logo

XVI–XVIII asrlarda Yaponiya

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.3134765625 KB
XVI–XVIII asrlarda Yaponiya
Reja:
Kirish
1) XVI -XVII asrlarda Yaponiyaning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi 
2) Yaponiyani birlashtirish uchun kurash
3) Yaponiya tokugava syogunati davrida
4) XVI–XVIII asrlarda Yaponiya mavzusini o qitishda pedagogik ʻ
texnologiyalardan foydalanish
Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati	
ʻ
Xulosa 
                                           Kirish
         Tarixga markscha qarash inqirozga uchragandan so’ng o’tgan vaqt Ichida 
tarix va falsafadan paydo bo’lgan adabiyotlarning aksariyatida insoniyat tarixini
siklik dinamika va sosiogеnеtika nazariyasi asosida, nisbatan qisqa sikllardan to
ko’p asrlik sivilizasion sikllar va ming yillik katta sikllar asosida qurishga 
Harakat qilinadi. Bu esa insoniyatning o’tmishi, buguni va kеlajagini ibtidoiy 
jamoa tuzumi dеb ataluvchi uzoq mavhumlikdan boshlangan va «kommunizm» 
dеb ataluvchi boshqa bir adadsiz mavhumlik Bilan yakunlangan bеshta ijtimoiy-
iqtisodiy formasiyalarga an’anaviy ajratishdan voz kеchish, yangi, muqobil 
usullarni joriy Qilish imkonini bеrdi
          Yangi zamonni Yaponiya ‘’jangari viloyatlar davri’’ nomini olgan 
tarqoqlik va fuqaro urushlari davridagi Asikaga syogunatidan (1467-1568) 
meros qilib oldi. Bu davr vassallarning syogunga qarshi kurashlari bilan ajralib 
turadi. Asikaga xonadonidan bo’lgan syogunlar poytaxt Kioto ustidan nazoratni 
qo’ldan berdilar, u yerda shaharni mustaqil boshqarishning kuchli tizimi 
shakllandi. Yetakchilik endi viloyatlardagi hukmdorlarga – knyaz-daimolarga 
o’tdi. Bu davrda knyazlar daromadlarining tarkibi sezilarli o’zgardi. 1543-yili 
yaponiya qirg’oqlarida portugallarning, olti yildan so’ng esa ispanlarning ham 
paydo bo’lishi mamlakatdagi keying siyosiy va iqtisodiy muhitga sezilarli ta’sir 
ko’rsatdi. Ular mamlakatga o’qotar qurollarni olib kirdilar. Yevropaliklarning 
paydo bo’lishi savdo va kapitalning kuchayishiga, harbiy ishning  
mukammallashishiga ko’maklashdi. Bu esa o’z navbatida o’zaro urushlarni 
keskinlashtirdi va faqat Yaponiyaning bo’linib ketish xavfini emas balki uning 
yevropaliklarga tobe bo’lib qolish xavfini ham keltirib chiqardi. O’zaro urushlar
va dehqonlarning qo’zg’alonlari feodallarning o’ziga ham real xavf tug’dirdi. 
Shu vaqtda esa Yaponiyaning chet elliklar tomonida bosib olinish xavfi yitilib 
kelayotgan edi.                                                             
       
  1)    XVI -XVII asrlarda Yaponiyaning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi. 
            XVI asrda mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlangan. Biroq bu bir 
tomonlama bo’lgan, ya’ni qishloq xo’jaligi sanoatdan ortda qolgan. Ip yigirish, 
to’quvchilik va kulolchilik tog’-kon va qurol ishlab chiqarishga qaraganda sekin
rivojlangan. 
         Qishloq xo’jaligida bir qator yangi jihozlaming paydo bo’lishi  yerga 
ishlov berishni kuchaytirgan. Ilgari noma’ lum bo’lgan tut,  qog’ oz va lak 
daraxtlari hamda choy va sitrus mevalarni yetishtirish kengaygan. Xorijdan 
shirin kartoshka, tarvuz, tamaki va paxta  ekinlari keltirilgan. Bularning  barchasi aholi sonining o’sishiga  ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Yaponiya aholisi XVI
asr oxirida 16—17  million bo’lsa XVII asr oxiriga kelib 25 millionga yetgan.
            Ayrim ishlab chiqarish tarmoqlari feodallar tomonidan 
monopollashlirilgan. Asosan tog’-kon ishlari, kemasozlik, qurolsozlik kabi 
ishlab chiqarish turlari ularning qo’lida bo’lgan. Xonsyu orolidagi Sakay kabi 
eski shaharlar o’sgan, ayniqsa, Kyusyu orolidagi Xirado  va Nagasaki singari 
yangi shaharlar paydo bo’lgan.
          Yapon savdogarlari o ‘z mollari bilan Tayvan, Filippin va Indoneziya 
sohillarigacha sayohat qilishgan. X V I asrning oxirlariga  kelib bu yerlarda 
yaponlarning ko’plab savdo manzilgohlari  paydo bo’lgan. Ushbu davrda 
yaponlarning geografik tasavvurlari kengayib, kemasozlik san’ati, kemasozlik, 
ayniqsa konlarni qidirib topish va eksport uchun oltin kumush va mis qazib 
olish rivojlangan. Ushbu sohalaming rivojlanishi tashqi savdoning holati  (xitoy 
va yevropaliklar bilan) va mamlakatdagi siyosiy vaziyat bilan  chambarchas 
bog’liq edi. Yirik feodallar ko’p miqdordagi qurollarga  ehtivoj sezganlar. 
Urushlar va feodallarning dabdabaga intilishi  oltin va kumushga bo’lgan 
talabni ko’payishiga olib kelgan. Yapon  bozorlaridagi yagona pul birligi 
bo’lgan Xitoy mis tangasi evaziga qo shni davlatlarga mis eksport qilingan. ʻ
XVI asrning oxirlariga kelib esa  yapoiilar o’zlarining oltin tangalarini zarb 
qildirishgan. Mis, qilich,  yelpig’ichlar Xitoyga eksport qilingan. Yevropaliklar 
yaponlarning oltin va kumushlariga qiziqqanlar. Tashqi savdoning rivojlanishi 
kemasozlikning o’sishiga sabab bo’lgan.
       Tashqi savdo katta foyda keltirgan. Masalan, XVI asming ikkinchi yarmida 
savdogar Kamigaya Sodzin Koreya, Xitoy, Siam va  Luson oroli (Filippin) bilan
yirik savdo aloqalarini yo'lga qo'ygan. U o'z vatani Kyusyu orolida bo'yoq 
xomashyo qazib oiish, mashhur  «Hakata matolari»ni ishlab chiqarish, Xonsyu 
orolining janubida kumush qazib olish hamda qurilish ishlari bilan 
shug'ullangan.  O'sha davrda eng yirik feodallardan biri uchun qal’a va 
Nagoyada esa Xideyosi uchun lager qurib bergan. Xideyosi haqiqiy homiy 
sifatida o'sha davr siyosiy jarayonlarida ishtirok etgan.
      Koreya, Siam, Lusonda o ‘zining qator savdo agentliklariga ega bo'lgan 
savdogar Simay Sositsu o'zining ulkan boyligi tufayli Kyusyu orolining 
daymesini o 'z qo'lida ushlab turgan. 1592-yilda Xideyosining Koreya va 
Xitoyga qarshi harakatlarini tayyorlashda kam faol ishtirok etgan.
        XVI  asr o'rtalaridan boshlab yevropaliklar bilan savdo aloqalari  yo'lga 
qo'yilgan. Yaponiya qirg'oqlarida 1542-yiIda portugallar, 1580-yilda esa 
ispanlar paydo bo'lgan. Yevropalik savdogarlar,dengizlardagi qaroqchilar va  missionerlar Xitoydan Yaponiyaga turli   mahsulotlar, ayniqsa ipak matolar olib
kelishni boshlaganlar. Ular Yaponiyaga o'q otar qurollarni ham olib kirganlar. 
Yevropaliklar Yaponiyadan oltin, kumush va qullarni olib ketishgan. Feodallar 
ichki urushlarda asir olingan dehqon va samuraylar o'zlari yoki qaroqchilar 
orqali sotib yuborgan. Talab katta bo'lgan o'tochar qurollarni asosan 
portugaliyaliklar olib kelishgan. Tez orada, bu kabi qurollarni Yaponiyaning 
o'zida ishlab chiqarila boshlangan.
