logo

XVII-XVIII asrlarda Samarqandda ilm-fan taraqqiyoti va adabiyot

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

40.2509765625 KB
XVII-XVIII asrlarda Samarqandda ilm-fan taraqqiyoti va adabiyot
Reja:
1. XVII asrda ilm-fan taraqqiyoti.
2. Yalangtush Bahodir davrida Samarqand.
3. XVIII asrda ilm-fan taraqqiyoti. Yalangtush Bahodir davrida madaniy hayot rivojlanib, o‘nlab obidalar qurildi.
Yalangtushdan   o‘rnak   olgan   saroy   a’yonlari,   olimu   ulamolar   va   tavongirlar
madrasa,   masjid,   hammom   ko‘prik,   quduq   kabi   xalq   ehtiyoji   uchun   zarur
inshootlarni xayr sifatida qurishadi . 
Amir   Yalangtush   Bahodir   tirik   paytida   hokimlikdan   voz   kechadi.
Hukmdorlikdan ko‘ra, binokorlik ishlarini afzal ko‘rgan Yalangtush Bahodir 1656
yilda   vafot   etadi.   O‘z   vasiyatiga   ko‘ra   uni   Dahbeddagi   Maxdumi   A’zam
xonaqohiga,   pira   Xoja   Hoshimi   Dahbediy   (Maxdumi   A’zamning   nevaralari)
qabrining   oyoq   tomoniga   dafn   etishadi.   Amir   Yalangtush   shunday   vasiyat   qilgan
ekan:   «Meni   pirlarimning   oyoq   tomonlariga   ko‘mingiz;   pirimni   ziyoratlariga
keluvchilar mening qabrimni bosib o‘tishsinkim, men pirimga yarashgulik xizmat
qila olmadim!» .
Manbalarda   ushbu   davr   voqealari   bilan   bog‘liq   turli   xil   ma’lumot-larda
chalkashliklar mavjud. XVII asrning ikkinchi yarmida Samarqand taxtiga chiqqan
hokimlardan   biri   Xo‘jaqulibiy   O‘tarchi   bo‘lgan.   O‘tarchining   ismi   ko‘proq   bu
davrda  Samarqandga   yurish   qilgan  Xiva  xoni   Anushaxon   (1664-1687)ga  sotilgan
shaxs sifatida tilga olingan. Bu davrda Samar¬qandda Xiva xoni Anushaxon nomi
bilan   tilla   tanga   zarb   etilgan.   Xiva   va   Buxoro   o‘rtasidagi   urushlar   uzoqqa
cho‘zilmagan   va   ko‘p   o‘tmay,   yana   shaharda   Ashtarxoniy   Subxonqulixon   (1681-
1702)   hokimiyati   o‘rnatilib,   1689   yilda   shaharga   kenagas   urug‘idan   bo‘lgan
Ibrohimbiy hokim etib tayinlangan . 
Ibrohimbiy   1700-yillarning   boshlarida   Samarqand   hokimligini
Ashtar¬xo¬niylarning   nufuzli   amaldorlaridan   bo‘lgan   Farhodbiy   otaliqqa
topshirib,   o‘zi   Shahrisabzga   hokim   bo‘lgan.   Farhodbiy   otaliq   Samarqand   taxtiga
chiqqach,   mustaqil   siyosat   yuritishga   harakat   qilgan.   Shu   munosabat   bilan
Farhodbiy   otaliq   Samarqandda   mustaqil   xonlik   tuzishni   ilgari   surgan   edi.   Lekin
bundan   xabar   topgan   Ashtarxoniy   hukmdor   Abulfayzxon   (1711-1747)   Farhodbiy
otaliqni qatl ettirgan. 
Farhodbiy   otaliqdan   so‘ng   Samarqand   taxtiga   Rajab   Sulton   (1717-1731)
tayinlanadi.   Rajab   Sulton   Ibrohimbiy   kenagasning   kuyovi   bo‘lib,   u   1722   yilda
Shahrisabz,  Miyonqol va Urgut hokimlariga suyangan  holda mustaqil  Samarqand
xonligiga   (1722-1731)   asos   soladi.   Ibrohimbiy   Shahrisabzda   hokim   bo‘lishiga
qaramay,   Samarqanddagi   siyosiy   jarayonlarga   aralashgan   va   Rajab   Sultonni
qo‘llab-quvvatlagan.
Abulfayzxon davridagi inqirozni shuningdek o‘sha davrda Buxoroda bo‘lgan
rus   elchisi   F.Beneveni   ham   o‘z   asarlarida   yozib,   Toshkent,   Xo‘jand,   Balx,
Badaxshon, Hisor va boshqa viloyatlar poytaxtlari bilan deyarli mustaqil mulklarga
aylanganini ko‘rsatib o‘tgan edi .  Siyosiy   va   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotdagi   chuqur   inqiroz   Buxoro   xonligida
Abulfayzxonning obro‘sini tushirib yuboradi va natijada hokimiyat Mang‘it urug‘i
vakillari qo‘liga o‘tadi. 
Bu  davr   Markaziy  Osiyo  tarixida  siyosiy  jihatdan  parokandalik davri   bo‘lib,
bundan   foydalangan   jung‘orlar   (oyrotlar)   1723   yil   Samarqandni   zabt   etdilar.
Ibrohimbiy   jung‘orlardan   foydalanib,   Buxoro   Amirligi   taxtini   egallashga   harakat
qilgan. Ayni davr shahar hayotida inqirozli bo‘lib, Samarqand qarovsiz qolgan va
bir muddat taxminan 7 yilcha aholi yashamagan. Buxoro amiri Doniyolbiy davrida
(1758-1785)   uning   o‘g‘li   Shohmurod   Samarqandga   hokim   (1780-1785)   etib
tayinlangach, shaharga Samarqandga yondosh turli mintaqalardan vakillar keltirib
24   ta   mahalla   barpo   etgan.   Shohmurod   tashabbusi   bilan   islohotlar   o‘tkazilib   ,
Samar¬qandda   madrasalar   faoliyati   yana   yo‘lga   qo‘yildi,   ilm-fan   va   madaniyat
taraqqiy eta boshladi. 
