logo

Qahramonlik dostonlari. “Alpomish” dostonining variant va versiyalari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.376953125 KB
Qahramonlik dostonlari. “Alpomish” dostonining variant va versiyalari.
REJA:
1. Qahramonlik dostonlari
2. “Alpomish” dostonining variant va versiyalari
3. “Alpomish” dostoning badiiy tahlili   «Alpomish»   –   qadimiy   dostonlardan   biridir.   U   qahramonlik,   mardlik,
vatanparvarlik,   turli   elatlar   va   xalqlarning   birodarligi,   sevgi   va   sadoqat,   oila
mustahkamligini   kuylovchi   ulkan   eposdir.   Unda   bir   oila   taqdiri   misolida   vaziyat
taqozosi   bilan   bo’linib   ketgan   qadimiy   bir   o’zbek   urug’ining   qayta   birlashishini
badiiy aks ettirish orqali millat birligi g’oyalari, uning qahramonona shon-shuhrati
va istiqboli,  el-yurt   farovonligi, oila  baxti  va  Vatan  ravnaqi  uchun  kurash   baralla
kuylangan.   SHuning   uchun   ham   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.Karimov
dostonga   juda   yuqori   baho   berib,   shunday   degan   edi:   «Alpomish»   –   o’zbekning
o’zligini namoyon etadigan, mard va tanti xalqimizning yurak-yuragidan chiqqan,
ota-bobolarimiz   avlodlardan   avlodlarga   o’tkazib   kelayotgan   qahramonlik
qo’shig’idir…   «Alpomish»   dostoni   bizga   insonparvarlik   fazilatlaridan   saboq
beradi.   Odil   va   haqgo’y   bo’lishga,   o’z   yurtimizni,   oilamiz   qo’rg’onini
qo’riqlashga,   do’stu   yorimizni,   or-nomusimizni,   ota-bobolarimizning   muqaddas
mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o’rgatadi 1
.
Bundan   ming   yillar   avval   xalq   baxshilari   tomonidan   og’zaki   ravishda
yaratilgan   hamda   bizgacha   kuylab   kelingan   bu   doston   o’zbek-qo’ng’irot   urug’i
boshliqlari   aka-uka   Boybo’ri   va   Boysarilarning   farzandsizligi   tasviri   bilan
boshlanadi.   Unda   Hakimbek  va   Barchinning   ajoyib-g’aroyib  holatlarda  tug’ilishi,
Hakimbekning   bahodirona   yoshligi   va   birinchi   bor   pahlavonlik   ko’rsatishi,
Boysarining   Boybo’ridan   arazlab,   qalmoq   eliga   ko’chishi,   qahramonning   yorini
olib   kelish   uchun   o’zga   mamlakatga   safari   va   qalmoq   alpi   Qorajon   bilan
do’stlashishi,   raqiblari   –   qalmoq   alplari   bilan   yonma-yon   turib,   Barchinning
shartlarini   bajarishi   va   Barchinni   olib   o’z   eliga   qaytishi,   qaynatasi   Boysarini
qutqarish uchun ikkinchi marta safar qilganda, etti yil zindonda qolishi, asirlikdan
oti   Boychibor   yordamida   qutulib,   xotini   Barchinning   zo’ravon   Ultontoz   bilan
bo’layotgan to’yi ustida o’z eliga kelishi hamda Ultontozni engib, o’z hokimiyatini
o’rnatishi   voqealari   tasvirlanadi.   «Alpomish»   dostonining   bosh   qahramoni
Hakimbek   –   Alpomishdir.   U   xalqning   qahramonlik   orzularini   o’zida
mujassamlashtirgan, el-yurt farovonligi yo’lida mardliklar ko’rsata olgan bahodir,
1
 Karimov I. “Alpomish” dostonining 1000 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda so`zlangan nutq. “Xalq 
so`zi” gazetasi, 1999-yil, 9-noyabr. xalq   dahosi   yaratgan   quyma   obrazdir.   Qadimgi   davrlar   va   o’rta   asrlarda   inson
beqiyos   kuch-qudrat   egasi   hisoblangan,   chunki   o’sha   sharoitda   odamlarning
ijtimoiy   hayoti   va   tabiat   hodisalariga   qarshi   kurashlarida   jismoniy   kuch   hal
qiluvchi   rol   o’ynagan.   SHuning   uchun   ham   barcha   xalqlarning   qahramonlik
eposlarida har ishga qodir pahlavonlar, yakkama-yakka olishuvlarda g’olib chiqqan
bahodirlar,   vahimali   ajdar   va   devlarni   mahv   eta   oladigan   botirlar,   tish-
tirnog’igacha   qurollangan   lak-lak   dushman   qo’shinini   yolg’iz   o’zi   enggan   alplar
siymolari yaratilgan. Alpomish xudi shunday qahramondir.
