logo

Turk xaqonligi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

50.216796875 KB
Turk xaqonligi 
Reja:
1. Turk xoqonligining tashkil topishi.
2. Turk hoqonligining qo‘shni davlatlar bilan munosabati.
3. G‘arbiy turk hoqonligining iqtisodiy, ijtimoiy hayoti
4. Turk hoqonligining inqirozga yuz tutishi. Turk   etnonim   ilk   bor   qaysi   yozma   manbada   qayd   etilganligi   munozarali
masalalardan   biri   hisoblanadi.   Markaziy   Osiyoning   chorvador   kabilalari   haqida
ma’lumotlar   «Avesto»,   yunon   manbalari,   qadimgi   eron   qoyatoshlari   va   xitoy
yilnomalarida   qayd   etilgan   bo’lib,   xususan,   «Avesto»ning   Got   va   Yasht   qismida
tilga   olingan   Amudaryoning   o’ng   tomonida   yashovchi   «turlar»,   «chopqir   otli
turlar»ni   tadqiqotchilar   O’rta   Osiyoning   sak   qabilalari   yoki   turklar   bo’lgan,   deb
hisoblaydilar.   Ba’zi   tadqiqotchilar   esa   Geodotning   «Tarix»   asarida   keltirilgan
skiflarning   birinchi   xukmdori   Targ’itoy   nomi   bilan     Turk   etnonimini   bog’lashga
xarakat qilganlar.
         Turk etnonimi Azov dengizining shimolidagi o’rmonlarda yashovchi
xalqlarga   nisbatan   «turcae»   shaklida   Rim   tarixchisi   Pompeniy   Melaning
«Geografiya»   asarida   qayd   etilgan.   SHuningdek,   Yana   bir   rimlik   tarixchi   Katta
Pliniy o’zining «TabIIy tarix» asari (mil 23-79 yillar)da Pompeniy Mela ko’rsatib
o’tgan   xududlarda     «turcae»   nomli   kishilarning   yashashini   yozib   qoldirgan.
Ko’pchilik tadqiqotchilar   turkae  etnonimlarining Gerodot keltirgan   iyrkai  xalqini
Volga-Ural daryolaridan Oltoygacha bo’lgan xududlarda yashagan ug’or, boshqird
va boshqa xalqlarning ajdodi bo’lganligini e’tirof etadilar.
                  Gerodot   shimoli   –sharqdagi   skif   qabilalarini   quyidagicha
joylashtiradi.   «Tanais   (Don)ning   ortida   savromatlar,   ..ularning   tepasida
budinlar,   ..ulardan   sharqda   fissagetlar   yashaydi.   Xudi   shu   xududda   ular   Bilan
qo’shni   yashovchi   yirki,   ulardan   sharqda   qattiq   toshli,   notekis   еr   boshlanadi.   Bu
еrdan   o’tgach,   baland   tog’   etagida   odamlar   yashaydi.   Aytishlaricha,   ularning
erkaklari   ham,   ayollari   ham   tug’ma   sochi   yo’k,   yassi   burun   va   keng   iyakli
kishilardir.   Ular   butunlay   o’zgacha   tilda   gaplashadi,   skiflarga   o’xshab   kiyinadi.
Kishilar   yog’ochlarda   yashaydi.   Qishda   yog’ochni   qalin   oq   kigiz   bilan   yopadi,
yozda esa yopinchiqsiz qoldiradi. Bu xalqning nomi argippeydir»
                 Tadqiqotchilarning fikricha, Ural ortidan Oltoyga qadar joylashgan
«yassi burunli, keng yonoqli» mongoloid argippeylar, ya’ni «oq otli» xalqlar turkiy
xalqlar   bo’lganlar.   Gerodot   «argippeylardan   sharqda   ko’p   sonli   issedonlar,
ularning   yuqorisida   esa   arimaspalar   yashaydi»   deb   qayd   etadi.   Tadqiqotchilar issedonlarni   Tyanshan   yonbag’irlarida,   arimaspalarni   esa   Oltoy   tog’   etaklarida
yashovchi   xalqlar   bo’lgan,   degan   xulosani   ilgari   suradilar.   Gerodot   ularning
ko’shnisi   sifatida     «iyrkai»   xalqlarini   ko’rsatadi.SHunisi   qiziqki,   keyingi   davr
Yunon-lotin   tilidagi   manbalarda   ham   xudi   shunday   nom   Bilan   gunn   (xun)larni
ataganlar.
                    Turk   etnonimII   Tabariyning   «Tarix»   asarida   ham   qayd   etilgan
bo’lib,   unga   ko’ra,   sosoniylar   shoxi   Baxrom   V   (420-438)   xukmronligi   davrida
turklarning xoqoni 250 minglik qo’shini Bilan Eron xududiga bostirib kirgan, lekin
bu   yurish   muvaffaqiyatsiz   tugagach,   xoqon   o’zini-o’zi   o’ldirgan.   Moisey
Xorenskiyning   «Arman   tarixi»   asarida   ham   sosoniylar   shoxi   SHopur   II   davrida
«SHarq Xoqoni» nomi Bilan qandaydir xukmdor qayd etilgan. Tadqiqotchilar buni
turklar, jujanlar, syanbilar yoki kushonlardan birining nomi bilan bog’laydilar.
                Bir  qator  tadqiqotchilar,  jumladan  yirik turkolog  S.G’Klyashtorniy
«turk»   etnonimining   birinchi   bor   Mo’g’ilistondan   topilgan   Bugut   yodgorligida
(528-583)   so’g’dcha   shaklida     «tr’wkt»   tarzida   uchragan   va   xitoyliklar   ushbu
etnonimni «tukyue» tarzida qabul qilganlar, deb hisoblaydi va bunga ilk bor Xitoy
bilan   turklarning   o’zaro   diplomatik   aloqalari   so’g’dliklar   va   so’g’d   yozuvi
yordamida   amalga   oshirilganligini   (bu   еrda   545   yil   G’arbiy   Vey   imperatori
Vindining   Bumin   yabg’u   xuzuriga   An-Nopanto   boshchiligida   elchilik   xay’atini
yuborganligi  sabab qilib ko’rsatadi.