Ilm-fan   sohasida   siljishlar   bo‘lgan.   Ashtarxoniylar   davrida   Samar¬qandda
Olim   Shayx   Azizon   (1564-1632)   ilmiy-tasavvufiy   faoliyatlar   olib   borgan   bo‘lib,
uning «Lamahot min nafahotul-quds» asari nafaqat tasavvuf  va hadisshunoslikda,
balkim   tarixshunoslikda   ham   katta   ilmiy   ahamiyat   kasb   etgan   va   madrasalarda
o‘qitilgan.   Ashtarxoniy   hukmdor   Nodir   Muham¬madxonning   (1642-1645)   taklifi
bilan   Xurosonning   Mashhadi   muqaddas   shahridan   Samarqandga   ko‘chib   kelgan
tog‘asi   Mir   Abu   Tohirxojai   Sadri   Mashhadiy   («Samariya»ning   muallifi   Abu
Tohirxojai   muftiy   bilan   adashtirilmasin)   va   uning   avlodlari   XX   asr   boshlariga
qadar Sherdor va Tillakori madrasalariga mudarrislik qilishgan.
XVII   asrning   40-yillaridan   boshlab   adabiyot   ham   rivojlana   boshladi.   Atoqli
shoir Maliho Muhammad Bade ibe Muhammad Samarqandiy o‘zining “Muzakkir
al-Azxob” (1692 y.)  asarida bu davrda ijob qilgan 200dan ortiq shoirning nomini
sanab   o‘tgan.   Ularning   aksariyati   Samarqandlik   bo‘lgani   alohida   e’tirofga   loyiq.
Bu   davrda   ijod   qilgan   ko‘plab   shoirlar   hunarmand   va   savdogarlar   oilasidan
yetishib   chiqqan.   Husnixat   ustasi   Muhammad   Obid   ibn   Muhammad   Zohid
Samarqandiy,   do‘kondor   Mu’in   Buxoriy,   atoqli   shoir,   “G‘olib   va   Matlub”
dostonining   muallifi,   zardo‘z,   Fitrag‘i   Zardo‘ziy   Samarqandiy,   savdogar   Musiho
Samarqandiy,   pardozchi   usta   Mulhamiy   Samarqandiy,   bo‘yoqchilari   –   Zabehoi
Yahudiy   Samarqandiy,   Rahmini   Yahudiy   Samarqandiy,   muqovachi   xattotlar   –
Abdullo   Samarqandiy,   Do‘stmuhammad   Sadri   Samarqandiy,   Mullo   Muhammad
shayx   G‘arib   Samarqandiy,   Shayx   Valad   Samarqandiy,   Xo‘ja   Ali   ibn   Miroqayn
Samarqandiy, Xoja Mirshoh Samarqandiylar  shular jumlasidandir.
Bu davrdagi ilg‘or madaniyat arboblaridan Sayido Nasafiy (1637 – 1730) va
Turdi   Farog‘iylarning   nomlarini   alohida   qayd   etish   lozim.   Ular   o‘z   she’rlarida
mehnatkash xalq hayotini ko‘rsatishga harakat qilishgan .     Ashtarxoniylar davriga oid me’morchilik anchayin rivojlangan. Bu davrga oid
yodgorliklardan   biri   Nodir   Devonbegi   madrasasi   bo‘lib,   u   Buxoro   xoni
Imomqulixonning   vaziri   Nodir   devonbegi   tomonidan   1630-1631   yillarda   Xoja
Ahror xonaqohi yonida me’mor Do‘stmuhammad rahbar¬ligida qurilgan . Madrasa
bir qavatli qilib qurilgan bo‘lib, hovlisining 2 tomonida ayvon, hujralar, masjid va
darsxona   joylashgan.   Bosh   tarzidagi   peshtoq   ayvon   bezaklariga   o‘zaro
uyg‘unlashtirib   feruza,   yashil   va   sariq   ranglarda   mayda   va   jimjimador   naqshlar
bilan nafis bezatilgan. 
Ashtarxoniylar   davrida   Samarqandda   miniatyura   va   rassomchilik   ham   bir
muncha   oldinga   siljigan.   Bu   davrda   Muhammad   Sharif   Samarqandiy   1616   yilda
Sa’diyning “Bo‘ston” dostoniga ishlangan to‘rtta miniatyuradan bittasini  chizgan.
Muhammad   Darvesh   Samarqandiy   1618   yili   o‘zining   “Doston   Zebo-Zevar”
asarida   to‘rtta   miniatyura   ishlagan.   Sharofiddin   Ali   Yazdiyning   1628   yili
Samarqandda tarjima qilingan “Zafarnoma” asarida yettita miniatyura chizilganligi
ma’lum . 
XVII   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab,   qo‘g‘irchoq   teatrlari   keng
rivojlangan.   Ushbu   teatrlar   ikki   xil:   qo‘l   qo‘g‘irchog‘i   va   chodirxayol   bo‘lgan.
Qo‘g‘irchoq   teatrlarining   chiqishlarida   ruhoniylar,   qozilar   va   ma’muriyat¬ning
kirdi-korlari tanqid qilingan. Qo‘g‘irchoq teatrlari  bilan birga musiqa san’ati  ham
rivoj   topgan.   O‘nlab   musiqa   ijrochilari   va   bilimdon¬larining   ismlari   ma’lum.
Musiqa bilan nafaqat soha mutaxassislari balki rassomlar, shoirlar va olimlar ham
shug‘ullanishgan.   Masalan   ,   shoir¬lardan   Binoiy,   Hofiz   Tanish,   Hasan   Ansoriy,
xattot Mahmud Is’hoq, tabib Mavlono Samarqandiy.
Birinchi   Mang‘it   hukmdori   Muhammad   Rahimbiy   mamlakatda   avj   olgan
siyosiy   parokandalikka   qarshi   kurashadi.   Davlatdagi   iqtisodiy   hayotni   tartibga
solishga harakat qiladi. Markaziy hokimiyatga Nurota, Kobadiyon, Boysun, Huzor,
Panjikent,   Urgut,   Jizzax,   Zomin   va   Shahrisabz   kabilarni   bo‘ysundiradi.
Muhammad   Rahimbiy   Samarqandga   kelganida   shaharni   bo‘shab   qolganining
guvohi   bo‘ldi.   Aynan   bu   davrga   kelib   Samarqandning   ahvoli   ko‘plab   tarixchilar
asarlarida xolisona yoritilgan. 
