logo

Alisher Navoiy ijodida nutq madaniyati masalalari va notiqlik san’ati

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2532.302734375 KB
Alisher N av oiy  
ijodida nut q 
madaniy at i 
masalalari v a 
not iqlik  san’at i   reja:
Mutafakkir asarlarida nutq madaniyati xususida.
1
“ Muhokamat ul-lug’atayn” asarida til va tafakkur 
masalalari . 2
“ Mahbub ul-qulub”  da voizlar va til odobi haqida. 3
3 O`zbek  adabiy  tilining  asoschisi   
Alisher Navoiy turkiy tilda go`zal nutq 
tuzishning  bayroqdori  sifatida  o`zbek 
tili  boyliklarini  namoyon  etuvchi 
mashhur  asarlar  yaratdi.  Navoiyning 
sa`y-harakatlari  tufayli  XV  asrda 
o`zbek  tili  olamga  dong’i  ketadigan 
adabiy  asarlar  yaratishga  qodir  til 
ekanligini isbotladi.
Alisher  Navoiyning  nutq  madaniyati  masalalariga 
bag’ishlangan fikrlari yanada mukammalroq ifodalangan asari 
“Mahbub  ul-qulub”  dir.  Chunki  shoir  bu  asarida  tilning 
ahamiyati,  undan  foydalanish,  nutq  so`zlovchi  dilidagi  fikrni 
to`g’ri aks ettirish lozimligi haqida fikrlar bayon qiladi.  Mutafakkir asarlarida  o`zbek tilining leksik boyliklaridan, sinonim 
va omonimlaridan, xalq ta`biri, maqol va  matallaridan, frazeologik, 
ideomatik birikmalaridan, jumla tuzilishidan keng foydalandi.
Hattoki, fors-tojik tilida, ekvivalenti 
bo`lmagan o`zbekcha so`zlarni misol 
keltiradi. “Muhokamatul lug’atayn” asari 
bevosita tilshunoslining nazariy 
muammolarini hal qilishga, o`zbek 
tilining boshqa tillar orasida tutgan o`rnini 
belgilab berishga, o`zbek nutqi 
madaniyatini o`rganishga qaratilgan. Navoiy tilni o`sib, rivojlanib boruvchi, jamiyatning ehtiyojiga  
muvofiqlashuvchi zarurat ekanligini anglab, tillar o`zaro 
aloqada bo`ladi, bir-biriga chatishadi deb hisoblaydi. Navoiy 
kishining nutq qobiliyatini tug’ma ekanligini ta`kidlaydi.
“ Saodatbaxsh ruh zuloliga 
matla` ham til. Tilga iqtidorlig’-
hakimi xiradmand, so`zga 
ixtiyorsiz-layni najand. 
Tilki fasih va dilnazir bo`lgay, xubroq  bo`lgay agar ko`ngil 
bila bir bo`lgay” deb yozadi Navoiy.  Navoiy  kishining  nutq  qobiliyatini  tug’ma  ekanligini  ta`kidlaydi. 
“Muhokamatul-lug’atayn”  asarida  arab  tili  “kalomi   ilohiy”   deb 
ulug’lanadi, fors va turkiy tili  solishtiriladi. Olim bu asarda ikki tilning 
lug’at  boyligi,  so`z  yasalishi,  fonetik  tarkibi,  stilistikasi  kabi   
xususiyatlarini  chog’ishtirib,  badiiy  imkoniyatlari  jihatidan  turkiy   
tilning fors tilida qolishmasligini isbotlaydi. Navoiy  til deganda nutqni 
ko`zda tutgan. Til, ya`ni so`z 
o`zining ko`p yaxshi fazilatlari 
bilan nutq uchun  material 
ekanligini, nutqning qo`polligi, 
maqsadga muvofiq bo`lmasligi 
so`zlovchiga zarur yetkazishini 
alohida ta`kidlab o’tadi.  Nutq nazariyasi bilan jiddiy shug’ullangan shoir “Mahbubo’l-
qulub” asarining 24-bobini voizlik ilmiga bag’ishlaydi. 
Navoiyning o`zi ham notiqlik san`atini o`z davrida yuksak 
darajaga ko`targan. “Tilga ixtiyorsiz-elga e`tiborsiz” yoki 
“Ma`dani inson gavhari so`z durur, gulshani odam samari so`z 
durur” deb yozadi.
Navoiy 24 bob “Nasihat ahli va 
voizlar zikriga” bag’ishlangan bo`lib, 
shoirning fikricha “voiz  uldurki, 
majlisg’a  kirgan to`lg’ay va to`la kirgan  
holi  bo`lg’ay”.  “ Mahbubul-qulub” da  “Og’ziga 
kelganni  demoq-nodonning ishi”, 
“Aytar so`zni ayt, aytmas so`zdan  
qayt”, “Chin so`z-mo``tabar yaxshi 
so`z-muxtasar” kabi hikmatli so`zlar, 
maqollar anchagina. Navoiy  ham shu 
mazmundagi baytlar yaratadi.
Shoir nazarida so`z o`likni tiriltirish kuchiga ega: 
Ham so`z ila elga o`limdin najot, 
Ham so`z ila topub  o`luk tan hayot.
Ba`zan bir so`z bilan tirik vujud,  “ So`z” deganda Navoiy nimalarni nazarda tutadi? Professor 
A.Hayitmetov shunday yozadi: “Navoiy “so`z” ni o`z asarlarida ko`p 
ma`noda ishlatadi. U “so`z” termini ostida insoniyatning hamma 
ma`naviy boyligini-alohida  ijtimoiy kategoriya bo`lgan tilni ham, 
ideologiya shakllaridan hisoblangan falsafa va badiiy adabiyotni ham 
tushuna beradi hamda ularni ko`p vaqt bir-biridan farq qilmaydi”.
Navoiy “so`z” haqida gapirganda  qo`yidagilarni e`tiborga oladi: 
3. So`z-badiiy ijodda, mazmunni shakllantiruvchi  
vosita tarzida.                1. So`z-til  ma`nosida.
2.  So`z-muomala, gapirish, nutq mohiyatida.  Ha, Navoiy so`zni ajib, sehrli va qimmatbaho gavhar sifatida e`zozlaydi. 
 Ko`pgina baytlarda, ayniqsa “Xamsa”, “Mahbubo’l qulub” singari 
asarlarida so`z, uning o`rni, inson hayotidagi  ahamiyati, so`zlash 
madaniyati, so`zning badiiy ijoddagi  mavqie, so`z odobi kabi tomonlar 
xususida mulohazalar bildiradi.
Shoir nazarida “So`z jahon bahrida durdona”, inson qalbining 
ma`dani- “Ma`dani inson guzari so`z”, “gulshani odam samari”, “ajab 
guzar”, “bahru mavjvar”, “dur”, “javhari ruz”, “aytib sovumas 
tarona”, “olib qurimas xizona” - tuganmas  xazina: 
Aytib  sovumas tarona  sen-sen,
Olib qurumas xizona sen-sen.  Adabiyotlar: 
1. Mallayev N. O`zbek adabiyoti tarixi. T., 1976.
2. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. T., 1993.
3. Nusratullo Atoullo o`g’li Jumaxo`ja. Istiqlol va ona 
tilimiz. T., 1998.
4. Qilichev B., Qilichev B.E. Nutq madaniyati va  
uslubiyat asoslari. Buxoro, 2002.