               Lekin ba’zi tadqiqotchilar esa  jujanlar  turklarni o’zlarining tillarida
ko’plik shaklida «turk-ut» deb atalganligini, xitoyliklar esa «turk-ut» nomli yangi
qabilalar   ittifoqi   haqida   xitoyliklar   aynan   jujuanlardan   eshitganligini   va   xitoy
manbalarida   bu   atama   «tukuvet»   shaklida   540   yilda   paydo   bo’lgan   deb
hisoblaydilar
Oltoy va Janubiy Sibirda ashina qabilasining yabg’ulari Asan-shod,  Tuu  va
Buminlar  (460—553)   boshchiligida turkiy qabilalarning ittifoqi vujudga  keladi.
qadimgi turk manbalarida bu  ittifoq    turk tIIrkel   va    t'urk bodun kabi nomlar bilan
tilga   olinadi.   VI   asr   o’rtalarida   Bumin   boshliq     bu     turk     ittifoqi     tele     qabilasini
o’ziga     bo’ysundirgach,   Markaziy           Osiyodagi   eng   kuchli,   Jujan   xoqonligiga qaqshatkich   zarba   beradi.   551     yilda   Bumin   xoqon,   ya’ni   xukmdor   unvoniga
muyassar bo’lib, Markaziy Osiyoda yangi saltanat —Turk xoqonligiga asos soladi.
Oltoy   xoqonlikning   markazi   bo’lib   qoladi.Markaziy   Osiyo   va   Janubiy   Sibirda
xukmronlikni   mustahkamlab   olgach,   Bumin   va   uning   ukasi   Istemi   xoqonlik
chegaralarini   kengaytirishga   kirishadilar.   Kisqa   vaqt   ichida   Yenisey   daryosi
bo’ylarida   yashovchi   kirg’izlar,   janubi-g’arbiy   Manjuriyaning   mo’g’ul   qabilasi
kidanlar bo’ysundiriladi. SHimoliy Xitoy viloyatlari bosib olinib, Xitoy imperatori
turklar bilan sulh tuzishga, keyinchalik  esa xatto u_yiliga yuz ming to’p ipak mato
hisobida xoqonlikka o’lpon to’lab turishga majbur bo’ladi.
Turklar   g’arbga   tomon   ayniqsa   muvaffaqiyatli   yurishlar   olib   boradilar.
g’arbiy xarakatlarga Istemi boshchilik qiladi. Unga «yabg’u xoqon »   degan unvon
beriladi. Tez orada Yettisuv va SHarqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi
nushibi, dulu va turgash kabi turkiy qabilalar buy sundiriladi. 555 yildayok turklar
SHarkiy Turkistonning obod dehqonchilik viloyatlarining kattagina qismini va boy
xunarmakdchilik   shaharlarini   hamda   O’rta   Osiyoning   Sirdaryo   va   Orol   dengizi
bo’ylarigacha cho’zilgan keng dasht mintaqasini butunlay egallab oladilar. Turklar
xokimligi   shu   paytlarda,   shubhasiz,   Xorazmga   ham   yoyilib,   xoqonlik   chegarasi
Eftaliylar davlati xududlariga borib yondashadi.
Turk xoqonligi avarlarga qarshi kurash masalasida g’arb bilan juda yaxshi
hamkorlik olib borgan. Jumladan, Vizantiya tarixchisi Menandrning 562-yilga oid
quyidagi   yodnomasi   bu   fikrni   tasdiqlaydi.   Uning   yozishicha,   562-yilda   Avarlar
turklarga   hujum   qilib,   g’alabaga   erishmay   chekinganda,   Turklar   podshosi
Silziboulos  avarlarni  o’rganadi  va Vizantiyaga  quyidagi  mazmunda xat  yuboradi:
“Avarlar   qushlar   emas,   havoda   uchib   turk   qilichlaridan   qochgani,   ular   baliqlar
emas,   suvga   sho’ng’ib,   dengiz   chuqurligida   yo’qolib   qolsa.   Ular   ham   biz   kabi
odam va ular yer yuzida yurishadi. Agar men eftaliylarga qarshi urushni tugatsam,
birinchi navbatda avarlar ustiga yuraman va ular mening kuchimdan hech qayerga
qochib ketisha olmaydi. ” 1
  558 yilga borganda turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga)
bo’ylarini zabt etib, undan g’arbda va SHimoliy Kavkazda bepoyon еrlarni egallab
1
  History of civilizations of  Central Asia .The crossroads of civilizations: A.D. 250 to 750 Volume III.1996, p.  318 olgan   avarlar   bilan   to’qnashadilar.   g’arbdagi   bu   ikki   dushmanga   uzil-kesil   zarba
berish   maqsadida^   turklar   Eron   va   Vizantiya   bilan   do’stona   aloqa   o’rnatishga
intiladi.   Turklar   tazyiki   oqibatida   bu   davrda   yuzaga   kelgan   qulay   vaziyatdan
foydalangan   sosoniylar   Toxariston,   Zabuliston,   Kobuliston   va   CHag’oniyonni
eftaliylardan tortib oladi.
Vizantiyaning   avarlarga   xomiyligini   to’xtatishga   imperatorni   ko’ndirish
maqsadida   563   yilda   Turk   xoqonligi   elchilari   Konstantinopol   shaxriga   еtib
boradilar.   Elchilikka   nushibi   qabilasining   boshlig’i   Eskil   rahbarlik   qiladi.   O’sha
yili   Eron   askarlarining   Balxga   xujumi   ko’magida   turklar   Eftaliylar   davlatining
еrlariga   bostirib   kiradi.   Parak   vodiysi   va   uning   markazi   CHoch   shahri   olinadi   .
Turklar   Sirdaryodan   o’tib,   Zarafshon   vodiysiga   kirib   bo radilar.   Samarqand,   Kesh
va   Naxshobni   egallab,   Buxoroga   yaqinlashadilar..   Eftaliylar   Balx,   Xuttalon,
Termiz, Omul va Zamm shaxarlaridan katta kuch to’plab Buxoro yaqinida jangga
tayyorgarlik   ko’radilar.   Sakkiz   kun   davom   etgan   shiddatli   jangda   eftaliylar
qo’shini   turklardan   еngiladi.   SHunday   qilib,   janubda   Eron   sosoniylaridan,
shimolda   esa   Turk   xoqonligidan   qaqshatkich   zarbaga   uchragan   Eftaliylar   davlati
bir   asrdan   oshiqrokxukmronlikdan   so’ng   tamomila   barbod   bo’ladi.   Natijada
mag’lub   davlatning   merosi   o’zaro   bo’linib,   Amudaryoning   janubiy
qirg’oqlarigacha bo’lgan viloyatlar  Eron, uning shimoliy sohillari  bo’ylab Kaspiy
dengizigacha cho’zilgan еrlar Turk xoqonligi tasarrufiga o’tadi.