Manbalarda   XVIII   asr   o‘rtalarida   Samarqand   haqida   shunday   ma’lumotlar
keltiriladi:   «O‘rta   Osiyoning   bir   vaqtlar   ko‘pchilik   musulmon   Osiyosining
madaniyat   va   siyosat   markazi   bo‘lub   o‘tgan   va   chindan   «Samarqand
firdavsmonand»   sifatiga   arziydigan   bir   yo‘sunda   bezangan   Samarqand   keyingi
zamonlarda buzilub quruq bir cho‘lga aylangan edi. Mang‘it amirlarining birinchisi
bo‘lg‘on   Rahimxon   Samarqand   muzofotini   qo‘lga   kirguzamen   deb   kelganda   (h.
1166  (1752)   yil   boshlarida)   Samarqand   shahrida   jon  egasi   yo‘q   edi,  hatto   Raboti
Xojabandiy   to‘g‘oni   buzulg‘on   va   Samarqand   suvdan   mahrum   qolg‘on   edi.
Rahimxon ushbu safarida (h. 1166 y. jumod as-soniy oyida) Raboti Xoja Bandiyni
tuzatib, Samarqandg‘a suv oqizg‘on bo‘lsa ham odam yo‘qlig‘idan obod bo‘lmadi.  Rossiyalik   Ivan   Kirillov   1734   yilda   Samarqand   haqida   «Samarqand   avvalda
shuhratli   va   kuchli   davlat   bo‘lgan.   Hozirda   esa   madrasa   va   ko‘plab   arabcha   va
boshqa   tildagi   kitoblardan   tashqari   unda   hech   narsa   qolmagandir».   1790   yilda
O‘rta Osiyoda bo‘lgan Novopatrassk mitropoliti Xrisanf ham shahardagi bu holatni
tasdiqlab,   «Samarqand   hozirda   bo‘m-bo‘shdir,   uni   zabt   etgan   takabbur   Buxoro
noibi qanchalik harakat qilmasin, uni oldindagidek aholi bilan to‘ldirish borasidagi
uning mehnati bekordir», - deb qayd etadi. 
Mang‘itlar sulolasi davrida Samarqand shahri aholisi asta-sekinlik bilan bilan
to‘ldirib   borilgan.   XIX   asrning   40-yillarida   shaharda   taxminan   25-30   ming   kishi
istiqomat   qilgan.   Ammo   Samarqand   poytaxt   bo‘lmasa-da   oliy   hukmdorlar
shaharda   joylashgan   ko‘k   toshga   o‘tirish   rasmiy   marosimi   o‘tkaziladigan   markaz
sifatida ahamiyatini saqlab qoldi. 
Mang‘itlar   sulolasining   asoschisi   va   birinchi   hukmdori   Muhammad
Rahimxon 1756 yil 12 dekabrda Buxoro xonligi taxtiga rasmiy ravishda xon bo‘lib
o‘tirgach, o‘z hokimiyatiga siyosiy tus berish maqsadida Samarqandga yo‘l oladi.
Bu   davr   manbalarida   shahar   «Dorus-saltanat   Samarqand»   deb   tilga   olinadi.
Urgutlik   so‘fiy   va   tarixchi   Humuliyning   «Tarixi   Humuliy»
asarida   keltirilishicha,   Muhammad   Rahimxon   Samarqandga   maxsus   kelib,
mashhur   Ko‘k   tosh   taxtiga   ham   o‘tirgan.   Humuliyning   yozishicha,   Muhammad
Rahimxon   hali   otaliq   mansabida   ishlagan   paytidayoq   Ko‘ktosh   taxtiga   o‘tirish
marosimini o‘tkazgan edi.
Xullas,   Muhammad   Rahimxon   Buxoro   xoni   bo‘lgach,   mamlakatda
poytaxtdan   keyin   ikkinchi   o‘rinda   turuvchi   Samarqand   shahriga   alohida   e’tibor
bilan qaragan.  Ma’lumki, Samarqand  shahri  XVIII   asr   20-yillarida toj-taxt  uchun
bo‘lgan kurashlarda (soxta xon Rajab Sulton – Rajabxonning hatti-harakatlari) va
ko‘chmanchi   qozoqlarning   shaharga   bostirib   kelishi   natijasida   butunlay   vayron
bo‘lgan   va   xarobaga   aylangan   edi.   Bu   fojialar   shu   qadar   dahshatli   bo‘lganki,
odamlar   1730   yildan   boshlabgina   Samarqand   qal’asiga   qaytib   kelishgan   va
o‘zlariga uy-joy qura boshlaganlar. Biroq Eron shohi Nodirshohning 1740 yildagi
bosqinchilik   yurishi   natijasida   Samarqand   yana   dushman   qo‘liga   o‘tadi   va
vayronaga   aylanadi.   Muhammad   Rahimxon   urushlar   tufayli   vayron   bo‘lgan
Samarqanddagi   Darg‘om   kanalini   qayta   tiklagan,   shahar   devorlarini   ta’mirlashga
buyruq   bergan.   Muhammad   Rahimxon   Hisorni   egallagach,   bu   yerdan
Samarqandga bir necha ming oilani ko‘chirgan edi.
Amir   Muhammad   Doniyolbiyning   12   barkamol   o‘g‘li   bo‘lib,   ular   o‘rtasida
katta   o‘g‘li   vavorisi   Shohmurod   (1741-1800)   alohida   ajralib   turgan.   Shohmurod
1780 yildan Samarqand hokimi bo‘lgan. Shohmurod Samarqand shahrini tiklash va
obod   qilishga   o‘zining   katta   hissasini   qo‘shgan.   Xususan,   u   otasi   vafot   etgach,
1785 yil 9 iyunda Buxoro amiri bo‘lganidan so‘ng Samarqandni obodonlashtirish
ishlariga alohida e’tibor bilan yondashadi.