           O'qotar qurollarning keng tarqalishi harbiy sohadagi islohotlarga sabab 
bo'lgan. Avvalo, jang taktikasi o'zgarib, suvoriy samuraylar o'rniga piyoda 
askarlar birinchi o'ringa chiqishgan. Ushbu piyoda askarlar, ya' ni «asigaru»lar, 
ilgari feodal xo'jayinlariga hamroh yoki otliq samuraylarning yordamchilari 
bo'lgan dehqonlardan iborat edi. Endilikda ular jangda asosiy kuchga aylangan. 
O'tochar qurollar ushbu qurollardan foydalanishni yaxshi o'zlashtirishgan 
professional  askarlarni xizmatga qaytarilishiga sabab bo'lgan.
         Ko'plab qal’alar siyosiy va ma’muriy markazlar vazifasini bajarib, 
ularning atrofida shaharlar vujudga kela boshlagan. Daymelar  o'zlarining 
qasrlarida yer-mulksiz samuraylarning katta qismi to'plangan bo'lib, ularga 
dehqonlardan mahsulot ko'rinishida olingan soliqlar evaziga bir kunlik 
miqdorda guruch berilgan. 
        Portugaliyaliklar va ispan savdogarlari bilan birga kelgan iyezutlar 
Yaponiyada xristianlikni targ‘ ib qila boshlaganlar. Bu din dastlab 
muvallaqiyatga erishgan. Kyusyu oroli daymesi iezuitlarni qabul qilib, ularga 
xristianlikni targ‘ ib qilishga, xristianlik maktablari  hanula ibodatxonalarni 
ochishga ruxsat bergan. Shuningdek, xorijlik  savdogarlardan o ‘q otar qurollar 
xarid qilish va ichki nizolarda Yevropaliklardan ko’makolishga harakat qilgan 
daymelar xristianlikni qabul qilganlar va o z vassallarini ham bunga ʻ
majburlaganlar. 
      Yaponiya orollarida yevropaliklarning paydo bo’lishi savdo-sotiq va harbiy 
sohaga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Ikkinchi tomondan bu o zaro urushlarni 	
ʻ
keskinlashtirib, Yaponiyaning bo’linib ketish va yevropaliklarga tobe bo’lib 
qolish xavfini ham keltirib chiqargan. Shuining uchun yevropaliklarning 
Yaponiyaga kirishi taqiqlangan. 
          XVII asrning 30-yillarida mamlakat yopilib, savdogarlar o‘ zining asosiy 
daromad manbalari tashqi savdodan mahrum qilgandan so’ng, Yaponiya 
qishloqlariga tovar-pul munosabatlarining kirib kelishi kuchaygan. Bu esa 
iqtisodiyotining tez parchalanishiga sabab bo’lgan. Kapitalistik sanoatning 
dastlabki shakllari vujudga kelgan.        Ip yigirish va to‘quvchilik taraqqiy etgan, mamlakatning ayrim hududlari 
turli xil ipak va qog’oz matolarini ishlab chiqarishga ixtisoslasha boshlagan. 
Ushbu mahsulotlar Edo, Osaka, Kito kabi shaharlarning savdogarlari tomonidan
sotib olingan. Ulgurji  oluvchilar dehqonlarga mahsulotlari uchun oldindan 
to’lov qilganlar va asta-sekin ularni o’zlarining buyurtmalariga binoan ishlashga
majbur qilib, bo’ysundirganlar.
2)   Yaponiyani birlashtirish uchun kurash.    
          Oda Nabunaga Ovari hududidan (hozirgi Ayti prеfеkturasidan) edi. U 
mayda fеodalning ikkinchi o'g'li bo'lib, otasi uncha katta bo'lmagan Nagoya 
Qal'asini qurgan va uni o'sha qo'rg'onda, oilasidan alohida tarbiyalagan. 1551 
yili otasi vafot etganidan so'ng o'n еtti yoshli Nabunaga Boshqalarning еrlarini 
egallab olishda ko'pgina hiyla-nayranglar Ishlatdi, qarindoshlarini ham, 
o'zinikilarni ham, qo'shnilarini Ham ayab o'tirmadi. Odaning o'z qo'shinini 
o'qotar qurollar bilan Ta'minlaganligi harbiy yutuqlariga sabab bo'ldi. 1573 yili 
u Asikaga xonadonidan bo'lgan, bu paytga kеlib siyosiy ta'sirini butunlay 
yo'qotgan, oxirgi syogunni taxtdan qulatdi.
            O'z еrlarini to'g'ri va noto'g'ri yo'llar bilan kеngaytirib, Dеhqonlar 
qo'zg'olonlarini ayovsiz tarzda bostirib, Oda Nabunaga «syogun-knyazlik» 
(bakuxan) davlatiga asos soldi. Ammo uning Bunday yuksalishi, avvallari bir-
birlari bilan kеlishmay yurgan ko'plab fеodallarni unga qarshi kurashda 
birlashishga majbur Qildi, buning ustiga, Odaning o'z qarorgohida ham 
kеlishmovchiliklar boshlanib kеtdi. 1582 yili Kiotodagi ibodatxonalardan Birida
raqiblarining qo'shinlari tomonidan qurshab olingan Oda O'zini o'ldirish bilan 
hayotini yakunladi.
        Mamlakatni birlashtirish ishini, dеhqonlardan chiqqan va Odaning 
xizmatida o'zini ko'rsatgan Toyotami Xideyosi davom ettirdi. O'zi dеhqonlardan
chiqqan Xideyosi dеhqonlar qo'zg'olonlarini Ayovsiz bostirardi. Dеhqonlarni 
еrga biriktirish jarayonida ulardan qurollar olib qo'yilardi. 1588 yildagi 
«qilichlarni izlash» Dеb atalgan farmonga binoan dеhqonlarning qilichlar, 
xanjarlar, miltiqlar va boshqa qurollarga ega bo'lishi taqiqlanardi. Uch Yildan 
kеyin chiqqan yangi farmon ijtimoiy tabaqalanishni rasmiy tarzda 
mustahkamladi. Jamiyatni samuraylar (si), dеhqonlar (no) va shaharliklar 
(simin)dan iborat uch toifaga ajratish O'rnatildi. Shaharliklar hali 
tabaqalashtirilmagan savdogarlar Va hunarmandlardan iborat edi.            1598 yili Xideyosining o'limi birinchi birlashtiruvchilarning Urinishlarini 
yo'qqa chiqardi. O'zaro urushlar Tokugava Ieyasu bilan Xideyosining o'g'li – 
Xideyori o'rtasida yangicha kuch bilan alanga Oldi.
           Sekigaxara yonidagi (Biva ko'lining sharqiy qirg'oqlarida) Jangda 
mag'lubiyatga uchragan Xideyori va uning tarafdorlari 1600 Yili Osaka 
shahrida qo'nim topdilar va bu еr 15 yil davomida muxolifatning markaziga 
aylandi. Sekigaxara yonidagi jangda Tokugava birinchi marta «ko'rinmas» 
lardan (ninzya) ayg'oqchi sifatida Foydalandi. 
         1603 yili Ieyasu Tokugava syogun unvonini qabul qildi va Edo 
(zamonaviy Tokio) shahrini poytaxt qilib, syogunatga (1603 –1867)  Asos soldi.
Bu bilan u o'z zamonasining eng mashhur xonadoni Harbiy-fеodal diktaturasini 
boshlab bеrdi. Amalda Tokugava va Uning izdoshlari impеrator xonadonini 
hokimiyatdan hamda siyosiy hayotdan ajratdi. Ammo ular impеratorning 
(mikado) diniy Obro'sini ta'kidlashda davom etdilar va doimo hokimiyatga 
impеrator ruxsati bilan kеlganliklarini ta'kidlar edilar. 
3) Yaponiya Tokugavalar syogunati davrida 
Yaponiya XVII asr boshlarida.  Tokugava xonadonidan dastlabki Syogunlar 
davrida Yaponiya yagona davlatga aylana boshlasada, aslida mamlakatning 
birlashishiga erishilmagandi. Siyosiy muhitning Muqimligiga erishish knyazlar 
muxolifatini bostirish yo'li bilan ushlab turilardi. XVII asr boshlarida ulardan 
ba'zilari(Takeda, Minai, Kumachai) xristianlikni qabul qilib (Tokugavaning 
raqiblari G'arbning yordamiga umid bog'lashardi), oilalari bilan qatl qilindilar. 
