tub   mohiyati   insonparvarlik   negizida     qurilgan
bo`lur edi.
Aslida Tangri bitta, unga e`tiqod qilish turli yo`llar bilan amalga  oshiriladi,
deydi   asar   qahramoni   Bork.     O`tmish   avlodlardan   farqli   o`laroq   yigirmanchi   asr
oxirlarida   yashayotgan   odam-   barcha   dinlar   meniki   va   men   barcha   dinlarning
muxlisiman,     men   barcha   dinlarning   barcha   ibodatxonalariga   kirib   turaman   va
barcha ibodatxonalarda aziz ziyoratchiman deya olsin». 
Kitobda ana shunday   dinlarni birlashtirish g`oyasi haqida ham ba`zi fikrlar
keltiriladi.     Albattda     bunday   fiklarga   tarafdorlardan   ko`ra,     qarshilar   ko`proq
bo`lsa kerak. Lekin   bag`rikenglik barcha   dinlarga xos bo`lish kerak degan g`oya
keyingi  vaqtlarda butun dunyo bo`ylab asta-sekin kengayib bormoqda.
  Xullas,   Ch.Aytmatov   davrimizning   zabardast   yozuvchisi   sifatida   o`zbek
kitobxonlarining ham sevimli adibiga aylangan. Keyingi yillarda ham adibning bir
qancha   asarlari   e`lon   qilindi.   Bu   asarlari   ham   g`oyaviy-badiiy   jihatdan   yetuk
asarlar   deb   baholanmoqda.   Bundan   tashqari   yozuvchining   hozirgi   dunyomizning
aktual   problemalariga   bag`ishlangan   ko`plab   publisistik   maqolalari   ham   e`lon
qilinmoqda. Adabiyotlar
1. История киргизиской литератур ы  M., 1970.
2. Ч . Айтматов ,  М . Шохонов . “ Ч ўққида қолган овчининг охи зори ”. T., 1998.
3. А.Тўқимбоев .  Тонг олдида .  Шеърий роман . T., 1985.
4. « Манас »  эпоси . 1- китоб ,  T ., 1964.
5.  Эралиев С .  Тоғлар фарзандиман .  Шеърлар .  T . , 1978.
6.  Ч.Айтматов ва ўзбек адабиёти .  Самарқанд . 1989 .
8. Ч.Айтматов. “Қиёмат”, “Асрга татигулик кун”. Романлар. T.,1989.

QIRG`IZ ADABIYOTI Reja: 1. Qirg`iz xalqi tarixi haqida. 2. Qirg`iz xalq og`zaki ijodi. 3. “Manas” eposi haqida. 4. Qirg`iz yozma adabiyotining shakllanishi. 5. XX asr qirg`iz adabiyoti.

Qirg`iz xalqi nomi tarixiy manbalarda ko`p uchraydi. Hatto eramizdan oldingi davrga mansub yodgorliklarda ham “qirg`iz xalqi” degan nomga duch kelamiz. Ular asosan chorvachilik bilan shug`ullanib, ko`chmanchilik hayotini uzoq asrlar boshidan kechirdi. Qirg`iz halqi ko`p asrlar davomida chet el bosqinchilarining zulmi ostida bo`ldi. Markaziy Osiyo hududiga bostirib kelgan arablar, mo`g`ullar, qoraxitoylar, qirg`iz xalqini ko`p yillar ekspluatasiya qildi. Keyinchalik qirg`izlar Qo`qon xonlarining zulmini boshidan kechirdi. XIX asrda esa qirg`izlar Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olindi. Qirg`iz xalqi yozuvga ancha kech, ya`ni 1924 yili ega bo`ldi. Tarixiy taraqqiyot tufayli XX asrda qirg`izlar o`z davlatiga ega bo`ldi. Qirg`iz adabiyotining tarixi asosan xalq og`zaki ijodi asarlaridan iborat. Turli mavzulardagi ertaklar, qo`shiqlar va dostonlarda qirg`iz xalqining xayoti ularning orzu umidlari aks ettirilgan. Hajviy va yumoristik mazmundagi latifalar Ko`sa va Kal obrazlari orqali berilgan. Aldar Ko`sa haqidagi ertaklarda g`oyaviy o`tkir problemalar ko`tarib chiqilgan. “Ko`rman yek”, “Ertobildi”, “Ertushtik”, “Jonil Mirzo” kabi xalq qahramonlik dostonlari juda mashhurdir. Qirg`iz xalqining butun dunyoga mashhur bo`lgan dostonlaridan biri, shubhasiz, “Manas” eposidir. Bu asarda xalqning ko`p asrlik tarixi, ularning chet el bosqinchilar zulmiga qarshi erk va ozodlik uchun olib borgan kurashi aks ettirilgan. Bu she`riy asarning hajmi nihoyatda katta bo`lib, 500 ming baytni tashkil etadi. U uch katta qismdan iborat. Birinchi qismda Manasning qahramonliklari hikoya qilinadi. Ikkinchi qismda esa Manasning o`g`li Semetey, uchinchi qismda uning nabirasi Seytekning hayoti, sarguzashtlari hikoya qilinadi. “Manas” eposi o`z ichiga ko`pgina dostonlarning qamrab oladi. Bunda Manasning el-yurt ozodligi uchun ko`rsatgan qahramonliklari mahorat bilan tasvirlangan. U qirg`iz elini Afg`on va Qalmoq bosqinchilaridan saqlab qoldi. U Farg`onaga kelib bobodehqondan dehqonchilikni o`rganadi. U turli o`lkalardan kelgan polvonlarning ko`pchiligi bilan do`stlashadi.

