logo

Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1321.73828125 KB
Mavzu:Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari
Reja:
I.Kirish.
II.Asosiy qism.
1.Zamonaviy axborot tushunchasi.
2.Axborotni uzatish usullari.
3.Zamonaviy axborotni saqlash vositalari.
 
Xulosa Kirish
Ixtiyoriy   jarayonni   to‘liq   o‘rganishda,   u   to‘g‘risida   to‘plangan   ma’lumotlar
hajmi, ma’lumotlarning o‘zaro bog‘liqligi darajasi shunchalik murakkab bo‘ladiki,
ularni   biror   vosita   yordamisiz   to‘liq   qayta   ishlash   amalda   mumkin   emas.   Fan   va
texnikaning   rivojlanishi   axborotlarni   to‘plash,   qayta   ishlash   va   uzatish   kabi
jarayonlarni   samarali   amalga   oshirish   mum-   kinligini   ko‘rsatdi.   Bunda   asosiy
o‘rinni   texnik   vositalar   –   kompyuter   va   boshqa   turdagi   vositalar   egallaydi.   Ular
yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar almashinuvini tezlatishdan tashqari,
kerakli   axborotni   izlash,   qayta   ishlash   va   undan   foydalanishni   osonlashtirish
hamda   axborotning   avval   ko‘rsatib   o‘tilgan   barcha   xususiyatlarini   saqlashga
erishiladi. Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash
va   undan   foydalanish   usullari   va   vositalari   axborot   texnologiyasi   deb   yuritiladi.
Axborot texnologiyasi ikki: ichki va tashqi omillardan iboratdir. Ichki omillarga –
usullar,   tashqi   omillarga   –   vositalar   kiradi.   Bundan   kelib   chiqadiki,   axborot
texnologiyasi   o‘z   ichiga   quyidagilarni   oladi:   qalam,   ruchka,   daftar,   qog‘oz,   bo‘r,
doska,   proyektor,   ekran,   kodoskop,   sinf,   stol,   stul,   o‘quvchi,   o‘qituvchi,   farrosh,
direktor,   kitob,   kompyuter,   suhbat   jarayoni,   dars   o‘tish   jarayoni,   test   o‘tkazish
jarayoni, savol javob o‘tkazish jarayoni, dars o‘tish usul va metodikasi, plakat yoki
boshqa   didaktik   material   va   hokazolar.   Demak,   axborot   texnologiyalari   sanoat,
savdo sotiq,   boshqaruv,   bank,   ta’lim   va   sog‘liq   sistemasida,   tibbiyot   va   fanda,
transport   va   aloqada,   qishloq   xo‘jaligi   va   ijtimoiy   xizmat   tizimida,   turmushda
qo‘llanilar   ekan.   Axborot   texnologiyasining   asosiy   texnik   vositalari   sifatida
kompyuterdan   tashqari   aloqa   vositalari   –   telefon,   teletayp,   telefaks   va   boshqalar
qo’llani-
ladi.Axborot   texnologiyalari   hisoblash   texnika-sidan   tashqari   aloqa   texnikasi,
televideniye   va   radioni   ham   o‘z   ichiga   oladi.   Umuman,   informatika   va   axborot
texnologiyalari bir- birini to‘ldiruvchi qismlar sifatida qaraladi  Asosiy qism :  
Ma’lumki,   axborot   turli   sohalarda   turlicha   tushunib   kelinadi.   Masalan,   dehqon
uchun axborot – yerning ozuqa bilan to‘yinganligi yoki yetishtirilgan mahsulotning
bozordagi   narxi,   muhandislar   uchun   –   texnika   va   texnologiyalar;   o‘quvchi   uchun
fanlardan olayotgan ma’lumotlaridir. Ya’ni, turli soha xodimlari o‘z sohalari bilan
bog‘liq   ma’lumotlarni   axborot   sifatida   qabul   qiladilar.   Demak,   inson   doimo
axborot bilan ish ko‘rib kelgan. Axborot nazariyasi asoschilaridan biri amerikalik
Klod   Shenon   axborotni   narsa   haqidagi   bilimlarimizdagi   noaniqlikni   bartaraf
etilishi kabi e’tirof etadi. Kibernetika fanining asoschisi Norbert Vinner axborotni
bizni   va   sezgilarimizni   tashqi   olamga   moslashuvimizdagi   mazmunini   ifodalash,
deb   qaraydi.   Axborotga   olimlar   tomonidan   yuqoridagi   kabi   ta’rif   berishga
urinishlar   ko‘p   bo‘lgan.   Lekin   axborot   tushunchasiga   har   tomonlama   ilmiy asoslangan   ta’rif   berish   mumkin   emas.   Chunki   axborot   informatikaning   asos
tushunchasi  bo‘lib, u juda ko‘p ma’noni  o‘z ichiga  oladi.  Ba’zan axborot  sifatida
unga sinonim bo‘lgan ma’lumot yoki berilganlar so‘zlari ham tushuniladi. Axborot
haqida   tushunchaga   ega   bo‘lish   uchun   hayotingizdagi   bir   misolni   esga   olaylik.