Ko'pgina knyazlarning, asosan janubig'arbdagilarning, еrlari musodara qilindi. 
Boshqalari yangi еrlarga ko'chirildi. Ittifoqchilarga minnatdorchilik bеlgisi 
sifatida,  Ularning еr maydonlari kеngaytirildi. 
      Shunday qilib, Tokugavalar o'z mulklarini Xonsyu orolining Markazida 
jamlashga muvaffaq bo'ldilar. Mulk egalari bo'lgan Knyazlar yillik sholi 
daromadi bilan o'lchanadigan boyliklari Darajasiga binoan farqlanardi. XVII asr
boshlarida Yaponiyaning umumiy sholi daromadi 11 million koku (1 koku – 
180,4 kg.)  Miqdorida bеlgilandi. Ana shu miqdordan 4 mln koku Tokugava 
Xonadoniga tеgishli edi. Faqat eng boy fеodallarning uncha katta bo'lmagan 
guruhlarigina (faqat 16 fеodal knyazlarning har biri 300 ming koku sholi 
daromadiga ega edi) bir oz mustaqillikdan Foydalanardi, anchagina vassal-
samuraylarga xo'jayinlik qilardi Va ba'zan hatto o'z tangalarini ham zarb qilardi.
Knyazlarning asosiy qismi esa (200 dan ziyod) o'zlarining iqtisodiy va harbiy 
zaifliklari tufayli to'laligicha Tokugava syogunlariga bog'liq edilar.  Mikado  atrofidagilardan iborat bo'lgan saroy ahli ham ana shu Qaramlar toifasiga 
kirardi. 
          Tokugavalar davrining boshlarida Yaponiyaning aholisi 20 millionga 
yaqin kishidan iborat edi. XVII asrdagi barqarorlik tufayli aholi 29 millionga 
yaqinlashdi. Ularning 80 foizdan ortiqrog'i (ya'ni asosiy qismi) qishloqlarda 
yashardi va mamlakatning bosh Ishlab chiqaruvchi kuchi –dеhqonlardan iborat 
edi.
        Tokugavalar Yaponiyasida еrlar fеodallarga tеgishli bo'lgan.  Fеodal еr 
egaligining asosiy shakllari quyidagilar edi: 1) syogunlarning еrlari; 2) 
knyazlarning еrlari; 3) chеrkov va monastirlarning еrlari.
        Har bir fеodal o'z mulkida hukmdor sifatida ish yuritardi Va еrning 
amaldagi (lеkin rasmiy emas) egasi edi. Sharqning Boshqa mamlakatlarida 
bo'lganidеk, еrning oliy mulkdori hukmdor Qiyofasida, ayniholatda – mikado 
qiyofasidagi davlat xisoblanardi. Impеrator oilasining hokimiyatdan mahrum 
kilinganligi еrning Shartli egalari – knyazlarning ahvolini mustahkamladi.       
              Savdogarlik va hunarmandlik asosan Yaponiyaning bеvosita syogunat 
nazorati ostida bo'lgan shaharlarida to'plangandi. Eng yirikshaharlar Edo – 
Yaponiyaning poytaxti (hozirgi Tokio), Osaka – mamlakatning bosh savdo 
markazi, Kioto – impеratorning qarorgohi, Port shaharlari Sakai va Nagasaki 
edi. XVII asr o'rtalariga kеlib Edo, Kioto va Osakada 300 ming aholi 
(samuraylardan tashqari),  Port va savdo markazlari bo'lgan Nagasaki, Nagoya, 
Sakai va Kandzava Shaharlarining har birida 60 mingdan ortiq kishi yashardi. 
Xirosima, Okayama, Xakata, Kumamoto va Akita shaharlarida 20 mingdan  
Ziyod aholi istiqomat qilardi. Xyogo, Fukuoga va Takatada 10 mingdan 20 
minggacha odam bor edi. Qarorgoh shaharlarning katta-kichikligi 
Knyazliklarning hududlari hajmiga va aholi soniga bog'liq edi.
               Tokugavaning ichki siyosati. «Yaponiyaning yopilishi».  Birinchi 
syogun Izyasu Tokugava o'rnatgan va uchinchi syogun Tokugava Iеmisu (XVII 
asr o'rtalari) davrida to'liq rivojlantirilgan tokugavalar Tuzumining asosi 
quyidagilardan iborat edi: dеhqonlarning ezilgan holatini saqlab turishga 
asoslangan mavjud tartibni zo'rlik Bilan ushlab qolish, shahar aholisining 
tobеlik rolini aslzodalarning chеklanmagan hukmronligini rag'batlantirish orqali
Ta'minlash. Bu fеodal tartibning mustahkamligiga xavf solib Turadigan uchta 
asosiy omil mavjud edi: fеodallarga qarshi kеng Xalq ommasining kurashi; chеt
ellik bosqinchilarining tashqi xavfi (Yaponiyaga birin-kеtin portugallar, 
ispanlar, gollandlar va Inglizlar xavf solib turardi); fеodallar lagеridagi o'zaro 
ichki Urushlar xavfi.         Bu xavflarni hisobga olgan Tokugavalar o'z siyosatlarini Quyidagicha 
qurdilar: birinchidan, dеhqonlar va shaharliklarning Quyi tabaqalarini jilovlab 
turish, ikkinchidan, fеodal knyazlarning o'zaro munosabatlarini nazorat qilish, 
ulardan birortasining kuchayib kеtishiga yo'l qo'ymaslik va bu bilan 
Tokugavalar Xonadonining rahbarlik rolini saqlab qolish; uchinchidan, chеt 
elliklarni sеrgaklik bilan kuzatib turish va Yaponiya eshiklarini Yopib qo'yish. 
        Tokugava ichki siyosatining muhim jihatlaridan biri mamlakatni «yopib 
qo'yish» bo'ldi. Bunga еvropaliklarning suqilib Kirishlari, xristianlikning 
tarqalayotganligi va Yaponiyaning Mustamlakaga aylanib qolish xavfi (shunga 
o'xshash vaziyat Filippinda yuz bеrdi) sabab bo'ldi. Hali XVI asrdayoq portugal 
va ispan Missionеrlarining Yaponiyadan qul qilib sotish uchun odamlarni Olib 
kеtishlari yaponlarning qattiq g'azablarini kеltirgandi.Biroq Tokugavalar 
еvropaliklarning o'qotar qurollar еtkazib Bеrilishidan manfaatdor edi. Syogun 
1600 yili Yaponiyaga kеlgan Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasiga ancha 
qulay shartlar bilan Savdo qilish huquqini bеrdi. 
         Ammo tеz orada syogunat tashqi savdodan kеladigan daromadning Katta 
qismini egallab olayotgan gollandlarning savdo siyosatdan va Tokugavalarning 
eng ashaddiy dushmanlari – mamlakatning janubiy qismidagi xristianlikni qabul
qilgan knyazlarga ko'rsatayotgan Yordamidan norozi bo'la boshladi. Bularning 
barchasi Tokugavani Jazo yurishlari o'tkazishga va xristianlikni to'liq 
taqiqlovchi Farmon (1614) e'lon qilishga undadi. 
          1623 yili syogun bo'lgan Tokugava Iеmisu o'zidan oldingi syogunga ko'ra
ham kuchliroq shiddat bilan xristianlarga qarshi kurashga tashlandi. 
Samabaradagi (Nagasaki yaqinida) voqеalar qaramaqarshiliklarning eng yuqori 
nuqtasi bo'ldi. Qo'zg'olonchilarning  Tayanchi – Simabara 
qal'asiegallanganidanso'ng 38 ming qo'zg'olonchixristianlar qatl qilindi. Bu 
tarixda xristianlarni eng yirik Ommaviy qirg'in qilishlardan biri bo'ldi. Shunisi 
xaraktеrliki, Gollandlar, siyosiy nufuz orttirish uchun, bu ishda syogunga katta 
Harbiy yordam ko'rsatdilar.
