logo

XX asrning oxirlaridagi xalqaro munosabatlar va SSSRning parchalanishi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

43.0693359375 KB
Mavzu:  XX asrning oxirlaridagi xalqaro munosabatlar va SSSRning
parchalanishi
1. SSSRda inqirozning kelib chiqishi
2. Ittifoq tarkibidagi davlatlarning mustaqillik sari qilgan harakatlari
3. SSSRning tugatilishi xalqaro munosabatlarga tasiri Taraqqiyot   va   qayta   qurishni   jadallashtirishga   harakat   qilayotgan
Gorbachev   va   uning   tarafdorlari   mamlakatda   bu   o’zgarishlarni   amal ga
oshirish   uchun   dunyoning   eng   yirik   mamlakatlari:   AQSH   va   uning
ittifoqchilaridan   va   XXRdan   qurollanish   sohasida   orqada   qolib   ketmaslik
uchun sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirmay erisha olmasligiga qattiq amin
bo’ldilar.   Gorbachev   tan   olishicha,   "mudo faa   xarajatlari   xalq   xo’jaligining
deyarli   barcha   tarmrkdaridan   hayot   sharbatini   sipqorayotgan   edi".   SHuning
uchun   yangilangan   so vet   rahbariyati   xalqaro   keskinlikni   va   qurollanish
poygasini to’xtatishga chaqiriqlarni faollashtirdi. Bu yo’ldagi asosiy narsalar
Gorbachevning   1986   yil   boshidagi   qurollarni   qisqartirish   tug’risidagi   keng
mikyosdagi   takliflari,   uning   KPSS   s’ezdidagi   urushda   ham,   qurollanish
poygasida   ham   g’oliblar   bo’lmasligi   xaqidagi   nutqlari,   uning   AQSH   va
boshqa   yirik   mamlakatlar   rahbarlari   bilan   uchrashuvlari   bo’ldi.   SSSRdagi
yirik   harbiy   xarajatlar   zarurligi   haqidagi   shubhalarni   Havo   hujumiga   qarshi
mudofaa   tizimi   tomonidan   xorijiy   samolyotning   Qizil   maydongacha   uchib
borganining   payqalmagani   hamda   Afg’onistondagi   urushning   be’mani   va
kelajagi   yo’qligi   kuchaytirdi.   SHu   narsa   ayon   bo’ldiki,   SSSRning   yuksak
texnologiyalar   sohasida   qoloqligi   o’sib   borayotgan   bir   paytda   AQSH
tomonidan boshlangan yangi qurollanish poygasiga qo’shilish o’z joniga qasd
qilish   bilan   barobar   edi.   Siyosiy   Byuro   mamlakatning   tinkasini   quritgan
konfrantatsiya   qarama-karshilikni   to’xtatishning   radikal   (keskin)   choralarini
izlashga majbur bo’ldi.
Mamlakat   raxbariyati   sovet   qo’shinlarini   Afg’onistondan   chiqarishga   rozi
bo’ldi,  dunyo   mamlakatlarini   harbiy   sohalarda   aql-idrok  bilan  ish   yuritishga
da’vat   etdi,   "nol   variant",   ya’ni   Evropada   Buyuk   Britaniya   va   Frantsiya
raketalari   saqlanib   qolgani   xolda,   SSSR   va   AQSHning   o’rta   va   qisqa
masofaga uchiriladigan raketalarining yo’q qilinishiga rozilik bildirdi. 1988   yilning   oxirida   esa   Gorbachev   BMTda   "umuminsoniy   manfaat"   va
"umuminsoniy   konsensusni   izlash"   (o’zaro   kelishuv   yo’llarini   izlash)
ustunligini   ma’qullab,   barcha   mamlakatlar   tomonidan   yashash   tarzining   o’z
siyosiy   va   ijtimoiy   tartibini   tanlash   erkinligi"   haqida   Bayonot   berdi.   Bu,
mohiyatan,   nafaqat   sotsializm   manfaatlarining   milliy   manfaatlardan   ham
ustunligi   tug’risidagi   "Brejnev   doktrinasi"dan,   balki   "proletarcha
baynalmilalchilik"   va   SSSRning   lenincha-stalincha   dunyoviy   maqsadidan
ham   butunlay   voz   kechishni   bildirar   edi.   1989   yil   15   fevralda   sovet
qo’shinlarining   Afg’onistondan   chiqarilishi,   keyinchalik   SSSRning
Evropaning ko’pgina mamlakatlarida "real sotsializm"ni qulatgan voqealarga
aralashmaganligi   hamda   1988   yil   oxirida   AQSH   bilan   sovuq   munosabatlar
urushini   tugatish   haqida   kelishib   olinishi   bu   bayonotlarning   naqadar
jiddiyligidan   dalolat   berardi.   Kommunistlarning   bir   butun   bo’lgan   buyuk
maqsadining   bir   qismidan   (bu   maqsad   yo’lida   SSSR   yaratildi   va
rivojlantirildi)   uning   rahbariyati   tomonidan   voz   kechildi:   ideokratiya
(mafkura ustunligi) kemtik bo’lib qoldi.
Endi   o’tkirlashgan   inqiroz   tufayli   zaiflashtan   SSSR   Evropa   va   boshqa
qit’alarda   sovuq   urush   tufayli   o’z   ahamyyatini   yo’qotgan   pozitsiyalarini
saqlay   olmas   edi.   Bu   ma’lum   xarajatni   ham   talab   qilardi.   "Sovuq   urush"
tufayli   Ittifoqchilarni   qo’llab-quvvatlash   be’maniligini   anglagan   sovet
rahbariyati   ularga   yordam   berishni   to’xtatdi   va   ittifoqchilardan   mahrum
bo’ldi.   O’zaro   Iqtisodiy   Yordam   Kengashi   (O’IYOK)   va   Varshava
SHartnomasi   Tashkiloti   (VSHT)   o’z   mavqeini   yo’qotdi   va   a’zolarining
qaroriga   ko’ra   tarqatib   yuborildi.   Sovet   Qurolli   Kuchlari   qisqara   boshladi.
Strategik   hujumga   mo’ljallangan   qurollarni   qisqartirish   tug’risidagi   yangi
kelishuvlar tuzildi.
Mamlakatning zayflashgani va qayta qurish uchun vaqtdan yutishga intilish
muzokaralarda   ikir-chikirlarni   muhokama   qilishga   imkon   bermas   edi. SHuning uchun Gorbachev SSSRda hali ko’pchilik tomonidan tanilmagan va
tan   olinmaganlar   bilan   kurashda   ko’pincha   ularga   yon   berardi.   Yevropa   va,
umuman,   butun   sayyora   aholisi   esa   o’n   yillar   davomida   boshidan
kechirayotgan   dunyo   yadro   urushidan   qo’rquv   va   vahimadan   xalos   bo’ldi.
Mamlakat ichkarisida tinchlikparvarlik obro’sining tushib ketishiga qaramay,
Gorbachevning   xalqaro   maydonda   obro’si   oshib   ketdiki,   u   1990   yilda
"Nobel"   mukofotiga   sazovor   bo’ldi.   Bu   SSSR   dunyoning   eng   boy
mamlakatlaridan   qayta   qurishni   amalga   oshirish   uchun   bir   necha   milliard
dollarni qarzga olish imkonini berdi.