Samarqandda   Ko‘k  toshga  o‘tirish  an’anasi   XIX  asrni   birinchi  yarmida  ham
davom etdi. Shohmurodning o‘g‘li, onasi tomonidan ashtarxoniy Abulfayzxonning
qizi tomonidan nabirasi Amir Haydar (1800-1826)ni oq kigizda oliy hukmdor etib
ko‘targanlar   va   Samarqandda   ko‘k   toshga   o‘tqazib,   uni   rasman   hukmdor   etib   tan
olganlar. Bu voqeani XIX asrning 20-yillarida Buxoroda bo‘lgan Ye.K.Meyendorf o‘z   ma’lumotlarida   keltirib   o‘tadi.   Uning   qayd   etishicha,   oliy   hukmdor   taxtga
o‘tirish   marosimini   o‘tkazish   uchun   Samarqandga   borishi   va   Mirzo   Ulug‘bek
madrasasida   turgan   Ko‘k   toshga   o‘tirishi   lozim   edi.   «U  (ko‘k   tosh   )   to‘rtburchak
shaklida bo‘lib, har tomonining uzunligi bir yarim sarjin, qalinligi bir arshindir. Bu
toshni   oq  kigiz   yopib  turadi.  Xon   o‘tirgach   uchlarini   ulamolar,   fuqarolar,  fozillar
va sayidlar ushlagan bu kigizni uch marta ko‘taradilar».
Amir   Shohmurod   hukmronlik   qilgan   davr   (1785-1800)   –   atigi   15   yil   ichida
Samarqandda   ko‘plab   madrasalar,   masjidlar,   xonaqolar   va   turli   binolar   qurilgan.
Samarqand va Buxorodagi bo‘shab qolgan madrasalar bu davrda yana ilmi toliblar
bilan   gavjum   bo‘lgan.   Shuningdek,   Amir   Shohmurod   Samarqand   madrasalarini
tiklashda   faol   qatnashgan.   Jumladan,   1455   yilda   qurilib,   «Madrasai   safed»   («Oq
madrasa»)   nomini   olgan   ikki   qavatli   Xoja   Ahror   madrasasini   Shohmurod   qayta
qurgan.   Bu   madrasa   Samarqandning   janubiy   qismida,   shaharning   So‘zangaron
dahasiga olib boradigan katta ko‘chaning g‘arbiy qismida joylashgan edi. Bu bino
Ko‘kaldosh madrasasining qurilish materiallari hisobiga qayta ta’mirlangan. Amir
Shohmurodning   farmoni   bilan   Samarqanddagi   Shayboniyxon   va   Ulug‘bek
madrasalari   ta’mirlandi   va   qayta   tiklandi,   qal’a   va   shahar   devorlarining   buzilgan
qismlari ham qayta tiklandi. Ana shu davrda Shohizinda maqbarasi zinapoyasining
tepa   qismidagi   o‘ziga   xos   ark-gumbaz   tarmog‘i   –   Chortoq   binosi   qurildi.
Shohmurodning o‘zi qayta qurilajak shahar tarhini chizgan. Shahardagi ariqlar va
tomorqalar tozalangan. 
Samarqand   madrasalarida   tahsil   olgan   Humuliyning   yozishicha,   Amir
Shohmurod   shaharda   24   ta   yangi   mavze   qurdirib,   mamlakatning   sharqiy
viloyatlaridan   bu   yerga   aholini   ko‘chirib   keltirgan.   Samarqand   shahridagi   har   bir
madrasa va masjidga mudarris, muazzin va imomni Amir Shohmurodning shaxsan
o‘zi tayinlagan. Shahar markazida olti qirrali Chorsu – «Toqi musaddas» qurdiradi.
Chorsu   baland   burchakli   bino   bo‘lib,   uning   markazida   baland   gumbaz   va   undan
ajraladigan olti yo‘lak bo‘lgan. Bu yo‘laklar shahar darvozalari Buxoro, Korizgoh,
So‘zangaron,   Feruza,   Ohanin   va   Haydarobodga   qarab   ketgan.   Samarqandning
oltita asosiy darvozasi Amir Temur davrida ana shunday nomlangan. U Samarqand
yaqinidagi   Dahbed   mavzesida   joylashgan   Maxdumi   A’zam   ziyoratgohini   ham
qayta barpo qildirgan.
1800-1826   yillarda   Buxoro   amiri   bo‘lgan   Amir   Haydar   (1778–1826)   otasi
Amir   Shohmurodning   siyosatini   davom   ettirdi.   Amir   Haydardan   boshlab   Buxoro
hukmdorlari   o‘zlari   «sayyid»   («said»)   unvonini   ham   qo‘shib   olishgan.   XIX   asr
boshlarida   Amir   Haydar   Buxoro   amirligidagi   markaziy   hokimiyatga
bo‘ysunishdan   bosh   tortib,   ayirmachilik   (separatistik)   kayfiyatlarni   namoyon
qilayotgan   Shahrisabz,   Kitob,   Urgut   bekliklari,
Miyonqol va Samarqand hokimlariga qarshi janglar olib borishga majbur bo‘lgan.
Bu   paytda   dushmanlar   qutqusi   bilan   Amir   Haydarga   qarshi   chiqqan   amakilari
Umarbiy   va   Fozilbiy   Nasaf   (Qarshi)ni   egallashgan,   Samarqandda   ham   isyon
ko‘tarilgan. 
Tarixchi Mirzo Salimbekning yozishicha, Amir Haydar markaziy hokimiyatni
mustahkamlash   uchun   Samarqandga   Davlatbiy   devonbegi   qushbegini   (ukasi
Muhammad   Husaynbek   o‘rniga)   tayiinlagan.   Davlatbiy   qushbegi   1814   yilgacha Samarqandni boshqargan. Davlatbiy qushbegi 1812 yillarda Shohizinda majmuasi
tarkibida   kichik   madrasa   qurdirgan.   Undan   keyin   Samarqand   viloyatiga   Amir
Haydar   safdoshlaridan   4   kishi:   Ayozbiy,   Muhammadbiy,   Muhammad   Safarbiy,
Ibrohim   Dodxoh   kabi   beklar   hokim   qilib   tayinlandi.   Mang‘itlar   sulolasining
yettinchi hukmdori bo‘lgan Amir Nasrulloh Bahodurxon (1806-1860) davrida ham
Samarqand strategik jihatdan amirlikdagi muhim shaharlardan biri hisoblangan.
Mang‘itlar   sulolasi   davrida   Samarqandda   iqtisodiy   o‘sish   ko‘zga   tashlanadi.
