logo

Rus-Turk urushi (1877-1878) va Berlin kongressi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.1357421875 KB
Mavzu: Rus-Turk urushi (1877-1878) va Berlin kongressi.
          Reja.
1. Rus-Turk urushining diplomatik tayyorlanishi.
2. Rus-turk urushi davrida Yevropa davlatlari diplomatiyasi.
3. San-Stefano tinchlik shartnomasi.
4. Berlin kongressida diplomatik ziddiyatlar.
                Gorchakov A. M. (1798-1883) diplomatiyasi1875-yilda Gersogovina va
Bosniyada   Turkiya   mustamlakachiligiga   qarshi   qo’zg’alon   ko’tarildi.   Ular
milliy   mustaqillikni   talab   qildilar.   Bolgariyada   ham   shunday   qo’zg’alon
ko’tarildi.   Biroq,   qo’zg’alon   shavqatsizlik   bilan   bostirildi.   Bolqon   inqirozi
buyuk   davlatlarning   manfaatini   yana   bir   bor   to’qnashtirdi.1876-yil   Serbiya-
Turkiya urushida Turkiyaning qo’li baland kela boshladi. Shunday sharoitda
Rossiya   Turkiyadan   Serbiya   bilan   yarash   bitimi   imzolashni   va   armiyasini
demobilizatsiya   qilishini   talab   etdi.   Biroq   Turkiya   bu   talabning   bajarilisini
paysalga soldi.
      Nihoyat, Rossiya bu masalada Turkiyaga ultimatum topshirdi. Shu tariqa,
Serbiya halokatdan saqlab qolindi.
      Turkiya Serbiya bilan tinchlik shartnomasi tuzgan bo’lsada o’z armiyasini
demobilizatsiya qilmadi. Bu Rossiya uchun ayni mudda bo’ldi.
London   protokolidan   so’ng   ko’p   o’tmay   (1877-yil   15-aprelda)   Rossiya
Turkiyaga   7ta   piyoda   askarlar   polka   va   2ta   o’qchi   diviziya   bilan   javob
qaytardi.16-aprelda   Ruminiya   bilan   imzolagan   shartnomaga   ko’ra,   rus
askarlari uning hududi orqali o’tishlari kerak edi. 23-aprelda Rossiya Turkiya
bilan diplomatik aloqalarni uzdi.
Podsho   Rossiyasining   askarlari   namoyishkorona   mobilizatsiya   qilindi.
Endilikda ularni chekintirish juda mushkul bo’lib qoldi. Turkiya slavyanlarga
homiylik   qilishga   intilmadi,   bu   esa   uni   yana   obro’sini   tushirib   yubordi.
Podsho Kshenyovga yetib keldi uyerda oily qo’mondon qarorgohi joylashgan
edi   1877-yil   24-aprelda   Turkiyaga   urush   e’lon   qilish   haqida   manifest
imzoladi.   Iyunning   oxirlarida   Bolqon   hududida   faol   harbiy   harakatlar
boshlandi. Bikonsfeldning fikri bilan rus-turk urushi Dardanelni okkupatsiya
qilish bilan boshlandi. Bu rejaga Angliya kabinetining qator a’zolari achinish
bilan qaradilar. Angliya shu bilan chegaralanib qoldi. 6 mayda Derbi Shuvalovga nota taqdim qildi. Unda xabar berilishicha
Angliya   birinchidan   Rossiyani   Suvaysh   kanalini   Blokada   qilishiga
ikkinchidan   Misirni   okkupatsiya   qilishiga   ruxsat   beraolmasdi.   Bu   xech
bo’lmaganda   urush   vaqtida   umuman   zid   edi   uchinchidan   Konstantinopolni
bosib olinishi va to’rtinchidan fors qo’ltig’idagi ruslarning mavqeyi oshishiga
olg’a borishiga ruxsat bera olmasdi
Shuvalov   doimo   Angilya   Rossiya,   har   ikkala   tamonga   xam   birdek
xizmat   qilgan   u   Garchakov   bilan   mavjud   ziddiyatli   vaziyatni   bartaraf   qilish
