logo

Yevropa davlatlarining Vena kongressi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

123.5 KB
Mavzu:   Yevropa  davlatlarining   Vena kongressi
Reja:
                   1.Vena  kongressining  chaqirilishining sabablari.
                   2. Vena  kongressida  ishtirok  etgan  davlatlar.
                   3.Vena  kongressida  qabul qilingan qarorlar.
                   4.Vena kongressini o‘tkazishning tashkiliy masalalari.
                   5.Vena kongressi natijalari.  
                   6.  Muqaddas ittifoq.
1 1.Vena  kongressining  chaqirilishining sabablari.
1814-1815   -yillardagi   Vena   (Avstriya)   kongressi     Yevropa   davlatlarining
konferensiyasi bo‘lib, bu konferensiya davomida,  1789-yildagi fransuz inqilobi va
Napoleon   urushlari   natijasida,   vayron   bo‘lgan   feodal-absolyutizmni   tiklash   va
Yevropa   davlatlarini   yangi   chegaralarini   belgilab   bergan,   shartnomalar   tizimi
ishlab   chiqildi.     1814-yil     sentyabrdan   to   1815-yil   iyunigacha   Avstriya   poytaxti
Venada avstriyalik diplomat graf   Aleksandr   Metternix boshchiligida o‘tkazilgan
kongressda,   Yevropadagi   barcha   davlat   vakillari   (Usmoniylar   imperiyasidan
tashqari)   ishtirok   etdi.   Muzokaralar   maxfiy   va   ochiq   bahslar,   fitna   va   yashirin
kelishuvlar sharoitida o‘tdi.
1814 - yil   30 - martda   ittifoqchilar   Parijga   kirishdi.   Bir   necha   kundan   keyin ,
Napoleon   taxtdan   chetlatildi   va   Elba   oroliga   surgun   qilindi.   Fransiya   taxtiga
inqilob   vaqtida   ag‘darib   tashlangan   Burbonlar   sulolasi   vakili,   qatl   etilgan   qirol
Lyudovik   XVI   ning   akasi   Lyudovik   XVIII   o‘tirdi.   Yevropadagi   tinimsiz   davom
etgan   qonli   janglar   davri   tugadi.   1814-yilda   Fransiya   ustidan   g‘alaba   qilgan
davlatlarning     g’alabasini     mustahkam   deb   bo‘lmasdi.   Fransuz   inqilobi   va
Napoleon urushlari natijasida,  iqtisodiyot va siyosatga berilgan kuchli zarbalardan
keyin,   inqilobgacha   bo‘lgan   tuzumni   tiklash   nafaqat   og‘ir,   balki,   ishonchsiz   ham
edi.         XVIII-XIX   asrlar   davomida   Yevropada   xalqaro   vaziyat   juda   ham   notinch
edi.   Bu   qo‘zg‘olonlar,   xavfli   inqilobiy   vaziyatlar,   keng   miqyosidagi   bosqinchilik
yurishlari va boshqalar edi.  Umumiy jihatdan oxir-oqibat u yoki bu darajada Vena
kongressi   chaqirilishiga   sabab   bo‘lgan   tarixiy   voqealarni   quyidagicha   guruhlash
mumkin:
             1.Fransuz inqilobi.  Bu voqea XVIII asr oxiridagi eng muhim voqea bo‘lib
keyingi   yillarda   Yevropadagi   va   butun   dunyodagi   xalqaro   munosabatlarga   jiddiy
ravishda   ta’sir   ko‘rsatdi.   Ko‘pgina   tarixchilar   Fransuz   inqilobini   «Buyuk»   deb
ataydi,   chunki   u   o‘zida   XVIII   asr   oxirida   Fransiya   ro‘y   bergan   yirik   ijtimoiy
o‘zgarishlarni   mujassamlashtirgan   va   natijada   eski   tartiblar   yo‘q   qilindi.   Uning
boshlanishiga   1789-yilda   Bastiliyaning   egallab   olinishi   turtki   bo‘ldi   va   uning
yakunini   turli   tarixchilar   turlicha   belgilaydilar,   ya’ni   1794-yildagi     9   termidor
2 to‘ntaruvi   yoki   1799-yildagi   18-bryumer   to‘ntaruvi.     Fransuz   inqilobining   asosiy
natijasi,   bu   Fransiyani   absolyut   monarxiyadan   amalda   erkin   fuqarolardan   tashkil
topgan respublikaga aylanishi bo‘ldi.
       2.Prussiya va Angliya  urush bilan Rossiyaga tahdid qiladigan vaziyatning
vujudga kelishi. Bu vaziyat A.V.Suvorovning Moldaviyadagi muvaffaqqiyatlari va
Rossiyaning   Boltiq   bo‘yicha   ta’siri   kuchayib   ketishi   natijasida   yuzaga   keldi.
Natijada,   ingliz   diplomati   Uilyam   Pit   Rossiyani   Yevropaning   sharqida
mustahkamlanib olishiga xalaqati qilish yo‘llarini izlay boshladi.
              3.Antifransuz   koalitsiyasining   tashkil   etilishi   va   ommaviy   ravishda
Fransiyaga   qarshi   yirik   jangga   tayyorgarlikning   boshlanishi.   1793-yil   bahorida
mazkur   koalitsiya   tarkibiga   Angliya,   Rossiya,   Avstriya,   Prussiya,   Ispaniya,
Gollandiya   va   boshqa   davlatlar   kirardi.   Mazkur   koalitsiyaning   maqsadi   nafaqat
fransuz inqilobini bo’g‘ib qo‘yish, balkim  Fransiyadan uning hududini bir qismini
tortib olish edi.