Dostonda   Alpomishning   kuch-qudrati,   uning   bahodirlik   salohiyatini
tasvirlashga alohida e`tibor berilgan. U etti yoshida bobosi Alpinbiydan qolgan o’n
to’rt botmonlik sari yoydan otib, Asqar tog’ining cho’qqisini uchirib yuborganligi
uchun   ham   alp   ataladi.   YAkkama-yakka   olishuvda   Qultoy   va   Qorajondan   g’olib
chiqadi.   Uning   kuch-qudrati   Barchin   shartlarini   bajarishda,   qalmoq   alplari   bilan
kurashda,   ayniqsa,   yorqin   namoyon   bo’ladi.   Doston   maishiy   hayot   detallariga
boyligi,   real   epizodlarni   keng   qamrab   olganligi   bilan   alohida   ajralib   turadi.
Masalan, baxshi etti yillik tutqunlikdan keyin Alpomishning o’z yurtiga qaytishida
uni   qarindoshlari,   cho’ponlar,   yilqichilar,   karvonlar,   turli   toifadagi   kishilar   bilan
uchrashtirish   orqali   mamlakatdagi   ahvol   bilan   tanishtiradi,   odamlarning
qahramonga   va   uning   raqibi   Ultontozga   munosabatini   yaqqol   gavdalantiradi.   Bu
lavhalar   Alpomishni   ideal   qahramon   va   oddiy   inson   sifatida   har   jihatdan
xarakterlab   beradi.   Yo’ldagi   uchrashuvlarda   Ultontozning   zo’rlik   bilan   Barchinni
olish   uchun   to’y   qilayotganligini   bilgan   Alpomish   Qultoy   qiyofasida   to’yxonaga
keladi.   To’yxonada   Alpomish   Ultontoz   tomonidan   kamsitilgan   va   o’g’li   hajrida
alam tortayotgan ota-onasiga hamdardlik qiladi, haqoratlangan o’g’li YOdgorning
boshini   silaydi,   Ultontozga   xushomadgo’ylik   qilgan   bakovul   va   oshpazlarning
ta`zirini   beradi,   o’zining   kuch-qudratini,   Barchinga   hamda   oilasiga   sodiqligini
yana bir bor namoyish etadi.
Dostonning   Alpomishdan   keyingi   etakchi   obrazlaridan   biri   Barchindir.   U
o’zbek   eposida   har   tomonlama   mukammal   ishlangan   ayol   obrazi   hisoblanadi.
Dushmanlarning «qirq mingini bir deb sanab qirishga» tayyor turgan jasur Barchin siymosida qahramonlik dostonlariga xos alp qiz haqidagi an`anaviy tushuncha ham
o’z ifodasini topgan. Qizdagi jasurlik, mardlik va dovyuraklik, o’z kuch-qudratiga
ishonish   uni   Toychixon   alplari   zo’rlik   bilan   olib   ketmoqchi   bo’lgan   holatlar
tasvirida yaqqol gavdalanadi. Barchin faqat jasur va dovyurak bo’lib qolmay, unga
uylanmoqchi   bo’lgan   yigitdan   ham   salohiyat   va   bahodirlikni   talab   qiladi.   Bu
jihatdan   uning   Alpomish   va   to’qson   alp   oldiga   to’rt   shart   (yoy   tortish,   ming
qadamdan   tanga   pulni   urish,   poyga,   kurashda   to’qson   alpni   engish)   qo’yishi
xarakterlidir.   Qahramonlik   va   mardlikni   tarannum   etuvchi   Barchin   shartlari
dostonda   badiiy   go’zal   tasvirlangan.   Fozil   shoir   xalqning   boy   ijodiy   tajribasini,
turmushdagi   eng   mayda   ikir-chikirlarni   ham   juda   yaxshi   biladi,   har   bir   detalni
chuqur   mushohada   qiladi   hamda   o’z   o’rnida   qo’llaydi.   Bu   shartlarning
bajarilishida   Barchin   bevosita   bo’lmasa-da,   bilvosita   ishtirok   etadi.   U   kurashda
Ko’kaldoshni   yiqitishga   qiynalgan   Alpomishga   ma`naviy   madad   beradi.   YOki,
poygada Ko’kaldoshning oti Ko’kdo’nondan o’za olmagan Boychibor Barchinning
«qur-hayt» degan ovozini eshitishi bilan marraga birinchi bo’lib etib keladi.