SHu   bilan   bir   paytda,   1989   yil   kuzidan   1990   yilning   yozigacha
mamlakatda,   ayniqsa,   Moskva   va   boshqa   yirik   shaharlarda   turli   liberal-
demokratik guruhlarning fuqarolarning huquq va erkinliklarini talab qiluvchi
va   KPSSning   mafkuraviy-siyosiy   monopoliyasiga   e’tiroz   bildiruvchi   miting
va   namoyishlari   soni   oshib   boraverdi.   Ularda   konservatorlar   tanqid   ostiga
olinar va Gorbachevni esa qayta qurish samaradorligi pastlitida ayblashar edi.
Birinchi may namoyishlarida Qizil maydonda ko’pchilik "Yo’qolsin KPSS!"
"Gorbachev   iste’foga!"   kabi   shiorlar   bilan   chiqdi.   Bir   qator   mintaqalarda
aholi   turmushi   yomonlashishiga   qarshi   yirik   stachka   (ish   tashlash)lar   bo’lib
o’tdi. Hamma joyda kooperativ va xususiy korxonalar paydo bo’la boshladi.
Ba’zi   norasmiy   tashkilotlar   partiya   va   siyosiy   harakatlarga   aylantirildi.
Radikallarni   qo’llab-quvvatlovchi   ommaviy   axborot   vositalari   ta’siri   oshib
bordi.
Iqtisodiy   va   siyosiy   xilma-xillikning   fuqarolar   tomonidan   amalga
oshirilishi   "real   sotsializm"   doirasidan   chiqib   ketar,   ijtimoiy   taraqqiyot
yo’nalishi   liberal-demokratik   tus   olar   va   qayta   qurish   tashabbuskorlarini
yanada  ilg’orroq  bo’lishga  majbur  etardi.  May  oyida  SSSR  Xalq  deputatlari
s’ezdi Konstitutsiyadagi KPSSning rahbarlik roli tug’risidagi modtsani bekor
qilishga majbur bo’ldi. Bunga   javoban,   Siyosiy   Byurodagi   mo’’tadil   "yangilanganlar",   Markaziy
Qo’mitadagi,   partiya   va   davlat   apparatidagi,   generallar   orasidagi
g’azablangan konservatorlar faollashdi. Turli partiyalarning, xususiy mulk va
bozor   munosabatlarining   paydo   bo’lishi,   Konstitutsiyadan   KPSS   ustunligi
tug’risidagi   moddaning   olib   tashlanishi   konservatorlar   tomonidan   SSSR
asosiy   maqsadining   ikkinchi   qismidan   ham   voz   kechishdek   qaror   qabul
qilindi. Siyosiy Byuro va MQdagi 1990 yilgi kelishmovchiliklar Bosh kotibni
daxlsizlikdan   mahrum   qilib,   ayni   paytda,   oligarxiyani   falajlab,   uning
parchalanishini   boshlab   berdi.   KPSSda   tarqoqlik   yuzaga   keldi:   ba’zilar
"printsiplardan   voz   kechish''ni   xohlamas,   ikkinchilar   esa   turlicha   talqin
qilinuvchi   partiya   va   mamlakatning   yangilanish   tarafdorlari   edilar.
Uchinchilar   nima   qilishlarini   bilmasdan,   hafsalasi   pir   bo’lar,   ko’pchilik   esa
partiyani   tark   etdi.   KPSS   o’zining   obro’sini   va   ishga   layoqatini   yo’qotdi.
"Real   sotsia lizm"   mafkurasi,   siyosiy   tizim   va   iqtisodiyoti   parchalanib   ketdi.
Susaygan   hokimiyatni   mustahkamlash   borasidagi   uzoq   va   keskin   bahs-
munozaralardan   keyin,   1990   yilda   Xalq   deputatlari   s’ezdi   SSSR   Prezidenti
lavozimini ta’sis etdi va may oyida 60% ovoz bilan bu lavozimga Gorbachev
saylandi.   Prezidentga   aylangan   Bosh   kotib   radikal   raqiblarni   "do’stona
yashash»ga   chorlar,   ammo   ular   o’rtasidagi   kurash   tobora   keskinlasha   bordi.
Birovlarning   tashvishi,   boshqalarning   quvonchi,   inqiloblar   Markaziy   va
SHarqiy   Evropa   mamlakatlarida   "real   sotsializm"ning   qulashi   va
liberallashtirish bilan mustahkamlanib bordi.
Partiyani   yangilash   yo’li   bilan   kuchlarni   islohotlarga   safarbar   qilish   va
mamlakatni   birlashtirishga   intilib,   Gorbachev   1990   yil   iyulida   KPSSning
XXVIII   s’ezdini   o’tkazishga   muvaffaq   bo’ldi.   Eltsin   va   boshqa   radikallar
partiya   saflarini   tark   etishdi.   Mo’’tadil   "yangilanganlar"   esa   konservatorlar
qarshiligini   bartaraf   etib,   SSSR   asosiy   maqsadining   ikkinchi   qismini   qayta
ko’rib   chiqib,   marksizm-leninizm   kontseptsiyasini   nafaqat   xalq   ommasiga, balki   kommunistlarga   ham   tushunarsiz   bo’lgan   boshqa   sotsializm
kontseptsiyasi bilan almashtirishdi.
S’ezd   "Insonparvar   demokratik   sotsializm   sari!"   shiorini   qabul   qildiki,   u
plyuralistik   demokratik   va   huquqiy   davlat   qurishga   qaratilgan   bo’lib,
mulkchilikning turli shakllarini va "boshqariladigan bozor munosabatlari "ni
tan   olardi.   Mamlakatda   inson   huquq   va   erkinliklari   himoya   qilinishi   kerak
edi. Bu g’oyalarni KPSSning yangi dasturiga kiritishga qaror qilindi.
Bunda   partiyaning   etakchilik   roli   xilma-xillikka   asoslangan   demokratiya
sharoitida   g’oyalarni   ishlab   chikish,   ommani   tarbiya   qilishga
yo’naltirishdangina   iborat   bo’lardi.   Partiya   endi   respublika   partiyadarining
federatsiyasiga   aylangan   va   uning   Siyosiy   Byurosi   esa   respublika
rahbarlaridan   saylanardi.   Qayta   tashkil   qilingan   MQ   o’zgargan   sharoitda
partiyani   faollashtirish   yo’llarini   qidirar   va   keskin   vaziyatlarga   mo’ljallab
yashirin moliyaviy zaxiralar shakllantira boshladi.
Ammo na partiya xodimlari va na oddiy kommunistlar ularning tajribasi va
ilgarigi tasavvurlaridan keskin farq qiluvchi g’oyalarni amalga tatbik qilishga
qodir   emas   edilar.   MQga   xabar   berishicha,   ilgarigi   ko’pgina   tashkilotlar
ishdan   chiqdi,   maxalliy   joylarda   tashkil   qilinganlari   esa   ishlolmas   edi.