5- 6   asrlardan   O’rta   Osiyoda   feodalashish   jarayoni   tobora   avj   olib,   feodal
zulm kuchayadi. Yer va suvdan ajralib qashshoqlashib borayotgan ozod ziroatkor
kashovarzlar   zadogon   dehqonlar   asoratiga   tushib,   qaram   kadivarlarga   aylanadi.
Aholi   qashshoqlik,   jabr-zulm   va   dehqonlar   asoratiga   qarshi   bosh   ko’tarishga
majbur   bo’ladi.   SHunday   xalq   h.arakati   dastavval   5   asr   oxiri   va   6   asr   boshlarida
Eronda Mazdak boshchiligida ko’tarilgan edi. Mazdakchilar еr-suv, boylik hamda
xokimiyatni   egallab   olib,   aholini   muxtojlikka   solgan   katta   еr   egalariga     qari
«hamma   barobar   bo’lsin»   degan   g’oyani   olg’a   so’radilar.   Mazdak   quzg’oloni
bostirilib bostirilib oradan qariyib yarim asr o’tgach, Buxoroda mana shunday xalq
xarakati   ko’tariladi   Qo’zg’olonga   Obro’y   boshchilik   qiladi.   Buxoro   tarixchisi Muxammad Narshaxiyning yozishicha, qo’zg’olon natijasida Obro’ydai jabrlangan
zodagon   dehqonlar   va   boy   savdogarlar   Buxoro   viloyatini   tark   etib,   Turkiston   va
Taroz   atrofiga   borib   o’rnashadilar.   Kochib   ketganlar   orasida   bir   katta   dehqon
bo’lgan.   U   Buxoroning   qadimiy  dehqonzodalaridan   bo’lgan.  Daromadli   еrlarning
ko’pi   uning   mulki,   kadivar   va   hizmatkorlarning   ko’pchiligi   uning   xizmatida
bo’lganidan   u   Buxorxudot   nomi   bilan   shuhrat   topgan.   qochib   borganlar   turk
xoqoniga   murojaat   qilib,   qo’zg’olonchilarga   qarshi   kurashda   yordam   berishni
suraganlar.   Turk   xoqoni   qora-churin   Turk   o’g’li   SHeri   Kishvar   boshliq   qo’shin
yuboradi.   Obro’y   o’ldirilib,   qo’zg’olon   bostiriladi.   Kadivar   va   xizmatkorlar   o’z
xo’jayinlari dehqonzodalarga qaytariladi. SHu tariqa VI asrning ikkinchi yarmida
Buxoroda   ilk   feodal   dehqonlarning   kadivarlar   ustidan   xukmronligi   yanada
mustaxkamlanadi.
TURK XOQONLIGINING TAShKIL TOPIShI ARAFASIDA MARKAZIY
OSIYoDA ETNOSIYoSIY HOLAT
t.f.n. Boboyorov G‘.  – O‘zR FA
 Sharqshunoslik instituti 
Turk xoqonligi (552–744) tashkil  topishi arafasida Markaziy Osiyo aholisining
bir   qismini,   asosan,   vohalarda   istiqomat   qiluvchi   o‘troq   ziroatkorlar   hamda   dasht-
cho‘llarda chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchilar
tashkil   etgan   bo‘lib,   ularning   etnik   mansubligi   asosida   aynan   qaysi   hududlarda
yashaganligi   masalasini   aniqlash   xoqonlikdan   oldin   mintaqa   xalqlarining
etnogeografiyasi aynan qanday bo‘lganligiga doir tasavvurlarning boyishiga yordam
beradi.
Darvoqe, Markaziy Osiyoning deyarli hamma joyida har ikkala xo‘jalik shakli,
ya’ni   ham   dehqonchilikning,   ham   chorvachilikning   muayyan   darajada   mavjud
bo‘lgani   ko‘zga   tashlanadi.   Xususan,   mintaqaning   shimoli-sharqiy   qismlari   –
Yevroosiyo dashtlarining katta bir qismi (hozirgi Qozog‘iston), Oltoy va Tangritog‘
etaklari, Mo‘g‘uliston va Shimoliy Xitoyda ko‘proq ko‘chmanchi hayot tarzi ustuvor
bo‘lsa, mintaqaning janubi-g‘arbiy qismlarida, asosan, Sharqiy Turkiston, Amudaryo– Sirdaryo   oralig‘i,   Shimoliy   Hindiston   (Pokiston),   Afg‘oniston,   Xuroson   kabi
hududlarida   o‘troq   vohalar   mavjud   bo‘lib,   ushbu   hududlar   aholisining   aksariyati
shahar   va   qishloqlarda   istiqomat   qilishib,   xo‘jalik   hayotida   dehqonchilik,
hunarmandchilik   va   tijorat   katta   o‘rin   tutgan.   Shu   bilan   birgalikda‚   Markaziy
Osiyoning   har   ikkala   qismida   ham   sersuv   daryo   havzalari,   ham   dasht   va   cho‘llar
bo‘lib, ulardan biri doimiy ravishda o‘troq aholini o‘ziga jalb qilsa, ikkinchisida esa
qadimdan ko‘chmanchi  aholi  o‘z  chorvalari  bilan ko‘chib yuradigan  maskanlar  edi.
Xususan, mazkur mintaqaning ko‘chmanchi muhit hukmron qismi bo‘lmish shimoli-
sharqiy   hududlarda   Ili,   Irtish,   Chu,   Talas   kabi   daryolarning   mavjudligi   bu   yerlarda
ko‘chmanchilar   bilan   birgalikda   qadimdan   o‘troq   aholining   ham   istiqomat   qilib
kelishiga   sharoit   yaratgan;   Sharqiy   Turkiston,   Amudaryo–Sirdaryo   oralig‘i   va
Xurosonda   birmuncha   yirik   dashtlar   bilan   birga   cho‘llarning   mavjudligi,   Hindikush
tog‘i   etaklarida   esa   yaylovlarning   borligi   bu   yerlar   aholisining   bir   qismini
ko‘chmanchi chorvadorlar tashkil qilishiga zamin yaratar edi. 