«Alpomish»   dostoni   1922   yildan   beri   o’zbek   fol’klorshunoslari   tomonidan
xalq   baxshilar   og’zidan   yozib   olib   kelinmoqda.   Hozirgacha   uning   40   dan   ortiq
variantlari yozib olingan. Ularni aytib bergan baxshilar ulkan dostonchilardir. Fozil
Yo’ldosh   o’g’li,   Po’lkan   shoir,   Berdi   baxshi   va   boshqa   baxshilardan   alohida-
alohida   kitoblar   tarzida   to’la   ravishda   yozib   olingan.   Boshqa   baxshilardan   esa
variantlarning parchalari nashr etilgan. «Alpomish» dostoni «Alpamis», «Alpamis
botir»,   «Alip-Manash»   nomlarida   qoraqalpoq,   qozoq,   oltoy   xalqlarida   doston
holida,   «Alpomsho»,   «Alpomsho   va   Barsin   hiluv»   nomlarida   tatar   va   boshqird
xalqlarida   ertaklar   shaklida   yozib   olingan   va   nashr   etilgan.   Demak,   «Alpomish»
dostoni  turkiy  xalqlar  orasida   keng  tarqalgan   eposdir.  Har   bir  xalq  unga  o’zining
milliy   dostoni   sifatida   munosabatda   bo’lib,   o’rganib   kelmoqda.   Olimlarning
xulosalariga ko’ra barcha milliy versiyalar va ularning variantlariga nisbatan ham
olganda Fozil Yo’ldosh o’g’li varianti badiiy yuksak va mukammal dostondir.
«Alpomish»   dostoni   qadimiy   qahramonlik   eposining   yorqin
namunalaridandir. «Alpomish» dostoni yigirma sakkiz xalq baxshisidan o`ttiz uch marta     yozib   olingan.   Unda   ayrim   urug`   oqsoqollarining   hukmronlikka   intilishi,
patriarxal-urug`chilik munosabatlarining emirila borishi va feodalizmning tug`ilish
jarayoni voqealari o`ziga xos tarzda badiiy aks ettirilgan.
«Alpomish»   dostoni   qahramonlik,   mardlik,   vatanparvarlik,   turli   elatlar   va
xalqlarning   birodarligi,   sevgi   va   sadoqat,   oila   mustahkamligi   va   urug`   birligini
kuylovchi ulkan eposdir. Doston qo`ng`irot urug`i boshliqlari— aka-uka Boybo`ri
va   Boysarilarning   farzandsizligi   tasviri   bilan   boshlanadi.   Unda   bo`lajak
qahramonlar—   Alpomish   va   Barchinlarning   ajoyib-g`aroyib   holatlarda   tug`ilishi,
Alpomishning   bahodirona   yoshligi   va   birinchi   bor   pahlavonlik   ko`rsatishi,
Boysarining   Boybo`ridan   arazlab   qalmoq   eliga   ko`chishi,   qahramonning   yorini
olib   kelish   uchun   o`zga   mamlakatga   safari   va   Qorajon   bilan   do`st   tutinishi,
raqiblari— qalmoq alplari bilan yonma-yon turib, Barchinning shartlarini bajarishi
va   yorini   olib   o`z   eliga   qaytishi,   qaynatasi   Boysarini   qutqarish   uchun   ikkinchi
marta safar qilganda, etgi yil tutqunda qolishi, asirlikdan oti Boychibor yordamida
qutulib,   o`z   eliga   xotini   Barchinning   zo`ravon   Ultontoz   bilan   bo`layotgan   to`yi
ustiga   kelishi   hamda   raqibini     engib,   o`z     hokimiyatini   o`rnatishi     voqealari
tasvirlanadi.