Go‘daklik   vaqtingizda   «muzqaymoq»   so‘zi   sizga   faqatgina   «mazali   shirinlik»
ma’nosini anglatar edi. Uni boshqa shirinliklar ichidan nomi, ko‘rinishi, ta’mi yoki
sovuqligidan ajratib olardingiz. Maktab yoshingizda «muzqaymoq» so‘zi «shakar,
qaymoq,   kakao   yoki   kofe   kabi   o‘zaro   bog‘langan   modda   va   tushunchalar   hamda
muzqaymoqni   tayyorlash   usullari   bilan   bog‘liq   ma’lumotlar   bilan   to‘ldi.
Keyinchalik esa «muzqaymoq» haqidagi ma’lumot to‘liq emasligini, vaqti kelib bu
so‘z yana boshqa ma’lumotlar bilan to‘lishini tushunish qiyin emas. Demak, inson
yillar   davomida   hayotdan   ma’lumotlar   olar   ekan,   birini   ikkinchisi   bilan   bog‘lab
to‘ldirib   boradi.   Yuqoridagi   misol   va   alloma   Forobiy   fikrlaridan   kelib   chiqib,
axborotni qanday tushunish mumkin degan savolga quyidagicha javob berish 
mumkin.
  «Informatsiya»   so‘zi   turli   tillarda   ishlatilib,   ma’nosi   turlicha   talqin   qilinsa   ham,
ularning   asosida   lotincha   informatio   so‘zi   yotadi.   U   «tushuntirish»,   «tavsiflash»,
«xabar olish» degan ma’nolarni anglatadi. O‘zbek tilida informatsiya so‘zi axborot
deb tushuniladi  
Sizga   ma’lumki,   inson   qo‘li   orqali   jismning   qattiq   va   tekisligini,   tili   orqali   oziq
ta’mini, burun orqali turli hidlarni biladi, qulog‘i orqali har xil tovushlarni eshitadi,
ko‘zi orqali turli shakl, rang yoki manzaralarni ko‘radi, ya’ni sezgi a’zolari orqali
turli   axborotlar   oladi.   Ya’ni   inson   axborotni   hayotdan   har   xil   ko‘ri   nish   yoki
shakllarda oladi: rasm, chizma, fotosurat, yozuv; nur yoki tovush; har xil to‘lqinlar;
elektr va nerv impulslari; magnit yozuvlari; mimika; hid va ta’m; organizmlarning
sifat   va   xususiyatlarini   saqlovchi   xromosomalar   va   hokazo.   Demak,   axborot
borliqdagi   narsa   yoki   jarayonlar   holati,   xossasi   va   boshqa   xususiyatlari   haqidagi  ma’lumotlarning   turli   vositalar   va   sezgi   a’zolarimiz   orqali   bizga   yetib   kelishi   va
ongimizga ta’siri hamda bu ma’lumotlarning ongimizda boshqa ma’lumotlar bilan
bog‘lanishi   ekan.   INSON   o‘zi   ham   borliqning   bir   qismi   bo‘lgani   uchun,   o‘zi
haqida   ham   (og‘riq,   qizish,   charchash   va   hokazo)   ma’lumot   oladi.   Umuman
olganda,   hozirgacha   olgan   barcha   ma’lumotlaringiz   axborot   bo‘lib,   ular   o‘zaro
bog‘langach,   bilimni   tashkil   etar   ekan.   Ta’kidlash   joizki,   xabar   axborotning
moddiy shakli bo‘lib xizmat qiladi, axborot esa inson tomonidan shu xabar asosida
hosil qilinadigan nomoddiy mazmundir. Masalan, biror shakl yoki tovush xabarga
misol   bo‘lsa,   bu   xabar   ikki   insonda   ikki   xil   mazmundagi   axborotni   hosil   qilishi
mumkin.