              4.Gollandiyaning Fransiyadan  mustaqil  bo‘lgan hududga aylanishi.  Bu
kabi imkoniyat antifransuz koalitsiyasining dastlabki harakatlari natijasida yuzaga
kelishi   mumkin   edi.   Uning     eng   omadsiz   natijalaridan   biri   1795-yilda   Bazelda
Fransiya   va   Gollandiya   o‘rtasida   tinchlik   sulhi   imzolanishi   bo‘ldi   va   unga   ko‘ra
Gollandiya Fransiyadan mustaqil bo‘lgan Bataviya respublikasiga aylandi.
              5.1794-yildagi   Polsha   qo‘zg‘oloni.   1794-yilda   Krakov   shahrida
ko‘tarilgan   qo‘zg‘olon   butun   Polsha   hududini   qamrab   oldi.   Uni   general   Tadeush
Kostyushko   boshqardi.   Qo‘zg‘olon   bostirilishi   natijasida   «Polshaning   uchinchi
marotaba bo‘lib olinishi» deb nomlangan voqea sodir bo‘ldi. Bu bo‘lish natijasida
Rech   Pospolitaya   amalda   yo‘q   bo‘ldi   va   natijada   Rossiyaga   Litva,   Kurlyandiya,
Nemagan va Bugadagi belorus va ukrain yerlari qo‘shib olindi.
                6.Turkiya   va   Rossiya   o‘rtasida   kelishmovchilikning   vujudga   kelishi.
1878-yilda   Turkiya   Rossiyadan   Qrimni   qaytarish   va   Gruziyani   turklar   vassali
sifatida   tan   olishni   ultimatum   tarzda   talab   qildi.   150   ming   kishilik   armiyani
tayyorlab turk hukumati Ukraina sohillariga kirishni va bir vaqtda sharq tomondan
Anapani bosib olib Kuban tomonga harakat qilishni rejalashtirdi.
3                 7.Hokimiyat   tepasiga   Napoleon   Bonapartning   kelishi   va   ko‘p   sonli
Napoleon urushlarining paydo bo‘lishi.
                Yuqoridagilarga   asoslanib   xulosa   qiladigan   bo‘lsa   yuqorida   sanab
o‘tilgan   Yevropadagi   voqealar     u   yoki   bu   darajada   yetakchi   davlatlarning
boshliqlari oldiga xalqaro konferensiya chaqirish zaruriyatini vujudga keltirdi. 
    2. Vena  kongressida  ishtirok  etgan  davlatlar.
                    Vena   kongressi   1814-yil   sentabr   oyidan   ish   boshladi.     Kongressda
Yevropani “qutqaruvchisi” bo’lib olgan Aleksandr I yetakchilik qildi. Kongressda
Yevropaning 216 ta davlatidan hukumdorlar va diplomat vakillari qatnashdi. Unda
faqatgina   Turkiya   imperiyasi   ishtirok   etmadi.     Vena   Kongressida   216   ta   davlat
vakillari qatnashgan bo’lsada bosh ijrochi vazifasini Rossiya, Angliya, Avstriya va
Prussiya ya’ni shu davlatlar vakillari bajarishdi. Vena kongressida Yevropadan 2 ta
imperator, 4 ta qirol, 2 ta shahzoda, 3 ta gersoginiya, 215 ta knyazlik xonadonlari
vakillari va Yevropa diplomatiyasining butun a’zolari ishtirok etdi.
                    1. Rossiya   tomondan   kongressga   I. Aleksandr ,   K.V.Nesselrode   va
A.K.Razumovskiy (maxsus komissiya ishida Iogann fon Anstett) ishtirok etdi;
           2.Buyuk Britaniyadan-R.S.Kaslri va A.U.Vellington;
           3.Avstriyadan-Frans I, K.Metternix,
           4.Prussiydana-K.A.Gardenberg, V.Gumboldt,
           5.Fransiyadan-Sharl Moris de Taleyran-Perigor
           6.Portugaliyadan-Pedro de Souza Golshteyn de Palmela
           7.Shvetsiyadan-graf Karl Aksel Ayovenxelm.
  3.Vena  kongressida  qabul qilingan qarorlar:
4   Vena   kongressining   barcha   qarorlari   Vena   kongressining   yakuniy   aktida
to‘plangan edi. 
    1. Kongress yangi Niderlandiya qirolligi tarkibiga, Avstriya Niderlandiyasini
(hozirgi   Belgiya)   kirishini   taqiqladi,   biroq   Avstriyaning   qolgan   qismi   ustindan
to‘liq   nazorat,   Gabsburglar   sulolasi   nazorati   ostiga   o‘tdi,   xususan   Lombardiya,
Venetsiya viloyati, Toskana, Parma va Tirol.
   2.  Prussiyaga Saksoniyaning bir qismi, Vestfaliya va Reyn viloyatining katta
qismi nasib qildi. 
    3. Fransiyaning sobiq ittifoqchisi Daniya S h vetsiyaga berilgan Norvegiyadan
ajralib qoldi. 
   4. Italiyada esa Vatikan va Papa viloyati ustidan Rim papasining hukmronligi
tiklandi  va   Burbonlarga esa Ikkala Sitsiliya ham qaytarib berildi. 
   5. Germaniya ittifoqi  tashkil etildi. 
   6. Napoleon tomonidan tuzilgan Varshava gersogligi ,  Polsha podsholigi nomi
bilan   Rossiya   imperiyasi   tarkibiga   kir itil di,   rus   imperatori   Aleksandr   I   esa   bir
vaqtda Polsha qiroliga ham aylandi. 
      7. Avstriya   Kichik   Polshaning   janubiy   qismini   va   Chervon   rusining   katta
qismi,   Zalsburg,   Italiyadan   Lombardiya,   Venetsiya   respublikasi,   Modena,   Parma,
Toskana gersogliklarini oldi.