«Аlpоmish»   dоstоni   qаdimiy   qаhrаmоnlik   еpоsining   yorqin
nаmunаlаridаndir. «Аlpоmish» dоstоni yigirmа sаkkiz хаlq bахshisidаn o`ttiz uch
mаrtа     yozib   оlingаn.   Undа   аyrim   urug`   оqsоqоllаrining   hukmrоnlikkа   intilishi,
pаtriаrхаl-urug`chilik munоsаbаtlаrining еmirilа bоrishi vа fеоdаlizmning tug`ilish
jаrаyoni vоqеаlаri o`zigа хоs tаrzdа bаdiiy аks еttirilgаn.
«Аlpоmish»   dоstоni   qаhrаmоnlik,   mаrdlik,   vаtаnpаrvаrlik,   turli   еlаtlаr   vа
хаlqlаrning   birоdаrligi,   sеvgi   vа   sаdоqаt,   оilа   mustаhkаmligi   vа   urug`   birligini
kuylоvchi ulkаn еpоsdir. Dоstоn qo`ng`irоt urug`i bоshliqlаri— аkа-ukа Bоybo`ri
vа   Bоysаrilаrning   fаrzаndsizligi   tаsviri   bilаn   bоshlаnаdi.   Undа   bo`lаjаk
qаhrаmоnlаr—   Аlpоmish   vа   Bаrchinlаrning   аjоyib-g`аrоyib   hоlаtlаrdа   tug`ilishi,
Аlpоmishning   bаhоdirоnа   yoshligi   vа   birinchi   bоr   pаhlаvоnlik   ko`rsаtishi,
Bоysаrining   Bоybo`ridаn   аrаzlаb   qаlmоq   еligа   ko`chishi,   qаhrаmоnning   yorini
оlib   kеlish   uchun   o`zgа   mаmlаkаtgа   sаfаri   vа   Qоrаjоn   bilаn   do`st   tutinishi, rаqiblаri— qаlmоq аlplаri bilаn yonmа-yon turib, Bаrchinning shаrtlаrini bаjаrishi
vа   yorini   оlib   o`z   еligа   qаytishi,   qаynаtаsi   Bоysаrini   qutqаrish   uchun   ikkinchi
mаrtа sаfаr qilgаndа, еtgi yil tutqundа qоlishi, аsirlikdаn оti Bоychibоr yordаmidа
qutulib,   o`z   еligа   хоtini   Bаrchinning   zo`rаvоn   Ultоntоz   bilаn   bo`lаyotgаn   to`yi
ustigа   kеlishi   hаmdа   rаqibini     еngib,   o`z     hоkimiyatini   o`rnаtishi     vоqеаlаri
tаsvirlаnаdi. ZARURIY ADABIYOTLAR:
1. X.Razzoqov   va   boshqalar.   O’zbek   xalq   og’zaki   poetik   ijodi.   Toshkent:
«O’qituvchi», 1980, 210-221 betlar.
2. T.Mirzaev.   «Alpomish»   dostonining   o’zbek   variantlari.   Toshkent:   «Fan»,
1979.
3. E.Musurmonov. O’zbek xalq dostonlari.  SamDU, 2005.
4. Bulbul   taronalari.   e.Jumanbulbul   o’g’lining   doston   va   termalari.   5   tomlik.
Toshkent: «Fan», 1973.
5. O’zbek xalq dostonlari. 1-2 tom. Toshkent: «Fan», 1956-1957.
6. .   Avazxon        Go`ro`g`li   dostonlari.   To`rt   jildlik.   II   kitob.   T. :   “YOzuvchi”,
1997.          
7.   Afzalov M. Po`lkan shoir. T. ,  1955.
8. Mirzaev   T.   “Alpomish”   dostonining   o`zbek   variantlari.   T.:   ”Fan”,     1968;
Yana: Xalq baxshilarining epik repertuari. T.: “Fan”, 1979.
