logo

Yurtimiz me’morchiligi tarixi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

679.9052734375 KB
Yurtimiz me’morchiligi tarixi
Reja:
1. Memorchiligimiz san’atining vujudga kelishi.
2. Memorchilikning turlari. Memorchiligimiz san’atining vujudga kelishi
O‘zbekistonning boy me’moriy an’analari jahon madaniy merosi rivojining
barcha bosqichlari, nodir me’moriy asarlarining turli-tuman ko‘rinishilarini o‘zida
mujassam etgan bo‘lib, minoralar kabi o‘ziga xos inshootlar me’morchiligida ham
ma’lum   darajada   sezilarli   iz   qoldirgan.   O‘zbekiston   hududida   shakllangan
minoralar  va shu  turdagi  me’moriy inshootlar  jahon me’morchiligining minoralar
me’moriy   yo‘nalishlarining   muhim   qismini   o‘zining   nodir   yechimlari,   badiiy-
kompozitsion   xususiyatlari   bilan   belgilab   bergan   va   me’morchilikning
rivojlanishida   o‘ziga   xos   o‘rinni   egalladi.   Ularning   paydo   bo‘lishiga   ushbu
hududning   har   bir   mintaqasi   va   turli   davrdagi   me’moriy   taraqqiyot   o‘z   ta’sirini
ko‘rsatgan.  
Buyuk   Ipak   yo‘li   madaniy,   savdo   yo‘llarida   muhim   markazlar   hisoblangan
shahar   va   qishloq   maskanlarida   bunyod   etilgan   minorasimon   inshootlarning   ilk
ko‘rinishlari saqlanib qolmagan bo‘lsada, dastlab ular karvon yo‘llarini belgilovchi
mayoq,   shaharlar   aholisini   tashqi   xavfdan   ogoh   etuvchi   kuzatuv   minoralari
vazifalarini o‘tash uchun qurilgani shubhasizdir.  IX-X asrlardan boshlab bu turdagi
inshootlar   diniy   maqsadlarda   qurilgan.   Buxoro,   Vobkent,   Jarqo‘rg‘on,   Ko‘hna
Urganchdagi bu davr minoralarining me’moriy-konstruktiv yechimi yuqorida qayd
etilgan vazifalarni bajarishga mos qilingani bundan dalolat beradi.
O‘zbekiston   hududidagi   minoralar   g‘arbiy   Osiyo   o‘lkalaridagi   bu   turdagi
inshootlardan   ham   me’moriy,   ham   qurulmasi   jihatdan   farq   qiladi.   Tahlillar   shuni
ko‘rsatadiki,   XI   asrdayoq   Markaziy   Osiyoda   minoralarning   keyingi   rivojlanish
bosqichlarini   belgilab   bergan   Minorai   Kalonning   me’moriy   yechimi   va   badiiy-
estetik ko‘rinishlari, uning me’moriy qismlari, nisbatlari, kompozitsiyaviy tugalligi
Yaqin   Sharq   va   Mag‘rib   minoralaridan   farqli   ravishda   XIX   asrgacha   Markaziy
Osiyo   me’morchiligida   bunyod   etilib   kelingan   aksariyat   minoralar   uchun   etalon
vazifasini o‘tagan.
Minora-mezana   tizimidagi   bunday   minoralarning   turli   xil   ko‘rinishlari
asosida   Buxorodagi   Minorai   Kalon   yechimlari   yotadi.   O‘zbekistonda   Jarqo‘rg‘on minorasi,   Xivaning   XIX   asr   minoralari   o‘ziga   xos   ko‘rinishlari   bilan   alohida
o‘ringa   ega   bo‘lsa   ham   minoralarning   aksariyatida   Kalon   minorasining
yechimlarining umumiy qonuniyatlari sezilib turadi, ya’ni konussimon shakl- tana,
tarhi   aylana   va   ichki   o‘zagiga   asoslangan   zinalar   qurilmasi,   hamda   mezana   bilan
tugallanishi   umumiydir.   Samarqand,   Toshkent,   Farg‘ona   vodiysi   shaharlari,
Shahrisabz   kabi   qadimiy   hududli   shahar   guzarlari,   mahalla   masjidlari   qoshida
qurilgan katta-kichik minoralar yechimi tahlili ham Buxoro minoralari uslublariga
mos andozada qilinganini bildiradi.
