Manas- qirg`iz xalqining qahramonlik eposi
Mavzu: Manas- qirg`iz xalqining qahramonlik eposi Reja: 1. «Manas» - qirg`iz xalqining uzoq o`tmishini yorituvchi yorqin sahifa. 2. «Manas» va o`zbek dostonchiligi haqida. 3. «Manas» dostonining qisqacha mazmuni.
«Manas» - qirg`iz xalqining uzoq o`tmishini yorituvchi yorqin sahifa. Manasning nomi hamisha qirg`izlar uchun tabarruk. Qadimdan Urxun, Oltoy, Enasoy, Olatog`un makon tutgan, juda ko`p qirg`inbarotlarni boshidan kechirgan ota- bobolarimiz ulkan imoratlar, ko`rkam shaharlar, mustahkam qal`alar qurishga imkon topolmadilar. Ular ona yurtni yovdan himoya qilib, ot yolida gurung qilib ajoyib so`zlar vositasida buyuk yodgorlik bunyod etdilar. Ulug` shoirlar, ajoyib dostonchilar avloddan-avlodga ma`naviy meros qilib bu yodgorliklarni XXI asrgacha olib keldilar. Manas- tabarruk so`zlar gavharidan iborat buyuk doston. Unda elning tarixi, quvonch va qayg`usi, omonlik va yomonlik, g`aroyib taqdirlar o`z ifodasini topgan. «Hayotimning ko`pchilik qismini «Manas» ni o`qishga sarfladim. Buning uchun hamisha shukrona qilaman. Ketgan vaqtim uchun aslo qayg`urmayman»,-deb yozadi qirg`iz yozuvchisi, akademik Tug`alboy Siddiqbekov. Bir necha asrlardan buyon og`zaki aytilib kelingan «Manas» hozirgi kun talabiga yarasha nasrda bayon qilish boshlanmoqda. Bu ishni iqtidorli adiblardan biri Kengash Jusupov amalga oshirdi va hammabop bo`lishga harakat qildi. Ayrim parchalar tushib qoldirilgan bo`lsada, asar mazmuniga salbiy ta`sir ko`rsatmagan. Nasrda qirg`iz xalqining tarixi, manasning qahramonligi, insoniy fazilatlari, haqiqat uchun olib borilgan kurashlari ko`z o`ngimizga yaqqol gavdalanadi. Oloy va Oltoy o`rtasida tarixdek tirqirab ketgan, kindik qoni to`kilgan yeridan, mosuvo bo`lgan, keyinchalik bir-birini topib qaddini tiklagan qirg`iz xalqining qahramonlik dostoni bir o`zbek millatining ham sevimli dostonidir. Bu doston dastlab Mirtemir, Sulton Akbariy va Tursunboy Adashboyev tomonidan o`zbek tiliga tarjima qilingan.
Doston mazmuni. Qora Xitoy xoni Esekxon Nug`ayxon askarlarini yer bilan yakson qilib, yerlarni bosib oldilar. Kug`ayxon yorug` dunyoni tark etdi. Turk qavmidan ahillik yuz o`tirdi. Kug`ayxondan qolgan to`rt o`g`il O`rozli, Usan, Boy, Jaqip boshi oqqan tomonga yo`l oladilar. Biri Oltoyga, biri Uralga, yana biri Qashqarga, biri Tebitga haydaddi. Qirq uyli qirg`iz bilan Jaqip Oltoyga keldi. Oqbolta bilan tanishdi. Jaqip qalmoqlar bilan qo`shnichilikni yaxshi yo`lga qo`ydi. Ko`plab boyliklar orttirdi. Afsus u tirnoqqa zor edi. Jaqip tush ko`rdi. Tushida ulkan qushni tutib olgani, qushga ilondan uzun bog`langanink xotiniga aytdi. Bu ajoyib tush uchun to`y qildi. To`yning dovrug`i Esenxonga ham yetib bordi va u g`azablandi. Bu o`jar xalqni qandoq bo`lmasin yer
yuzidan supirib tashlamoq kerak deb saroyga folbin va bashoratchilarni to`pladi. Ular yulduzlar harakatiga qarab Esenxonga shunday dedilar:- Taqsir bunga tugal javobni Bejindagi Qoraxonning o`rdasida ochiq osmon ostida shakllanayotgan sandikdagi kitobda yozib qo`yilgan. O`shanga vakil yuborib, o`qitib ko`raylik. Josuslar kitobdagi yozuvni o`qib, Esenxonga yetqazdilar. «Shimoldagi Burutlardan Manas ismli bir pahlavon bola tug`iladi. Uning ortida qora ko`k yoli dollining ustida laganday qizil xoli bo`ladi. Manas qalmoq bilan xitoylarga ko`p yurish g`avg`olar soladi. Osmon bilan yer o`rtasidagi ko`rkam shahar Bijinni ostin-ustin qiladi. Oleyyeyxon bo`ladi. Xitoylarning botiri yakson bo`ladi. «bu xabarni eshitgan Esenxon Burutlarning homilador ayollarini bironta ham qoldirmay qornini yorib tashlashni buyuradi. Ancha yillar ovuldan bolalar yig`isi eshitilmay qoldi. Oradan uch yil o`tgach, Cheyirdining oy kuni yaqinlashib qoldi. Nihoyat o`g`il ko`rdi. Cheyirdining ko`zi yoriyotgan vaqtda bir hodisa yuz berdi. Bu voqeani na Jaqipga, na yaqinlariga aytdi. Bir darvesh oqsoqol tuynuqdan tushib, o`g`ilingni oti Manas avliyo, ulg`aysa qiron chiqadi. Shuning uchun bitta po`lat o`qni bag`ishladim, yoqasiga tikib qo`y, 12 ga oshganda qurolsoz ustaga kamonning nayzasini yasatib, bola kamolga yetganida osmondan tushar olti kuch, - deb avliyo ko`zdan g`oyib bo`ldi. Jaqib bu xursandchiliqdan keyin, elga osh berib o`ziga tegishli kishilarga bosh- oyoq sarpolar qildi. Bolani choponining bag`riga o`rab ism qo`yib, berishlarini so`radi. Hamma jim. Shu payt hammaning e`tiborini tortib bir darvesh paydo bo`ldi. Bolakay uch yoshga to`lganda «Jinni» nomini oldi. Ho`kizni shoxini sindirib, daraxtlarni ildizi bilan qo`porib tashladi. Son bilan 7 yoshda bir qo`zining go`shtidan
to`ymadi. 8 yoshida savdogarlarning buyumlarini tortib olib bolalarga bo`lib beradigan qiliq chiqardi.