maqsadida   Peterburgga   yetib   keldi   va   jiddiy   vaziyat   to’g’risidapoytaxtga
malumot   berdi   rus   xukumati   urush   boshlanishi   bilan   bir   qancha   maqbul
shartlarni nixoyasiga yetgazishni o’ylardi 
Ular   anglichanlarni   Misr   va   Suvaysh   masalasida   tinchlantirishga
shoshildi   Konstantinopol   va   qo’ltiq   masalasiga   kelsak,   rus   xukumati   bu
xududlarga davo qilmasliklarini anglichanlarga bildirdi Rus xukumati aloxida
etibor   qaratgan   narsa   Konstantinopol   va   qo’ltiq   tqdiri   umumdavlatlar
kelishuvi   asosida   bo’lishi   yoki   bo’lmasligi   edi   boshqacha   aytganda   Angilya
tamonidan   xal   qilinayotgan   bu   masalaga   Rossiya   aralashishga   jurat
etaolmasdi.  Rossiya bosh vaziri yuqorida keltirilgan vadalarni chegaralamadi
u   Shuvolovga   Rossiya   mo’tadil   shartlarga   ega   bo’lgan   tinchlik   kelishuvini
tayyorlab   qo’yganligini   xabar   berdi   bu   vaqtda   rus   askarlari   Bolqon
tizmasidan           kesib   o’tayotgan   edi.   Rus   hukumati   Konstantinopol
konferensiyasiga   judayam   jo’n   bo’lgan   so’ngi   talabnoma   variantini   taqdim
qildi 
“Konstantinopol konferensiyasi” 1876-1877-yillarda Rossiya, Angliya,
Germaniya,   Avstriya-Vengriya   va   Fransiya   davlatlari   boshliqlari   ishtirokida
Konstantinopol konferensiyasi bo’lib o’tdi.
1875-1876-yillarda Gersogovina va Bosniyada qo’zg’alon bo’lib o’tadi.
Serbiya   va   Chernogoriyada,   Bolgariyada   Turkiya   zulmiga   qarshi   harakatlar avj   oldi.   Shunday   sharoitda   Rossiya   hukumati   Bolqon   hududlarida
mustahkamlanib olishni maqsad qiladi va Turkiya zulmiga qarshi ko’tarilgan
bu   qo’zg’alonlarni   qo’llab-quvvatladi.   Konstantinopol   konferensiyasi   1876-
yilning 11-dekabrida o’z ishini boshladi va 1877-yilning 30-yanvariga qadar
davom etdi.
Konferensiyada   Rus   elchisi   sifatida   N.P.   Ignatyev   qatnashdi.   Ignatyev
bu   konferensiyada   boshqaruvchilk   rolini   o’ynagan   bo’lib   Bolgariya,
Gersogovina va Bosniyada Avtonom boshqaruv o’rnatilishiga erishdi.
Bolgariya   hududi   janubda   Rodop   tog’laridan   va   Adrianopolga   qadar
kengaytirildi.   Rossiya   tinchlik   kelishuvini   tezda   tayyorlab   janubi-g’arbiy
Bessarabiyaga   qaytdi.   Batumidan   voz   kechishidan   voz   kechdi.   Agar
Avstriya-Vengriya   Bosniya,   Gersogoviniyaga   ko’z   olaytiradigan   bo’lsa,
konpensatsiya to’lashga hukm qilinadigan bo’ldi.
Konstantinopolda   turgan   rus   askarlari   poytaxtni   okkupatsiya   qilsa,
Angliya  o’z  navbatida  neytralitet  holatini  saqlab  turushi  kerak  edi.1877  –yil
8-iyunda   Shuvalov   bu   dasturdan   lord   Derbini   habardor   qildi.   Britaniya
hukumati   rus   hukumatining   talabnomasini   rad   etdi.   Ular   hattoki
Konstantinopolda   rus   askarlarining   vaqtinchalik   turishlariga   ham   rozi
bo’lmasdi.
Bikonsfeldning   o’zi   Dardanelni   ushlab   qolish   maqsadida
Konstantinopolga   flot   yubordi.   Nufuzli   liberal   partiyasi   turklarga   yordam
berish g’oyasiga qarshi chiqishdi.