Maxalliy   rahbarlarga   yo’naltirilgan   MQning   qarorlari   bekorga   ketar,   ularni
hech   kim   amalga   oshira   olmasdi.   "Xalq   bilan   mustahkam   bog’lanmagan
partiya apparata o’z qozonida qaynayottan edi", - degan xabarlar MQga etib
kelardi.   Xalq   KPSS   ishini   ko’rmas   va   sezmas   edi.   Partiya   qasrdadir
idoralarda edi. Ko’pchilik KPSSni tark etdi. 1990 yil yanvar oyidan 1991 yil
yanvar   oyigacha   uning   a’zolari   soni   19,2   mln   dan   16,5   millionga   tushdi,
qolganlar esa faqatgina rasman partiya tarkibida edi.
Partiya   siyosiy   kuchdan   maxrum   bo’ldi.   Siyosiy   Byuro   esa   o’z   tarkibi
ustidan   boshqaruvni   qo’ldan   boy   bergan   va   respublikalar   manfaatlarini
muvofiqlashtiruvchi   organga   aylanib   qolgan   bo’lib,   oligar xiya xususiyatlaridan   mahrum   bo’ldi   va   boshqa   ideokratiya   (mafkura
ustunligi)ning oliy inspektsiyasi bo’lmay qoldi.
Kommunistlarning asosiy maqsadidan voz kechilishi bilan par chalangan "real
sotsializm"ni   hech   qanday   kuchga   ega   bo’lmagan   insonparvar   demokratik
sotsializm   g’oyasi   bilan   almashtirishga   urinishga   qaramasdan,   ideokratiya
imperiya   bilan   birgalikda   yo’qoldi.   SSSR   maqsadlari   utopiyaga   aylandi,   u
bulok   maqsadga   erishish   uchun   tuzilgan   va   rivojlantirilgan   mamlakatta
umuman   o’xshamay   qoldi.   Ammo   1990   yilda   ro’y   bergan   chuqur
o’zgarishlarning   tan   olinishi   uchun,   ilgarigi   davlat   va   partiya   takdirini   hal
qilish uchun bir yildan ortiqroq kurashishga to’g’ri keldi.
Konservator   kommunistlar   bilan   birgalikda   sotsialistik   yo’lni   tanlagan
Gorbachev   ularga   mos   kelmaydigan   demokratik   sotsializm   sari   yurishga
harakat   qilib,   bozor   islohoti   va   SSSRni   yangilash   yo’llarini   izladi.   U
sotsializmga   bo’lgan   sadoqatini   faollashgan   liberal-demokratik   kuchlardan
himoya qilib, sotsializm va liberalizmni birlashtirishga harakat qildi.
Davlat   boshqaruvi   va   mehnat   jamoalarining   o’z-o’zini   boshqaruvida
yuzaga   kelgan   qiyinchiliklarning   ob’ektiv   va   sub’ektiv   sabablari
dezintegratsiya   (parchalanish)ga   va   ishlab   chiqarish   hamda   taqsimotning
qisqarishiga   olib   keldi.   P.   Rijkov   xukumati   bir   necha   yilga   mo’ljallangan
rejalarni,   sotsialistik   iqtisodiyotga   ijtimoiy   yunaltirilgan   bozor
munosabatlarini joriy etish dasturini ishlab chiqdi. Ammo uni amalga oshirish
sharti   parchalanayotgan   sovet   xo’jaligining   barqarorlashuvidan   iborat   deb
hisoblandi.   Ammo   bunga   erishilmadi.   Rijkov   xukumati   "mafkuraning
iqtisodiyotdan   ustunligi"ni   bartaraf   etolmasligini   tan   oldi.   Buning   ustiga,
talab   yuq   bo’lgan   mahsulotni   har   qanday   vaziyatda   ham   ishlab   chiqarish
davom   etayotgan   edi.   Hukumat   oziq-ovqat   narxlarini   uning   tan   narxi   bilan
muvofiqlashtiruvchi   zarur,   ammo   mashhur   bo’lmagan   qonunlarni   qabul
qilishni ham uddalay olmadi. Uzgarishlarni rivojlantirish maqsadida, Gorbachev 1990 yil yozida Rossiya
Bosh   Vaziri   o’rinbosari   G.   Yavlinskiy   tomonidan   taklif   qilingan   va   RSFSR
Oliy Soveti tomonidan ma’qullangan "500 kun" dasturini qo’llab-quvvatladi.
Bu dastur bozor munosabatlariga o’tish uchun narxlarni tezda erkinlashtirish
va   korxonalarni   xususiylashtirishni   kuzda   tutardi.   Ammo   SSSR   Oliy   Soveti
mumkin   bo’lmagan   narsani,   ya’ni   "Rijkov   Dasturi"   bilan   birlashtirishni
so’radiki,  u mamlakatdagi uzgarishlarni izdan chiqardi.
1990 yilda: "Mamlakat xukumati xo’jalik boshqaruvini qo’ldan boy berdi",
-   deb   hisobladi   Qozog’iston   rahbari   N.   Nazarboev.   Yil   oxirigacha
investatsiyalar   4%   ga,   sanoat   ishlab   chiqarishi   1,2%   ga,   qishloq   xo’jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarish 2,3% ga, YAlpi milliy mahsulbt (YA.M.M) 2%
ga   kamaydi.   SSSR   YAlpi   milliy   mahsuloti   AQSH   YAlpi   milliy
mahsulotining   10%   ini   tashkil   etdi.   Ishlab   chiqarishning   qisqarishi   ishsizlar
sonini  ko’paytirdi.  Davlat  byud jeti  tankisligi  va  uni  qoplash  uchun  emissiya
ancha   o’sdi,   xukumat   mexnatga   haq   to’lashni   oshirmadi,   ozik-ovqat   va
boshqa   mahsulotlar   tobora   kamayib   bordi.   Inflyatsiya:   bir   yilda   119%   ni
tashkil etdi. Uning keskin oshishi bilan, jinoyatchilik tobora avj oldi.
Kayta qurishdan o’z axvoli yaxshilanishini kutgan xalq norozi edi va uning
kutilmagan   oqibatlaridan   g’azabga   kelardi.   Turmush   darajasining
yomonlashuvi va isloxotlarning sekinligiga qarshi ommaviy chiqishlar kulami
1990   yilda   SSSRda   misli   ko’rilmagan   darajada   ko’paydi.   Yil   davomida   16
million odam ishtirokida 10 mingga miting; namoyish va ish tashlashlar ro’y
berdi.   Ularning   2-3   qismida   to’qnashuvlar,   tartib   buzishlar   ro’y   berdi.   Ish
tashlashlarda   17   milli ondan   ortiq   kishi   soat   (ish   samaradorligi   birligi)   boy
berildi.   Bu   xo’jalikni   yanada   izdan   chiqarib,   mamlakatni   siyosiy
barqarorlikdan   maxrum   qildi.   Bu,   V.   Pavlov   yozganidek,   "hamma   narsani
kamrab olgan inqirozning barcha kurinishlarda namoyon bo’lishidan" dalolat
berardi. Respublikalarning mustaqillik odimlari
Totalitar   tuzumning   qulashi,   jamiyatning   parchalanishi,   hokimiyat
samaradorligining   pasayishi   va   mafkura   ustuvorligining   susayishi   bilan,
oldingi   mazmunini   yo’qotgan   davlatchilikning   parchalanishi   boshlandi.
Butun   Ittifoq   manfaatlari   ustuvorligining   buzilishi   va   xo’jalikning
markazlashgan boshqaruvining yo’qolishi bilan, elatlar, millatlar va maxalliy
mintaqalar manfaatlari oldingi sahnaga chiqdi.