    8.Buyuk Polshaning g‘arbiy qismi Poznan shahri bilan birgalikda va polyak
Pomoresi   Prussiyaga   qaytarildi.   Vena   Kongressida   Polsha     to’rtinchi   marta
bo’lindi.   Yangi   bo’linish   natijasida,   Polshada   uch   hukmdorlik   qiluvchi   davlatlar
paydo   bo’ldi.   Bular   Rossiya,   Avstriya,   va   Prussiya   edi.   Faqatgina   Krakov   bahsli
hudud bo’lib qolib, u mustaqil shahar etib belgilandi. Krakovga birlashgan boshqa
mayda hududlar bilan birgalikda mustaqil mayda respublika tuzildi. Polshaning bu
ko‘rinishda bo‘linishi tarix fanida «Polshaning to‘rtinchi bo‘linishi» deb ataladi.
        9.Shvetsariyaning   betarafligi   xalqaro   miqyosida   e’tirof   etildi.   Betaraf
siyosatning   e’lon   qilinishi ,   S h ve t sariyaning   keyingi   rivojlanishida   juda   muhim
ahamiyat   kasb   etdi.   Betaraflik   natijasida,   u   nafaqat   o‘z   hududini   XIX   asr   va   XX
5 asrdagi   vayronkor   urushlardan   himoya   qildi,   balki   urushayotgan   tomonlar   bilan
manfaatli shartnomalar imzolab mamlakat iqtisodiyotini jonlantirdi.
              Vena     kongressi     natijasida     Rossiya,   Prussiya,   Avstriya   va   Buyuk
Britaniya         kabi     davlatlar     yetakchi     mavqeiga     ega     bo’lib     oldi.     Shuningdek,
Yevropa    davlatlarining    Usmonli     turklar     imperiyasiga    qarshi    Muqaddas     liga
ittifoqi   ham   tuziladi.   Ba’zi   diplomatik   munosabatlarga   ham   aniqlik   kiritildi.
Vena   tizimi   amalda   bo‘lgan   vaqtda   siyosiy   muvozanat   tushunchasi   ancha   keng
ma’noni   anglatadi.   Vena   tizimi   natijasida   o‘rnatilgan   kuchlar   nisbati   Ye vropada
urush   va   qurolli   to‘qnashuvlar   butunlay   to‘xtatildi.   Vena   xalqaro   tizimining
maqsadi   N apoleon   urushlari   natijasida ,   yuzaga   kelgan   kuchlar   nisbatini,   milliy
davlatlar chegaralarini mustahkamlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Rossiya
uzil-kesil   Finlandiya,   Bessarabiyada   mustahkamlanib   oldi   va   o‘z   g‘arbiy
chegaralarini   Avstriya   va   Prussiya   tomonidan   o‘zaro   bo‘lib   olingan   Polsha
hisobidan   kengaytirdi.     Vena   tizimi   Yevropaning   yangi   geografik   xaritasini   va
yangi   geosiyosiy   kuchlar   nisbatini   qayd   etdi.   Bu   tizim   asosida   geografik
hududlarni nazorat qilishni imperiya tartibi joriy etildi. Vena tizim i  vaqtida  Buyuk
Britaniya   (1876),   Germaniya   (1871),   Frans iya   (1852)   imperiyalari   tashkil   topdi.
1877 - yilda turk sultoni “Usmoniylar imperatori” unvonini oldi. Rossiya  esa   ancha
ilgari, 1721 - yilda imperiya bo‘lgan edi.
Global betaraflik davri tugagan bo‘lishiga qaramay ,   Vena tizimi ham oldingi
Vestfal   tizimi   kabi   ye vrosentristik   x ususiyat   kasb   etdi.   Dastlab   umumbashariy
ahamiyat   kasb   etmagan   Vestfal   tizimi   G‘arbiy   va   Markaziy   Yevropani   qamrab
oldi.   Keyinchalik   u   o‘z   ta’sir   doirasiga   Sharqiy   Yevropa,   Rossiya,   O‘rta   yer
dengizi hududi, Shimoliy Amerikani ham kiritdi. Xalqaro munosabatlarning Vena
tizimi   esa   faqatgina   yetakchi   davlatlar   mustamlaka   urushi   olib   borgan   yoki
mustamlaka   sifatida   boshqargan   hududlar   uchun   amal   qilgan.   Afyun   urushlari
natijasida   Ye vropa   davlatlari   bilan   noteng   shartnomalar   tuzgan   Xitoy   Vena
tizimidan   chetda   qoldi.   XIX     asr   ikkinchi   yarmidan   dunyo   uchun   ochilgan
Y a poniya ham Vena tizimiga jalb etilmagan edi.   Ayni vaqtda Vena tizimi vaqtida
Ye vropa   tarixi     asta-sekinlik   bilan   dunyo   tarixiga   aylandi.   Vena   kongressida
6 mustamlakalar   rasmiy   ravishda   mustahkamlanmadi.   Birinchi   jahon   urushining
asosiy   sabablaridan   biri   ham   mustamlakalarni   qayta   bo‘lib   olish   edi.
Modernizatsiya   jarayoni,   kapitalistik   munosabatlar   rivoji,   burjua   inqiloblari
faollashdi.   Vena   tizim i ning   o‘ziga   xosligi   faqatgina ,   status-kvoni   saqlab   qolish
borasidagi   umumiy   manfaat   emas,   balkim   uning   ishtirokchilari   o‘rtasidagi
modernizatsiya   darajasi   edi.   Buyuk   Britaniya   va   Fransiyada   ilmiy-texnikaviy
inqiloblar ro’y berayotgan bo‘lsa, Avstriya va Prussiya bu borada ancha ortda edi.
Vena   kongressidagi   yetakchi   davlat,   Yevropada   tinchlik   va   barqarorlikning   kafili
bo‘lgan Rossiyada texnik taraqqiyot umuman yo‘q edi.