O‘zbekiston   hududidagi   me’moriy   majmualardagi   guldasta,   burjlarning
minorasimon   shakllarida   ham   betakror   yechimlar   mavjud.   Ularning   nodir
namunalari Markaziy Osiyo me’morchiligining Temuriylar va undan keyingi davr
bosqichida   yuksak   badiiylik   va   estetik-dekorativ   ko‘rinishga   ega   ekani   chet   el
mutaxassislari tomonidan ham tan olingan. Shakllanishi YAqin Sharq minoralarida
boshlangan, ya’ni yuqoriga kichrayib boradigan bir necha bo‘g‘inli hajmiy yechim
Temuriy inshootlarida o‘ziga xos ko‘rinishini olgan edi.
Markaziy   Osiyo   me’morchiligining   Temuriylar   davri   me’moriy   bezak
san’atidagi qirqma koshin qoplamalar, sirkor koshinli muqarnas va sharafalar bilan
butkul   bezatilgan   minora-   guldastalar,   burjlarning   shakliy-hajmiy   yechim   usullari
Mag‘rib   va   Yaqin   Sharq,   Xuroson   minorasimon   inshootlariga   qaraganda   bir
muncha   salobatli,   mahobatli   inshootlarning   umumiy   me’moriy   kompozitsiyasiga
uyg‘un   ravishda   yaratishga   qaratilgani   bilan   farqlanadi.   Temuriylar   davri
me’morchiligidagi   Jome’   masjidlar,   ulkan   madrasalar   va   saroylarning   me’moriy
jihatdan   tugal   ko‘rinish   olishida   bu   minorasimon   hajmlar   muhim   vosita   bo‘lib
keldi.   Hatto,   davrlar   mobaynida   yuqori   bo‘g‘inlari   tushib   ketgan   bo‘lsada,
Samarqanddagi   Ulug‘bek   madrasasidagi   burj-minoralar,   Go‘ri   Amir   majmuasi
hovlisi   burchaklarini   belgilovchi   minoralar,   Bibixonim   jome’   masjidida   saqlanib
qolgan   peshtoq   yon   guldastalari,   hozirda   ham   o‘zlarining   muqarnasli   qoldiqlari
bilan   nisbatan   tugal   me’moriy   hajmdek   tasavvur   uyg‘otadi.   Chunki,   ularning   har
bir hajmiy qismi me’moriy ishlov jihatdan mukammaldir. O‘zbekiston   minoralar   me’morchiligi   tarixida   Xorazm   minoralari   alohida
o‘rin   tutadi.   Shahar   ko‘rinishiga   chiroy   baxsh   etgan,   ko‘chalarga   fayz   kiritgan
shaklan   va   hajman   turli-tuman   bo‘lgan   sharqdan   –   Xazorasp   darvozasidan   Ichan
qal’a orqali g‘arbga qarab har 200 m masofada bir maqomda qator terilgan Polvon
qori,   Said   Sholikorboy,   Juma,   Kalta   minor   va   Shayx   Qalandar   bobo   minoralari
Xivaga takrorlanmas go‘zallik baxsh etgan.
Bu   yerda   Xorazm   me’morlarining   yuksak   mahorati   va   an’anaviy
shaharsozlik   san’ati   namoyish   etilgan.   Ularning   aksariyati   XVIII-XIX   asrlarda
qurilgan   bo‘lib,   umumiy   qurulmaviy   qonuniyati   bir   bo‘lsada,   me’moriy-
kompozitsiyaviy shakllanishi jihatidan Buxoro, Vobkent minoralaridan va ayniqsa
Jarqo‘rg‘on   minorasidan   birmuncha   farq   qiladi.   Silindrik   shakldagi   Xiva
minoralarining umumiy  xususiyati,  ularning yuqori  qismining  keskin  torayishi  va
nisbatan tik ko‘rinish olishidadir.