Oshkoralik   milliy   chikishlarning   faollashuvi,   milliy   harakatlar   va
tashktlotlarning   paydo   bo’lishi   hamda   kupayishiga   yordam   berardi.   Bu
tashkilotlar   va   harakatlar   SSSR   tarkibida   o’z   hududlari   yoki   munozaraviy
mintaqalarda yashovchi, turli xil fazalarda, ijtimoiy shakllarda turgan 150 dan
ortiq elatlarning hilma-hil intilishlarini ifoda etardi. Umuman, milliy o’zlikni
anglash.   o’sishi   natijasida   1990   yilga   kelib   SSSR   aholisining   atigi   10%   i
o’zini "sovet xalqi»ga mansub deb bilsa, qolganlari o’zlarini o’z xalqi, millat
va qabilalariga tegishli deb hisoblardi.
Qayta   qurishning   birinchi   yillaridayoq   SSSRda   millatlararo   munosabatlar
murakkablashdi.   Ruslashtirishga   qarshi,   shimol   xalqlarining   tirik   qolishi,
qatag’on   qilingan   xalqlarni   to’la   reabilitatsiya   qilish   talabi   bilan   kichik
millatlarga   qarshi   siyosatni   qoralab   va   muxtoriyatlarning   huquqlarini
kengaytirishga   chaqiruvchi   chiqishlar   yuzaga   keldi.   1988-1991   yillarda   bu
sohada 150 dan ortiq to’qnashuvlar ro’y berdi. Ularning 20 tasida qurbonlar
bo’ldi, 600 kishi halok bo’lib, o’n minglab kishilar qochishga majbur bo’ldi.
Sumgantdagi   armanlarning   qonli   to’qnashuvi,   Tog’li   Qorabog’dagi   arman-
ozarbayjon   urushi,   Farg’ona   vodiysi,   Yangi   O’zgan,   Abxaziya,   Dubossari,
Janubiy   Osetiya,   Ingushetiyadagi   millatlararo   to’qnashuvlar   avj   oldi.
Armaniston   va   Ozarbayjon   o’rtasidagi   urush   mamlakatni   larzaga   keltirdi.
Ittifoq markazi bu voqealarning oldini olishga ham, qurbonlar sababchilarini jazolashga ham, bahs-munozaralarni hal etishga ham: muvaffaq bo’lmadi. Bu
uning obro’sini tushirdi.
Ittifoqdosh   va   ba’zi   muxtor   respublikalarda   milliy   harakatlar,   asosan,   ona
tili   va   madaniyatini   ximoya   qilishdan,   milliy   o’zlikni   anglash,   tiklanish   va
qayta   qurishni   qo’llab-quvvatlashdan   boshlanar   edi.   Rossiyadan   tashqari
barcha   respublikalarda   milliy   tilga   davlat   tili   maqomining   berilishi
ideokratiya   tomonidan   yaratilgan   yagona   rus   tilidagi   boshqaruvni   yo’qqa
chiqardi.   Milliy   madaniyat   ustunligini   ta’minlash,   uni   SSSRning   barcha
xalqlari   madaniyatini   birlashtiruvchi   "sotsialistik   mazmun"dan   xalos   etardi,
SSSRning   madaniy-mafkuraviy   birligiga   zarba   berardi.   Milliy   o’zlikni
anglashning   tiklanishi   milliy   manfaatlarning   sotsialistik   va   Butun   ittifoq
manfaatlaridan   ustunligini   bildirar   edi.   Bunda   1991   yilga   kelib   shu   narsa
ma’lum   bo’ldiki,   Ittifoqdosh   respublikalar   o’rtasidagi   23   ma’muriy
chegaralardan atigi uchtasida to’qnashuvlar ro’y bermagan.
SHu bilan birga, kichik millatlar - turli respublika va muxtoriyatlardagi 60
million kishining hududlari va madaniyatining rivojlanishi hamda kam sonli
shimol xalqlarining saqlanib qolishi muammolari keskinlashdi.
Aholini   eng   zarur   narsalar   bilan   o’zlari   ta’minlashi   kerakligiga   ishonch
hosil qilgan respublika rahbarlari respublikalarni xo’jalik hisobiga o’tkazishni
talab   qildilar.   Bu   narsa   respublika larni   xalq   xo’jaligi   kompeksining   asosiy
sub’ektlariga aylantirilishini bildirar edi. SSSRdagi ishlab chiqarishning 80%
iga   egalik   qiluvchi   sohaviy   idoralar   bunga   yo’l   qo’yishni   istamas   edilar.
Siyosiy Byuro 1990 yilda, eng avvalo, bu idoralarning manfa atlarini hisobga
olib shu qarorga keldiki, respublikalarga ularda yaratiladigan boylikning kupi
bilan 15% ini qoldirib, 85% ini Ittifoq markaziy idoralariga berishi kerak edi.
Bu   respublikalarni   xech   qoniktira   olmas   edi   va   ular   o’zlariga   Konstitutsiya
taqdim   etgan,   ammo,   aslida,   sarob   bo’lgan   mustaqillik   suveryonitetlarini
amaliyotga oshirishlaridan boshqa choralari qolmadi. Uning e’lon qilinishi va amalga   tatbik   etilishi   respublikalardagi   barcha   ishlab   chiqarish   va   tabiiy
resurslari   ustidan   respublikalar   hokimiyatining   o’rnatilishiga,   respublika
qonunlarining   Ittifoq   qonunlaridan   ustunligiga   va   mustaqil   tashqi   siyosatga
ega xalqaro munosabatlar sub’ekti huquqlariga ega bo’lishga karatilgan edi.
Kupchilik respublikalarning Mustaqillik Deklaratsiyalarida ularning SSSR
tarkibidan   chikishlari   qayd   etilmagan   bo’lsa -da,   mustaqillikning   amalga
oshirilishi, respublika rahbarlari so’zlari va xohishlaridan kat’y nazar, Ittifoq
markaziga   bo’ysunishni   puchga   chikarar,   Ittifoq   davlatchiligini   barbod
qilardi.   SSSR   tarkibidan   chiqishni   respublikalar   o’z   Mustaqillik
Deklaratsiyalarida   bayon   qilishdi.   Markaz   respublikalar   ustidan
xukmronligidan   maxrum   buddi   va   SSSR   parchalana   boshladi.   Ular   bu
respublikalar   o’rtasida   yagona   mafkuraviy-siyosiy   yo’nalish   va   hayotiy
maqsad   bo’lganda,   yangi   konfederati»   munosabatlar   o’rnatilishi
mumkinligini   inkor   etmas   edi;   ammo   bu   SSSR   emas,   balki   boshqa   bir
mazmundagi konfederativ davlat bo’lar edi.