      Vena tizimi shakllanayotgan vaqtda uning ishtirokchilari bir xil boshqaruv
shakliga   (monarxiya)   ega   bo‘lgan,   shuning   uchun   uzoq   vaqt   u   bir   tipdagi   edi.
Tadqiqotchilar   tizimni   ancha   chidamli   ekanligini   e’tirof   etishadi.   Urushlar,
inqiloblar,   xalqaro   inqirozlarga   qaramay   xalqaro   tizim   deyarli   o‘zgarmay   qoldi.
Amalda Vena kongressidan to  b irinchi jahon urushigacha bo‘lgan davrda   y etakchi
davlatlar   ro‘yxati   o‘zgarmadi.   Yetakchi   davlat   hukmron   doiralari   amal   qilgan
qonun-qoidalar xalqaro vaziyatdan butunlay farq qilar edi. Amalda esa u yetakchi
davlatlarning   xalqaro   masalalarni   kelishuvlar   va   koalitsion   bitimlar   orqali   hal
etishga   urinishiga   olib   keldi.   Yevropa   konserti   tizimi   faqatgina   siyosiy   sohani
qamrab   olgan   bo‘lib   ichki   iqtisodiy   va   tashqi   siyosat   masalalariga   faqatgina
inqirozli   vaziyatlarda   ta’sir   ko‘rsatardi.   Diplomatiya   ta’sir   doirasi   mutloqo
avtonom   bo‘lib   ayrim   masalalarni   hal   etgan   x olos.   S h uning   uchun   diplomatlar
qandaydir   ichki   siyosiy   yoki   iqtisodiy   faktorlar   bilan   chegaralanmagan.   Ye vropa
konserti   tizim   amalda   bo‘lgan   vaqtda   barcha   rivojlangan   davlatlarda
kelishmovchiliklarni hal etishni tinch yo‘l bilan hal etish borasida yagona normativ
aktlar   qabul   qilingan   edi.   Amalda   Ye vropaning   barcha   yirik   davlatlarining
manfaatlari   (Rossiya   va   Buyuk   Britaniyadan   tashqari)   Ye vropa   bilan   cheklangan
edi. Bir vaqtning o‘zida dunyoda faol mustamlakachilik siyosati davom etayotgan
edi.
         4.Vena kongressini o‘tkazishning tashkiliy masalalari.
7                 Vena   kongressining   tashkil   etilishi   va   o‘tkazilishi   Yevropa   davlatlari
uchun   ham   va   butun   dunyo   uchun   ham   katta   voqea   edi.   Uning   o‘tkazilishi
borasidagi   ba’zi   masalalarni   batafsil   ko‘rib   o‘tamiz.   Maqsadi:   Dastlab   Vena
kongressi fransuz imperatori Napoleon Bonapartning taqdirini hal etishi va bu kabi
holatlarni   oldini   olish   choralarini   ishlab   chiqish   uchun   chaqirilgan   edi.   Biroq,
Avstriya kansleri Metternixning maslahatchisi, Vena kongressi bosh kotibi Fridrix
Gens 1815-yilda quyidagilarni yozgan edi: «Yevropani siyosiy tizimini va ijtimoiy
qayta   tashkil   etish   borasidagi   chaqiriqlar»,   «kuchlarni   adolatli   taqsimlanishiga
asoslangan   abadiy   tinchlik»   va   shunga   o‘xshash   boshqa   chaqiriqlar   olomonni
tinchlantirish   uchun   va   mazkur   yig‘ilishga   bir   qadar   e’tiborni   oshirish   uchun
aytilgan   edi.   Lekin   Kongressining   asl   maqsadi   mag‘lubning   meroslarini   g‘oliblar
o‘rtasida taqsimlab olish edi. Aslida ham Kongressning barcha ishtirokchilari nima
qilib   bo‘lsa,   ham   Napoleonni   yengishda   qo‘shgan   hissasi   uchun   o‘ziga   ko‘proq
ulush   olishga   intildi.   Vena   kongressining   o‘tkazilish   davri   1814-yil   sentyabrdan
1815-yil iyungacha edi.
                Ishtirokchilar   soni   va   tarkibi:   Kongressda   Yevropaning   g‘olib
davlatlaridan   216   delegat   ishtirok   etdi.   Rossiya   delegatsiyasiga   imperator
Aleksandr I, Buyuk Britaniyaga-Keslri, sal keyinroq esa –Vellington, Avstriyaga-
Frans I, Prussiyaga-Gardenberg, Fransiyaga-Sharl-Moris Taleyran boshchilik qildi.
Kongressidagi   muhim   masalalarni   hal   etishda   Aleksandr   I   va   avstriyalik   kansler
Metternix muhim rol o‘ynadi. Undan tashqari, Tayleranning sayi-harakatlari bilan
mag‘lub Fransiya  ba’zi  masalalarda  o‘z manfatlarini  muvaffaqqiyatli  himoya qila
oldi. Vena kongressi ishchirokchilarining rejalari: Vena kongressiga kelgan barcha
delegatsiyalarning o‘z maqsadlari bor edi.
                            1.Qo‘shini   Yevropaning   markazida   turgan  Aleksandr   I   bosib   olingan
hududlardan  chekinmoqchi   emasdi.  U  o‘z  homiyligi   ostida  Varshava  gersogligini
tuzish va unga o‘z konstitutsiyasini taqdim etmoqchi edi. Bu rejani amalga oshirish
evaziga   o‘z   ittifoqdoshi   Fridrix   Vilgelm   III   ni   hafa   qilmaslik   uchun   Aleksandr
Prussiyaga Saksoniyani berishni talab qildi.
8                             2.   Avstriya   Napoleon   tomonidan   bosib   olingan   o‘z   hududlarin   to‘liq
qaytarishni va Rossiya va Prussiyani kuchayib ketishini rejalashtirgan edi.