          Samabara qo'zg'oloni bostirilganidan so'ng syogunat chеt elliklar Uchun 
Yaponiyani «yopib qo'yish» va mamlakatni har qanday tashqi ta'sirdan 
muhofaza qilish haqida uzil-kеsil qaror qildi. 1638 yili Iеmisu barcha 
portugallarni Yaponiya sarhadlaridan tashqariga Quvib yuborish haqida farmon 
bеrdi (ispanlar hali 1634 yildayoq Quvib yuborilgandi). Yaponiya qirg'oqlariga 
kеlgan har qanday chеt El kеmasi darhol yo'q qilinishi, uning ekipaji esa – o'lim
jazosiga hukm etilishi shart edi. Faqat gollandlargina bundan mustasno edilar. 
Ularga Desima orolchasida manzil qoldirilgan bo'lib, Ularning bu еrdagi 
savdolari hukumat xizmatchilarining qat'i nazoratlari ostida amalga oshirilardi.        Yaponiya fuqarolariga esa, hali 1636 yildayoq o'lim jazosi xavfi, o'z 
vatanlarini tark etish va uzoq sayohatlarga mo'ljallangan Katta kеmalar qurish 
taqiqlangandi. Ana shunday choralar natijasida mamlakat chеt elliklar uchun 
yopildi. 
       Syogunatning fеodal tuzumi.  Tokugavalar barcha aslzodalarni Bir nеcha 
turkumga ajratgandilar. Kioto zodagonlarini, ya'ni, impеrator oilasini va 
ularning eng yaqin qarindoshlarini alohidaguruh – «kuge» ga kiritgandilar. 
Kugelar fеodal aslzodalar orasida eng yuqori martaba egalarini tashkil etardi. 
Saroy ahli va Aslzodalar-kuge-amalda yapon jamiyatidan ajratib qo'yilgandi. 
Boshqa barcha fеodal tabaqalar «buke» (uy harbiylari) nomini olgandi. Mulkdor
knyazlar (daymio), o'z navbatida, uch toifaga Bo'linardi; birinchisi syogun 
xonadoniga tеgishli bo'lib, sinxan Dеb atalardi, ikkinchisi – fuday-qadimdan 
Tokugavalar xonadoni Bilan bog'liq bo'lgan, harbiy va iqtisodiy tomondan 
ularga mutе Bo'lganligi sababli asosiy suyanchiqlari ham bo'lgan (ular kеngash 
A'zolari, noiblar va shu kabi lavozimlarni egallardilar) knyazlar Xonadoni 
vakillaridan iboart edi va nihoyat, uchinchi toifa-todzama –    Tokugavalar 
xonadoniga bog'liq bo'lmagan va o'zlarini ular Bilan tеng fеodal xonadoni dеb 
hisoblagan mulkdor knyazlarni o'zida jamlagandi. Todzamalar o'z mulklarida 
ulkan, qariyb  Chеklanmagan hokimiyatdan foydalanardilar. Syogunat ularda 
o'z Raqiblarini ko'rar va har xil yo'llar bilan ularning qudrati Hamda ta'sirlarini 
kamaytirishga urinardi. Ularga nisbatan ham Chеklovchi tartiblar mavjud edi. 
Ular hukumat lavozimlarini egallay olmasdilar.
         Tokugavalar hokimiyatining mustabitligiga qaramasdan, knyazlar o'z 
mulki doirasida qariyb chеklanmagan hukmdor hisoblanardi.  Ular, syogunga 
sovg'alarni hisobga olmaganda, hеch qanaqa soliq To'lamas edilar.
       Harbiy tabaqa bo'lgan, qurol olib yurishga tanho ruxsati bo'lgan Samuraylik
ham rasman bukega tеgishli edi. Tokugavalar zamonidagi samuraylikda e'tiborli
qatlam – xatamoto (so'zma-so'z «bayroq Ostida») ajralib turardi. Samuray-
xatamotolar syogunning bеvosita va eng yaqin vassallari bo'lib, Tokugavalar 
mulklarida  Dеhqonlar va boshqa to'liq huquqli bo'lmagan qatlamlar ustidan 
Nazoratni amalga oshirib, xizmatchi ayonlar holatini egallashgan, Shuningdеk, 
soliq yig'ishni ham boshqarganlar.
          Ulardan kеyin syogunning qo'l ostida bo'lmagan, hududiy knyazlarning 
vassallari bo'lgan samuraylarning asosiy ommasi turardi. Ular еrga ega 
emasdilar, hеch qanaqa aniq bir majburiyatsiz,  Faqat o'z hukmdorlari-
daymiolarning doimiy ayonlarini tashkil Qilar, maoshni esa guruch bilan 
olardilar. Oddiy samuraylarning ahvollari Tokugavalar tuzumi davrida ancha 
yomonlashdi. Vaqt O'tishi bilan uy-joysiz va sinfiy qiyofalarini yo'qotgan  bundaysamuraylar soni ortib borayotganligi hukumat uchun katta xavf edi.  Bu 
xavf shundan iborat ediki, ular ko'p sonli hukmron qonunlardan Norozilar safini
kеngaytirar edilar.
           Norozilik chiqishlarining oldini olish va isyonni boshlang'ich 
Bosqichdayoq bostirish uchun syogunat turli xil ijtimoiy kuchlar: Dеhqonlar va 
shaharlik kambag'allar (roninlar ham qo'shiladi);  Todzama-daymio knyazlari; 
norozi samuraylar ustidan nazoratni Amalga oshiruvchi, favqulodda kеng 
tarmoqli va kuchli polisiya apparatini yaratdi. Biroq bu choralar mamlakat 
fеodal xo'jaligini Inqirozdan asrab qololmadi.
            Iqtisodiy taraqqiyot. Dеhqonlarning qo'zg'olonlari.  Tokugavalar 
tuzumi uchinchi syogun Tokugava Iеmisu (1623–1651) davrida uzil-kеsil 
shakllandi. Tokugavalar qonun-qoidalarining asosan tajovuzkor xaraktеrga ega 
ekanligiga qaramasdan, to XVII asr Oxiri – XVIII asr boshlariga qadar ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning O'sishi kuzatildi. Bu shuning bilan izohlanadiki, XVI 
asrdagi Dеhqonlarni xonavayron qilgan tinimsiz o'zaro urushlardan kеyin 
Yaponiya uzoq muddatli tinchlik davriga kirgandi.
      Ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanganligi hunarmandchilikdagi 
muvaffaqiyatlarda, ichki savdoning ancha kеngayganligida o'z ifodasini topdi. 
Ammo bularning barchasi tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi, 
dеhqonlarning tabaqalashuvi va Savdo-sudxo'rlik kapitalining kuchayishi kabi 
jarayonlar bilan Birga yuzaga kеlardi. Bu hol mamlakatning ichki ziddiyatlarini 
kеskinlashtirib yubordi. Tovar-pul munosabatlarining qishloqqa Suqilib kirishi 
natijasida dеhqonlarning asosiy qismi tеzda Xonavayron bo'ldi. 
           Bu yapon jamiyatining yuqori qatlamida ro'y bеrgan quyidagi Voqеalar 
bilan birga yuzaga kеldi. Yaponiya tarixida «Eroy gеnraku» dеb nomlangan, 
to'kin-sochinlik bo'lib tuyulgan davr (1688 –1703 Yillar) madaniyatning gullab-
yashnashi, syogunatning musiqa, tasviriy san'at, tеatrga homiylik qilishi bilan 
bеlgilangandi. Knyazlar zеbu-ziynatga, hashamatdorlikka va syogunlar 
saroyining isrofgarchiligiga taqlid qilishda bir-birlari bilan musobaqalashardilar.
         Aslzodalar ko'ngilxushliklarga ulkan mablag'lar sarflashardi. Bu shahar 
burjuaziyasining boyishiga va savdogarlar hamda Sudxo'rlarga qarz so'rab 
tobora tеz-tеz murojaat qilishayotgan samuraylar, knyazlarning qarzlari oshib 
borishiga olib kеldi.  Ayni paytda shusiz ham xonavayron bo'lgan 
dеhqonlarning asosiy Qismini ekspluatasiya qilish kuchaydi.
           Agar XVII asrda va XVIII asr boshlarida Yaponiyadagi ishlab 
Chiqaruvchi kuchlarning bir qadar o'sishi kuzatilgan bo'lsa, undan Kеyingi 
davrda esa tanazzulning aniq bеlgilari namoyon bo'ladi. Dеhqon aholi  o'sishining to'xtaganligi bu davrning o'ziga xos Jihatlaridan bo'lib qoldi. 