Shuningdek, alohida qafasa yoki mezana ajratilmay, ular  minora hajmining
davomi   sifatida   ko‘rinadi.   Xorazm   minoralari   (XIX   asr)   qadimiy   konussimon
aylana   tarhli   minora   inshootlari   shakllanishining   alohida,   mustaqil   yo‘nalishini
belgilab bergan.
Memorchilikning turlari
Tahlillarga   ko‘ra,   O‘zbekiston   hududidagi   minoralarning   balandligi   ancha
yuqori   bo‘lganlarining   aksariyati   qadimda   poytaxt   maqomini   olgan   shaharlarda
bunyod   etilgani   aniqlangan.   Xiva   va   Buxoro   minoralari   shular   jumlasidandir.
Vobkentdagi   va   Jarqo‘rg‘ondagi   minoralarni   istisno   qilganda   Toshkent   vohasi,
Qashqadaryo,  Samarqand,  Jizzax  hamda  Farg‘ona  vodiysida  baland   va  mahobatli
minoralar   kuzatilmaydi.   Tadqiqotlar   natijalari   qiyosiy   tahlilidan   kelib   chiqqan
holda   O‘zbekiston,   shuningdek   Markaziy   Osiyo   me’moriy   obidalari   tarkibidagi
minora va minorasimon qurilmalarining me’moriy turlanishiga oid quyidagi ilmiy
xulosalarga   kelindi.   Albatta,   bu   turlanish   mezonlari   ushbu   ish   ko‘lamida
aniqlangani   uchun   tugal   deb   hisoblash   o‘rinsizdir.   Minoralar   me’morchiligining
xususiyatlari qiyosiy tahlili keng ko‘lamli tadqiqotlar, yangi arxeologik qazilma va
izlanishlar asosida yanada to‘ldirib borilishi mumkin. O‘zbekiston   me’moriy   merosidagi   minora   va   minorasimon   inshootlarning
ushbu turlanishi quyidagi mezonlarga ko‘ra belgilandi:
1.   Tarixi:   alohida   joylashgan   minoralar   karvon   yo‘lida,   cho‘l-sahro   hududlari,
kimsasiz   tog‘-daralarda   kuzatuv,   yo‘l   ko‘rsatgich,   signal,   xavfsizlik,   qorovul
minorasimon   qurulmalaridan   kelib   chiqqan.   Shaharlarda   esa   baland   minorasimon
qurulmalar   qal’a,   qo‘rg‘onlar   tarkibida,   hamda   sug‘orish   dehqonchilik
hududlaridagi   yakka   qal’a,   himoya   qo‘rg‘onida   qorovulxona,   kuzatuv   minorasi
ko‘rinishida   qilingan.   Bu   vazifani   yirik   shaharlarda   Buxorodagi   Kalon   minorasi
kabi   baland   inshootlar   ham   bajargan.   Manbalarga   ko‘ra   minora   qafasasi
ravoqlariga olov, sham yoqib qo‘yilgan va ular tunda shaharlardan 50-60 chaqirim
naridagi karvon uchun mayoq bo‘lib xizmat qilgan.
Burj   va   guldastalardagi   minoralar   kelib   chiqishiga   qadimda,   ilk   o‘rta
asrlardagi   ko‘shk,   qal’a,   qo‘rg‘onlar   himoya   burjlari,   shahar   darbozalari   yon
himoya guldastalari me’moriy asos bo‘lgan.
Mahobatli inshootlardagi minoralar turlarga bo‘linadi:
a)   hovli   devori,   bino   chekkalaridagi   nisbatan   mustaqil   ko‘rinadigan   bir   yoki   ikki
bo‘g‘inli minoralar.
b)   peshtoqqa   yondoshgan   yoki   bino   hajmidan   bir   muncha   yuqori   joylashtirilgan
guldasta-minoralar.
v)   XVI   asrlarda   shakllangan   kichik   guzar   masjidlari   hajmidagi   minorasimon
mezana, fonus qurulmalari. Ularning yana bir turi, ko‘cha yuzasiga qaragan masjid
darbozaxonalari   yuqorisidagi   azon   aytishga   mo‘ljallangan   uncha   katta   bo‘lmagan
mezana-minorachalar.