                            3. Prussiya Saksoniya yerlarini qo‘shib olishni va polyak yerlarini o‘z
qo‘lida saqlab qolishni juda istardi.
             4.   Angliya   Yevropada   status-kvoni   saqlab   qolgan   holda   Rossiyani
kuchayishiga   yo‘l   qo‘ymasligi   va   Fransiyada   Napoleon   tizimigacha   bo‘lgan
siyosiy tizimni tiklash kafolatini olishni rejalashtirdi.
                            5.  Fransiya,   biror-bir   hududga  da’vo   qilmagan   bo‘lsada,   bir   Yevropa
davlatini boshqasi ustidan hukmron bo‘lishini istamasdi.
                            Vena   kongressidagi   muzokaralar   vaqtida   bir   qancha   muhim   janjalli
voqealar sodir bo‘ldi:
               1.1815-yil 3-yanvarda Angliya, Fransiya va Prussiya har qanday vaziyatda
ham   Saksoniyani   Prussiyaga   qo‘shib   olinishi   borasidagi   maxfiy   shartnomani
imzolashdi. Undan tashqari, ular mavjud chegaralarni buzmaslikka, ya’ni u yoki bu
davlat hududiy yaxlitligini saqlash borasida ham kelishib olishdi.
                            2.Yuqorida   aytib   o‘tilgan   shartnoma   imzolangan   zahotiyoq   Vena
kongressi   ishiga   xalaqit   qiladigan     janjal   ko‘tarildi.   Bu   Parijda   «100   kun»   deb
atalgan vaqtda sodir bo‘ldi. O‘zining sodiq zobitlarining kichik guruhi bilan 1815-
yil   19-martda  Parijga   kirgan  Napoleon   qochib  ketgan  qirol  Lyudovik  XVIII   ning
xonasidan   maxfiy   shartnomani   nusxalaridan   birini   topadi   va   uning   ko‘rsatmasi
bilan   mazkur   shartnoma   Aleksandr   I   ga   va   u   orqali   Metternixga   yetkaziladi.
Shunday   qilib,   mazkur   «maxfiy»   kelishuv   kongress   ishtirokchilarining   boshqa
a’zolariga ham ma’lum bo‘ladi.
               3. Napoleon hukumatini qisqa muddatli tiklanishi kutilmagan holat edi.
                            4.Napoleonni   Vaterloo   yonidagi   mag‘lubiyati   va   Parijga   Burbonlar
sulolasini qaytib kelishi muhim voqea edi.
               5.Vena kongressi natijalari.   
                            O‘z ahamiyatiga ko‘ra, Vena kongressi  muhim  tarixiy voqea edi. Uni
natijalari sifatida quyidagilarni aytib o‘tish kerak:
9                             1.Vaterloo   jangidan   bir   necha   kun   oldin,   aynan   1815-yil   9-iyunda
Rossiya,   Avstriya,   Ispaniya,   Fransiya,   Buyuk   Britaniya,   Portugaliya,   Prussiya   va
Shvetsiya   Vena   kongressining   asosiy   aktini   imzoladi.   Unga   ko‘ra,   Yangi
Niderlandiya   qirolligi   tarkibiga   Avstriya   Niderlandiyasini   ( h ozirgi   Belgiya)
kirishini   taqiqladi,   biroq   Avstriyaning   qolgan   qismi   usti d a n   to‘liq   nazorat
Gabsburglar   nazorati   ostiga   o‘tdi,   xususan   Lombardiya,   Venetsiya   viloyati,
Toskana, Parma va Tirol. Prussiyaga Saksoniyaning bir qismi, Vestfaliya va Reyn
viloyatining   katta   qismi   nasib   qildi.   Fransiyaning   sobiq   ittifoqchisi   Daniya
S h vetsiyaga   berilgan   Norvegiyadan   ajralib   qoldi.   Italiyada   esa   Vatikan   va   Papa
viloyati   ustidan   Rim   papasining   hukmronligi   tiklandi,   Burbonlarga   esa   Ikkala
Sitsiliya   ham   qaytarib   berildi.   Shuningdek,   Germaniya   ittifoqi   ham   tashkil   etildi.
Napoleon   tomonidan   tuzilgan   Varshava   gersogligi   Polsha   podsholigi   nomi   bilan
Rossiya   imperiyasi   tarkibiga   kirdi,   rus   imperatori   esa   bir   vaqtda   Polsha   qiroliga
ham   aylandi.   Bu ndan   tashqari,   a sosiy   aktdan   Ye vropa   davlatlarining   o‘zaro
munosabatlarini   tartibga   soladigan   mahsus   bandlarga   ham   ega   edi.   Masalan,
chegaraviy vaxhalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan Mozla, Maas, Reyn va Shelda kabi
daryolarda   kemalar   qatnovini   tartibga   solish   va   boj   yig‘ishni   tartibga   soluvchi
normalar;   erkin   kema   qatnovini   muvafiqlashtiruvchi   tartiblar   joriy   etildi;   asosiy
aktning ilovasida negrlar bilan savdo qilish taqiqlandi; barcha davlatlarda senzura
kuchaytirilib, politsiya tartibi o‘rnatildi.
                    2. Vena kongressidan  keyin “ X alqaro munosabatlarning Vena tizimi” deb
nomlangan   tizim   vujudga   keldi.   Aynan   Vena   kongressida   bugungi   kungacha
amalda   bo‘lgan   diplomatik   agentlarning   uch   sinfi   o‘rnatildi;   diplomatlarni   qabul
qilishning   yagona   tartibi,   konsullik   tashkilotlarining   to‘rt   turi   belgilandi.   Buyuk
davlatlar   (o‘shanda   birinchi   navbatda   Rossiya,   Avstriya,   Buyuk   Britaniya),
multikanal diplomatiya degan tushuncha to‘liq shakllandi.