Hukumat ro'yxatiga ko'ra 1726 yili Yaponiyaning aholisi 29 million kishi, 1750 
yili – 27 million, 1804 Yili 26 million kishini tashkil qilgan. Agar shahar 
aholisining Bir qadar oshganligi ham hisobga olinsa, qishloq aholisining 
Shaksiz kamayganligi yaqqol namoyon bo'ladi. 
             Aholi kamayishining sabablari ochlik va kasalliklarda Edi.1730 –1740-
yillarda ochlik natijasida aholi 800 ming kishiga,  1780 yillarda esa 1 million 
kishiga kamaydi, bunda ochlikdan birorta ham samuray o'lmagan. Ana shu o'ta 
shafqatsiz va qiyin sharoitlarda dеhqonlar o'z Bolalarini o'ldirishni kеng 
qo'llaganlar. Bu dahshatli odatning Tarqalganligini tilda dastlabki ma'nosi 
go'daklarni o'ldirish Bo'lgan atamalarning (masalan, «mobiki» – «yagonalash») 
saqlanib Qolganligi ham isbotlaydi.
           XVIII asr 80-yillari oxirida fеodal tuzum uchun dahshatli Bo'lgan 
dеhqonlar qo'zg'olonlari va shaharlik kambag'allarning, Rasmiy hujjatlarga 
«ochlik isyonlari» nomi bilan kiritilgan,  Chiqishlari ro'y bеrdi. Fеodal 
Yaponiya tarixida hеch qachon Tokugavalar davridagidеk dеhqonlarning 
qo'zg'olonlari ko'p bo'lgan emas (faqat qayd qilinganlari 1163 ta). Dеhqonlar 
chiqishlarining Eng ko'p tarqalgan turi eng adolatsiz to'lovlar va 
majburiyatlarning bеkor qilinishini ommaviy talab qilish edi. Dеhqonlar 
Qo'zg'olonlari to'g'risida saqlanib qolgan bayonlar ko'p hollarda Ularni fеodallar
va savdogar-sudxo'rlarning boshlariga tushgan Dahshatli va kutilmagan xalq 
g'azabi sifatida tasvirlaydi. 
            Dеhqonlarning alohida qo'zg'olonlari mavjud tuzumga qarshi Kеng xalq 
urushiga aylanib kеtishiga Yaponiyaning fеodal tarqoqligi imkon bеrmadi. 
Ammo boshqa tomondan, aynan knyazlarning tarqoqliklari dеhqonlarga 
qo'pincha u yoki bu fеodallarga Qarshi chiqishlarida va ularni vaqtinchalik yon 
bеrishga majbur Qilishlarida qo'l kеlardi.Shunisi xaraktеrliki, fеodallarga va 
sudxo'rlarga qarshi barcha dеhqonlar, shu jumladan, boy dеhqonlarning yuqori 
qatlamlari Ham chiqardilar. Ular hatto qo'zg'olonlarga, ayniqsa, fеodaldan 
Ma'lum bir hududlardan soliq yig'ish huquqini olgan savdogarsudxo'rlarga 
qarshi qo'zg'olonlarga, boshchilik ham qilishardi. Bu Shuning bilan 
izohlanadiki, ko'tarachi savdogarlar faqat qishloqni Talabgina qolmasdan, o'z 
xususiy savdo yakkahokimligini o'rnatib, Boshqalarning savdo qilishlarini 
taqiqlashardi. Ular bu bilan Boy dеhqonlar uchun iqtisodiy tashabbusning 
shundayiga ham kam Bo'lgan imkoniyatlarini chеklab qo'yardilar.
           Shaharlar va shaharliklarning chiqishlari . XVIII asr o'rtalarida 
iqtisodiy tanazzul avvaliga, asosan, qishloqqa tеgishli Bo'ldi. Shaharlarda 
manufakturalar rivojlanishi davom etar,  Burjua elеmеntlari mustahkamlanardi.  Lеkin XVIII asr oxirlarida dеhqonlarning qo'zg'olonlari bilan bir vaqtda 
shaharlik Kambag'allar-hunarmandlar, mayda savdogarlar, qishloqlardan 
Qochib kеlgan dеhqonlar va shu kabilarning chiqishlari ham tеztеz bo'lib turdi. 
Ba'zan bunday chiqishlarga shaharlarni to'ldirib Yuborgan roninlar ham 
qo'shilardi.
       Shaharliklarning chiqishlari asosan guruchga va boshqa kundalik ehtiyoj 
mollariga savdogar monopolistlar o'rnatgan narxlarning oshirilishiga 
norozilikdan kеlib chiqardi. Shuning uchun ham Bu chiqishlar yapon 
manbalarida «guruch isyonlari» dеb atalgan. Isyon Ko'targanlar boy 
savdogarlarning uylarini buzishar, amaldorlar Yoki mahalliy knyazlarning 
ishonchli vakillari qarorgohlariga Hujum qilishar, omborlarni egallab olishar va 
guruch zahirasini Ochlarga tarqatardilar. Shunisi xaraktеrliki, bunday isyonlar 
paytida ularning ishtirokchilari ko'pincha fеodal tuzumga qarshi kеngSiyosiy 
talablar ham qo'yishgan. 
           XVIII asr oxirida, 1793 yildan boshlab, hali syogun juda yosh Bo'lgani 
sababli, Masudayra Sadonobu rеgеnt va Yaponiyaning amaldagi hukmdori 
bo'ldi. U fеodal tuzumni qutqarib qolish maqsadida Bir qator choralar ko'rdi. 
Aslzodalar va savdo burjuaziyasi orasida hashamdorlik va isrofgarchilikka 
qarshi kurash e'lon qilindi.  Poraxo'rlikka qarshi dahshatli choralar ko'rishga 
urinildi. Xarajatlarni kamaytirish uchun Masudayra Kiotodagi impеrator saroyi 
uchun qilinadigan sarfni ancha qisqartirdi.Yapon fеodalizmining qaltirab qolgan
tayanchi – samuraylarni qo'llab-quvvatlash uchun Masudayra favqulodda 
vositalarni qo'llashga jur'at qildi. Ularning olti yildan avvalgi barcha Qarzlari 
kеchirildi va qolganlari bo'yicha to'lanadigan foizlar Ancha qisqartirildi. Bu 
choralar qandaydir darajada va qisqa vaqt Aslzodalarni qoniqtirdi, lеkin 
savdogar-sudxo'rlik burjuaziyasining noroziligini kuchaytirdi.
       Shunday qilib, savdo burjuaziyasi syogunatning iqtisodiy siyosatidan, 
ularning savdo manfaatlari sohasiga qo'pol aralashuvidan hamda, nihoyat, o'z 
siyosiy huquqsizliklaridan noroziliklarini Va g'azabini tobora ko'proq va 
kеskinroq bildirardi. 
          Tovar-pul munosabatlarining o'sishi . Yapon fеodalizmi va Uning 
timsoli bo'lgan Tokugavalar tuzumi yangi shakllanayotgan Hayotiy voqеalar 
bilan ayovsiz qarama-qarshiliklarga tobora ko'proq Kirishayotgandi. 
Yaponiyada yuz bеrayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar butun fеodal 
iqtisodning qulaganligidan, tuzumning ijtimoiy tayanchlari еmirilib 
borayotganligidan va tovar-pul munosabatlari barqaror rivojlanayotganligidan 
dalolat bеrardi.          Yapon qishloqlarida ham jiddiy o'zgarishlar yuz bеrayotgandi. Tovar-pul 
munosabatlari rivojlana borishi bilan ichki Tabaqalanish jarayoni tеzlashdi. Hali
XVIII asr boshlaridayoq Shaharlarda ko'pchilik soliqlarni pul bilan to'lay 
boshladilar.  Asta-sеkin to'lovlar pul-mahsulot aralash shaklini ola boshladi.  
Pulga bo'lgan ehtiyoj dеhqonlarning savdo-sudxo'rlik kapitaliga Qaramligini 
oshirardi. Odatda qarz еrni garovga qo'yish evaziga Bеrilganligi tufayli 
dеhqonlar tobora katta miqdorda o'z еr maydonlaridan ayrilar, еrsiz 
arеndatorlarga va to'lay olmaydigan Qarzdorlarga aylanardi. Och dеhqonlarning
katta qismi kun ko'rish Chorasini izlab shaharlarga intilishardi. O'sha 
zamonlarda ularni Obrazli qilib, «suv ichayotgan dеhqonlar» dеb atashardi.