Bu   davrda   Markaziy   Osiyoning   shimoli-sharqiy   qismlarida,   asosan,   oltoy   til
oilasiga   mansub   xalqlar:   aksariyati   turkiy   etnoslar   va   qisman   mo‘g‘ullarning
ajdodlaridan   iborat   bo‘lsa,   mazkur   mintaqaning   janubi-g‘arbiy   qismidagi   aholining
katta   bir   qismini   sharqiy   eroniy   tilli   xalqlar:   sug‘diylar,   xorazmliklar,   baqtriylar,
xo‘tan-saklar tashkil qilardi. Sharqiy Turkiston aholisining katta bir qismi, aniqrog‘i,
Tyanshan   tog‘larining   janubiy-sharqiy   qismida   qadim   hind-yevropa   xalqlaridan   biri
bo‘lmish to‘xorlar ko‘pchilikni tashkil qilib, yaqin qo‘shnilari bo‘lmish turkiy etnoslar
bilan uzviy etno-madaniy aloqada edilar. Xususan‚ Turfon‚ Qorashahr va Kucha kabi
voha hukmdorliklaridagi shahar aholisining katta qismini to‘xor tilli etnoslar tashkil
qilib, bu yerlar o‘sha davrda «to‘rt To‘xor o‘lkasi» deb atalardi 2
. 
Shu   bilan   birgalikda,   bu   davrda   Markaziy   Osiyoning   bir   qancha   hududlarida
asosan ikkita etnos keng tarqalgan bo‘lib, ulardan biri – sug‘diylar o‘z tarixiy vatani
Sug‘d va uning atroflaridan tashqari, Sirdaryoning o‘rta havzalari, Yettisuv, Sharqiy
Turkiston va Shimoliy Xitoyda ham ancha sezilarli miqdorni tashkil etsa 3
, ikkinchisi –
2
  Henning W. B. The Name of the “Tokharian” Language // AM. – London, 1950. – Vol. I. – Р. 158–162. 
3
 Отахўжаев А. Илк ўрта асрлардаги сиёсий-ижтимоий-иқтисодий ва маданий муносабатларда Суғд ва Чоч //
O‘zbekiston tarixi.  ‒  Т., 2009.  ‒  № 1.  ‒  Б.17.  qadimgi   turklar   Mo‘g‘uliston,   Janubiy   Sibir,   Shimoliy   Xitoy,   Oltoy   va   Tyanshan
tog‘lari oralig‘idagi hududlar aholisining ko‘pchiligini tashkil qiluvchi etnos bo‘lishi
bilan birga, turkiylar Sharqiy Turkiston, ayniqsa, uning shimoliy hududlari, Yettisuv,
Farg‘ona, Choch, o‘rta va quyi Sirdaryo havzalari, Orolbo‘yi, Volga–Ural bo‘ylari 4
,
Shimoliy   Kavkaz   va   Qora   dengizning   shimoli-sharqi 5
,   Xuroson,   Shimoliy
Afg‘oniston   va   To‘xoriston   nufuzining   sezilarli   bir   qismini   tashkil   etuvchi   etnos
sifatida   o‘z   mavqeiga   ega   edilar.   Ayniqsa,   bu   davrda   Sirdaryoning   o‘rta   havzalari
(Choch,   O‘tror/Tarband,   Isfijob/Sayram)dan   tortib   to   Yettisuv   (Taroz,   Suyab,
Issiqko‘lning g‘arbi)ga qadar hududlarda o‘nlab katta-kichik shaharlar qad rostlagan
bo‘lib, aholisini  asosan turkiylar va sug‘diylar tashkil etardi 6
. Bunga o‘sha davrdagi
Xitoy va Vizantiya manbalaridagi ma’lumotlar hamda ularning turkiy va sug‘diy yoki
turkiy-sug‘diy asosli joy nomlari guvohlik beradi 7
. To‘g‘ri, mazkur shahar va o‘troq
aholi   maskanlarining   katta   bir   qismi   Turk   xoqonligi   davrida,   ya’ni   VI   asr   ikkinchi
yarmi–VIII   asrlar   oralig‘ida   paydo   bo‘lgan   bo‘lsa   ham,   boshqa   katta   bir   qismi
xoqonlik   tashkil   topgunga   qadar   ham   yirik   aholi   maskanlari   sifatida   ma’lum   edi.
Chunonchi, Turk xoqonligi tashkil topganining ilk o‘n yilliklarida Turk xoqonligiga
tashrif   buyurgan   Vizantiya   elchilarining   ma’lumotlariga   asoslanilsa,   mazkur
hududdagi shaharlar aholisining asosiy qismini turkiylar tashkil qilgani ayon bo‘ladi.
Shuningdek,  VII   asrning   30-   yillarida   G‘arbiy   Turk  xoqonligining  Yettisuv–Taroz–
Isfijob –Choch yo‘nalishi bo‘ylab janubga yo‘l olgan xitoy rohibi Syuan Szan (629–
645)   va   Sharqiy   Turkistonning   janubi   orqali   yo‘lga   chiqqan   sayyoh   Xoy   Chao
esdaliklaridan   bu   hududdagi   aholi   manzillarida   turkiylar   va   sug‘diylar   ko‘pchilikni
tashkil   etgani   ayon   bo‘ladi 8
.   Shu   tariqa   ushbu   hududlarda   turkiy   etnoslarning
tarqalishini   ba’zi   tadqiqotchilar   ( mas .  A.   Akishev)   ta’kidlaganidek 9
,  Turk   xoqonligi
4
 Матбабаев Б. Х. Раннесредневековая культура Ферган ы (на основе исторического анализа археологических
источников  V–VIII  вв.  ).  Автореф. дисс. на соиск. учен. степ. док. ист.  н аук.  ‒  Самарканд, 2009. – С. 42. 
5
 Комар А. Наследие тюркских каганатов в Восточной Европе // Культурное наследие. – Астана‚ 2009. – №
1. – С. 100 10й.  
6
  Лубо-Лусниченко Е. И. Сведения китайских письменных источников о Суябе (городище Ак-Бешим) // 
Суяб. Ак-Бешим. – СПб., 2002. – С.  115–116 . 
7
  Байтанаев Б. Древний Испиджаб.  –  Шымкент-Алматы, 2003 . – C.  38–40 . 