Tarixdan ma’lumki, axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan 
foydalanish masalalari bilan insonlar kompyuterlar davrigacha ham 
shug‘ullanishgan va bu ishlarni hozirgi kunda «õujjat yuritish» (dokumentalistika) 
deb atashmoqda. Inson hayoti va amaliy ish faoliyati davomida juda ko‘p 
ma’lumot oladi, ularning ichidan keraklisini ajratib oladi, imkon qadar xotirasida 
saqlaydi, ba’zilarini keyinchalik ishlatish uchun turli ko‘rinishlarda saqlab qo‘yadi,
keraksiz deb hisoblaganlarini xotirasidan va saqlab qo‘ygan manbalardan 
o‘chiradi, yangilarini qo‘shadi yoki avvalgilarini kengaytiradi, ba’zi ma’lumotlarni
esa boshqalar bilan bo‘lishadi. Ilmiy sohalardagi shiddatli rivojlanish va ishlab 
chiqarishning keskin o‘sishi insoniyat hayotida axborotlarni mislsiz ortib ketishiga 
olib kelmoqda. Axborotlarni qayta ishlash sohasidagi yirik muta- xassislardan biri 
D. Martin bu jarayonni shunday baholaydi: «…in soniyat bilimlari yig‘indisi 2 
baravar  ortishi  uchun  1800 yilga  kelib     50 yil1950  yilga kelib 10 yil, 1970 yilga 
kelib esa 5 yil kerak bo‘ldi». Hozirgi kunda esa mutaxassislar bu jarayonga 2–3 yil yetarli bo‘layotganini e’tirof etishmoqda. Odatda, inson e’tibori yo‘naltirilgan buyum, hodisa, jarayon, amal, xususiyat yoki
munosabat obyekt deb ataladi. Informatikada narsa, jarayon, moddiy va nomoddiy
xususiyatli hodisalar ularning axborot berish xususiyatlaridan kelib chiqib axborot
obyektlari deb ataladi. Siz shu yoshgacha hayotdan va maktabdagi fanlardan ozmi
ko‘pmi   axborot   oldingiz,   keyinchalik   foydalana   olish   uchun   ularni   daftar   va
albomlarda   matn,   chizma   yoki   rasm   ko‘rinishida   ifodaladingiz.   Axborotlarning
ma’lum   qismini   yodda   saqlab   qoldingiz,   qolganlarini   esa   daftar,   albom   yoki
kitoblardan   foydalanib,   kerakli   vaqtda   xotirangizda   qayta   tiklay   olishingiz
mumkin. Olgan axborotlaringiz yillar  o‘tishi  bilan chuqurlashdi  va kengaydi, bir -
biri bilan bog‘lanib, narsa yoki jarayonlar haqidagi bilimingizni to‘ldirdi. Endi Siz
bu   axborotlarni   qaysi   biri   to‘g‘ri   yoki   noto‘g‘ri,   to‘liq   yoki   chala   ekanligi,   qaysi
biri qachon va qayerda kerak bo‘lishi, qaysi axborotdan foydalanish mumkin yoki
qaysi axborotdan foydalanib bo‘lmasligi haqida o‘z fikringizga egasiz. Demak, shu
kungacha axborot ustida hosil qilish, to‘plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish,
o‘lchash,   ishlatish,   qayta   ishlash,   nusxalash,   his   etish,   eslab   qolish,   boshqa
ko‘rinishga   o‘tkazish,   tarqatish,   bo‘laklarga   ajratish,   soddalashtirish,   birlashtirish,
formatlashtirish,   kodlash,   buzish   kabi   amallar   bilan   tanishib   bo‘ldingiz.   Bilingki,
axborotlar   ustida   bajariladigan   amallar   bilan   bog‘liq   barcha   jarayonlar   axborotli
jarayonlar   deb   ataladi.   Axborotlar   ustida   kompyuter   yordamida   bajariladigan
amallarning ba’zilari ham sizga tanish. Masalan, axborot hosil qilish (chizish yoki