1877-yil   19-mayda   Angliya   hukumati   Rossiyaga   qarshi   ittifoq   tuzish
haqida   Avstriya   –Vengriya   bilan   muzokaralarni   boshlab   yubordi.   Berlin
kongressi   1878-yilning   13-   iyunidan   13-   iyuliga   qadar   davom   etdi.   Mazkur
kongressda   6   ta   buyuk   davlat   va   Turkiya   qatnashdi.   Bolqon   davlatlari
vakillari   Berlinga   kiritilgan   bo`lsada   biroq   ular   congress   ishtirokchilari
hisoblanmas edilar. Buyuk davlatlarning delegatsiyalari tashqi ishlar vazirlari yoki   bosh   vazirlar   bilan   boshqarilar   edi.   Besmark   Gorchakov,   Bekonsfeld,
Andrashi,   Baddington   va   Korti   congress   tashabbuskorlari   edilar.   Har   bir
delegatsiya bir necha odamdan iborat edi.  
Berlin   kongressidagi   rus   diplomatiyasining   ahvoli   og`ir   edi.   Negaki
Angliya   va   Avstriya   _Vengriya   Rossiyaning   do`shmanlari   edi.1877-yilning
oxirida   Fransiyada   Bekazning   o`rniga   Baddington   keldi.   U
respublikachilarning   ung   qanoti   vakili   edi.   U   kongressda   asosan   Angliyani
qo`llagan   edi.     Berlin   kongressi       1878-yilgi   San-Stefano   tinchlik
shartnomasining shartlarida Avstriya- Vengriya va Angliya noroziligi sababli
chaqirildi. 1878-yilning 5-noyabrida Avstriya –Vengriya qudratli davlatlarga
ya`ni   1856-yilda   Parij   shartnomasini   hamda   1871-yilda   London
shartnomasini   imzolagan   davlatlarga   yuzlandi.   Avstriya–Vengriya   bu
davlatlarga Venada Yevropa konferensiyasini chaqirishni taklif etdi. Mazkur
konferensiyaning maqsadi 1877-1878 yilgi Turk rus urushi natijasida yuzaga
kelgan   muommolarni   yechish   edi.   Rossiyaning   tashqi   ishlar   kansleri
Gorchakov kongressning chaqirilishiga ko`ngan bo`lsada lekin kongressning
Venada chaqirilishiga qarshi edi. 
U   Bismarkka   yuzlandi.     Bessmark   reyxstagda   nutq   so`zladi.   Angliya
o`zgacha   siyosat   yuritdi   Angliya   ko`proq   Rossiya   tomonidan   ko`rfazlarni
egallab olishidan qo`rqar edi. Ingliz hukumati mazkur chaqirilayorgan Berlin
kongressida   San   –Stefano   shartlarining   qayta   ko`rib   chiqilishini   talab   etdi.
Tashqi   ishlar   vaziri   graf   Berbining   o`rniga   kelgan   Solsberi   San_Stefano
shartnomasining   shartlari   Rossiyaning   sharqdagi   ta`sirini
kengaytirilayotganini   keskin   ma`lum   qildi.   Bekonsfeld   hukumati   harbiy
tayyorgarlikni   kuchaytirishni   boshladi.   Bu   bilan   u   Angliya   o`zining
talablarini Rossiya urush e`lon qilguniga qadar himoya qila olishini  ko`rsatib
qo`ymoqchi   bo`ldi.   Avstriya   –Vengriya   tashqi   ishlar   vaziri   graf   Andrashi
timsolida   urush   oldidan   qabul   qilgan   shartlarning   bekor   qilinishiga   undadi. Avstriya –Vengriya hukumati bir qator talablarni e`lon qildi. Mazkur talablar
1876-yilgi   Reyxstag   shartnomasi   va   1877-yilgi   Bo`dapesht   konvensiyasiga
nisbatan ancha salmoqli edi. Andrashening talablari Avstriya –Vengriyaning
ta`sir   doirasini   Bosniya   va   Gersegovenadan   janub   tomonga     kengaytirishni
ko`zlar   edi.   Undan   tashqari   Andrashining   talablari   Chernagoriyaning
dengizga   chiqishiga   imkon   bermagan.     Rossiya   bundan   norozi   edi.