9. Alpomish. O`zbek xalq qahramonlik dostoni. T.: “SHarq”, 1998.
10. Alpomish.   O`zbek   xalq   qahramonlik   eposi.   Akademik   nashr.   T.:   “Fan”,
1999.

Qahramonlik dostonlari. “Alpomish” dostonining variant va versiyalari. REJA: 1. Qahramonlik dostonlari 2. “Alpomish” dostonining variant va versiyalari 3. “Alpomish” dostoning badiiy tahlili

«Alpomish» – qadimiy dostonlardan biridir. U qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarligi, sevgi va sadoqat, oila mustahkamligini kuylovchi ulkan eposdir. Unda bir oila taqdiri misolida vaziyat taqozosi bilan bo’linib ketgan qadimiy bir o’zbek urug’ining qayta birlashishini badiiy aks ettirish orqali millat birligi g’oyalari, uning qahramonona shon-shuhrati va istiqboli, el-yurt farovonligi, oila baxti va Vatan ravnaqi uchun kurash baralla kuylangan. SHuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov dostonga juda yuqori baho berib, shunday degan edi: «Alpomish» – o’zbekning o’zligini namoyon etadigan, mard va tanti xalqimizning yurak-yuragidan chiqqan, ota-bobolarimiz avlodlardan avlodlarga o’tkazib kelayotgan qahramonlik qo’shig’idir… «Alpomish» dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga, o’z yurtimizni, oilamiz qo’rg’onini qo’riqlashga, do’stu yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o’rgatadi 1 . Bundan ming yillar avval xalq baxshilari tomonidan og’zaki ravishda yaratilgan hamda bizgacha kuylab kelingan bu doston o’zbek-qo’ng’irot urug’i boshliqlari aka-uka Boybo’ri va Boysarilarning farzandsizligi tasviri bilan boshlanadi. Unda Hakimbek va Barchinning ajoyib-g’aroyib holatlarda tug’ilishi, Hakimbekning bahodirona yoshligi va birinchi bor pahlavonlik ko’rsatishi, Boysarining Boybo’ridan arazlab, qalmoq eliga ko’chishi, qahramonning yorini olib kelish uchun o’zga mamlakatga safari va qalmoq alpi Qorajon bilan do’stlashishi, raqiblari – qalmoq alplari bilan yonma-yon turib, Barchinning shartlarini bajarishi va Barchinni olib o’z eliga qaytishi, qaynatasi Boysarini qutqarish uchun ikkinchi marta safar qilganda, etti yil zindonda qolishi, asirlikdan oti Boychibor yordamida qutulib, xotini Barchinning zo’ravon Ultontoz bilan bo’layotgan to’yi ustida o’z eliga kelishi hamda Ultontozni engib, o’z hokimiyatini o’rnatishi voqealari tasvirlanadi. «Alpomish» dostonining bosh qahramoni Hakimbek – Alpomishdir. U xalqning qahramonlik orzularini o’zida mujassamlashtirgan, el-yurt farovonligi yo’lida mardliklar ko’rsata olgan bahodir, 1 Karimov I. “Alpomish” dostonining 1000 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda so`zlangan nutq. “Xalq so`zi” gazetasi, 1999-yil, 9-noyabr.

