YERGA EKIN EKISHDAN KEYIN ISHLOV BERISH
YERGA EKIN EKISHDAN KEYIN ISHLOV BERISH 1. Yerni ekin ekishdan keyin ishlashdan maqsad. 2. Qator oralari ishlanadigan ekinlarni parvarish qilish. 3. Qator orasini ishlash muddati va chuqurligi. 4. Ishlov berish ishlarining samaradorligini oshirish tadbirlari.
1. Yerni ekin ekishdan keyin ishlashdan maqsad. Yerni ekin ekilgandan boshlab to hosili yig‘ishtirib olinguncha o‘z vaqtida sifatli qilib ishlash ulardan yuqori hosil etishtirishda asosiy tadbir hisoblanadi. CHunki bu tadbirlar tufayli o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun muayyan sharoit yaratiladi. Ekilgan urug‘lar tez va qiyg‘os unishini ta’minlash ekinni begona o‘tlar bosishiga, zararkunanda va kasalliklar bilan kasallanishiga qarshi kurashish hamda noqulay ob-havo ta’siridai saqlash tadbirlarini izchillik bilan amalga oshirish kyerak. Binobarin, ekinlarni parvarish qilishdagi asosiy agrotexnika tadbirlari ularning yaxshi o‘sishi, rivojlanishini va yuqori hosil olinishini ta’minlash uchun eng qulay sharoit yaratishdan iborat. Har bir ekin uchun (uning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda) alohida parvarish qilish usullari ishlab chiqilgan. Bu usullar ekin ekilgan xo‘jalikning tuproq-iqlim sharoitiga, navning xususiyatlariga, dalaning begona o‘tlar bilal ifloslanganligiga, ob-havo sharoiti va hokazolarga qarab amalga oshiriladi. Yerni ekin ekilgandan keyin ishlash: qator oralari ishlanadigan va yoppasiga ekilgan kuzgi hamda bahorgi ekinlarni ishlash tizimiga bo‘linadi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash ishlarining asosiy vazifasi - o‘simliklarni ekish yoki o‘tqazishdan boshlab, to ularni yig‘ib-tyerib olishgacha bo‘lgan muddatda ularni o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat. Bu ishlarga quyidagilar : qatorlar himoya yo‘lagidagi qatqaloqni yumshatish; qatorlar orasidagi tuproqni yumshatish; begona o‘t ildizlarini kesib, yo‘qotish; sug‘orilgandan keyin qatorlar orasini yumshatish; qatorlar orasidagi tuproqqa minyeral o‘g‘it solish; sug‘orish uchun egatlar ochish kiradi. 1.41-jadval Yerni har xil chuqurlikda kuzgi shudgorlash va yumshatishning tuproq zichligiga, namlik zaxirasiga va paxta hosiliga ta’siri (O‘z PIITI ma’lumoti)
№ SHudgorlash usuli va chuqurligi Tuproqning zichligi g/m 3 (0-60sm) Qo‘shimcha namlik zaxirasi m 3 /ga Paxta hosili, s/ga 1. Joriy qilingan texnologiya bo‘yicha 30 sm. chuqurlikda shudgorlash 1.43 - 33.0 2. 30 sm chuqurlikda shudgorlash va 50sm. chuqurlikda yumshatish 1.35 150-200 35.6 3. ikki yarusli plugda 15-30 sm chuqurlikda shudgorlash va 60sm chuqurlikda yumshatish 1.30 200-250 38.7 2. Qator oralari ishlanadigan ekinlarni parvarish qilish O‘zbekiston tuproqlari yomg‘ir yoqqandan keyin qurishi bilan qatkaloq hosil bo‘lishiga moyil. Tuproqning mexanik tarkibi qancha og‘ir bo‘lsa, qatqaloq shuncha qattik va qalin bo‘ladi. Tuproq sho‘r bo‘lsa, qatqaloq yana xam qattiq bo‘ladi. Qatqaloq hosil bo‘lganda, tuproqning kapillyar naychalari tiklanib, uning nami tez bug‘lanadi, havo ayeratsiyasi va oziq rejimi yomonlashadi hamda o‘simlik maysalarining yer betiga unib chiqishiga to‘sqinlik kilib, ko‘chatlarning siyrak bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Maysalar chiqqandan keyin qatqaloq hosil bo‘lsa, o‘simliklar poyasini siqib qo‘yib, fiziologik jarayonlarning me’yorda o‘tishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ekinzorlarda bahorgi yomg‘irlardan keyin hosil bo‘lgan qatqaloqni zudlik bilan yumshatish lozim. Qatqaloq o‘z vaqtida yumshatilmay kechiktirilsa, uning qattiqligi va qalinligi ortib boradi, yumshatish qiyinlashadi va zarari katta bo‘ladi. Qatqalok yumshatilganda o‘simlikning ildiziga havo kirishi osonlashadi va tuproqning issiqlik rejimi yaxshilanadi. Bahor ob-havosi issiqroq kelgan yillari bu tadbir yana ham katta ahamiyagga ega. Qatqaloqni yumshatish uchun ekilgan urug‘ning holatiga qarab har xil qurollar ishlatiladi. Agar chigit unib chiqqan yoki chiqish oldida bo‘lsa, rotatsion