8
  Бернштам А. Н. Тюрки и Средняя Азия в описании Хой Чао (726) // ВДИ.  –  Москва, 1952 .  – № 1. – С.  194;
Ekrem   E. Hsüan-Tsang Seyahetnamesi’ne göre Türkistan.   Basılmamış doktora tezi. Hacettepe Üniversitesi, Sosyal
Bilimler Enstitüsü. –  Ankara, 2003.  ‒  S .  117. 
9
  Аальто П. Имя «Ташкент» (Перевод и комментарии А. К. Акишева) //  Shygys .  – Алматы,   2005 . –  №  1 .  –  С.
109.   davri   bilan   bog‘lash   asossiz   bo‘lib   chiqadi.   Chunki   qandaydir   bir   necha   o‘n   yillik
ichida   turkiylarning   mazkur   hududga   kelib   shaharlar   barpo   etgan   yoki   mavjud
shaharlar aholisining katta qismini  tashkil qila boshlagan, deb xulosa chiqarish izoh
talab qiladi. 
Yuqorida   keltirib   o‘tilgan   Xuroson   va   Shimoliy   Afg‘oniston   hududlari
aholisining   bir   qismini   turkiylardan   iborat   ekanligi   esa,   bu   yerlarda   milodning   ilk
yillaridanoq   Kushon   saltanati,   Xionitlar   va   Eftalitlar   davlatlari   davrida   ushbu
davlatlarga   asos   solgan   etnoslarning   turkiylar   bilan   u   yoki   bu   darajada   aloqadorligi
bilan   izohlanadi 10
.   Ta’kidlash   joizki,   Turk   xoqonligi   tashkil   topishi   arafasida
Markaziy   Osiyoning,   ayniqsa,   ushbu   mintaqadagi   ba’zi   o‘troq   vohalar   mahalliy
aholisining   qaysi   til   guruhiga   mansubligi   masalasi   haligacha   ochiq   qolayotir.
Jumladan,   Choch   va   Farg‘ona   vodiysi   aholisining   tiliga   doir   keltirilgan   ba’zi
ma’lumotlar   ularning   tili   turkiy   yoki   sharqiy   eroniy   ekanligi   masalasini   ko‘ndalang
qo‘yadi. Qang‘ davlati  hukmronligi  (mil. av. III – mil. III asrlar) davridanoq ushbu
hududlar aholisining muhim qismini  turkiy va sug‘diy tilli etnoslar tashkil  qilganini
tasdiqlaydigan   ma’lumotlar   uchrasa-da,   manbalarda   chochliklarning   yoki
farg‘onaliklarning   tiliga   doir   «qo‘shni   hududlar   tiliga   o‘xshamaydi»   shaklida
ma’lumotlar uchrashi 11
, bu hududlar mahalliy aholisining tili borasida ba’zi savollarni
keltirib   chiqaradi.   Shunga   o‘xshash   V–VI   asrlar   mobaynida   mazkur   mintaqaning
hukmron   tabaqasi   bo‘lgan   eftalitlarning   tili   qaysi   til   guruhiga   mansubligi   ham
haligacha   yetarli   darajada   o‘z   yechimini   topganicha   yo‘q.   Tadqiqotchilarning   bir
guruhi   eftalitlarni   sharqiy   eroniy   tilli   hisoblashsa 12
,   ayrimlari   esa   ularni   turkiy   tilli
etnos   bo‘lgan,   deb   a’kidlashadi 13
.   Hatto,   bir   guruh   tadqiqotchilar   eftalitlarni   juan-
juanlar   bilan   qarindosh   etnos   bo‘lib,   protomo‘g‘ul   tilida   so‘zlashgan,   deb
hisoblaydilar 14
.   Binobarin,   musulmon   (arab,   fors)   manbalarida   eftalitlar   «hayatila»
10
  Бонград-Левин Г. М., Ильин Г. Ф. Индия в древности.  –  М.: Наука, 1985.  – C.  420–421 . 
11
  al-Moqaddasi, Abu ‘Abdallah Mohammad ibn Ahmad Shamsaddin. Descriptio Imperii moslemici. Еed. M. J. de
Goeje. BGA. – Рars 3. Lugduni-Batavorum, 1967.  –  Р .  335; Бернштам А. Н. Тюрки и Средняя Азия... – С.  193 . 
12
  Enoki K. On the natıonality of Ephtalites // Memories of the research department of Toyo Bunko.  –  Tokyo, 1959. 
– №18. – Р. 34–40;  Ртвеладзе   Э .  В .  Великий ш елковый   путь .  Энциклопедический справочник. – Т., 1999. – C. 
271;  Исоматов М. М. Ирано-среднеазиатские взаимоотношения по «Таърих-и Табари» Балъами. Душанбе-
Бишкек, 2006. – C.  47.
13
  Frye R. N., Sayılı A. Selçuklulardan evvel Orta Şark’ta Türkler  //  Belleten .  ‒   Ankara ,  1946.  ‒  С ilt. 10 .  ‒   S.  179 -
192;  Бонград-Левин Г. М., Ильин Г. Ф. Индия в древности.  ‒  М., 1985.  ‒  С. 420–421 . 
14
  Golden P. B. Türk Halkları tarihine Giriş. Çev. O. Karatay . –  Ankara, 2002. – S.  61, 88.  shaklida uchrab,  xalaj  va  kanjina turklari  ularning avlodi ekanligi qayd etiladi 15
. 