Gorchakov   Avstriya   –Vengriyaga   yon   bosishga   qaror   qildi.Gorchakov
Avstriya   –Vengriyaning   talablari   Inglizlarning   talablariga   qaraganda   ancha
xavliroq   deb   hisobladi.   Uning   uylashicha   Angliya   Avstriya   –Vengriyasiz
Rossiya   bilan   urushishga   qodir   emas.   Shunga   qaramasdan   Gorchakov
Besmark   Avstriya   –Vengriyaga   talablarning   qisqartirilishi   masalasida   bosim
o`tkazishidan   umidini   o`zmadi.   Biroq   Bismark   Avstriya   –Vengriyaga   har
qanday ta`sir o`tkazishdan bosh tortdi. Rus hukumatining Avstriya –Vengriya
munosabatlariga nisbatan qabul qilgan qadamlariga qaramasdan Londondagi
rus   elchisi   Pyotr   Shuvalov   Solsberi   va   bosh   vazir   Bekonsfild   bilan   maxfiy
yozishmalar   olib   borishga   kirishdi.   Bu   bilan   u   Angliya   va   Avstriya   –
Vengriyaning   Rossiyaga   qrshi   qaratilgan   ittifoqini   oldindan   eslatib
quymoqchi   bo`ldi.   1878-yil   30-mayda   ingliz   rus   konvensiyasi   bilan
mustahkamlangan   mazkur   maxfiy   yozishmalar   Berlin   kongressining
chaqirilishi haqida ma`lum qilindi. Angliya hukumati Bessarabiyaning dunay
bo`yi   hududlari,   Ardagan,   Kars,   Batumining   Rossiyaga   qo`shilishiga   rozilik
berdi.   Shu   bilan   bir   qatorda   Angliya   Bolgariyaning   ikki   qismga   ya`ni
shimoliy va janubiy qismga bo`linishini talab etdi. Iyun oyining boshida Rus
hukumati  kongressning chaqirilishi masalasida Besmarkka yuzlandi. German
hukumati   Parij   shartnomasining   ishtirokchilari   bo`lgan   davlatlarga   Berlinda
bo`lib o`tadigan kongressga taklifnoma junatdi. 
  Rossiya   tomonidan   kansler   Gorchakov,   Londondagi   elchi   graf   Pyotr
Shuvalov va Berlindagi elchi P. Ubri; Avstriya tomonidan tashqi ishlar vaziri garf   Andrashi,   Germaniyadagi   elchi   graf   Karol   va   Rimdagi   elchi   Gaymerli;
Angliyadan bosh vazir graff Bekonsfeld, tashqi ishlar vaziri markiz Solsberi
va Berlindagi elchi lord Rossfel;  Germaniyadan esa kansler Besmark, tashqi
ishlar   vaziri   Byulov,   parijdagi   elchi   knyaz   Gogenloyi;   Fransiyadan   tashqi
ishlar   vaziri   Vaddington,   berlindagi   elchi   Graff   Sen-Valle;   Italiyadan   tashqi
ishlar   vaziri   graff   Korti   va   Germaniyadagi   elchi   Beloni;   Turkiyadan
Karapeodori poshsho, Mahmud Ali poshsho va berlindagi elchi Sadullaa Bey
qatnashdilar. 
Bundan tashqari kongressda gretsiya, Ruminiya, SErbiya Chernagoriya,
ishtirok   etdi.   Faqatgina   Ruminiya   va   Gretsiyaning   vakillari   majlisga
chaqirilardi. U ham bo`lsa faqatgina hal qilinayotgan masalalar Ruminiya va
Gretsiyaga   tegishli   bo`lgan   taqdirda   chaqirilgan.   Ular   umumiy   tinchlik
shartnomasini imzolamadilar. Birinchi bo`lib o`tgan majlisdayoq kongressga
boshliq   etib   Besmark   tanlandi.   Shunisi   diqqatga   sazovorki   eng   muhim
masalalar   kongressning   odatiy   majlislarida   emas   balki   Angliya   Avstriya   –
Vengriya va Rossiya vakillarining shaxsiy majlislarida hal qilingan. Bismark
ko`proq Angliya tomonidan va ayniqsa Avstriya tomonida bo`lar edi. Negaki
ular bilan ittifoqda bo`lish Germaniya uchun juda muhim hisoblangan. 