Gorbachev   1988   yildan   boshlangan   respublikalarning   ketma -ket
mustaqilliklarini   e’lon   qilishlarini   kinoya   bilan   "suverenitetlar   marshi"   deb
atagan   edi.   1988   yil   noyabr   oyida   Estoniya   Oliy   Soveti   Mustaqillik
Deklaratsiyasini   ma’kulladi   va   respublika   Konstitutsiyasiga   ham   mos
o’zgartishlar   kiritdi.   Kelasi   yil   may   oyida   esa   SSSRdan   chikish   tug’risida
qaror   qabul   qilindi.   1989   yil   kuzida   Gruziya   aholisining   kupchiligi   uning
mustaqilligini   tiklash   uchun   ovoz   berdi   va   1991   yil   aprel   oyidagi
referendumdan   so’ng   mamlakat   mustaqil   deb   e’lon   qilindi.   Moldaviya
Respublika si   1989   yilda   o’zining   suverenitetini,   1 990   yilda   mustaqilligini
e’lon   qildi.   1990   yil   bahorida   Litva   va   Latviya   o’z   mustaqillik   va
suverenitetlarini tiklab olishdi.  1 990 yil yozida Rossiya, Ukraina,
Belorus, O’zbekiston va Turkmanistonning suvereniteteni e’lon qilindi. 1990
yil oktyabrida Qozog’iston, dekabrida Qirg’iziston o’z suverenitetlarini e’lon qildilar.   1990   yilda   Ittifoqdosh   respublikalardan   tashqari,   Tog’li   Qorabog’,
Abxaziya,   Janubiy   Osetiya,   Gagauzlar   Respublikasi   va   Dnepr   bo’yi
Moldaviya Respublikasi o’z suverenitetini e’lon qildi.
Bo’lib   o’tgan   yangilanishlarning   tashqi   tomonidan   ko’ra,   ichki   printsipial
o’zgarishlari   muhimroq   edi.   Ko’pchilik   respublikalarning   suvereniteti   va
mustaqillik   e’lon   qilishlari   ularda   hokimiyat   tepasiga   milliy   liberal,   milliy
demokratik   yoki   liberal-demokratik   kuchlarning   kelishi   bilan   bog’liq   edi.
Ular   yoki   ular   tomoniga   o’tgan   ilgarigi   rahbarlar   sodiq   kommunistlarni
hokimiyatdan   chetlashtirar   yoki   o’zlariga   bo’ysundirar,   sotsialistik   yo’ldan
voz   kechar,   milliy,   liberal   yoki   demokratik   qadriyatlarni   qo’llab-quvvatlar
edilar. Respublikalardagi ijtimoiy-siyosiy tizim shunga mos ravishda o’zgarib
borardi.   Ularning   ba’zilarida   mustaqillikka   va   yangi   yo’lga   faol   karshilik
ko’rsatgan'   kommunistik   tashkilotlar   ta’qiqlanib,   ularning   mulki
milliylashtirilgan edi.
Respublikalardagi   ijtimoiy-iqtisodiy   va   mafkuraviy-siyosiy   sohadagi   yirik
tafovutlar   ularda   yagona   va   bir   vaqtda   amalga   oshiriladigan   islohotlarni
yo’qqa   chikarar,   ularda   yangi   mafkuraviy-siyosiy   yo’nalishning   ishlab
chiqilishi   esa   ularning   mustaqillikka   bo’lgan   intilishlariga   nisbatan   ancha
nomutanosib   edi.   Bu   jarayon   1988   yildan   boshlanib,   1990   yilda   ko’pgina
respublikalarda   ro’y   berdi   va   1991   yilning   oxiriga   kelib   sotsialistik   yo’lga
sodiq   bo’lgan   kommunistlar   faqatgina   Belorus,   Ozarbayjon   va   Tojikistonda
hokimiyat   tepasida   qolgan   edi.   Bu   respublikalarning   suverenitet   va
mustaqillik   e’lon   qilishlaridan   ham   ko’ra,   SSSRdagi   sotsializmga
yo’naltirilgan   davlatchilikka   qattiqroq   zarba   berildi.   Undan   faqatgina
xarobalar   qoldi,   xolos.   Usha   paytda   respublikalarning   mafkuraviy-siyosiy
uzokdashuvining   ahamiyatini   xalqlar   u   yokda   tursin,   balki   ba’zi   raxbarlar
anglamagan bo’lsada, aynan shu narsa yagona davlat parchalanishini qaytmas
jarayonga aylantirdi. Respublikalar   uchun   mustaqillikka   va   suverenitetga   erishish,   ayniqsa,
mafkuraviy-siyosiy   yo’lni   o’zgartirish   oson   bo’lmadi,   Gorbachev,   Siyosiy
Byuro, Markaziy Qo’mita, KPSSning s’ezd va konferentsiyalari hamda Xalq
deputatlari   s’ezdi   respublikalarning   suverenitetga   ega   bo’lishlariga   iloji
boricha qarshilik ko’rsatdi.
Siyosiy   Byuro   va   MQning   milliy   siyosatga   bag’ishlangan   Plenumlaridan
birida   partiya   s’ezdlari   tomonidan   sovet   rahbariyatining   bir   qator   elatlarga
nisbatan   yo’l   kuygan   xatolari   sharxlab   berildi,   "lenincha   milliy   siyosat»ga
kiritiltan   tuzatishlar   tushuntirildi.   Ularning   rahbarlari   milliy   harakat
o’choqlarida   bo’lishdi,   MQning   Boltiqbo’yi   respublikalari   bo’yicha   maxsus
komissiyasi   tuzildi.   Gorbachev   respublikalarga   tobora   ko’prok   ahamiyat
berardi. Ittifoqning partiya va sovet organlari respublikalarning rahbarlari va
xalqlariga qaratilgan ko’p sonli murojaatlarida va ommaviy axborot vositalari
orqali   respublikalarning   SSSRdan   tashkari   yashay   olmasligini   va
muvaffaqiyatli   qayta   qurish   va   xalqlar   farovonligi   uchun   Ittifoq   davlatini
saqlab qolish zarurligini isbotlashga xarakag qilishardi. Ittifoqdosh va muxtor
respublikalar   erkinligini   kengaytirish,   Ittifoq   markaziga   esa   faqat   umumiy
muammolarni   hal   qilish   vakolatini   berish   taklif   qilindi.   Ammo,   shu   bilan
birga,   sotsialistik   yo’lning   ustunligi,   yagona   davlatning   oliy   rahbariyati
belgilovchi   jamiyat   manfaatlari   himoya   qilinardi.   Ilgarigidek   milliy
manfaatlar   ustunligi   -   millatchilik   va   sotsialistik   yo’ldan   voz   kechish   kat’iy
qoralanar edi. Bu esa kelishmovchiliklarning sababi edi.
Respublikalarning   suverenitetiga   intilayotgan   rahbarlarni   xudbinlik   va
mansabparastlikda   ayblashardi,   Respublikalardagi   mustaqillikka   qarshi
bo’lgan kuchlar baynalminal frontlar, kommunistik tashkilotlar va hokazolar
ochiqchasiga   va   yashirincha   qo’llab-quvvatlandi.   Ittifoqdosh
respublikalardagi   mustaqillikka   intilishni   ayirmachilikni   qo’llab-quvvatlash,
ya’ni   ulardagi   kichik   millatlarning   (abxazlar,   osetinlar,   yokutlar,   polyaklar, gagauzlar   va   boshqalar)   suveren   bo’lishga   intilishlari   bilan   qo’rqitish   orqali
to’xtatishga   harakat   qilindi.   Mustaqillik   e’lon   qilgan   respublikalarga   qarshi
iqtisodiy   jazo   (sanktsiya)   choralari,   kamallar   qo’llandi.   Bu   choralar
respublikalar   xo’jaligi   va   aholisiga   zarar   keltirdi,   ammo   millatchi-
vatanparvarlarni to’xtata olmadi.