Xususan,   Amir   Shohmurod   hukmronligi   yillaridan   boshlab   shahardagi   iqtisodiy
hayot   sezilarli   darajada   jonlangan.   XVIII   asr   o‘rtalaridan   to   XIX   asrning   so‘nggi
choragigacha   Samarqand   mintaqada   hunarmandchilik   ishlab-chiqarishi   va
savdoning yirik markazi bo‘lib qoldi.
Bu davrda Samarqandda gul solingan turli rangdagi shoyi va atlas gazlamalar,
abr,  ip  va   shoyi   olacha,   zandaniycha,   bo‘z  va   guldor   gazlamalar,   shoyi   ro‘mollar
ishlab chiqarilgan. Budavrda fo‘ta to‘qish ham keng tarqalgan edi. Masalan,  XIX
asrning   70-yillariga   oid   ma’lumotlarga   ko‘ra,   birgina   Samarqandda   fo‘ta
to‘qiydigan korxonalar soni 40 ta bo‘lgan.
Samarqand o‘zining zargarlari bilan ham shuhrat qozongan edi. Ular kumush
va misdan, ba’zan oltindan ham ayollar uchun bezaklar, taqinchoqlar tayyorlashar,
ularni qimmatbaho toshlar bilan qoplashardi. Zargarlar uzangilarni, shu jumladan,
egar-jabduqlarni  ham  kumush  bilan bezatishardi.  Bir   xil  mahsulot  tayyorlaydigan
hunarmandlar o‘ziga xos uyushmalarga birlashgan. Bitta uyushma a’zolari bo‘lgan
ustalar   odatda   shaharning   bitta   mahallasida   yashagan.   Samarqandda   Zargaron
(zargarlik bilan shug‘ullanuvchi  ustalar), So‘zangaron (igna tayyorlovchi ustalar),
Charmgaron   (ko‘nchilar),   Xarroton   (yog‘och   yo‘nuvchi   ustalar,   duradgorlar),
Kulolon (kulollar), Sharbatdaron (sharbat tayyorlovchilar) va boshqa ana shunday
mahallalar   bo‘lgan.   Amirlik   poytaxti   hisoblangan   Buxoroda   ham   ana   shunday
ustalar mahollalari azaldan mavjud bo‘lib, ular hozirgi kungacha saqlanib qolgan.
Temuriylar davrida bo‘lgani singari mang‘itlar sulolasi davrida ham Samarqandda
a’lo   navli   sifatli   qog‘oz   ishlab   chiqarilgan.   1863   yilda   Buxoro   va   Samarqandda
«turk   hojisi»   qiyofasida   bo‘lgan   vengriyalik   taniqli   sharqshunos   va   sayyoh,   ayni
paytda   Buyuk   Britaniya   imperiyasining   xufiyasi   German   Vamberi   (1832-1913)
o‘zining asarlarida Samarqand va Buxoroda o‘sha paytlarda ishlab chiqarilayotgan
qog‘ozga juda yuqori baho beradi.
Vamberi o‘z asarlarida Samarqanddagi hunarmandlar faoliyatiga juda yuqori
baho bergan. U Samarqanddagi  jabduq yasovchi  ustalar  haqida quyidagi  fikrlarni
keltiradi:   «Samarqand   bozorlarida   sotish   uchun   mashhur   charm   mahsulotlar,   did
bilan   ishlangan   egarlar   qo‘yilgan,   ularning   bezagi   hatto   yevropalik   ustaga   ham
shuhrat keltirishi mumkin».
Bu davrda Buxoro xonligining savdo-sotiq aloqalari rivojlangan. Chunonchi,
Samarqand   va Buxorodan Rossiya va Hindistonga, boshqa mamlakatlarga shoyi va
ip gazmollar olib   borilgan. XVIII asrning oxirida Samarqand bozorlariga Rossiya,
Xitoy, Hindistondan turli   buyumlar keltirilgan. O‘z navbatida Samarqand shahri va
uning   atroflarida   yetishtirilgan   qog‘oz,   olacha   choponlar,   sopol   buyumlar,   quruq
meva, qorako‘l teri, ot-ulovlar bu mamlakatlarga olib borilgan.
Madrasalarda   dunyoviy   ilmlardan   ko‘ra,   diniy   ilmlarga,   xususan   shariat aqidalariga   keng   o‘rin   berila   bordi.   Islom   asoslarini,   shariatni,   fiqhni   bilishning
o‘zi   yetarli,   degan   cheklangan   qarash   madrasalarda   ham   o‘rin   ola   boshlaydi.
Sxolastika,   kitobiylik,   mutassiblik   kuchayadi,   ta’lim   tizimida   turg‘unlik,   aytish
mumkinki,   sukutlik   (regress)   tamoyili   yetakchilik   qiladi.   Samarqand   madarsalari
faoliyatida ham yuqorida keltirilgan vaziyat hukm surgan.
Madrasa boshlig‘i sifatida barcha fanlar o‘qitilishini nazorat qiluvchi mudarris
tayinlangan.   Mudarris   yuqori   bosqich   talabalariga   va   uning   boshchiligida
yordamchi  – muqarrirlar  quyi  bosqich talabalariga  dars  berganlar. Mudarris  faqat
madrasadagi   o‘quv   jarayoniga   mas’ul   bo‘lib,   vaqf   mulklarining   boshqaruviga
aralashish   vakolatiga   ega   bo‘lmay,   faqat   madrasa   ehtiyojlari   haqida   mutavalliyga
axborot berishi mumkin edi 1
.
O‘quv dasturlar asosini islom huquqshunosligi, arab tili grammatikasi tashkil
qilgan. Fanlarning ko‘p qismi diniy bilimlardan iborat bo‘lib, falsafa, geometriya,
matematika,   geografiya,   tibbiyot,   kimyo   kabi   fanlar   ham   o‘qitilgan.
Ye.N.Pavlovskiy   ma’lumotiga   ko‘ra   madrasalarda   tarix,   fizika,   tabiat   fanlaridan
qisqa va umumiy ma’lumotlar ham berilgan.