13-iyulda   Berlin   traktati   imzolandi.   Berlin   traktati   64   ta   moddadan
tashkil topdi.   Berlin traktatiga ko`ra Bolgariya Bolqondan shimolda bo`lgan
Bolgar viloyatlari bilangina cheklandi. Uning chegaralariga Makedoniya ham
kirmadi. 
Bolgariya   avtonom   davlat   deb   tan   olindi.   Bolgariyada   o`ziga   knyaz
saylash   huquqi   ta`minlandi.,   mamlakatda   qo`shin   o`shlab   turish   va   organlar
statuslarini   ishlab   chiqish   huquqi   ta`minlandi.   Bolgariyaning   Bolqondan
janubda   bo`lgan   viloyatlari   alohida   hudud   tashkil   etishdi.   Mazkur   hudud
Sharqiy   Ruminiya   degan   nom   oldi.   Sharqiy   Ruminiya   sultonning   bevosita
harbiy   va   siyosiy   hukmronligi   ostida   edi.   Shunga   qaramasdan   sharqiy Ruminiya   boshqaruvchilik   avtonomiyasidan   foydalanar   edi.   Sharqiy
Ruminiyaga xristianlardan chiqqan general gubernator boshchilik qilar edi. U
sulton   tomonidan   5   yilga   tayinlangan.   Sharqiy   Ruminiyaning   tashkilotlari
Yevropa komissiyalariga buysunar edi. Avstriya –Vengriya o`zining qo`shini
bilan   Bosniya   va   Gersogovenani   egallab   olish   huquqiga   ega   bo`ldiva
shuningdek   o`zining   boshqaruvini   olib   boorish   huquqini   qo`lga   kiritdi.
Qolaversa     Avstriya   –Vengriya   o`zining   garnizonlarini   yangi   bozor
sanjoqligida   ishlab   turish   imtiyoziga   ega   bo`ldi.   Chernagoriya   Turkiyadan
mustaqil   ekanligi   tan   olindi.     Unga     Adriyatika   dengizidagi   Antivari   porti
berildi.   Serbiya   va   Ruminiya   ham   Turkiyadan   mustaqil   deb   e`lon   qilindi.
Ruminiya   Dunay   buyi   uchastkasi   hisoblangan   Bessarabiyaning   evaziga
Dobrudjani   oldi.       Dunay   Yevropa   komissiyasining   huquqlari   kengaytirildi.
Mazkur   komissiyaning   tarkibiga   Ruminiyaning   vakili   ham   taklif   etildi.
Batumi, Kars, Ardagan okruglari bilan birgalikda Rossiyaga qo`shildi. Kotur
Eronga   chekindi.   Ruminiya   Serbiya   va   Cherenogoriya   Bolgariya   va
shuningdek   sultonning   barcha   mulklarida   ee`tiqod   erkinligi   e`lon   qilingan
edi.   Bundan   tashqari   Bracha   dindagi   shaxslar   uchun   fuqarolik   va   siyosiy
huquq ta`minlandi. Berlin traktatining yakunlovchi moddasi 1856-yilgi pasrij
shartnomasi   va   1871-yilgi   London   shartnomasida   o`zgartirish   kiritilgan
qarorlarni   o`zida   aks   etdi.     Berlin   traktati   aholining   qiziqishlarini   inobatga
olmadi.   Turkiyaga   qarshi   birinchi   bo`lib   qo`zg`alon   ko`targa   Bosniya   va
Gersogovina   endilikda   Avstriya   –Vengriyaga   buysunishni   istamadi   va
naetijada   Avstriya   –Vengriya   okkupatsiya   paytida   u   yerdagi   katta
qo`zg`alonni   boshtirdi.   Berlin   traktati   muhim   xalqaro     hujjat   hisoblansada
traktat qarorlarining  bir  qismi  vaziyat kuchi bilan bekor qilingan  edi.  Berlin
traktati   1913-yilgi   Bolqon   urushlariga   qadar   amalda   bo`lgan.   1885-yilda
Bolgariya   va   sharqiy   Ruminiya   birlashtirildi.   1886-yilda   Rossiya   Batumida Porto-Frankoni   bekor   qildi.   1908-yilda   Avstriya-Vengriya     Bosniya   va
