O‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari she’rlaridagi tajnis, iyhom,
O‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari she’rlaridagi tajnis, iyhom, tanosub, ishtiqoq, tazod, takrir kabi lafziy san’atlarni o‘rganish. Reja: 1. Ma’nviy san’atlarning o‘ziga xosligi 2. Lafziy san’atlarning tarkibiy qismlari.
She`riy san`atlar so`zlarning shakliy xususiyatlari (ularning tarkibidagi tovushlar va harflarga xos xususiyatlar), ma`no qirralari, jumla, misra, bayt yoxud undan kattaroq birliklarning mazmuniga xos hodisalardan foydalanish natijasida hosil bo`lishi. "Lafziy san`atlar" va "Ma`naviy san`atlar". Lafziy san`atlar so`zlarning shakliy xususiyatlari ya`ni ularning tarkibidagi tovushlar va harflar bilan bog‘liq hodisalar asosida yuzaga kelishi. Tarse`, tajnis, saj`, musajja`, zulqofiyatayn, takrir (mukarrar), qaytarish (radd) ishtiqoq, mulamma`, muvashshah, kitobat (harf san`ati) kabilar haqida ma’lumot. Ma`naviy san`atlar so`z, jumla, misra, bayt yoxud undan kattaroq birliklarning ma`no qirralari, mazmuniga xos hodisalardan foydalanish, shu yo`l bilan go`zallik yaratish natijasida hosil bo`lishi. Tashbeh, istiora, kinoya, mubolag‘a, tablig‘, ig‘roq, g‘uluv, sifatlash, tazod, iyhom, tafsir, laffu nashr, ta`did, ruju`, tashxis, talmeh, irsoli masal, tazmin, husni matla`, ta`rix, muammo, tajohilul orif, husni ta`lil kabi ma`naviy san`atlarhaqida umumiy tushuncha. Badiiy san’atlarning poetik obraz yaratishdagi ahamiyati. She’riy san`at lar ning badiiy obraz yaratishdagi a h amiyati. She`rda badiiy san`atlarning uyg‘unlashuvi. She’riy san`atlar va ijodkor mahorati. She’riy san`atlarni qo‘llashda an’anaviylik va o‘ziga xoslik. She’riy san`atlar va badiiy uslub. Atoyi, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Ogahiy kabi o`zbek mumtoz shoirlari ijodida badiiy san`atlarni qo`llash borasidagi mahorat masalasi. San`atkorlik va san`atsozlik masalasi. San`at so`zi hozirda bir necha istilohiy ma`nolarda q o`llanadi. Q uyida uning lu g‘ atlarda keltirilgan ma`nolari ha q ida to`xtalib o`tamiz. "San`at" so`zi etimologiya, ya`ni kelib chihish nuhtai nazaridan arabcha sun` ( ﻊﻧﺼ ) o`zagidan olingan. Bu so`z ijod, yaratmoh
degan ma`nolarni ifodalaydi. "Sun`" parvardigorning sifatlaridan biri bo`lib, shu o`zikdan yasalgan "sone`" so`zi go`zallik yaratuvchi, ijod etuvchi degan ma`nolarni ifodalaydi. "San`at" so`zi "Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘atida quyidagi ma`nolarda sharhlangan: - hunar, kasb, ustalik, mohirlik: "San`at" so`zi Navoiy asarlarida, shuningdek, san`atgar, san`atgariy, san`atnamoy, san`atoyin, san`atsoz, san`atfosh kabi lug‘aviy va grammatik shakllarda ham qo`llangan. "Farhangi zaboni tojiki" kitobida "san`at" so`zining q uyidagi ma`nolari ham sharhlangan: - takalluf dar suxan, suxanoroyi, hunarnamoyi dar nazmu nasr. Mazmuni: so`zda lutf (go`zallik, nozik ma`no) yaratish, nasr va nazmda so`zni mahorat bilan q o`llash, hunar ko`rsatish. "San`at" so`zi zamonaviy adabiyotshunoslik atamasi sifatida "...voqelikni obrazlar va yorhin manzaralar orhali badiiy ifodalashdan iborat" hodisani ifodalaydi. Badiiy san`atlar she`riy nutqning jozibadorligi, ta`sirchanligi va mazmundorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy vositalardan biridir. Shu bois she`rning tub mohiyatini anglash, his qilish uchun unda qo`llangan badiiy tasvir vositalarini aniqlay bilish muhim ahamiyat kasb etadi. She`riy san`atlar so`zlarning shakliy xususiyatlari (ularning tarkibidagi tovushlar va harflarga xos xususiyatlar), ma`no qirralari, jumla, misra, bayt yoxud undan kattaroq birliklarning mazmuniga xos hodisalardan foydalanish natijasida hosil bo`ladi. Shunga ko`ra, badiiy san`atlar iki turga ajratiladi: "Lafziy san`atlar" va "Ma`naviy san`atlar".