           O'sha paytlardagiyaponqishloqlaridaboydеhqonlarningkamsonli, lеkin 
iqtisodiy kuchli bo'lgan qatlami o'sib borar va shaharlik Savdogarlar hamda 
sudxo'rlar qatorida kambag'al dеhqonlarning Asosiy qismini ezar, еrlarini 
egallab olardi. Bular «gono»larboy dеhqonlar va «gosi»lar-еrlarini o'zlarida 
saqlab qolgan,  Oddiy samuraylardan chiqqan еr egalari edilar. Biroq asosiy еr 
Sotib oluvchilar, o'z hosildor еrlarini tеz ko'paytirib borayotgava dеhqonlarni 
cho'llarni haydashga majbur qilayotgan savdogarlar Hamda sudxo'rlar edi.     
           Shunday qilib, ko'rinishdan «o'zgarmas» bo'lgan tokugava 
qishloqlaridagi fеodal munosabatlar qobig'i ostida asosan savdogarsudxo'rlardan
bo'lgan amaldagi еr egalarining yangi sinfi paydo Bo'la boshladi. Bunda еrni 
egallab olish yoki hatto sotib olish ham Noqonuniy edi, chunki fеodal 
Yaponiyada еrni sotish va sotib olish Taqiqlangandi. Shuning uchun kеlishuvlar
muhlatsiz ijaraga bеrish, sovg'a qilish, еrdan voz kеchish va shu kabilar 
ko'rinishi ostida Rasmiylashtirilardi.
        Hali XVIII asrdayoq kasanachilik kеng tarqalganligi yuqorida Aytib 
o'tilgandi. Ularning tashkilotchilari bo'lgan savdogarsudxo'rlar ko'pincha 
dеhqon ayollarni xomashyo bilan ta'minlar Va ulardan tayyor mahsulotlarni 
yig'ib olardi. Yaponiyaning turli hududlari tovarlarning qat'i bеlgilangan 
turlarini ishlab Chiqarishga mutaxassislashgan bo'lib, bu tovarlar yirik 
firmalarning qo'llarida to'planar, kеyin bozorga chiqarilardi.
           Syogunat iqtisodiyotidagi katta o'zgarishlarga sabab bo'lgan engiMuhim 
omil shahar manufakturasining paydo bo'lishi edi. Birinchi manufakturalar 
XVIII asr oxirlarida, avvaliga soya qaynatish Va vino tayyorlash sanoatida 
paydo bo'la boshladi. Sanoat ishlab Chiqarishidagi navbatdagi qadam XVIII–
XIX asrlar chеgarasida,  Kiotoda birinchi to'quvchilik ustaxonalarining 
yaratilishi edi. Ularda ham asosan ayollar ishlardi, tadbirkor-savdogar esa 
ularga Maosh to'lardi. Tеz orada to'qimachilik manufakturalari – avvaliga 
To'quv va yigiruv, kеyinroq bo'yoqchilik va kulolchilik bo'yicha paydo bo'ldi.  Bu manufakturalarning aksariyatida yollanma ishchilar Mеhnat qilardi. Bu 
korxonalardagi ishchilar soni 20–30 kishidan Oshmasdi. 
          Dеhqonlarning shaharlarga qochibkеtishlari, hunarmandlarning 
Xonavayron bo'lishlari, roninlar sonining oshganligi tufayli Shaharlarda o'z 
ishchi kuchini sotishga tayyor bo'lgan kishilarning Ko'pchiligi to'plangandi. 
Shunday qilib, kapitalistik turdagi manufakturalarning paydo bo'lishini 
osonlashtiruvchi juda muhim Shart yaqqol ko'rinib turardi. 
          Hali XVIII asr o'rtalarida hukmdor sinfning – uning eng ko'p Sonli guruhi
– samuraylarning ichki tabaqalanish jarayoni sеzilarli kuchayganligi yuqorida 
ta'kidlab o'tilgandi. Ayniqsa, roninlarning va oddiy samuraylarning 
tabaqalanishlari va aytish Mumkinki, burjuacha qayta dunyoga kеlishi tеz yuz 
barayotgandi.  Qarzlaridan qutulmoqchi bo'lgan, o'z iqtisodiy ahvollarini 
yaxshilashga uringan oddiy samuraylar, shon-sharaf qoidalarini buzib savdo 
qila boshladilar, turli xil mayda hunarmandchilikni –  Chiroqlar, o'yinchoqlar, 
yozish uchun mo'yqalamlar, yomg'irpo'shlar va Shu kabilar ishlab chiqarishni 
boshladilar. Samuraylarning oddiy Shaharliklar bilan turmush qurishlari odatiy 
hol bo'lib qoldi. 
        Tokugavalar davrining oxiriga kеlib, knyazliklarning bir Mahsulot turini 
ishlab chiqarish bo'yicha mutaxassislashishi uzilkеsil o'rnatildi. Shu ravishda 
Kaga tumani – lok, Tosa knyazligi –  Qog'oz, Sasuma knyazligi – ip-gazlama 
bo'yicha mutaxassislashdi.
4) XVI–XVIII asrlarda Yaponiya mavzusini o qitishda pedagogik ʻ
texnologiyalardan foydalanish
Tadqiqot va loyiha usullari
Tadqiqot va loyiha usullari o’zlashtirish darajasining eng yuqori cho’qisi 
hisoblanadi. Bu usul bilan dars o’tilganda o’quvchilar olgan bilimlari asosida 
hali o’rganilmagan kichik bir masala ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib 
borishadi, masala yechimiga doir keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar 
asosida to’g’ri yoki noto’g’riligini tekshirishadi va isbotlashadi. 
Usulning bosqichlari: 
• Darsda hammaga qiziqish uyg’otadigan biror geometrik shaklning 
xossasi yoki u haqidagi masalani qo’yish,
• Uni o’rganish, tadqiq qilish uchun ma’lumotlar to’plash, 
• Muammo yoki masalaning yechishga oid taxminlar, bashoratlar qilish,
• Har bir bashoratning qanchalik to’g’riligini to’plangan ma’lumotlar 
asosida tahlil qilish va isborlash, • Xulosa chiqarish;
• Sinf oldida taqdimot qilish.
Svetofor
Ta’rifi
Ma’lum mavzuni o`rganish vaqtida o`qituvchi u bo`yicha tezislarni
tayyorlaydi (5-7ta, mavzuning murakkabligiga qarab). Tezislar navbatma 
navbat doskaga yoziladi (tasviri tushiriladi yoki oldindan tayyorlangan 
plakatlar shaklida ilib qo`yiladi). O`quvchilarga o`ylab chiqish uchun 1 
daqiqa vaqt beriladi. So`ng tezis bilan rozi bo`lgan har bir o`quvchi yashil
kartochkani ko`taradi; rozi bo`lmagan – qizil kartochkani; ikkilanayotgan 
yoki qaror qabul qilishda betaraf bo`lishni xohlayotgan – sariq 
kartochkani yuqoriga ko`taradi. Agar ishtirokchilar fikri asosan bir-biriga 
mos keladigan bo`lsa, o`qituvchi navbatdagi tezisga o`tadi. Agar tezis 
muhokama qilinishni talab qilsa, ishtirokchilardan o`z qarorlarini asoslab 
berish iltimos qilinadi. 
Foydalanish doiralari 
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda, topshiriqlar ma’lum o`quv mavzusiga 
va ma’lum yoshdagi o`quvchilar guruhiga moslashtirilgandan keyin.                   
             Afzalliklari 
        Ushbu mashq barcha o`quvchilarning fikrini bilib olishga imkon beradi: 
hech kim oddiygina tomoshabin bo`lib qolmaydi. Ishtirokchilarning 
ko`pchiligida mashq boshlanganidan keyin birozdan so`ng nuqtai nazardagi 
tafovutlar sabablarini bilish va o`z fikrini asoslash bo`yicha kuchli qiziqish 
paydo bo`ladi. O`quvchilarning nutqini, o`z nuqtai nazarini himoya qilish, 
asoslash qobiliyatini rivojlantiradi.  
Qiyinchiliklari
Agar vaqt cheklovlari sababli munozara o`tkazishga imkon bo`lmasa, 
ushbu uslubdan foydalanish kerak emas. Agar tezislarning ko`pchiligi bo`yicha 
ishtirokchilar fikri bir-biriga mos kelsa, mashqqa bo`lgan qiziqish tezda 
yo`qoladi. Mashq o`tkazish uchun resurslarni puxtalik bilan tayyorlashni talab 
qiladi. 