Umuman, Manas xalqining porloq kelajagi uchun, baxt-saodati uchun kurashgan qahramon sifatida tasvirlangan. Eposning Semetey va Seytek hayotiga bag`ishlangan qismlarida ko`proq ishq-muhabbat va hayotiy-maishiy mavzularga e`tibor berilgan. Qirg`iz baxshilarining ko`pchiligi manaschi-baxshilar bo`lib, ular faqat shu dostonni kuylaydilar. Manasning qalmoq xoni yuborgan Alvasti Kojart Alp, Kuchku, Joloy kabi pahlavonlar ustidan erishgan g`alabalari ayniqsa ko`tarinki ruhda kuylangan. Ma`lumki, yaqinda Qirg`izistonda “Manas” eposining 1000 yilligi nishonlandi. Eposning ko`pgina variantlari yozib olindi. Albatta, har bir manaschi-baxshi bu eposning aytishda o`zidan ham biron-bir yangilik qo`shib, unga ijobiy yondashadi. Shuning uchun dostonning ayrim variantlarida Manas boshqa yurtlarni bosib oluvchi, ularga qirg`in keltiruvchi zolim sarkarda sifatida ham tasvirlanadi. Ayrim variantlarida esa Manas xalqparvar, adolatli inson sifatida tasvirlangan. Yozuvchi Ch.Aytmatovning yozishicha Sayoqboy Qoralayev degan baxshi “Manas” eposidan bir million misrani yoddan bilgan. Xullas, “Manas” eposi xajm jihatidan dunyodagi eng katta eposdir. Unda qirg`iz xalqining tarixi, geografik o`rni, madaniyati, urf-odatlari haqida keng ma`lumotlar bor. Bunday katta xajmdagi eposni butun xalq yaratgan. Dastlab irmoq sifatida paydo bo`lgan bu epos, bizning bugungi kunimizga kelib katta dengizga aylandi. (Ch. Aytmatov) Bu asarda realistik, romantik, fantastik, simvolistik badiiy tasvirlash usullaridan keng foydalanilgan. XIX asr o`rtalarida Qirg`iziston Rossiyaga qo`shib olingach, uning adabiyotida ham ayrim o`zgarishlar bo`ldi. Arab yozuvini egallagan ba`zi qirg`iz oqinlarining yozma shakldagi asarlari paydo bo`ldi. Shulardan biri To`g`aloq Mo`ldo (asli nomi Boyimbet Abdurahmonov) xalq ertaklari va qo`shiqlarini qayta ishlab “Jonbaxti”, “Kemchintoy”, “Eshak va bulbul” singari original xajviy dostonlar yozdi. O`rta hol dehqon oilasida tug`ilib voyaga yetgan To`g`aloq TO`G`ALOQ MO`LDA