Keng   aholi   dunyoqarashi   va   madaniy   tushunchalari,   albatta,   ta’lim   orqali
shakllanadi. Shu sababli, Samarqand aholisini, binobarin, butun amirlik aholisining
dunyoqarashi   ta’lim   maskanlarida   berilgan   ilm   asosida   shakllangan.   Manbalar
tahlili   asosida   ta’lim   dasturlarini   asosiy   qismini   islom   dini   bilan   bog‘liq   ilmlar
tashkil   etishini   aniqlash   bilan   birgalikda   ta’kidlash   mumkinki,   aholi
dunyoqarashining   asosini   islom   doirasida   tushuncha   va   ilmlar   tashkil   etgan.
Albatta,   ba’zi   hollarda   chet   ta’lim   muassasalarida   yoki   o‘z   intilishlari   natijasida
dunyoviy   bilimlarni   egallagan   shaxslar   mavjud   edi.   Lekin,   bu   ayrim   holatlar
bo‘lib, umumiy xulosalar berish imkonini bermaydi.
Lekin shunga qaramasdan Abdurahmon Jome’, Xoja Xofiz Sheroziy, Alisher
Navoiy,   Fuzuliy,   Mirza   Bedil   kabi   allomalar   asarlariga   iqtidorli   talabalarda
qiziqish   katta   bo‘lgan.   O‘z   davrida   bu   kabi   talabalar   qatorida   Shavqiy
Kattaqo‘rg‘oniy,   Mujrim   Obid,   mulla   Qurbonjon   Xiromiy,   Muztari   Miriy   va
boshqalar   bo‘lishgan.   Ular   o‘zlarining   ijodlarida   buyuk   allomalar   asarlaridagi
fikrlarni aks ettirishga harakat qilishgan. 
Navoiyning   «Mahbub   ul-qulub»,   «Chahor   devon»   kabi   dunyoga   mashhur,
o‘zbek   adabiyotining   durdona   asarlari   ham   XIX   asr   birinchi   yarmida   qayta
ko‘chirilib,   keng   o‘quvchilar   orasida   tarqatilgan   edi.   Shuningdek,   Mashrab,
Huvaydo,   Sayqaliy,   Shavqiy,   Amiri   G‘oibiy   kabi   mashhur   adabiyot
namoyondalarining asarlari qayta ko‘chirilgan va o‘quvchilar orasida tarqalganligi
haqida ma’lumotlarni ham uchratish mumkin.
1
 Керенский Ф.М. Медресе Туркестанского края // Туркестанский сборник. Том 418. Ташкент, 1907. С. 6.

XVII-XVIII asrlarda Samarqandda ilm-fan taraqqiyoti va adabiyot Reja: 1. XVII asrda ilm-fan taraqqiyoti. 2. Yalangtush Bahodir davrida Samarqand. 3. XVIII asrda ilm-fan taraqqiyoti.

Yalangtush Bahodir davrida madaniy hayot rivojlanib, o‘nlab obidalar qurildi. Yalangtushdan o‘rnak olgan saroy a’yonlari, olimu ulamolar va tavongirlar madrasa, masjid, hammom ko‘prik, quduq kabi xalq ehtiyoji uchun zarur inshootlarni xayr sifatida qurishadi . Amir Yalangtush Bahodir tirik paytida hokimlikdan voz kechadi. Hukmdorlikdan ko‘ra, binokorlik ishlarini afzal ko‘rgan Yalangtush Bahodir 1656 yilda vafot etadi. O‘z vasiyatiga ko‘ra uni Dahbeddagi Maxdumi A’zam xonaqohiga, pira Xoja Hoshimi Dahbediy (Maxdumi A’zamning nevaralari) qabrining oyoq tomoniga dafn etishadi. Amir Yalangtush shunday vasiyat qilgan ekan: «Meni pirlarimning oyoq tomonlariga ko‘mingiz; pirimni ziyoratlariga keluvchilar mening qabrimni bosib o‘tishsinkim, men pirimga yarashgulik xizmat qila olmadim!» . Manbalarda ushbu davr voqealari bilan bog‘liq turli xil ma’lumot-larda chalkashliklar mavjud. XVII asrning ikkinchi yarmida Samarqand taxtiga chiqqan hokimlardan biri Xo‘jaqulibiy O‘tarchi bo‘lgan. O‘tarchining ismi ko‘proq bu davrda Samarqandga yurish qilgan Xiva xoni Anushaxon (1664-1687)ga sotilgan shaxs sifatida tilga olingan. Bu davrda Samar¬qandda Xiva xoni Anushaxon nomi bilan tilla tanga zarb etilgan. Xiva va Buxoro o‘rtasidagi urushlar uzoqqa cho‘zilmagan va ko‘p o‘tmay, yana shaharda Ashtarxoniy Subxonqulixon (1681- 1702) hokimiyati o‘rnatilib, 1689 yilda shaharga kenagas urug‘idan bo‘lgan Ibrohimbiy hokim etib tayinlangan . Ibrohimbiy 1700-yillarning boshlarida Samarqand hokimligini Ashtar¬xo¬niylarning nufuzli amaldorlaridan bo‘lgan Farhodbiy otaliqqa topshirib, o‘zi Shahrisabzga hokim bo‘lgan. Farhodbiy otaliq Samarqand taxtiga chiqqach, mustaqil siyosat yuritishga harakat qilgan. Shu munosabat bilan Farhodbiy otaliq Samarqandda mustaqil xonlik tuzishni ilgari surgan edi. Lekin bundan xabar topgan Ashtarxoniy hukmdor Abulfayzxon (1711-1747) Farhodbiy otaliqni qatl ettirgan. Farhodbiy otaliqdan so‘ng Samarqand taxtiga Rajab Sulton (1717-1731) tayinlanadi. Rajab Sulton Ibrohimbiy kenagasning kuyovi bo‘lib, u 1722 yilda Shahrisabz, Miyonqol va Urgut hokimlariga suyangan holda mustaqil Samarqand xonligiga (1722-1731) asos soladi. Ibrohimbiy Shahrisabzda hokim bo‘lishiga qaramay, Samarqanddagi siyosiy jarayonlarga aralashgan va Rajab Sultonni qo‘llab-quvvatlagan. Abulfayzxon davridagi inqirozni shuningdek o‘sha davrda Buxoroda bo‘lgan rus elchisi F.Beneveni ham o‘z asarlarida yozib, Toshkent, Xo‘jand, Balx, Badaxshon, Hisor va boshqa viloyatlar poytaxtlari bilan deyarli mustaqil mulklarga aylanganini ko‘rsatib o‘tgan edi .

Siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi chuqur inqiroz Buxoro xonligida Abulfayzxonning obro‘sini tushirib yuboradi va natijada hokimiyat Mang‘it urug‘i vakillari qo‘liga o‘tadi. Bu davr Markaziy Osiyo tarixida siyosiy jihatdan parokandalik davri bo‘lib, bundan foydalangan jung‘orlar (oyrotlar) 1723 yil Samarqandni zabt etdilar. Ibrohimbiy jung‘orlardan foydalanib, Buxoro Amirligi taxtini egallashga harakat qilgan. Ayni davr shahar hayotida inqirozli bo‘lib, Samarqand qarovsiz qolgan va bir muddat taxminan 7 yilcha aholi yashamagan. Buxoro amiri Doniyolbiy davrida (1758-1785) uning o‘g‘li Shohmurod Samarqandga hokim (1780-1785) etib tayinlangach, shaharga Samarqandga yondosh turli mintaqalardan vakillar keltirib 24 ta mahalla barpo etgan. Shohmurod tashabbusi bilan islohotlar o‘tkazilib , Samar¬qandda madrasalar faoliyati yana yo‘lga qo‘yildi, ilm-fan va madaniyat taraqqiy eta boshladi. Ilm-fan sohasida siljishlar bo‘lgan. Ashtarxoniylar davrida Samar¬qandda Olim Shayx Azizon (1564-1632) ilmiy-tasavvufiy faoliyatlar olib borgan bo‘lib, uning «Lamahot min nafahotul-quds» asari nafaqat tasavvuf va hadisshunoslikda, balkim tarixshunoslikda ham katta ilmiy ahamiyat kasb etgan va madrasalarda o‘qitilgan. Ashtarxoniy hukmdor Nodir Muham¬madxonning (1642-1645) taklifi bilan Xurosonning Mashhadi muqaddas shahridan Samarqandga ko‘chib kelgan tog‘asi Mir Abu Tohirxojai Sadri Mashhadiy («Samariya»ning muallifi Abu Tohirxojai muftiy bilan adashtirilmasin) va uning avlodlari XX asr boshlariga qadar Sherdor va Tillakori madrasalariga mudarrislik qilishgan. XVII asrning 40-yillaridan boshlab adabiyot ham rivojlana boshladi. Atoqli shoir Maliho Muhammad Bade ibe Muhammad Samarqandiy o‘zining “Muzakkir al-Azxob” (1692 y.) asarida bu davrda ijob qilgan 200dan ortiq shoirning nomini sanab o‘tgan. Ularning aksariyati Samarqandlik bo‘lgani alohida e’tirofga loyiq. Bu davrda ijod qilgan ko‘plab shoirlar hunarmand va savdogarlar oilasidan yetishib chiqqan. Husnixat ustasi Muhammad Obid ibn Muhammad Zohid Samarqandiy, do‘kondor Mu’in Buxoriy, atoqli shoir, “G‘olib va Matlub” dostonining muallifi, zardo‘z, Fitrag‘i Zardo‘ziy Samarqandiy, savdogar Musiho Samarqandiy, pardozchi usta Mulhamiy Samarqandiy, bo‘yoqchilari – Zabehoi Yahudiy Samarqandiy, Rahmini Yahudiy Samarqandiy, muqovachi xattotlar – Abdullo Samarqandiy, Do‘stmuhammad Sadri Samarqandiy, Mullo Muhammad shayx G‘arib Samarqandiy, Shayx Valad Samarqandiy, Xo‘ja Ali ibn Miroqayn Samarqandiy, Xoja Mirshoh Samarqandiylar shular jumlasidandir. Bu davrdagi ilg‘or madaniyat arboblaridan Sayido Nasafiy (1637 – 1730) va Turdi Farog‘iylarning nomlarini alohida qayd etish lozim. Ular o‘z she’rlarida mehnatkash xalq hayotini ko‘rsatishga harakat qilishgan .

Ashtarxoniylar davriga oid me’morchilik anchayin rivojlangan. Bu davrga oid yodgorliklardan biri Nodir Devonbegi madrasasi bo‘lib, u Buxoro xoni Imomqulixonning vaziri Nodir devonbegi tomonidan 1630-1631 yillarda Xoja Ahror xonaqohi yonida me’mor Do‘stmuhammad rahbar¬ligida qurilgan . Madrasa bir qavatli qilib qurilgan bo‘lib, hovlisining 2 tomonida ayvon, hujralar, masjid va darsxona joylashgan. Bosh tarzidagi peshtoq ayvon bezaklariga o‘zaro uyg‘unlashtirib feruza, yashil va sariq ranglarda mayda va jimjimador naqshlar bilan nafis bezatilgan. Ashtarxoniylar davrida Samarqandda miniatyura va rassomchilik ham bir muncha oldinga siljigan. Bu davrda Muhammad Sharif Samarqandiy 1616 yilda Sa’diyning “Bo‘ston” dostoniga ishlangan to‘rtta miniatyuradan bittasini chizgan. Muhammad Darvesh Samarqandiy 1618 yili o‘zining “Doston Zebo-Zevar” asarida to‘rtta miniatyura ishlagan. Sharofiddin Ali Yazdiyning 1628 yili Samarqandda tarjima qilingan “Zafarnoma” asarida yettita miniatyura chizilganligi ma’lum . XVII asrning ikkinchi yarmidan boshlab, qo‘g‘irchoq teatrlari keng rivojlangan. Ushbu teatrlar ikki xil: qo‘l qo‘g‘irchog‘i va chodirxayol bo‘lgan. Qo‘g‘irchoq teatrlarining chiqishlarida ruhoniylar, qozilar va ma’muriyat¬ning kirdi-korlari tanqid qilingan. Qo‘g‘irchoq teatrlari bilan birga musiqa san’ati ham rivoj topgan. O‘nlab musiqa ijrochilari va bilimdon¬larining ismlari ma’lum. Musiqa bilan nafaqat soha mutaxassislari balki rassomlar, shoirlar va olimlar ham shug‘ullanishgan. Masalan , shoir¬lardan Binoiy, Hofiz Tanish, Hasan Ansoriy, xattot Mahmud Is’hoq, tabib Mavlono Samarqandiy. Birinchi Mang‘it hukmdori Muhammad Rahimbiy mamlakatda avj olgan siyosiy parokandalikka qarshi kurashadi. Davlatdagi iqtisodiy hayotni tartibga solishga harakat qiladi. Markaziy hokimiyatga Nurota, Kobadiyon, Boysun, Huzor, Panjikent, Urgut, Jizzax, Zomin va Shahrisabz kabilarni bo‘ysundiradi. Muhammad Rahimbiy Samarqandga kelganida shaharni bo‘shab qolganining guvohi bo‘ldi. Aynan bu davrga kelib Samarqandning ahvoli ko‘plab tarixchilar asarlarida xolisona yoritilgan. Manbalarda XVIII asr o‘rtalarida Samarqand haqida shunday ma’lumotlar keltiriladi: «O‘rta Osiyoning bir vaqtlar ko‘pchilik musulmon Osiyosining madaniyat va siyosat markazi bo‘lub o‘tgan va chindan «Samarqand firdavsmonand» sifatiga arziydigan bir yo‘sunda bezangan Samarqand keyingi zamonlarda buzilub quruq bir cho‘lga aylangan edi. Mang‘it amirlarining birinchisi bo‘lg‘on Rahimxon Samarqand muzofotini qo‘lga kirguzamen deb kelganda (h. 1166 (1752) yil boshlarida) Samarqand shahrida jon egasi yo‘q edi, hatto Raboti Xojabandiy to‘g‘oni buzulg‘on va Samarqand suvdan mahrum qolg‘on edi. Rahimxon ushbu safarida (h. 1166 y. jumod as-soniy oyida) Raboti Xoja Bandiyni tuzatib, Samarqandg‘a suv oqizg‘on bo‘lsa ham odam yo‘qlig‘idan obod bo‘lmadi.