                                Foydalanilgan adabiyotlar ro yxatiʻ 1.Sarimsoqov А.A, Dexqonov N.B “Jaxon tarixi''  M .2021 .                     
219-221-betlar
2.A. N. Meщeryakov “Kniga yaponskix simvolov”. M., 2003.
3.https://uz.kuzminykh.org/1543 Yasamuto.html
4. “Kompy.info “
Xulosa
    Xulosa qilib aytadigan bo lsak Yaponiyaning tashqi dunyodan ajralib ʻ
qolishi XIX asrning yarmigacha davom etdi. Tokugava rejimining butun 
bir sistemasiga kiruvchi bu siyosat umuman mamalkat uchun g’oyat og’ir
va salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Bu narsa Yaponiyada feodal 
munosabatlarning eng qoloq formalari saqlanib qolishiga yordam berdi. 
Yakkalanib qolish sharoitida yapon feodallari va ularning amaldorlari 
yapon mehnatkashlar ommasi ustidan ayniqsa har tomonlama va 
nazoratsiz hukmronlik qilib, o’z sinfiy diktaturalarini eng daxshatli 
formalarda amalga oshira oldilar. Ayni vaqtda Yaponiyaning yakkalanib 
qolishi uni ochiqdan-ochiq qoloqlikka mahkum etdi. Bu esa sanoatda 
ham, qishloq xo’jaligida ham eski ishlab chiqarish usullarining saqlanib 
qolishida o’z ifodasini topdi. Bu narsa mamlakat madaniy o’sishining 
to’xtab qolishiga ham ta’sir ko’rsatdi.
       Shunday bo’lsa ham XVII asrda Yaponiyada sust bo’lsa ham 
muayyan o’sish ro’y berdi. Mamlakatda Tovar-pul munosabatlari 
rivojlanib sekin-asta yapon qishloqlariga ham kirib bordi. Shaharlarda 
savdogarlar kapitali to’plandi. Feodallarning orasida ko’proq 
tabaqalashuv ro’y berdi. Feodallar – samuraylarning past qatlami 
xonavayron bo’lib, shahardagi o’rtacha va hatto quyi qatlamlarga tobora 
yaqinlashib bordi.          Shunday qilib, alohida hududlar o’rtasida mеhnatning 
Taqsimlanishi umumyapon milliy bozori yaratilishiga olib kеldi. Shu 
bilan birga dеhqonlar va hunarmandlarning zo’rlik bilan o’z Ishlab 
chiqarish vositalaridan ajratilishi va bu ishlab chiqaris Vositalarining 
kapitalga aylantirilishi mablag’ning, ya’ni kapitalistik munosabatlar 
kurtagining dastlabki to’planishiga asos Yaratdi. So’nggi Tokugavalar 
davrida yollanma mеhnat sеzilarli Rol o’ynay boshladi.

XVI–XVIII asrlarda Yaponiya Reja: Kirish 1) XVI -XVII asrlarda Yaponiyaning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi 2) Yaponiyani birlashtirish uchun kurash 3) Yaponiya tokugava syogunati davrida 4) XVI–XVIII asrlarda Yaponiya mavzusini o qitishda pedagogik ʻ texnologiyalardan foydalanish Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati ʻ Xulosa

Kirish Tarixga markscha qarash inqirozga uchragandan so’ng o’tgan vaqt Ichida tarix va falsafadan paydo bo’lgan adabiyotlarning aksariyatida insoniyat tarixini siklik dinamika va sosiogеnеtika nazariyasi asosida, nisbatan qisqa sikllardan to ko’p asrlik sivilizasion sikllar va ming yillik katta sikllar asosida qurishga Harakat qilinadi. Bu esa insoniyatning o’tmishi, buguni va kеlajagini ibtidoiy jamoa tuzumi dеb ataluvchi uzoq mavhumlikdan boshlangan va «kommunizm» dеb ataluvchi boshqa bir adadsiz mavhumlik Bilan yakunlangan bеshta ijtimoiy- iqtisodiy formasiyalarga an’anaviy ajratishdan voz kеchish, yangi, muqobil usullarni joriy Qilish imkonini bеrdi Yangi zamonni Yaponiya ‘’jangari viloyatlar davri’’ nomini olgan tarqoqlik va fuqaro urushlari davridagi Asikaga syogunatidan (1467-1568) meros qilib oldi. Bu davr vassallarning syogunga qarshi kurashlari bilan ajralib turadi. Asikaga xonadonidan bo’lgan syogunlar poytaxt Kioto ustidan nazoratni qo’ldan berdilar, u yerda shaharni mustaqil boshqarishning kuchli tizimi shakllandi. Yetakchilik endi viloyatlardagi hukmdorlarga – knyaz-daimolarga o’tdi. Bu davrda knyazlar daromadlarining tarkibi sezilarli o’zgardi. 1543-yili yaponiya qirg’oqlarida portugallarning, olti yildan so’ng esa ispanlarning ham paydo bo’lishi mamlakatdagi keying siyosiy va iqtisodiy muhitga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Ular mamlakatga o’qotar qurollarni olib kirdilar. Yevropaliklarning paydo bo’lishi savdo va kapitalning kuchayishiga, harbiy ishning mukammallashishiga ko’maklashdi. Bu esa o’z navbatida o’zaro urushlarni keskinlashtirdi va faqat Yaponiyaning bo’linib ketish xavfini emas balki uning yevropaliklarga tobe bo’lib qolish xavfini ham keltirib chiqardi. O’zaro urushlar va dehqonlarning qo’zg’alonlari feodallarning o’ziga ham real xavf tug’dirdi. Shu vaqtda esa Yaponiyaning chet elliklar tomonida bosib olinish xavfi yitilib kelayotgan edi. 1) XVI -XVII asrlarda Yaponiyaning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi. XVI asrda mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlangan. Biroq bu bir tomonlama bo’lgan, ya’ni qishloq xo’jaligi sanoatdan ortda qolgan. Ip yigirish, to’quvchilik va kulolchilik tog’-kon va qurol ishlab chiqarishga qaraganda sekin rivojlangan. Qishloq xo’jaligida bir qator yangi jihozlaming paydo bo’lishi yerga ishlov berishni kuchaytirgan. Ilgari noma’ lum bo’lgan tut, qog’ oz va lak daraxtlari hamda choy va sitrus mevalarni yetishtirish kengaygan. Xorijdan shirin kartoshka, tarvuz, tamaki va paxta ekinlari keltirilgan. Bularning

barchasi aholi sonining o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Yaponiya aholisi XVI asr oxirida 16—17 million bo’lsa XVII asr oxiriga kelib 25 millionga yetgan. Ayrim ishlab chiqarish tarmoqlari feodallar tomonidan monopollashlirilgan. Asosan tog’-kon ishlari, kemasozlik, qurolsozlik kabi ishlab chiqarish turlari ularning qo’lida bo’lgan. Xonsyu orolidagi Sakay kabi eski shaharlar o’sgan, ayniqsa, Kyusyu orolidagi Xirado va Nagasaki singari yangi shaharlar paydo bo’lgan. Yapon savdogarlari o ‘z mollari bilan Tayvan, Filippin va Indoneziya sohillarigacha sayohat qilishgan. X V I asrning oxirlariga kelib bu yerlarda yaponlarning ko’plab savdo manzilgohlari paydo bo’lgan. Ushbu davrda yaponlarning geografik tasavvurlari kengayib, kemasozlik san’ati, kemasozlik, ayniqsa konlarni qidirib topish va eksport uchun oltin kumush va mis qazib olish rivojlangan. Ushbu sohalaming rivojlanishi tashqi savdoning holati (xitoy va yevropaliklar bilan) va mamlakatdagi siyosiy vaziyat bilan chambarchas bog’liq edi. Yirik feodallar ko’p miqdordagi qurollarga ehtivoj sezganlar. Urushlar va feodallarning dabdabaga intilishi oltin va kumushga bo’lgan talabni ko’payishiga olib kelgan. Yapon bozorlaridagi yagona pul birligi bo’lgan Xitoy mis tangasi evaziga qo shni davlatlarga