Alisher N av oiy ijodida nut q madaniy at i masalalari v a not iqlik san’at i

reja: Mutafakkir asarlarida nutq madaniyati xususida. 1 “ Muhokamat ul-lug’atayn” asarida til va tafakkur masalalari . 2 “ Mahbub ul-qulub” da voizlar va til odobi haqida. 3 3

O`zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy turkiy tilda go`zal nutq tuzishning bayroqdori sifatida o`zbek tili boyliklarini namoyon etuvchi mashhur asarlar yaratdi. Navoiyning sa`y-harakatlari tufayli XV asrda o`zbek tili olamga dong’i ketadigan adabiy asarlar yaratishga qodir til ekanligini isbotladi. Alisher Navoiyning nutq madaniyati masalalariga bag’ishlangan fikrlari yanada mukammalroq ifodalangan asari “Mahbub ul-qulub” dir. Chunki shoir bu asarida tilning ahamiyati, undan foydalanish, nutq so`zlovchi dilidagi fikrni to`g’ri aks ettirish lozimligi haqida fikrlar bayon qiladi.

Mutafakkir asarlarida o`zbek tilining leksik boyliklaridan, sinonim va omonimlaridan, xalq ta`biri, maqol va matallaridan, frazeologik, ideomatik birikmalaridan, jumla tuzilishidan keng foydalandi. Hattoki, fors-tojik tilida, ekvivalenti bo`lmagan o`zbekcha so`zlarni misol keltiradi. “Muhokamatul lug’atayn” asari bevosita tilshunoslining nazariy muammolarini hal qilishga, o`zbek tilining boshqa tillar orasida tutgan o`rnini belgilab berishga, o`zbek nutqi madaniyatini o`rganishga qaratilgan.

Navoiy tilni o`sib, rivojlanib boruvchi, jamiyatning ehtiyojiga muvofiqlashuvchi zarurat ekanligini anglab, tillar o`zaro aloqada bo`ladi, bir-biriga chatishadi deb hisoblaydi. Navoiy kishining nutq qobiliyatini tug’ma ekanligini ta`kidlaydi. “ Saodatbaxsh ruh zuloliga matla` ham til. Tilga iqtidorlig’- hakimi xiradmand, so`zga ixtiyorsiz-layni najand. Tilki fasih va dilnazir bo`lgay, xubroq bo`lgay agar ko`ngil bila bir bo`lgay” deb yozadi Navoiy.