xalq dahosi yaratgan quyma obrazdir. Qadimgi davrlar va o’rta asrlarda inson beqiyos kuch-qudrat egasi hisoblangan, chunki o’sha sharoitda odamlarning ijtimoiy hayoti va tabiat hodisalariga qarshi kurashlarida jismoniy kuch hal qiluvchi rol o’ynagan. SHuning uchun ham barcha xalqlarning qahramonlik eposlarida har ishga qodir pahlavonlar, yakkama-yakka olishuvlarda g’olib chiqqan bahodirlar, vahimali ajdar va devlarni mahv eta oladigan botirlar, tish- tirnog’igacha qurollangan lak-lak dushman qo’shinini yolg’iz o’zi enggan alplar siymolari yaratilgan. Alpomish xudi shunday qahramondir. Dostonda Alpomishning kuch-qudrati, uning bahodirlik salohiyatini tasvirlashga alohida e`tibor berilgan. U etti yoshida bobosi Alpinbiydan qolgan o’n to’rt botmonlik sari yoydan otib, Asqar tog’ining cho’qqisini uchirib yuborganligi uchun ham alp ataladi. YAkkama-yakka olishuvda Qultoy va Qorajondan g’olib chiqadi. Uning kuch-qudrati Barchin shartlarini bajarishda, qalmoq alplari bilan kurashda, ayniqsa, yorqin namoyon bo’ladi. Doston maishiy hayot detallariga boyligi, real epizodlarni keng qamrab olganligi bilan alohida ajralib turadi. Masalan, baxshi etti yillik tutqunlikdan keyin Alpomishning o’z yurtiga qaytishida uni qarindoshlari, cho’ponlar, yilqichilar, karvonlar, turli toifadagi kishilar bilan uchrashtirish orqali mamlakatdagi ahvol bilan tanishtiradi, odamlarning qahramonga va uning raqibi Ultontozga munosabatini yaqqol gavdalantiradi. Bu lavhalar Alpomishni ideal qahramon va oddiy inson sifatida har jihatdan xarakterlab beradi. Yo’ldagi uchrashuvlarda Ultontozning zo’rlik bilan Barchinni olish uchun to’y qilayotganligini bilgan Alpomish Qultoy qiyofasida to’yxonaga keladi. To’yxonada Alpomish Ultontoz tomonidan kamsitilgan va o’g’li hajrida alam tortayotgan ota-onasiga hamdardlik qiladi, haqoratlangan o’g’li YOdgorning boshini silaydi, Ultontozga xushomadgo’ylik qilgan bakovul va oshpazlarning ta`zirini beradi, o’zining kuch-qudratini, Barchinga hamda oilasiga sodiqligini yana bir bor namoyish etadi. Dostonning Alpomishdan keyingi etakchi obrazlaridan biri Barchindir. U o’zbek eposida har tomonlama mukammal ishlangan ayol obrazi hisoblanadi. Dushmanlarning «qirq mingini bir deb sanab qirishga» tayyor turgan jasur Barchin

siymosida qahramonlik dostonlariga xos alp qiz haqidagi an`anaviy tushuncha ham o’z ifodasini topgan. Qizdagi jasurlik, mardlik va dovyuraklik, o’z kuch-qudratiga ishonish uni Toychixon alplari zo’rlik bilan olib ketmoqchi bo’lgan holatlar tasvirida yaqqol gavdalanadi. Barchin faqat jasur va dovyurak bo’lib qolmay, unga uylanmoqchi bo’lgan yigitdan ham salohiyat va bahodirlikni talab qiladi. Bu jihatdan uning Alpomish va to’qson alp oldiga to’rt shart (yoy tortish, ming qadamdan tanga pulni urish, poyga, kurashda to’qson alpni engish) qo’yishi xarakterlidir. Qahramonlik va mardlikni tarannum etuvchi Barchin shartlari dostonda badiiy go’zal tasvirlangan. Fozil shoir xalqning boy ijodiy tajribasini, turmushdagi eng mayda ikir-chikirlarni ham juda yaxshi biladi, har bir detalni chuqur mushohada qiladi hamda o’z o’rnida qo’llaydi. Bu shartlarning bajarilishida Barchin bevosita bo’lmasa-da, bilvosita ishtirok etadi. U kurashda Ko’kaldoshni yiqitishga qiynalgan Alpomishga ma`naviy madad beradi. YOki, poygada Ko’kaldoshning oti Ko’kdo’nondan o’za olmagan Boychibor Barchinning «qur-hayt» degan ovozini eshitishi bilan marraga birinchi