QOZOQ ADABIYOTI
QOZOQ ADABIY O TI Reja: 1. Qozoq xalqi tarixi haqida. 2. Xalq og`zaki ijodi namunalari. 3. Qozoq demokratik adabiyoti. 4. Abay Qunonboyev ijodi.
Qozoq xalqi boy madaniy merosga ega bo`lib, ayniqsa uning xalq og`zaki ijodi juda rivojlangan. Tarixda asosan charvochilik bilan shug`ullangan qozoqlarda yozma adabiyot nisbatan keyingi asrlarda paydo bo`ldi. Bu adabiyotning paydo bo`lishida, shakllanishida qozoq xalqi folklorining roli katta bo`ldi. Bugungi kun qozoq adabiyotshunosligi adabiyot tarixini qayta o`rganish natijasida 10 tomlik qozoq adabiyoti tarixi yaratildi. Ushbu tomlikda qozoq adabiyoti quyidagi davrlarga ajratilgan. 1.Qozoq folklori tarixi; 2. Qadimgi davr adabiyoti; 3. O`rta asr qozoq xonliklar davri adabiyoti; 4. XIX asrning birinchi yarmi davri adabiyoti; 5. XIX asr ikkinchi yarmida qozoq adabiyoti; 6. XX asr boshlari qozoq adabiyoti; 7. XX asrning 20-30 yillar adabiyoti; 8. XX asr 40-50 yillar adabiyoti; 9. XX asr 60-80 yillar adabiyoti; 10. Mustaqillik davri qozoq adabiyoti Qozoq folklori mavzu jihatidan turli tuman bo`lib uni quyidagicha kuzatish mumkin: a) Mehnat bilan bog`liq bo`lgan folklore an`analari. b) Xalq udumlarini ifoda etgan folklore an`analari. Ushbu folklor namunalari marosim, afsunnni ifoda etgan hamda oila marosimlarini o`zida ifoda etgan foklorga ajraladi. Navro`z bayramiga bag`ishlangan yoki “Qimizmurindiq” birinchi marotaba otni sog`ishga bag`ishlangan, “Jarapazan” ramazon oyida aytilgan qo`shiqlar shular jumlasidandir. Afsungarlik folklori islomgacha bo`lgan davrda yaratilgan bo`lin uning quyidagi namunalari bugungi kungacha saqlanib kelinmoqda. 1. Arbau – joduni ifoda etgan; 2. Jalbarin – yomonlikka mubtalo etadigan afsunlar; 3. Alg`is – oq fotiha; 4. Ont – ont; 5. Bedik – hukm afsuni; 6. Baqsi sarin – shaman qo`shig`i; 7. Qarg`is – qarg`ish; Xalq og`zaki ijodida o`ziga xos o`rin egallagan janrlardan biri qo`shiq hisoblanadi. Qozoq xalq og`zaki ijodida qo`shiq janrining yor-yor, sinsu, betochar,
joktau kabi turlari uchraydi. Bu qo`shiq turlari xalq marosimlari bilan chambarchas bog`langan. U asosan to`y marosimini o`zida ifoda etadi. Qozoq adabkiyotida doston janri mihim ahamiyatga ega bo`lib uni kuylovchilarkuylash jihatidan ajralganlar. Doston kuylovchilarni a) oqinlar; b) sheshenlar hamda s) jiraularga ajratishgan. Oqinlar xalq dostonlari kuylashgan bo`lsalar, jirualar XVIII asrda paydo bo`lib xalqni zulmga qarshi da`vat etib qo`shiv a dostonlar kuylashgan. Sheshenlar esa xalq dostonlarini kuylash barobarida emprovizatsiya qilishgan va ularni o`zining uslubiga moslashgan. Shu jihatdan doston kuylovchilar bir-biridan ajrala boshlaganlar. Qozoq dostonlarini asosan sheshen va jiraular tilidan yozib olingan. Qozoq oqinlari kuylagan o`lanlar, dostonlar mavzusi rang-barang bo`lib, ularda xalqning tarixi, turmushi badiiy o`z aksini topgan. Qo`blandi botir, Erjarg`in va Qambar botir kabi xalq qahromonlarining sarguzashtlarini kuylovchi asarlar, tadbirkor va dono Aldarko`sa haqidagi latifalar, turli marosim qo`shiqlari, ertaklar qozoq folklorining asosini tashkil etadi. Qo`blandi botir haqidagi dostonlarning ko`plab variantlari mavjud .Bu epos qozoq xalqining bebaho madaniy merosi hisoblanadi. Bu eposning variantlari Qrim-tatar va qoraqalpoq kabi turkiy xalqlar og`zaki ijodida ham uchraydi. Qo`blandi botir haqidagi dostonni V.V.Radlov, I.Oltinsarin, S.Sayfulin singari mashxur kishilar xalq oqinlaridan yozib olgan. Ana shulardan eng mukammal varianti Marabay Kulbayev va Merganbay degan oqinlardan yozib olingan variantlardir. Bu eposda Qo`blandi botirning o`z yurtini chet ellik bosqinchilardan himoya qilishdagi jasoratlari kuylanadi. Hikoya qilinishicha, Qoraqipchoq urug` boshliqlaridan biri To`xtaboyning uzoq vaqtlar farzandi bo`lmaydi. U XudodanJAR-JAR SINSU BETASHAR JOKTAU