Rossiyalik Ivan Kirillov 1734 yilda Samarqand haqida «Samarqand avvalda shuhratli va kuchli davlat bo‘lgan. Hozirda esa madrasa va ko‘plab arabcha va boshqa tildagi kitoblardan tashqari unda hech narsa qolmagandir». 1790 yilda O‘rta Osiyoda bo‘lgan Novopatrassk mitropoliti Xrisanf ham shahardagi bu holatni tasdiqlab, «Samarqand hozirda bo‘m-bo‘shdir, uni zabt etgan takabbur Buxoro noibi qanchalik harakat qilmasin, uni oldindagidek aholi bilan to‘ldirish borasidagi uning mehnati bekordir», - deb qayd etadi. Mang‘itlar sulolasi davrida Samarqand shahri aholisi asta-sekinlik bilan bilan to‘ldirib borilgan. XIX asrning 40-yillarida shaharda taxminan 25-30 ming kishi istiqomat qilgan. Ammo Samarqand poytaxt bo‘lmasa-da oliy hukmdorlar shaharda joylashgan ko‘k toshga o‘tirish rasmiy marosimi o‘tkaziladigan markaz sifatida ahamiyatini saqlab qoldi. Mang‘itlar sulolasining asoschisi va birinchi hukmdori Muhammad Rahimxon 1756 yil 12 dekabrda Buxoro xonligi taxtiga rasmiy ravishda xon bo‘lib o‘tirgach, o‘z hokimiyatiga siyosiy tus berish maqsadida Samarqandga yo‘l oladi. Bu davr manbalarida shahar «Dorus-saltanat Samarqand» deb tilga olinadi. Urgutlik so‘fiy va tarixchi Humuliyning «Tarixi Humuliy» asarida keltirilishicha, Muhammad Rahimxon Samarqandga maxsus kelib, mashhur Ko‘k tosh taxtiga ham o‘tirgan. Humuliyning yozishicha, Muhammad Rahimxon hali otaliq mansabida ishlagan paytidayoq Ko‘ktosh taxtiga o‘tirish marosimini o‘tkazgan edi. Xullas, Muhammad Rahimxon Buxoro xoni bo‘lgach, mamlakatda poytaxtdan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi Samarqand shahriga alohida e’tibor bilan qaragan. Ma’lumki, Samarqand shahri XVIII asr 20-yillarida toj-taxt uchun bo‘lgan kurashlarda (soxta xon Rajab Sulton – Rajabxonning hatti-harakatlari) va ko‘chmanchi qozoqlarning shaharga bostirib kelishi natijasida butunlay vayron bo‘lgan va xarobaga aylangan edi. Bu fojialar shu qadar dahshatli bo‘lganki, odamlar 1730 yildan boshlabgina Samarqand qal’asiga qaytib kelishgan va o‘zlariga uy-joy qura boshlaganlar. Biroq Eron shohi Nodirshohning 1740 yildagi bosqinchilik yurishi natijasida Samarqand yana dushman qo‘liga o‘tadi va vayronaga aylanadi. Muhammad Rahimxon urushlar tufayli vayron bo‘lgan Samarqanddagi Darg‘om kanalini qayta tiklagan, shahar devorlarini ta’mirlashga buyruq bergan. Muhammad Rahimxon Hisorni egallagach, bu yerdan Samarqandga bir necha ming oilani ko‘chirgan edi. Amir Muhammad Doniyolbiyning 12 barkamol o‘g‘li bo‘lib, ular o‘rtasida katta o‘g‘li vavorisi Shohmurod (1741-1800) alohida ajralib turgan. Shohmurod 1780 yildan Samarqand hokimi bo‘lgan. Shohmurod Samarqand shahrini tiklash va obod qilishga o‘zining katta hissasini qo‘shgan. Xususan, u otasi vafot etgach, 1785 yil 9 iyunda Buxoro amiri bo‘lganidan so‘ng Samarqandni obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor bilan yondashadi. Samarqandda Ko‘k toshga o‘tirish an’anasi XIX asrni birinchi yarmida ham davom etdi. Shohmurodning o‘g‘li, onasi tomonidan ashtarxoniy Abulfayzxonning qizi tomonidan nabirasi Amir Haydar (1800-1826)ni oq kigizda oliy hukmdor etib ko‘targanlar va Samarqandda ko‘k toshga o‘tqazib, uni rasman hukmdor etib tan olganlar. Bu voqeani XIX asrning 20-yillarida Buxoroda bo‘lgan Ye.K.Meyendorf