Ittifoq   Hukumati   suverenitetga   erishishga   qaratilgan   respublikalar
qonunlarini bekor qiluvchi qonunlarni qabul qilar, respublikalar hukumatlari
esa   o’z   qonunlari   ustunligida   ustivor   edilar.   Ittifoq   Hukumati   tomonidan
qabul   qilingan   qonun   respublikalarning   SSSRdan   chiqishini   Butunittifoq
referendumida   ma’qullanganidan   keyingina   ruxsat   etishini   ma’lum   qildi.
Aslida,   bu   SSSRdan   chiqmaslik   tug’risidagi   qonun   bo’lib,   respublikalar   uni
e’tiborga olishmadi.
1988-1990   yillarda   Erevan,   Stepanokert;   Dushanbe,   Tbilisi,   Boku   va   bir
qator   boshqa   shaharlarda   mustaqillik   tarafdorlariga   qarshi   Qurolli   Kuchlar
ishlatildi,   qurollangan   maxsus   qismlar   safarbar   qilindi.   Buning   oqibatida
yuzlab   kishilar   qatl   etildi,   yarador   bo’ldi   va   hibsga   olindi.   Ammo   Qurolli
Kuchlar   karshilikka   va   parchalanayotgan   tuzumga   qarshi   bo’lganlarning
kuchayib   borayotganligiga   duch   keldi.   Hatto   yirik   ommaviy   namoyishlar
qo’shinlar   yor-damida   bostirilgan   Erevan,   Dushanbe   va   Bokuda   milliy
harakatlar yangi kuch bilan alanga oldi.
Rossiyada   1990   yil   yanvaridayoq   Rossiya   Xalq   deputatlari   s’ezdiga
tayyorgarlik   davomida   "Demokratik   Rossiya"   bloki   tuzilgan   edi.   Bahorga
kelib   unga   yangi   tuzilgan   bir   qator   partiyalar   qo’shildi   va   u   liberal-
demokratik   tus   oldi.   Uning   a’zolari   soni   atigi   bir   necha   o’n   ming   kishidan
iboratligiga   qaramasdan,   uning   inson   huquq   va   erkinliklari   ustunligi,
demokratlashtirish  va  Rossiya  suve renitetini  qo’llab-quvvatlovchi  shiorlarini
RSFSRning   barcha   mintaqalarida   ro’y   berayotgan   miting,   namoyish   va stachkalar   (ish   tashlashlar)ning   yuz   minglab   qatnashchilari   qo’llab-
quvvatlayotgan edi.
Rossiyaning   ko’pgina   kommunistlari   "inson   qiyofasidagi   sotsia lizm"
tarafdorlariga   aylanishdi   va   KPSSda   "demokratik   qanot»ga   yon   bosdilar.
Bahorda   bo’lib   o’tgan   Rossiya   Kompartiyasining   ta’sis   s’ezdi   (kurultoyi)da
"delegatlar   partiyasining   asosiy   vazifalari   haqida   hech   qanday   tasavvur
yo’qligi"   ta’kidlandi.   Ammo   Siyosiy   Byuro   yordami   bilan   s’ezdda
konservatorlar g’alaba qilishdi va respublika Kompartiyalari ichida eng ko’p
sonli bo’lgan Rossiya Kompartiyasi Demokratik Rossiyaga qarshi qo’yildi.
Turli   partiyalar   o’rtasidagi   keskin   kurash   1990   yil   bahorida   Rossiya   Xalq
deputatlari   s’ezdi   saylovida   bo’lib   o’tdi.   Saylanganlarning   86%   i
kommunistlardan   iborat   edi,   ammo   ularning   ko’pchiligi   Kompartiya
ko’rsatmalariga   endi   bo’ysunmas   edi.   SHuning   uchun   Rossiya   Oliy   Soveti
shakllanishida   liberal-demokratlar   qat’iy   g’alabaga   erishishdi.   Gorbachev
tomonidan   qo’llab-quvvatlanayotgan   nomzodlarga   qarshi   keskin   kurashdan
keyin,  RSFSR   Oliy  Soveti  Raisi  etib  B.Eltsin  saylandi.  Bundan  tashkari,  bu
Oliy   Sovet   1990   yilning   12   iyunida   Rossiyani   suveren,   ya’ni   o’z   ishlab
chiqarish   va   tabiiy   resurslarining   to’laqonli   xo’jayini   deb   e’lon   qiluvchi
Deklaratsiyani   qabul   qildi.   Deklaratsiya   Rossiyaning   ijtimoiy-siyosiy
tuzilishini   yangilash   yo’lidagi   birinchi   qadam   bo’lib,   u   xalq   hokimiyati,
xukumatning   taqsimlanishi,   fuqarolarning   huquq   va   erkinliklarining   ximoya
qilinishi,   partiyalarning   teng   huquqliligi   va   Rossiya   qonunlarining
ustivorligini   e’lon   qildi.   Bu   sana   Rossiyaning   mustaqilligi   bayrami   kuni
bo’ldi.  Keyinchalik   xukumat  tug’risidagi   dekret  orqali   Rossiyada   KPSSning
rahbarlik   makom   ini   bekor   kilishga   kirishildi.   1991   yil   boshida   esa   Rossiya
Oliy   Soveti   "RSFSRda   mulk   tug’risida’’gi   Qonunni   qabul   qildiki,   u   ishlab
chiqarish vositalari, jumladan, erning xususiy mulk bo’la olishini e’tirof etdi. Rossiya   va   bir   qator   boshqa   Ittifoqdosh   respublikalarning   mustaqillikka
erishishi   va   liberal   yo’nalishni   tanlashga   intilishlari   markazi   "sotsialistik
yo’lga"   sodiq   qoluvchi   SSSRni   parchaladi.   Siyosiy   Byuro   "barqaror   tartib
buzilganini,   ko’p   millatli   sovet   davlatining   birligi   xavf   ostida   qolganligini"
e’tirof etishga majbur bo’ldi.
XX   asr   80-yillarning   ikkinchi   yarmi   –   90-yillar   boshida   sotsialistik
muhitni   va   SSSRning   yemirilishi   “sovuq   urush”   va   ikki   qutbli   dunyo
tartibining   tugashiga   olib   keldi.   G’arb   va   AQSh   SSSR   bilan   tarixiy
musobaqada   to’liq   g’olib   chiqqanini   inkor   qilib   bo’lmaydi.   G’arb   g’alaba
qozonmadi, chunki Sovet Ittifoqi o’zini-o’zi o’ldirgan edi. 