farzand so`rab iltijo qilgandan keyin, uning Onalik degan xotini bir o`g`il va bir qiz tug`adi. O`g`liga Qo`blandi, qiziga Qaldirg`och deb ism qo`yadi. Qo`blandi botir yoshligidan baquvvat bo`lib o`sadi. Olti yoshida u katta qahramonliklar ko`rsatib, qizilboshlarning zo`r paxlovonini yengadi. U o`n ikkita xonning o`g`illari ustidan g`olib keladi. Qizil boshlar podshohi Ko`ktimxonning Ko`rtka nomli go`zal qizini musobaqada yutib chiqib unga uylanadi. Ko`rtka juda aqlli ayol bo`lib, Qo`blandi botir doimo u bilan maslahatlashib ish qiladi. Ko`rtka Qo`blandiga ot tanlaganda yilqidagi bug`oz biyani ol deb maslahat beradi. Keyin undan tug`ilgan taychoq Qo`blandi botirning mashhur oti Toyburil bo`lib yetishadi. Qizilboshlar xoni xujum qilib, ko`p vayronagarchiliklar keltiradi. Qozoqlarning Qirli va Sirli degan shaharlarini bosib olib, xalqini qul kilib olib ketadi. Ana shu xalqni ozod qilishda Qo`blandi botir ajoyib qahramonliklar ko`rsatadi. U Qoraman, Oqko`zi, Qorako`zi, Qo`shdavlat kabi botirlar bilan birgalikda qizilboshlarni yengadi, xalqni ozod qiladi. Qo`blandi botir Qoraman botir taklifi bilan qalmoqlar xoni Ko`biktiga qarshi jang qiladi. Lekin bu jangda qalmoqlar hiyla ishlatib Ko`blandi va Qoramanni asirga oladi. Ularni choxga tashlaydi. Ko`biktixonning qizi Qorlig`a Qo`blandi botirni sevib qoladi va ularga zindondan qochib ketishiga yordam beradi. O`zi ham bular bilan birga qochadi. Chunki bu qizning onasi asli musulmon bo`lib, yoshligida qalmoq xoni olib qochib ketgan bo`ladi. U o`layatgan paytda qiziga albatta musulmon yigitiga turmushga chiqishini vasiyat qilgan edi. Bularga Kubiktixon yetib oladi. Ko`blandi Qarlig`a yordami bilan Ko`biktixonni o`ldiradi. Dostonning ayrim variantlarida Ko`blandi choxda yetti yil yotdi deyilsa, ba`zilarida esa o`n olti yil deyiladi. Ko`blandi botir choxda yotgan payt qalmoqlar xoni o`z o`g`li Birshimboyni qozoqlarga dushman bo`lgan Alshagirxonga yuboradi. Bular ikkalasi birlashib, himoyasiz qolgan Qo`blandi botir urug`ini bosib oladi. Keyin Ko`blandi botir Alshagirxonni yengib, yurtini ozod qiladi. Ko`blandi botirning xotini Ko`rtka o`g`illi bo`ladi. Unga Begimboy deb ism
qo`yadi. Bu ham otasidek mashhur qahramon bo`lib yetishadi, o`z urug`ini xalqini dushmanlardan himoya qilishda katta jasoratlar ko`rsatadi. Eposda diniy rivoyatlarga ham katta e`tibor berilgan. Ko`blandi botirni doimo Qirq chiltanlar qo`llab yuradi. Uning boshida bir oq bulut doimo soya solib yuradi. U ba`zan xudoni unutgan paytlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Qolmoq xoniga asirga tushishda ham xuddi shunday bo`lgan edi. Shunga qarab, bu epos qozoqlar musulmonlikni qabul qilgandan keyin to`qilgan bo`lishi mumkin. Yoki bu diniy rivoyatlarni keyingi davr baxshilari qo`shgan bo`lishi ham mumkin. Eposdagi ko`plab voqyealar bizga o`zbek dostoni «Alpomish»ni eslatadi. Bu esa bu ikki xalqning qadimgi ildizlari bir joyga borib taqalishidan dalolat beradi. «Yer Targ`in» eposini esa taniqli olim N.Ilminskiy Marabay baxshi tilidan 1862 yilda yozib olgan. Eposda hikoya qilinishicha qadim zamonda qirg`iz urug`idan bo`lgan Targ`in botir o`z qabiladoshlaridan birini o`ldirib, Qrim xoni Oqchoxonning yurtiga qochib ketadi va uning xizmatiga kiradi. Xon o`z dushmanlari Olalay va Bulalay xonlarga qarshi jang qiladi. Bu jangda Targ`in botirning ko`rsatgan katta qahramonliklari tufayli Oqchaxon g`olib keladi. Shundan keyin xon qizi Oqyunus Targ`in botirni sevib qoladi. Lekin otasi qizini xon urug`idan bo`lmagani uchun unga berishga rozi bo`lmaydi. Keyin Targ`in Oqyunus bilan qochib ketadi. Xon ularni kim quvib yetsa, qizni o`sha oladi deb aytadi. Ko`p yigitlar ularga yetib olishga harakat qiladi. Lekin yo`lda ularning barchasi qaytib ketadi, chunki Targ`inni ular hurmat qilar edi. Faqat bir keksa botir jangchi Qartixo`ja ularga yetib oladi. Qoidaga ko`ra birinchi o`qni yetib olgan odam otish kerak. Keksa jangchi ataylab Targ`in botirga o`qni tegdirmay otadi. Buni sezgan botir xon qizini tashlab, yolg`iz ketishga rozi bo`ladi. Lekin keksa jangchi bilan Oqyunus bir-biri bilan o`lan aytishadi. Bunda Oqyunus yutib chiqadi. Keyin Qartixo`ja bu ikki yoshga omad tilab, o`z yurtiga qaytib ketadi. Keyin Targ`in botir Xonzodaxonning xizmatiga kirib, ularning qalmiq bosqinchilaridan himoya qiladi. U daraxtdan yiqilib o`mirtqasi chiqib ketadi. Uzoq vaqtlar kasal bo`lib