           3. Muqaddas ittifoq tuzish borasida qaror qabul qilindi.
         6.  Muqaddas ittifoq.
10                     Muqaddas   ittifoq   1815-yildagi   Vena   kongressida   o‘rnatilgan   tartiblarni
saqlash uchun Rossiya, Prussiya va Avstriya davlatlarining konservativ ittifoqidir.
Muqaddas ittifoqning tuzilishi   1815 - yildagi Vena kongressining asosiy natijasidir.
Ye vropa  davlatlarining Muqadda  ittifoqini  tuzish  g‘oyasi  Aleksandr  I  dan chiqdi,
chunki   u   Kongress   qarorlarini   rasmiylashtirish   va   birlashgan   tarzda   olib   borish
kerakligini   yaxshi   tushunardi.     Muqaddas   Ittifoqning   ta’sis   hujjati   Aleksandr   I
tomonidan   ishlab   chiqilgan   va   1815 - yil   26 - sentyabrda   Parijda   rus,   avstriya   va
pruss   qirollari   tomonidan   imzolangan   Muqaddas   Ittifoqning   a kti   edi.   Muqaddas
Ittifoq   tuzishdan   maqsad:   bir   tomondan   milliy-ozodlik   va   inqilobiy   harakatlarni
tiyib turish, boshqa tomondan esa zarur vaqtda chegaralarni saqlash uchun barcha
ishtirokchilarni   birlashtirish   edi.   Bu   Muqaddas   Ittifoqning   Aktida   o‘z   ifodasini
topdi. 
Biroq,   ko‘pgina   tarixchilarning   baho   berishicha,   bu   aktning   matni   juda   ham
noaniq   va   chalkash   bo‘lib,   amalda   undan   turli   x ulosalar   chiqarish   mumkin   edi.
Unda  din  va  tarbiya  bilan bog‘liq huquq  va siyosatni   siqib  chiqaradigan g‘oyalar
chalkashib yotardi. Monarxlar hokimiyatini ilohiy paydo bo‘lishi borasidagi g‘oya
ilgari   surilgan   holda   mazkur   aktda   davlatlar   va   xalqlar   o‘rtasida   partiaxal
munosabatlar   o‘rnatilgan   edi.     Ittifoqning   tuzilishidan   maqsad   Yevropada   paydo
bo‘lib   kelayotgan   monarxiya   tuzumiga   qarshi   kurashlarda     va   xristian
davlatchiligini mustahkamlashda o‘zaro yordam ko‘rsatish edi. Aleksandr I bu kabi
ittifoqlar   bilan   xristian   davlatlari   o‘rtasidagi   ehtimoliy   to‘qnashuvlarni   oldini
olishni nazarda tutgan. Ittifoq tuzgan monarxlar Yevropada chegaralar daxlsizligini
va   o‘zaro   munosabatlardagi   barcha   tartiblarni   “Tangri   qonuni   bilan   tartibga
solinadigan   adabiy   haqiqatni”   saqlashga   ont   ichishdi.   Muqaddas   Ittifoq   Akti
ramziy   ravishda   pravoslav   bayrami   kuni   imzolandi.   Uning   matnida   xalqaro
traktatlarda uchramaydigan yuksak ruhiy ma’noga ega matnlar bor edi: “Ilohiy va
ajralmaydigan   uch   xudo   nomi   bilan!   Avstriya   imperatori   xazrati   oliylari,   Pruss
qiroli va Butunrossiya imperatori adabiy xudo nomi bilan davlat ishlari va siyosiy
munosabatlarda   boshqa   barcha   hukumatlar   bilan   adolatli   va   tinchlikni   saqlagan
holda quyidagi bandlarga tantanali ravishda kelishdilar”.
11 Ishtirokchilarning   qarashlaridagi   jiddiy   farqlarga   qaramay   Muqaddas   ittifoq
tuzilgan   dastlabki   yillarda   Yevropa   davlatlari   tashqi   siyosatda,   ayniqsa   xalq
ommasini   erkin   fikri   va   demokratiyaga   qarshi   kurashda   birdam   bo‘lib   harakat
qilishdi. Bir   vaqtning o‘zida  ular   bir-birini   diqqat  bilan  kuzatishdi   va  o‘z  shaxsiy
rejalarini   tuza   boshladilar.   Umuman   olganda,   Muqaddas   ittifoq   amalda   bo‘lgan
vaqtda uning bir necha kongresslari chaqirildi:
1. Axen kongressi (1818 - yil 20 - sentyabrdan   20 - noyabrgacha).
2. Troppau va Laybaxdagi kongresslar (1820-1821 - yillar).
3. Veronadagi kongress (1822 - yil 20 - oktyabr   14 - noyabr).
         Keyinchalik Muqaddas ittifoqning faoliyati salbiy tomonga ketib oxir oqibat u
amalda   tugatildi.   Vena   kongressidan   keyin   “Xalqaro   munosabatlarning   Vena
tizimi”   deb   nomlangan   tizim   yuzaga   keldi   va   Muqaddas   ittifoq   tuzish   borasida
kelishuvga erishildi.
Barcha xristian hukmdorlarga yordam berish borasida 1815-yil 14-sentyabrda
imzolangan   murojaatga   asta-sekin   Angliya,   Rim   papasi   va   Turk   sultoni
(Usmoniylar   imperiyasi)dan   tashqari   kontinental   Yevropadagi   barcha   hukmdorlar
qo‘shildi.   Kelishuvni   rasmiylashtirish   yoki   qabul   qilish   borasida   davlatlarga   aniq
vazifalar yuklatilmagan bo‘lsada, Muqaddas ittifoq Yevropa diplomatiyasi tarixiga
“o‘zida   klerikal-monarxik   g‘oyani   mujassamlashtirgan     va   qayerda   bo‘lishidan
qatiy   nazar   inqilobiy   kayfiyatlarni   bostirishga   qaratilgan   mustahkam   birlashma”
edi.   Muqaddas   ittifoqning   markazi   Troppau   (1815)   shahri   bo‘lib,   ishtirokchilar
inqiloblar   bo‘ladigan   davlatga   shu   davlat   hukumatining   fikridan   qatiy   nazar
bostirib kirish huquqini mustahkamlashdi.