Markaziy Osiyoning shimoliy va shimoli-sharqiy qismi – Orolbo‘yidan to Uzoq
Sharqqacha   bo‘lgan   hudud   (quyi   va   o‘rta   Sirdaryo   havzalari,   Yettisuv,   Oltoy   va
Tangritog‘   etaklari,   Ili   havzasi,   Janubiy   Sibir,   Mo‘g‘uliston,   Shimoliy   Xitoy)
aholisining   aksariyat   qismini   tashkil   etuvchi   ko‘chmanchi   turkiy   etnoslar   bir   necha
qabila va urug‘lardan iborat bo‘lib, ular orasida 50 ga yaqin qabilalarni birlashtirgan
Te-le   qabilalalar   ittifoqi   eng   yirigi   edi.   Ushbu   ittifoqqa   uyg‘ur ,   o‘g‘uz   kabi   yirik
qabilalar   ham   kirardi.   Ushbu   urug‘   va   qabilalar   keng   hududlarda   ko‘chib   yurishsa
ham o‘zlarining doimiy yashaydigan muayyan bir hududlari bor edi. Shu bilan birga,
ushbu   hududlarda   yashovchi   turkiy   urug‘lar   dashtlarda,   tog‘larda   yoki   cho‘l
landshaftlarida shakllangan har xil xo‘jalik tiplariga ko‘ra ham bir biridan o‘zaro farq
qilardi.   Jumladan,   xoqonlik   asoschisi   Ashina   xonadoni   tog‘   muhitiga   moslashgan
hunarmandchilik   (ya’ni   temirchilik)   bilan   shug‘ullanuvchi   uru g‘ ga   mansub   bo‘lsa,
qarluqlar   ham   bir   necha   jihatlari   bilan   qadimdan   tog‘   xalqi   bo‘lib   kelgan 16
.   O‘nlab
urug‘lardan tashkil topgan o‘g‘uzlar esa ko‘proq cho‘l sharoitida shakllangani uchun
ham   xo‘jalik   sharoiti   shunga   moslashgan   bo‘lib,   tipik   ko‘chmanchi   xarakterga   ega
edi.   Keyinchalik   «qipchoq»   nomini   olgan   boshqa   bir   yirik   turkiy   qabila   /   urug‘lar
birlashmasi esa, ko‘proq, dasht zonalarida istiqomat qilishardi 17
. Kezi kelganda aytib
o‘tish   kerakki,   Turk   xoqonligi   tarix   sahnasidan   tushib,   bir   necha   asrlardan   keyin
Markaziy   Osiyoning   g‘arbiy   va   janubi-g‘arbiy   qismlariga,   ya’ni   Sharqiy   Turkiston,
Amudaryo–Sirdaryo oralig‘i, Shimoliy Hindiston (Pokiston/Afg‘oniston) va Xuroson
hududlariga Mo‘g‘uliston va Oltoydan ko‘chmanchi etnoslar ko‘chib borgan pallada
ham dastlab yashagan hududlarining geografik sharoitiga mos joylarni tanlab yashay
boshlaganlar.   Xususan,   qarluq ,   xalaj   kabi   qabilalar   Hisor   tog‘i   etaklarida,   o‘g‘uz
qabilalari   esa   Amudaryo–Sirdaryo   oralig‘i   va   Xurosonning   cho‘l   hududlarida,
qipchoq   qabilalari   bo‘lsa,   Qrimdan   to   Uralgacha   bo‘lgan   keng   dashtlarda   yashay
boshlashgani ma’lum. 
Bu davrda Yoyiq (Ural) va Idil (Volga) havzalari, Shimoliy Kavkaz va Shimoliy
15
  Баходиров Р. История Востока в “Ключах наук” // Шарқшунослик. – Т., 2009. № 14.  –  С. 114. 
16
  Абулғозий. Шажарайи турк. Нашрга тайёрловчилар: Қ. Муниров‚ Қ. Маҳмудов. – Т., 1992. – Б.  32. 
17
  Ахинжанов С. М. К ыпчаки в истории средневекового Казахстана. – Алматы: Iылым, 1995. –  С. 4, 14–1 Qora  dengiz bo‘ylari  aholisining katta  qismini  turkiy tilli  etnoslar  tashkil  qilib, ular
Turk xoqonligi tashkil topgunga qadar ham bu yerlarda yashab kelishardi. Vizantiya
va arman manbalarida  xun ,  onogur ,  kutrigur ,  uturgur ,  savir ,  bulg‘or ,  avar, xazar  kabi
nomlar bilan tilga olingan qabilalar 18
 ushbu etnoslarning asosiylari bo‘lib, ular turkiy
tilda   so‘zlashgani   ko‘pchilik   tadqiqotchilar   tomonidan   e’tirof   etiladi 19
.   Ulardan   bir
qismi,   shu   jumladan,   bulg‘orlar   milodiy   II–IV   asrlardayoq   Shimoliy   Kavkazda
istiqomat   qilishardi 20
.   Mazkur   etnoslar   faqat   ko‘chmanchi   bo‘lmasdan,   o‘zlarining
o‘nlab shaharlariga ega bo‘lgani yozma manbalar va arxeologik topilmalar asosida o‘z
isbotini topgan. 
Xullas,   Turk   xoqonligi   tashkil   topishi   arafasida   Markaziy   Osiyoning   siyosiy
ahvoliga   nazar   solinsa,   quyidagicha   holat   mavjud   bo‘lgani   ko‘zga   tashlanadi:
mintaqaning   shimoli-sharqiy   qismi   –   asosan,   Tyanshanning   shimoli sharqiy
qismi‚ Oltoy tog‘larining sharqiy etaklari va Janubiy Sibir hamda Mo‘g‘ulistonni o‘z
ichiga olgan hududda Juan-juan yoki Avar xoqonligi ( 402 – 552 ) yoki deb ataladigan
birmuncha   yirik   imperiya,   mintaqaning   Amudaryo–Sirdaryo   oralig‘i   va   unga
shimoliy janubdan   tutash   bo‘lgan   hududlar,   shuningdek,   Shimoliy   Hindiston
(Gandxara/Pokiston, Afg‘oniston) va qisman Xurosonni o‘z qo‘l ostida birlashtirgan
Eftalitlar   davlati   (420–565)   mavjud   edi.   Xitoy   yilnomalarida   ta’kidlanishicha,   Yeda
(Eftalit)   davlati   kuch-qudratga   erishgan   paytda   (450   yillarda)   unga   G‘arbiy
o‘lkalardagi   Kangyuy   (Choch   yoki   Sug‘d?),   Xo‘tan,   Shale/Sule   (Koshg‘ar),
Kucha‚ Ansi kabi 30 ga yaqin kichik hukmdorliklar bo‘ysunishgan. Har ikkala davlat
nisbatan o‘zaro qo‘shni bo‘lib, mintaqaning Sharqiy Turkiston va Yettisuv ularning
chegara hududlarini tashkil qilardi. 
18
  Чичуров   И.   С.   Византийские   исторические   сочинения:   «Хронография»   Феофана,
«Бревиарий»   Никифора.   Тексты,   перевод,   комментарий.   –   М.:   Наука,   1980.   –   С .
51, 56–57, 97, 108, 161. 
19
  Golden P. B. Türk Halkları tarihine Giriş.  ‒   Ankara, 2002 .   –  S.  81 87; Комар
А. Наследие тюркских каганатов... – С. 100 101. 
20
 Плетнева С. А. Кочевники Средневековья. Поиски исторической закономерности. – М.: Наука, 1982. – С. 