        Joylashuviga qarab alohida quriladigan minoralar quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) yirik shahar va maskanlardagi katta jome’ masjidlari oldidagi baland minoralar:
Buxoro,   Vobkent,   Ko‘hna   Urganch,   Xiva   minoralari.   Ularning   aksariyati   shahar
markazida joylashgan.
b) mashhur ziyoratgoh maskanlardagi masjidlar qoshidagi katta, kichik minoralar.
Masalan:   Bahouddin   Naqshband,   Chor   Bakr,   Mahdumi   A’zam,   Zangiota
ziyoratgohlari va boshqalar; v)   mahalla,   guzar   markazlaridagi   masjidlar   oldidagi   kichik   minoralar:   Buxoro,
Samarqand, Xiva mahallalari shular jumlasidan.
g)   yirik   Jome’   masjidlari,   ziyoratgohlar   hovlisi   o‘rtasidagi   minoralar:   Andijon,
Qo‘qon   jome’   masjidlari   minoralari,   Zangiota   ziyoratgoh   majmuasidagi   minora
shular jumlasidan.
 Burj-guldasta minoralari turlari:
a)   yirik   mahobatli   inshootlarning   hajmining   burchaklari   va   peshtoq   yonlaridagi
ko‘p   bo‘g‘inli   minorasimon   qurulmalar:   Samarqanddagi   Bibixonim   masjidida,
Ulug‘bek, Sherdor madrasasida ularning nodir namunalari mavjud.
b)   darvoza,   chortoq,   madrasa   peshtog‘i   kabi   me’moriy   inshootlar   yon
guldastasining yuqorisidagi mezana, fonussifat minora qurilmalari.
v)   darbozaxonalar,   maqbaralar,   ayrim   masjid,   madrasalar   yonlaridagi   qalin
guldastalar,   aksariyati   yuqorisi   dandana   yoki   sharafa   bilan   tugallangan.   Ular
O‘zbekistonning   barcha   hududlarida   ommaviy   ravishda   qurilgan   inshootlaridagi
me’moriy element sifatida shakllangan.
Yuqoridagi   mezonlardan   tashqari   minoralar   shakliga,   bezak   hashami   va   yuqorida
tugallanadigan me’moriy elementlari bilan ham farqlanadi.
Asosan   yuqoriga   torayib   boradigan   konus,   silindrsimon   hajmlarda   minora
quruvchisi,   qurilgan   joyning   mavqyeiga   qarab   arabiy   yozuvli   belbog‘   qilingan.
Minoraning   balandligi,   uning   hashamidagi   bu   belbog‘lar   ma’lum   davrga   xos
bo‘lgan qoidaga qarab aniqlangan. O‘lcham birligi gazning metrik hisobi o‘zgarib
borganini hisob olganda, minora balandligi qurdirgan shaxsning mavqyeiga qarab
belgilan gan kamarlar soniga bog‘liq degan taxminlar ham mavjud. 97-rasm. Minorai Kalon minorasining umumiy ko‘rinishi
98-rasm. Kalta minorasining umumiy ko‘rinishi 99-rasm. Jarqo‘rg‘on minorasining umumiy ko‘rinishi
100-rasm.Go‘ri Amir maqbarasining umumiy ko‘rinishi Asosiy adabiyotlar
1. N.A.Muslimov,   SH.S.SHaripov,   M.Qodirov.   “Texnik   ijodkorlik   va
dizayn”. - T.: “TDPU”, 2010. 
2. A.S.Iskandarov.   «Materiallarni   kesib   ishlash,   kesuvchi   asboblar   va
stanoklar.-T.: “Fan va texnologiya” 2004.
3. R.S.SHermuxamedov,   S.S.YAxyaev,   A.E.Parmonov.   CHilangarlikdan
amaliy ishlar.-T.: «Iqtisod-moliya» 2007.
