16-SENTYABR “XALQARO OZON QATLAMINI HIMOYA QILISH KUNI


16-sentyabr – xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni
• Ozon qatlami haqida insoniyat bir asrdan beri bong urib keladi. Uning yemirilib borishi va insoniyat uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan halokatli ta’siri haqida bilasiz. Xo‘sh, bu mavzu nima uchun hali-hanuz o‘z dolbzarbligini yo‘qotmaydi? Uning biz uchun xavf-xatari shu qadar yuqorimi? Ozon - hayot qalqoni
Darhaqiqat, keyingi ikki asr davomida sayyoramiz miqyosida, ilm-fanning taraqqiy etishi; sanoatning rivojlanishi; texnika va texnologiyaning katta yutuqlarga erishishi; Orol dengizining qurishi; sahrolanish jarayonining tezlashishi; havo haroratining yildan-yilga ortib borishi; iqlim o‘zgarishlari sayyoramizning tabiiy muvozanatiga ham ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi.
Ozon qatlamining yemirilishi, unda turli tuynuklarning hosil bo‘lishi ham bevosita ana shu muvozanat va mutanosiblikning izdan chiqishi bilan chambarchas bog‘liq.