yozish),   shakl   yoki   matnlarni   birlashtirish,   shakl   yoki   matnlarni   bo‘laklash,   rasm
yoki   matn   ko‘rinishini   o‘zgartirish,   shakl   yoki   matnlarni   nusxalash,   rasm   yoki
hujjatni   buzish,   rasm   yoki   hujjatlarni   saqlash   amallaridan   Paint   va   MS   Word
dasturlarida   ko‘p   foydalaniladi.   Odatda,   biror   axborot   ma’lum   bir   maqsadda
foydalanish   uchun   eslab   qolinadi   yoki   saqlab   qo‘yiladi.   Foydalanish   maqsadidan
kelib   chiqadigan   bo‘lsak,   saqlab   qo‘yilishi   uchun   axborot   bizning   ba’zi
talablarimizga   javob   berishi   shart.   Axborotga   qo‘yiladigan   talablar   umumiy
mazmuniga   ko‘ra   birlashtirilsa,   ular,   asosan,   quyidagi   muhim   uchta   xususiyatga
ega   bo‘lishi   lozim:   1.Ma’lum   darajada   qimmatli   bo‘lishi.   Aks   holda   undan foydalanish   ehtiyoji   tug‘ilmaydi.   Qimmatli   axborot   vaqt   o‘tishi   bilan   o‘z
qimmatini yo‘qotishi mumkin.
2. To‘liq bo‘lishi. Ya’ni axborot o‘rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama
to‘liq ifodalashi lozim. Aks holda axborotni noto‘g‘ri tushunishga va natijada, xato
qaror qabul qilishga olib keladi
3.   Ishonchli   bo‘lishi.   Aks   holda   undan   foydalanish   xato   qaror   qabul   qilishga   va
noxush  natijalarga olib  keladi. Axborotning bu  3 ta  asosiy  xususiyatidan   tashqari
boshqa   xususiyatlari   ham   bo‘lib,   axborot   tushunarli,   qisqa   yoki   batafsil   ifoda
etilishi   zarurligini   ta’kidlab   o‘tish   joiz.   Axborotni   ishlatish   maqsadidan   kelib
chiqib, uning ortiqchalilik xususiyatlarini ham bilish zarur. Ko‘chadagi   jarayonlarni   bilmasdan   turib,   sharoitni   to‘liq   tahlil   eta   olmaydi,
demakki,   to‘g‘ri   qaror   qabul   qila   olmaydi.   Bu   hol   tabiat   va   jamiyatdagi
boshqariladigan   barcha   jarayonlar   uchun   ham   o‘rinlidir.   Ulardagi   axborotli
jarayonlarni bilmasdan turib, ishlash tartibini tahlil qila olmaymiz va tabiiyki, aniq
natijaga   kela   olmaymiz.   Biror   qaror   qabul   qilishda   asosiy   manba   bo‘lib   axborot
hisoblangani   kabi,   boshqarish   ham   turli   usullarda   uzatilayotgan   har   xil   signal   –
axborotlar orqali amalga oshiriladi. Masalan, yuqori hosil olish uchun ob havoning
kelishiga qarab qachon yerni shudgorlash, qachon sug‘orish zarurligini aniq bilish
maqsadida   dehqonlar   o‘z   tajribalaridan   hosil   bo‘lgan   axborotlarga   asoslanib   ish
yuritadilar.   Shunga   ko‘ra,   turli   texnika   va   usullarni   qo‘llash   bo‘yicha   tadbirlar
belgilanadi.   Bundan   ko‘rinadiki,   dehqonlarning   matbuot,   radio   va   televideniye
orqali   e’lon   qilinadigan   ob -havo   ma’lumotlariga   katta   e’tibor   qaratishlari   bejiz
emas  ekan.  Keltirilgan  misollar  axborotlarni  to‘plash  va ularni  qayta  ishlash   kabi
jarayonlarni   o‘z   ichiga   olganligini   ko‘rish   mumkin.   Quyidagi   rasmda   kurrayi