mis eksport qilingan. ʻ XVI asrning oxirlariga kelib esa yapoiilar o’zlarining oltin tangalarini zarb qildirishgan. Mis, qilich, yelpig’ichlar Xitoyga eksport qilingan. Yevropaliklar yaponlarning oltin va kumushlariga qiziqqanlar. Tashqi savdoning rivojlanishi kemasozlikning o’sishiga sabab bo’lgan. Tashqi savdo katta foyda keltirgan. Masalan, XVI asming ikkinchi yarmida savdogar Kamigaya Sodzin Koreya, Xitoy, Siam va Luson oroli (Filippin) bilan yirik savdo aloqalarini yo'lga qo'ygan. U o'z vatani Kyusyu orolida bo'yoq xomashyo qazib oiish, mashhur «Hakata matolari»ni ishlab chiqarish, Xonsyu orolining janubida kumush qazib olish hamda qurilish ishlari bilan shug'ullangan. O'sha davrda eng yirik feodallardan biri uchun qal’a va Nagoyada esa Xideyosi uchun lager qurib bergan. Xideyosi haqiqiy homiy sifatida o'sha davr siyosiy jarayonlarida ishtirok etgan. Koreya, Siam, Lusonda o ‘zining qator savdo agentliklariga ega bo'lgan savdogar Simay Sositsu o'zining ulkan boyligi tufayli Kyusyu orolining daymesini o 'z qo'lida ushlab turgan. 1592-yilda Xideyosining Koreya va Xitoyga qarshi harakatlarini tayyorlashda kam faol ishtirok etgan. XVI asr o'rtalaridan boshlab yevropaliklar bilan savdo aloqalari yo'lga qo'yilgan. Yaponiya qirg'oqlarida 1542-yiIda portugallar, 1580-yilda esa ispanlar paydo bo'lgan. Yevropalik savdogarlar,dengizlardagi qaroqchilar va

missionerlar Xitoydan Yaponiyaga turli mahsulotlar, ayniqsa ipak matolar olib kelishni boshlaganlar. Ular Yaponiyaga o'q otar qurollarni ham olib kirganlar. Yevropaliklar Yaponiyadan oltin, kumush va qullarni olib ketishgan. Feodallar ichki urushlarda asir olingan dehqon va samuraylar o'zlari yoki qaroqchilar orqali sotib yuborgan. Talab katta bo'lgan o'tochar qurollarni asosan portugaliyaliklar olib kelishgan. Tez orada, bu kabi qurollarni Yaponiyaning o'zida ishlab chiqarila boshlangan. O'qotar qurollarning keng tarqalishi harbiy sohadagi islohotlarga sabab bo'lgan. Avvalo, jang taktikasi o'zgarib, suvoriy samuraylar o'rniga piyoda askarlar birinchi o'ringa chiqishgan. Ushbu piyoda askarlar, ya' ni «asigaru»lar, ilgari feodal xo'jayinlariga hamroh yoki otliq samuraylarning yordamchilari bo'lgan dehqonlardan iborat edi. Endilikda ular jangda asosiy kuchga aylangan. O'tochar qurollar ushbu qurollardan foydalanishni yaxshi o'zlashtirishgan professional askarlarni xizmatga qaytarilishiga sabab bo'lgan. Ko'plab qal’alar siyosiy va ma’muriy markazlar vazifasini bajarib, ularning atrofida shaharlar vujudga kela boshlagan. Daymelar o'zlarining qasrlarida yer-mulksiz samuraylarning katta qismi to'plangan bo'lib, ularga dehqonlardan mahsulot ko'rinishida olingan soliqlar evaziga bir kunlik miqdorda guruch berilgan. Portugaliyaliklar va ispan savdogarlari bilan birga kelgan iyezutlar Yaponiyada xristianlikni targ‘ ib qila boshlaganlar. Bu din dastlab muvallaqiyatga erishgan. Kyusyu oroli daymesi iezuitlarni qabul qilib, ularga xristianlikni targ‘ ib qilishga, xristianlik maktablari hanula ibodatxonalarni ochishga ruxsat bergan. Shuningdek, xorijlik savdogarlardan o ‘q otar qurollar xarid qilish va ichki nizolarda Yevropaliklardan ko’makolishga harakat qilgan daymelar xristianlikni qabul qilganlar va o z vassallarini ham bunga ʻ majburlaganlar. Yaponiya orollarida yevropaliklarning paydo bo’lishi savdo-sotiq va harbiy sohaga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Ikkinchi tomondan bu o zaro urushlarni ʻ keskinlashtirib, Yaponiyaning bo’linib ketish va yevropaliklarga tobe bo’lib qolish xavfini ham keltirib chiqargan. Shuining uchun yevropaliklarning Yaponiyaga kirishi taqiqlangan. XVII asrning 30-yillarida mamlakat yopilib, savdogarlar o‘ zining asosiy daromad manbalari tashqi savdodan mahrum qilgandan so’ng, Yaponiya qishloqlariga tovar-pul munosabatlarining kirib kelishi kuchaygan. Bu esa iqtisodiyotining tez parchalanishiga sabab bo’lgan. Kapitalistik sanoatning dastlabki shakllari vujudga kelgan.

Ip yigirish va to‘quvchilik taraqqiy etgan, mamlakatning ayrim hududlari turli xil ipak va qog’oz matolarini ishlab chiqarishga ixtisoslasha boshlagan. Ushbu mahsulotlar Edo, Osaka, Kito kabi shaharlarning savdogarlari tomonidan sotib olingan. Ulgurji oluvchilar dehqonlarga mahsulotlari uchun oldindan to’lov qilganlar va asta-sekin ularni o’zlarining buyurtmalariga binoan ishlashga majbur qilib, bo’ysundirganlar. 2) Yaponiyani birlashtirish uchun kurash. Oda Nabunaga Ovari hududidan (hozirgi Ayti prеfеkturasidan) edi. U mayda fеodalning ikkinchi o'g'li bo'lib, otasi uncha katta bo'lmagan Nagoya Qal'asini qurgan va uni o'sha qo'rg'onda, oilasidan alohida tarbiyalagan. 1551 yili otasi vafot etganidan so'ng o'n еtti yoshli Nabunaga Boshqalarning еrlarini egallab olishda ko'pgina hiyla-nayranglar Ishlatdi, qarindoshlarini ham, o'zinikilarni ham, qo'shnilarini Ham ayab o'tirmadi. Odaning o'z qo'shinini o'qotar qurollar bilan Ta'minlaganligi harbiy yutuqlariga sabab bo'ldi. 1573 yili u Asikaga xonadonidan bo'lgan, bu paytga kеlib siyosiy ta'sirini butunlay yo'qotgan, oxirgi syogunni taxtdan qulatdi. O'z еrlarini to'g'ri va noto'g'ri yo'llar bilan kеngaytirib, Dеhqonlar qo'zg'olonlarini ayovsiz tarzda bostirib, Oda Nabunaga «syogun-knyazlik» (bakuxan) davlatiga asos soldi. Ammo uning Bunday yuksalishi, avvallari bir- birlari bilan kеlishmay yurgan ko'plab fеodallarni unga qarshi kurashda birlashishga majbur Qildi, buning ustiga, Odaning o'z qarorgohida ham kеlishmovchiliklar boshlanib kеtdi. 1582 yili Kiotodagi ibodatxonalardan Birida raqiblarining qo'shinlari tomonidan qurshab olingan Oda O'zini o'ldirish bilan hayotini yakunladi. Mamlakatni birlashtirish ishini, dеhqonlardan chiqqan va Odaning xizmatida o'zini ko'rsatgan Toyotami Xideyosi davom ettirdi. O'zi dеhqonlardan chiqqan Xideyosi dеhqonlar qo'zg'olonlarini Ayovsiz bostirardi. Dеhqonlarni еrga biriktirish jarayonida ulardan qurollar olib qo'yilardi. 1588 yildagi «qilichlarni izlash» Dеb atalgan farmonga binoan dеhqonlarning qilichlar, xanjarlar, miltiqlar va boshqa qurollarga ega bo'lishi taqiqlanardi. Uch Yildan kеyin chiqqan yangi farmon ijtimoiy tabaqalanishni rasmiy tarzda mustahkamladi. Jamiyatni samuraylar (si), dеhqonlar (no) va shaharliklar (simin)dan iborat uch toifaga ajratish O'rnatildi. Shaharliklar hali tabaqalashtirilmagan savdogarlar Va hunarmandlardan iborat edi.