Gersogovinaning okkupatsiyasini anneksiyaga aylantirdi.  Aabiyotlar 
1. Black Jeremy. A History of Diplomacy . London, Reaktion Books Ltd, 2010 
2. Xolliev A. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi. –  Т ., 2014. 
3. Богатуров А.Д., Аверков В.В. История международных отношений. 1945- 
2008. М., 2010. 
4. История международных отношений. Основные этапы с древности до 
наших дней. – М., Логос, 2007. / под ред. Г.В.Каменской, О.А.Колобова, 
Э.Г.Соловьева. 
5. Системная история международных отношений. 1918-2003. В четырех 
томах. Отв. Ред. А.Д.Богатуров. М.,2003. Qo’shimcha adabiyotlar: 
6. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан 
бирга қурамиз. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 488 б. 
7. Бажанов Е.П., Бажанова Н.Е. Многополюсный мир. М., 2010. 
8. Бережков В.М. Страницы дипломатической истории. 4-ое издание. М., 
1987. 
9. Буданова В.П. Готы в эпоху великого переселения народов. М., 1990. 
10.Дулина Н.А. Османская империя в международных отношениях (30-40- 
годы XIX века). М.,1980. 
11.3агорский А.В. Хельсинский процесс: Переговоры в рамках Совещания по
безопасности и сотрудничеству в Европе 1972-1991 гг. М., 2005. 
12.Ивонин Ю.Е. У истоков Европейской дипломатии нового времени. 
Минск,1984. 
13.История дипломатии. М.,1959-1963 гг. T.I; II. 14.Лебедева М.М. Мировая 
политика М., 2003.

Mavzu: Rus-Turk urushi (1877-1878) va Berlin kongressi. Reja. 1. Rus-Turk urushining diplomatik tayyorlanishi. 2. Rus-turk urushi davrida Yevropa davlatlari diplomatiyasi. 3. San-Stefano tinchlik shartnomasi. 4. Berlin kongressida diplomatik ziddiyatlar.

Gorchakov A. M. (1798-1883) diplomatiyasi1875-yilda Gersogovina va Bosniyada Turkiya mustamlakachiligiga qarshi qo’zg’alon ko’tarildi. Ular milliy mustaqillikni talab qildilar. Bolgariyada ham shunday qo’zg’alon ko’tarildi. Biroq, qo’zg’alon shavqatsizlik bilan bostirildi. Bolqon inqirozi buyuk davlatlarning manfaatini yana bir bor to’qnashtirdi.1876-yil Serbiya- Turkiya urushida Turkiyaning qo’li baland kela boshladi. Shunday sharoitda Rossiya Turkiyadan Serbiya bilan yarash bitimi imzolashni va armiyasini demobilizatsiya qilishini talab etdi. Biroq Turkiya bu talabning bajarilisini paysalga soldi. Nihoyat, Rossiya bu masalada Turkiyaga ultimatum topshirdi. Shu tariqa, Serbiya halokatdan saqlab qolindi. Turkiya Serbiya bilan tinchlik shartnomasi tuzgan bo’lsada o’z armiyasini demobilizatsiya qilmadi. Bu Rossiya uchun ayni mudda bo’ldi. London protokolidan so’ng ko’p o’tmay (1877-yil 15-aprelda) Rossiya Turkiyaga 7ta piyoda askarlar polka va 2ta o’qchi diviziya bilan javob qaytardi.16-aprelda Ruminiya bilan imzolagan shartnomaga ko’ra, rus askarlari uning hududi orqali o’tishlari kerak edi. 23-aprelda Rossiya Turkiya bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Podsho Rossiyasining askarlari namoyishkorona mobilizatsiya qilindi. Endilikda ularni chekintirish juda mushkul bo’lib qoldi. Turkiya slavyanlarga homiylik qilishga intilmadi, bu esa uni yana obro’sini tushirib yubordi. Podsho Kshenyovga yetib keldi uyerda oily qo’mondon qarorgohi joylashgan edi 1877-yil 24-aprelda Turkiyaga urush e’lon qilish haqida manifest imzoladi. Iyunning oxirlarida Bolqon hududida faol harbiy harakatlar boshlandi. Bikonsfeldning fikri bilan rus-turk urushi Dardanelni okkupatsiya qilish bilan boshlandi. Bu rejaga Angliya kabinetining qator a’zolari achinish bilan qaradilar. Angliya shu bilan chegaralanib qoldi.

