Ahmad al-Fargʻoniyar
MAVZU: AHMAD AL-FARGʻONIY
AHMAD AL-FARGʻONIY (TOʻLIQ ISMI ABUL ABBOS AHMAD IBN MUHAMMAD IBN KASIR AL-FARGʻONIY) (TAXMINAN 798, FARGʻONA — 865, MISR) — ASTRONOMIYA, MATEMATIKA, GEOGRAFIYA VA BOSHQA ILMIY YOʻNALISHLARDA FAOLIYAT KOʻRSATGAN OʻZBEK QOMUSIY OLIMI. SHARQDA AL- FARGʻONIY, YEVROPADA ALFRAGANUS TAXALLUSLARI BILAN MASHHUR. UNING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA JUDA OZ, U HAM BOʻLSA, UZUQ-YULUQ MAʼLUMOTLAR YETIB KELGAN.
AHMAD AL-FARGʻONIY DASTAVVAL (TAXMINAN 811-YIL) FARGʻONADAN MARVGA KELGAN. ILK OʻRTA ASRLARDAYOQ MARV OʻRTA OSIYONING YIRIK MADANIY VA ILMIY-MAʼRIFIY MARKAZLARIDAN BIRI BOʻLGAN, BU MASKANDA OʻSHA DAVRLARDAYOQ MOVAROUNNAHR, XORAZM VA XUROSONDAN KOʻPLAB OLIMLAR-U FOZILLAR VA MUTAFAKKIRLAR TOʻPLANIB, AJAMNIJ MADANIY HAYOTIDA MUHIM AHAMIYAT KASB ETGANLAR. HATTO 651 YILDA SOʻNGGI SOSONIYLAR SHAHANSHOHI YAZDIGARD III IBN SHAHRIYOR (632- 651) ARABLAR TAʼQIBIDAN QOCHIB, POYTAXT KUTUBXONASIDAGI KITOBLARNI OʻZI BILAN MARVGA OLIB KELGAN. XALIFALIK QOʻL OSTIGA OʻTGACH HAM MARV OʻZINING QADIMIY MAVQEINI YOʻQOTMAY, NAFAQAT ILMIY VA MADANIY MARKAZGA, BALKI FATH ETILGAN SHARQIY VILOYATLARNING SIYOSIY MARKAZIGA AYLANGAN.