12

Mavzu: Yevropa davlatlarining Vena kongressi Reja: 1.Vena kongressining chaqirilishining sabablari. 2. Vena kongressida ishtirok etgan davlatlar. 3.Vena kongressida qabul qilingan qarorlar. 4.Vena kongressini o‘tkazishning tashkiliy masalalari. 5.Vena kongressi natijalari. 6. Muqaddas ittifoq. 1

1.Vena kongressining chaqirilishining sabablari. 1814-1815 -yillardagi Vena (Avstriya) kongressi Yevropa davlatlarining konferensiyasi bo‘lib, bu konferensiya davomida, 1789-yildagi fransuz inqilobi va Napoleon urushlari natijasida, vayron bo‘lgan feodal-absolyutizmni tiklash va Yevropa davlatlarini yangi chegaralarini belgilab bergan, shartnomalar tizimi ishlab chiqildi. 1814-yil sentyabrdan to 1815-yil iyunigacha Avstriya poytaxti Venada avstriyalik diplomat graf Aleksandr Metternix boshchiligida o‘tkazilgan kongressda, Yevropadagi barcha davlat vakillari (Usmoniylar imperiyasidan tashqari) ishtirok etdi. Muzokaralar maxfiy va ochiq bahslar, fitna va yashirin kelishuvlar sharoitida o‘tdi. 1814 - yil 30 - martda ittifoqchilar Parijga kirishdi. Bir necha kundan keyin , Napoleon taxtdan chetlatildi va Elba oroliga surgun qilindi. Fransiya taxtiga inqilob vaqtida ag‘darib tashlangan Burbonlar sulolasi vakili, qatl etilgan qirol Lyudovik XVI ning akasi Lyudovik XVIII o‘tirdi. Yevropadagi tinimsiz davom etgan qonli janglar davri tugadi. 1814-yilda Fransiya ustidan g‘alaba qilgan davlatlarning g’alabasini mustahkam deb bo‘lmasdi. Fransuz inqilobi va Napoleon urushlari natijasida, iqtisodiyot va siyosatga berilgan kuchli zarbalardan keyin, inqilobgacha bo‘lgan tuzumni tiklash nafaqat og‘ir, balki, ishonchsiz ham edi. XVIII-XIX asrlar davomida Yevropada xalqaro vaziyat juda ham notinch edi. Bu qo‘zg‘olonlar, xavfli inqilobiy vaziyatlar, keng miqyosidagi bosqinchilik yurishlari va boshqalar edi. Umumiy jihatdan oxir-oqibat u yoki bu darajada Vena kongressi chaqirilishiga sabab bo‘lgan tarixiy voqealarni quyidagicha guruhlash mumkin: 1.Fransuz inqilobi. Bu voqea XVIII asr oxiridagi eng muhim voqea bo‘lib keyingi yillarda Yevropadagi va butun dunyodagi xalqaro munosabatlarga jiddiy ravishda ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘pgina tarixchilar Fransuz inqilobini «Buyuk» deb ataydi, chunki u o‘zida XVIII asr oxirida Fransiya ro‘y bergan yirik ijtimoiy o‘zgarishlarni mujassamlashtirgan va natijada eski tartiblar yo‘q qilindi. Uning boshlanishiga 1789-yilda Bastiliyaning egallab olinishi turtki bo‘ldi va uning yakunini turli tarixchilar turlicha belgilaydilar, ya’ni 1794-yildagi 9 termidor 2

to‘ntaruvi yoki 1799-yildagi 18-bryumer to‘ntaruvi. Fransuz inqilobining asosiy natijasi, bu Fransiyani absolyut monarxiyadan amalda erkin fuqarolardan tashkil topgan respublikaga aylanishi bo‘ldi. 2.Prussiya va Angliya urush bilan Rossiyaga tahdid qiladigan vaziyatning vujudga kelishi. Bu vaziyat A.V.Suvorovning Moldaviyadagi muvaffaqqiyatlari va Rossiyaning Boltiq bo‘yicha ta’siri kuchayib ketishi natijasida yuzaga keldi. Natijada, ingliz diplomati Uilyam Pit Rossiyani Yevropaning sharqida mustahkamlanib olishiga xalaqati qilish yo‘llarini izlay boshladi. 3.Antifransuz koalitsiyasining tashkil etilishi va ommaviy ravishda Fransiyaga qarshi yirik jangga tayyorgarlikning boshlanishi. 1793-yil bahorida mazkur koalitsiya tarkibiga Angliya, Rossiya, Avstriya, Prussiya, Ispaniya, Gollandiya va boshqa davlatlar kirardi. Mazkur koalitsiyaning maqsadi nafaqat fransuz inqilobini bo’g‘ib qo‘yish, balkim Fransiyadan uning hududini bir qismini tortib olish edi. 4.Gollandiyaning Fransiyadan mustaqil bo‘lgan hududga aylanishi. Bu kabi imkoniyat antifransuz koalitsiyasining dastlabki harakatlari natijasida yuzaga kelishi mumkin edi. Uning eng omadsiz natijalaridan biri 1795-yilda Bazelda Fransiya va Gollandiya o‘rtasida tinchlik sulhi imzolanishi bo‘ldi va unga ko‘ra Gollandiya Fransiyadan mustaqil bo‘lgan Bataviya respublikasiga aylandi. 5.1794-yildagi Polsha qo‘zg‘oloni. 