SSSR   parchalangach,   yuzaga   kelgan  siyosiy   vaziyatda   ikki   qutbli  tizimga
alternativ   sifatida   uch   markaz:   AQSh,   G‘arbiy   Yevropa   va   Yaponiyadan
iborat   geosiyosiy   kuchlarning   uchburchakli   konfiguratsiyasi   (qiyofasi,
ko‘rinishi),   g‘oyasi   ba’zi   davlat   boshliqlari   va   nazariyotchilari   tomonidan
ilgari surilmoqda. Ammo dunyoning bu uch industrial markazlari o‘rtasidagi
iqtisodiy   va   boshqa   ziddiyatli   nizolarni   yangilik   sifatida   qabul   qilish   kerak
emas, "Sovuq  urush"ning tugashi bilan bu ziddiyat va nizolar yangi o‘lchov
va   sifatni   keltirib   chiqarmoqda.   Bu   hozirgi   davrda   shakllanayotgan   ko‘p
qutbli tizimning tabiatidan kelib chiqmoqda. "Sovuq urush" siyosati davrida
an’anaviy hisoblangan AQSh va SSSR davlatlari atrofida ikki qutbga ajralib
guruhlangan   davlatlarning   ierarxik   strukturasida   sifat   jihatidan   yangi
konfiguratsiyalar tendensiyasi ko‘zga tashlanmoqda.
AQShning   Ittifoqdoshlari   o‘rtasidagi   munosabatlarda   ham   sifat   jihatidan
uzgarishlar amalga oshdi. Asta-sekinlik bilan Ittifoqdoshlar AQShga nisbatan
"kichikog‘a"lik   uyg‘unligidan   qutula   bordilar.   Urushdan   keyingi   davrda
AQSh hamon ittifoqdoshlari uchun xayolan to‘qib chiqarilgan sovet xavfidan
himoya   qiluvchi   garant   deb   qabul   qilingandi.   G‘arb   va   Sharq   o‘rtasida
g‘oyaviy   va   tizimlararo   nizoga   barham   berilgach,   davlatning   nufuzini belgilashda   muhim   o‘rin   tutgan   harbiy-siyosiy   yoki   harbiy   kuch   ahamiyati
biroz bo‘lsada zaiflashdi.
Hozirgi   davrga   kelib   davlatlarning   nufuzi   va   qudratini   belgilovchi
omillarga,   birinchi   navbatda,   iqtisodiy,   ilmiy-texnologik   imkoniyatlar
kirmoqda.   Harbiy   imkoniyatlarning   ta’siri   biroz   bo‘lsa-da   zaiflashish
tendensiyasini   o‘z   boshidan   kechirmoqda.   Shunisi   e’tiborliki,   ba’zan   AQSh
mana   shu   jabhalarda   dinamik   jixatdan   birmuncha   tez   rivojlanayotgan
Yaponiya va YeIHga a’zo in dustrial davlatlarga qarshi raqobatda mag‘lubiyat
alamini   tortib   ko‘rmoqda.   Amerika   g‘oyasiga   qarshi   ikkinchi   marta   qayta
tug‘ilayotgan   Yevropa   g‘oyasi,   Yapon   va   Xitoy   modellari   (Janubi-Sharqiy
Osiyoning "kichik ajdarholari") raqobat qila boshladi. Aabiyotlar 
1. Black Jeremy. A History of Diplomacy . London, Reaktion Books Ltd, 2010 
2. Xolliev A. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi. –  Т ., 2014. 
3. Богатуров А.Д., Аверков В.В. История международных отношений. 1945- 
2008. М., 2010. 
4. История международных отношений. Основные этапы с древности до 
наших дней. – М., Лого, 2007. / под ред. Г.В.Каменской, О.А.Колобова, 
Э.Г.Соловьева. 
5. Системная история международных отношений. 1918-2003. В четырех 
томах. Отв. Ред. А.Д.Богатуров. М.,2003. Qo’shimcha adabiyotlar: 
6. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан 
бирга қурамиз. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 488 б. 
7. Бажанов Е.П., Бажанова Н.Е. Многополюсный мир. М., 2010. 
8. Бережков В.М. Страницы дипломатической истории. 4-ое издание. М., 
1987. 
9. Буданова В.П. Готы в эпоху великого переселения народов. М., 1990. 
10.Дулина Н.А. Османская империя в международных отношениях (30-40- 
годы XIX века). М.,1980. 
11.3агорский А.В. Хельсинский процес: Переговоры в рамках Совещания по
безопасности и сотрудничеству в Европе 1972-1991 гг. М., 2005. 
12.Ивонин Ю.Е. У истоков Европейской дипломатии нового времени. 
Минск,1984. 
13.История дипломатии. М.,1959-1963 гг. T.I; II. 14.Лебедева М.М. Мировая 
политика М., 2003.

Mavzu: XX asrning oxirlaridagi xalqaro munosabatlar va SSSRning parchalanishi 1. SSSRda inqirozning kelib chiqishi 2. Ittifoq tarkibidagi davlatlarning mustaqillik sari qilgan harakatlari 3. SSSRning tugatilishi xalqaro munosabatlarga tasiri

Taraqqiyot va qayta qurishni jadallashtirishga harakat qilayotgan Gorbachev va uning tarafdorlari mamlakatda bu o’zgarishlarni amal ga oshirish uchun dunyoning eng yirik mamlakatlari: AQSH va uning ittifoqchilaridan va XXRdan qurollanish sohasida orqada qolib ketmaslik uchun sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirmay erisha olmasligiga qattiq amin bo’ldilar. Gorbachev tan olishicha, "mudo faa xarajatlari xalq xo’jaligining deyarli barcha tarmrkdaridan hayot sharbatini sipqorayotgan edi". SHuning uchun yangilangan so vet rahbariyati xalqaro keskinlikni va qurollanish poygasini to’xtatishga chaqiriqlarni faollashtirdi. Bu yo’ldagi asosiy narsalar Gorbachevning 1986 yil boshidagi qurollarni qisqartirish tug’risidagi keng mikyosdagi takliflari, uning KPSS s’ezdidagi urushda ham, qurollanish poygasida ham g’oliblar bo’lmasligi xaqidagi nutqlari, uning AQSH va boshqa yirik mamlakatlar rahbarlari bilan uchrashuvlari bo’ldi. SSSRdagi yirik harbiy xarajatlar zarurligi haqidagi shubhalarni Havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi tomonidan xorijiy samolyotning Qizil maydongacha uchib borganining payqalmagani hamda Afg’onistondagi urushning be’mani va kelajagi yo’qligi kuchaytirdi. SHu narsa ayon bo’ldiki, SSSRning yuksak texnologiyalar sohasida qoloqligi o’sib borayotgan bir paytda AQSH tomonidan boshlangan yangi qurollanish poygasiga qo’shilish o’z joniga qasd qilish bilan barobar edi. Siyosiy Byuro mamlakatning tinkasini quritgan konfrantatsiya qarama-karshilikni to’xtatishning radikal (keskin) choralarini izlashga majbur bo’ldi. Mamlakat raxbariyati sovet qo’shinlarini Afg’onistondan chiqarishga rozi bo’ldi, dunyo mamlakatlarini harbiy sohalarda aql-idrok bilan ish yuritishga da’vat etdi, "nol variant", ya’ni Evropada Buyuk Britaniya va Frantsiya raketalari saqlanib qolgani xolda, SSSR va AQSHning o’rta va qisqa masofaga uchiriladigan raketalarining yo’q qilinishiga rozilik bildirdi.