4. G‘.M.Abduqodirov. Kasb ta’limi praktikumi.-T.: “Sharq” 2012.
Qo‘shimcha  adabiyotlar
1. V .A. Mirboboev.   “ Konstruksion   materiallar   texnologiyasi ” -   T.:
« O‘qituvchi » 2004 
2. K.B.Usmonov “Metall kesish asoslari” T.: «O‘qituvchi» 2004 y
3. Mangal S.K Mangal Uma. Educational technology Dehli-2012.
4. G’.R.Raxmonberdiyev,   M.T.Primqulov,   Yu.T.Toshpo‘latov.   Qog’oz
texnologiyasi asoslari. Toshkent-2009
5. A.Olimov,   A.qosimov   Mashinasozlik   texnologiyasi.   Toshkent
O‘zbekiston-2003
6. M.A.Babajonov   Texnologik   jarayonlarni   loyixalash   Cho‘lpon
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2009
7. Z.Sotvoldiyev Dizayn asoslari 2015
8. D.D.zuparova N.N.Karimov “Dizayn tarixi” 2015
9. D.A.Nozilov “O‘rta Osiyo dizayn tarixi” 1998

Yurtimiz me’morchiligi tarixi Reja: 1. Memorchiligimiz san’atining vujudga kelishi. 2. Memorchilikning turlari.

Memorchiligimiz san’atining vujudga kelishi O‘zbekistonning boy me’moriy an’analari jahon madaniy merosi rivojining barcha bosqichlari, nodir me’moriy asarlarining turli-tuman ko‘rinishilarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, minoralar kabi o‘ziga xos inshootlar me’morchiligida ham ma’lum darajada sezilarli iz qoldirgan. O‘zbekiston hududida shakllangan minoralar va shu turdagi me’moriy inshootlar jahon me’morchiligining minoralar me’moriy yo‘nalishlarining muhim qismini o‘zining nodir yechimlari, badiiy- kompozitsion xususiyatlari bilan belgilab bergan va me’morchilikning rivojlanishida o‘ziga xos o‘rinni egalladi. Ularning paydo bo‘lishiga ushbu hududning har bir mintaqasi va turli davrdagi me’moriy taraqqiyot o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Buyuk Ipak yo‘li madaniy, savdo yo‘llarida muhim markazlar hisoblangan shahar va qishloq maskanlarida bunyod etilgan minorasimon inshootlarning ilk ko‘rinishlari saqlanib qolmagan bo‘lsada, dastlab ular karvon yo‘llarini belgilovchi mayoq, shaharlar aholisini tashqi xavfdan ogoh etuvchi kuzatuv minoralari vazifalarini o‘tash uchun qurilgani shubhasizdir. IX-X asrlardan boshlab bu turdagi inshootlar diniy maqsadlarda qurilgan. Buxoro, Vobkent, Jarqo‘rg‘on, Ko‘hna Urganchdagi bu davr minoralarining me’moriy-konstruktiv yechimi yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarishga mos qilingani bundan dalolat beradi. O‘zbekiston hududidagi minoralar g‘arbiy Osiyo o‘lkalaridagi bu turdagi inshootlardan ham me’moriy, ham qurulmasi jihatdan farq qiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, XI asrdayoq Markaziy Osiyoda minoralarning keyingi rivojlanish bosqichlarini belgilab bergan Minorai Kalonning me’moriy yechimi va badiiy- estetik ko‘rinishlari, uning me’moriy qismlari, nisbatlari, kompozitsiyaviy tugalligi Yaqin Sharq va Mag‘rib minoralaridan farqli ravishda XIX asrgacha Markaziy Osiyo me’morchiligida bunyod etilib kelingan aksariyat minoralar uchun etalon vazifasini o‘tagan. Minora-mezana tizimidagi bunday minoralarning turli xil ko‘rinishlari asosida Buxorodagi Minorai Kalon yechimlari yotadi. O‘zbekistonda Jarqo‘rg‘on