zaminimizning turli hududlarida ob -havo ma’lumotini to‘plash va uzatish jarayoni
aks ettirilgan Xulosa:   XX asr  o‘rtasiga kelib mehnatga layoqatli  aholining anchagina qismi  o‘z
ish   faoliyatini   axborotni   qayta   ishlash   sohasida   yurita   boshladi.   Shunga
qaramasdan,   odamlar   katta   hajmdagi   axborotni   qayta   ishlash   uchungina   emas,
balki   axborot   ummonida   faqat   kerakli   axborotni   izlab   topish   uchun   ham   sezilarli
kuch quvvat sarflashga majbur edilar. Bu holat o‘z vaqtida «axborot portlashi» deb
nom ham olgan. O‘tgan asrdayoq boshlangan aholi ish faoliyatini moddiy boyliklar
ishlab chiqarish sohasidan axborotni qayta ishlash sohasiga o‘tkazish tendensiyasi
hozirgi kunda ham rivojlanib bormoqda. Bu davrga kelib xuddi avvaldan buyurtma
qilingani   kabi,   dasturiy   boshqaruvli   hisoblash   mashinalari   ishlab   chiqarish   uchun
ilmiy va texnik sharoitlar yuzaga kelgan edi. Ishlab chiqarilgan elektron hisoblash
qurilmalari   axborotni   «qog‘ozsiz»   texnologiya   asosida   izlash,   to‘plash,   saqlash,
qayta ishlash va uzatish imkonini bera boshladi. Foydalanilgan adabiyotlar:
1.I.B.Aminov   “Kompyuterning  texnik    va   dasturiy  ta’minoti”  o’quv  qo’llanma.1-
qism.-Samarqand:
SamDU nashri,2022-yil
2.  R.R.Boqiyev,  A.O.Matchonov “Informatika”
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma
3.   T.S.Safarov,   Sh.U.O’roqov,   R.R.Baxromov     “Informatika   va   axborot
texnologiyalari” tibbiyot oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma 
4.Informatika va axborot texnologiyalari 7-sinf darslik
5.M.Kadirov “Axborot texnologiyalari” 1-qism

Mavzu:Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari Reja: I.Kirish. II.Asosiy qism. 1.Zamonaviy axborot tushunchasi. 2.Axborotni uzatish usullari. 3.Zamonaviy axborotni saqlash vositalari. Xulosa

Kirish Ixtiyoriy jarayonni to‘liq o‘rganishda, u to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlar hajmi, ma’lumotlarning o‘zaro bog‘liqligi darajasi shunchalik murakkab bo‘ladiki, ularni biror vosita yordamisiz to‘liq qayta ishlash amalda mumkin emas. Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni samarali amalga oshirish mum- kinligini ko‘rsatdi. Bunda asosiy o‘rinni texnik vositalar – kompyuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi. Ular yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar almashinuvini tezlatishdan tashqari, kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtirish hamda axborotning avval ko‘rsatib o‘tilgan barcha xususiyatlarini saqlashga erishiladi. Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi. Axborot texnologiyasi ikki: ichki va tashqi omillardan iboratdir. Ichki omillarga – usullar, tashqi omillarga – vositalar kiradi. Bundan kelib chiqadiki, axborot texnologiyasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: qalam, ruchka, daftar, qog‘oz, bo‘r, doska, proyektor, ekran, kodoskop, sinf, stol, stul, o‘quvchi, o‘qituvchi, farrosh, direktor, kitob, kompyuter, suhbat jarayoni, dars o‘tish jarayoni, test o‘tkazish jarayoni, savol javob o‘tkazish jarayoni, dars o‘tish usul va metodikasi, plakat yoki boshqa didaktik material va hokazolar. Demak, axborot texnologiyalari sanoat, savdo sotiq, boshqaruv, bank, ta’lim va sog‘liq sistemasida, tibbiyot va fanda, transport va aloqada, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy xizmat tizimida, turmushda qo‘llanilar ekan. Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llani- ladi.Axborot texnologiyalari hisoblash texnika-sidan tashqari aloqa texnikasi, televideniye va radioni ham o‘z ichiga oladi. Umuman, informatika va axborot texnologiyalari bir- birini to‘ldiruvchi qismlar sifatida qaraladi

Asosiy qism : Ma’lumki, axborot turli sohalarda turlicha tushunib kelinadi. Masalan, dehqon uchun axborot – yerning ozuqa bilan to‘yinganligi yoki yetishtirilgan mahsulotning bozordagi narxi, muhandislar uchun – texnika va texnologiyalar; o‘quvchi uchun fanlardan olayotgan ma’lumotlaridir. Ya’ni, turli soha xodimlari o‘z sohalari bilan bog‘liq ma’lumotlarni axborot sifatida qabul qiladilar. Demak, inson doimo axborot bilan ish ko‘rib kelgan. Axborot nazariyasi asoschilaridan biri amerikalik Klod Shenon axborotni narsa haqidagi bilimlarimizdagi noaniqlikni bartaraf etilishi kabi e’tirof etadi. Kibernetika fanining asoschisi Norbert Vinner axborotni bizni va sezgilarimizni tashqi olamga moslashuvimizdagi mazmunini ifodalash, deb qaraydi. Axborotga olimlar tomonidan yuqoridagi kabi ta’rif berishga urinishlar ko‘p bo‘lgan. Lekin axborot tushunchasiga har tomonlama ilmiy

asoslangan ta’rif berish mumkin emas. Chunki axborot informatikaning asos tushunchasi bo‘lib, u juda ko‘p ma’noni o‘z ichiga oladi. Ba’zan axborot sifatida unga sinonim bo‘lgan ma’lumot yoki berilganlar so‘zlari ham tushuniladi. Axborot haqida tushunchaga ega bo‘lish uchun hayotingizdagi bir misolni esga olaylik. Go‘daklik vaqtingizda «muzqaymoq» so‘zi sizga faqatgina «mazali shirinlik» ma’nosini anglatar edi. Uni boshqa shirinliklar ichidan nomi, ko‘rinishi, ta’mi yoki sovuqligidan ajratib olardingiz. Maktab yoshingizda «muzqaymoq» so‘zi «shakar, qaymoq, kakao yoki kofe kabi o‘zaro bog‘langan modda va tushunchalar hamda muzqaymoqni tayyorlash usullari bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan to‘ldi. Keyinchalik esa «muzqaymoq» haqidagi ma’lumot to‘liq emasligini, vaqti kelib bu so‘z yana boshqa ma’lumotlar bilan to‘lishini tushunish qiyin emas. Demak, inson yillar davomida hayotdan ma’lumotlar olar ekan, birini ikkinchisi bilan bog‘lab to‘ldirib boradi. Yuqoridagi misol va alloma Forobiy fikrlaridan kelib chiqib, axborotni qanday tushunish mumkin degan savolga quyidagicha javob berish mumkin. «Informatsiya» so‘zi turli tillarda ishlatilib, ma’nosi turlicha talqin qilinsa ham, ularning asosida lotincha informatio so‘zi yotadi. U «tushuntirish», «tavsiflash», «xabar olish» degan ma’nolarni anglatadi. O‘zbek tilida informatsiya so‘zi axborot deb tushuniladi