Mo`lda (Baimbet Abduraxmanov) yoshligida eski maktabda o`qib savodini chiqardi. Lekin u xalq oqinlaridan ko`p o`rgandi. Qirg`iz xalqining boy folklori an`analari ruxida tarbiyalandi. Ayniqsa Musaka degan oqin yosh shoirga juda ko`p xalq og`zaki ijodidagi qo`shiqlarni va qo`biz chalishni o`rgatgan edi. U «Bo`z yigit», «Qiz Jibek» «Bayan suluv» singari dostonlarni yodlab, bularni qo`biz jo`rligida xalq o`rtasida kuylab yuradi. Shuningdek, shoir ko`plab xalq qo`shiqlarini, termalarini va o`zi to`qigan she`rlarni ham kuyga solib, tez orada mashhur oqin darajasiga ko`tarildi. U rus tili va alfavitini mustaqil o`rganib olib, bu tilda yaratilgan asarlarni o`qiy boshladi. To`g`aloq Mo`lda qirg`iz adabiyoti tarixida birinchi bo`lib masallar ijod qilgan. Uning «Turna bilan Tulki», «Bo`ri va tulki», «Bedana va tulki» kabi masallari rus yozuvchisi Krilov ta`sirida yozilib, ularning tarbiyaviy tomondan ahamiyati buyuk edi. To`g`aloq Mo`ldoning xotin-qizlar ozodligi mavzusida yozgan asarlari ham anchaginadir. Mustabid tuzumda inson erkining, huquqining paymol qilingani shoirning «Sotilgan qiz armoni», «Cholga tekkan qiz armoni» kabi bir qancha she`rlarida afsus va nadomat bilan ifodalanadi. U ma`rifatparvarlik haqida ham bir talay asarlar yaratgan ijodkordir. Shoirning «Olatov» nomli dostonida Ona-yurtning tabiati o`zgacha mehr bilan kuylanadi. Tiniq suvlari, qorli cho`qqilari, yashil vodiylari shoir qalamida yanada boshqacha ko`rk bilan jilvalanadi. Shoirning «Yer va uning bolalari» nomli dostoni ham juda mashhur bo`lgan. Bu dostonda Yerni butun mavjudotni o`z bag`riga oluvchi ona deb ataydi. Shunday ekan Unga xuddi onaga bo`lgan munosabatda o`ta mehribonlik bilan yondashmoq lozim deydi. To`g`aloq Mo`ldo «Otgantong va Suyganboy», «Nasixat» kabi poemalarida inson erki, uning ozodligini, hurriyatni ko`tarib chiqdi. Xotin – qizlarning erkaklar bilan teng huquqligi haqidagi masalani, u qirg`iz adabiyotida birinchilardan bo`lib o`rtaga

tashladi. Uning 200 bosma taboqqa yaqin qo`l yozma asarlari to`plangan. Bular qirg`iz adabiyotining yuksalishiga, taraqqiyotiga katta hissa bo`lib qo`shilmoqda. Xalq baxshilaridan biri To`xtagul Sotilg`anov xam qirg`iz yozma adabiyotining shakllanishiga katta hissa qo`shdi. U yoshligini qattiq qiyinchiliklarda o`tkazdi. Andijonda Dukchi eshon boshchiligida ko`tarilgan xalq qo`zg`olonida ishtirok etgani uchun sakkiz yil Sibirda surgunda bo`ldi. T.Sotilg`onov ana shu og`ir xayotiga asosiy sababchilar rus imperiyasi va mahalliy amaldorlar deb bildi. U “Eshon xalfa”, “Besh qobon” singari she`rlarida mahalliy amaldorlarning, nafsi o`pqon ruxoniylarning yaramas kirdikorlarini fosh qildi. Yetim-yesir xolsizni Savalading, besh to`ng`iz Odam o`rnida yo`qsilni Sanamading, besh to`ng`iz Yeb-ichishdan boshqani Tan olmading, besh to`ng`iz Shoirning surgunda va undan keyingi davrlarda yozgan “Alvido, xalqim”, “Surgunda”, “Tog` burguti”, “Sog`inish”, “Uch xo`ja” singari she`rlari ham katta g`oyaviy badiiy qimmatga ega. 20 – yillar qirg`iz adabiyotida turli janrlarda dastlabki badiiy asarlar yozildi. Chunki 1925 yilda Qirg`iziston respublikasi tashkil etildi. Shu yili «Erkin tov» nomli birinchi qirg`iz tilida gazeta chiqa boshladi. Shu gazeta tevaragida qirg`iz adabiyotining vakillari to`planishib, yangi adabiy muhit tashkil etdi. To`xtagul Sotilganov, To`g`aloq Mo`lda, Ali To`qimboyev singari shoirlarning she`rlari shu gazetada bosilib chiqar edi. 20 – yillar qirg`iz adabiyoti vakillarining ko`pchiligi xalq oqinlari edi. Ular ijodi og`zaki adabiyot bilan yozma adabiyot o`rtasida ko`prik vazifasini o`tadi. Qirg`iz adabiyotida ma`rifatparvarlik g`oyalarini targ`ib qilgan Mo`lda Qilich, Arstonbek, K.Tinishtoyev kabi jadid yozuvchilarining ham o`rni juda katta bo`ldi. Bular ijodida qirg`iz xalqining milliy urf-odatlari, o`zligini anglash masalalari ko`tarib chiqildi. Lekin bu ijodkorlar sobiq ittifoq davrida «millatchilar»