1988 yilning oxirida esa Gorbachev BMTda "umuminsoniy manfaat" va "umuminsoniy konsensusni izlash" (o’zaro kelishuv yo’llarini izlash) ustunligini ma’qullab, barcha mamlakatlar tomonidan yashash tarzining o’z siyosiy va ijtimoiy tartibini tanlash erkinligi" haqida Bayonot berdi. Bu, mohiyatan, nafaqat sotsializm manfaatlarining milliy manfaatlardan ham ustunligi tug’risidagi "Brejnev doktrinasi"dan, balki "proletarcha baynalmilalchilik" va SSSRning lenincha-stalincha dunyoviy maqsadidan ham butunlay voz kechishni bildirar edi. 1989 yil 15 fevralda sovet qo’shinlarining Afg’onistondan chiqarilishi, keyinchalik SSSRning Evropaning ko’pgina mamlakatlarida "real sotsializm"ni qulatgan voqealarga aralashmaganligi hamda 1988 yil oxirida AQSH bilan sovuq munosabatlar urushini tugatish haqida kelishib olinishi bu bayonotlarning naqadar jiddiyligidan dalolat berardi. Kommunistlarning bir butun bo’lgan buyuk maqsadining bir qismidan (bu maqsad yo’lida SSSR yaratildi va rivojlantirildi) uning rahbariyati tomonidan voz kechildi: ideokratiya (mafkura ustunligi) kemtik bo’lib qoldi. Endi o’tkirlashgan inqiroz tufayli zaiflashtan SSSR Evropa va boshqa qit’alarda sovuq urush tufayli o’z ahamyyatini yo’qotgan pozitsiyalarini saqlay olmas edi. Bu ma’lum xarajatni ham talab qilardi. "Sovuq urush" tufayli Ittifoqchilarni qo’llab-quvvatlash be’maniligini anglagan sovet rahbariyati ularga yordam berishni to’xtatdi va ittifoqchilardan mahrum bo’ldi. O’zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O’IYOK) va Varshava SHartnomasi Tashkiloti (VSHT) o’z mavqeini yo’qotdi va a’zolarining qaroriga ko’ra tarqatib yuborildi. Sovet Qurolli Kuchlari qisqara boshladi. Strategik hujumga mo’ljallangan qurollarni qisqartirish tug’risidagi yangi kelishuvlar tuzildi. Mamlakatning zayflashgani va qayta qurish uchun vaqtdan yutishga intilish muzokaralarda ikir-chikirlarni muhokama qilishga imkon bermas edi.

SHuning uchun Gorbachev SSSRda hali ko’pchilik tomonidan tanilmagan va tan olinmaganlar bilan kurashda ko’pincha ularga yon berardi. Yevropa va, umuman, butun sayyora aholisi esa o’n yillar davomida boshidan kechirayotgan dunyo yadro urushidan qo’rquv va vahimadan xalos bo’ldi. Mamlakat ichkarisida tinchlikparvarlik obro’sining tushib ketishiga qaramay, Gorbachevning xalqaro maydonda obro’si oshib ketdiki, u 1990 yilda "Nobel" mukofotiga sazovor bo’ldi. Bu SSSR dunyoning eng boy mamlakatlaridan qayta qurishni amalga oshirish uchun bir necha milliard dollarni qarzga olish imkonini berdi. SHu bilan bir paytda, 1989 yil kuzidan 1990 yilning yozigacha mamlakatda, ayniqsa, Moskva va boshqa yirik shaharlarda turli liberal- demokratik guruhlarning fuqarolarning huquq va erkinliklarini talab qiluvchi va KPSSning mafkuraviy-siyosiy monopoliyasiga e’tiroz bildiruvchi miting va namoyishlari soni oshib boraverdi. Ularda konservatorlar tanqid ostiga olinar va Gorbachevni esa qayta qurish samaradorligi pastlitida ayblashar edi. Birinchi may namoyishlarida Qizil maydonda ko’pchilik "Yo’qolsin KPSS!" "Gorbachev iste’foga!" kabi shiorlar bilan chiqdi. Bir qator mintaqalarda aholi turmushi yomonlashishiga qarshi yirik stachka (ish tashlash)lar bo’lib o’tdi. Hamma joyda kooperativ va xususiy korxonalar paydo bo’la boshladi. Ba’zi norasmiy tashkilotlar partiya va siyosiy harakatlarga aylantirildi. Radikallarni qo’llab-quvvatlovchi ommaviy axborot vositalari ta’siri oshib bordi. Iqtisodiy va siyosiy xilma-xillikning fuqarolar tomonidan amalga oshirilishi "real sotsializm" doirasidan chiqib ketar, ijtimoiy taraqqiyot yo’nalishi liberal-demokratik tus olar va qayta qurish tashabbuskorlarini yanada ilg’orroq bo’lishga majbur etardi. May oyida SSSR Xalq deputatlari s’ezdi Konstitutsiyadagi KPSSning rahbarlik roli tug’risidagi modtsani bekor qilishga majbur bo’ldi.

Bunga javoban, Siyosiy Byurodagi mo’’tadil "yangilanganlar", Markaziy Qo’mitadagi, partiya va davlat apparatidagi, generallar orasidagi g’azablangan konservatorlar faollashdi. Turli partiyalarning, xususiy mulk va bozor munosabatlarining paydo bo’lishi, Konstitutsiyadan KPSS ustunligi tug’risidagi moddaning olib tashlanishi konservatorlar tomonidan SSSR asosiy maqsadining ikkinchi qismidan ham voz kechishdek qaror qabul qilindi. Siyosiy Byuro va MQdagi 1990 yilgi kelishmovchiliklar Bosh kotibni daxlsizlikdan mahrum qilib, ayni paytda, oligarxiyani falajlab, uning parchalanishini boshlab berdi. KPSSda tarqoqlik yuzaga keldi: ba’zilar "printsiplardan voz kechish''ni xohlamas, ikkinchilar esa turlicha talqin qilinuvchi partiya va mamlakatning yangilanish tarafdorlari edilar. Uchinchilar nima qilishlarini bilmasdan, hafsalasi pir bo’lar, ko’pchilik esa partiyani tark etdi. KPSS o’zining obro’sini va ishga layoqatini yo’qotdi. "Real sotsia lizm" mafkurasi, siyosiy tizim va iqtisodiyoti parchalanib ketdi. Susaygan hokimiyatni mustahkamlash borasidagi uzoq va keskin bahs- munozaralardan keyin, 1990 yilda Xalq deputatlari s’ezdi SSSR Prezidenti lavozimini ta’sis etdi va may oyida 60% ovoz bilan bu lavozimga Gorbachev saylandi. Prezidentga aylangan Bosh kotib radikal raqiblarni "do’stona yashash»ga chorlar, ammo ular o’rtasidagi kurash tobora keskinlasha bordi. Birovlarning tashvishi, boshqalarning quvonchi, inqiloblar Markaziy va SHarqiy Evropa mamlakatlarida "real sotsializm"ning qulashi va liberallashtirish bilan mustahkamlanib bordi. Partiyani yangilash yo’li bilan kuchlarni islohotlarga safarbar qilish va mamlakatni birlashtirishga intilib, Gorbachev 1990 yil iyulida KPSSning XXVIII s’ezdini o’tkazishga muvaffaq bo’ldi. Eltsin va boshqa radikallar partiya saflarini tark etishdi. Mo’’tadil "yangilanganlar" esa konservatorlar qarshiligini bartaraf etib, SSSR asosiy maqsadining ikkinchi qismini qayta ko’rib chiqib, marksizm-leninizm kontseptsiyasini nafaqat xalq ommasiga,