minorasi, Xivaning XIX asr minoralari o‘ziga xos ko‘rinishlari bilan alohida o‘ringa ega bo‘lsa ham minoralarning aksariyatida Kalon minorasining yechimlarining umumiy qonuniyatlari sezilib turadi, ya’ni konussimon shakl- tana, tarhi aylana va ichki o‘zagiga asoslangan zinalar qurilmasi, hamda mezana bilan tugallanishi umumiydir. Samarqand, Toshkent, Farg‘ona vodiysi shaharlari, Shahrisabz kabi qadimiy hududli shahar guzarlari, mahalla masjidlari qoshida qurilgan katta-kichik minoralar yechimi tahlili ham Buxoro minoralari uslublariga mos andozada qilinganini bildiradi. O‘zbekiston hududidagi me’moriy majmualardagi guldasta, burjlarning minorasimon shakllarida ham betakror yechimlar mavjud. Ularning nodir namunalari Markaziy Osiyo me’morchiligining Temuriylar va undan keyingi davr bosqichida yuksak badiiylik va estetik-dekorativ ko‘rinishga ega ekani chet el mutaxassislari tomonidan ham tan olingan. Shakllanishi YAqin Sharq minoralarida boshlangan, ya’ni yuqoriga kichrayib boradigan bir necha bo‘g‘inli hajmiy yechim Temuriy inshootlarida o‘ziga xos ko‘rinishini olgan edi. Markaziy Osiyo me’morchiligining Temuriylar davri me’moriy bezak san’atidagi qirqma koshin qoplamalar, sirkor koshinli muqarnas va sharafalar bilan butkul bezatilgan minora- guldastalar, burjlarning shakliy-hajmiy yechim usullari Mag‘rib va Yaqin Sharq, Xuroson minorasimon inshootlariga qaraganda bir muncha salobatli, mahobatli inshootlarning umumiy me’moriy kompozitsiyasiga uyg‘un ravishda yaratishga qaratilgani bilan farqlanadi. Temuriylar davri me’morchiligidagi Jome’ masjidlar, ulkan madrasalar va saroylarning me’moriy jihatdan tugal ko‘rinish olishida bu minorasimon hajmlar muhim vosita bo‘lib keldi. Hatto, davrlar mobaynida yuqori bo‘g‘inlari tushib ketgan bo‘lsada, Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasidagi burj-minoralar, Go‘ri Amir majmuasi hovlisi burchaklarini belgilovchi minoralar, Bibixonim jome’ masjidida saqlanib qolgan peshtoq yon guldastalari, hozirda ham o‘zlarining muqarnasli qoldiqlari bilan nisbatan tugal me’moriy hajmdek tasavvur uyg‘otadi. Chunki, ularning har bir hajmiy qismi me’moriy ishlov jihatdan mukammaldir.

O‘zbekiston minoralar me’morchiligi tarixida Xorazm minoralari alohida o‘rin tutadi. Shahar ko‘rinishiga chiroy baxsh etgan, ko‘chalarga fayz kiritgan shaklan va hajman turli-tuman bo‘lgan sharqdan – Xazorasp darvozasidan Ichan qal’a orqali g‘arbga qarab har 200 m masofada bir maqomda qator terilgan Polvon qori, Said Sholikorboy, Juma, Kalta minor va Shayx Qalandar bobo minoralari Xivaga takrorlanmas go‘zallik baxsh etgan. Bu yerda Xorazm me’morlarining yuksak mahorati va an’anaviy shaharsozlik san’ati namoyish etilgan. Ularning aksariyati XVIII-XIX asrlarda qurilgan bo‘lib, umumiy qurulmaviy qonuniyati bir bo‘lsada, me’moriy- kompozitsiyaviy shakllanishi jihatidan Buxoro, Vobkent minoralaridan va ayniqsa Jarqo‘rg‘on minorasidan birmuncha farq qiladi. Silindrik shakldagi Xiva minoralarining umumiy xususiyati, ularning yuqori qismining keskin torayishi va nisbatan tik ko‘rinish olishidadir. Shuningdek, alohida qafasa yoki mezana ajratilmay, ular minora hajmining davomi