6 mayda Derbi Shuvalovga nota taqdim qildi. Unda xabar berilishicha Angliya birinchidan Rossiyani Suvaysh kanalini Blokada qilishiga ikkinchidan Misirni okkupatsiya qilishiga ruxsat beraolmasdi. Bu xech bo’lmaganda urush vaqtida umuman zid edi uchinchidan Konstantinopolni bosib olinishi va to’rtinchidan fors qo’ltig’idagi ruslarning mavqeyi oshishiga olg’a borishiga ruxsat bera olmasdi Shuvalov doimo Angilya Rossiya, har ikkala tamonga xam birdek xizmat qilgan u Garchakov bilan mavjud ziddiyatli vaziyatni bartaraf qilish maqsadida Peterburgga yetib keldi va jiddiy vaziyat to’g’risidapoytaxtga malumot berdi rus xukumati urush boshlanishi bilan bir qancha maqbul shartlarni nixoyasiga yetgazishni o’ylardi Ular anglichanlarni Misr va Suvaysh masalasida tinchlantirishga shoshildi Konstantinopol va qo’ltiq masalasiga kelsak, rus xukumati bu xududlarga davo qilmasliklarini anglichanlarga bildirdi Rus xukumati aloxida etibor qaratgan narsa Konstantinopol va qo’ltiq tqdiri umumdavlatlar kelishuvi asosida bo’lishi yoki bo’lmasligi edi boshqacha aytganda Angilya tamonidan xal qilinayotgan bu masalaga Rossiya aralashishga jurat etaolmasdi. Rossiya bosh vaziri yuqorida keltirilgan vadalarni chegaralamadi u Shuvolovga Rossiya mo’tadil shartlarga ega bo’lgan tinchlik kelishuvini tayyorlab qo’yganligini xabar berdi bu vaqtda rus askarlari Bolqon tizmasidan kesib o’tayotgan edi. Rus hukumati Konstantinopol konferensiyasiga judayam jo’n bo’lgan so’ngi talabnoma variantini taqdim qildi “Konstantinopol konferensiyasi” 1876-1877-yillarda Rossiya, Angliya, Germaniya, Avstriya-Vengriya va Fransiya davlatlari boshliqlari ishtirokida Konstantinopol konferensiyasi bo’lib o’tdi. 1875-1876-yillarda Gersogovina va Bosniyada qo’zg’alon bo’lib o’tadi. Serbiya va Chernogoriyada, Bolgariyada Turkiya zulmiga qarshi harakatlar

avj oldi. Shunday sharoitda Rossiya hukumati Bolqon hududlarida mustahkamlanib olishni maqsad qiladi va Turkiya zulmiga qarshi ko’tarilgan bu qo’zg’alonlarni qo’llab-quvvatladi. Konstantinopol konferensiyasi 1876- yilning 11-dekabrida o’z ishini boshladi va 1877-yilning 30-yanvariga qadar davom etdi. Konferensiyada Rus elchisi sifatida N.P. Ignatyev qatnashdi. Ignatyev bu konferensiyada boshqaruvchilk rolini o’ynagan bo’lib Bolgariya, Gersogovina va Bosniyada Avtonom boshqaruv o’rnatilishiga erishdi. Bolgariya hududi janubda Rodop tog’laridan va Adrianopolga qadar kengaytirildi. Rossiya tinchlik kelishuvini tezda tayyorlab janubi-g’arbiy Bessarabiyaga qaytdi. Batumidan voz kechishidan voz kechdi. Agar Avstriya-Vengriya Bosniya, Gersogoviniyaga ko’z olaytiradigan bo’lsa, konpensatsiya to’lashga hukm qilinadigan bo’ldi. Konstantinopolda turgan rus askarlari poytaxtni okkupatsiya qilsa, Angliya o’z navbatida neytralitet holatini saqlab turushi kerak edi.1877 –yil 8-iyunda Shuvalov bu dasturdan lord Derbini habardor qildi. Britaniya hukumati rus hukumatining talabnomasini rad etdi. Ular hattoki Konstantinopolda rus askarlarining vaqtinchalik turishlariga ham rozi bo’lmasdi. Bikonsfeldning o’zi Dardanelni ushlab qolish maqsadida Konstantinopolga flot yubordi. Nufuzli liberal partiyasi turklarga yordam berish g’oyasiga qarshi chiqishdi. 