1794-yilda Krakov shahrida ko‘tarilgan qo‘zg‘olon butun Polsha hududini qamrab oldi. Uni general Tadeush Kostyushko boshqardi. Qo‘zg‘olon bostirilishi natijasida «Polshaning uchinchi marotaba bo‘lib olinishi» deb nomlangan voqea sodir bo‘ldi. Bu bo‘lish natijasida Rech Pospolitaya amalda yo‘q bo‘ldi va natijada Rossiyaga Litva, Kurlyandiya, Nemagan va Bugadagi belorus va ukrain yerlari qo‘shib olindi. 6.Turkiya va Rossiya o‘rtasida kelishmovchilikning vujudga kelishi. 1878-yilda Turkiya Rossiyadan Qrimni qaytarish va Gruziyani turklar vassali sifatida tan olishni ultimatum tarzda talab qildi. 150 ming kishilik armiyani tayyorlab turk hukumati Ukraina sohillariga kirishni va bir vaqtda sharq tomondan Anapani bosib olib Kuban tomonga harakat qilishni rejalashtirdi. 3

7.Hokimiyat tepasiga Napoleon Bonapartning kelishi va ko‘p sonli Napoleon urushlarining paydo bo‘lishi. Yuqoridagilarga asoslanib xulosa qiladigan bo‘lsa yuqorida sanab o‘tilgan Yevropadagi voqealar u yoki bu darajada yetakchi davlatlarning boshliqlari oldiga xalqaro konferensiya chaqirish zaruriyatini vujudga keltirdi. 2. Vena kongressida ishtirok etgan davlatlar. Vena kongressi 1814-yil sentabr oyidan ish boshladi. Kongressda Yevropani “qutqaruvchisi” bo’lib olgan Aleksandr I yetakchilik qildi. Kongressda Yevropaning 216 ta davlatidan hukumdorlar va diplomat vakillari qatnashdi. Unda faqatgina Turkiya imperiyasi ishtirok etmadi. Vena Kongressida 216 ta davlat vakillari qatnashgan bo’lsada bosh ijrochi vazifasini Rossiya, Angliya, Avstriya va Prussiya ya’ni shu davlatlar vakillari bajarishdi. Vena kongressida Yevropadan 2 ta imperator, 4 ta qirol, 2 ta shahzoda, 3 ta gersoginiya, 215 ta knyazlik xonadonlari vakillari va Yevropa diplomatiyasining butun a’zolari ishtirok etdi. 1. Rossiya tomondan kongressga I. Aleksandr , K.V.Nesselrode va A.K.Razumovskiy (maxsus komissiya ishida Iogann fon Anstett) ishtirok etdi; 2.Buyuk Britaniyadan-R.S.Kaslri va A.U.Vellington; 3.Avstriyadan-Frans I, K.Metternix, 4.Prussiydana-K.A.Gardenberg, V.Gumboldt, 5.Fransiyadan-Sharl Moris de Taleyran-Perigor 6.Portugaliyadan-Pedro de Souza Golshteyn de Palmela 7.Shvetsiyadan-graf Karl Aksel Ayovenxelm. 3.Vena kongressida qabul qilingan qarorlar: 4

Vena kongressining barcha qarorlari Vena kongressining yakuniy aktida to‘plangan edi. 1. Kongress yangi Niderlandiya qirolligi tarkibiga, Avstriya Niderlandiyasini (hozirgi Belgiya) kirishini taqiqladi, biroq Avstriyaning qolgan qismi ustindan to‘liq nazorat, Gabsburglar sulolasi nazorati ostiga o‘tdi, xususan Lombardiya, Venetsiya viloyati, Toskana, Parma va Tirol. 2. Prussiyaga Saksoniyaning bir qismi, Vestfaliya va Reyn viloyatining katta qismi nasib qildi. 3. Fransiyaning sobiq ittifoqchisi Daniya S h vetsiyaga berilgan Norvegiyadan ajralib qoldi. 4. Italiyada esa Vatikan va Papa viloyati ustidan Rim papasining hukmronligi tiklandi va Burbonlarga esa Ikkala Sitsiliya ham qaytarib berildi. 5. Germaniya ittifoqi tashkil etildi. 6. Napoleon tomonidan tuzilgan Varshava gersogligi , Polsha podsholigi nomi bilan Rossiya imperiyasi tarkibiga kir itil di, rus imperatori Aleksandr I esa bir vaqtda Polsha qiroliga ham aylandi. 7. Avstriya Kichik Polshaning janubiy qismini va Chervon rusining katta qismi, Zalsburg, Italiyadan Lombardiya, Venetsiya respublikasi, Modena, Parma, Toskana gersogliklarini oldi. 8.Buyuk Polshaning g‘arbiy qismi Poznan shahri bilan birgalikda va polyak Pomoresi Prussiyaga qaytarildi. Vena Kongressida Polsha to’rtinchi marta bo’lindi. Yangi bo’linish natijasida, Polshada uch hukmdorlik qiluvchi davlatlar paydo bo’ldi. Bular Rossiya, Avstriya, va Prussiya edi. Faqatgina Krakov bahsli hudud bo’lib qolib, u mustaqil shahar etib belgilandi. Krakovga birlashgan boshqa mayda hududlar bilan birgalikda mustaqil mayda respublika tuzildi. Polshaning bu ko‘rinishda bo‘linishi tarix fanida «Polshaning to‘rtinchi bo‘linishi» deb ataladi. 9.Shvetsariyaning betarafligi xalqaro miqyosida e’tirof etildi. Betaraf siyosatning e’lon qilinishi , S h ve t sariyaning keyingi rivojlanishida juda muhim ahamiyat kasb etdi. Betaraflik natijasida, u nafaqat o‘z hududini XIX asr va XX 5