motigadan, mabodo, chigit yoki makkajo‘hori unib chiqib qatorlari bilinib qolgan bo‘lsa, rotatsion yulduzchalar o‘rnatilgan kulьtivatorlardan foydalaniladi. Ko‘chatlar atrofidagi qatqaloqni yumshatish uchun chopiq qilish zarur. YOg‘in yoqqandan keyin yer obi-tobiga kelishi bilan qatqaloqni yumshatish mumkin. Agar qatqaloq qalin bo‘lsa va u yumshatil-masa ypyg‘ umuman unib chiqmaydi. Agar chigit ekib bo‘linishn bilan yog‘in yog‘sa, qatqalokni yoppasiga yumshatadigan engil, tishining uzunligi 6-8 sm bo‘lgan «zig-zag» borona bilan qatorlarning ko‘ndalangina boronalash mumkin. Ilg‘or xo‘jaliklar tajribasiga ko‘ra maysa chiqmasdan oldin qatqaloqni yumshatish uchun boronalashda unib chiqqan bir yillik begona o‘tlarning 75-80% nobud bo‘ladi. CHigit unib chiqqan dalalarda qatqaloqqa qarshi kurashda uyalar atrofidagi tuproqni yumshatishga alohida ahamiyat byerish kyerak. CHigit bir tekis unib chiqishi uchun tuproqda namlik etishmasa hamda qatqaloq qalin bo‘lsa, bunday paykallar kichik me’yorda suv byerib sug‘oriladi. Natijada qatqaloq yumshaydi va yer obi tobiga kelishi bilan sifatli qilib kulьtivatsiyalanadi. Agar kulьtivatsiyada ko‘chat tubiga bir oz tuproq uyib ketilsa, qatkaloqning salbiy ta’siri yana ham kamayadi. Dalalarda ko‘chatlar to‘liq bo‘lishini ta’minlash uchun ekish tugallanishi bilanoq kartalar chetiga, burchaklarga va hatto uyalarga chigit ekib chiqish kyerak. CHigitni barvaqt undirib olish mo‘l xosil garovidir. SHuning uchun ekilgan chigitning h olati va unib chiqishini muntazam ravishda kuzatib borish zarur. Ola chiqqan joylariga tuproq namligida yaxshi ivitilgan chigit ekilishi kyerak. Tuproqda namlik etishmasligi tufayli chigit unib chiqmagan dalalarga tezlik bilan qator oralatib chigit suvi byerish, keyinchalik tuproq etilishi bilan qator oralariga ishlov byerish zarur. Barcha dalalarda maysalar qiyg‘os undirib olingandan keyingina chigit ekish tug‘allangan hisoblanadi. Siyrak unib chiqqan uyalarga chigit ekishni 10-15 kunda tugallash kyerak. YAgonalash yo‘li bilan har gek - tar maydonda tegishli miqdorda ko‘chat qalinligiga yerishiladi. Maysalar 1-2 ta chinbarg chiqarganda yaganalanadi. YAganalashdan oldin ekin qator oralari kul ь tivatsiya qilinadi.
3. Qator orasini ishlash muddati va chuqurligi. Dalalarimizda mo‘l va sifatli paxta hosili etishtirish ko‘p jihatdan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish, minyeral va maxalliy o‘g‘itlar, sug‘orish inshootlaridan xamda resurstejamkor agrotexnologiyalardan unumli foydalanishga bog‘iq. May oyida havo harorati ko‘p yillikka nisbatan o‘rtacha 4-5 °S yuqori bo‘lganligini inobatta olib, tuproq namini saqlash maqsadida ekin kator oralarini mayin kulьtivatsiya qilish maqsadga muvofiq. Sizot suvi yer yuzasiga yaqin joylashgan maydonlarda g‘o‘za shonalashigacha qator oralariga bir marta chuqur ishlov byerish lozim. Fo‘za qator oralariga shunday ishlov byerish kyerakki, butun vegetatsiya davrida dalalarda begona o‘t bo‘lmasligi, sifatli ishlov byerish natijasida tuproq mayin, donador holga kelib, tuproqdagi namlikning uzoq vaqt saqlanishi va zararli tuzlarning yuqoriga ko‘tarilishining oldi olinishi kyerak. Bunda kulьtivatsiya chuqurligi va ishchi organlarining soniga alohida e’tibor byerish zarur. Qator oralari 60 sm bo‘lgan mexanik tarkibi engil, qumoq va qumli dalalarda kulьtivatorlarning chetki ishchi organlari (naralьnik) 8-10, o‘rtadagilari 12 - 14 sm, mexanik tarkibi og‘ir, suv singishi qiyin maydonlarda 15-16 sm. gacha chuqurlikda botadigan qilib joylashtiriladi. Qator oralari 90 sm bo‘lgan dalalarda esa mos ravishda 8-10 va 14-16 sm, mexanik tarkibi og‘ir, suv o‘tkazish qobiliyati past yerlarda 18-20 sm. gacha botadigan qilib joylashtirilishi maqsadga muvofiq qatlamlab ishlov byeriladigan maydonlarda KKO ishchi organlaridan foydalaniladi gan bo‘lsa, har bir qator orasiga 7 ta ishchi organ joylashtiriladi. Bunda dastlabki ishlov g‘o‘za tupidan 10-12 sm masofada 4-5 sm chukurlikda, ikkinchi martasida 6-8 sm, uchinchisida 8-10 sm, eng so‘ngisida 14-16 sm chuqurlikda o‘tkazilishi tavsiya etiladi. CHigit qo‘shkator ekilgan maydonlarda qo‘shqator orasini yumshatish uchun bir dona KKO yoki kichik lapka 5-6 sm va ikki dona POP yulduzchasi bilan 3-5 sm chukurlikka ishlov byeriladi. Begona o‘tlar bilan kuchli zararlangan maydonlarda birinchi suvgacha kamida 2-3 marta kulьtivatsiya utqazish yaxshi samara byeradi. Bunda kulьtivatorga pichoqlar urnatilib, begona o‘tlarni tuliq yo‘kotilishini ta’minlash talab etiladi. CHopiq ishlarini sifatli va o‘z muddatida bajarilishini tashkillashtirish