1877-yil 19-mayda Angliya hukumati Rossiyaga qarshi ittifoq tuzish haqida Avstriya –Vengriya bilan muzokaralarni boshlab yubordi. Berlin kongressi 1878-yilning 13- iyunidan 13- iyuliga qadar davom etdi. Mazkur kongressda 6 ta buyuk davlat va Turkiya qatnashdi. Bolqon davlatlari vakillari Berlinga kiritilgan bo`lsada biroq ular congress ishtirokchilari hisoblanmas edilar. Buyuk davlatlarning delegatsiyalari tashqi ishlar vazirlari

yoki bosh vazirlar bilan boshqarilar edi. Besmark Gorchakov, Bekonsfeld, Andrashi, Baddington va Korti congress tashabbuskorlari edilar. Har bir delegatsiya bir necha odamdan iborat edi. Berlin kongressidagi rus diplomatiyasining ahvoli og`ir edi. Negaki Angliya va Avstriya _Vengriya Rossiyaning do`shmanlari edi.1877-yilning oxirida Fransiyada Bekazning o`rniga Baddington keldi. U respublikachilarning ung qanoti vakili edi. U kongressda asosan Angliyani qo`llagan edi. Berlin kongressi 1878-yilgi San-Stefano tinchlik shartnomasining shartlarida Avstriya- Vengriya va Angliya noroziligi sababli chaqirildi. 1878-yilning 5-noyabrida Avstriya –Vengriya qudratli davlatlarga ya`ni 1856-yilda Parij shartnomasini hamda 1871-yilda London shartnomasini imzolagan davlatlarga yuzlandi. Avstriya–Vengriya bu davlatlarga Venada Yevropa konferensiyasini chaqirishni taklif etdi. Mazkur konferensiyaning maqsadi 1877-1878 yilgi Turk rus urushi natijasida yuzaga kelgan muommolarni yechish edi. Rossiyaning tashqi ishlar kansleri Gorchakov kongressning chaqirilishiga ko`ngan bo`lsada lekin kongressning Venada chaqirilishiga qarshi edi. U Bismarkka yuzlandi. Bessmark reyxstagda nutq so`zladi. Angliya o`zgacha siyosat yuritdi Angliya ko`proq Rossiya tomonidan ko`rfazlarni egallab olishidan qo`rqar edi. Ingliz hukumati mazkur chaqirilayorgan Berlin kongressida San –Stefano shartlarining qayta ko`rib chiqilishini talab etdi. Tashqi ishlar vaziri graf Berbining o`rniga kelgan Solsberi San_Stefano shartnomasining shartlari Rossiyaning sharqdagi ta`sirini kengaytirilayotganini keskin ma`lum qildi. Bekonsfeld hukumati harbiy tayyorgarlikni kuchaytirishni boshladi. Bu bilan u Angliya o`zining talablarini Rossiya urush e`lon qilguniga qadar himoya qila olishini ko`rsatib qo`ymoqchi bo`ldi. Avstriya –Vengriya tashqi ishlar vaziri graf Andrashi timsolida urush oldidan qabul qilgan shartlarning bekor qilinishiga undadi.