bo’lib etib keladi. «Alpomish» dostoni 1922 yildan beri o’zbek fol’klorshunoslari tomonidan xalq baxshilar og’zidan yozib olib kelinmoqda. Hozirgacha uning 40 dan ortiq variantlari yozib olingan. Ularni aytib bergan baxshilar ulkan dostonchilardir. Fozil Yo’ldosh o’g’li, Po’lkan shoir, Berdi baxshi va boshqa baxshilardan alohida- alohida kitoblar tarzida to’la ravishda yozib olingan. Boshqa baxshilardan esa variantlarning parchalari nashr etilgan. «Alpomish» dostoni «Alpamis», «Alpamis botir», «Alip-Manash» nomlarida qoraqalpoq, qozoq, oltoy xalqlarida doston holida, «Alpomsho», «Alpomsho va Barsin hiluv» nomlarida tatar va boshqird xalqlarida ertaklar shaklida yozib olingan va nashr etilgan. Demak, «Alpomish» dostoni turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan eposdir. Har bir xalq unga o’zining milliy dostoni sifatida munosabatda bo’lib, o’rganib kelmoqda. Olimlarning xulosalariga ko’ra barcha milliy versiyalar va ularning variantlariga nisbatan ham olganda Fozil Yo’ldosh o’g’li varianti badiiy yuksak va mukammal dostondir. «Alpomish» dostoni qadimiy qahramonlik eposining yorqin namunalaridandir. «Alpomish» dostoni yigirma sakkiz xalq baxshisidan o`ttiz uch

marta yozib olingan. Unda ayrim urug` oqsoqollarining hukmronlikka intilishi, patriarxal-urug`chilik munosabatlarining emirila borishi va feodalizmning tug`ilish jarayoni voqealari o`ziga xos tarzda badiiy aks ettirilgan. «Alpomish» dostoni qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarligi, sevgi va sadoqat, oila mustahkamligi va urug` birligini kuylovchi ulkan eposdir. Doston qo`ng`irot urug`i boshliqlari— aka-uka Boybo`ri va Boysarilarning farzandsizligi tasviri bilan boshlanadi. Unda bo`lajak qahramonlar— Alpomish va Barchinlarning ajoyib-g`aroyib holatlarda tug`ilishi, Alpomishning bahodirona yoshligi va birinchi bor pahlavonlik ko`rsatishi, Boysarining Boybo`ridan arazlab qalmoq eliga ko`chishi, qahramonning yorini olib kelish uchun o`zga mamlakatga safari va Qorajon bilan do`st tutinishi, raqiblari— qalmoq alplari bilan yonma-yon turib, Barchinning shartlarini bajarishi va yorini olib o`z eliga qaytishi, qaynatasi Boysarini qutqarish uchun ikkinchi marta safar qilganda, etgi yil tutqunda qolishi, asirlikdan oti Boychibor yordamida qutulib, o`z eliga xotini Barchinning zo`ravon Ultontoz bilan bo`layotgan to`yi ustiga kelishi hamda raqibini engib, o`z hokimiyatini o`rnatishi voqealari tasvirlanadi. «Аlpоmish» dоstоni qаdimiy qаhrаmоnlik еpоsining yorqin nаmunаlаridаndir. «Аlpоmish» dоstоni yigirmа sаkkiz хаlq bахshisidаn o`ttiz uch mаrtа yozib оlingаn. Undа аyrim urug` оqsоqоllаrining hukmrоnlikkа intilishi, pаtriаrхаl-urug`chilik munоsаbаtlаrining еmirilа bоrishi vа fеоdаlizmning tug`ilish jаrаyoni vоqеаlаri o`zigа хоs tаrzdа bаdiiy аks еttirilgаn. «Аlpоmish» dоstоni qаhrаmоnlik, mаrdlik, vаtаnpаrvаrlik, turli еlаtlаr vа хаlqlаrning birоdаrligi, sеvgi vа sаdоqаt, оilа mustаhkаmligi vа urug` birligini kuylоvchi ulkаn еpоsdir. Dоstоn qo`ng`irоt urug`i bоshliqlаri— аkа-ukа Bоybo`ri vа Bоysаrilаrning fаrzаndsizligi tаsviri bilаn bоshlаnаdi. Undа bo`lаjаk qаhrаmоnlаr— Аlpоmish vа Bаrchinlаrning аjоyib-g`аrоyib hоlаtlаrdа tug`ilishi, Аlpоmishning bаhоdirоnа yoshligi vа birinchi bоr pаhlаvоnlik ko`rsаtishi, Bоysаrining Bоybo`ridаn аrаzlаb qаlmоq еligа ko`chishi, qаhrаmоnning yorini оlib kеlish uchun o`zgа mаmlаkаtgа sаfаri vа Qоrаjоn bilаn do`st tutinishi,