sifatida ko‘rinadi. Xorazm minoralari (XIX asr) qadimiy konussimon aylana tarhli minora inshootlari shakllanishining alohida, mustaqil yo‘nalishini belgilab bergan. Memorchilikning turlari Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekiston hududidagi minoralarning balandligi ancha yuqori bo‘lganlarining aksariyati qadimda poytaxt maqomini olgan shaharlarda bunyod etilgani aniqlangan. Xiva va Buxoro minoralari shular jumlasidandir. Vobkentdagi va Jarqo‘rg‘ondagi minoralarni istisno qilganda Toshkent vohasi, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax hamda Farg‘ona vodiysida baland va mahobatli minoralar kuzatilmaydi. Tadqiqotlar natijalari qiyosiy tahlilidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston, shuningdek Markaziy Osiyo me’moriy obidalari tarkibidagi minora va minorasimon qurilmalarining me’moriy turlanishiga oid quyidagi ilmiy xulosalarga kelindi. Albatta, bu turlanish mezonlari ushbu ish ko‘lamida aniqlangani uchun tugal deb hisoblash o‘rinsizdir. Minoralar me’morchiligining xususiyatlari qiyosiy tahlili keng ko‘lamli tadqiqotlar, yangi arxeologik qazilma va izlanishlar asosida yanada to‘ldirib borilishi mumkin.

O‘zbekiston me’moriy merosidagi minora va minorasimon inshootlarning ushbu turlanishi quyidagi mezonlarga ko‘ra belgilandi: 1. Tarixi: alohida joylashgan minoralar karvon yo‘lida, cho‘l-sahro hududlari, kimsasiz tog‘-daralarda kuzatuv, yo‘l ko‘rsatgich, signal, xavfsizlik, qorovul minorasimon qurulmalaridan kelib chiqqan. Shaharlarda esa baland minorasimon qurulmalar qal’a, qo‘rg‘onlar tarkibida, hamda sug‘orish dehqonchilik hududlaridagi yakka qal’a, himoya qo‘rg‘onida qorovulxona, kuzatuv minorasi ko‘rinishida qilingan. Bu vazifani yirik shaharlarda Buxorodagi Kalon minorasi kabi baland inshootlar ham bajargan. Manbalarga ko‘ra minora qafasasi ravoqlariga olov, sham yoqib qo‘yilgan va ular tunda shaharlardan 50-60 chaqirim naridagi karvon uchun mayoq bo‘lib xizmat qilgan. Burj va guldastalardagi minoralar kelib chiqishiga qadimda, ilk o‘rta asrlardagi ko‘shk, qal’a, qo‘rg‘onlar himoya burjlari, shahar darbozalari yon himoya guldastalari me’moriy asos bo‘lgan. Mahobatli inshootlardagi minoralar turlarga bo‘linadi: a) hovli devori, bino chekkalaridagi nisbatan mustaqil ko‘rinadigan bir yoki ikki bo‘g‘inli minoralar. b) peshtoqqa yondoshgan yoki bino hajmidan bir muncha yuqori joylashtirilgan guldasta-minoralar. v) XVI asrlarda shakllangan kichik guzar masjidlari hajmidagi minorasimon mezana, fonus qurulmalari. Ularning yana bir turi, ko‘cha yuzasiga qaragan masjid darbozaxonalari yuqorisidagi azon aytishga mo‘ljallangan uncha katta bo‘lmagan mezana-minorachalar. Joylashuviga qarab alohida quriladigan minoralar quyidagi turlarga bo‘linadi: a) yirik shahar va maskanlardagi katta jome’ masjidlari oldidagi baland minoralar: Buxoro, Vobkent, Ko‘hna Urganch, Xiva minoralari. Ularning aksariyati shahar markazida joylashgan. b) mashhur ziyoratgoh maskanlardagi masjidlar qoshidagi katta, kichik minoralar. Masalan: Bahouddin Naqshband, Chor Bakr, Mahdumi A’zam, Zangiota ziyoratgohlari va boshqalar;