Lafziy san`atlar so`zlarning shakliy xususiyatlari ya`ni ularning tarkibidagi tovushlar va harflar bilan bog‘liq hodisalar asosida yuzaga keladi. Jumladan, tarse`, tajnis, saj`, musajja`, zulqofiyatayn, takrir (mukarrar), qaytarish (radd) ishtiqoq, mulamma`, muvashshah, kitobat (harf san`ati) kabilar lafziy san’atlar sirasiga kiradi. Ma`naviy san`atlar so`z, jumla, misra, bayt yoxud undan kattaroq birliklarning ma`no qirralari, mazmuniga xos hodisalardan ustalik bilan foydalanish, shu yo`l bilan badiiylik, go`zallik yaratish natijasida hosil bo`ladi. Tashbeh, istiora, kinoya, mubolag‘a, tablig‘, ig‘roq, g‘uluv, sifatlash, tazod, iyhom, tafsir, laffu nashr, ta`did, ruju`, tashxis, talmeh, irsoli masal, tazmin, husni matla`, ta`rix, muammo, tajohilul orif, husni ta`lil kabilar ma`naviy san`atlar sirasiga kiradi. Badiiy san’atlarning poetik obraz yaratishdagi ahamiyati Tashxis. Mumtoz she`riyatimizda keng qo`llangan badiiy tasvir vositalaridan biri tashxisdir. "Tashxis" arabcha so`z bo`lib "shaxs" o`zagidan hosil bo`lgan (ta - old qo`shimcha). O`zbek tiliga tarjima qilganda, "shaxslantirish" degan ma`noni anglatadi. Tashxis insongagina xos bo`lgan jismoniy va ruhiy holatlarni (o‘ylash, fikrlash, gapirish, quvonosh yoxud iztirob chekish, xastalanish, jarohatlanish, musobaqalashish, sevish, rashk qilish vahokazo) tabiat unsurlari, jonzotlar, borliqdagi narsa-buyumlar hamda hodisalarga ko`chirish san`atidir. Tashxis orqali shoir tasvirlanayotgan manzara yoki tushunchani o`quvchi tasavvurida qayta jonlantirib, she`rdagi timsollar jozibasini oshiradi, ularning hissiy ta`sirini kuchaytiradi. Intoq (arabcha nitqlantirish, gapirtirish) Tashxis ning bir turi bo‘lib unda insongagina xos bo`lgan jihatlardan bittasi ya’ni nutqga ega bo‘lish hodisasi aslida bunday xislatga ega bolmagan jonli va jonsiz predmetlarga ko‘chiriladi.
Tashbeh - adabiyotda keng ho`llanadigan she`riy san`atlardan biri. Uni o`zbekcha qilib o`xshatish desa ham bo`ladi. Tashbehda narsa, belgi va harakat kabilar boshqasiga o`xshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu o`sha tushunchani anglash va his qilishni osonlashtiradi. Demak, tashbeh ikki narsani bir-biriga o`xshatishdir. Masalan, "Yuzing go`zallikda gul kabidir" deyilganda yuz gulga o`xshatilgan. Tashbehning yuzaga kelishida to`rt unsur ishtirok etishi mumkin: 1. Mushabbih ya’ni o`xshamish - tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushuncha (yuz). 2. Mushabbihun bih ya’ni o`xshatilmish - tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha (gul). 3. Vajhi shaboh ya’ni o‘xshatish asosi - o`xshatishning qanday belgi yoki xususiyatga ko`ra chiqqanligi (go`zallikda). 4. Odoti tashbeh ya’ni o‘xshatish vosita - o`xshatilishning lug‘aviy yoki grammatik belgisi (kabi). Vosita ishtirok etgan o`xshatishlarda tashbeh aniq ko`rinib, bilinib turadi. So`z san`atida - dek, - day, -cha, - simon, - vor, - saro, - oso, - vash, - iy, - oyin kabi qo`shimchalar, kibi, singari, misli, misoli, go`yo, yanglig‘, xuddi, o`xshab, nechukki, bo‘ylakim va boshha so`zlar vosita bo`lib keladi. Ko`p hollarda asos ishtirok etmaydi. Ba`zan vosita ham tushib qolib, tashbehda o`xshatmish bilan o`xshatilmishgina ishtirok etadi. Tanosub - baytda, umuman, she`riy bandlarda ma`no jihatidan bir- biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi so`zlarni qo`llash orqali hosil qilinadi. Masalan, "bulbul" so`zi gul, bog‘, chaman, navo so`zlari bilan;