31 .  Adabiyotlar:    .
1. Гумилёв Л. Н.      Древние тюрки .   —   СПб.: 2002 , 3-57 стр.
2. Абуший Ҳасан Ато. Туркий қавмлар тарихи. –Т.:1993,  5-19 бетлар.
3. Раҳмон Насимхон. Турк хоқонлиги. –Т.: 1993, 5-45 бетлар.
4. History of civilizations of  Central Asia .The crossroads of civilizations: 
A.D. 250 to 750 Volume III.1996 , 317-325 р.

Turk xaqonligi Reja: 1. Turk xoqonligining tashkil topishi. 2. Turk hoqonligining qo‘shni davlatlar bilan munosabati. 3. G‘arbiy turk hoqonligining iqtisodiy, ijtimoiy hayoti 4. Turk hoqonligining inqirozga yuz tutishi.

Turk etnonim ilk bor qaysi yozma manbada qayd etilganligi munozarali masalalardan biri hisoblanadi. Markaziy Osiyoning chorvador kabilalari haqida ma’lumotlar «Avesto», yunon manbalari, qadimgi eron qoyatoshlari va xitoy yilnomalarida qayd etilgan bo’lib, xususan, «Avesto»ning Got va Yasht qismida tilga olingan Amudaryoning o’ng tomonida yashovchi «turlar», «chopqir otli turlar»ni tadqiqotchilar O’rta Osiyoning sak qabilalari yoki turklar bo’lgan, deb hisoblaydilar. Ba’zi tadqiqotchilar esa Geodotning «Tarix» asarida keltirilgan skiflarning birinchi xukmdori Targ’itoy nomi bilan Turk etnonimini bog’lashga xarakat qilganlar. Turk etnonimi Azov dengizining shimolidagi o’rmonlarda yashovchi xalqlarga nisbatan «turcae» shaklida Rim tarixchisi Pompeniy Melaning «Geografiya» asarida qayd etilgan. SHuningdek, Yana bir rimlik tarixchi Katta Pliniy o’zining «TabIIy tarix» asari (mil 23-79 yillar)da Pompeniy Mela ko’rsatib o’tgan xududlarda «turcae» nomli kishilarning yashashini yozib qoldirgan. Ko’pchilik tadqiqotchilar turkae etnonimlarining Gerodot keltirgan iyrkai xalqini Volga-Ural daryolaridan Oltoygacha bo’lgan xududlarda yashagan ug’or, boshqird va boshqa xalqlarning ajdodi bo’lganligini e’tirof etadilar. Gerodot shimoli –sharqdagi skif qabilalarini quyidagicha joylashtiradi. «Tanais (Don)ning ortida savromatlar, ..ularning tepasida budinlar, ..ulardan sharqda fissagetlar yashaydi. Xudi shu xududda ular Bilan qo’shni yashovchi yirki, ulardan sharqda qattiq toshli, notekis еr boshlanadi. Bu еrdan o’tgach, baland tog’ etagida odamlar yashaydi. Aytishlaricha, ularning erkaklari ham, ayollari ham tug’ma sochi yo’k, yassi burun va keng iyakli kishilardir. Ular butunlay o’zgacha tilda gaplashadi, skiflarga o’xshab kiyinadi. Kishilar yog’ochlarda yashaydi. Qishda yog’ochni qalin oq kigiz bilan yopadi, yozda esa yopinchiqsiz qoldiradi. Bu xalqning nomi argippeydir» Tadqiqotchilarning fikricha, Ural ortidan Oltoyga qadar joylashgan «yassi burunli, keng yonoqli» mongoloid argippeylar, ya’ni «oq otli» xalqlar turkiy xalqlar bo’lganlar. Gerodot «argippeylardan sharqda ko’p sonli issedonlar, ularning yuqorisida esa arimaspalar yashaydi» deb qayd etadi. Tadqiqotchilar

issedonlarni Tyanshan yonbag’irlarida, arimaspalarni esa Oltoy tog’ etaklarida yashovchi xalqlar bo’lgan, degan xulosani ilgari suradilar. Gerodot ularning ko’shnisi sifatida «iyrkai» xalqlarini ko’rsatadi.SHunisi qiziqki, keyingi davr Yunon-lotin tilidagi manbalarda ham xudi shunday nom Bilan gunn (xun)larni ataganlar. Turk etnonimII Tabariyning «Tarix» asarida ham qayd etilgan bo’lib, unga ko’ra, sosoniylar shoxi Baxrom V (420-438) xukmronligi davrida turklarning xoqoni 250 minglik qo’shini Bilan Eron xududiga bostirib kirgan, lekin bu yurish muvaffaqiyatsiz tugagach, xoqon o’zini-o’zi o’ldirgan. Moisey Xorenskiyning «Arman tarixi» asarida ham sosoniylar shoxi SHopur II davrida «SHarq Xoqoni» nomi Bilan qandaydir xukmdor qayd etilgan. Tadqiqotchilar buni turklar, jujanlar, syanbilar yoki kushonlardan birining nomi bilan bog’laydilar. Bir qator tadqiqotchilar, jumladan yirik turkolog S.G’Klyashtorniy «turk» etnonimining birinchi bor Mo’g’ilistondan topilgan Bugut yodgorligida (528-583) so’g’dcha shaklida «tr’wkt» tarzida uchragan va xitoyliklar ushbu etnonimni «tukyue» tarzida qabul qilganlar, deb hisoblaydi va bunga ilk bor Xitoy bilan turklarning o’zaro diplomatik aloqalari so’g’dliklar va so’g’d yozuvi yordamida amalga oshirilganligini (bu еrda 545 yil G’arbiy Vey imperatori Vindining Bumin yabg’u xuzuriga An-Nopanto boshchiligida elchilik xay’atini yuborganligi sabab qilib ko’rsatadi. Lekin ba’zi tadqiqotchilar esa jujanlar turklarni o’zlarining tillarida ko’plik shaklida «turk-ut» deb atalganligini, xitoyliklar esa «turk-ut» nomli yangi qabilalar ittifoqi haqida xitoyliklar aynan jujuanlardan eshitganligini va xitoy manbalarida bu atama «tukuvet» shaklida 540 yilda paydo bo’lgan deb hisoblaydilar Oltoy va Janubiy Sibirda ashina qabilasining yabg’ulari Asan-shod, Tuu va Buminlar (460—553) boshchiligida turkiy qabilalarning ittifoqi vujudga keladi. qadimgi turk manbalarida bu ittifoq turk tIIrkel va t'urk bodun kabi nomlar bilan tilga olinadi. VI asr o’rtalarida Bumin boshliq bu turk ittifoqi tele qabilasini o’ziga bo’ysundirgach, Markaziy Osiyodagi eng kuchli, Jujan xoqonligiga

qaqshatkich zarba beradi. 551 yilda Bumin xoqon, ya’ni xukmdor unvoniga muyassar bo’lib, Markaziy Osiyoda yangi saltanat —Turk xoqonligiga asos soladi. Oltoy xoqonlikning markazi bo’lib qoladi.Markaziy Osiyo va Janubiy Sibirda xukmronlikni mustahkamlab olgach, Bumin va uning ukasi Istemi xoqonlik chegaralarini kengaytirishga kirishadilar. Kisqa vaqt ichida Yenisey daryosi bo’ylarida yashovchi kirg’izlar, janubi-g’arbiy Manjuriyaning mo’g’ul qabilasi kidanlar bo’ysundiriladi. SHimoliy Xitoy viloyatlari bosib olinib, Xitoy imperatori turklar bilan sulh tuzishga, keyinchalik esa xatto u_yiliga yuz ming to’p ipak mato hisobida xoqonlikka o’lpon to’lab turishga majbur bo’ladi. Turklar g’arbga tomon ayniqsa muvaffaqiyatli yurishlar olib boradilar. g’arbiy xarakatlarga Istemi boshchilik qiladi. Unga «yabg’u xoqon » degan unvon beriladi. Tez orada Yettisuv va SHarqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi nushibi, dulu va turgash kabi turkiy qabilalar buy sundiriladi. 555 yildayok turklar SHarkiy Turkistonning obod dehqonchilik viloyatlarining kattagina qismini va boy xunarmakdchilik shaharlarini hamda O’rta Osiyoning Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarigacha cho’zilgan keng dasht mintaqasini butunlay egallab oladilar. Turklar xokimligi shu paytlarda, shubhasiz, Xorazmga ham yoyilib, xoqonlik chegarasi Eftaliylar davlati xududlariga borib yondashadi. Turk xoqonligi avarlarga qarshi kurash masalasida g’arb bilan juda yaxshi hamkorlik olib borgan. Jumladan, Vizantiya tarixchisi Menandrning 562-yilga oid quyidagi yodnomasi bu fikrni tasdiqlaydi. Uning yozishicha, 562-yilda Avarlar turklarga hujum qilib, g’alabaga erishmay chekinganda, Turklar podshosi Silziboulos avarlarni o’rganadi va Vizantiyaga quyidagi mazmunda xat yuboradi: “Avarlar qushlar emas, havoda uchib turk qilichlaridan qochgani, ular baliqlar emas, suvga sho’ng’ib, dengiz chuqurligida yo’qolib qolsa. Ular ham biz kabi odam va ular yer yuzida yurishadi. Agar men eftaliylarga qarshi urushni tugatsam, birinchi navbatda avarlar ustiga yuraman va ular mening kuchimdan hech qayerga qochib ketisha olmaydi. ” 1 558 yilga borganda turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo’ylarini zabt etib, undan g’arbda va SHimoliy Kavkazda bepoyon еrlarni egallab 1 History of civilizations of Central Asia .The crossroads of civilizations: A.D. 250 to 750 Volume III.1996, p. 318

olgan avarlar bilan to’qnashadilar. g’arbdagi bu ikki dushmanga uzil-kesil zarba berish maqsadida^ turklar Eron va Vizantiya bilan do’stona aloqa o’rnatishga intiladi. Turklar tazyiki oqibatida bu davrda yuzaga kelgan qulay vaziyatdan foydalangan sosoniylar Toxariston, Zabuliston, Kobuliston va CHag’oniyonni eftaliylardan tortib oladi. Vizantiyaning avarlarga xomiyligini to’xtatishga imperatorni ko’ndirish maqsadida 563 yilda Turk xoqonligi elchilari Konstantinopol shaxriga еtib boradilar. Elchilikka nushibi qabilasining boshlig’i Eskil rahbarlik qiladi. O’sha yili Eron askarlarining Balxga xujumi ko’magida turklar Eftaliylar davlatining еrlariga bostirib kiradi. Parak vodiysi va uning markazi CHoch shahri olinadi . Turklar Sirdaryodan o’tib, Zarafshon vodiysiga kirib bo radilar. Samarqand, Kesh va Naxshobni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar.. Eftaliylar Balx, Xuttalon, Termiz, Omul va Zamm shaxarlaridan katta kuch to’plab Buxoro yaqinida jangga tayyorgarlik ko’radilar. Sakkiz kun davom etgan shiddatli jangda eftaliylar qo’shini turklardan еngiladi. SHunday qilib, janubda Eron sosoniylaridan, shimolda esa Turk xoqonligidan qaqshatkich zarbaga uchragan Eftaliylar davlati bir asrdan oshiqrokxukmronlikdan so’ng tamomila barbod bo’ladi. Natijada mag’lub davlatning merosi o’zaro bo’linib, Amudaryoning janubiy qirg’oqlarigacha bo’lgan viloyatlar Eron, uning shimoliy sohillari bo’ylab Kaspiy dengizigacha cho’zilgan еrlar Turk xoqonligi tasarrufiga o’tadi. 5- 6 asrlardan O’rta Osiyoda feodalashish jarayoni tobora avj olib, feodal zulm kuchayadi. Yer va suvdan ajralib qashshoqlashib borayotgan ozod ziroatkor kashovarzlar zadogon dehqonlar asoratiga tushib, qaram kadivarlarga aylanadi. Aholi qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi bosh ko’tarishga majbur bo’ladi. SHunday xalq h.arakati dastavval 5 asr oxiri va 6 asr boshlarida Eronda Mazdak boshchiligida ko’tarilgan edi. Mazdakchilar еr-suv, boylik hamda xokimiyatni egallab olib, aholini muxtojlikka solgan katta еr egalariga qari «hamma barobar bo’lsin» degan g’oyani olg’a so’radilar. Mazdak quzg’oloni bostirilib bostirilib oradan qariyib yarim asr o’tgach, Buxoroda mana shunday xalq xarakati ko’tariladi Qo’zg’olonga Obro’y boshchilik qiladi. Buxoro tarixchisi